Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
Bugungi kunda ta‟limni axborotlashtirishning asosiy yо„nalishlari
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yо‘ldoshli aloqa tizimlari.
- Sun’iy intellekt tizimlari.
- 3. Iqtisodchi-pedagog mahoratiga qо„yiladigan asosiy talablar
- 4. Iqtisodiy inqiroz shаroitidа jаmiyatni tаrаqqiyotigа hissа qo‟shishdа iqtisodchi- pеdаgoglаrgа хos bo‟lgаn kаsbiy, ахloqiy хislаtlаr.
- Dars berishda fikrlash
- Kasbiy bilim va kо„nikmalar
2. Bugungi kunda ta‟limni axborotlashtirishning asosiy yо„nalishlari Ta‘lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qо‗llash avvalo pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratizatsiyalashni talab etadi. Chunki busiz qо‗llangan har qanday pedagogik texnologiya kutilgan samarani bermaydi. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama-qarshi bо‗lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, ta‘lim oluvchilar shaxsini xurmat qilish orqali shaxsning taxsil olishi, ijod bilan shug‗ullanishi va о‗zini о‗zi rivojlantirishiga kulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratadi. Mazkur jarayonda talaba о‗z о‗quv faoliyatining subyekti sanaladi va pedagog bilan hamkorlikda yagona ta‘lim jarayonining subyekti - ta‘lim-tarbiya vazifalarini xal etadi. Axborot texnologiyalari: kompyuterlar va axborot-kommunikatsiya vositalarining ta‘lim jarayonida qо‗llanilishi, talabalarning ular bilan bemalol ishlay olishlari pedagogik jarayondagi eng muhim kamchiliklardan hisoblangan subyektivizmni cheklaydi. Masalan, agar talabaning javobi yoki bevosita о‗zlashtirishini baholash о‗qituvchining talaba shaxsiga munosabati ta‘sirida kechgan bо‗lsa, mashinalar vositasida beriladigan ma‘lumotlar obyektiv harakterga ega bо‗ladi. Ikkinchidan, kompyuter orqali yetkazilayotgan ma‘lumotni zarurat bо‗lganida, qayta-qayta chaqirish va takrorlash imkoniyati о‗quvchi-talabalarga masalaning mohiyatini tushunishga yordam beradi. Uchinchidan, har bir professor-о‗qituvchining о‗zigagina xos bо‗lgan tushuntirish uslubi, metodik yondashuvi mavjud. AKT vositalaridan foydalanish pedagogik jarayonlar ichidagi samarasiz uslubiyotlarga barham beradi. Tо‗rtinchidan, axborot texnologiyalari bilim, axborotlarni sxemalar, rasmlar, jadvallar, grafik va diagrammalar, multimedia orqali ifodalashga keng imkoniyat yaratadi. Shuningdek, о‗quv-xujjatli filmlardan keng foydalanish mumkin. Bu о‗quvchi-talabalarning obrazli xotirasini ancha jonlantirib, ularning eslab qolish qobiliyatini kuchaytiradi о‗rganilayotgan masalaga divdat qaratishga undaydi. Beshinchidan, axborot vositalaridagi ma‘lumotlarni kichik hajmli disket, disklarga yozib olish va ulardan zarur paytda foydalanish mumkin. Bu ham vaqtni, ham mablag‗ni tejaydi. Ularni kerakli miqdorda kо‗paytirish mumkin. Ularning hammasi yoshlarning ongini о‗stiradi, ularda texnik vositalardan foydalanish kо‗nikmasi hosil bо‗ladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mazmunini ifodalovchi asosiy belgilaridan biri - axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish bо‗lib, uning naqadar samaraliligi, birinchidan, о‗quv jarayonida qо‗llash uchun mavjud didaktik materiallarga, ikkinchidan, pedagoglarning о‗z amaliy faoliyatlarida texnik vositalar va didaktik materiallardan metodik jihatdan tо‗g‗ri foydalana olishlariga bog‗liq. Axborotli ta‘lim jarayoni oldindan pedagogik loyihalangandagina kо‗zlangan maqsadga erishish mumkin. Pedagogik jarayonni kompyuterlashtirish asosiy yо‗nalishlaridan biri va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning shug‗ullanishi lozim bо‗lgan sohasidir. Ta‘lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish quyidagilarning mavjud bо‗lishini taqozo etadi: - ta‘limning texnik vositalari sifatida kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari; - ta‘lim jarayonini tashkil etish uchun unta mos tizimli va amaliy dastur ta‘minoti; - talim-tarbiya jarayonida yangi о‗quv-texnika vositalarini tatbiq etish bо‗yicha mos metodik ishlanmalar. Bular, о‗z navbachida, quyidagi muammolarni keltirib chiqaradi. 1. Texnik muammolar - bular ta‘lim tizimida foydalaniladigan elektron-hisoblash va mikroprotsessor texnikasiga quyiladigan talablarni, ularni amalda qо‗llash xususiyatlarini belgilaydi; 2. Dastur muammolari - bular ta‘lim tizimida foydalanish uchun dastur ta‘minotining tarkibi va turlarini, ularning qо‗llanish tarkibi va xususiyatlarini belgilaydi; 3. Tayyorgarlik muammolari - bular о‗qituvchi va о‗quvchi, pedagog va talabalarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan, hisoblash texnikasidan ham foydalanish о‗quvi bilan bog‗liqdir. Bugungi kunda ta‘limni axborotlashtirishda asosiy yо‗nalish turli о‗quv fanlari buiicha pedagogik dastur vositalarini yaratishdan iborat bо‗lib qoldi. Ammo mavjud va ishlab chiqilayotgan kompyuter texnikasi bazasidagi pedagogik dastur vositalari о‗qitish nuqtai nazaridan ta‘lim sifatida muhim siljishlarga olib kelishi mumkin. Buning sabablaridan biri kompyuter texnologiyalari an‘anaviy tashkil etilgan о‗qitish jarayonida joriy etila boshlanganligidir. U о‗zining asosiy mazmuni va metodlari bо‗yicha bu texnologiyalarga yо‗naltirilmagan va ularga ehtiyoj sezmaydi. Shuningdek, texnik va dasturli axborot texnologiyalari ham mavjud bо‗lib, ularga quyidagilar kiradi: EHM tarmoklari. Hozirgi vaqtda bilimlarning barcha sohalarida EHM yoki kompyuter (lokal yoki global) tarmoklari keng tarqalgan. EHM lokal tarmoqlari uncha katta bо‗lmagan fazoda amalga oshiriladi va axborot xizmati turli tarmoqlarining integratori bо‗ladi. Ular tashkilotlardagi barcha axborot texnologiyalari vositalarini birlashtiradi hamda ularning samaradorligini oshiradi. EHM global tarmoqlari esa, axborotni katta masofalarga uzatilishini amalga oshirshp imkonini beradi. Yо‘ldoshli aloqa tizimlari. Kо‗plab yer ustidagi stansiyalarni va yer sun‘iy yо‗ldoshidagi retrenslyatorlarni о‗z ichiga oladi. Bugungi kunga kelib, bu tizimlar kompyuterlar orasidagi aloqani amalga oshirish uchun ma‘lumotlar tо‗plash hamda televideniye dasturini о‗zatish uchun ishlatilmoqda. Sun’iy intellekt tizimlari. Sun‘iy intellekt elementli AKTning boshqalaridan farqi shundaki, oddiy AKTlari faqat statistik ma‘lumotlarni, sun‘iy intellekt tizimlari esa bilimlarni ishlab chiqadi. Informatikaning alohida yо‗nalishi - sun‘iy intellektdir. Odam aqliy faoliyatining ba‘zi turlarini amalga oshiruvchi dasturli - texnika vositalari ishlab chiqilmoqda. Elektron pochta - bu korrespondensiyalar almashishi uchun pochtaga о‗xshash axborot uzatish va ishlab chiqishning elektron usullaridan foydalanish, ya‘ni bosma materiallar, jadvallar va jurnallarni о‗zatish hamda elektron pochta yoki qog‗ozsiz pochta aloqalari xizmatidan iborat bо‗lib, u xabarlarni tо‗plash, ishlab chiqish va taqdim etish hamda ma‘lumotlarni uzatish tarmoqlari tizimidir. Elektron pochta asosida aholiga elektron gazeta va jurnallar kabi axborot xizmati kо‗rsatish amalga oshirilgan. Sо‗nggi yillarda jahon bozorida elektron nashrlar borgan sari kо‗p о‗rin egallamoqda. Bu jarayon kompakt optik disklar keng tarqalishi bilan tezlashdi. Telekonferensiyalar — zamonaviy axborot texnologiyalarning amalga oshirilishiga misol bо‗la oladi. Telekonferensiyalarni о‗tkazish uchun quyidagi apparaturalardan foydalaniladi: terminallar, televezion kameralar, grafik displeylar, katta namoyish ekranlari. Shuningdek, telekonferensiyalar orqali dolzarb masalalar muhokamasini tezkorlik bilan tashkil etish, muhokama uchun istalgan rasmli materiallardan foydalanish, dolzarb masalalarni muhokama qilishga ishtirok etuvchi mutaxassislar doirasini kengaytirish, xalqaro ma‘lumotlar banklaridagi istalgan axborotdan foydalanish kabi imkoniyatlar yuzaga keladi. Bugungi kunga kelib, Oliy va о‗rta maxsus о‗quv yurtlarida virtual stendlardan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Xush, virtual stend deganda nimani tushunamiz? Virtual stend - о‗quv amaliy stendi yoki о‗quv-malaka ustaxonasi bо‗lib, о‗quvchi- talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, kompyuter dastur va texnologiyalari orqali ma‘lum yо‗nalishda zaruriy kо‗nikmalarni hosil qilishga yordam beradi. Virtual stendlar har bir о‗quvchi-talaba uchun texnikaga о‗zining kirish parametrlarini «buyurishga», о‗z bilimlarini nazorat qilishga imkon beradi. Laboratoriya ishini о‗tkazish, uni zarur tartibda tushunish va hokazolar bilan bog‗liq vaqtdan yо‗qotish esa kompyuter samarasi hisobiga kamaytiriladi. О‗qitishning zamonaviy axborot texnologiyalari о‗quvchi-talabaning emas, u eng avvalo, о‗qituvchi (pedagog)ning texnologiyasidir. О‗quvchi-talaba zamonaviy axborot texnologiyasini о‗rganmaydi, balki uning mahsulotidan о‗qitishning texnik vositasi sifatida foydalanadi. О‗qituvchi (pedagog) zamonaviy texnologiyalarni qо‗llab darsga tayyorlanadi, darsni tashkil qiladi, о‗quvchi-talabalar bilimini nazorat qiladi va uning vazifasi ta‘lim mazmunini takomillashtirish uchun kompyuterlashtirishning eng yuqori darajasidagi axborot texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga olib kirishdan iborat bо‗ladi. Axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoklari negizida ta‘lim jarayonini axborot bilan ta‘minlashni rivojlantirish omillari kompyuterlashtirishning har ikkala yо‗nalishini ham rivojlantirib borish zaruriyatiga bog‗lanadi. Buning uchun shu sohada qabul qilingan meyoriy-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda uzluksiz ta‘lim tizimining hamma bosqichlarida «kompyuterlashtirishning konsepsiyasi» yaratilishi lozim. Kompyuterli texnologiyalar dasturli о‗qitish g‗oyalarini rivojlantiradi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning noyob imkoniyatlari bilan bog‗liq ta‘limning hali tadqiq qilinmagan yangi texnologik variantlarini ochadi. Ta‘limning kompyuterli (yangi axborot) texnologiyalari - bu axborotni tayyorlash va uni ta‘lim oluvchiga uzatish jarayoni bо‗lib, uning amalga oshirish vositasi kompyuterdir, ya‘ni: - о‗quvchi-talabalarda axborot bilan ishlash mahoratini shakllantirish, ularning kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish; - «axborotli jamiyat» shaxsini tayyorlash; - ta‘lim oluvchilarshshg о‗zlashtirish imkoni darajasidagi va yetarli miqdorda axborot bilan ta‘minlash; - о‗quvchi-talabalarda tadqiqotchilik mahoratini, optimal qarorlar qabul qilish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish. Axborot texnologiyalaridan faqat о‗quv jarayonida emas, balki uzluksiz ta‘lim tizimida faoliyat yuritayotgan о‗qituvchilarni ilmiy-texnik va maxsus axborot bilan ta‘minlaydigan axborot ishida, ta‘lim tizimini boshqarishda va kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash tizimida ham foydalanish mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda axborot texnologiyalarini ta‘limga joriy etishda ularning texnik vositalarini integratsiyalash asosiy yо‗nalish bо‗lmoqda. Shu munosabat bilan, xatto «multimedia» tushunchasi paydo bо‗ldiki, u о‗qitishda kо‗pchilik texnik vositalardan kompleks foydalanishni bildiradi. Multimediani qо‗llagan holda eng muhim narsa о‗quvchi-talabalarni kerakli axborotni tanlab olishga о‗rgatishdan iborat bо‗ladi. О‗qituvchi (pedagog)ning vazifasi axborotni berishdan iborat emas, balki uni topishda yordam berishdan iborat bо‗ladi, о‗qituvchi (pedagog) bilimlar sohasida yо‗l kо‗rsatuvchi hamdir. 3. Iqtisodchi-pedagog mahoratiga qо„yiladigan asosiy talablar «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‗oyalarini amaliyotga tatbiq etish, respublika ta‘lim tizimida olib borilayotgan islohotaar muvaffaqiyatini ta‘minlash kо‗p jihatdan pedagoglarning ma‘naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga bog‗liq. Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab va qiyin faoliyat jarayoni bо‗lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Xususan, qadimgi Gretsiya va Rim tarixidan yaxshi bilamizki, miloddan avvalgi davrlarda ham yosh avlod tarbiyasi о‗zining ma‘naviy qiyofasi va aqliy qobiliyati bilan jamiyat a‘zolari о‗rtasida yuksak xurmat-ehtiromga sazovor bо‗lgan kishilar, donishmandlar zimmasiga ishonib toshpirilgan. Chunki yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etish, mazmuni nafaqat shaxs kamolotini balki jamiyat taraqqiyotini ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham doimo bu masalaga alohida diqqat qaratilgan. О‗zbekiston Respublikasining «Ta‘lim tо‗g‗risida» gi Qonunining 5-moddasi 7 bandiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‗ullanish sud xukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta‘lim muassasalarida faoliyat olib borishlariga yо‗l qо‗yilmaydi. Uzluksiz ta‘lim tizimini amalga oshirish jarayonida yosh avlodni kо‗ngildagidek о‗qitish va tarbiyalash haqida gap borar ekan, bunday g‗oyat murakkab va kо‗p qirrali vazifani faqat yuksak malaka va pedagogik mahoratga ega bо‗lgan о‗qituvchi kadrlar bilangina amalga oshirish mumkinligini ta‘kidlash lozim. Pedagogning ijodiy potensiali uning о‗z ijodkorlik sifatlarini shakllantirishga intilishida, pedagogik odobining namoyon bо‗lishida, qobiliyati va kasbiy malakasini takomillashtirishida, kutilmagan vaziyatlarda topqirlik qila olishida, о‗quvchi- talabalarni komillik sari mohirlik bilan yetaklay olishida kо‗rinadi. Pedagogik jarayonda о‗zining yangi g‗oyalarni ishlab chiqish qobiliyatini doimo rivojlantiradigan va takomillashtiradigan о‗qituvchi iqtidorli hisoblanadi. Pedagogik ijodiyot - о‗z mohiyatiga kо‗ra, odamning yangi bilimlarni hosil qilish va takomillashtirish bо‗yicha ijodiy ishining kasbiy, maxsus ifodasidir. Pedagogik izlanish о‗qitishda doimo ma‘lum yо‗nalishdagi subyektga nisbatan aniqlashtirilgan bо‗ladi. Pedagogik izlanish natijasida yangilikning asosiy namoyon bо‗lish shakllari kundalik о‗quv-tarbiyaviy muammolarning nostandart yechimlari, pedagogik ta‘sir usullarining metodik va nazariy jihatdan mukammal ishlab chiqilishi, ixtiro etilishi va takomillashuvi hamda ulardan samarali foydalanishda kо‗rinadi. Kadrlarning yangi avlodini tayyorlash muammosining samarali yechimi, birinchi navbatda, hozirgi kun talablariga javob bera oladigan psixologiya, pedagogika, iqtisodiyot, ekologik madaniyat, huquqshunoslik va shunga о‗xshash boshqa fanlarning bilim asoslarini chuqur biladigan professional malakaga ega bо‗lgan, har tomonlama chuqur bilimga ega bо‗lgan о‗qituvchi kadrlarning tayyorlanishi bilan bog‗liqdir. О‗zbekiston Respublikasi aholisi uchun ta‘lim darajasini oshiruvchi omillardan biri bо‗lib, ijtimoiy yо‗naltirilgan bozor iqtisodiyotiga jadal sur‘atlar bilan kirib borish jarayoni hisoblanadi. Bu birinchi navbatda, bozor munosabatlarining rivojlanishiga bog‗liq bо‗lib, u jarayon bilim darajasiga, iqtisodiyot va ekologiya (atrof-muhit), kompyuter texnikasi va zpmonaviy texnologiyalar ustuvor bо‗lgan va milliy iqtisodiyotning tarmoqlari rivojlanishi va eng asosiysi ta‘lim tizimining takomillashuvi va kadrlar tayyorlashga bog‗liq bо‗ladi. Bugungi kun mutaxassisi har tomonlama rivojlangan yuqori darajadagi intellektga ega bо‗lgan, fan asoslarini chuqur о‗rgangan bilimdon, zukko, dono, fidoiy, ma‘rifatli va ma‘naviyatli inson bо‗lishi kerak. U о‗z mutaxassisligi, iqtisodchilikdan tashqari, xorijiy tillardan birini bilishi hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalana olishi shart. Shu darajada raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun murabbiyning о‗zi yuksak darajada malaka va kasbiy mahoratga ega bо‗lishi kerak. Shuning uchun ham «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» mutaxassis tayyorlovchi pedagogga qо‗yiladigan zamon talablari majmuini belgilaydi. Bir-biriga bog‗liq bо‗lgan talablarning majmui, pedagogning umumlashtirilgan modelini tashkil etadi. Umumlashgan modelga muvofiq о‗qituvchiga qо‗yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: - ta‘lim berish mahorati; - tarbiyalay olish mahorati; - о‗quv-tarbiya jarayonida inson omilini ta‘minlovchi shaxsiy fazilatlari; - ta‘lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila olish mahorati va x.k. Umumlashtirilgan modelning doirasidagi malakaviy zamon talablari pedagog «qiyofa»sini ifodalaydi. Ideal iqtisodchi - pedagog modeli quyidagi chizmada ifodalangan bо‗lib, unda qabul qilingan ta‘lim standartlari hamda unta kelajakdagi kasbi tomonidan quyiladigan talablar aks ettirilgan. 4. Iqtisodiy inqiroz shаroitidа jаmiyatni tаrаqqiyotigа hissа qo‟shishdа iqtisodchi- pеdаgoglаrgа хos bo‟lgаn kаsbiy, ахloqiy хislаtlаr. Iqtisodchi - pedagog ta‘lim yо‗nalishini tanlagan talabalar iqtisodchi sifatida iqtisodiy fanlarni chuqur bilishi, olgan bilim va kо‗nikmalarini qо‗llay bilishi zarur bо‗lsa, pedagog sifatida iqtisodiy fanlarni о‗quvchi-talabalar ongiga yetkazish mahoratiga ega bо‗lishi lozim. Demak, kasb ta‘limi yо‗nalishini tanlagan talabalar boshqalarga nisbatan ham mashaqqatli, ham faxrli mutaxassislikni tanlaganlari ularga qо‗shimcha mas‘uliyat yuklaydi. О‗qituvchilik-katta san‘atdir. Bu san‘atga u yoki bu pedagog osongina, о‗z-о‗zidan erisha olmaydi. Shuning uchun о‗qituvchilik kasbiga, ya‘ni sog‗lom avlod uchun chinakam murabbiy bо‗lishga xavasi, ishtiyoqi zо‗r, zamon talablarini tez va chuqur tushunadigan, о‗zining ilmiy, ijtimoiy-siyosiy saviyasini, pedagogik mahoratini izchillik bilan amalga oshirib boruvchi, mustaqillik g‗oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollantirilgan, haqikiy vatanparvar va mehnatsevar kishilargina erisha oladilar. Pedagogik mahorat tug‗ma talant yoki nasldan-naslga о‗tuvchi xususiyat emas, balki uning negizida izlanish va ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham pedagogik mahorat hamma о‗qituvchilar uchun standart, ya‘ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir о‗qituvchining о‗z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi. Bu jarayonda ilg‗or о‗qituvchining pedagogik mahorati va tajribalarini boshqa о‗qituvchi о‗rganishi, undan ijodiy foydalanishi va о‗z faoliyatini ilg‗or tajribalar bilan boyitishi zarur. Ta‘lim jarayonida о‗qituvchi bilan о‗quvchi yoki talabalar о‗rtasida о‗zaro jonli til muloqoti, fikr almashuv munosabatlari, samimiy hurmat va asosiy maqsadga erishishda yaqin hamkorlik lozim. Mazmuni sayoz, amaliy tajribadan, turmushdan ajralib qolgan, umumiy sо‗z va quruq nasihatgо‗ylikdan iborat bо‗lgan, rasmiyat uchun yuzaki о‗tkaziladigan dars (ma‘ruza) va boshqa о‗quv mashg‗ulotlari о‗quvchi, talabalarni qiziqtirmaydi, ularni ilmiy, g‗oyaviy jihatdan yetarli oziqlantirmaydi. Har bir о‗qituvchi о‗z qobiliyatini dars berishda namoyon qilib, ma‘ruza va nutqida о‗ziga xos jihatlarini kо‗rsatadi. Ma‘lum bir mavzuni yoritishda о‗qituvchi о‗zi yaxshi bilgan yoki о‗zining ilmiy izlanishlari bilan bog‗liq bо‗lgan, lekin shu mavzuga tо‗g‗ridan-tо‗g‗ri bog‗liq bо‗lmagan savolga kо‗p vaqt ajratib, qolgan savollarni kо‗rib chiqish uchun vaqt yetmay qolishi mumkin. Bu - mavzuni bayon qilishda didaktikaning izchillik prinsiplarini buzilishiga olib keladi. Shu sababli, о‗quv mashg‗ulotlarini shunday tashkil qolish kerakki, ularning ta‘sirida talabalarda shu fanga nisbatan turli qarashlar, ilmiy tafakkur va e‘tiqodlar vujudga kelishi va shakllanishi kerak. Pedagogik qobiliyat va mahorat о‗qituvchida osonlik bilan shakllanmaydi. Bu kasbni tanlagan kishi о‗z maqsadiga erishish uchun uzluksiz о‗qishi, о‗rganishi va izlanishi, ijodiy mehnat qilishi, о‗z yurti va dunyodagi real voqelikni tez anglashi va о‗z mehnatining mamlakat uchun qanchalik zarurligini chuqur his qilishi zarur. Uzluksiz ta‘lim tizimida dars va boshqa turdagi barcha о‗quv mashg‗ulotlarini mukammal tashkil qilish - о‗qituvchining birinchi navbatdagi vazifasidir. Yuqori saviyada о‗tkazilgan mashg‗ulotlar yoshlar ongida uzoq saqlanadi, ularda imon-e‘tiqod va mafkuraning shakllanishiga ijobiy ta‘sir kо‗rsatadi. Shu sababli, о‗qituvchining ilmiy saviyasi uning о‗z burchiga munosabati, yoshlarga murabbiylik ishtiyoqi, pedagogik mahorati va eng avvalo, sifatli dars bera olishida kо‗rinadi. Fan о‗qituvchisining faoliyatiga beriladigan baho darajasini ham dars va boshqa turdagi mashg‗ulotlarning sifati belgilaydi. О‗qituvchi maxsus pedagogik, psixologik va mutaxassislik ma‘lumotiga metodik tayyorgarlikka, shuningdek, yuksak axloqiy fazilatlarga ega shaxs sanaladi. Zamonaviy iqtisodchi - pedagog qiyofasida quyidagi fazilatlar namoyon bо‗la olishi kerak. О‗qituvchi: 1. Jamiyat ijtimoiy hayotida rо‗y berayotgan о‗zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada о‗quvchi-talabalarga tо‗g‗ri, asosli ma‘lumotlarni berib borishi lozim. 2. Kuchli va keng qamrovli bilimga ega bо‗lishi, ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bо‗lishi talab etiladi. 3. О‗z mutaxassisligi bо‗yicha chuqur, puxta bilimga ega bо‗lishi, о‗z ustida tinimsiz ishlashi va izlanishi lozim. 4. Gapirib turib, о‗ylashni bilishi kerak. О‗qituvchilik kasbining, mehnatining, mahoratining о‗ziga xosligi ham shunda. Dars berishda fikrlash, о‗ylash va gapirish jarayoni qо‗shilib ketadi. Avval о‗ylab olib, keyin sо‗zlashga fursat bо‗lmaydi. 5. Pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, ta‘lim-tarbiya jarayonida о‗quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak. Kasbiy bilim va kо„nikmalar 1. Fundamental umumiy va maxsus bilimlar. 2. Ta‘lim-tarbiya jarayonining mazmun- mohiyati, strukturasi haqidagi bilimlar. 3. Psixologik-pedagogik bilimlar. 4. Antropologik bilimlar tizimi. 5. Metodologik bilimlar majmui. 6. Bir butun pedagogik jarayonning qonuniyatlari haqidagi bilimlar. 7. Psixologik -pedagogik texnologiya asoslari haqida bilimlar. 8. Tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va о‗tkazish haqidagi bilimlar. 9. Psixologik –pedagogik tashxis qilish kо‗nikmalari. 10. Ta‘lim jarayonini loyihalashtirish, amalga oshirish, baholash kо‗nikmalari. 11. Kommunikativ kо‗nikmalar. 12. Tashkilotchilik kо‗nikmalari. 13. Refleksiv kо‗nikmalar Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling