Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/26
Sana26.02.2020
Hajmi1.49 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26

 
1. O‗qitishning texnik vositalariga nimalar kiradi? 
2. Masofaviy ta‘lim tizimi tamoyillari va qoidalari ni aytib bering?  
3. Masofaviy ta‘limning afzalliklari, kamchiliklari nimalardan iborat?  
4. Masofaviy o‘qitish jarayonida zaruriy bo‘lgan texnika vositalar qaysilar?   
5. Kasbiy mahoratga nimalar kiradi? 
6. Dars bu - pedagogik ijodkorlikmi yoki san'at. 
7. Yangi mavzuning maqsadi va rejasi xaqida ma'lumot bering. 
8. O'qituvchining darsdagi mahorati kanday bo'lishi kerak deb o'ylaysiz?. 
9.O'qituvchining muomala madaniyatiga misollar keltiring.  
10. O'qituvchining darsda o'zini tutishi qanday bo'lishi kerak? 
 
 

18-Mavzu: MASOFAVIY TA‟LIM 
 
Reja: 
 
1. Masofaviy ta'lim va uning kelajagi 
2.Masofaviy ta'limda dars turlarini amalga oshirilishi 
3. O‘quv telekommunikatsion loyihaning zaruriy xususiyatlari 
4. Kompyuterli telekommunikatsiyalar - MTning kelajakdagi texnologik asosi 
 
Tayanch iboralar: Texnologiyalilik, ijtimoiy teng huquqlilik, baynalminallik; 
 
1. Masofaviy ta'lim va uning kelajagi 
 
Rivojlangan  davlatlar  amaliyotida  masofaviy  ta'lim  (MT)  turli  xil  modellar,  metodlar  va 
texnologiyalarni o‘z ichiga olib, unda pedagog va o‘quvchi ma'lum masofa bilan chegaralangan 
bo‘lib, turli joylarda (klasslar; shaharlar va hattoki mamlakatlar) orasida olib boriladi. Bu holda 
talaba va pedagog orasidagi o‘zaro aloqa turli xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. 
- odatdagi pochta va aloqa yordamida uzatiladigan pechatli va yozma materiallar; 
- telefon tarmoqlari; 
- avdio va video yozmalar, o‘quv radiosi va televideniesi; 
- interaktiv dasturli o‘qitish vositalari
- kompyuterli o‘rgatuvchi dasturlar; 
- lokal va global kompyuter tarmoqlari; 
Tabiiyki,  u  yoki  bu  o‘zaro  aloqaning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  pedagog  bilan  tinglovchi 
orasidagi mavjud holatlar o‘qitish metodikasi va taktikasi hamda strategiyasi bilan ajralib turadi. 
Hozirgi  vaqtda  MT  ning  pedagogik  va  tashkiliy  asoslari  telekommunikatsion  servislar: 
elektron pochta, mavzuga bog‘liq jo‘natmalar, elektron jurnallar, USENT konferentsiyalar, ICQ, 
veb-konferentsiyalar,  e'lon  doskalari  va  boshqalar.  Hozirgi  paytda  turli  xil  servislar  orasida  MT 
ning eng samaralisi bo‘lib, elektron pochta hisoblanadi. 
Masofaviy  darslarning  ko‘rinishi  bir  tomondan  pedagogik  jarayonning  xususiyatlari  bilan 
aniqlansa,  ikkinchi  tomondan,  o‘rgatuvchi  markazning  –  axborot  va  telekommunikatsion 
vositalarning imkoniyatlariga bog‘liq. 
Ko‘plab  mamlakatlarda  masofadan  o‘qitishda  turli  xil  darsni  tashkil  qilish  usullaridan  va 
talabalar  kontigentining  aniq  maqsad  va  talablaridan  kelib  chiqqan  holda  zamonaviy 
telekommunikatsion  texnologiyalardan  foydalaniladi.  Masofadan  o‘qitishning  birinchi 
navbatdagisi  sirtdan  o‘quvchi  talabalar  va  malakasini  oshirish  zarur  bo‘lgan  texnik  xodimlar 
uchun amalga oshirilishi bugungi kundagi eng dolzarb muammodan iborat. 
Masofadan  o‘qitishni  amalga  oshirishda  birinchi  asosiy  va  zaruriy  muammolardan  biri 
uzatiladigan  darsning  har  tomonlama  tarixiy,  ilmiy,  amaliy  muammoli  va  nihoyat  etarlicha 
ko‘rgazmali hamda u yoki bu hodisa, qonun yoki texnologik jarayonga bog‘liq bo‘lgan va uning 
mazmunini to‘ldiruvchi aniq va tushunarli ilovalar, ko‘rgazmalar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi shart. 
Ikkinchidan,  uzatiladigan  ma'lumotning  ilmiy  ahamiyatli  qismlarini  etarli  darajada 
soddadan  murakkabga  qarab  tushuntirish  metodikasidan  to‘la  foydalanilgan  holda  amalga 
oshirish zarur. 
Uchinchidan,  uzatiladigan  kursning  dasturiy  ta'minoti  shu  kursning  ilmiy  va  amaliy 
ahamiyatlarini  va  ishlatilish  sohalarini  har  tomonlama  yaxshi  biladigan  ko‘p  yillik  pedagogik 
tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lyashi kerak. 
To‟rtinchidan, uzatiladigan kursning stsenariysi shu kurs yoki unga yaqin kurslar bo‘yicha 
katta  pedagogik  mahoratga  ega  bo‘lgan  muallim-dotsent  yoki  professor  tomonidan  yozilishi 
shart. Bunga sabab katta pedagogik mahorat egasi o‘zining uzoq yillik tajribasi asosida talabaga 
ko‘rinmaydigan va savol-javoblarni eshita olmagan talabaga tushunarli va uning bilim darajasiga 
mos  hamda  talaba  uchun  zarur  bo‘lgan  ma'lumotlarni  soddaroq  holda  keltirish  maqsadga 

muvofiq. Bundan tashqari, bu ma'ruzaning axamiyatini ochib beruvchi va talabaning esida yaxshi 
saqlanib qoluvchi misollar bilan boyitilgan bo‘lishi zarur. Bir so‘z bilan aytganda, stsenariyning 
eng ilg‘or texnologiya asosida katta pedagogik mahorat egasi tomonidan tayyorlanishi maqsadga 
muvofiqdir. 
 
2.Masofaviy ta'limda dars turlarini amalga oshirilishi 
 
Amaliy izlanishlar tizimi ko‘rsatadiki, MT da dars turlari quyidagicha amalga oshirilsa, eng 
samarador bo‘lishligini ko‘rsatmoqda: 
-  U  yoki  bu  kursning  barcha  muammolari  o‘qitiladigan  darslarni  umumiy  veb-saxifalar 
to‘plami   sifatidagi server ko‘rinishida uzatish; 
- Xususiy darslar-maslahatlar, har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan 
holda-turli shakllarda o‘tkazish; 
-  Elektron  pochta  bo‘yicha  MTda  yozishmalar  holatida  uzatish,  unda  bir  muammoning 
tuzilishi ishlab chiqilishi
- Chat-darslar aniq jadval va masalalarning talqinini talab etadi, shuning uchun taxlil uchun 
darslar matnini yozib olish imkonini yaratish. 
Veb-darslar  turli  xil  bo‘lishi  mumkin:  veb-kvestlar  (o‘rganilayotgan  mavzu  bo‘yicha 
foydalanilgan  adabiyotlar  ko‘rsatilgan  holda  tayyorlangan  sahifalar),  forum  ko‘rinishidagi 
konferentsiyalar, seminarlar, aqliy o‘yinlar va boshqalardan iborat. 
O‘qitish  va  nazoratiing  samarador  shakli  fikrlashga  imkon  yaratuvchi  masofaviy 
olimpiadalar hisoblanadi. Bu turdagi darslar elektron pochta yoki veb-shaklida o‘tkaziladi. 
MT  (o‘qitish)  shaklidan  faqat  talabalarni  o‘qitishda  emas,  balki  o‘qituvchilarning 
malakasini  oshirish  va  hattoki  pedagogik  konferentsiyalar  va  konkurslarni  o‘tkazishda  ham 
foydalansa  bo‘ladi.  Masalan,  MT  texnologiyasidan  foydalanib,  mavjud  bo‘lgan  avgust  oyi 
koferentsiyalarini mamlakatimizning turli shaharlarida ham o‘tkazish mumkin. 
Ma'lumki,  Internet  «tarmoq»  pedagoglarning  bilimini  kengaytiradi  va  ularning 
telekommunikatsiyalar  yordamida  ta'sir  doirasini,  yuzlab  va  hatto  minglab  marta  oshirish 
imkonini yaratadi. 
Talantli  o‘qituvchilar  nafaqat  uni  o‘rab  olgan  odamlar  bilan  muhim  bo‘lmasdan,  uning 
imkoniyati uzoq-uzoq joylardagi ko‘plab o‘qishni xohlovchilarni ham samarali o‘qitish imkoniga 
ega. 
Shuni  ta'kidlash  lozimki,  ma'lumotni  tashqaridan  olish  mumkinligi  masofaviy  o‘qitishning 
ommaviyligi va o‘qitish tartibining ko‘pchilik uchun qulayligi, ayniqsa, katta yoshdagilar uchun 
muhimdir. 
Masofaviy o‘qitish (MT) quyidagi besh xususiyat bilan aniqlanadi: 
1.O‘qituvchi va o‘quvchining mavjudligi, hech bo‘lmaganda orasidagi kelishuvning borligi; 
2.O‘qituvchi va o‘quvchi hamda o‘quv muassasalarining fazoviy ajralganligi; 
3. O‘qituvchi va o‘quvchilarning ikki yo‘nalishdagi o‘zaro aloqasi; 
4. Maxsus masofaviy ta'lim uchun mo‘ljallangan materiallarining tanlab olinishi. 
Yuqoridagi MT turli xil o‘qitishni o‘z ichiga oladi - aloqa telefoni va pochta (pechatlangan 
materiallar)  yordamida  amalga  oshirishdan  to  o‘qituvchi  va  o‘quvchilar  televizor  ekranida 
uchrashadigan ikki tomonlamali video kurslariga boradi. 
 
3. O‟quv telekommunikatsion loyihaning zaruriy xususiyatlari 
 
Masofaviy  ta'limda  (MT)  o‘qitishga  yordamni  ta'minlashda  ikki  xil  yondashuv  - 
kengaytirish  va  transformatsiya  (kuchayish  yoki  pasayish)lar  mavjud  bo‘ladi.  Bunday 
yondoshuvlarni quyidagicha tushuntirish mumkin: 
Kengaytirish  modeli  shu  qolda  o‘qlishi  mumkinki,  unda  pedagog  darsni  texnologik 
kengaytirib,  an'anaviydan  kam  farqlanuvchi  qolda,  uni  fazoviy  va  vaqtli  chegaralarda  ham  olib 
boriladi.  

Pedagog faoliyati, o‘quv materiallarining majmui, o‘qitish muxiti, o‘qitish vositalari orqali 
amalga oshirish yo‘qotilgan muloqot kanallarini kompensatsiyalash va o‘quv axborotini to‘laroq 
ollshga imkon yaratadi. Mazkur o‘qitish modeli ma'ruzalarni o‘zgartirish va undan so‘ng klassda 
o‘rganiladigan materiallarni individuallashtirishni ko‘zda tutadi. 
Transformatsiya  modeli  an'anaviy  o‘qitishni  hosil  qilmasdan,  ma'lum  darajada  yangi 
bo‘lgan pedagog va o‘quvchilar orasidagi o‘ziga xos aloqa texnologiyasidan iborat. 
Yangi  metodlar    va  texnologiyalar  bilan  birga  olib  boriladigan  masofaviy  o‘qitish  metodi 
nazariy  pedagogika  va  ta'lim  amaliyotiga  yangi  tushunchalar  va  atamalarni  kiritadi,  ularga:  — 
virtual klass (guruh); 
- O‘qitishni quvvatlash (o‘quvchilarni quvvatlash); 
- O‘quv telekommunikatsion loyihalar
- teskari aloqa; 
- dialogli texnologiya; 
- kompyuterli aloqa; 
- telekonferentsiya; 
- kordinator, mederator, telekommunikatsion        loyihaning fasilitatori (telekonferentsiya) 
va boshqalar. 
Virtual  klass  (guruh)  deganda,  MT  da  o‘quvchilar  birligi  tushunilib,  unda  kompyuter 
tarmoqlari  bo‘yicha  ular  tomonidan  birgalikda  topshiriqlarni  bajarishda  sodir  bo‘luvchi  o‘zaro 
aloqa tushuniladi. 
Virtual  klass-MT  ning  transformatsion  modeliga  xos  bo‘lgan  tupguncha  bo‘lib,  bunda 
o‘quvchilar  orasidagi  kompyuterlar  tarmosh  yordamidagi  o‘zaro  aloqa  odatdagidan  keskin  farq 
qiladi. 
MTda  o‘qitishga  yordam  beruvchi  bo‘lib  boshqa  geografik  muhitdagi  o‘quvchiga 
yuboriladigan  istalgan  materiallar,  axborotlar  tushuniladi.  O‘qitish  jarayoniga  uzoq  muddatli 
faoliyat  bo‘lib  unda  o‘qituvchi  tomonidan  o‘quvchiga  yuboriladigan  materiallarning  to‘xtab 
qolishi mumkin emas. 
Telekommunikatsiyaviy  o‘quv  loyihasi  –  MT  transformatsion  modelning  birdan-bir 
kelajakli  shakli  bo‘lib,  qandaydir  modelli  maqsadga  etish  uchun  yo‘naltirilgan  o‘quvchilarning 
birgalikdagi  faoliyatiga  asoslangan.  U  o‘quvchilar  oldiga  qo‘yiladigan  qandaydir  ilmiy  yoki 
ishlab  chiqarishni  modellashtirish  maqsadidagi  loyihadan  iborat.  Bunday  modeldan  maqsad 
o‘quvchilarning loyihalari faoliyatida u to‘plovchi bo‘lib, ularda jamoat bo‘lib ishlashdagi bilim 
va ko‘nikmalarni faollashtiradi. 
O‘quv telekommunikatsion loyihaning zaruriy xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
• uning vaqtli aniqligi va chegaralanganligi (ikki   xaftadan uch oygacha) 
•  loyihaning  barcha  qatnashchilari  orasida  axborot      almashtirish  uchun  kompyuterli 
telekommunikatsion    tarmoqlar va dasturli vositalardan foydalanish, ular ko‘pincha virtual yoki 
kvazivirtual guruhni tashkil etadi. 
• loyiha koordinatori tomonidan o‘rnatiladigan      o‘quvchnlar orasidagi aniq faoliyatning 
zarurligi. 
Masofaviy  o‘qitishdagi  teskari  aloqa-mos  kibernetik  tushunchaning  umumlashuvi-
masofadagi  o‘quvchiga  uni  baholash  bosqichida,  pedagog  tomonidan  yuboriladigan  axborotlar 
oqimi, uning harakati, o‘quvchining muvaffaqiyatiga pedagog reaktsiyasi va uniyag faoliyatining 
bahosi (ma'qullash yoki ma'qullamaslik) va boshqalardan iborat.  
Rejali va ratsional o‘rnatilgan teskari aloqa ahamiyatining juda kattaligi aniqlangan, chunki 
u o‘quv faoliyatining aniq  va musbat  shakllanishini kuchaytiradi.  An'anaviy o‘qitish  jarayonida 
teskari  aloqa  mimik  harakatlar,  tovush  intonatsiyasi  va  boshqalar  bilan  aniqlanadi.  MTda  esa  u 
pedagog  va  o‘quvchining  ko‘pchilik  aloqa  kanallari  bilan  ulangani  sababli  teskari  aloqa 
pedagogik texnologiyaning aniqlangan va rejalashtirilgan elementi hisoblanadi. 
Telekonferentsiya – tarafdor odamlar jamiyati orasida matnli xabarlar almashish usulidir. 
Kompyuterli  aloqa  –  aloqani  tashkil  qilish  uchun  kompyuterlar  va  telekommunikatsion 
tarmoqlaridan foydalanuvchi usullar majmui. Kompyuterli aloqa quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

1. 
Tarmoqdan  foydalanuvchi  pochtali,  qutili  xabarlarni  jo‘natish  imkonini  beruvchi 
elektron pochta; 
2. 
Xabarlarni  barcha  qatnashchilarga  bir  vaqtda  uzatish  imkonini  beruvchy 
telekonferentsiyalar; 
3. 
Uzoqdagi  axborot  manbalariga  kira  olish,  masalan,  kutubxona  zaxiralariga, 
ma'lumotlar bazalariga, serverlarga; 
MTni rivojlantirish tendentsiyasining tayanch holatlari quyidagilardan iborat: 
• texnologiyalarni bir vaqtda kengaytirish va yaqinlashtirish; 
• o‘qituvchilar va uvchilar orasidagi munosabatlarni o‘zgartirish; 
• o‘quv muassasag'ari orasidagi munosabatlarni o‘zgartirish; 
• turg‘un an'analarning paydo bo‘lishi. 
Hozirgi  kundagi  MT  doirasiga  kirgan  eng  asosiy  atamalar:  tirik  interaktiv  muhitlar,  qisqa 
to‘lqinli  televidenie,  audio  grafika,  zichlashtirilgan  video,  telekonferentsiyalar,  audio 
konferentsiyalar va boshqalar. Hozirgi interaktiv muxitlar o‘quv auditoriyalarining kengayishiga 
imkon bermoqda. 
Yaqin  kunlarda  MT  fazosida  yangi  texnologiyalarning  paydo  bo‘lishini  tasavvur  qilish 
qiyin emas. Ularning deyarli barchasi raqamlidir. Ularning tarkibiga gepermedia dasturlari kiradi, 
bu esa o‘quvchining axborot manbaidan foydalanishi va shuningdek INTERNET orqali mumkin 
bo‘lgan  ma'lumotlar  bazasini  va  hattoki,  ma'lumotlar  kompleksini,  o‘zi  nazorat  qilish  imkonini 
yaratadi,  bu  esa  kelajakda  o‘quvchiga  video  kurslar,  audiomateriallar,  ma'lumotlar  bazasi  va 
boshqa dasturli ta'minot bilan o‘z uyi yoki ish joyidan ulanishga imkon yaratadi.  
 
4. Kompyuterli telekommunikatsiyalar - MTning kelajakdagi texnologik asosi 
 
MTning  asosiy  vositasi  kompyuterli  o‘rganuvchi  dasturlar  hisoblanadi.  Ammo  MTni 
rivojlantirish nuqtai nazaridan eng katta kelajakka ega bo‘lgani kompyuterli telekommunikatsiya 
tarmoqlari hisoblanadi. 
Kompyuterli telekommunikatsiyalar hozirgi zamon jamiyatining turli sohalariga: biznesga, 
iqtisodiyotga, ko‘plab axborot vositalariga, fan va ta'limga ko‘plab kirib bormoqda. 
Telekommunikatsiyalarning umumiy rivojlanishida kompyuterli telekommunikatsiyalarning 
Rossiya  va  boshqa  rivojlangan  davlatlar  ta'llm  sohasiga  kirib  borgan  jarayoni  sezilarli  darajada 
ortib 
bormoqda. 
Ko‘pchilik 
rivojlangan 
davlatlar 
maktablarida 
kompyuterli 
telekommunikatsiyani dars jarayonida ham ishlata boshladilar. 
Telekommunikatsiyalar (lotincha sopishshkaio - mulohot yo‘li) - bu to‘la ma'noda axborotni 
masofaga  uzatipshing  barcha  vositalari:  radio,  televidenie,  telefon,  telegraf,  teletayp,  teleks, 
telefaks va shuningdek yaqin orada paydo bo‘lgan kompyuterli telekommunikatsiyalardir. 
Kompyuterli  telekommunikatsiyalar  eng  yangi  va  eng  kelajagi  porloq  kommunikatsiya 
turidan  iborat.  Kompyuterli  telekommunikatsiyalar-bu  ma'lumotlarni  bir  kompyuterdan 
ikkinchisiga, modemlar va telefon tarmoqi orqali uzoq masofaga uzatishd.an iborat. 
Hozir rivojlangan mamlakatlarda, xususan AQSH va Yaponiyadagi ta'lim muassasalari turli 
xil jamiyat va kommersiya tarmoqlarining xizmatidan foydalanmoqdalar. Bunday tarmoqlarning 
yaratilishiga rivojlanuvchi texnik tizim deb qaralmoqda. 
Global kompyuter tarmoqlaridan foydalanuvchi kompyuterli telekommunikatsiyalarni tezlik 
bilan rivojlanuvchi axborot texnologiyalarining so‘nggi ko‘rinishidan iborat deyish mumkin. 
Telekommunikatsiyaning eng sodda ko‘rinishi elektroi pochtadan iborat bo‘lib, undan katta 
muvaffaqiyat bilan ta'lim jarayonida foydalanishi mumkin, chunki u: 
1. Turli fanlar o‘qituvchilarining tajriba   almashinishini osonlashtiradi va rag‘batlantiradi; 
2. 
Undan  foydalanayotgan  o‘quvchilarning  o‘quv  kursiga  bo‘lgan  qiziqishini 
oshiradi; 
3. O‘quvchilarning kommunikativ amaliyotini kengaytiradi, yozma nutqini rivojlantirishga 
yordam beradi. 
Elektron pochta odatdagilardan o‘zining xususiyati bilan farqlanadi: 

a) kompyuter yordamida xatni taiyorlash jaraenini tezlashtiradi va ijodiylashtiradi. 
b) xatni jo‘natish va olish ish joyida kompyuter yordamida amalga oshiriladi. 
v)  xatning  manzilga  etkazilishi  juda  tez  (Er  sharining  qarama-qarshi  nuqtasiga  4-5  soatda 
etkaziladi). 
Masofaviy  ta'limda  elektron  pochtadan  foydalanib,  odatda,  telekommunikatsion  loyiha 
shaklida ham olib boriladi. O‘quv telekommunikatsiyaviy loyiha ma'lum mavzuga bag‘ishlanadi. 
Uning tarkibiga tayyorlash va uzatish bo‘yicha o‘quvchilarning turli ko‘rinishdagi faoliyatlari va 
kompyuterli telekommunikatsiyalar bo‘yicha o‘quv axborotining olinishi va tahlili kiradi. 
Kompyuterli MT dan ko‘p turli ta'lim masalalarini echishda foydalanish mumkin: 
1. Universitetlarning sirtqi ta'lim shaklidagi ixtisosliklarida; 
2. Universitetlarning kunduzgi bo‘limlarida ta'lim oluvchilar uchun
3. Dasturlarda, qo‘shimcha ma'lumot olishni xohlovchi shaxslar uchun. 
4.  O‘quv  yurtlarida  alohida  kurslar  bo‘yicha  kunduzgi  va  sirtqi  o‘quv  shakllari  bo‘yicha 
ta'lim olishni xohlovchilar uchun; 
5.  An'anaviy  o‘quv  yurtlarida,  bunda  kompyuterli  masofaviy  ta'lim  talabaning  talabi 
bo‘yicha o‘qituvchi yoki metodist bilan aloqa qilinadi. 
MT  dan  o‘qitish  modellarining  biri  bo‘lgan,  vertual  klassda  o‘qitishning  qanday  amalga 
oshirilganini ko‘rib chiqaylik. 
Bunda  har  bir  o‘quvchi  oldindan  dars  jadvali  va  dasturiy  ta'minotga  ega  bo‘ladi. 
Ko‘rsatilgan  vaqtda  o‘quvchi  video  konferentsiyaga  ulanib,  o‘zining  ismi  va  parolini  kiritadi. 
Bundan so‘ng ekranda video konferentsiyaning chiqish oynasi ochiladi. Bu oynada o‘qituvchini 
va  qatnashuvchi  talabalarni  ko‘radi.  So‘ng  pedagog  tajribani  ko‘rsata  boshlaydi.  Agar  talaba 
xohlasa, darsning bu fragmentini (qismini) saqlab qolib, sung u bilan to‘laroq tanishishi mumkin. 
Bundan  so‘ng  pedagog,  oldinroq  jo‘natilgan  amaliy  dasturini  bilgani  uchun  ketma-ket  ekranlar 
yordamida materialnn tuptuntiradi, zarur bo‘lgan holatlarda u to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining sharhini, 
bolalarni  jalb  qilgan  holda  ekranga  yoza  boshlaydi.  Agar  talaba  materialning  qaysi  bir 
fragmentlarini  tushunmay  qolsa,  u  bu  haqda  o‘qituvchiga  ma'lumot  yuboradi.  Agar  bunday 
xabarlardan  bir  nechtasi  kelsa,  u  holda  o‘qituvchi  munozarani  to‘xtatadi,  so‘ng  tushunarsiz 
bo‘lgan  kadrga  qaytib,  masala  nimadan  iboratligini  tushuntiradi.  Materialni  tushuntirgandan 
so‘ng  o‘qituvchi  talabalarga  savolni      taqdim  etadi  yoki  mavjud  bo‘lgan  dasturiy  ta'minotdan 
foydalanib, masala echishni taklif etadi. 
Talabalar  masalani  echib,  ularni  nazorat  uchun  muallimga  jo‘natadilar.  O‘qituvchi  ularni 
sharhlab beradi va klassga ko‘rsatadi. 
 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1. Masofaviy ta‘lim tizimi tamoyillari va qoidalari ni aytib bering?  
2. Masofaviy ta‘limning afzalliklari, kamchiliklari nimalardan iborat?  
3. Masofaviy o‘qitish jarayonida zaruriy bo‘lgan texnika vositalar qaysilar?   
4. Masofaviy ta'limda elektron pochtadan foydalanish qanday amalga oshiriladi? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

19-mavzu: IQTISODCHI-PEDAGOGLARNING KASBIY, AXLOQIY XISLATLARI 
 
Reja:  
 
1. Ta‘limda axborot texnologiyalari 
2. Bugungi kunda ta‘limni axborotlashtirishning asosiy yо‗nalishlari 
3. Iqtisodchi-pedagog mahoratiga qо‗yiladigan asosiy talablar 
4.  Iqtisodiy  inqiroz  shаroitidа  jаmiyatni  tаrаqqiyotigа  hissа  qo‘shishdа  iqtisodchi-
pеdаgoglаrgа хos bo‘lgаn kаsbiy, ахloqiy хislаtlаr. 
 
Asosiy tayanch tushunchalar va atamalar 
 
Zamonaviy  pedagogik  texnologiya,  didaktika,  didaktik  tamoyillar,  didaktik  jarayon, 
taksonomiya, bilishning bosqichlari, axborot texnologiyalari, pedagogik mahorat 
 
1. Ta‟limda axborot texnologiyalari 
 
Milliy  dasturni  rо‗yobga  chiqarishda  ta‘limni  axborot  bilan  ta‘minlash  tizimini 
shakllantirish  va  rivojlantirish,  uni  jahon  axborot  tizimi  bilan  bog‗lash,  ommaviy  axborot 
vositalarining  ta‘lim  sohasidagi  vazifalarini  belgilash»  malakali  kadrlar  tayyorlashning  muhim 
omillaridandir.  Yangi  asr  informatsion  texnologiyalar  asri  bо‗ladi.  Shu  bilan  birga  jaxon 
miqyosidagi aql-zakovatning birlashuvi asri bо‗ladi. 
Zamonaviy  pedagogik  texnologiya  mohiyat-e‘tibori  jihatidan  boshqa  texnologiyalar  bilan 
bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori о‗z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga 
egadir. Birok, zamonaviy pedagogik texnologiya inson ongi bilan bog‗liq bilimlar sohasi sifatida 
murakkab  va  hammaga  ham  tushunarli  bо‗lmagan  pedagogik  jarayonni  ifoda  etishi  bilan  ishlab 
chiqarish  va  axborotli  texnologiyalardan  ajralib  turadi.  Uning  о‗ziga  xos  xususiyati  -  tarbiya 
komponentlarini mujassamlashtirganidir. 
Zamonaviy pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz 
boyib  boradi  va  an‘anaviy  о‗quv  jarayoniga,  uning  samarasini  oshirishga  ta‘sir  kо‗rsatishning 
yangi 
imkoniyatlari 
vujudga 
keladi. 
Axborotlashtirish 
о‗quv-tarbiyaviy 
jarayonni 
texnologiyalashtirishdagi inkilobiy burilish va uning muhim bosqichidir. 
Axborot texnologiyasi pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi bо‗lib, u ta‘lim jarayonida 
texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida qо‗llana boshlandi. 
Axborot texnologiyalari - bu odamlarning bilimlarini rivojlantiradigan, ularning texnika va 
ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bо‗yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma‘lumotlarni tashkil 
etish,
 
saqlash,  ishlab  chiqish,  tiklash,  uzatish  usullari  va  texnik  lositalaridir.  Yana  shuningdek, 
axborot  texnologiyalari  deganda,  malum  bir  maqsadga  erishish  uchun  amalga  oshiriladigan 
jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi. 
Axborot  texnologiyalari,  birinchidan,  axborotning  sirkulyatsiyasi  va  ishlov  berish  majmui, 
ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir. 
Axborot  texnologiyalari  ta‘lim  jarayonida  muhim  о‗rin  tutib,  quyidagi  vazifalarni  hal 
etishga yordam beradi: 
-  har  bir  odamga  xos  noyob  fazilatlardan  iborat  individual  qobiliyatlarni  о‗qitilayotgan 
о‗quvchi va talabalarda ochish, saqlash va rivojlantirish, ularda bilish qobiliyatlarini, о‗zini о‗zi 
kamolotga yetkazishga intilishni shakllantirish; 
-  voqea  va  hodisalarni  kompleks  о‗rganishni,  aniq,  tabiiy-ilmiy,  texnikaviy,  ijtimoiy, 
gumanitar fanlar va san‘at orasidagi о‗zaro bog‗liqlikning chambarchasligini ta‘minlash; 
-  о‗quv-tarbiya  jarayonlarining  mazmun,  shakl  va  metodlarini  doimiy-tarzda  va  dinamik 
ravishda yangilash. 
Axborot  texnologiyalarining  rivojlanishida  ikki  axborot  inqilobi  hal  qiluvchi  ta‘sir 
kо‗rsatdi.  Birinchi  inqilob  kitob  bosishning  paydo  bо‗lishi  bilan  rо‗y  berdi  va  telefon,  telegraf, 

radioning  ixtiro  qilinishi  bilan  chuqurlashdi.  Ikkinchi  inqilob  elektron-hisoblash  mashinalari 
(EHM)ning paydo bо‗lishi va tez tarqalishi,  lokal tarmokdarining yaratilishi, axborot resurslarini 
boshqarish  tizimlarishshg  tashkil  etilishi  bilan  bog‗liqdir.  Ayniqsa,  kompyuterni  ixtiro  qilinishi 
axborot  texnologiyalarini  yangi  bosqichga  olib  chiqdi.  Bu  о‗z  navbatida  zarur  dasturlar  bilan 
ta‘minlash  muammosini  keltirib  chiqaradi.  Chunki  maxsus  dasturlarsiz  ularni  о‗qituvchining 
yaqin kо‗makdoshiga aylantirib bо‗lmaydi. 
 
Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling