Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Iqtisodiy tarbiya nazariyasi fanining atamalari va ularning shaxs hulq-atvorini


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/26
Sana26.02.2020
Hajmi1.49 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26

3. Iqtisodiy tarbiya nazariyasi fanining atamalari va ularning shaxs hulq-atvorini 
shakllantirishdagi о„rni 
 
Iqtisodiy  tafakkur  sohibini,  ya‘ni  о‗sayotgan,  rivojlanayotgan  va  taraqqiyot  sari  yuz 
tutayotgan  mamlakatimiz  uchun  zarur  bо‗lgan,  ijodkor  va  mustaqil  fikrlay  oladigan,  muqobil 
variantlar  orasidan  eng  samaralisini  tanlay  oladigan  shaxsni  tarbiyalab  yetkazish  muhim  va 
dolzarb vazifa hisoblanadi. 
Iqtisodiy  tafakkurni  shakllanishi  insonning  hulq-atvori,  say-harakati  bilan  chambarchas 
bog‗liqligini avval kо‗rib chiqdik. 
О‗quvchi  -  talabalarning  diqqatini  iqtisodiy  faolligini  oshirishga  qaratilishi  iqtisodiy 
faoliyatning mazmunini tushunishlariga e‘tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Hozirda oiladan boshlab, bozor iqtisodiyoti, shartnoma, tadbirkorlik, biznes, foyda, zarar va 
hokazo atamalar tez-tez ishlatila va bola ongiga singdirila boshlandi. 
                                                 
38  Апперцепция  (псих)  –  мавжуд  тажриба,  билим,  тушунча,  тасаввур  ва  ҳ.к.  асосида  идрок  қилиш,  ўрганиш,  билиш, 
идрокнинг тажрибага, билимга боғлиқлиги. 

Ma‘lumki, atamalar ijtimoiy hayotning biron sohasiga xos muayyan bir tushunchaning aniq 
va barqaror ifodasi  bо‗lgan sо‗z  yoki  sо‗z birikmasi  bо‗lib, fan, texnika, kasb-xunar, qolaversa, 
ijtimoiy-iqtisodiy hayotning taraqqiyoti tufayli boyib boradi. 
Atamalar  bir  tomondan,  shaxsning  hulq-atvorini  ifodalasa,  ikkinchi  tomondan  hulq-
atvorning, hatti-harakatning о‗zi ma‘lum bir atamalarda о‗z ifodasini topadi. 
Ma‘lumki,  pedagogikada  jumladan,  Iqtisodiy  tarbiya  nazariyasi  boshqa  ilm  sohalaridan 
olingan  kо‗plab  atamalardan  foydalanadi,  bu  narsa  pedagogikani  boshqa  fanlar  bilan  chuqur 
aloqada ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bunday atamalar texnika va iqtisodiyotdan eng kо‗p 
miqdorda  kirib  keladi,  chunki  ayni  shu  sohalar  ijtimoiy  fikrning  rivojlanishiga  eng  kо‗p  ta‘sir 
kо‗rsatadi. Chunonchi, bugun о‗qitish jarayonining tejamliligi  va maqsadga muvofiqligi hamda 
oqilona  tashksl  etilishi  kо‗p  jihatdan  о‗qituvchi,  texnika  va  texnologiya,  iqtisodiy  ta‘lim, 
о‗qitishni kompyuterlashtirish kabilar bilan bevosita bog‗lanib qolgan. 
Bozor iqtisodiyotiga о‗tilishi bilan qо‗llanilayotgan qator iqtisodiy atamalarning ma‘nolari 
о‗zgardi, ayrimlari leksikadan chiqib ketdi hamda yangi sо‗zlar kirib keldi. 
Hozirgi kunda kundalik leksikonda foydalanilayotgan shunday atamalar mavjudki, ularning 
mohiyatini  mazmunini  о‗rganmay  iqtisodiy  tafakkurni  shakllantirish  mumkin  emas.  Shuning 
uchun  ham  Iqtisodiy  tarbiya  nazariyasi  ana  shu  atamalarni  о‗rganishga  alohida  e‘tibor  berish 
talab etiladi. 
Bozor  iqtisodiyotining  mohiyatini  chuqur  anglash  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar  rivojini 
tahlil  qilish,  undan  amaliy  xulosalar  chiqarish  ehtiyoji  kishilarda  iqtisodiy  fikr  yuritshn 
madaniyatini  yuksaltirishni  taqozo  etadi.  Bu  vazifalar  ijrosini  ta‘minlashning  samarali 
vositalaridan  biri  iqtisodiyotning  qonun-qoidalarini  atroflicha  о‗rganish  va  undan  unumli 
foydalanish qobiliyatini rivojlantirishdan iboratdir. 
Mamlakatimizda  tarixan  qisqa  vaqt  ichida  bozor  munosabatlariga  asoslangan  milliy 
iqtisodiyotning  asoslari  barpo  etildi.  Bu  esa  iqtisodiy  bilimlar  asoslarini  kishilar  ongiga 
singdirishni dolzarb masalaga aylanishiga olib keldi. Shuning uchun ham yoshlarimizda iqtisodiy 
tafakkurni  shakllantirish,  buning  uchun  eng  muhim  iqtisodiy  atama  va  tushunchalarni  mazmun-
mohiyatini  о‗rganishga  alohida  ahamiyat  berish  talab  etiladi.  Chunki  ular  shaxs  xulq-atvorini 
shakllantirishda muhim о‗rin tutadi. Shaxsning iqtisodiy tanlovi qanday yuz berishiga katta ta‘sir 
kо‗rsatadi. Ulardan eng muhimlari bitimlar, firma, raqobat, tadbirkorlik,  risk, naflilik, tanlov va 
boshqalar bо‗lib, ularni о‗rganishga diqqat qaratishimiz lozim. 
Bitimlar.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  kо‗p  ukladli  iqtisodiyotga  xos  mulkiy 
munosabatlarning  vujudga  kelishi  va  ularning  rivojlanishi  bitimlar
  39
,  shartnomalardan  keng 
foydalanshpga olib keldi. 
Jamiyatda xususiy mulkchilikka keng yо‗l berilishi bois bitimlar obyekti yanada kengaydi. 
Endilikda  ijtimoiy  harakterga  ega  bо‗lgan  mahsulotlar  va  ashyolargina  emas,  balki  ishlab 
chiqarish  vositalarini  egallash,  foydalanish  va  tasarruf  etish  uchun  ham  bitimlar,  shartnomalar
40
 
tuzilmoqda. 
Shartnomalar tadbirkorlik faoliyatining barcha sohalarida hamda tadbirkorlik bilan bog‗liq 
bо‗lmagan mulkiy munosabatlarda ham keng miqyosda qо‗llanilmoqda. 
Bitim  yuridik  ahamiyatga  ega  harakatdirki,  uning  natijasida  muayyan  yuridik  oqibat  kelib 
chiqadi. Bozorga borib biron narsa xarid qilar ekanmiz, sotuvchi bilan bitim tо‗zamiz, natijada, 
shu narsaning egasiga aylanamiz. 
Bitim tо‗zishdan avval esa xarid qiladigan narsamizni tanlaymiz. Demak, biz har qadamda 
tanlashimiz, qaror qabul qilishimiz zarur. Bitim tо‗zganda asosan og‗zaki kelishuv amalga oshsa, 
shartnomada  tomonlarning  kelishuvi  yozma  bо‗lib,  har  ikki  tomonning  majburiyatlari  va 
vazifalari  kо‗rsatiladi  va  u  huquqiy  hujjat  bо‗ladi.  Bozor  subyektlari  о‗rtasidagi  munosabatlar 
ular  orqali  tartibga  solinadi,  shartnomaning  mukammal,  adolatli  har  tomon  uchun  о‗zaro  fonda 
asosida  tuzilishi  va  shu  bilan  birgalikda  tomonlar  о‗z  huquqlari  doirasida  talab  qila  olishlari 
                                                 
39 Bitim – о‗zaro kelishuv, tо‗xtam, qaror ahdnoma, shartnoma. О‗zbek tili izohli lug‗ati. M.: ―Rus tili‖ nashriyoti 1981, 121 - 
bet. 
40 Shartnoma – biror masala yuzasidan о‗zaro kelishganlik haqidagi yozma bitim.
 

hamda  о‗z  majburiyatlarini  sо‗zsiz  bajarishlari  muhim  ahamiyatga  ega.  Buning  uchun  har  bir 
kishi  bitim  yoki  shartnoma  tо‗zar  ekan,  nimalarga  ahamiyat  berishi,  qaysi  huquqiy  va  meyoriy 
hujjatlarga  asoslanishi  lozimligini  bilishi  kerak.  Demak,  о‗quvchi-talabalardan  ana  shu 
kо‗nikmalarni hosil qilish zarur. 
Bunda shartnomalarni huquqiy jihatdan tо‗g‗ri tо‗zish uchun amaldagi huquqiy va meyoriy 
hujjatlarni  bilish,  bilmasa  yuridik  maslahat  beradigan  firmalarga  murojaat  qilishi  kerak. 
Shartnoma  imzolangach  uni  kо‗rsatilgan  muddatlarda  bajarilishi  shart.  Agarda,  shartnoma 
bajarilmasa  yoki  nizoli  holatlar  kelib  chiqsa  tomonlar  uni  kо‗rib  chiqish  uchun  sudga  berishga 
haqli. 
Hozirgi  kunda  kо‗pincha  tayyor  shartnoma  loyihalaridan  foydalanish  mumkin.  Lekin  uni 
diqqat  bilan  о‗qib,  о‗z  maqsadiga  kо‗ra  amal  qilayotgan  qoida  doirasida  о‗zgartirishlar  kiritish 
mumkin. 
Har  qanday  shartnomani  о‗qimasdan,  shartnomada  kо‗rsatilgan  huquq  va  majburiyatlarni 
tо‗liq mohiyatiga yetmay, shoshma-shosharlik bilan imzo chekish yaramaydi. 
Bozor iqtisodiyotida xо‗jalik subyektlari, resurs egalari о‗rtasidagi munosabatlar shartnoma 
orqali tartibga solinar ekan, о‗quvchi - talabalar albatga ular haqida tasavvurga ega bо‗lishi zarur. 
Raqobat. Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri raqobatga asoslanganligidir. 
Raqobat  bо‗lmasa  iqtisodiyot  rivojlanmaydi.  Raqobat  kishilik  jamiyatining  barcha 
jabhalariga  xos.  Raqobat  qaysi  jabhada  olib  borilishidan  qat‘i  nazar  uning  markazida  inson 
manfaatlari  turadi.  Inson  tabiatan  о‗zini,  о‗z  manfaatlarini  о‗ylaydigan  qilib  yaratilgan.  Har  bir 
inson о‗z imkoniyatlarini namoyon qilish, farovon hayot kechirish, kishilar о‗rtasida obrо‗-e‘tibor 
qozonish  (kabilar)  uchun  harakat  qiladi.  Kishilik  jamiyati  hayotining
;
  asosini  iqtisodiy  faoliyat 
tashkil etar ekan, demak jamiyat hayotida iqtisodiy sohalardagi raqobat asosiy rol о‗ynaydi. 
Ma‘lumki,  tirik  tabiatda  ham  yashash  uchun  kurash  uzluksiz  davom  etadi.  Har  qanday 
tizim:  biologik,  fizik,  kimyoviy,  iqtisodiy  hammasi  mutanosiblikka  intiladi.  Raqobat  ana  shu 
mutanosiblikning optimal darajada bо‗lishini ta‘minlaydi. 
Raqobat (konkurensiya) lotincha - cancuro degan sо‗zdan olingan bо‗lib, tо‗qnashuv degan 
ma‘noni  bildiradi.  О‗zbek  tilida  raqobat  kim  о‗zdi,  basma-baslikka  bellashuv  ma‘nosini 
anglatadi.  Basma-baslikka  kim  bilan  bellashiladi?  Raqib  bilan.  Raqiblar  -  bir-biriga  qarama-
qarshi  turuvchilar  bо‗lib,  biror  narsani  talashuvchilar  ma‘nosini  ifodalaydi.  Demak,  raqib  sо‗zi 
bilan konkurensiyaning ma‘nolari yaqin. 
Iqtisodiyotning  barcha  ishtirokchilari  bir-biri  bilan  raqobatlashadi.  Ijtimoiy  faoliyat 
jarayonida  manfaatlar  tо‗qnashuvi  yuz  beradi.  Ana  shu  tо‗qdashuvda  kuchlilar  yutib  chiqadi, 
zaiflar  mag‗lub  bо‗ladi  yoki  har  ikki  tomon  mavjud  shart-sharoitlardan  kelib  chiqib  о‗zaro 
manfaatli bitim tо‗zadi. 
Tabiiy savol tug‗ilishi mumkin, nima sababdan raqobat yuz beradi? 
Raqobatning  asosiy  sababi,  yuqorida  ta‘kidlab  о‗tilganidek,  manfaatlarning  mavjudligidir. 
Har bir kishining manfaati esa uning mulki doirasida alohidalashgan. Har bir kishi о‗z manfaati 
yо‗lida harakat qiladi. 
Raqobatni  iqtisodiy  nuqtai  nazardan  qisqa  qilib  ta‘riflaydigan  bо‗lsak,  quyidagicha 
ifodalash mumkin. Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining о‗z manfaatlaridan kelib chiqib, 
yuqori  daromad  olish  imkoniyatiga,  nufuzli  mavqeiga  ega  bо‗lish  uchun  boshqalar  bilan 
bellashuvi, kurashidir. 
«Raqobat  -  bozorning  asosiy  sharti,  aytish  mumkinki,  uning  qonunidir».
41
  Bozor 
iqtisodiyoti  sharoitida  raqobat  qonuni  amal  qiladi.  Bu  qonunga  kо‗ra  iqtisodiy  subyektlarning 
maqsadlariga  kо‗ra  о‗z  manfaatlaridan  kelib  chiqib  о‗zaro  kurashishlari  muqarrar  bо‗ladi.  Bu 
qonun  barcha  iqtisodiy  qonunlar  kabi  obyektiv  harakterga  ega.  Sababi  iqtisodiy  muhitning  о‗zi 
uni amal qilishini taqozo qiladi. Chunki, birinchidan, insonga tabiatan о‗z-о‗zini saqlash instinkti 
berilgan,  avval  ta‘kidlab  о‗tganimizdek  uni  hech  kim,  hech  qanday  cheklovlar  yо‗qqa  chiqara 
olmaydi. 
                                                 
41 
Karimov I.A. О‗zbekiston XXI asrga intilmoqda. T.: О‗zbekiston, 1999, 34–bet. 

Ikkinchidan,  о‗zlashtirish  mulk  doirasida  amalga  oshadi.  Iste‘mol  о‗zgarishi  uchun  mulk 
qayta  taqsimlanishi  kerak.  Resurslar  mulk  bо‗lar  ekan,  cheklangan  ekan,  undan  samarali 
foydalanish  obyektiv  zaruriyatga  aylanadi.  Zaruriyat  mavjud  ekan,  inson  doimo  uni  amalga 
oshirish uchun harakat qiladi, tinmay izlanadi, doimo о‗z manfaatini himoya qiladi. 
Raqobat qonuni barcha jabhalarga xos, uning amal qilish doirasi kengayib boradi. 
Raqobat  kurashi  turli  tarzda  namoyon  bо‗ladi.  Bozorda  firmalar  resurslarni  arzon  olish, 
о‗z  tovarlarini  qimmatroqda  sotish,  shuni  asosida  kо‗proq  foyda  olishga  intilsalar,  ishchi  va 
xizmatchilar  yaxshiroq ish  haqi  olish  uchun harakat  qiladilar. Xaridor bozorda tovarni  arzonroq 
sotib olishga intiladi.  Sotuvchi esa qimmatroqqa sotish dardida  yonadi.  Ijaraga mulkni  beruvchi 
kо‗proq ijara haqi olishga harakat qilsa, aksincha, ijaraga oluvchi uni pasaytirishga intiladi. 
Raqobat ishtirokchilarining ijtimoiy-iqtisodiy maqomi bir xil emas. Shu sababdan ularning 
bevosita maqsadi ham farqlanadi. 
Mulkni iqtisodiy jihatdan alohidalashuviga kо‗ra, raqobat faqat individual manfaatni emas, 
balki  jamoa,  oilaning  manfaatlarini  ham  kо‗zlaydi.  Chunki,  ayrim  kishining  manfaati  bir 
tomondan  alohidalashgan,  ikkinchi  tomondan  jamoa  manfaatlariga  birlashgan.  Bu  manfaatlar 
birlashuvi ham mulk doirasida amalga oshadi. Masalan, ishlovchilarning har biri yaxshi ish joyi 
uchun kurashsa, ular jamoa doirasida birgalikda, uning manfaati  yо‗lida boshqa jamoalar bilan, 
viloyat miqyosida boshqa viloyatlar bilan, oila miqyosida boshqa oilalar bilan, davlat miqyosida 
boshqa  davlatlar  bilan  raqobatlashadi.  Raqobat  xо‗jalikning  hamma  soxasida,  iqtisodiy 
faoliyatshshg hamma turlarida boradi, unda iqtisodiy faol aholi qatnashadi. 
Bozor  iqtisodiyotida  raqobat  kim  bilan  bо‗lishidan  qatiy  nazar  yaxshi  ishlaganlarning, 
ishning  о‗zini  emas,  balki  kо‗zini  bilganlarning  yutib  chiqishini  bildiradi.  Raqobat  iqtisodiy 
resurslarni  tejamli  ishlatish,  tovar  va  xizmatlarni  kо‗plab,  sifatli  ishlab  chiqarishga  undaydi.  U 
xо‗jalik  yuritishning  eng  samarali  usullarini  yuzaga  keltiradi,  iqtisodiy  aloqalarning  eng 
ma‘qulini topishga undaydi. Fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilishni tezlashtiradi. 
U  faqat  ishlab  chiqarishning  о‗zinigina  о‗sishga  undab  qolmay,  iqtisodiy  munosabatlarni  ham 
takomillashtirishga olib keladi. Raqobat  iqtisodiy  о‗sishni  ta‘minlaydi.  U о‗z navbatida raqobat 
doirasini 
kengaytiradi. 
Ana 
shu 
jihatdan 
qarasak, 
raqobat 
bozor 
iqtisodiyotini 
harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. 
Bozor  va  raqobat  bir-biri  bilan  chambarchas  bog‗liq.  Raqobat  bо‗lmasa  bozor,  bozor 
bо‗lmasa raqobat yо‗q. 
Bozor  iqtisodiyotining  ilk  belgilari  paydo  bо‗lishi  bilan  unga  xos  raqobat  ham  yuzaga 
keladi. Iqtisodiyot rivojlanishiga qarab, raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib boradi. 
Mukkammal  raqobatga  asoslangan  bozor  modeli  jamiyatning  resurslardan  ratsional 
foydalanishini, mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy sarflarni minimallashtirishni ifodalaydi. 
Nomukammal  raqobat  esa  erkin  raqobatda  erishilgan  muvozanatdan  chetga  chiqishni 
bildiradi.  Raqobat  cheklanishi,  xо‗jalik  hayotini  monopollashuvi  jamiyatda  ma‘lum  miqdorda 
yо‗qotishlarga  olib  keladi.  Ma‘lumki,  monopoliya  eng  avval  narxlar  ustidan  nazorat  о‗rnatishi 
bilan ajralib turadi. 
Narx  ustidan  hukmronlik  (u  doimo  nisbatan  bо‗ladi)  ishlab  chiqarish  xarajatlarini 
pasaytirish, fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishi, bozorni standartlashgan tovarlar bilan tо‗ldirish, 
ularning  narxi  kо‗pchilik  sotib  olish  mumkin  bо‗lgan  darajada  bо‗lishi  bilan  birga  yuz  bersa 
jamiyat yutadi. 
Narx  ustidan  hukmronlikni  insonni  tabiat  ustidan  hukmronlik  о‗rnatishga  urinishiga  qiyos 
qilish  mumkin.  Masalan,  yer  unumsiz  bо‗lsa,  unga  о‗g‗it  solish  va  meliorativ  ishlarni  bajarish 
orqali  о‗zimiz  uchun  tabiatdan  kо‗proq  in‘om  olishimiz  mumkin.  Lekin  ta‘sirimiz  ma‘lum 
chegaradan  о‗tib  ketsa,  atrof  muhitga  salbiy  ta‘sir  kо‗rsatamiz,  muvozanatni  buzamiz.  Bu  esa 
yaxshilik bilan tugamaydi. 
Monopolizatsiya ham xuddi shunday. Ma‘lum chegaradan о‗tgach, u jamiyat uchun salbiy 
oqibatlar olib keladi. Ayniqsa, monopoliyalarni kelishib, sun‘iy taqchillik  hosil etishi eng xavfli 
sanaladi.  Bunda  ataylab  korxona  tо‗la  quvvat  bilan  ishlatilmaydi.  Chunki,  foyda  olishni 
kо‗paytirishga  xarajatlarni  pasaytirishdan  kо‗ra  narxni  kо‗tarishdan  yoki,  aksincha,  raqobat 

kurashini cheklab, narxni arzonlashuviga yо‗l qо‗ymaslik bilan erishish osonroq. Shuning uchun 
talabni taklifga nisbatan ustun bо‗lishini sun‘iy ravishda saqlab turiladi. 
Bozor  iqtisodiyotida  raqobat  kurashi  bо‗lishi  uchun  zarur  muhit  yaratiladi.  Bu  muhit,  eng 
avvalo,  mulkchilikning  va  xо‗jalik  yuritishning  turli-tuman  shaklining  mavjudligi  va  ularning 
о‗zaro  tent  mavkega  asoslanishida  ifodalanadi.  Qolaversa,  faoliyat  erkinligi,  har  bir  kishini 
tanlash imkoniyatiga ega bо‗lishi ham raqobat uchun keng yо‗l ochadi. 
Respublikamizda  raqobat  muhitini  yaratish  davlatning  faoliyatisiz  о‗z-о‗zidan  amalga 
oshmasligini  anglagan  holda  zarur  chora-tadbirlar  ishlab  chiqilib,  ular  amaliyotga  joriy 
etilmoqda. 
Bu,  eng  avvalo,  mulkni  davlat  tasarrufidan  chiqarish,  turli  mulk  shakllarini  vujudga 
keltirshpni jadallashtirshpda о‗z ifodasini topadi. 
Ikkinchidan,  raqobatni  о‗zi  taqozo  etadigan  iqtisodiy  vaziyat  narxlarni  erkinlashtirishni 
amalga oshirishda ifodalanadi. 
Uchinchidan,  bozor  iqtisodiyotiga  о‗tish,  albatga  sivilizatsiyalashgan  raqobatni  vujudga 
keltiripshi  talab  qiladi.  U  davlatning  iqtisodiy  monopolizmni  cheklash,  umuman  olganda 
antimonopol yо‗l tutishini zarur qilib qо‗yadi. Shuni nazarda tutib, О‗zbekistonda monopoliyaga 
qarshi  meyoriy-huquqiy  asos  yaratildi.  1992  yili  О‗zbekistan  Respublikasining  «Monopolistik 
faoliyatni  cheklash  tо‗g‗risida»  qonuni  qabul  qilindi.  Qonunga  qо‗shimcha  ravishda  uni  amalga 
oshirishni ta‘minlaydigan bir- qator meyoriy-uslubiy hujjatlar ham qabul qilindi. Monopoliyaga 
qarshi  siyosat  о‗tkazish  Moliya  vazirligiga  yuklandi.  О‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
1996  yil  15  maydagi  farmoni  bilan  Moliya  vazirligi  huzurida  Monopoliyadan  chiqarish  va 
raqobatni  rivojlantirish  qо‗mitasi  tashkil  etildi.  Shu  qо‗mita  negizida  Prezident  farmoni  bilan  2 
avgust 2000 yilda О‗zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish 
davlat qо‗mitasi tashkil etildi. 
О‗zbekiston  monopolistik  birlashma  (korxona)larni  davlat  reyestriga  kiritish  uchun 
mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda о‗tish davrining о‗ziga xos tomonlari hisobga olindi. 
Sababi respublika iqtisodiyotida monopol tarmoqlar soni hali kо‗p. Agar korxonalar ishlab 
chiqargan mahsulotni hissasi umum-respublika yoki maxalliy viloyat miqyosida, tovar bozorida, 
ma‘lum  bir  turdagi  tovarlar  guruhida,  о‗zaro  о‗rinbosar  tovarlar  yoki  bir  texnologik 
maqsadlardagi  mahsulotlar  orasida  35  %  dan  ortiq  bо‗lsa,  bu  korxona  monopolistik  birlashma 
(korxona)lar  Davlat  rо‗yxatiga  kiritiladi.  Oziq-ovkat  tovarlari  guruhi  uchun  bunday  mezon 
darajasi 20 % belgilangan. 
Qabul  qilingan  qonunga  kо‗ra  bozorda  ataylab  taqchillik  hosil  qilish,  narxlarni 
monopollashtirish,  raqobatga  tо‗sqinlik  qilish,  raqobatning  g‗irrom  usullarini  qо‗llash  man 
qilingan. Qonunni buzganlar javobgarlikka tortiladilar. 
Shunday  qilib,  hozirgi  vaqtda  respublikamizda  monopoliyaga  qarshi  tartibga  solishning 
qonuniy asoslari, meyoriy hujjatlari yaratildi va davlatning monopoliyaga qarshi organlari tizimi 
tashkil etildi. Bu mamlakatimizda raqobat muhitini saqlashga xizmat qiladi. 
Madaniylashgan raqobat kurashiga asoslantan bozorni vujudga keltirish uchun ham nazariy, 
ham amaliy jihatdan qator muammolarni hal etish kerak: 
a) inflyatsiyani jilovlash; 
b) bozorni demonopollashuvini amalga oshirish
v) bozor munosabatlari subyektlarini kritik massasini, ya‘ni miqdorini yaratish; 
g) bozorni barcha turlarini rivojlantirish
d)  bozor  tipini  tо‗g‗ri  tanlash.  Ana  shu  muammolarni  ijobiy  hal  etish  mamlakatimiz 
kelajagini kо‗p jihatdan belgilab beradi. 
«Iqtisodiyotni erkinlashtirish haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish bilan uzviy bog‗liqdir. 
Raqobat  bо‗lmasa  bozor  iqtisodiyotini  barpo  etib  bо‗lmaydi.  Raqobat  bozorning  asosiy  sharti, 
aytish mumkinki, uning qonunidir». 
Shuning  uchun  ham  respublikada  sog‗lom  raqobat  -  muhitini  yaratish,  g‗irrom 
raqobatchilarni  bozorda,  birinchi  navbatda  iste‘mol  tovarlari  bozorida  yakka  hukmron  bо‗lib 
olishga qaratilgan har qanday hatti-harakatlarga chek qо‗yishga alohida e‘tibor berilmoqda. 

Firma Bozor   iqtisodiyotida  individual  tadbirkorlik о‗ziga xos о‗rin tutadi, lekin iqtisodiy 
faoliyatga nisbatan obrо‗li, barqaror, uzoq muddatli  vaqtga mо‗ljallangan, tashkil etish kо‗lami 
jihatidan  salmoqli  shakli  -  korxonadir.  Aynan  u  xо‗jalik  faoliyatining  eng  kо‗p  tarqalgan  tipik 
shaklidir. Korxona qaysi mulkka taalluqli bо‗lmasin firma, zavod, fabrika nomlari bilan ataladi. 
Bozor  iqtisodiyogiga  о‗tish  jarayonida  mulkchilikning  barcha  shakllariga  mansub  korxonalarni 
barpo  etish,  ular  faoliyatini  tashkil  etish  va  tugatishning  huquqiy,  iqtisodiy  va  ijtimoiy  asoslari, 
О‗zbekiston  Respublikasida  korxonalar  tо‗g‗risidagi  qonunida  belgilab  berilgan.  Korxona 
xо‗jalik  yurituvchi  subyekt  sifatida  mulkchilikning  biron  shakliga  asoslangan  holda  iqtisodiy 
jihatdan  alohidalashgan  xо‗jalik  yurituvchi  subyekt  sifatida  maydonga  chiqadi.  Korxona  bozor 
munosabatlarining  subyekta  sifatida  qatnashibgina  qolmay,  uning  obyekta  hamdir.  Korxona 
mulkchilikning muayyan obyekta bо‗lib, uning qо‗lida resurslar va yaratilgan mahsulot mavjud. 
Korxona iqtisodiy faoliyat jarayonida munosabatlarning subyekti sifatida maydonga chiqadi. 
Har qanday iqtisodiyot  kabi  bozor iqtisodiyoti ham  murakkab tizim sifatida ichki tarkibga 
ega.  Undagi  turli  bо‗g‗inlarning  har  biri  ma‘lum  vazifani  bajaradi.  Korxona  har  qanday  ishlab 
chiqarishning  birlamchi,  asosiy  bо‗g‗inidir.  Bozor  iqtisodiyotida  asosiy  tarkibiy  birlik,  xо‗jalik 
yurituvchi  bо‗g‗in  korxona  (firma)  hisoblanadi.  Firma  bu  bozor  iqtisodiyotining  murakkab 
fanomeni.  Uning  ichki  tuzilishi  iyerarxik  boshqarishga  asoslangan.  Aynan  iyerarxik  boshqarish 
orqali transaksional xarajatlar minimallashtiriladi. 
Korxona  (firma)  ishlab  chiqarish  resurslarini  rejali  asosda,  ma‘lum  nisbatda, 
kombinatsiyada  birikishini  ta‘minlab,  о‗z  manfaatini  mahsulot  ishlab  chiqarshi  yoki  xizmat 
kо‗rsatish yо‗li bilan amalga oshiruvchi, xо‗jalik yurituvchi bо‗g‗in «zveno»ni ifodalaydi. 
Firma  ham,  korxona  ham  xо‗jalik  yurituvchi  huquqiy  shaxs  bо‗lgani  uchun  xо‗jalik 
faoliyatining  obyekti  bо‗ladi.  Shu  bilan  birga  iqtisodiy  faoliyatni  amalga  oshiruvchi  xо‗jalik 
yuritish  subyekti  hamdir.  Iqtisodiyotda,  odatda,  firma  kо„proq  umumlashtiruvchi  tushuncha 
sifatida  ishlatiladi.  Firma  о„z  ichiga  bitta  yoki  bir  necha  korxona,  ishlab  chiqarish  turini 
olishi  mumkin.  Korxoia  esa  odatda,  bir  turdagi  mahsulot  ishlab  chiqarishga,  bir  xil  narsa 
ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. 
Barcha korxonalar faoliyatining majmui iqtisodiyotni tashkil etadi. Ishlab chiqarish omillari 
korxonada  birikib,  bu  yerda  mehnat  yuz  beradi.  Jamiyatning  talab-ehtiyojini  qondirishga 
qaratilgan moddiy mahsulotlar yaratiladi va har xil xizmatlar kо‗rsatiladi. 
Firmalarni  tasniflash  (klassifikatsiya  qilish)  uchun  iqtisodiy  adabiyotda  turli  mezonlar 
olinadi. Ulardan eng asosiysi 2 ta: mulkchilik shakli, firmaning katta-kichikligi. 
Mulkchilik bо‗yicha qarasak, ular 3 xil: 
a) individual yoki xususiy firma; 
b) sherikchilik asosida tashkil topgan firma; 
v) korporatsiya (aksionerlik jamiyati). 
Korxona  о‗z  mulkiga  о‗zi  egalik  qilishi  uni  erkin  bо‗lishi  garovidir.  Korxona  xо‗jalik 
yurituvchi  subyekt  sifatida  iqtisodiy  mustakillikka  ega.  Nimani  qancha,  qanday  usullar  bilan 
ishlab  chiqarish,  uni  kimga,  qayerda  qanchadan  sotishni,  tushgan  pulni  qaysi  maqsadda 
ishlatishni korxonaning о‗zi hal qiladi. 
Barcha  muammolarni  yechishda  korxona  bozorga  qarab  ish  tutadi.  U  bozordagi  resurslar 
narxi,  о‗zining  tovarlari  narxi,  qilgan  harajatlariyu  oladigan  foydasi  miqdoriga  qarab  ish  tutadi. 
Narx-navo  va  xarajatlar  miqdori  korxonaga  el  qatori  foyda  olish  imkonini  bergandagina  u  faol 
ishlaydi. Bozordagi raqobat korxonani iqtisodiy sharoitga tez moslashib doimo manyovr qilishi - 
tovarlarni  yangilash  sifatini  oshirish,  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  kamaytirishi,  investitsiya  va 
innovatsiya bilan shug‗ullanish, faol reklama siyosatini olib borish kabilarga undaydi. Korxonalar 
mulkiy  maqomi,  tashkiliy-huquqiy  asoslari,  xо‗jalik  yuritish  uslublariga  kо‗ra  xilma-xil  bо‗lib, 
asosiylari: 
-  xususiy  firma,  shirkat  firmalari,  mas‘uliyati  cheklangan  firma,  davlat  korxonasi,  aralash 
firmalar.  Hozirgi  paytda  korxonalarning  keng  tarqalgan  shakli  -  aksioner  jamiyatlari  yoki 
korporatsiyalardir. 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling