Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror о„sishida tadbirkorlik faoliyatining


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/26
Sana26.02.2020
Hajmi1.49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26

4. Mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror о„sishida tadbirkorlik faoliyatining 
ahamiyati 
 
Respublikamizda  tadbirkorlikka  alohida  ahamiyat  berilmoqda.  Ayniqsa,  kichik  biznes 
uchun  qulay  shart-sharoitlar  yaratilishi  natijasida  ularning  soni  kо‗payib,  YAIMda  hissasi  о‗sib 
bormoqda. 
«Tadbirkorlik  faoliyati  erkinligining  kafolatlari  tо‗g‗risida»gi  qonun,  Prezident  farmonlari 
va  hukumat  qarorlarining  qabul  qilinishi  kichik  va  о‗rta  biznes,  fermer  va  dehqon  xо‗jaliklari 
faoliyatining  huquqiy  asosini  mustahkamladi.  Tadbirkorlikni  rag‗batlantiradigan  va  uni 
kafolatlaydigan kuchli tizim yaratildi. Hisobot berish tartibi soddilshitiriddi, Kichikо‗rga biznes, 
tadbirkorlik  bilan  shug‗ullanuvchi    shaxslar  uchun  soliq  tizimiga  sezilarli  darajada  yengillik 
kiritildi.  Kredit  berish  tizimi  yaxshilandi.  Tadbirkorlar  ehtiyoji  uchun  zarur  bо‗lgan  о‗z  pul 
mablag‗larini  tijorat  banklaridan  naqd  pul  holida  olish  imkoniyati  yaratildi.  Buning  natijasi 
о‗laroq  mamlakatimizda  kichik  va  о‗rta  biznesning  barqaror  rivojlanayotganini  quyidagi 
ma‘lumotlar ham tasdiqlaydi. Respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirishda Prezidentning qator 
Farmonlari  muhim  rol  о‗ynadi.  Mamlakat  iqtisodiyotida  xususiy  sektor  salmog‗ini  oshirish, 
aholini  ishlab  chiqarish  sohasida  bandligini  ta‘minlash  va  kichik  tadbirkorlikni  intensiv 
rivojlantirib  borish  maqsadidagi  2003  yil  30  avgustda  О‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
«О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 aprel 1998 yil qabul qilgan «Kichik va о‗rta biznes, 

xususiy  tadbirkorlikni  rivojlantirishni  yanada  kuchaytirish  bо‗yicha  chora-tadbirlar  haqidagi» 
qaroriga  о‗zgarishlar  va  qо‗shimchalar  kiritish  tо‗g‗risidagi»  Farmoni  qabul  qilinishi 
tadbirkorlikni  rivojlanishiga  yana  bir  ijobiy  turtki  bо‗ldi.  Mamlakatimizda  jamiyat  tayanadigan 
о‗rta  mulkdorlar  sinfi  vakillarini  yanada  kо‗payishiga  olib  keldi.  Yuqorida  keltirilgan 
ma‘lumotlar  ham  bu  fikrni  tasdiqlaydi.  «Kichik  biznesni  rivojlantirish,  rag‗batlantirishga 
qaratilgan  chora-tadbirlar,  ularni  rо‗yxatga  olish  tartibini  sezilarli  darajada  soddalashtirish,  eng 
muhimi tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bо‗yicha samarali mexanizmning 
amalda  joriy  etilgani  iqtisodiyotimizda  katta  ahamiyatga  ega  bо‗lgan  xususiy  tarmoqni  yanada 
rivojlantirish va mustahkamlash imkonini berdi»
 34

Ayniqsa, keyingi yillarda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash mamlakatni isloh qilish 
hamda  modernizatsiyalash,  sud-huquq  tizimini  yanada  erkinlashtirish,  nazorat  organlarning 
tadbirkorlik  subyektlari  faoliyatiga  aralashuvini  kamaytirish,  ularning  huquq  va  qonuniy 
manfaatlari  himoya  qilinishini  ta‘minlash,  tadbirkorlik  faoliyatini  asossiz  cheklanishiga  yо‗l 
qо‗ymaslik  maqsadida  О‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2005  yil  14  iyunda  matbuotda 
«Tadbirkorlik  subyektlarini  huquqiy  himoya  qilish  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-
tadbirlari tо‗g‗risida»gi Farmoni e‘lon qilindi. 
Unga  kо‗ra,  2005  yilning  1  iyulidan  boshlab  tadbirkorlik  subyektlariga  nisbatan  huquqiy 
ta‘sir choralarini faqat sud organlari orqali qо‗llanish tartibi joriy qilinadigan bо‗ldi. 
Tadbirkorlik  subyektlarining  moliya  -  xо‗jalik  faoliyatini  tekshirish  (taftish  qilish) 
belgilangan tartibda  faqat  davlat soliq xizmati  organlari tomonidan amalga oshiriladi:  Bordi-yu, 
ular  tomonidan  tekshirish  davomida  soliq  va  valyutaga  oid  jinoyat  alomatlari  aniqlansa 
О‗zbekiston  Respublikasi  Bosh  Prokо‗raturasi  hо‗zuridagi  Soliq  va  Valyutaga  oid  jinoyatlarga 
qarshi kurash departamenti tomonidan tekshiriladi. 
Farmonda  nazorat  organlarining  rahbarlari  va  mansabdor  shaxslari  tadbirkorlik 
subyektlarini о‗z vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqari masalalar bо‗yicha har qanday 
tekshiruvlar о‗tkazganligi uchun shaxsan javobgar, hatto jinoiy javobgar bо‗lishi ta‘kidlanadi. 
Davlat organlarining qonuniy qarorlari yoki shu organlar mansabdor shaxslarining qonunga 
xilof harakatlari yoki aksincha, qonunni himoyasi uchun harakat qilmasligi natijasida tadbirkorlik 
subyektiga  yetkazilgan  zararning  о‗rni  sud  qarori  asosida  tо‗la  hajmda  bevosita  ana  shu  davlat 
organlari  tomonidan  birinchi  navbatda,  ularning  byudjetdan  tashqari  jamg‗arma  mablag‗lari 
hisobiga qoplanishi, sud qarori bilan aybdor bо‗lgan davlat organlarining mansabdor shaxslariga, 
qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorda yuklanishi mumkinligi qayd etiladi. 
Shuningdek, Farmonda tadbirkorlik subyektlari о‗rtasidagi xо‗jalik sudi yoki hakamlar sudi 
tomonidan  kо‗rib  chiqilishi,  mutasaddi  tashkilotlarni  «Hakamlar  sudi  tо‗g‗risida»  О‗zbekiston 
Respublikasi  Qonuni  loyihasini  О‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  Palatasiga 
taqdim etishi, bunda tadbirkorlik subyektlari hamda birlashmalarning о‗zlari tomonidan hakamlar 
sudi tashkil etilishi nazarda tutilsin, deb kо‗rsatiladi. 
Farmon  asosida  tadbirkorlik  subyektlari  faoliyatini  tekshirishni  tayinlash  va  о‗tkazish 
tizimini  takomillashtirish,  tekshirishlar  sonini  keskin  kamaytirish,  nazorat  organlari  mansabdor 
shaxslarining  ruxsat  berilmagan  tekshirishlar  о‗tkazganligi  uchun  javobgarlikka  tortishi  nazarda 
tutilishi, ayrim faoliyat turlari bilan shug‗ullanish uchun ruxsat olish tartibi tamoyilini qisqartirish 
va soddalashtirish, muddatlari cheklanmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 
litsenziyalar  (ruxsatnomalar)  berish  tizimini  joriy  etish,  sо‗zsiz  respublikamizda  tadbirkorlikni 
yanada rivojlantirishga olib keladi, uni dastlabki statistik ma‘lumotlar tasdiqlab turibdi. 
Mamlakatimizda  barqaror  iqtisodiy  о‗sish  orqali  xalq  farovonligini  ta‘minlashda 
tadbirkorlikni  rivojlantirish  alohida  ahamiyatga  ega  ekanligi  buning  uchun  zarur  sharoitlar 
yaratish, xususan tadbirkorlik subyektlarini tekshirish masalasi muhim ahamiyatga ega ekanligini 
hisobga olib, Prezidentimiz 2005 yil 5 sentabrda «Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada 
qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tо‗g‗risida»gi farmonni imzoladi. 
                                                 
34
  I.A.Karimov  ―Islohotlar  strategiyasi–mamlakatimiz  iqtisodiy  salohiyatini  yuksaltirishdir.  2002  yilda 
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2003 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy 
yо‗nalishlariga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma‘ruza‖// Xalq sо‗zi, 2003, fevral, 40 son. 

Farmon  Prezidentimiz  bu  masalaga  naqadar  alohida  diqqat  qaratayotganini  kо‗rsatadi. 
Farmonga  kо‗ra  mikrofirmalar,  kichik  korxonalar  va  fermer  xо‗jaliklarining  moliya-xо‗jalik 
faoliyatini har tо‗rt yilda kо‗pi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarini esa har uch yilda 
kо‗pi bilan bir marta reja asosida tekshirish о‗tkazilishi. 
Yangi  tashkil  etilgan  mikrofirmalar,  kichik  korxonalar  va  fermer  xо‗jaliklarining  moliya-
xо‗jalik faoliyatini ular davlat rо‗yxatiga olingan paytdan boshlab ikki yil mobaynida reja asosida 
tekshirish о‗tkazilmasligi kо‗rsatiladi. Shuningdek Farmonda tadbirkorlik subyektlarini tekshirish 
tizimini yanada takomillashtirishning boshqa chora-tadbirlari, chunonchi soliq organlari, nazorat 
opganlarini tekshirishlarni о‗tkazishda belgilangan tartibga rioya qilishlari zarurligi, agar xо‗jalik 
faoliyatiga noqonuniy aralashilgani  tufayli zarar  yetkazilsa,  yetkazilgan zararni о‗rni qoplangan 
holda javobgarlikka, hatto jinoiy javobgarlikka tortilishi kо‗rsatiladi. 
Tekshirishlarni  tayyorlash  va  о‗tkazishda  belgilangan  tartibga  qat‘iy  rioya  etish, 
tadbirkorlik  subyektlarining  huquq  va  qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilish  yо‗lidagi  faoliyati 
ustidan  muntazam  nazoratni  amalga  oshirish  О‗zbekistan  Respublikasi  Bosh  prokо‗raturasi 
zimmasiga yuklatiladi. 
Farmon  va  uning  ijrosini  ta‘minlash  respublikamiz  iqtisodiyotida,  tadbirkorlikni 
rivojlanishida qay darajada ahamiyatga ega ekanligini quyidagi raqamlardan kо‗rsa bо‗ladi. 2000 
yilda 142,9 ming kichik biznes korxonalari rо‗yxatga olingan bо‗lsa, 2005 yilga 308,7 mingtaga 
yetdi.  Kichik  biznes  va  tadbirkorlikning  respublika  YAIMdagi  solishtirma  salmog‗i  31,0  % 
bо‗lgan bо‗lsa, 2005 yilga kelib 38,2 %, 2006 yilda 42,1 % ni tashkil qildi. Hozirda kichik biznes 
va  xususiy  tadbirkorlik  bilan  band  bо‗lganlarning  salmog‗i  ish  bilan  band  aholining  69,1  %  ini 
tashkil etadi. 
Respublikamizda  faoliyat  yuritayotgan  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  korxonalari 
faoliyatida  aholiga  xizmat  kо‗rsatish  sohalarining  ulushi  yuqori.  Chunonchi,  savdo  va  umumiy 
ovqatlanish korxonalarning 81,5 % ini, aholiga maishiy xizmat kо‗rsatish korxonalarining 79,5 % 
ini  tashkil  etadi.  Shu  bilan  birga  moddiy  ishlab  chiqarish  tarmoqlarida  ularning  hissasi  kam. 
Aynan  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  yirik  korxonalar  bilan  uzviy  bog‗langan  holda 
kо‗plab  ish  о‗rinlarini  tashkil  qilshni  mumkin.  Yirik  sanoat  korxonasi  atrofida  uning  uchun 
yordamchi  о‗nlab,  yuzlab kichik korxonalarning  yuzaga kelishi,  bundan esa nafaqat  korxonalar, 
balki  mamlakat  iqtisodiyoti  katta  manfaatlar  kо‗rishini  Yaponiya,  AQSH,  Koreya,  G‗arbiy 
Yevropa  mamlakatlarining  yirik  korporatsiyalari  tajribasi  kо‗rsatib  turibdi.  Bizning 
mamlakatimizda ham buning uchun imkoniyatlar va resurslar yetarli. 
О‗quvchi  talabalarni  Prezidentning  asarlari,  Ma‘ruzalari  va  farmonlaridagi  asosiy  maqsad 
mazmunini  anglashi  ularda  iqtisodiy  tafakkurni  shakllantirishda  muhim  rol  о‗ynaydi.  Ularda 
iqtisodchi pedagog sifatida chuqur bilim - kо‗nikma va malaka olishlari, iqtisodiy dunyoqarash, 
insoniy  e‘tiqod,  burch  va  mas‘uliyatni  axloqiy  fazilatlarni  rivojlantirishda  alohida  ahamiyatga 
ega.  Shuning  uchun  ham  Prezidentni  Ma‘ruza,  nutq  va  farmonlarini  о‗rganishga  alohida  e‘tibor 
berish lozim. 
Iqtisodiy bilimlar iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim kuchli omiliga aylanar ekan, ularni 
yoshlar  tomonidan  chuqur  egallash  va  amaliy  qо‗llashni  sо‗zsiz  Prezident  asarlarini  chuqur 
о‗rganmay amalga oshirib bо‗lmaydi. 
 
Takrorlash va munozara uchun savollar 
 
1.  Siz g‗oya, iqtisodiy g‗oya deganda nimani tushunasiz? Mafkura degandachi? Iqtisodiy 
g‗oya о‗zi nimaga kerak? 
2.  Nima  sababdan  Prezidentimiz  I.A.Karimov  barkamol  avlodni  tarbiyalashda  yoshlarda 
iqtisodiy bilim va kо‗nikmalarni tarbiyalashga alohida diqqat-e‘tibor qaratayapti? 
3. О‗zbekistan Prezidenti nima sababdan о‗qituvchi burchi, mas‘uliyati va uning barkamol 
shaxsni shakllantirishdagi о‗rniga alohida e‘tibor qaratadi? 
4.  Nima  sababdan  Prezidentimiz  kishilarda  yangicha  iqtisodiy  fikrlashni  shakllantirish, 
ularning dunyoqarashini о‗zgartirish zarurligi haqida qayg‗uradi? 

5.  Sizningcha,  yoshlarda  iqtisodiy  tafakkurni  shakllantirishda  Prezidentimiz  asarlari  va 
Ma‘ruzalarini о‗rganish qanday ahamiyatga ega? 
6.  I.A.Karimov  «О‗zbekistonning  bozor  munosabatlariga  о‗tishining  о‗ziga  xos  yо‗li» 
asarining asosiy g‗oyasini sо‗zlab bera  olasizmi? 
7.  Prezident I.A.Karimovning «О‗zbekistan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yо‗lida» 
asari о‗quvchi-talabalarda iqtisodiy tafakkurni shakllantirishda qanday rol о‗ynaydi? 
8. Mualliflar Prezidentimizning «Iqtisodiyotni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan 
foydalanish  -  bosh  yо‗limiz»  mavzusida  qilgan  Ma‘ruzasi  yoshlarga  iqtisodiy  ta‘lim-tarbiya 
berishda alohida ahamiyatga ega deyishadi. Siz shu fikrga qо‗shilasizmi? О‗z fikringizni asoslab 
bering. 
9.    Yoshlarga  iqtisodiy  ta‘lim-tarbiya  berishda  Prezident  Farmonlari  qanday  о‗rin  tutadi? 
Fikringizni izohlash uchun misollar keltira olasizmi? 
 
5-Ma‟ruza: IQTISODIY XULQ-ATVORNING PEDAGOGIK -PSIXOLOGIK 
ASOSLARI 
 
Reja 
 
1. Iqtisodiy xulq-atvorning psixologik va pedagogik asoslari 
2. Iqtisodiy xulq-atvorni shakllantirish ta‘lim maqsadlaridan biri sifatida 
3.  Iqtisodiy  tarbiya  nazariyasi  fanining  atamalari  va  ularning  shaxs  hulq-atvorini 
shakllantirishdagi о‗rni 
4. Marjinalizm: naflilik va xaridor tanlovi nazariyasi. Iqtisodiy xulq-atvorning shakllanishi 
 
Asosiy  tayanch  tushunchalar  va  atamalar:  Bixeviorizm,  stimul,  reaksiya,  motivatsiya, 
manfaatlar,  madsad,  faoliyat,  natija,  ekstroversiya,  introversiya,  ehtiyojlar,  qiziqish,  xulq-atvor, 
tanlov, mehnat, vaqt, pedagogik qonunlar, iqtisodiy atamalar, bitim, firma, raqobat, tadbirkorlik, 
marjinalizm, naflilik, meyoriy naflilik, befarqlik egri chizig‗i, byudjet chizig‗i,  
 
1. Iqtisodiy xulq-atvorning psixologik va pedagogik asoslari 
 
Ma‘lumki,  ijtimoiy  yо‗naltirilgan  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  jamiyat  qurishdagi 
ijtimoiy,  iqtisodiy  islohotlar  insonni  har  tomonlama  kamolotga  yetkazishga,  turmush  darajasi, 
farovonlikni  ta‘minlashga  qaratilgan.  «Chunki,  hayot  bor  ekan,  inson  bor  ekan  har  qaysi  toifa 
о‗zining  manfaatlarini  qandaydir  yо‗llar  bilan  amalga  oshirishga  harakat  qiladi,  bu  hayotni 
qanday tashkil qilish lozim, inson, oila qanday sharoitda tinch va baxtli yashashi mumkin, degan 
masalalar  atrofida  fikr  yuritadi,  kerak  bо‗lsa  qonuniy  yо‗llar  bilan  о‗z  maqsadlariga  erishishga 
intiladi»
35

Inson  о‗z  oldiga  qо‗ygan  maqsadiga  yetishga  intilar  ekan,  uning  faoliyati  zaminida  о‗z 
oilasining moddiy sharoiti hamda manfaatlari ustuvor ahamiyatga ega. 
Ma‘lumki,  pedagogikaning  metodologik  asosi  falsafa  bо‗lib,  kо‗plab  pedagogik 
konsepsiyalar,  tarbiya  tizimi  falsafiy  nazariyalarga  asoslanadi.  Hozirgi  zamon  pedagogik 
konsepsiyalar:  pragmatizm,  neopozitivizm,  eksiztensializm,  neotomizm,  bixeviorizm  muvofiq 
ravishdagi falsafiy yо‗nalishlarga tayanadi. 
Ularning  orasida  insonda  iqtisodiy  fikrlash,  tafakkurni  shakllantirish  masalalariga  alohida 
diqqat qaratgan yо‗nalish bixeviorizm
36
 hisoblanadi. 
Bixeviorizm  -  psixologik-pedagogik  konsepsiya  bо‗lib,  insonga  texnokratik  tarbiya  berish 
nuqtai  nazaridan  yondashadi.  U  inson  haqidagi  fandagi  erishilgan  yutuqlarga  asoslanib,  uning 
                                                 
35
  I.A.Karimov  ―Bizning  bosh  maqsadimiz  jamiyatni  demokratlashtirish  va  yangilash,  mamlakatni  modernizatsiya  va  isloh 
qilishdir‖. T.: О‗zbekiston, 2005, 12-13-betlar. 
36
 Inglizcha. Bihavior-о‗zini tutish, sa‘i-harakat, tanlov.
 

manfaatlari, ehtiyojlari, qobiliyati, say-harakati va tanloviga ta‘sir etuvchi omillarni tadqiq etadi 
va bunda zamonaviy metodlardan foydalanadi. 
Klassik  bixeviorizmga  taniqli  amerikalik  filosof  va  psixolog  J.Uotson  asos  solgan.  U 
insonning  say-harakati,  tanlovi,  reaksiyasi  stimulga,  uning  ruxiyati  psixologiyasiga  ta‘sir 
qilishiga,  unda  qandaydir  his-tuyg‗ular  uyg‗onishiga,  qо‗zg‗atilishiga  bog‗liqligi  haqidagi 
qoidalar bilan fanni boyitadi. 
Inson faoliyati motivatsiyaga asoslanadi. Motivatsiya - biologik jihatdan insonning irsiy va 
tо‗plangan  tajribasi  asosida  individual  va  guruhiy  ravishda  ehtiyojlarini  qondirishga 
yо‗naltirilgan,  undaydigan  tuyg‗u.  Motiv  esa  insonning  biron  bir  faoliyat  yuritishga 
yо‗naltiruvchi,  undovchi  ichki  his-tuyg‗u  bо‗lib,  u  ehtiyoj,  xohish,  qiziqish,  intilish  bо‗lishi 
mumkin. 
Insonning  turli-tuman  darajadagi  aqliy  va  jismoniy  qobiliyati,  irodasi  bir  butun  bо‗lib 
birlashuvi  natijasi  motivatsiya  bilan  birgalikda  uni  harakatga  soluvchi  kuch  bо‗lib  namoyon 
bо‗ladi. 
Shaxsning xulq-atvori shakllanishi qator omillarga bog‗liq.  
Ular: 
Shaxsning tabiiy fazilati, tabiatan berilgan о‗ziga xos psixologik xususiyatlari. 
• Shaxsning о‗ziga xos boshqarish tizimi - «men obrazi». 
• Uni о‗rab turgan atrof-muhit va boshqalar. 
Shaxsning  tabiiy  hislatlari  tug‗ilgan  vaqtidan  boshlab  mavjud  bо‗lib,  uning  faolligi, 
ta‘sirchanligi,  о‗zini namoyon qilishi va boshqalarda ifodalanadi.  Ta‘sirchanlik shaxsning asabi 
qо‗zg‗aluvchanligining  turli  darajasida,  uning  atrofi,  olamga  bо‗lgan  munosabatini  kо‗rsatib 
beruvchi  his-tuyg‗ularining  shiddatkorligida  namoyon  bо‗ladi.  XX  asr  20-yillarining  boshlarida 
shvetsariyalik  psixolog  K.G.Yung  shaxsning  psixologik  xususiyatlarini  «ekstraversiya»  va 
«intraversiya» tushunchalari orqali ta‘riflab berishni taklif etdi. 
Ekstroversiya  (extra-tashqari)  insonning  shunday  psixologik  harakatlarini  kо‗rsatib 
beradiki, bunda u о‗zining qiziqishlarini tashqi omilga, tashqi obyektlariga qaratadi. Ba‘zan buni 
о‗zining  ichki  his-tuyg‗ulari,  qiziqishlari,  о‗zining  shaxsiy  ahamiyatini  pasaytirish,  e‘tibor 
bermaslik evaziga ham amalga oshiradi. 
Ekstravertlarga 
hulq-atvorning 
ta‘sirchanlik, 
samimiylik, 
tashabbus 
kо‗rsatish, 
kommunikAbellik, ya‘ni boshqalar bilan tezda til topishib ketish kabilar xos. 
Introversiya (intro-ichki) shaxsning о‗z mafaatlariga, ichki olamiga, о‗z qarashlariga diqqat-
e‘tibor qilish bilan ajralib turadi. 
Introversiya  -  ekstroversiyaning  hissiy  tavsiflar  bilan  birga  qо‗shilib  kelishi  shaxs 
temperamentlarini
37
 belgilab beradi. 
Tempramentning eng mashhur turlari (sangvinik, melanxolik, flegmatik, xolerik) miloddan 
avvalgi asrda Gippokrat tomonidan joriy qilingan bо‗lib, ularning nomlari hanо‗zgacha saqlanib 
qolgan, lekin mazmuni о‗zgargan. 
Shaxsning  tavsifi  uning  harakteri,  ya‘ni  insonning  hulq-atvorini  uning  ishga,  narsalarga, 
boshqa  kishilar  va  о‗ziga  munosabatini  belgilab  beradigan  borqaror  psixologik  xususiyatlar 
yig‗indisidir. 
Shuningdek, harakterga xos xususiyatlarning qarama-qarshiligini: prinsipiallik-prinsipsizlik, 
saxiylik  -  isrofgarlik,  mehnatsevarlik  -  dangasalik,  puxtalik  —  pala-partishlik  va  hokazolarda 
ifodalanadi. 
Shaxsning tabiatan beriladigan hislati bilan bog‗liq psixologik xususiyatlari orasida alohida 
ajralib turuvchi hislati bu uning qobiliyatidir. 
Qobiliyat  -  shaxsning  о‗zida  bilim,  malaka,  kо‗nikmalarni  hosil  qilish  tezligi,  biron  bir 
faoliyat, ishni bajara olish imkoniyati, layoqatini ifodalaydi. 
Shaxsning hulq-atvorini belgilovchi ikkinchi tomon uning ehtiyojlaridir. 
                                                 
37
  Temperament  –  lot.  Temperamentum  –  qismlarining  tegishli  nisbati,  mutanosiblik,  Uni  psixologiya  fanida 
chuqur о‗rganiladi. 

Ehtiyojlar  manfaatni,  manfaat  esa  maqsadni  keltirib  chiqaradi.  Inson  maqsadini  amalga 
oshirishga  intilishi  motivatsiya,  motivatsiya  esa  iqtisodiy  stimullarni,  ya‘ni  rag‗batlantiruvchi 
kuchlarni yuzaga keltiradi. 
Shunday  qilib,  insonning  xulq-atvorini  bir  tomondan  tabiatdan  berilgan  qobiliyat, 
temperament  belgilasa,  ikkinchi  tomondan  uni  ehtiyojlari  va  ularni  qondirishning  obyektiv 
zaruriyati belgilaydi va bir butun holda inson shaxsida gavdalanadi. 
Inson  ehtiyojining  xilma-xilligi  uning  faoliyati  sababini  tashkil  etadi.  Ma‘lum  bir 
mutaxassislikni  egallash  va  muvafaqqiyatli  faoliyat  yuritish  uchun  qiziqish  ham  muhim 
ahamiyatga egadir. 
Agar  shaxs  о‗zi  bajarayotgan  ishga  qiziqmasa  uni  kо‗pincha  xafsalasizlik  bilan  «qо‗ldan 
ketgancha» bajaradi. Shuning uchun ham xalqimizda «Bо‗ynidan boylangan it ovga yaramaydi»- 
degan naql bor. 
Qiziqish - insonning u yoki bu narsaga, ishga diqqat-e‘tibor qaratishi, ixlos qо‗yishi, agar u 
bajaradigan ish bо‗lsa bajarishga astoydil kirishishi, xullas inson ehtiyojining namoyon bо‗lishini 
о‗ziga xos shakli bо‗lib, u kishida ijobiy his-tuyg‗u uyg‗otadi. 
Insonning  murakkabligini  yana  bir  namoyishi  sifatida  uni  nafaqat  manfaat  balki,  biron-bir 
narsaga,  faoliyatga  qiziqishi  hozirgi  iborada  «hobbi»si  bо‗lishi  ham  о‗ziga  xos  ehtiyoj  bо‗lib 
namoyon bо‗ladi. 
Insonning  qiziqishi  nihoyatda  xilma-xil.  Masalan:  musiqa,  rasm  chizish,  texnikaga,  badiiy 
adabiyot, sportga qiliqish va hokazo. Xullas, bu rо‗yxatni о‗zoq davom ettirish mumkin. 
Inson  о‗z  qiziqishi  tufayli  biron  bir  maqsad  qо‗yadiki,  uni  amalga  oshirish  oxir-oqibat 
ehtiyojlarni qondirish, ya‘ni iste‘molga borib taqaladi. 
«Ehtiyojlar - sabab - qiziqish obyekti - faoliyat maqsadi -ehtiyojlarni qondirish» tarzida yuz 
beradi. 
Qiziqish insonning faqatgina ichki his-tuyg‗usi bо‗lib qolmay, unga tashqi muhit ham katta 
ta‘sir  kо‗rsatadi.  Insonning  xulq-atvori,  о‗zini  tutishi  tanlovi  murakkab  jarayon  bо‗lib,  uning 
motivlari eng avvalo, ehtiyojlar bilan bog‗liq. 
Insonning  u  yoki  bu  harakatini  amalga  oshirish,  u  yoki  bu  narsani  tanlashida  о‗z  nuqtai 
nazari, boshqalardan farqlanuvchi о‗z motivatsiyasi bor. 
Har  bir  insonning  intilishi,  qiziqish  xohishi  asosini  hayotga,  yashashga  bо‗lgan  intilish 
tashkil etadi. U esa insonni zurriyot qoldirishga va о‗zini о‗zi saqlash instintktida ifodalanadi. U 
о‗z navbatida boshqa intilish va qiziqishlarni taqozo qiladi va boshqalari bilan bog‗lanib ketadi. 
Insonlar say-harakati, tanlovi sabablarini tadqiq  qilgan taniqli  olimlardan biri  Maks Veber 
(1864-1926, sotsiolog, tarixchi) bо‗lib,  u о‗zining iqtisodiy-ijtimoiy hayotga liberal  yondashishi 
bilan ajralib turadi. 
M.Veber sotsiologiya asoschilaridan biri bо‗lib inson faoliyatini 4 tipga bо‗ladi. 
Birinchi, harakat muayyan maqsadga aniq samarali yо‗naltirilgan (zweckrationell). Mavjud 
vosita,  mablag‗lar  kutilgan  maqsadga  yetishish  uchun  ishlatiladi.  Ikkinchi,  qadriyatlar  nuqtai 
nazaridan  ratsional  (wertrationell),  uchinchi,  muayyan  extiros  va  emotsiyalar  (affektrationell), 
tо‗rtinchi,  takrorlanuvchi  an‘analar  va  urf-odatlar  nuqtai  nazaridan  ratsional  (traditionell). 
Ularning barchasi bir butun bо‗lib, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotini aks ettiradi. 
Birinchi  tipga  ajratilgan  faoliyat  oqilona,  samarali.  U  ongli  va  aniq  qо‗yilgan  maqsadni 
amalga oshirishga qaratilgan bо‗lib, shu maqsadga yetaklovchi vositalardan ham foydalaniladi. 
Harakatning  ikkinchi  tili  shu  ma‘noda  oqilonaki,  u  harakat  qilayotgan  shaxsning  axloqiy 
yoki  diniy  qarashlari  yoki  nimani  qadrlashi  nuqtai  nazaridan  yondashiladi.  U  kо‗pincha 
yozilmagan  qonun-qoidalardan  iborat  bо‗lishi  mumkin.  Masalan,  chо‗kayotgan  kemani  uning 
kapitani hammadan keyin oxirida tark etadi. 
Uchinchi tip harakat g‗ayri tabiiy rag‗batga bо‗lgan nazoratsiz reaksiya tarzida yoki asabiy 
tarzda yuz berib, oqilona harakatlar bilan о‗ylanmay qilingan harakatlar orasida turadi. 
Tо‗rtinchi tip harakat urf-odat, an‘analar asosida о‗ylamay qilingan harakatlar bо‗lib, ularni 
oqilona harakat darajasiga kiritib bо‗lmaydi. 

M. Veber g‗arbning о‗ziga xos ijtimoiy va madaniy xususiyatlarini boshqa sivilizatsiyalarga 
solishtirib,  faqat  g‗arbda  insonlar  uchun  umum  ahamiyatga  ega  fan  vujudga  keldi.  Empirik 
bilimlar,  falsafiy  va  teologik  qarashlar,  donishmandlik,  boshqa  madaniyatlar,  ayniqsa,  Xitoy, 
Hindiston,  Misrda  mavjud  bо‗lgan.  Ammo  bu  yerda  о‗zlashtirilgan  bilimlar  matematik  asosga 
«ratsional dalillar» tajribalar va ilmiy tushunchalarga ega bо‗lmagan. 
Uning fikricha tajriba asosida vujudga kelgan bilimlar bilan taxminiy bilimlarni aralashtirib 
yubormaslik  kerak.  U  G‗arbda  kapitalizmni  vujudga  kelishida  protestantlik  oqimining  roli 
kattaligini ta‘kidlaydi. 
U har qanday davrning axloqi harakatning ma‘lum bir qismini tashkil etadi va u iqtisodiy 
ratsional hayot tarzini shakllanishiga, yuzaga kelishiga tо‗siq bо‗lishi mumkin. 
Shunday  qilib,  inson  harakatining  murakkab  motivlari  ehtiyojlarda  ifodalanadi.  Aynan 
ehtiyojlar ularning say-harakati, xulq-atvori va tanlovini belgilaydi. 
Demak, inson shaxs tarbiyasida, unda iqtisodiy tafakkurni shakllanishida ana shu jarayonni 
nazardan qochirmaslik kerak. 
 
Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling