Qarshi tumani 20-umumiy o'rta ta'lim maktabining Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Yangiboyeva Sevaraning IV chorak 9-sinf ona tili fani uchun yozgan tezisi


Download 18.73 Kb.
Sana20.11.2020
Hajmi18.73 Kb.
#148553
Bog'liq
9-sinf ona tili tezis[1]


Qarshi tumani 20-umumiy o'rta ta'lim maktabining

Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Yangiboyeva Sevaraning

IV chorak 9-sinf ona tili fani uchun yozgan tezisi

N -

Sana

Mavzu

Uyga

vazifa

Tezis

Fan o`qi-tuvchisi

1.

30-mart

2020-yil


Matn va uning turlari.

Tasviriy matn



204-mashq

Mavzu:Matn va uning maqsadi.Tasviriy matn

O'zaro va tarkiban bog'langan gaplar ketma-ketligidan iborat yozma va og'zaki shakldagi yaxlit birlik matn sanaladi.Matn tuzuvchi muayyan voqea-hodisa yoki narsa,shaxs haqida hikoya qilish,ularni tasvirlash yoki ular haqida muhokama yuritish kabi maqsadlarni ko'zda tutishi mumkin.Mazkur maqsadlarga muvofiq matnlarning turlari:

1.Hikoya matni

2. Tasviriy matni

3.Muhokama matn.

Muayyan voqea-hodisa yoki narsa shaxsni tasvirlash,tavsiflash,ta'riflash maqsadida tuzilgan matn tasviriy matn sanaladi.Tasviriy matn so'zlashuv ,badiiy asarlar va boshqa nutq shakllarida qo'llanadi.



Yangiboyeva Sevara

2.

2-aprel. 2020-yil

Muhokama matni


215- mashq

Mavzu: Muhokama matni

Muhokama matni yuzasidan tushuncha berishdan avval , matn turlari xususida to`xtalib o`tildi. Mavzu haqida o`quvchilarga tushuncha va bilim berildi,shuningdek,darslikda keltirilgan topshiriqdagi matn asosida tushuntirildi. Matn Alibek Rustamovning “So`z haqida so`z” kitobidan olingan. Matnda keltirilgan ayrim so`zlar izohi aytib o`tildi. M: shab - tun; ro`zi shab - kun-u tun; dehqon – forschada yer egasi. Kitobda berilgan qoida o`quvchilarga tushuntirildi. Muayyan voqea-hodisa yoki narsa, shaxs haqida muhokama yuritish, mulohaza bildirish maqsadida tuzilgan matn muhokama matni sanaladi. Muhokama matni ko`proq ilmiy asarlarda, shuningdek, badiiy, so`zlashuv va boshqa nutq shakllarida qo`llanadi.Darslikdagi 212-214-mashqlar o`z shartiga muvofiq bajarildi. Uyga vazifa 215-mashq berildi. Alisher Navoiyning “Oldiga qo`yganni yemoq hayvonning ishi, Og`ziga kelganni demoq – nodonning ishi” hikmati ustida o`ylab matn tuzish.



Yangiboyeva Sevara.

3.

6-aprel

Matn turlari

Darslikdagi 211-mashq asosida bayon yozish

Mavzu: Matn turlari

O`tilgan darsda berilgan uyga vazifa so`raldi. Quyi sinflarda o`rganilgan so`z, so`zlargan gaplar, gaplarning uzviy bog`lanishidan matn tuzilishi haqidagi bilimlar yodga olindi.Darslikda berilgan topshiriq bajarildi. O`quvchilarga yangi mavzu haqida tushuncha berildi .O`zaro va tarkiban bog`langan gaplar ketma-ketligidan iborat yozma yoki og`zaki shakldagi yaxlit birlik matn sanaladi.Matn tuzuvchu muayyan viqea-hodisa yoki narsa, shaxs haqida hikoya qilish, ularni tasvirlash yoki ular haqida muhokama yuritish kabi maqsadlarni ko`zda tutishi mumkin. Mazkur maqsadlarga muvofiq matnlar 3 turga bo`linadi: 1) hikoya matni; 2) tasviriy matn; 3) muhokama matni.

Uyga vazifa :Ijodiy bayon.” Xatosi tuzatib bo`lmaydigan kasblar”




4.

9-aprel

Matn va gap

220-mashq

Mavzu: Matn va gap

O`tilgan darsda berilgan uyga vazifa so`raldi. O`rganilgan bilimlar mustahkamlandi.Matn va gap haqidagi bilimlar yodga olindi.Darslikda berilgan topshiriq bajarildi.(matn tarkibidagi sodda va qo`shma gaplar aniqlandi)

O`quvchilarga yangi mavzu haqida tushuncha berildi .Matn tarkibidagi gaplar tuzilishiga ko`ra sodda ham, qo`shma ham bo`laverishi mumkin. Ular mazmunan va mantiqan bir-biri bilan bog`langan bo`ladi. Muayyan so`z va grammatik shakllar bu bog`lanishni ko`rsatib turadi.

Uyga vazifa:220-mashq.Matnni ko`chiring. Sodda va qo`shma gaplarni aniqlab, gaplar orasidagi bog`lanishni tushuntiring.







N -

Sana

Mavzu

Uyga

vazifa

Tezis

O`qituvchi


5

13-aprel. 2020-yil

Tinish belgilari va ularning nutqdagi ahamiyati

225- mashq

Mavzu: Tinish belgilari va ularning nutqdagi ahamiyati

Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishda hayotiy misollar keltirildi. O’qituvchi o’quvchilarga punktuatsiya bo’limi yuzasidan o’zlashtirganlarini eslatdi. O’zbek tilida o’nta tinish belgisi bo’lib, ularning ishlatilish o’rinlari haqida tushuncha berdi.222-mashqda berilgan O’tkir Hoshimovning fikri orqali o’quvchilarga kitob mutolaasi bo’yicha tarbiyaviy tushuncha berildi.

Uyga vazifa: 225-mashq. Tushirib qoldirilgan tinish belgilarni o’rniga qo’yib, matnni ko’chiring.


Yangiboyeva Sevara

6.

16-aprel

Nuqta va vergulning ishlatilishi


229-mashq

Mavzu: Nuqta va vergulning ishlatilishi

O’qituvchi o’tilgan mavzuni savollar berish orqali mustahkamladi. Nuqta va vergulning qachondan ishlatila boshlaganligi , qaysi o’rinlarda ishlatilishi haqida tushuncha berildi. Badiiy asarlardan shu tinish belgilarining ishlatilishiga doir misollar keltirildi. Erkin Vohidovning vergul haqida bitilgan hazilnamo she’ridan parcha aytib, o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini oshirdi. Vergulni yana nimaga qiyoslash mumkinligi haqida o’ylab ko’rishlarini aytdi.

Uyga vazifa: 229-mashq.Matnni o’qing, nuqta va vergulning ishlatilish sabablarini ayting. Qaysi kitobni yoqtirasiz, shu haqda fikringizni yozing.


Yangiboyeva S.


7.

20-aprel.

So`roq va undov belgilarining qo`llanishi

234-mashq

Mavzu: So`roq va undov belgilarining qo`llanishi

O`qituvchi bolalarning fanga bo’lgan qiziqishini oshirish maqsadida badiiy bo’yoqdor so’zlardan, ta’sirchan fikrlardan foydalanishga harakat qildi. So’roq belgisining nimalarga o’xshatilishi haqida qiziqarli ma’lumotlarni aytib o’tdi. Turli misollar keltirish orqali har ikkala tinish belgisining ishlatilishini tushuntirib o’tdi. Darslikda mavjud bo’lmagan ma’lumot, ya’ni so’roq va undov belgisining gap ichida qavsga olib berilshi orqali qanday ma’no ifodalanishini tushuntirib o’tdi.

Uyga vazifa:234-mashq. Behzod Fazliddinning berilgan fikriga munosabat bildiring va matn tuzing. Unda so’roq va undov belgilaridan foydalaning.

Yangiboyeva S.



8.

25-aprel.

Ikki nuqta va nuqtali vergulning ishlatilishi

241-mashq

Ikki nuqta va nuqtali vergulning ishlatilishi

Ikki nuqta shaklan tugallangan,lekin mazmunan keyingisi birinchisining uzviy davomi sanalgan bog'lovchisiz qo'shma gaplarda ,shuningdek,ko'chirma gapdan oldin kelgan muallif gapi,uyushiq bo'laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so'zdan keyin ishlatiladi.

Bog'lovchisiz qo'shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar mazmun jihatidan tugal fikrni anglatib,bir-biriga yaqin bo'lmagan hollarda bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibiga kirgan sodda gaplardagi voqealar bir-biriga qiyoslanganda,uyushiq bo'laklar guruhlanib ,o'zaro vergullar yordamida bir-biridan ajratilganda,nuqtali vergul qo'llanadi.


Yangiboyeva S

9.

27-

aprel


Tire va qo'shtirnoqning ishlatilishi

246-mashq

Tire va qo'shtirnoqning ishlatilishi

Tire dialoglardagi har bir gapning boshida,bog'lamasiz qo'llangan ot kesim bilan ega orasida ,uyushiq bo'laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so'zdan oldin ,muallif gapi bilan ko'chirma gap orasida ,ayrim so'z yoki gaplar izohlansa,ularning orasida,zid ma'noli bog'lovchisiz qo'shma gaplar orasida ishlatiladi.

Ko'chirma gap qo'shtirnoqqa olinadi.Ko'chma ma'noda kelgan so'zlar qo'shtirnoqqa olinadi.


Yangiboyeva S

10.

30-

aprel


Ko'p nuqta va qavs belgisining ishlatilishi

252-mashq

Ko'p nuqta va qavs belgisining ishlatilishi

Kiritma gaplar ,remarkalar,izoh ma'nosidagi so'z yoki so'z birikmalari shaxs,joy,asar,hodisa va shu kabilarning ikki xil shakli berilsa,ulardan biri qo'sha olinadi.

Mazmunan tugallanmay qolgan gaplar oxirida,matn qisqartirilsa,fikr bo'lib-bo'lib ifoda qilinsa yoki duduqlanib aytilsa ,tushirib qoldirilgan harf,so'z yoki boshqalar o'rnida ko'p nuqta ishlatiladi.

Yangiboyeva S

11.

4-

may


Mustahkamlash

6-topshiriq

Mustahkamlash

Yuqoridagi matn asosida " Vijdon nima? " mavzusida og'zaki matn tuzing.

O'quvchini mustaqil fikrlashi,savodxonligi tekshiriladi


Yangiboyeva S

12

7-

May


Ijodiy ish

Takrorlash Mashqlar bajarish

O'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish va ularning til boyliklaridan erkin foydalana olishni o'rgatish uchun ijodiy ish topshirildi.Erkin firlab "Xotira abadiy"mavzusida ijodiy matn yaratish.

Yangiboyeva S

13.

11-may

Ish qog'ozlari ustida ishlash

257-mashq

Ish qog'ozlari ustida ishlash

Ariza,bildirishnoma,tilxat,tushuntirish xati,bayinnima,ishonchnoma va shu kabi hujjatlar rasmiy uslubda yoziladi

Muayyan nutqiy qolip,qat'iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo'lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi.


Yangiboyeva S

14.

14-may

Takrorlash Qo'shma gaplar bo'yicha o'tilganlarni takrorlash

262-mashq

Takrorlash Qo'shma gaplar bo'yicha o'tilganlarni takrorlash

Quyidagi savollarga javob yozing.

1. Qo'shma gaplar deb nimaga aytiladi?

2. Qo'shma gaplar necha turli bo'ladi?

3. Bog'lovchisiz qo'shma gaplar deb nimaga aytiladi?

4. Bog'langan qo'shma gap deb nimaga aytiladi?

5. Ergashgan qo'shma gap deb nimaga aytiladi?

259-mashqni daftarga bajaring.



Yangiboyeva S

15.

18-may

Ko'chirma va o'zlashtirma gap,tinish belgilari bo'yicha o'tilganlarni takrorlash

267-mashq

Ko'chirma va o'zlashtirma gap,tinish belgilari bo'yicha o'tilganlarni takrorlash

Quyidagi savollarga javob yozing:

1. Ko'chirma gapli qo'shma gap deb nimaga aytiladi?

2. Ko'chirma gapli qo'shma gap qanday qismlardan tashkil topadi?

3. Ko'chirma gapli qo'shma gaplar qanday tinish belgilari bilan yoziladi?

4. O'zlashtirma gap deb qanday gaplarga aytiladi?

5. Ko'chirma gaplar qanday qilib o'zlashtirma gapga aylantiriladi?

263-mashqni bajaring.



Yangiboyeva S

16.

21-may

Mavzu: Matn turlari va ularning nutqdagi ahamiyati.


Mustaqil topshiriq:

Ta‘tilda kundalik tutib unda yozadigan matnlaringizga e‘tiborli bo‘ling.

Mavzu: Matn turlari va ularning nutqdagi ahamiyati.

Bizga ma‘lumki, matnning hikoya, tasviriy va muhokama turlari bor.

Hikoya matni hikoya qilish, tasviriy matn tasvirlash, tavsiflash, muhokama matni esa muhokama qilish, tahlil vazifalarini bajaradi.

Matnga qo‘yiladigan talablar:

1. Mos sarlavha qo‘yish.

2. Matndagi asosiy g‘oyalarni anglab olish.

3. Matnning qaysi turi ekanligi va unga xos xususiyatlarni anglash.

4. Matn ijodkorining mahoratini belgilash.

5. Matnning tili: matn yaratuvchining so‘z tanlay olish mahorati.


Yangiboyeva S.



Qarshi tumani 20-umumiy o'rta ta'lim maktabining

Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Yangiboyeva Sevaraning

9-sinf adabiyot fanidan IV chorak uchun yozgan tezisi

N-

SANA :

MAVZU:

UY ISHI

TEZIS

FAN O'QITUVCHISI

1.

31- mart

Mustaqil o'qilgan asarlar yuzasidan savol-javoblar

Badiiy asar o'qish

Mustaqil o'qilgan asarlar yuzasidan savol-javoblar

O'quvchilarga Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar"romanini mustaqil o'qish topshirig'i berilgan edi. O'quvchilar o'zlari o'zaro savollar yozishib,bilimlarini sinaydilar.Asar haqida savollar beriladi.

Masalan:Asardan olgan xulosangiz qanday?

Asarda yozilgan davr muhitiga munosabatingizni bildiring.

Asarda siz uchun ijobiy va salbiy qahramonlarga ta'rif yozing.


Yangiboyeva Sevara

2.

3-

aprel


Uilyam Shekspir hayoti va ijodi

"Hamlet"fojeasi



Darslikdan 291-294-sahifalarni o'qish

Uilyam Shekspir hayoti va ijodi "Hamlet"fojeasi

Ingliz shoiri ,dramaturgi,aktyori Uilyam Shekspir 1564-yilning 23-aprelida Yorkshir grafligidagi Stratford shahrida dunyoga keldi.

1593-yilda "Venera va Adonis"dostoni,1594-yilda "Lukresiya","Greta Inn","Xatolar komediyasi","Qirol Lir","Romeo va Juletta","Hamlet","Otello","Makbet"kabi asarlari dunyo yuzini ko'rdi.Jamol Kamol tomonidan tarjima qilingan.1616 -yilning 23-aprelida vafot etgan.


Yangiboyeva S.

3.

4-

aprel


"Hamlet"fojeasi

294-309-sahifalarni o'qib o'rganish

"Hamlet"fojeasi

Bu asar 1601-yilda yozilgan.Fojeaviy asar hisoblanadi.

Bu asarni Cho'lpon mohirona tarjima qilgan.

"Hamlet" fojeasida insoniyat paydo bo'lganda beri yonma-yon kelayotgan ezgulik va yovuzlik,xiyonat va sadoqat,jinoyat va jazo singari sifatlar o'rtasidagi kurash tasvirlangan.



Yangiboyeva S.

4.

7-

aprel


"Hamlet "fojeasi

309-324-sahifalarni o'qib o'rganish

"Hamlet"fojeasi

Asar qahramonlari:

Hamlet-Avvalgi qirolning o'g'li,hozirgi qirolning jiyani

Klavdiy-Daniya qiroli

Horatsio-Hamletning so'zi

Marsell-Askar

Poloniy-Saroy noziri

Laert-Poloniyning o'g'li

Gertruda-Daniya qirolichasi,Hamletning onasi.

O'quvchilarga asar haqida testlar topshirildi.



Yangiboyeva S.

5.

8-

aprel


(qo'sh)

"Hamlet"fojeasi to'g'risida

325-328-sahifalarni o'qib o'rganish

"Hamlet"fojeasi to'g'risida

Tragediyadagi voqealar rivoji davomida asardagi har bir personaj o'ziga xos tabiatini namoyish etadi. Obrazlarning fe'li ularning taqdirlarini belgilaydigan omil bo'ladi. Fojiada halollik va aldov ,aql va shumlik,yovuzlik va mardlik o'rtasidagi kurash hamda hayotning evaziga bo'lsa-da ,yorug' kuchlarning g'alabasi mahorat bilan tasvir etiladi.



Yangiboyeva S.

6.

10-

aprel


Asar timsollariga ta'rif

Asardagi timsollar haqida yozish

Asar timsollariga ta'rif

Hamlet-samimiy odam.U turlanishni,kishilar ko'ziga o'zini boshqacha ko'rsatishni istamaydi.Mehribon o'g'il,oriyatli yigit bo'l bank uchun ham otasi o'limini juda og'ir kechiradi.

Hamlet dardini bozorga solmaydi,odamlarga tomosha ko'rsatishni baxtsizligi bilan ularning rahmini keltirishni istamaydi.


Yangiboyeva S.

7.

14-

aprel


Insho:

Hamlet timsoliga tavsif



Insho yozish

Insho:

Hamlet timsoliga tavsif

O'quvchilarga asardagi Hamlet timsoliga tavsif yozish topshiriq beriladi.Rejani murakkab shaklda tuzadilar.Mustaqil fikrlarini bayon etadilar.


Yangiboyeva S.

8.

17-

aprel


Ch.Aytmatov hayoti va ijodi

329-331-sahifalarni o'qish

Ch.Aytmatov hayoti va ijodi

Ch.Aytmatov 1928-yil 12-dekabrda Qirg'izistonning Talas vodiysidagi Shakar ovulida tug'ilgan.

1956-1958-yillarda Moskvadagi Oliy adabiyot kursida o'qiydi.1957-yil "Yuzma-yuz",1958-yil "Jamila", ,Birinchi muallim","Alvido,Gulsari","Oq kema","Asrga tatigulik kun" kabi asarlari ko'plab tillarga tarjima qilingan.

Ch.Aytmatov 2008-yil 10-iyunida sakson yoshida og'ir xastalikdan vafot etdi.



Yangiboyeva S.

9.

18-

aprel


"Asrga tatigulik kun" romanidan parcha

331-335-sahifalarni o'qish

"Asrga tatigulik kun" romanidan parcha

Ch.Aytmatovning bu asari 1989-yilda yozilgan.Asarda odamning insoniy qiyofasini belgilaydigan asosiy ko'rsatkichlar ;o'zlikni anglash,o'zgani tushunish,tarixiy ildizlarni bilish,undan faxrlanish singari tushunchalar ekanligi va bulardan ayrilish,mohiyatiga ko'ra ,odamlik qiyofasini yo'qotish ekani qahramonlar talqinida ko'rsatilgan. Parchani o'qish.



Yangiboyeva S.

10.

21-

aprel


"Asrga tatigulik kun"romanidan parchani o'rganish

336-344-sahifalarni o'qish

"Asrga tatigulik kun"romanidan parchani o'rganish

Asardagi keltirilgan qahramonlar:Edigey,Sobitjon va Kazangap qahramonlarini ifodalab bering.

Asardagi joy nomlari haqida daftaringizga yozing va testlar tuzing.


Yangiboyeva S.

11.

24-

aprel


(qo'sh.)

"Asrga tatigulik kun"romanidan parcha o'qish

344-355-sahifalarni o'qish

"Asrga tatigulik kun"romanidan parcha o'qish

Asarda Nayman ona haqidagi rivoyat keltirilgan.Shu rivoyatda uning o'g'li Jo'lamonning dushmanlar tomonidan manqurtga aylantirishi,onasining o'g'lini qutqarish uchun ko'p bora uringanligi afsuski farzandi uni tanimaydi.Ona juda qayg'uradi.O'g'li uchun jonini fido qiladi.Ona shunday deydi: "Yerdan mahrum etish mumkin,mol - dunyodan mahrum etish mumkin,hatto,insonni yashashdan mahrum etish mumkin,hatto odamni xotirasidan mahrum etishni kim o'ylab topdi ekan,bunga kimning qo'li bordi ekan?! Yo rabbim ,agar olamda bor bo'lsang,bandalaringga bu yovuzlikni qanday ravo ko'rding.Yer yuzida usiz ham yovuzlik kammidi?



Yangiboyeva S.

12.

25-

aprel


(qo'sh)

Savol va topshiriqlar bilan ishlash

356-sahifadagi savol va topshiriqlar bilan ishlash

Savol va topshiriqlar bilan ishlash

356-sahifadagi savol va topshiriqlar bilan ishlash

Asarda berilgan savollarga javob yozing.


Yangiboyeva S.

13.

28-

aprel


Asardagi lug'atlar bilan ishlash

Lug'atlarni o'rganib yodda tutish

Asardagi lug'atlar bilan ishlash

Asarda keltirilgan ayrim so'zlarning hozirgi kundagi ma'nosi va joy nomlarini daftaringizga tushurib oling,lug'at shaklda va yod oling.

Jungjang-qabila

Tulub-o'lgan bo'taloqning somon tiqilgan jasadi.

Manqurt-o'zligini yo'qotgan inson

Nayman ona-o'z o'g'li uchun jonini fido qilgan ayol.



Yangiboyeva S.

14.

29-

aprel (qo'sh)



"Asrga tatigulik kun"romani to'g'risida

356-357- sahifalarni o'qib o'rganish

"Asrga tatigulik kun"romani to'g'risida

Yozuvchi bu romanga X asrda yashab o'tgan arman yozuvchisi Grigor Narikatsining "Musibatnoma" kitobidan "Bu kitob jism-u fig'omildir mening,

Bu kalom jon-u jahonimdir mening" satrlarining epigraf qilib olinishida ham teran ma'no bor. Ch.Aytmatov uchun bu asar "jon-u jahon" ning o'zi edi.


Yangiboyeva S.

15.

2-

aprel


(qo'sh)

Asar haqida mustaqil badiiy matn yaratish

Ijodiy ish yozish

Mavzu:


Manqurtlik va zamonamiz

Asar haqida mustaqil badiiy matn yaratish

Ijodiy ish yozish

Mavzu:

Manqurtlik va zamonamiz



O'quvchilar asardan olgan taassurotlarini yozadilar.

Yangiboyeva S.

16.

5-

may


Badiiy asar pafosi

358-sahifani o'rganib,daftarga yozish

Badiiy asar pafosi

Pafos yunoncha "ehtiros","hissiyot","iztirob" ma'nolarini anglatuvchi "pathos"so'zidan olingan.

Adabiy atama sifatida esa asarga singib ketgan,undagi badiiy tasvirning yo'nalishini belgilab beradigan jo'shqin tuyg'u va ko'tarinki ruhni anglatadi.


Yangiboyeva S.

17.

8-

may


O'ljas Sulaymonov hayoti va ijodi

359-360-sahifalarni o'qib daftarga yozish

O'ljas Sulaymonov hayoti va ijodi

Taniqli qozoq adibi O'ljas Sulaymonov 1936-yilning 18-may kunida Qozog'istonning Olmaota shahrida tug'ildi.

Asarlari:"Arg'umoqlar","Quyoshli tunlar","Maymun yili","Sharofatli vaqtlar","Az i Ya"

Shuningdek,O'ljas Sulaymonov hayoti va ijodiga oid slaydlar va video darslar guruhga jo'natdim.



Yangiboyeva S.

18.

12-

may


O'ljas Sulaymonov she'rlari

"ARG'UMOQ" she'rini yod olish

O'ljas Sulaymonov she'rlari

Arg'umoq

(Azim Suyun tarjimasi)

Yilqisi bilan mashhur,

Qadim qipchoq yerida

Oqib boradi uyur,

Kuygan o'tlar selida

Tomirimda qaynar qon,

Tulporidan saylab ber.

Yeldiray misli bo'ron

Ostin-ustin bo'lsin yer.

O'quvchilar she'rni yod oling.




Yangiboyeva S.

19.

15-

may


Imom al-Buxoriy hadislari

5 ta hadis yod olish

Imom al-Buxoriy hadislari

Imom al -Buxoriy avlodlarga boy va qimmatli ilmiy meros qoldirgan bo'lib,u yozgan asarlarning soni yigirmadan ortiq.Sahih hadislar to'plamiga tartib berishdek sharafli ishni birinchi al-Buxoriy boshlab bergan.Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning aytganlari ,ko'rsatmalari,biror masala yuzasidan bergan qarorlari hadis sanaladi.Hadislardan yod oling.



Yangiboyeva S.

20.

19-

may


G'azal haqida ma'lumot

G'azal yod olish

G'azal haqida ma'lumot

G'azal jarni mumtoz adabiyotimizda eng nozik she'riy turlardan biri hisoblanadi.

G'azal so'zining ma'nosi "oshiqona so'z 'degan ma'noni anglatadi.

Mumtoz adabiyotimizga Ollohga bo'lgan muhabbatlarini g'azal orqali ifodalashgan.G'azalning 5-7-9-11 baytlisi ko'p uchraydi.

Ma'tla-birinchi bayt,Ma'qta-oxirgi bayt. Bunda shoirning taxallusi qo'llaniladi.

Ushbu yil o'tilgan g'azallardan yod oling




Yangiboyeva S.

21.

22-may










Yangiboyeva S.

Download 18.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling