Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/26
Sana26.02.2020
Hajmi1.49 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26

Xususiy firma - ayrim shaxslarga yoki oilalarga qarashli korxona. Ular asosan  о‗ta kichik 
va kichik biznes doirasida faoliyat kо‗rsatadilar. О‗rta va yirik biznesda hozirgi paytda nihoyatda 
kam uchraydilar. XIX asrda esa ular korxonalarning asosiy turi hisoblangan. 
Shirkat  firmalari  mulk  egalarini  о‗z  mulkini  birlashtirish  va  tadbirkorlikdan  olingan 
foydani qо‗shgan hissasiga kо‗ra baham kо‗rishga asoslangan korxona. 
Mas‟uliyati  cheklanmagan  firma.  Uning  mol-mulki  sherikchilik  asosida  yuzaga  keladi. 
Ularning  dastlabki  qо‗ygan  kapitali  Nizom  kapitali  bо‗lib,  uning  faoliyati  uchun  tо‗la  huquqli 
sheriklar birgalikda javob beradilar. Agarda firma sinib, qarzlarni  tо‗lash uchun aktivlari  yetarli 
bо‗lmasa, qolgan qarzni tо‗la huquqda ega bо‗lgan ta‘sischilar о‗z zimmasiga oladi. Bunda uning 
hajmi qanchagacha bо‗lishi mumkinligi ustav kapitalidagi badaliga nisbatan necha marta kо‗pligi 
(firma nizomida belgilanadi) shartnomada kо‗rsatiladi. 
Franchayzing (franchise - imtiyozli) firmalar - bu mayda xususiy firmalar tizimi bо‗lib, u 
yirik  firmalar  qanotida  ish  yuritib,  uning  tovar  markasidan  ma‘lum  hudud  va  muhitda 
foydalanadi. Narxlarga chegirma olish va boshqa imtiyozga ega. Tovarlarni tashishda, uskunalar 
sotib  olish,  kredit  olishda  yordam  beradi.  Bu  mayda  firmalar  yirik  kompaniyalarning  chakana 
sotuvchisi bо‗lib qoladi. 
Venchur (venture - xatarli) firmalari - bu ilmiy izlanishlar bilan shug‗ullanib, ularni ishlab 
chiqarishga  joriy  qilish  bilan  shug‗ullanadi.  Ular  ishining  xatari  yuqori.  Sababi  yaratgan 
yangiliklari, ixtirolari bozor talabiga mos kelmasligi mumkin. Bu turdagi firmalar dastlab AQSH 
da vujudga kelgan, hozirgi paytda boshqa mamlakatlarda ham mavjud. 
Mas‟uliyati  cheklangan  firma.  Uning  kapitali  ham  sherikchilik  asosida  tashkil  etiladi. 
Uning  nomi  kо‗rsatib  turibdi  -  mas‘uliyati,  ya‘ni  majburiyati  cheklangan.  Bu  cheklanish  nizom 
kapitali  doirasida  bо‗lib,  bordi-yu  firma  sinsa,  undan  faqat  nizom  kapitaliga  teng  bо‗lgan 
miqdordagina  pulni  undirish  mumkin.  Tо‗lov  majburiyatidan  ortiqcha  qarzni  hech  qanday  yо‗l 
bilan undirib bо‗lmaydi. Bunday firmalar nomiga odatda «limited» sо‗zi qо‗shiladi. U inglizcha 
«cheklangan» degani. 
Agar  firmada  mulk  egasi  sifatida  sheriklar  miqdori  ortib  ketsa,  u  aksionerlik  jamiyati 
sifatida rо‗yxatdan о‗tishi kerak. Hozirgi paytda firmalarning keng tarqalgan shakli aksiyadorlik 
jamiyatlari yoki korporatsiyalardir. Bu aksiyadorlarning uyushmasi bо‗lib, uning a‘zolari biznes 
ishi  yо‗lida  jamiyatga  birlashadilar.  Jamiyatga  qо‗yilgan  kapitalga  qarab,  maxsus  qimmatbaho 
qog‗oz  -  aksiya  chiqaradilar.  Aksiyani  sotib  olganlar  hissadorlarga  aylanadi  va  foydadan  о‗z 
hissasiga muvofiq - dividend oladi. Aksioner jamiyatlarining yopiq va ochiq turlari bо‗ladi. 
Yopiq  jamiyat  aksiyalari  faqat  ma‘lum  guruh  kishilari,  masalan,  korxona  ishchi-
xizmatchilari  о‗rtasida  tarqatiladi.  Ochiq  jamiyatda  esa  uning  aksiyasi  barcha  xohlovchilarga 
sotiladi. 
Aralash firmalarga ikki nuqtai nazardan qarash mumkin: 
a) turli mulk shakliga asoslangan milliy korxona
b)  milliy va xorijiy kapital asosida vujudga keltirilgan qо‗shma korxona. Ularning kapitali 
hissadorlik  qoidasiga  binoan  tashkil  topali,  foydasi  ham  shunga  qarab  taqsimlanadi. 
О‗zbekistonda hozirgi paytda xorij kapitali ishtirokida tuzilgan 1000 dan ortiq qо‗shma korxona, 
400 atrofida aralash mulkka asoslangan milliy korxonalar faoliyat kо‗rsatmoqda. 
Firmalar  shahobchasi  (filiali)  yirik  firmalarning  tarkibiy  qismi  bо‗lib,  turli  joylarda  ish 
yuritadi.  U  mustaqil  emas,  bosh  firmaning  bir  qismi.  Ish  kо‗lami  hududiy  jihatdan  kengaygan 
sharoitda  firma  bо‗limlari  tashkil  etiladi.  Bu  ayniqsa,  xalqaro  korporatsiyalarga  xos  bо‗lib,  ular 
turli mamlakatlarda о‗z bо‗limlarini ochadilar. 
Korxonalar ishlab chiqargan mahsuloti, ish kо‗lamiga qarab: kichik korxona (biznes), о‗rta 
korxona  (biznes)  va  yirik  korporatsiya  (biznes)ga  ajratiladi.  Buning  uchun  mezon  qilib  firmada 
ishlovchilar soni yoki firmaning ishlab chiqarish va savdo-sotiq hajmi qabul qilingan. 
AQShda ishlovchilar soni necha kishidan iboratligiga qarab, korxonalar 5 toifaga bо‗linadi: 
1) о‗ta kichik korxona (10 kishi); 
2) juda kichik korxona (20 kishi); 
3) kichik korxona (99 kishigacha); 

4) о‗rta korxona (500 kishigacha); 
5) yirik korxona (500 dan ziyod kishi). 
Respublikamizda  sanoat  va  qurilishda  50  kishigacha,  boshqa  ishlab  chiqarishda  25 
kishigacha, fan va ilmiy xizmat kо‗rsatish sohasida 10 kishigacha, chakana savdoda 5 kishigacha 
bо‗lgan korxonalar kichik korxonalar hisoblanadi. Kichik korxonalar yirik korxonalarga nisbatan 
qator afzalliklarga ega. Ular quyidagilar: 
a) tez muddatda qurilishi
b) kapital aylanish tezligining yuqoriligi; 
v)    talabning  о‗zgarishiga  qarab  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  turini  tezda  о‗zgartirish 
imkoniyati; 
g)  mabodo,  korxona  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  sinsa  ham  mulk  egasi  kо‗radigan  zarar 
yirik korxonaga qaraganda kamligi va boshqalar. 
Shuning  uchun  ham  xalq  iste‘mol  mollari  ishlab  chiqarishda  kichik  korxonalar  shubhasiz 
ustunlikka ega. 
Hozirgi  paytda  AQSH  da  iste‘mol  mollari  ishlab  chiqaradigan  umumiy  sanoat  ishlab 
chiqarishning 48 %, Yaponiyada 51 %, Fransiyada 45 %, Germaniyada 25 % i kichik korxonalar 
hissasiga tо‗g‗ri keladi 
Tadbirkorlik.     Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlikka asoslanadi. 
Tadbirkorlik  (ing.  entrepreneur)  insonning  hislati,  uning  erkin,  tavakkal  qilib  foyda  yoki 
boshqa  iqtisodiy  naf  kо‗rish  uchun  о‗z  mulkidan  ham  ayrilib  qolish  xavf-xataridan  qо‗rqmay 
faoliyat  yuritish,  puxta  о‗ylab,  natijasini  kо‗z  о‗ngiga  keltirib  ish  tutish  qobiliyati.  Ana  shu 
qobiliyatga  ega  kishilar  tadbirkor  deyiladi.  Tadbirkorlik  qobiliyatini  ishga  solish,  faoliyatga 
aylantirishning  namoyon  bо‗lishini  g‗arbda  biznes  (business  —  ish,  faoliyat,  mashg‗ulot)  deb 
ataladi. Biznes bilan shug‗ullanuvchilarni esa biznesmen (business  - ish,  man - odam) deyiladi. 
Biznes  bilan  shug‗ullanuvchilarni,  ya‘ni  biznesmenlarni  harbiy  qо‗mondon  bilan  qiyoslash 
mumkin.  U  о‗z  ishini  tamal  toshini  qо‗yar  ekan,  uning  potensialini  vujudga  keltiradi,  oldindan 
strategiyasini ishlab chiqadi, taktikasini belgilaydi. 
Biznesni tashkiliy shaklini g‗arbda uch turga bо‗linadi:  
-individual (xususiy) korxona;  
-sherikchilik; 
-korporatsiY. 
Odatda, tadbirkorlik deganda faqatgina insonning qobiliyati emas, balki uni namoyon qilish 
(yuzaga  chiqarish),  faoliyat  yuritishning  tashkiliy  shakli  ham  tushuniladi,  Lekin  keyingi  paytda 
biznes sо‗zi ham tez-tez ishlatilmoqda. 
Bizning  yurtimizda  tadbirkorlik  faoliyati  bozor  iqtisodiyotiga  о‗tish  bilan  yana  qayta 
jonlandi. Yurtimizda tadbirkorlik uzoq, tarixga ega. Bu avvalo, savdogarlik shaklida rivoj topgan. 
Buyuk  ipak  yо‗li  savdo-sotiqning  о‗z  navbatida  tadbirkorlikni  rivojlanishida  nihoyatda  katta 
ahamiyatga  ega  bо‗lgan.  Qolaversa,  islom  aqidalari  ham  tadbirkorlikning  rivojlanishida  muhim 
rol  о‗ynagan.  Chunki  islom  dinida  mehnat  qilmay  topilgan  daromad  harom  deyiladi.  Har  bir 
inson,  albatta,  biron,  ish  bilan  shug‗ullanishi  darkor.  Buning  natijasida  turli-tuman 
hunarmandchilik,  kulolchilik,  temirchilik,  tikuvchilik,  tuquvchilik,  qandolatchilik  va  hakazolar 
rivojlangan.  Bu  xususiy  tadbirkorlikning  naqadar  rivojlanganidan  darak  beradi.  Shu  bilan  birga 
me‘morchilik  va  sug‗orish  inshootlarining  qurilishi  о‗z  navbatida  jamoatchilikka  asoslangan 
tadbirkorlikni  ham  rivojlanishiga  olib  kelgan  deya  olamiz  I.Shumpeter  esa  tadbirkorni 
novatorligiga  alohida  e‘tibor  beradi.  Uning  fikricha  tadbirkor  deb,  ishlab  chiqarish  omillarini 
yangi  nisbatlarini  (kombinatsiyasini)  izlovchi,  vujudga  keltiruvchi,  shu  bilan  iqtisodiy  о‗sishni 
ta‘minlovchi  kishi  tushuniladi.  Shumpeterning  fikricha  tadbirkor  ishlab  chiqarishda  individual 
xususiy  mulk  egasi  bо‗lishi  shart  emas.  U  bank  boshqaruvchisi  bо‗lishi  yoki  aksioner 
jamiyatining boshqaruvchisi bо‗lishi ham mumkin. 
Tom  ma‘nosi  bilan  mulk  egasi  va  tadbirkorni  yagona  kishi  sifatida  qarash  kredit  vujudga 
kelishi bilan buzila boshladi. Tadbirkorlikni mulkdan ajralishi aksionerlik jamiyatlarida nisbatan 
osongina  kо‗zga  kо‗rinadi.  Korporativ  mulk  aksionerlik  jamiyatida  har  bir  aksiya  egasi  о‗zi 

alohida mulkni tasarruf qilish huquqini yо‗qotadi. Bu yuridik fakt. Ishlab chiqarishda hokimiyat 
mulk  egasidan  ishlab  chiqarishni  tashkil  etuvchiga  о‗tadi.  Mulk  egasining  roli  passivlashib 
boradi. An‘anaviy mulk sifatida tushunilgan aniq buyumlar о‗rniga aksioner bir parcha qog‗oz, 
mulk tituli - aksiyaga ega xolos. 
Korxona  ishi  yuzasidan  aksiya  egasi  shartli  nazorat  о‗rnatadi.  U  korporatsiya  faoliyati 
yuzasidan  javobgar  emas.  Bunday  javobgarlik  mulk  egasi  bо‗lmagan  tadbirkor  -  menejer 
zimmasida  bо‗ladi.  Shunday  qilib,  kredit  munosabatlarining  rivojlanishi  boylikni  individual 
xususiy  mulk  shaklidan  korporativ  xususiy  mulk  shakliga  о‗tishi  tadbirkorni  tasarruf  etishini 
egalik  qilishdan  ajralishiga  olib  keladi.  Bundan  shunday  xulosa  chiqarish  mumkin:  tadbirkorlik 
bilan mulk egaligi о‗rtasida qatiy aloka yо‗q. 
Tadbirkor  natija  qanday  bо‗lishidan  kat‘i  nazar,  qabul  qilingan  qarorga  javobgar  bо‗lishi 
о‗z faoliyatidagi turli muammo va masalalarni yechishda о‗ziga xos kutilmagan yondashuvi, aniq 
yechimlar  topishi,  ya‘ni  turli  yо‗llarini  qidirishi,  xullas  tinmay  izlanishi  bilan  harakterlanadi. 
Bunda asosiy о‗rinda tadbirkor shaxsi turadi. 
Tadbirkor: 
1) novatorlik xislatiga ega bо„lishi; 
2) resurslarni muqobil  ishlata  bilishi, ya‟ni ularning optimal nisbatini topish; 
3) о„z vaqtida zarur qarorni qabul qila bilishi
4) risk qilishga moyil bо„lishi kerak. 
Har  bir  kishi  tadbirkor  bо‗lishi  uchun,  eng  avvalo,  о‗zidagi  xislatlarga  tо‗g‗ri  baho  bera 
olishi  kerak.  Tashkil  etiladigan  turli  kichik  firmalarning  15-20  %  i  qolib,  qolganlari  kasodga 
uchrashining  asosiy  sabablaridan  biri  ham  shunda.  Tadbirkorlik  iste‘dod  va  maxsus 
tayyorgarlikni  talab  etadi.  Adabiyotlarimizda  tadbirkorlik  kо‗proq,  xо‗jalik  yuritish  nuqtai 
nazaridan qaraladi. 
Respublikamizda  qabul  qilingan  tadbirkorlik  tо‗g‗risidagi  qonunda  tadbirkorlikka  shunday 
ta‘rif  berilgan:  «Tadbirkorlik  mulkchilik  subyektlarining  foyda  olish  maqsadida,  tavakkalchilik 
va  mulkiy  javobgarligi  asosida  amaldagi  qonunlar  doirasida  tashabbus  bilan  iqtisodiy  faoliyat 
kо‗rsatishdir».  Umuman  olganda,  tadbirkorlik  risk  qilgan  holda,  mablag„larni  samarali 
sarflab,  ishlab  chiqarish  omillarini  eng  optimal  nisbatini  topib  ishga  tushirish  evaziga 
daromad, foyda olishga qaratilgan, insonlarga naf keltiruvchi, iqtisodiy faoliyatdir. 
Insonning  bilimi  va  bilim  jarayoni  cheksiz-chegarasiz  ana  shu  bilimlar  tushumida 
tadbirkorlik  bilimi  alohida  о‗rin  tutadi.  Tadbirkorlik  bilimi  bu  bozor  iqtisodiyotiga  xos  bо‗lgan 
maxsus  iqtisodiy  faoliyat  iqtisodiy  resurslar  bilan  ta‘minlash,  ularning  samarali  ishlatilishini 
tashkil etish yо‗li bilan tovar va xizmatlar yaratish, ularni bozorga yetkazib borish va foyda olish 
haqidagi bilimlar majmuasidir. 
Bugungi  kunda  tadbirkorlik  bilimining  mukammalligi  nafaqat  tirikchilik  о‗tkazish 
kasbkorga  ega  bо‗lishga  asos  bо‗ladi,  ayni  paytda  u  inson  salohiyatini  undagi  ishbilarmonlik, 
tadbirkorlik  qobiliyatlarini  ruyobga  chiqarishiga  ham  bevosita  kо‗mak  beradi,  ishsizlikni 
kamaytirish aholini bandlik darajasini yuksaltirishga ham xizmat qiladi. 
Yaxshi tadbirkor rahbar bо‗lish uchun, albatta, quyidagi ikki xislat bо‗lishi kerak: 
1.    Sabr-taqat,  boshqalarni  ishlariga  halaqit  bermaydigan  kamchiliklariga  chidash,  toqat 
qilish, sababi odamlarning fazilati, temperamenti har xil. 
2.    Ish  jarayoniga,  uning  sifatiga  ta‘sir  etuvchi  har  qanday  kamchilik,  nuqsonlarga 
toqatsizlik. Ishni talab darajasida bajarilishini nazorat qiling. 
Maqsad qо‗ying va uni kelajakda qanday amalga oshirishni rejalashtiring. Rahbar bо‗lishni, 
о‗z oldingizga maqsad qilib qо‗yar ekansiz, har bir qadamingizni rejalashtiring, о‗z qobiliyatingiz 
imkoniyatingizdan kelib chiqing.  
О‗z  oldingizga  vazifa  qо‗yib,  rahbar  sifatida  о‗z  shaxsiy  hayotingizga,  dam  olishga  vaqt 
ajratib, haftasiga 40 soat sarflab rahbarlikni bajara olasizmi? 
40  soat  ish  vaqtida  dо‗ndirib  rahbarlik  qiladiganlar  sanoqli.  Agar  ular  kabi  qobiliyatingiz 
bо‗lmasa,  oldindan  о‗ylab  kо‗ring,  qо‗lingizdan  keladimi  yoki  yо‗qmi?  Agar  qо‗lingizdan 
kelmasa, boshqa ish topganingiz ma‘qul. О‗zingizni qiynamang. 

Tovar  emas  keladigan  foydani  sotishni  о„rganish  kerak.  Kо‗pchilik  parma  olishni 
xohlamaydi.  Lekin  parma  yordamida  teshilgan  teshiklarga  minglab  sо‗m  pul  tо‗laydi.  Demak, 
parma sotishdan kо‗ra uning yordamida bajarilgan ishlarni sotishni о‗rganish kerak. 
 
4. Marjinalizm: naflilik va xaridor tanlovi nazariyasi. Iqtisodiy xulq-atvorning 
shakllanishi 
 
Iqtisodiy tafakkurni shakllanishini о‗rganishda marjinalizm о‗ziga xos о‗rin tutadi. Shuning 
uchun Iqtisodiy tarbiya nazariyasi ham iqtisodiy xulq-atvor masalasiga alohida diqqat qaratilishi, 
uning iste‘molchi, xaridor tanloviga ta‘sirini о‗rganish zarur bо‗ladi. Bu jihatdan marjinal maktab 
va  undagi  subyektiv-psixologik  yondashuv  iqtisodiy  nazariya  bilan  pedagogika,  psixologiyani 
chambarchas bog‗lanishini kо‗rsatadi. Iqtisodiy xulq-atvorning shakllanishini о‗rganish uchun bu 
nazariyaga alohida e‘tibor qaratishimizga tо‗g‗ri keladi. 
Iqtisodiy  nazariya  tarixida  «Avstriya  maktabi»  nomi  bilan  atalgan  «meyoriy  naflilik» 
nazariyasi asoschilari ne‘matlarning qiymati ularning naf keltirishiga qarab, xaridorning iqtisodiy 
psixologiyasi nuqtai nazaridan aniqlanadi, degan fikrni ilgari surganlar. 
Ular  naflilikni  tovarning  obyektiv  xossasi  bilan  aralashtirmaslik  kerak,  naflilik  bu 
xaridorning  о„z  ehtiyojini  qondirish  nuqtai  nazaridan  bergan  individual  subyektiv 
bahosidir deyishadi. 
Qiymat  nazariyasi  bilan  naflilik  nazariyasining  bosh  maqsadi  turli  iste‘mol  qiymatlarini 
yoki naflilikni taqqoslash muammosini hal qilishdir. 
Olma, tanbur, kostyumdan qay biri foydaliroq? Bir tomondan qarasangiz, bunday savolning 
о‗zi bema‘nilikka о‗xshaydi. Ammo har bir aniq  holatdan kelib chiqadigan bо‗lsak, bu savolda 
jon  bor.  Umumiy  tarzda  olsak,  bu  savolga  javob  berib  bо‗lmaydi.  Bu  meyoriy  naflilik 
nazariyasining xato ekanligini kо‗rsatadigan ishonchli dalil. Lekin yuqoridagi savolga individual 
jihatdan yondashilsa, uni har bir kishi subyektiv tarzda yechadi. Vitamin zarur kishi uchun olma, 
artist  uchun  tanbur,  kostyum  zarur  kishi  uchun  esa  boshqa  narsalardan  kо‗ra  kostyum  afzal. 
Chunki  har  bir  inson  birinchi  galda  eng  zarur  ehtiyojini  qondirishga  harakat  qiladi.  Har  xil 
zhtiyojlar  ichida  eng  zarur  ehtiyojni  qondirish  uchun  turli  tovarlar  ichidan  kerakligini  tanlab 
oladi.  Demak,  u  yoki  bu  tovarni  sotib  olishni  har  bir  inson  subyektiv  tarzda  hal  etadi.  Undan 
tashqari,  inson  ehtiyojini  qondirgan  tovarni  iste‘mol  qilishni  davom  ettirar  ekan,  uning  ehtiyoji 
tobora  tо‗yinib  boradi,  nafliligi  esa  kamayib  boradi.  Masalan,  qorni  och  odam  birinchi  burda 
nonni  katta  ishtaha  bilan  yeydi,  keyingilarini  yegan  sari  tо‗yib,  oxir-oqibat  boshqa  non  yegisi 
kelmay qoladi. Barcha yeyilgan non miqdori tо‗yinish miqdorini ifodalaydi. 
Shaxsiy  iste‘mol  jarayonida  yuz  beradigan  ana  shu  hodisani  nemis  iqtisodchisi  German 
Gossen  (1810-1858)  tadqiq  qilib,  naflilikni  pasayib  borishi  qonuniga  amal  qilishini  kо‗rsatib 
beradi. U bu qonunni «Aynan bir mahsulot bilan ehtiyojlarni qondirishni uzluksiz davom ettirsak, 
borgan  sari  ehtiyoj  tо‗larok,  qondirilib,  oxir-oqibat  tо‗yinadi,  lekin  mahsulotning  nafliligi  esa 
pasayib boradi», deb ta‘riflaydi. Ehtiyoj tо‗yingandan keyin ham iste‘mol davom ettirilsa, u naf 
о‗rniga zarar keltiradi. Demak, iste‘mol qilishda qandaydir meyor bо‗lar ekan. Meyoriy naflilik 
deb qо„shimcha iste‟mol qilingan mahsulotdan qо„shimcha olinadigan nafga aytiladi. 
Ne‘matning qiymatini ana shu meyoriy naflilik belgilaydi.  «Avstriya maktabi» asoschilari 
naflilikni pasayishi qonuniga umumiy tus berishga harakat qilishgan. F. Vizer bu qonun «hamma 
narsaga, ochlikdan tortib muhabbatgacha» tegishli deb kо‗rsatadi. 
Bu  qonunga  binoan  ehtiyojlar  qondirilishiga  qarab  tо‗yinish  darajasi  о‗sadi,  naflilik  esa 
pasayadi,  ya‘ni  ehtiyojni  qondiruvchi  ne‘matning  har  bir  yangi  birligi  avvalgisiga  qaraganda 
kamroq  naf  keltiradi.  Ana  shu  ne‘matning  zaxirasi  talabni  qondirishning  chegarasi  bо‗ladi. 
Zaxiraning  о‗zgarishiga  qarab  chegara  ham  о‗zgaradi.  Meyoriy  naflilikni  YE.  Bem-Baverk,  K. 
Menger  keltirgan  misol  bilan  quyidagicha  tushuntiradi:  tarkidunyo  qilgan,  о‗rmonda  yashovchi 
zohidning  5  qop  doni  bor.  Uning  birinchi  qopi  о‗z  iste‘moli  uchun,  ikkinchi  qop  zaxira, 
uchinchisi  parrandalar  boqish  uchun,  turtinchisi  pivo  tayyorlash  uchun,  beshinchisi  ermakka 
boqilayotgan tо‗tiqush uchun muljallangan. 

     Agar  u  qoplardan  birini  yо‗qotsa,  birinchi  navbatda  tо‗tiqush  boqishdan  voz  kechadi. 
Chunki  u  ehtiyojlarni  qondirish  zarurligi  nuqtai  nazaridan  qaralsa,  eng  oxirida  turibdi.  Donning 
qiymati aynan ana shu beshinchi qopning qadri bilan о‗lchanadi. 
Ana  shu  eng  oxirgi  ehtiyojni  qondiradigan  naflilik  meyoriy  naflilik  bо‗ladi.  Ehtiyoj 
о‗zgarmagani  hodda  zaxira  kо‗paysa,  meyoriy  naflilik  kamaadi,  aksincha  bо‗lsa,  naflilik 
kо‗tariladi.  Shunga  muvofiq  ravishda  narx  ham  о‗zgaradi.  Shunday  qilib,  har  bir  ne‘matning 
qadr-kimmati:  a)  ehtiyojni  qondirishning  zarurlik  darajasiga;  b)  shu  ne‘matning  tо‗kinlik 
darajasiga bog‗liq. 
Naf  umumiy  hamda  meyoriy  nafga  bо‗linadi.  Umumiy  naf  deb,  ma‘lum  tovar  yoki 
xizmatlar  birligi  tо‗plamini  iste‘mol  qilishdan  olinadigan  qoniqishga  aytiladi.  Meyoriy  naf  esa 
iste‘molchining tovar  yoki xizmatning qо‗shimcha birligidan kо‗rgan nafi, ya‘ni umumiy nafga 
qо‗shilgan nafni bildiradi. 
Iqtisodiy nazariyada marjinalizm maktabi naflilikka alohia diqqat-e‘tibor qaratadi. Meyoriy 
naflilik  qanday  о‗lchanadi  va  taqqoslanadi.  Uning  umumiy  о‗lchovi  bormi?  Ana  shu  savollar 
javobiga kо‗ra meyoriy naflilik nazariyasi tarafdorlari ikki yо„nalishga bо„linadi: kardinalistik 
va ordinalistik. 
Kardinalistlar U. Jevons, D. Robertson va boshqalar meyoriy naflilikni absolyut miqdorini 
о‗lchash  mumkin  bо‗lgan  kо‗rsatkichni  topishga  urinishgan,  hatto  shartli  birlik  yutil  (inglizcha 
utility-naflilik)  tushunchasini  ham  kiritishgan.  Lekin  bu  urinishlar  bekor  bо‗lib,  naflilikni  pul 
bilan  о‗lchab,  baholashgan.  Boshqa  guruh  iqtisodchilar-ordinalistlar  meyoriy  naflilik  sof 
subyektiv kо‗rsatkich, uni miqdoriy jihatdan о‗lchab bо‗lmaydi deyishadi. 
Kardinalistlar о‗tkazgan tadqiqotlari asosida iste‘mol qilinayotgan tovar qancha kо‗p bо‗lsa, 
umumiy naflilik ortadi, lekin meyoriy naflilik kamayib boradi degan xulosaga kelishadi. 
Boshqa  tovarlarning  iste‘moli  о‗zgarmasdan  qolgani  holda  biron-bir  tovar  va  xizmatga 
ehtiyoj tо‗yinib borishi bilan bu ne‘matning keyingi birligini iste‘mol qilishdan qoniqish pasayib 
boradi. 
Ordinalistlar, xususan V. Pareto, J. Xiks va boshqalar kardinalistlar qо‗llagan tamoyilidan 
voz  kechishgan.  Ular  nazariyaga  ketma-ket  tartibli  naflilik  tushunchasini  kiritishadi.  Ularni 
fikricha  uni  yordamida  iste‘molchini  shu  tovarga  bо‗lgan  qoniqish  darajasini  kamayib  yoki 
kо‗payib borishini aniqlash mumkin. Lekin ana shu qoniqish darajasini aniqlash mumkin emas. 
Iste‘molchi  о‗z  pulini xohlagancha  ishlatadi.  U  о‗z  ehtiyojini  tо‗liq  qondirishga  harakat  qiladi. 
Biron-bir  tovarni  sotib  olar  ekan,  shu  variantni  boshqa  muqobil  variantlari  bilan  solishtiradi. 
Pareto  meyoriy  naflilikni  absolyut  miqdorini  о‗lchash  о‗rniga  nisbiy  tahlil  qilish  samaraliroq, 
ya‘ni  iste‘molchi  (xaridorlar)ni  ma‘lum  bir  tovarlar  tо‗plamidan  ikkinchisini  ustun  qо‗yish, 
tanlashini о‗rganish afzalroq  deydi. Bunday tahlil befarqlik egri chizig‗i orqali tushuntirilgan. 
Bu  neoklassiklar  tomonidan  kо‗pgina  mikroiqtisodiy  jarayonlarni  tanlov  muammosi  bilan 
bog‗liq  holda  ne‘matlarni  optimal  tо‗plamini  ishlab  chiqarish  omillarini,  dam  olish  bilan  ish 
vaqtini nisbatini aniqlashda foydalanilgan. 
 
Takrorlash va munozara uchun savollar 
 
1. Iqtisodiy xulq-atvorni shakllanishiga qanday omillar ta‘sir qiladi? 
2.  Klassik  bixeviorizmga  kim  asos  solgan  va  ilgari  surilgan  konsepsiyaning  mazmunini 
aytib bera olasizmi? 
3. Ekstroversiya deganda nimani tushunamiz? Introversiya - degandachi? 
4. Shaxsning xulq-atvorini belgilovchi ikki tomon nimalarda ifodalanadi? 
5.  Inson uchun eng cheklangan resurs vaqt haqida nimalar deya olasiz? 
6. Qanday pedagogik qonunlar amal qilinadi, ularni sanab, mazmunini izohlab bering. 
7. Iqtisodiy atamalar deganda nimani tushunamiz? Ular shaxs xulq-atvorini shakllantirishda 
qanday о‗rin tutadi? 
8. Bitim, shartnoma nima? U iqtisodiy xulq-atvorni shakllanishida qanday rol о‗ynaydi? 

9.  Tadbirkorlik  deganda  nimani  tushunasiz?  Uni  iqtisodiy  pedagogikada  о‗rganilishiga 
qanday qaraysiz? 
10.  Firma  iqtisodiy  atama  sifatida  nimani  ifodalaydi?  Uni  mohiyati,  turlarini  iqtisodiy 
tarbiya nazariyasi о‗rganishdan maqsad nima? 
11.  Raqobat  nima?  Nima  sababdan  davlat  raqobatchilik  muhiti  yaratishi  zarur?  Uni 
о‗rganish orqali talabalarning iqtisodiy tafakkurida о‗zgarish yuz beradi deb о‗ylaysizmi? 
 
6-Ma‟ruza:  IQTISODIY XULQ-ATVORNING SHAKLLANTIRISH 
 
Reja 
 
1.  Insonlarning  xulq-atvoriga  kо‗ra  kutilayotgan  naflilikka  munosabatini  shakllanishi  va 
tavakkalchilik xatari  
2.  Iqtisodiy  tarbiya  nazariyasi  axborotni  asimmetrik  tarqalishi  va  uning  iste‘molchi 
tanloviga ta‘sirini о‗rganish 
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xо‗jalik yuritish 
4.  Bozor  iqtisodiyotida  chayqovchilik,  uni  inson  xulq-atvori  bilan  bog‗liqligi  va  iqtisodiy 
pedagogikada о‗rganish zaruriyati. 
 
 Asosiy  tayanch  tushunchalar  va  atamalar:  Axborotni  asimmetrik  tarqalishi,  nobop 
tanlov, risk, chayqovchilik. 
 
Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling