Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Takrorlash va munozara uchun savollar


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/26
Sana26.02.2020
Hajmi1.49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26

Takrorlash va munozara uchun savollar 
 
1. Markaziy Osiyoda eng qadimgi davrda ijtimoiy-iqtisodiy hayotning o‗ziga xos tomonlari 
qanday? 
2. Avestoda iqtisodiy ta‘lim-tarbiya haqida nimalar deya olasiz? 
3. Islomda iqtisodiy ta‘lim-tarbiyaning o‗ziga xosligi nimadan iborat? 
4. Buyuk mutafakkirlarimiz nima sababdan nafsni tiyish va mehnat qilishga alohida diqqat 
qaratishgan? 
5. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‗u bilig» asarida nima sababdan ota-onaning ibrat ko‗rsatishiga 
alohida urg‗u beradi. 
6.  Abu  Rayhon  Beruniy,  Ibn  Sino,  Alisher  Navoiy  va  boshqa  allomalarimizning  iqtisodiy 
tarbiya haqidagi qanday fikrlarini bilasiz? 
7. Amir Temur davridagi iqtisodiy faoliyat iqtisodiy tarbiyaga qanday ta‘sir o‗tkazgan deb 
o‗ylaysiz? 
8. Jadidchilarning g‗oyaviy kurashining asosiy maqsadi nima va ularning iqtisodiy ta‘lim-
tarbiya haqidagi fikrlarini ayta olasizmi? 
9. Behbudiy va Fitrat nima sababdan mamlakatda ilmu-urfon uchun kurashdilar? 
10.  Nima  sababdan  biz  bildirilgan  iqtisodiy  qarashlar  yoki  amalga  oshirilgan  faoliyatga 
iqtisodiy ta‘lim-tarbiya sifatida ham qaraymiz. 
 
 
 
                                                 
8
  Avazov  N.  Bankalarga  musulmon  sarkorlari  kerak  duo.  Mahmudxо‗ja  Behbediyning  iqtisodiy  faoliyatiga  bir 
nazar// Hayot va iqtisod. №4, 1991, 64–bet. 

3-Ma‟ruza: I.A. KARIMOV ASARLARIDA IQTISODIY TA‟LIM-TARBIYA 
MASALALARI  
 
Reja 
 
1.  Iqtisodiy  g‗oya  va  uni  anglash  zaruriyati.  I.A.Karimov  barkamol  avlodni  tarbiyalashda 
iqtisodiy bilim va ko‗nikmalarning o‗rni haqida. 
2. I.A.Karimov iqtisodiy islohotlar va yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish haqida. 
3. Komil insonni tarbiyalab yetishtirishda o‗qituvchining o‗rni 
4. Kadrlar tayyorlash, ularga zamon talabiga muvofiq ta‘lim tarbiya berish zarurligi 
 
Asosiy  tayanch  tushunchalar  va  atamalar:  Iqtisodiy  g‗oya,  milliy  g‗oya,  mafkura, 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, mustaqil fikrlash, strategik maqsad, dunyoqarashni o‗zgartirish, 
besh tamoyil, iqtisodiy islohotlar, farmon. 
 
1. Iqtisodiy g„oya va uni anglash zaruriyati. I.A.Karimov barkamol avlodni 
tarbiyalashda iqtisodiy bilim va ko„nikmalarning o„rni haqida 
 
Iqtisodiy  bilimlarni  egallash,  iqtisodiy  tafakkurni  shakllanishining  muhim  jihatlaridan  biri 
yoshlarda  iqtisodiy  psixologiyani  shakllantirishdir.  Iqtisodiy  psixologiya  jamiyatdagi  mavjud 
tizimga xos tarzda shakllana boradi. Uni shakllantirishda esa Iqtisodiy tarbiya nazariyasi muhim 
rol o‗ynaydi. 
«Tarbiya ong mahsuli bo‗lib, ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan 
omildir.  Binobarin,  ta‘lim-tarbiya  tizimini  o‗zgartirmasdan  turib,  ongni  o‗zgartirib  bo‗lmaydi. 
Ongni  tafakkurni  o‗zgartirmasdan  turib  esa  biz  ko‗zlagan  oliy  maqsad-ozod  va  obod  jamiyatni 
barpo etib bo‗lmaydi» deb ta‘kidlagan edi I.A.Karimov. 
Buyuk  iqtisodchi  J.M.Keyns  aytganidek  dunyoni  siyosatdonlar  va  iqtisodchilar 
boshqaradilar.  Muhim  siyosiy  masalalar  esa  iqtisodiy  masala  va  muammolardan  kelib  chiqadi. 
Demak, barcha asosiy muammolar iqtisodga borib taqaladi. 
Har  bir  mamlakat,  jamiyat  o‗z  oldiga  maqsad  qo‗yar  ekan,  uni  amalga  oshirish  uchun 
harakat  qiladi.  Ana  shu  ish  harakat  qilish  haqidagi  fikr,  niyat,  maqsad  oxir  oqibat 
dunyoqarashning asosiy muhim prinsipi sifatida shakllangan g‗oyaga aylanadi. 
Jamiyat  hayotning  asosini  iqtisodiyot  tashkil  etar  ekan,  demak,  iqtisodiy  g‗oya  asosiy 
o‗rinda turadi. G‗oyaning eng muhim xususiyati inson va jamiyatni maqsad sari  yetaklaydigan, 
ularni harakatga keltiradigan, safarbar etadigan fikriy kuch ekanidadir. Foya ham fikr ifodasi yoki 
fikrlar majmuasidir, ammo o‗zining ijtimoiy harakteri bilan oddiy fikrlardan farqlanadi. 
G„oya  deb,  inson  tafakkurida  vujudga  keladigan,  ijtimoiy  kuchga  ega  bo„lgan, 
ruhiyatga  kuchli  ta‟sir  o„tkazib,  jamiyat  va  odamlarni  harakatga  keltiradigan,  ularni 
maqsad muddao sari yetaklaydigan fikrga aytiladi
9
. 
Milliy  g‗oya esa, biron  bir mamlakat  halqi (xalqlari)ning tub  manfaatlarini ifoda etadigan 
eng ilg‗or, insonparvar fikrlar majmuasidir
10

G‗oya  tushunchasi  mafkura  tushunchasi  bilan  bog‗liq.  Mafkura  arabcha  so‗zdan  olingan 
bo‗lib,  fikrlarning  ko‗pligini  bildiradi.  Mafkura  muayyan  guruh  yo  qatlamning,  millat  yoki 
davlatning  ehtiyojlarini,  maqsad  va  intilishlarini,  ijtimoiy-ma‘naviy  tamoyillarini  ifoda  etadigan 
g‗oyalar, ularni amalga oshirish usuli va vositalari tizimidir
11

Prezidentimiz  mafkuraga,  uni  jamiyat  mafkurasi  bo‗lishi  uchun  nimalarga  qodir  bo‗lishi 
zarurligiga  diqqat  qaratib,  quyidagicha  ta‘rif  beradi:  «Odamlarning  ming  yillar  davomida 
shakllangan  dunyoqarashi  va  mentalitetiga  asoslangan,  ayni  vaqtda  shu  xalq,  shu  millatning 
kelajagi,  ko‗zlagan  va  uni  dunyodagi  o‗rnini  aniq,  ravshan  belgilab  berishga  xizmat  qiladigan, 
                                                 
9
 Rahimov S, Masharipov I. Milliy istiqlol g‗oyasi. T.: Iqtisod-moliya, 2005 yil 6-bet. 
10
 О‗sha yerda. 
11
 О‗sha kitob, 7-bet. 

kechagi  va  ertangi  kun  o‗rtasida  o‗ziga  xos  ko‗prik  bo‗lishga  qodir  g‗oyani,  men  jamiyat 
mafkurasi, deb bilaman»
12

Istiqlol boshqalarga tobe bo‗lmay, o‗z erki bilan yashash, o‗zini o‗zi idora etish, erkinlikni 
ifodalaydi.  Milliy  istiqlol  g‗oyasi  milliy  mafkurada  aks  etib,  o‗zligimizni  anglash,  muqaddas 
an‘analarimiz,  halqimizning  tarixan  shakllangan  ezgu  niyatlari,  orzulari,  jamiyatimiz  oldiga 
qo‗yilgan maqsad va vazifalarni bir butun qilib qamrab olgan. 
Milliy  istiqlol  g‗oyasi,  falsafiy,  iqtisodiy,  siyosiy,  huquqiy,  axloqiy,  madaniy  va  boshqa 
qarashlar  xalqning  tub  manfaatlari  va  hayot  farovonligi  shart-sharoitlarini  bir  butun  holda 
ifodalanishi bo‗lib, iqtisodiy g‗oya esa xalqning tub iqtisodiy manfaatlarini ifodalaydi. 
Iqtisodiy g‗oya iqtisodiy nazariyalar, konsepsiyalar, ma‘naviy qarashlar asosida shakllanadi. 
Milliy istiqlol g‗oyasining asosini esa iqtisodiy g‗oya tashkil etadi. O‗zbekistonning barcha 
aholisi  manfaatlariga  har  jihatdan  mos  keladigan,  ularni  munosib  turmush  kechirishi  uchun 
kafolat  bo‗la  oladigan,  milliy  an‘analar  va  madaniyatning  rivojlanishi,  ma‘naviy,  axloqiy 
qadriyatlarning qayta tiklanishini ta‘minlaydigan yo‗l ijtimoiy yo‗naltirilgal bozor iqtisodiyotiga 
o‗tish  yo‗lidir.  Uni  tanlashimizdan  maqsad  yoki  boshqacha  aytganda  o‗z  oldimizga  qo‗ygan 
iqtisodiy g‗oya «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‗naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq 
tashqi  siyosatga  ega  bo‗lgan  kuchli  demokratik  huquqiy  davlatni  va  fuqarolik  jamiyatini  barpo 
etishdan iboratdir»
 13

Bunday  pirovard  maqsad  iqtisodiy  g‗oya  va  uni  amalga  oshirish  uchun  qilinayotgan  eng 
avvalo, xalq manfaati, farovon turmush sharoitini yaratishga qaratilgan. 
Demak,  har  birimiz  ana  shu  g‗oya  atrofida  birlashib,  uni  amalga  oshirish  yo‗lida  harakat 
qilishimiz  darkor.  Buning  uchun  esa  uni  chuqur  anglashimiz  zarur.  Bu  bir  tomondan  iqtisodiy 
bilimlarni chuqur, har tomonlama o‗rganishni, ijodiy izlanish, tadqiq qilishni talab etsa, ikkinchi 
tomondan uni kelajagimiz - yosh avlodni chuqur anglab yetishiga erishish talab qilinadi. 
«Milliy  istiqlol  g‗oyasi:  asosiy  tushunchalar  va  tamoyillar»  asarida  Prezidentimiz 
mafkuramizning bosh g‗oyasi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdan iborat 
ekanligini  ko‗rsatadi.  Uning  asosiy  g‗oyalari  sifatida  Vatan  ravnaqi,  yurt  xavfsizligi,  komil 
insonni tarbiyalash va hokazolarni ko‗rsatish mumkin. 
Aynan yoshlarga ana shu g‗oyani yetkazish, uni chuqur anglash va amalga oshirish uchun 
yagona  kuch  bo‗lib  birlashishni  tashkil  etishda  Iqtisodiy  tarbiya  nazariyasi  o‗ziga  xos  muhim 
o‗rin egallashi kerak. 
Milliy  mafkuraning  bosh  g‗oyasining  asosi  ham  iqtisodiyotga,  uning  taraqqiyotiga  borib 
taqaladiki,  u  ham  yoshlarda  iqtisodiy  mafkurani  shakllantirishning  naqadar  muhim  ekanligini 
ko‗rsatadi. 
Shu bilan birga uni ma‘naviyat bilan naqadar bog‗likligini esdan chiqarmaslik kerak. 
«Ma‘naviyat  -  taqdirning  ehsoni  emas.  Ma‘naviyat  inson  qalbida  kamol  topishi  uchun  u 
qalban va vijdonan aql va qo‗l bilan mehnat qilishi kerak»
14

Yoshlar  tarbiyasiga  e‘tiborni  kuchaytirish,  ayniqsa,  ijtimoiy  va  ma‘naviy  sohada 
quyidagilarga e‘tibor qaratish lozim: 
* insonparvarlik g‗oyalariga sodiqlik; 
* milliy istiqlol g‗oyasiga sodiqlik; 
* ma‘naviyat va axloqiylikni qayta tiklash; 
*  qadimgi  va  zamonaviy  madaniy  boyliklarni,  adabiyot  va  san‘atni  bilish  hamda   
ko‗paytirish. 
* hur fikrlilik, vijdon va din erkinligi qoidalarini qaror toptirish. 
«Sir  emaski,  har  bir  davlat  har  qaysi  millat  nafaqat  yer  osti  va  yer  usti  boyliklari  bilan, 
harbiy  qudrati  va  ishlab  chiqarish  salohiyagi  bilan,  balki  birinchi  navbatda  o‗zining  yuksak-
madaniyat va ma‘naviyati bilan kuchlidir»
 15

                                                 
12
 I.A.Karimov О‗zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо‗lida. T.: О‗zbekiston, 1995, 9-bet. 
13
 I.A.Karimov О‗zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо‗lida. T.: О‗zbekiston, 1995, 9-bet. 
14
 I.A.Karimov ―О‗zbekiston о‗z istiqlol va taraqqiyot yо‗li‖. T.: О‗zbekiston, 1992, 7-bet. 
15
 I.A.Karimov ―Barkamol avlod - О‗zbekiston taraqqiyotining poydevori‖. T.: Sharq, 1998, 5-bet. 

Ta‘lim-tarbiya  masalasi  jamiyat  taraqqiyoti  bilan  bevosita  bog‗liqligiga  z‘tibor  qaratib, 
«Ma‘naviy  va  axloqiy  poklanish  imon,  insof,  diyonat,  or-nomus,  mehr-oqibat  va  shu  kabi 
chinakkam insoniy fazilatlar o‗z-o‗zidan kelmaydi hammasining zamirida tarbiya yotadi»
16 
deb, 
ta‘kidlaydi  Prezidentimiz.  U  o‗zining  «Tarixiy  xotirasiz  kelajak  yo‗q»  asarida  «Aql-zakovatli, 
yuksak  ma‘naviyatli  kishilarni  tarbiyalay  olsakkina,  oldimizga  qo‗ygan  maqsadlarga  erisha 
olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi» deb ko‗rsatadi
17

Mamlakatimiz rahbariniig  yoshlarni barkamol yetuk qilib tarbiyalashdagi ko‗rsatmalari va 
bildirgan fikrlarini jamiyat taraqqiyotida ta‘lim-tarbiya qanday rol o‗ynashi haqidagi qarashlariga 
barcha fanlar, jumladan, Iqtisodiy tarbiya nazariyasi fanida murojaat qilish ijobiy natijalarga olib 
keladi, chunki aynan ana shu jumlalar bilan u yoki bu muammo, masalani asoslab berish, uning 
naqadar ahamiyatga ega ekanligini ko‗rsatib berish mumkin. 
 
2. I.A.Karimov iqtisodiy islohotlar va yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish 
haqida 
 
Istiqlolning  ilk  kunlaridanoq  Prezidentimiz  mamlakatimizda  komil  inson  tarbiyasi,  kadrlar 
tayyorlashga  alohida  e‘tibor  berilishi  zarurligini  o‗qtirib  keladi.  Buyuk  ma‘naviyatimizni 
yuksaltirish,  ta‘lim-tarbiya  tizimini  takomillashtirish,  uning  zaminini  mustahkamlash,  zamon 
talablari darajasiga ko‗tarish, jahon andozalari darajasida mutaxassis kadrlar tayyorlashni yo‗lga 
qo‗yish uchun mamlakatimizda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. 
 
 
Uning  «...  kelajak  avlod  haqida  qayg‗urish,  sog‗lom,  barkamol  naslni  tarbiyalab 
yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatlarimizdir», «Bilimga chanqoq, iste‘dodli yoshlarni 
tanlab, ularni Vatanga fidoiy insonlar qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir», «Biz o‗z iste‘dodli, 
fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim va kasb cho‗qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz 
zarur»,  «Mening  eng  katta  ishonchim  va  umidim  yoshlardan»  ,  «Farzandlarimiz  bizdan  ko‗ra 
kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli  bo‗lishlari shart»  - kabi  yoshlar va  ularni  ta‘lim-tarbiyasi 
haqidagi  fikrlarida o‗z ifodasini topadi. Prezidentimiz, ayniqsa,  yoshlar tarbiyasi  jamiyat  uchun 
o‗ta dolzarb masala ekanligiga alohida diqqat qaratadi. 
«Men - Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot, yo halokat, 
yo sadoqat, yo falokat masalasidir» degan fikrini ko‗p mushohada qilaman. 
Buyuk  mutafakkirning  bu  so‗zlari  asrimiz  boshida  millatimiz  uchun  qanchalar  muhim  va 
dolzarb bo‗lgan bo‗lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko‗ra muhim 
va dolzarbdir»
18

                                                 
16
 I.A.Karimov ―Barkamol avlod orzusi‖. T.: Sharq, 1999, 3-bet. 
17
 I.A.Karimov ―Tarixiy xotirasiz kelajak yо‗q‖. T.: Sharq, 1998, 7-bet.
 
18
 I.A.Karimov ―Barkamol avlod orzusi‖. T.: Sharq, 1999, 3-bet. 
Milliy mafkuraning bosh va asosiy g‗oyalari 
Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot 
Yurt 
xavfsizligi va 
tinchligi 
Vatan 
ravnaqi 
Barqaror iqtisodiy о‗sish 
orqali xalq faravonligini 
ta‘minlash 
Komil 
insonni 
tarbiyalash 
Millatlararo totuvlik 
Ijtimoiy hamkorlik 
Diniy bag‗rikenglik 

O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  majlisining  IX  sessiyasida  (1997  yil  29.08)  O‗zbekistan 
Respublikasining  «Ta‘lim  to‗g‗risida»  va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  to‗g‗risida»gi 
qonunlarning  qabul  qilinishi  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  demokratik  va  iqtisodiy 
o‗zgarishlarni  hisobga  olgan  holda  kadrlar  tayyorlash  tizimini  keng  ko‗lamda  isloh  qilishning 
ibtidosi bo‗ddi. 
Sessiyada  Prezidentimiz  I.A.Karimov  nutq  so‗zlab  bu  qabul  qilinayotgan  qonunning  va 
milliy  dasturning  ahamiyati  haqida  o‗z  fikr-mulohazalarini  bildirdi.  Jumladan,  shu  davrgacha 
qilingan ishlar haqida to‗xtalib o‗tdi. 
Maktab  sohasida  «Ta‘lim  haqida  qonun»ga  ko‗ra  1996-97  o‗quv  yilidan  boshlab 
maktablarning  birinchi  sinflarida  o‗qish  yangi  alifboda  olib  boriladigan  bo‗ldi.  Yangi  imlo 
alifboda o‗qitish uchun zarur dastur, qo‗llanma va darsliklar yaratildi. Shu davr mobaynida 300 
ga yaqin yangi turdagi ta‘lim muassasalari ochildi. Oliy o‗quv yurtlari qoshida 46 ta litsey tashkil 
etiddi.  800  ga  yaqin  o‗quvchilar  chet  ellarda  ta‘lim  oldi,  ko‗pgina  o‗quvchilar  xorijiy 
davlatlarning ilg‗or tajribalarini o‗rganish maqsadida chet davlatlarga borib qaytdi
19

So‗ngra  Prezidentimiz  ta‘lim  tizimida  joriy  qilingan  boshqa  qator  yangiliklar  hamda 
respublikamizda  tashkil  etilgan  «Mahalla»,  «Kamolot»,  «Sog‗lom  avlod  uchun»,  «Nuroniy», 
«Ulug‗bek», «Umid», «Ustoz»
20
 jamg‗armalarining ta‘lim-tarbiya sohasidagi ezgu ishlarini, o‗sib 
kelayotgan  avlodni  jismonan  sog‗lom  va  ma‘naviy  jihatdan  barkamol  qilib  tarbiyalashga 
qo‗shayotgan hissalari haqida to‗xtalib o‗tdi. 
Ijobiy ishlar bilan birga masalaning ikkinchi tomoni - salbiy jihatlariga ham e‘tibor berishni 
lozimligini ta‘kidladi. 
«Avvalo, shuni ta‘kidlashimiz kerakki, biz eski sho‗rolar zamonidan qolgan ta‘lim-tarbiya 
tizimiga xos mafkuraviy qarashdan va sarqitlardan hali beri qutilganimiz yo‗q‖
 21

 
3. Komil insonni tarbiyalab yetishtirishda o„qituvchining o„rni 
 
O‗zbekiston  Prezidenta  I.A.Karimov  o‗qituvchi  burchi,  mas‘uliyati  va  uning  barkamol 
shaxsni shakllantirishdagi o‗rniga alohida e‘tibor qaratadi. 
Prezidentimiz  yoshlarga  katta  ishonch  bildirib,  O‗zbekiston  kelajagi  yoshlar  qo‗lida 
ekanligini ta‘kidlar ekan, avvalo, yoshlarni shunday ishonchga javob bera oladigan insonlar qilib 
yetishtirish  o‗qituvchilar  va  tarbiyachilarning  fidokorona  mehnati  bilan  bog‗liqligini  nazarda 
tutadi.  Jamiyatimiz  talab  etayotganidek  har  tomonlama  yetuk,  komil  insonni  tarbiyalab 
yetishtirishda o‗qituvchining o‗rni beqiyosdir. 
Prezident  ta‘lim-tarbiya  masalalariga  to‗xtaganda,  o‗qituvchini  ham  e‘tibordan  chetda 
qoldirmaydi. «Barkamol avlod - O‗zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli O‗zbekiston Oliy 
Majlisining  9  sessiyasida  so‗zlagan  nutqida  jamiyatimizda  ta‘lim  berish  tizimi,  yangilanish 
jarayoni  talablari  bilan  yaqindan  bog‗lanmaganligi  sabablaridan  biri  o‗qituvchiga  borib 
taqalishini aytib o‗tadi; «Tarbiyachilarning o‗ziga zamonaviy ta‘lim berish, ularning ma‘lumotini, 
malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‗lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. 
Mening fikrimcha, ta‘lim-tarbiya tizimini o‗zgartirishdagi  asosiy muammo  ham  mana shu 
yerda.  O‗qituvchi  bolalarimizga  zamonaviy  bilim  bersin,  deb  talab  qilamiz,  ammo  zamonaviy 
bilim berish uchun, avvalo murabbiyning o‗zi ana shunday bilimga ega bo‗lishi kerak»
 22

Prezident  Vazirlar  Mahkamasining  1997  yilda  iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirish 
yakunlari  hamda  O‗zbekiston  iqtisodiyotini  1998  yilda  isloh  qilishning  ustuvor  yo‗nalishlariga 
bag‗ishlangan  majlisidagi  ma‘ruzasida  qabul  qilingan  Milliy  dasturni  hayotga  tatbiq  etishga 
alohida diqqat qaratdi. 
Kadrlar  tayyorlash  bo‗yicha  Milliy  dasturni  amalga  oshirish  barqaror  taraqqiyotga 
erishishning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilandi
23

                                                 
19
 I.A.Karimov ―Barkamol avlod orzusi‖. T.: Sharq, 1999, 10-bet. 
20
 Hozirgi kunda ―Umid‖ va ―Ustoz‖ jamg‗armalari asosida ―Iste‘dod‖ jamg‗armasi tashkil etilgan. 
21
 О‗sha yerda. 
22
 I.A.Karimov ―Barkamol avlod - О‗zbekiston taraqqiyotining poydevori‖. T.: Sharq, 1998, 7-bet. 

Ma‘ruzada Prezident yangi o‗quv muassasalari soni, joylanishi va ixtisosi, ularning texnik 
jihatdan  jihozlanishi,  mintaqalarning  istiqboldagi  ijtimoiy-iqtisodiy  rivoji,  jo‗g‗rofiy  va 
demografik  holatlarini  hisobga  olgan  holda  malakali  pedagogik  kadrlar  bilan  ta‘minlanishini 
aniqash ham ko‗zda tutish zarurligiga e‘tibor qaratdi. 
Respublika  manfaatlaridan  kelib  chiqib,  professional  mehnat  bozori  talablarini  hisobga 
olgan  holla  kasb-hunar  ta‘limi  turlari  bo‗yicha  yo‗nalishlar,  ixtisoslar  va  kasblarni  turkumlash 
mexanizmini ishlab chiqish hamda harakatga keltirish lozimligini ta‘kidladi. 
Ana  shu  talabga  asosan  ta‘limda  tayyorlanayotgan  mutaxassislar  bo‗yicha  klassifiqator 
ishlab  chiqildi  va  hozirda  ana  shu  hujjat  asosida  ta‘lim  yo‗nalishlari  bo‗yicha  mutaxassislar 
tayyorlanmoqda. 
Mamlakatimiz rahbari o‗zining «O‗zbekistonning o‗z istiqlol va taraqqiyot yo‗li» (1992 y), 
«O‗zbekistan  iqtisodiy  islohotlarni  chukurlashtirish  yo‗lida»  (1995  y),  «O‗zbekistan  XXI  asr 
bo‗sag‗asida:  xavfsizlikka  tahdid  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari»  (1997  y), 
«Millatimiz  mafkurasi  xalqni-xalq  milliatni-millat  qilishga  xizmat  qilsin»  (1998  y),  «Tarixiy 
xotirasiz  kelajak  yo‗q»  (1998  y),  «Barkamol  avlod  -  O‗zbekiston  taraqqiyotining  poydevori» 
(1998 y), «Ma‘naviy yuksalish yo‗lida» (1998 y), «O‗zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999 y) 
va keyingi qator nutq va asarlarida ta‘lim-tarbiya sohasidagi islohotlarimizning mazmuni erkin, 
mustaqil  fikrlaydigan  yoshlarni  tarbiyalashga  qaratilishi  lozimligini  ta‘kidlab  o‗tadi.  «Bizga 
bitiruvchilar  emas,  maktab  ta‘limi  va  tarbiyasini  ko‗rgan  shaxslar  kerak»  -  deb  ta‘kidlaydi 
Prezidentimiz
24

 
4. Kadrlar tayyorlash, ularga zamon talabiga muvofiq ta‟lim tarbiya berish zarurligi 
 
Bugungi  kunda  o‗qituvchiga  qo‗yiladigan  muhim  talablardan  biri  yoshlarni  mustaqil 
fikrlashga  o‗rgatish.  O‗zbekiston  Respublikasi  «Ta‘lim  to‗g‗risida»gi  qonunining  5-moddasida 
«Tegishli ma‘lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‗lgan shaxslar 
pedagogik  faoliyat  bilan  shug‗ullanish  huquqiga  ega...»
25
  deb  ko‗rsatiladi.  Mazkur  qonun, 
Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  va  hozirgi  kun  talablariga  ko‗ra  o‗qituvchiga  qo‗yiladigan 
talablar  ham  kengayib,  murakkablashib  boradi,  chunki  u  jamiyat  taraqqiyoti  talablaridan  kelib 
chiqadi. 
XXI  asr  o‗qituvchisi  bilim  qamrovi  keng,  puxta  amaliy  tayyorgarlikka  ega,  yuksak 
pedagogik mahoratga ega va ijodkor bo‗lishi talab etiladi. 
Prezidentimiz yana bir muhim masala oliy o‗quv yurtlari islohotlariga ham alohida diqqat 
qaratadi. 
Oliy  ta‘lim  tizimining  zaif  tomonlaridan  biri  oliy  o‗quv  yurtlarida  tayyorlanayotgan 
talabalarni oldindan aniqlangan fan va texnika, iqtisodiyot ishlab chiqarish va boshqa sohalarning 
ehtiyojiga, bir so‗z bilan aytganda hayot talablariga qarab tashkil qilinmagani ko‗rsatib o‗tiladi va 
oliy  o‗quv  yurti  islohotlarini  amalga  oshirayotganda  mana  shu  holatdan  kelib  chiqayotgan 
nuqsonlarga alohida e‘tibor berish kerakligi ta‘kidlanadi. 
Iqtisodiyotni  isloh  qilish  sohasida  strategik  maqsadlaridan  biri  Prezideitimiz  aytganidek,  - 
«kishilarda 
yangicha 
iqtisodiy 
fikrlashni 
shakllantirish, 
ularning 
dunyoqarashini 
o‗zgartirish»dir
26

Buni birdaniga amalga oshirib bo‗lmaydi. Mustaqillikni qo‗lga kiritib, bozor iqtisodiyotiga 
o‗tishni  amalga  oshirish  tufayli  o‗tgan  yillar  davomida  aholining  dunyoqarashida  sezilarli 
o‗zgarishlar yuz bsrdi. Odamlarda yangicha iqtisodiy fikrlash shakllanib, ularning dunyoqarashi 
yanada  o‗zgarib  bormoqda.  Lekin  hali  bajariladigan  ishlar  ko‗p.  Yoshlarda  iqtisodiy  fikrlashni 
shakllantirish tinmay izlanish, mehnatni talab etadi. 
                                                                                                                                                              
23
 I.A.Karimov ―Barkamol avlod orzusi‖. T.: Sharq, 1999, 10-bet. 
24
 I.A.Karimov ―Barkamol taraqqiyotga erishish-ustuvor vazifa //Toshkent oqshomi, 1998, 27 fevral, 2-bet. 
25
 О‗zbekiston Respublikasi ―Ta‘lim tо‗g‗risida‖gi qonuni. Oliy ta‘lim. Meyoriy hujjatlar tо‗plami. T.: Sharq, 2001, 5-bet.
 
26
 I.A.Karimov ―О‗zbekiston buyuk kelajak sari‖. T.: О‗zbekiston, 1999, 187-bet. 

Kadrlar tayyorlash, ularga zamon talabiga muvofiq ta‘lim tarbiya berish zarurligi haqidagi 
masalalarni doimo ko‗zdan qochirmagan holda Prezidentimiz 2007 yili Kadrlar tayyorlash Milliy 
dasturini  qabul  qilinganiga  10  yil  to‗lishini,  o‗zining  2007  yil  12  fevralda  O‗zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2006  yildagi  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  yakunlari 
hamda 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga 
bag‗ishlangan majlisida eslatib o‗tdi: «Mamnuniyat bilan aytish mumkinki, mana shu 10 yil biz 
uchun bekor o‗tgani yo‗q, bu ishlarimizning dastlabki hosilini ko‗ra boshladik. Bizning ishimizga 
kimki baho bermohchi bo‗lsa, ana shu yoshlarga, ularning ongi va dunyoqarashiga boqsin»
 27

Prezidentimiz o‗z Ma‘ruzasidagi eng muhim jihatlardan biri - yosh mutaxassis va kadrlarni 
tayyorlash, ularga zamonaviy bilimlar berish, ularning o‗z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‗yobga 
chiqarishlari  uchun  barcha  shart-sharoitlarni  yaratib  berishga  jiddiy  e‘tibor  qaratilishidir.  «Eng 
muhimi,  inson  aniq  maqsad  sari  intilsa,  unta  barcha  shart-sharoit  yaratib  berilsa,  moddiy  va 
ma‘naviy  jihatdan  rag‗batlantirilsa,  u  eng  yuksak  marralarni  egallashga  qodir  bo‗ladi.  Bizning 
mutaxassislar,  yoshlarimiz  qanday  zamonaviy,  yuksak  texnologiyalarni  o‗zlashtira  olayotganini 
ko‗rib turibmiz. Bugun kasb-hunar kollejlarini, oliy o‗quv yurtlarini bitirayotgan bolalarimiz hech 
kimdan  kam  emas»
28
.  Buni  quyidagi  raqamlardan  ham  ko‗rish  mumkin.  2006  yili  tanlov 
natijalariga ko‗ra 20 nafar O‗zbekistan fuqarolari Yaponiyaga yuborildi. 1999 yiddan buyon jami 
138  nafar  fuqarolarimiz  Yaponiya  grantlariga  sazovor  bo‗lishdi.  Ulardan  83  nafari  magistr 
darajasiga ega bo‗lib qaytishdi, 53 nafari o‗qishni davom ettirishmoqda. Shuningdek o‗tgan yilda 
Rossiya Federatsiyasi (52 ta o‗rin), Xitoy xalq Republikasi (20 ta o‗rin) va Slovakiya (2 ta o‗rin) 
hukumatlari tomonidan ajratilgan grantlarga tanlovlar o‗tkazildi. 
Prezident  I.A.Karimovning  barcha  asarlari,  nutqlari  yoshlarimizda  iqtisodiy  tafakkurning 
shakllanishiga,  ularni  zamon  talablari  darajasida  tarbiyalashga  katga  ta‘sir  ko‗rsatadi,  desak 
mubolag‗a bo‗lmaydi. 
Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling