Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
Islom dinida iqtisodiy ta‟lim-tarbiya masalalari
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temur va temuriylar
- 4. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda iqtisodiy ta‟lim-tarbiyaga oid qarashlar
2. Islom dinida iqtisodiy ta‟lim-tarbiya masalalari Iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishda iqtisodiy ta‘lim-tarbiyaning tarixiy ildizlari - islom dini qoidalalari, buyuk ajdodlarimizdan meros bo‗lib qolgan o‗lmas asarlar bizga bebaho manba bo‗lib xizmat qiladi. Islom ta‘limotidagi iqtisodiy g‗oyalarning bayon etilishi, muqaddas kitob-Qur‘oni Karimda kishilik jamiyatining faoliyat turlaridan biri iqtisodiyot sohasidagi munosabatlar muhim o‗rin tutadi. Chunki iqtisodiy munosabatlarda insonlarning asosiy fe‘l atvorlari namoyon bo‗ladi. Qur‘oni Karim ihkomlari insonlarga ilohiy farmoyish sifatida zamindagi barcha insonlar tengligi aytiladi. Iqtisodiy tarbiyani shakllantirishda milliy qadriyatlarimiz, tarixiy allomalarimiz asarlaridan samarali foydalanishimiz zarur. Qadriyatning eng yirik manbalaridan biri «Qur‘oni Karim» bo‗lsa, keyingisi Hadisi sharifdir. Ushbu manbalar o‗zining hayotiyligi bilan faqatgina uyg‗onish davri O‗rta Osiyodagi, Amir Temur va temuriylar davri, XX asr boshlaridagi o‗zbek iqtisodiy ta‘limotlarigina emas, balki O‗zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o‗tish davridagi iqtisodiy ta‘limotlarini, iqtisodiy tarbiya asoslarini yaratishda ham e‘tiborga olinayotgani, ulardagi iqtisodiy qadriyatlar katta hayotiy ahamiyatga ega ekanligini ko‗rsatadi. Keltirilgan barcha fikr mulohazalar avvalambor insonlarning bir-birini qadrlash, iqtisodiy munosabatlarda asosiy mezonlardan hisoblangan tenglik, halollik, to‗g‗rilik kabi tushunchalarni shakllantirish uchun asosiy manbalardandir. «Oltinni oltinga (ular tanga yoki biror buyum shaklida bo‗ladimi yoxud quyma bo‗ladimi, bundan qat‘iy nazar) bir-biriga teng og‗irlikda sotingizlar, birini ikkinchisidan afzal qilmangizlar. Kumushni kumushga ham aynan shu tariqa sotingizlar! Savdolashib turgan yeringizdan jilmay turib, bir-biringizni molingizni qo‗lga olingizlar!», deyiladi hadislarda. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, sotuvchi ham o‗z molining aybini yashirmasligi, xarid qiluvchi ham pul berishda g‗irromlik qilmasligi lozim, faqat shundagina savdoda baraka bo‗ladi, agar har ikkala tomon ham bir-birini aldasa, g‗irromlik qilsa, bu savdo halol savdo emas. Savdo halollikni yoqtiradi va shuning uchun sotuvchi ham, oluvchi ham rost gapirishi shart. Savdo sotiqdagi halollikda dastlab sotuvchining o‗z moliga adolatli, insofli, har ikkala tomonga ham manzur bo‗larli darajada narx qo‗yishi bilan boshlanadi. Chunki sotuvchi mol egasi bo‗lgani uchun dastlabki narxni xaridorga birinchi bo‗lib taklif etishga haqlidir. Hadisdagi rivoyatlarda: «Kimki biror oziq-ovqat mahsulotini ko‗tara sotib olgan bo‗lsa, uni uloviga ortmay (ya‘ni sotib olgan yeridan bo‗lak joyga olib bormay) turib qayta sotib yubormasligi kerak, chunki tijorat odobi shuni taqozo qilur» deyiladi. Amalda tijoratning bunday odobiga qattiq amal qilingan, odobsizlik qilganlarni esa kaltaklaganlar. Halol savdo qilish hosiyatlidir. Savdo-sotiq ishlarida amal qilinadigan shartlardan yana biri savdogar boshqa savdogarning savdosini bo‗zmasligidir. Bir savdogar boshqa savdogarning savdosiga: birinchidan, toki ruxsat bermaguncha, ikkinchidan, u odam savdoni tark etmaguncha aralashmasligi, uchinchidan esa, biror molni sotib olish uchun boshqaning savdosini aynitmasligi lozim. Paygambarimiz: «Birortangiz birodaringiz savdosini ustida savdo qilmangiz» deganlar. Bu gapdan boshqalar molni olib qolib qimmatroq narxda sotish, aldash maqsadida narxni ataylab oshirish, savdogar savdosi ustiga savdo qilishiga yo‗l qo‗ymaslik kabi mazmunlar yotadi. Payg‗ambarimiz odamlarga yanada qulayroq bo‗lishi va masalani adolatliroq hal etish maqsadida: «Kimki bo‗nak (avans) berib, qolgan haqini yesa ma‘lum muddatda o‗zish sharti bilan xurmo (va undan bo‗lak narsalar) oladirgan bo‗lsa, o‗lchanadirganini o‗lchab tortiladirganini tortib olsin» deb o‗z maslahatini beradi. Hadislarda jufa haqida ham to‗xtalib, undagi uchta bobda jufaning mohiyati va ahamiyati ko‗rsatib berilgan. Jufa iqtisodiy va hududiy asnoda yerlari tutash bo‗lgan qo‗shnilarning bir-birlarining uy va yerlarini hamda biror mulkka sherik yoxud biror mulkda ulushi (nasibasi) bor kishilarning bir-birlarining ulush nasibalarini birinchi bo‗lib sotib olish huquqlarini bildiradi. Bu yerda birinchi bo‗lib ulushni kim sotib olish huquqiga ega ekanligiga e‘tiborni qaratish lozim. Payg‗ambarimizning: «qo‗shni qo‗shniga uy-joylarining tutashligi bilan boshqalardan ko‗ra haqliroqdir» degan maslahatlari hech qanday jamoaga tsgishli bo‗lmagan, taqsimlanmagan umumiy mulkka nisbatan jufa huquqiga asos qilib olinganligini ta‘kidlab o‗tish lozim. 3. IX-XV asrlarda Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlarida iqtisodiy ta‟lim- tarbiyaning tutgan o„rni Buyuk allomalarimiz islom qonun qoidalarini asos qilgan holda yaratgan asarlarida e‘tiborni insonnning boylikka, mol-mulkka bo‗lgan munosabatini shakllantirishda, inson iqtisodiy tafakkurini, iqtisodiy ta‘lim-tarbiyani shakllantirishi asosiy dasturi sifatida o‗z asarlarida foydalanishgan. Inson hayotida moddiy ne‘matning, boylikning rolini tushunarli, sodda tilda tushuntirib berishga harakat qilishgan, xususan, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Amir Temur, Alisher Navoiy va boshqa allomalarimiz yaratgan asarlaridagi g‗oyalar Iqtisodiy tarbiya nazariyasining manbalari, o‗rganish obektlari bo‗la oladi. Buyuk daho, Aristoteldan so‗ng «ikkinchi muallim» deb nom qozongan Abu Nasr Forobiy o‗z hayotida ta‘lim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat bergan. Moddiy ehtiyojlarning ahamiyati, kishilik jamiyati taraqqiyotida uning rolini ko‗rsatib, mulkchilik va mulkdor bo‗lish xosiyati, xarajat va taqsimot to‗g‗risida qator muhim fikrlarni bildirgan. Ilm olishning zaruriyati, ta‘lim- tarbiya berish metodlariga alohida diqqat qaratgan. Buyuk allomalarimizdan Abu Rayhon Beruniyning mehnat va hunar to‗g‗risidagi qarashlari bugungi kun uchun ham ahamiyatini yo‗qotmagan. U yashagan davrda Xorazm va O‗rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy va ma‘naviy hayotida kishilik ehtiyojlarini paydo bo‗lishi va uni qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlari uyg‗unlashib ketadi. Uning fikriga ko‗ra kishilar o‗zlarining zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar. U davlatning paydo bo‗lishini ham ehtiyojdan deb hisoblaydi. Barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi. Insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining Kim bo‗lganligi bilan emas, balki uning mehnati bilan belgilanadi. Har bir zamonning o‗ziga xos odatlari bor. Unga hamma rioya qilishi kerak, aks holda nizom va bir xillik yo‗qolsa, tartib ham yo‗q bo‗ladi. Beruniy so‗zlari bilan aytganda inson yerdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson mehnati bilan ulug‗. Kishilik jamiyatining asl tarixi ham mehnatdan boshlangan. Bilimlarni egallash va hunar o‗rganish uchun ham mehnat qilish zarur. U mehnatni turlarga ajratib, ularning har biri talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelgan deydi. U barcha insonlar uchun foydali mehnat muvofiq ravishda taqdirlanishi lozim deydi. Abu Rayxon Beruniy inson ehtiyojini faqat pul, mol-dunyo bilan emas, balki mehnat, izlanish, yaratish, qurish, bunyod qilish, ilm olish, bilish orqali qondirish lozimligini ta‘kidlaydi. Abu Ali ibn Sino o‗zining buyuk «Tib qonunlari» asarida iqtisodiy tarbiya haqida so‗z yuritib, bola tarbiyasida mehnatning ahamiyatiga alohida urg‗u beradi. Barcha boyliklar halol mehnat bilan orttirilishi, ota-onalar o‗z farzandlarini kasb-hunarga o‗rgatishi va undan olingan daromad orqali halol yashash kerakligini aytadi. «Agar oila boshlig‗i, deydi ibn Sino, tajribasizlik yoki nohaqlik qilsa, u oila a‘zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va uning oqibatida bundanda yomon natijalar kelib chiqadi». Uning fikricha, bola tarbiyasi yaxshi yo‗lga qo‗yilsa, oila baxtli bo‗ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Mutafakkir Yusuf Xos Hojib o‗zining «Qutadg‗u bilig» asarida bola tarbiyasi haqida to‗xtalib shunday yozadi: «Farzand qanchalik bilimli, aqlli-hushli bo‗lsa, iqtisodni yaxshi o‗zlashtirsa, ota-onaning yuzi shunchalik yorug‗ bo‗ladi». U bola tarbiyasida otaning mas‘uliyatiga alohida e‘tibor beradi. «Kimning o‗g‗il-qizida bo‗lsa, - deb yozadi muallif, unga uning o‗zi mungli yig‗laydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib qo‗ysa, bolada gunoh yo‗q, barcha gunoh oilaning o‗zida. O‗g‗il-qizning xulq-atvori yaramas bo‗lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo‗ladi. Ota bolalarini nazorat qilib, turli hunarlar o‗rgatsa, ular ulgaygach, o‗g‗il-qizim bor deb sevinadi». Ulug‗ bobokolonimiz ta‘kidlaganidek, farzandlarimizga kasb-hunar va zamonaviy bilimlarni o‗rgatishimiz kerak. Toki ular o‗zlari qiziqqan kasb va hunarni o‗rganib, hayotdan ta‘lim olib, bilimdon bo‗lsinlar, chinakam insoniy go‗zallikka erishsinlar, boqimandalikka, yalqovlikka, o‗g‗irlik va harom-harish ishlarga o‗rganmasinlar. Ammo kasb-hunardan dunyoda faqat boylik va mol-dunyo to‗plash uchun emas ezgulik va vatan taraqqiyoti uchun foydalanish kerak. Demak, boylik ham hunar egalariga va bilimdon- tadbirkorlarga munosibdir. Ammo ba‘zi davlatmand odamlarning nodonligi va ma‘naviyati qashshoqligini ko‗zatib hayron qolasan, kishi. Bilimli boyligini ezgulik, bilimsiz esa yomonlik uchun sarflaydi. Insonning vazifasi yaxshilik yaratishdan iborat bo‗lishi zarur. Mutafakkir yaxshilik va ezgulik chinakam insonlarning olijanob fazilatidir, degan xulosaga keladi. U «agar dunyoda yaxshi kishilar bo‗lmaganida edi, haqiqiy insoniylik ham bo‗lmas edi», degan falsafiy xulosani e‘tirof etadi. Iqtisodiy tarbiya nazariyasida Temur va temuriylar davridagi iqtisodiy ta‘lim-tarbiya ham o‗ziga xos o‗rin tutadi. Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat barpo etildi. Iqtisodiyotni barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, qishloq xo‗jaligi va ayniqsa, savdoda) muhim yutuqlar qo‗lga kiritildi. Bunga to‗g‗ri tanlab olingan iqtisodiy g‗oyalar va iqtisodiy siyosat yordam berdi. Amir Temur davlat va iqtisodiyotni boshqarishda o‗ziga xos maktab yaratdi. Sohibqiron davlatida devoni bo‗zruk (Bosh vazir)dan tashqari har bir viloyatda devon deyiluvchi boshqarma bo‗lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig‗ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar, bozorlar, hammomlar, yo‗llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi. Halqning hulq-axloqi ko‗zatib turiladi. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan, suroq, tekshirish, taftish va tergov ishlari olib borishardi. Ayniqsa, toshu tarozu to‗g‗riligini odil baho, tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qa‘tiy jazolangan, eng muhimi bu ish to‗ppa to‗g‗ri bozorda, halq, oldida amalga oshirilgan. Savdogarlarga olib kelingan mol ustiga 10 % narx qo‗yish mumkin bo‗lgan. Temur saltanatini idora qilish uchun turli vazirlar faoliyat ko‗rsatgan. Shunday vazirlardan birinchisiga - yer soliqlari, boj, o‗lpon soliq undirish hamda mirshablik yumushlarini boshqarish yuklatilgan. Bu vazir mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni hal qilgan, viloyatlarda olingan hosil, soliq o‗lponlarini taqsimlagan. Ikkinchi vazir - sipox vazir hisoblanib, sipoxiylarning maoshlari va ular bilan bog‗liq ishlarni boshqargan. Uchinchi vazir - esa egasiz qolgan, o‗lib ketgan kishiilar va qochoqlarga tegishli mollarni, kelib ketayotgan, savdogar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarib, ularning barchasidan tuplangan daromadlarni omonat tarzida saqlagan. Agar g‗oyib bo‗lganlar va vafot etganlarning mol-mulki bo‗lsa, ularni o‗z me‘rosxo‗rlariga topshirgan. To‗rtinchi vazir - saltanat ishlarini yurituvchi vazir bo‗lib, u saltanatdagi jami idoralarning kirim-chiqimlari, xazinadan sarf qilingan xarajat, hatto otxona va saroydagi boshqa jonzotlarga qilingan xarajatlardan ogoh bo‗lib borgan. Vazirlar devonbegiga bo‗ysungan. Temo‗rning hislatlaridan biri shu ediki, u biror masalani hal etishdan oldin shu sohaning bilimdon olimlari bilan maslahatlashar, so‗ng asosiy qaror qabul qilar edi. Amir Temo‗rning davlatni boshqarishda yana bir yo‗nalishi u vaqti-vaqti bilan so‗roq, tekshirish, taftish, tergov o‗tkazib turgan. O‗z amalini suiste‘mol qilish, poraxo‗rlik, doimiy ichkilik, maishiy bo‗zuqlik kabilar og‗ir gunoh hisoblanib, qattiq jazolangan. U bunday paytlarda o‗zini ham, o‗g‗il va nabiralarini ham, qarindosh urug‗larini ham ayab o‗tirmagan. U o‗z davlat ishlarida mustahkam, qat‘iy, barqaror turgan. «Temur to‗zuklarida» shunday deyilgan: Menga bo‗ysungan yangi davlatlarda xurmatga loyiq odamlarga hurmat ko‗rsatdim. Men payg‗ambar avlodlariga, qonun targ‗ibotchilariga, olimlar va keksalarga nisbatan buyuk hurmatda bo‗ldim, ularga nafaqa belgiladim. Bu mamlakatlarning badavlat kishilari mening og‗aynimdek, yetim yesir va kambag‗allari esa bolalarimdek bo‗lib qoldi. Mag‗lub bo‗lgan mamlakat qo‗shinlari mening qo‗shinlarimga qo‗shilardi. Men bu mamlakatlarda halq hurmatini qozonishga harakat qildim. Shunga qaramasdan fuqaroni qo‗rqinch va umid orasida saqladim. Yaxshilarga ular qaysi millatdan bo‗lishlaridan qa‘tiy nazar men yaxshilik qildim. G‗arazli kishilar va sotqinlar esa mening davlatimdan quvildi. Menga tobe mamlakatlarda adolat eshiklari ochiq edi. Mag‗lub bo‗lgan davlat hokimlarini o‗z vazifasida qoldirdim. Unga maqtovlar yog‗dirdim va shundan so‗ng ularning to‗g‗riligiga hamda sodiqligiga to‗la umid bog‗lardim. Biroq ba‘zi qaysarlari shosha- pisha o‗zini-o‗zi to‗rga tushirar edi. Bunday hollarda men uningo‗rniga adolatli odamni tayinlardim. Men o‗lkalardagi yo‗llarning xavfli bo‗lishini istamasdim. Shaharlarga va shahar maxallalariga maxsus odamlar qo‗ydirdim; ular xalqning va askarlarning xavfsizligi ustida ish olib borardi. U joyda sodir bo‗lgan barcha javobgarlik uning bo‗yniga tushardi. Yo‗lovchilar xavfsizligini ta‘minlash va qo‗nib o‗tishga manzilgoh qurdirdim; qulaylik yaratish uchun katta yo‗llarga soqchilar qo‗yildi. Soqchilar yo‗lovchilarning har bir narsasi uchun javobgar edilar. Illy sababdan sayyohatchilar va savdogarlar ulardan o‗z mollariga soqchnlik qilishni talab eta olardilar. Shubhali va niyati bo‗zuq kishilarning ayblashlari hamda to‗hmatlari bilan fuqarolarga jazo berish qozilarga qat‘iyan man etilgai edi. Ammo biror shaxsning gunohi to‗rtta dalil bilan isbot qilinsa, u kishiga qilgan aybiga qarab jazo berilar yoki jarima solinardi. Barcha ishlarda bu ishlar qaysi o‗lka xaqiga taalluqli bo‗lmasin hokimlarning adolat tomonida qattiq turishlariga buyruq berilgan. Qashshoqlikni tugatish maqsadida boshpanalar tashkil qildimki, kambag‗allar ulardan nafaqa olib turdilar. Bundan tashqari, Temo‗rning soliqlar haqidagi qoidasi juda muhim ahamiyatga egadir. Temur yozadi, «Soliq yig‗ishda xalqni og‗ir ahvolga solishdan yoki o‗lkani qashshoqlikka tushirib qo‗yishdan ehtiyot bo‗lish zarur. Negaki, xalqni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‗allashishiga olib keladi, xazinaning bequvvatligi harbiy kuchlarning tarqoqlanishiga bu esa o‗z navbatida, hokimiyatning kuchsizlanishiga olib keladi». Temur Islomga tayanib, musulmon dinining nufuz-e‘tiboridan foydalandi va o‗z davlatini mustahkamlash maqsadida boshqa dinlardan ham foydalanishga intildi. Temur davrida yirik shaharda masjid va madrasalar qurilib, ularda diniy ta‘limot asosida islom, aro‗z, ilmi bayon, mantiq, tarix, geografiya kabi gumanitar fanlardan tashqari falakiyot, tabbiyot kabi aniq fanlar ham o‗qitiladi. Ta‘limda sharhlab o‗qish, mustaqil mutolaa, munozara, suxbat usullari qo‗llanilgan. Talabalar arab, fors, turkiy tillarda yozilgan asarlarni shu usullarda o‗qib, o‗rganganlar. Jamiyatdagi o‗rnatilgan tartib-qoidalarga ko‗ra insonlarda iqtisodiy fikr yuritish tarzi shakllanadiki, u o‗z navbatida mamlakatni yanada rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi. Iqtisodiy ta‘lim-tarbiya masalalarida buyuk bobokalonlarimizdan A.Navoiy o‗ziga xos alohida o‗rin tutadi. Uning iqtisodiy g‗oyalari ―Hamsa‖, ―Mahbub ul-qulub‖ va boshqa asarlarida o‗z ifodasini topgan. Uning fikricha, mehnat – jamiyatning asosiy belgisi, uni ishlab chiqaruvchilar rivojlantiradi. Shuning uchun ularga ortiqcha soliqlar solinmasligi, savdo- sotiqning rivajlanishi uchun bozorshlarda mahsulotlar bahosi meyorida bo‗lishini ta‘minlash lozim. ―Shahar olib sotarlari, - deb yozgan edi Alisher Navoiy, xiyonatchi, o‗z foydasini ko‗zlagan holda qahatchilik tilaydi‖. Chunki qahatchilik bo‗lsa, uning ishi yurishadi, molini bekitib sotib, yuqori bahoda pullaydi, maqsadi elga ziyon yetkazish, orzusi arzon olib qimmatga sotishdir. U shoyini bo‗z deb kamsitadi, sotishda bo‗zni shoyi deb ataydi‖. A.Navoiy o‗zining ―Mahbub ul-qulub‖ asarida jamiyatning rivojlanishida savdo-sotiq tijorat ishlarining ahamiyatini alohida ta‘kidlaydi. ―Savdogar, - deb yozadi buyuk allomamiz, yolg‗iz foydani niyat qilmasligi‖, ―savdo qilib foyda topaman‖, ―mol va pul ko‗paytiraman deb ortiqchakema surmasligi‖, ―mol va pul ko‗paytiraman deb jonsarak bo‗lmasligi kerak‖, ―savdogar boj-xiroj berish o‗rniga o‗z molini yashirib, o‗z obro‗sini to‗kmasa yoki topgan-tutganini merosxo‗rlarisotib sovurishi uchun tuplab qo‗ymasa yoki biror yomon hodisa qo‗zg‗ash uchun sarflamasa, jamg‗arma yaxshi bo‗ladi‖. A.Navoiyning savdogarlar to‗g‗risidagi ushbu so‗zlari xuddi bugungi kundagi tijoratchilar uchun aytilgandek tuyuladi. Yuqorida bayon etilgan fikrlar asosida qo‗yidagicha xulosa chiqarish mumkin. Birinchidan, savdo, bozor, tijorat, mahsulot ishlab chiqarish, muomala jarayoni (oldi-sotdi) iqtisodiyotni rivojlantirishda yetakchi ahamiyat kasb etadi, tovarlar taqchilligini tugatishga xizmat qiladi. Ikkinchidan, savdo-sotiq davlat byudjeti daromadining manbai, mamlakat iqtisodiy qudratining tayanchlaridan biridir. Zero, savdogarlar davlat xazinasiga boj-xiroj to‗lab turishlari bilan moliyaviy munosabatlarda muhim o‗rin tutadilar. Uchinchidan, ulug‗ shoir savdogarlarni insofga, diyonatga chaqiradi, ulardan faqat o‗z foydasini ko‗zlab ish tutmasligini talab qiladi. Bu g‗oyalar yoshlarning iqtisodiy munosabatlar, savdo qonun qoidalarini o‗rganishda asosiy tarbiyaviy dastur bo‗lib xizmat qilishi zarur. Albatta bunday mulohazalar ma‘nosini o‗quv yurtlarini bitirib, iqtisodning turli tarmoqlarida faoliyat ko‗rsatadigan yosh mutaxassis-tadbirkorlarga tushuntirish foydadan holi bo‗lmaydi. A.Navoiy baho mahsulot yetishtirishga sarflangan mehnatga emas, balki talab – taklifga ham bog‗liq ekani haqida fikr yuritadi. Shu bilan yuirga, ayrim savdogarlar o‗z tashabbusi bilan narx-navoni haddan tashqari oshirib yuborganini qayd qiladi. Tovar-mahsulot narxni bunday oshirish sotuvchilarga nisbatan jazo choralarini ko‗rishni ko‗zda tutib, insof va adolat tarozisi bilan narxni tartibga solishni tavsiya qiladi. A.Navoiy mamlakat ichki bozorining rivojlanishi tashqi bozorga bog‗liqligini ko‗rsatib o‗tadi. Shu munosabat bilan shoirning Astroboddan Husayn Boyqaroga yo‗llagan xati diqqatga sazovordir. U xatda shunday yozilgan: ―Yana ulkim, devoniylarga hukm bo‗lsakim, atrofdin kelgan bozurgon (savdogar)larning jonidan rioyat qilsalar (ularning manfaatiga zarar yetkazilmasin). Navoiy ijodida mehnat, ayniqsa dehqan mehnati juda katta o‗rin egallaydi. Dehqonchilik jamiyat hayoti va rivojlanishining asosi, unga moddiy faravonlik va ma‘naviy ulg‗ayishning asosiy manbai deb qaraladi. Fuqaroning, bugungi tirik mavjudodni rizqu-ro‗zini yaratuvchi ham dehqon. Shoh hazinasini inju va oltinga to‗lishi, boyligi ham uning mehnatidan deb biladi. Alisher Navoiy shariat tomonidan belgilangan soliqlarni to‗lab turishni hamham qarz ham farz deb biladi. Lekin ularning haddan ziyod bo‗lishi fuqaro naroziligiga olib kelishini, ayniqsa, gadoylarning ko‗payishi, ularning (barcha turi) jamiyat hamma uchun havf tug‗dirishini ko‗rsaldi va ogohlantirdi. Alisher Navoiy jamiyatning himoyasiz, kambag‗al, yashash va o‗qish, ijod qilish uchun imkoni bo‗lmagan qatlamlari uchun ortiqcha mulkini xayr-ehson qildi. Shu davr tarixchisi Mirhond so‗zi bilan aytganda, ―faqiru miskinlarga muruvvat va shavqat yuzasidan manfaat va dildorlik ko‗rsatdi‖ U bizga insoniylikni, axloq-odobning shunchalik ko‗p qirralarini tasvirlab beradiki, ular hozir ham avlodlarda odamiylik, ulug‗ xislatlarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Umuman, IX-XV asrlarda Markaziy Osiyoning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bilan tanishishda shu narsa ayon bo‗ladiki, o‗lkada ilm-fan, san‘at, adabiyot va hunarmandchilikning rivojlanishi va buyuk allomalarimizning asarlari va faoliyatlari yoshlarning ta‘lim-tarbiya berishda muhim rol o‗ynagan. 4. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda iqtisodiy ta‟lim-tarbiyaga oid qarashlar XIX asrning ikkinchi yarmida O‗rta Osiyoda yangi ishlab chiqarish munosabatlarining ko‗rtaklari ko‗rina boshlagan bo‗lsa ham, xo‗jalikda kapitalizmgacha bo‗lgan munosabatlar yetakchi o‗rinda edi. Tovar-pul munosabatlari ko‗proq ahamiyatga ega bo‗la boshladi. Avvalgi ayrim natural soliqlar pul bilan olinadigan bo‗ldi, qishloq xo‗jaligida, ayniqsa, sug‗orish ishlarida ozroq ko‗lamda bo‗lsa ham yollanma ishchi kuchi qo‗llana boshladi. To‗kimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda xonaki sanoat vujudga keldi, xususiy korxonalar paydo bo‗ldi. Savdo sudxo‗rlik burjuaziyasining ahamiyati oshdi. Alohida tumanlar va shaharlar o‗rtasida iqtisodiy aloqalar mustahkamlandi. Chor Rossiyasining O‗rta Osiyoni bosib olishi, uning Rossiya xo‗jaligining ta‘sir doirasiga kirishiga olib keldi. O‗rta Osiyoda kapitalizm rivojlanmasligi uchun chor hukumati qo‗ygan bir qator to‗siqlarga qaramay, kapitalistik munosabatlar asta sekinlik bilan bo‗lsa ham, Turkistonda xo‗jalik yuritishning turli tarmoqlarini qamrab ola boshladi. XIX asr ikkinchi yarmilariga kelib Chor Rossiyasi Turkiston mamlakatiga qarshi yurish qilib, uni butunlay bosib oddi. O‗rta Osiyoning kapitalizm muhitiga kirishi ishlab chiqarishni rivojlanishiga bir oz turtki bergan bo‗lsa ham, jamiyat tizimini tubdan o‗zgartira olmadi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O‗rta Osiyo iqtisodiy jihatdan qoloq, ulkaning yaxshi yerlari va ishlab chiqarish vositalari bir hovuch oksuyak hamda ruhoniy feodallarga, chor mustamlakachilariga qarashli bo‗lib qolgan edi. O‗rta Osiyodagi millionlab mehnatkashlar ikki tomonlama zulm ostida azob chekishi, ularning siyosiy huquqsizligi, o‗lkaning qoloqlikka yuz tutishini yanada kuchaytirdi. Ana shu davrda bir vaqtlar musulmon olami va madaniyatining markazlaridan biri hisoblangan Buxoroda halqning kelajagini o‗ylaydigan, taraqqiyoti haqida qayg‗o‗rgan jamoa jadidlar harakati yuzaga keldi. Jadidlar o‗zlarining asosiy e‘tiborlarini millatning ma‘rifatli, o‗qimishli, bilimdon va kasb- hunarli bo‗lishiga qaratib uni dunyoning ilg‗or millati bo‗lishga chaqirdilar, aks holda, abadiy qoloqlik iskanjasida qolishlari mumkin deya qayg‗urdilar. Jadidlar mamlakatda iqtisodiy-siyosiy, madaniy-ma‘rifiy islohotlar o‗tkazish uchun kurashdilar. Ular taraqqiyotga ma‘rifat orqali borilishini uning uchun esa din va ilm vosita ekanligi g‗oyasini ilgari surdilar. Jadidlar, ya‘ni yangilik tarafdorlari ma‘rifat va ilm tizimida iqtisod ilmining millat ravnaqi uchun ahamiyati alohida ekanligini qayta-qayta ta‘kidlaganlar. Jadidlarning ulug‗ namoyondalaridan biri, ularning mafkurachisi bo‗lgan Abdurauf Fitrat o‗zining «Rahbari najot» asari, «Munozara», «Hayot va hayot g‗oyasi» kabi maqolalarida qoloqlikni tugatishning xich kimga sir emaski, islom dunyosi jahon sahnasida boshqa dindagi halqlardan qadam ba qadam keyinda qolmoqda. Biz Turkistonliklar esa boshqa musulmonlarga nisbatan ham ortda, sarosimalik girdobiga botib qolganmiz, - deydi Fitrat. Qoloqligimizning sababi nimada? Bu savolga Turkistonlik donishmandlar turlicha yondashadilar. Hammadan burun Vatan, millat taqdirini o‗ylaydiganlar buning sababini nodonlik, jaholat va kuchsizligimizda ko‗radilar. Ikkinchi bir bahslashadigan ko‗pchilik tomon esa, qoloqligimiz sababini Olloh irodasiga bog‗lab, «Har ne qilsa xudodan» deb sukut saqlashadi. Ollox, insonlarga din va elchilarni yuboradi. Tarix rivojida bu dinning ta‘sir doirasi torayib qolgach, xudo Yangi din va elchisini yuborgan. Doimo shunday bo‗lib kelgan Din nima? Din insonlarni baxt yo‗liga olib boruvchi xudoning irodasidir, hayotning g‗oyasidir, mazmunidir. Fitrat din deganda shunchaki xudoga ibodatni nazarda tutmaydi. U dinda ilmni, ma‘rifatni, o‗zligini anglashni, insoniylikni ko‗radi. U hayot g‗oyasi nuqtai nazaridan qarab, jamiyatga «hech qanday foyda keltirmaydigan odamlarni ikki guruhga bo‗ladi. Birinchilari, hayotning mazmunini ovqatlanish va uxlashda, sharob ichmoq va shirinliklardan lazzat olmoqda ko‗rishadi. Ular inson majburiyatlari haqida o‗ylashmaydi, hech narsaga qiziqishmaydi. Yaratguvchi bundayin kishilarga baxt ato etmaydi, deydi Fitrat. Ikkinchilari, o‗z baxtlarini hayot g‗oyasida ko‗rishadi, lekin ular bu Dunyo baxti uchun hech bir tadbir qilishmaydi. Bu Dunyo baxti, deyishadi ular g‗ayridinlar uchun yaratilgan, musulmonlar uchun esa bu Dunyo do‗zaxdir, sinovdir. Fitrat fikricha, Dunyo ishlariga befarq va narigi dunyo baxti bilan mashg‗ul bu guruh kishilari ham jamiyatga hech qanday foyda keltirishmaydi. Fitrat ko‗rsatadiki, agar ikki tanob hosildor yeri bor dehqon ish qurollarini va urug‗ni bahorgi ekishga tayyorlab qo‗ymasa, hamma vaqt machitga qatnab xudodan 50 xalta bug‗doy yetkazishni so‗rab iltijo qilsa, uning xohishi, albatta inobatga o‗tmaydi. Unga qarashli yer ham ma‘lumki, o‗z-o‗zidan hosil bermaydi. Agar dehqon faqat dehqonchilik bilan shug‗ullanib, ibodat qilmasa oddiy suv toshqini yoki ekinga qurt tushib ham hosil bitmasligi mumkin. Demak, dehqon xudodan tabiatning qulay kelishini so‗ramog‗i-ibodatni bajarmog‗i hamda dehqonchilik ishlarini ham qilmog‗i kerak. Bu fikrlar bizga tasavvuf falsafasini naqshbandchilikdagi «Dil bayoru dast ba kor» talabini esga soladi. U kishilarni avliyolar qabrini ziyorat qilish emas, sig‗inish dargohiga aylantirganlarini qoralaydi. Islom qabrlarga sig‗inishni man etgani unutilgan. Insoniyat Aql rahbarligisiz saodatga erisha olmaydi. Aqlga esa ilm orqali erishiladi. Aqliy ilmlar insoniyatning mulkidir, uning kashfiyotidir. Bu fanlar bashariyatga taalluqli, ya‘ni umuminsoniydir. Odamlar turli din, mazhab, qavm va millatga bo‗linmasinlar, bir-birlariga birodarlardir, deb hisoblaydi Fitrat. U iqtisod ilmini egallashga, yoshlarimizni tijorat va savdo ishlariga o‗qitishimiz lozimligiga da‘vat qilgan edi. U vatandoshlarga, millatdoshlarga murojaat qilib shunday deb yozgan edi: «Sizlar o‗z farzandlaringizni tijorat maktablariga yuborib, savdo ishiga o‗qitingiz, chunki begonalar (ya‘ni, xorijiy savdogarlar) tijorat ilmidan xabardor. Siz esa bexabarsiz». Jadidlarning yetuk arboblaridan biri Abdulla Avloniy bo‗lib, u yoshlar tarbiyasiga, ayniqsa, iqtisodiyot ilmini o‗rganishga alohida diqqat qaratadi. U iqtisod haqida shunday degan edi: «iqtisod deb pul va mol kabi ne‘matlarning qadrini bilmakni aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o‗rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o‗rni kelganda so‗mni ayamas. Saxovatning ziddi baxillik o‗ldigi kabi iqtisodning ziddi isrofdir...». Keltirilgan lavhada juda chuqur iqtisodiy ma‘no yashiringan: birinchidan muallif pulni ne‘mat ya‘ni mehnat bilan yaratilgan ma‘lum qiymat, uning ifodasi degan ilmiy fikrni bildiradi; ikkinchidan, pul tadbirkorni ishbilarmonni yoqtirishi, faqat ana shunday kishilar qo‗lida pul, mol-dunyo ko‗payajagini uqtiradi. Har zamonda insonning maqsadi erkin va farovon yashashdir. Ayniqsa, «bu zamonda maqsadga yetmak uchun, - deb yozadi Abdulla Avloniy, o‗z millatiga xizmat qilmoq maqbul bo‗lmak uchun ilm va mol lozimdir. Olamdagi millatlarning xol va kudratlari mol va boyliklardandir. Har yerda boy millatlar og‗ip kelib, faqirlarga yengil kelib qul va asir bo‗lib qoladir...». Iqtisod ilmidan boxabar bo‗lgan kishilar har doim qiladigan sarf xarajatlarining samara berishini oldindan hisob-kitob qiladilar. Olim misol keltirib aytadiki, ilmdan yaxshi xabardor bo‗lgan amerikalik va yevropaliklar iqtisodiy bilimliklari tufayli, farovon to‗q yashaydilar. U «Bobolarimizning bo‗lsa bo‗lar, bo‗lmasa g‗ovlab ketar» zamonlari o‗tib, o‗rniga «bilg‗on bitar, bilmagan yutar» zamoni keldi. Amerikaliklar bir dona bug‗doy ekib, yigirma qadoq bug‗doy olurlar. Yevropaliklar o‗zimizdan olgan besh tiyinlik paxtani ketirib, o‗zimizga 25 tiyinga sotadilar» deb ko‗rsatadi. Shuningdek, jadidchilik harakatining yana bir mashhur vakili Mahmudxo‗ja Behbudiy ham xalq orasida ziyo, ma‘rifat tarqatish musulmonlardan dunyoga ochiq ko‗z bilan qarash, zamonaviy xo‗jalik yuritish bilimini egallash, fan bilan qurollanib faollik ko‗rsatishni jon dildan ma‘qullab, o‗zi ham bu fikrni amalga oshirish uchun faol harakat qilgan. U o‗zining matbuot sahifalaridagi yuzlab maqolalarida yangi maorif, dunyoviy fanlarning foydasi, komil insonning tarbiyasi, Turkiston farzandlarining yorqin istiqboli, uning kelajagi va iqtisodiy muammolari yotadi. U nafaqat jurnalist-tadqiqotchi bo‗libgina qolmay, muharrir sifatida hamda iqtisodni chuqur biluvchi kishi sifatida, iqtisodiy tarbiyani targ‗ib qilgan tashabbuskor inson bo‗lgan. U «Samarqand» gazetasini (1913 yil aprel), «Oyna» jurnalini (1913 yil avgust) o‗z mablag‗i hisobiga tashkil qiladi. Ularda millatning taraqqiyoti, kelajagi, iqtisodi, aholida iqtisodiy tafakkurning shakllantirishning naqadar zarurligi haqida maqolalar yozdi. U Turkistonning kelajagi uning yangi kadrlarida, mutaxassislarida deb bilar edi. Iqtisodiy taraqqiyotta erishish uchun zamona ilmi o‗qilmog‗i, Ovrupo bozorlarida savdo qila oladigan mutaxassislar yetishib chiqishlari zarurligini ta‘kidlagan. «F. Xo‗jayev aytganiday «Siyosiy, ijtimoiy faoliyati va bilimining kengligi jihatidan Turkistonning o‗sha vaqtdagi jadidlaridan unga teng kela oladigan kishi bo‗lmasa kerak» 7 . Behbudiy to‗ylardagi isrofgarchiliklarga batamom qarshi edi. U to‗ylarni bsjirim, kam xarajat bilan o‗tkazish tarafdori edi. To‗y va ma‘rakalarga sarf qilinadigan aqchalarga Kavkaz, Qrim, Orenburg va Qozonga usul, ta‘lim o‗rganmoq uchun bola yubormoq, bolalar uchun tarbiyaxona ochmoq kerak va bu tarbiyaxonalar zamoniycha, ham milliy, ham diniy ruhda bo‗lishi kerakdur, deb ko‗rsatadi (VI bob, 3-§ga qarang). 7 Avazov N. Bankalarga musulmon sarkorlari kerak duo. Mahmudxо‗ja Behbediyning iqtisodiy faoliyatiga bir nazar// Hayot va iqtisod. №4, 1991, 64–bet. XX asrning klassik yozuvchilaridan S.Ayniy, M.Behbudiy to‗g‗risida «O‗z moli haqida bo‗lsin xalq moli haqida bo‗lsin, iqtisodga ko‗p rioya qilar va ijtimoiy ahvolimizning to‗zalishi uchun iqtisodga rioya qilishni birinchi shartlardan bilar edi. Shuning uchun to‗y va a‘zalarga bo‗laturg‗on isroflarni o‗zi butun tark qilg‗on va so‗ziga quloq solaturg‗onlarni ham tark qildirg‗on edi («Zarafshon» gazetasi,1933 yil 25 mart)» 8 . Behbudiy xalqqa qarata, «Behuda sarflarga ketadigan xarajatlarni ilmga sarflamoq kerakdir. Ilm bizning omilimiz, idealimiz, murodimiz, tilagimiz va muddaomizdir. Hozir barcha kuchni ilm olishga qaratmasak zabun bo‗lurmiz», deya xitob qiladi. Turkiston xalqining marosimlarida ko‗p xarajatlar bo‗layotganini ko‗rib, o‗zi mufti sifatida tashvishlanadi. Uning tashabbusi bilan Samarqandda isloh ruso‗m majlisi chaqirilib, to‗y, ta‘ziya va boshqa marosimlar uchun tartibnoma ishdab chiqilib, hukumatdan ham ruxsat olinib, matbuotda e‘lon qilinadi. Turkistonning kelajagi, istiqboli milliy kadrlar tayyorlashda deb biladi. Buning uchun har kunni g‗animat bilib, iqtisodiy va madaniy yutuqlar sari borishimiz kerakligini ta‘kidlaydi. Ilm va iqtisod. Bu Behbudiyning bosh muammosi. Chunki hamma narsa iqtisodga borib taqaladi. U aytganiday, «ilmlarni o‗qimoq aqcha ila bo‗lur». Ulug‗ yozuvchimiz Oybek bu haqda to‗xtalib, o‗zining «Qutlug‗ qon» romanida O‗zbek ziyolilarining ilg‗or vakili Abdushukur tilidan o‗zimiznipg millatdan boylar chiqishi uchun ular iqtisod ilmini chuqur o‗rganishlari kerak, deydi. «Kaminaning g‗oyaviy hayoti shunday, yana takrorlayman, deydi Abdushukur, milliy sarmoyani o‗z boylarimiz, musulmon boylarimiz to‗la egallasinlar, ya‘ni Turkistonimizda tijorat o‗z boylarimiz qo‗lida bo‗lsin, bu bilan qanoatlanmay zavod, fabrikalar qo‗rsinlar. Buning uchun ilmiy iqtisodni, ilmiy tijoratni bilgan savdogarlar yetishishi kerak». . Demak, mulkdor bo‗lmoq, milliy iqtisodiyotni yaratmoq, millat va Vatan ravnaqini ta‘minlamoq uchun iqtisod ilmini egallash dolzarb masaladir. Bu masalaning dolzarbligi bizning bugungi bozor munosabatlarini jadallik bilan shakllantirayottan davrimizning ham talabidir. Uni amalga oshirish esa ko‗p jihatdan yoshlarga berilgan iqtisodiy ta‘lim-tarbiyaga bog‗liq. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling