Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
Kasbiy, ahloqiy xislatlar
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ТАЛАБА ШАХСИ Pedagogik qobiliyat
- О„z ustida ishlash
- Kelajakka qadam quyayotgan yoshlar!
Kasbiy, ahloqiy xislatlar 1. Fuqarolik, ijtimoiy mas‘uliyat. 2. Insonparvarlik, ma‘naviy ehtiyojlar. 3. Bolalarga va pedagogik kasbiga muhabbat. 4. Ma‘naviy-axloqiy sifatlar. 5. О‗ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik. 6. Intelligentlik. 7. Umumiy va pedagogik madaniyat. 8. Optimizm. 9. Muloqot san‘ati, nutq madaniyati. 10. Pedagogik intuitsiY. Yangilik hissi. 11. Emotsional turg‗unlik. 12. Mehnatsevarlik. 13. Ijtimoiy va pedagogik qadriyatlarga yо‗naltirilganlik. 14. Pedagogik yо‗naltirilganlik. 15. Faollik. ТАЛАБА ШАХСИ Pedagogik qobiliyat 1. Intellektual qobiliyatlar. 2. Bilimlarni amaliyotga qо‗llash qobiliyati. 3. Tashkilotchilik qobiliyati. 4. Tadqiqotchilik qobiliyati. 5. Mustaqil ta‘lim olish qobiliyati. 6. Ijodiy qobiliyat О„z ustida ishlash 1. О‗z-о‗zini bilish. 2. О‗z-о‗zini boshqarish. 3. О‗z-о‗zini nazorat qilish va baholash. 4. О‗z ichki imkoniyatlarini amalga oshirish. 5. О‗z-о‗zini refleksiya qilish. 6. Bir psixologik holatdan boshqa holatga oson о‗ta olishi kerak. О‗qituvchining ishonchli dalillari, ilmiy, asosli mulohazalari, uning fikrlarini talabalarga ta‘sirini bir necha marta oshiradi. О‗ziga ishonchi esa keng doiradagi bilimi, о‗z fikrini ilmiy asoslab bera olish qobiliyatiga ega bо‗lishda shakllanadi. 7. Metodik mukammallik va sayqallangan kasbiy mahoratga, ta‘lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va boshqalardan unumli foydalana olish, о‗quvchi-talabalarning munosabatini, ulardagi о‗zgarishni tо‗g‗ri aniqlashi uchun kuzatuvchilik qobiliyatiga ham ega bо‗lishi kerak. Auditoriyaning psixologik holati (sukunat, shovqin va hokazolar) ni tez ilg‗ashi zarur. 8. Ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bо‗lishi shart. 9. Yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi kommunikativlik layoqatiga ega bо‗lishi, pedagogik texnika nutq, yuz, qо‗l - oyoq va gavda harakatlari (mimika, jest, pantomimika) qonuniyatlarini chuqur о‗zlashtirib olishga erishishi, notiqlik san‘ati - ma‘ruza о‗qish qobiliyatiga, imlo savodxonligi, nutq madaniyatiga ega bо‗lishi kerak. О‗qituvchida talabalarni о‗z fikriga mahliyo qilish, о‗zini qanday tutishni bilish qobiliyati bо‗lsa, u haqiqiy talant sohibidir. Buyuk faylasuf, «birinchi muallim» Aristotel har bir sо‗zni qanday aytishni avval soatlab oynaga qarab, mashq qilgan ekan. 10. О‗qituvchi kiyinish madaniyatiga (sodda, ozoda bejirim kiyinish, ta‘lim-tarbiya jarayonida о‗qituvchining turli xil diqqatini kо‗p jalb etuvchi bezaklar (oltin, kumush taqinchoklar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni о‗zlashtirishga erishish) ega bо‗lishi lozim. 11. О‗qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga о‗rnak bо‗la olishi lozim. Yuksak axloqiy va insoniy fazilatlarga ega bо‗lishi zarur. О‗qituvchi shaxsining mazkur talablarini о‗zida aks ettira olgan qiyofasi uning о‗quvchi- talabalar, hamkasblar hamda ota-onalar о‗rtasida obru e‘tibor qozonishini ta‘minlaydi. Uzluksiz ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ikki muhim kо‗rsatkichi — sifat va samaradorlik aynan о‗qituvchining salohiyati va kasbiy mahoratiga uzviy aloqadordir. О‗qituvchining kasbiy fazilatlari: о‗z sohasining puxta bilimdoni bо‗lish, hunar sirlarini sodda usulda о‗rgata olish, hayotiy tajribalari asosida tarbiyalovchilik, shogirdlar ehtiyojlari va yutuq- kamchiliklarini idrok eta oluvchanlik, shaxsiy namuna bо‗la olishlik va boshqalarni о‗z ichiga oladi. Odatda, kо‗pchilik о‗qituvchilar shaxsni о‗rgatish va tarbiyalashdagi vazifasini о‗z о‗quv fani doirasida о‗quvchini tegishli bilim va kо‗nikma hamda malakalar bilan qurollantirish, ularda tahlil qilish, umumlashtirish va qiyoslash sifatlarini shakllantirishda kо‗radilar. Vaholanki, о‗qituvchining mehnati va uning pedagogik faoliyati keng qamrovlidir. U о‗qitishning uchta muhim ijtimoiy funksiyasi - ta‘lim berish, tarbiyalash va shaxsni rivojlantirish bilan bog‗liq vazifalarini bajarishga mas‘uldir. Iqtisodiy hayotning yangi qirralari, muammolari ularni yechish yо‗llarini о‗rganish jarayonida betо‗xtov chuqurlashib boradi. О‗quv jarayonida yangi metodlar qо‗llaniladi, yangi о‗quv kurslari kiritiladi. Iqtisodiy fanlardan dars berishni ma‘naviy, nazariy tomondan yuqori bosqichga kо‗tarish kо‗p jihatdan ta‘lim-tarbiya jarayonida qо‗llaniladigan о‗quv shakllari, metodlari, talabalarni iqtisodchi olimlarning ishlarini о‗rganishlari berayotgan voqelikka jamiyat taraqqiyoti va jahon miqyosidagi jarayonlar birligi nuqtai nazaridan qarashni о‗rganishlari bilan bog‗liq. Bozor iqtisodiyotiga о‗tishimiz iqtisodiy fanlarning rolini nihoyatda oshishiga olib keldi. О‗z navbatida, bu fanlarni о‗qitish zamon talabiga javob berishi zarur. Buning uchun esa har bir о‗qituvchi о‗z ishiga ijodiy yondashishi, о‗z ustida muttasil ishlab, izlanishi, malakasini oshirishi va yuqorida keltirilgan fazilatlarga ega bо‗lishi lozim. Shunday qilib, iqtisodchi pedagoglardan nafaqat iqtisodiyotni, balki iqtisodiy bilimlarni о‗quvchi-talabalar ongiga yetkazish mahoratiga ham ega bо‗lishlari talab qilinadi. Kelajakka qadam quyayotgan yoshlar! Siz olgan diplom emas, balki sizning bajargan ishingiz, uni qanday bajarishingiz muhim. Diplom siz ishga yollanayotgan paytda sizni malakangiz haqida guvohlik berib, ishga qabul qilinish masalasini yechishi mumkin. Lekin ishga qabul qilingan kuningizdan boshlab, siz kelajakda qanday tarzda olg‗a siljishingiz bajargan ishingizga, uning natijasiga bog‗liq. Sizga ish beruvchi sizni diplomingizga mazkur ishni siz tezda о‗zlashtirib olasiz, uni muammolarini bilib, ularni yechish yо‗llarini topasiz. Kundalik ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan tо‗siqlarni yengasiz. Yangi metod va vositalarni topasiz. Korxonaning samaradorligini oshirishga yordam berasiz degan hujjat tarzida qaraydi. Tо‗la samaradorlikka erishgach, yangi о‗zgarishlar uchun harakat qilish kerak. О‗zgarishlar taraqqiyot emas, lekin taraqqiyot о‗zgarishlarsiz amalga oshmaydi. Takrorlash va munozara uchun savollar 1. Yoshlarga iqtisodiy ta‘lim va tarbiya berishda nima sababdan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qо‗llash zarur? 2. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning mazmunini tushuntirib bera olasizmi? 3. Didaktika nima? Uning asosiy tamoyillarining mazmunini tushuntirib bera olasizmi? Didaktik sakkizburchak nimalarni ifodalaydi, va uning iqtisodiy ta‘lim-tarbiyadagi rolini qanday izohlash mumkin? 4. AQSH pedagogi Benjamin Blum taksonomiyasi nimani ifodalayli? 5. B.Blum taksonomiyasi bо‗yicha bilishning bosqichlari qanday farqlanadi? 6. Didaktik jarayonni tashkil qilishda о‗qituvchining roli qanday? 7. Ta‘limda axborot texnologiyalari rolini kо‗rsatib beraolasizmi? 8. Iqtisodchi-pedagog mahoratiga quyiladigan asosiy talablarni aytib bera olasizmi? 9. Sizningcha, iqtisodchi-pedagog qanday fazilatlarga ega bо‗lishi kerak? U о‗zi dars о‗tayotgan fanni yaxshi bilishi kerakmi yoki dars о‗tishni yaxshi uddalashi kerakmi? Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling