Qashqadaryo viloyati Nishon tumani


Download 416 Kb.
Sana16.05.2020
Hajmi416 Kb.
#106813
Bog'liq
Hamraqulova M.D.


Qashqadaryo viloyati Nishon tumani

3- umumiy o’rta ta’lim maktabining VI “A” sinf o`quvchisi Xamraqulova Ma’mura Dilshod qizining She’rlar to`plami

Bahorim

Tog`lardan oqadi sharqirab soylar

O`tadi yillaru takroran oylar

Kishnaydi ko`klamda sakraydi toylar

Bahorim sen mening qalbim elchisi,

Ishqingda parvona tanho o`ychisi.

O`shal kechalarda seni kutgandim

Izingdan termulib kutib qolgandim

Ketganing eshitib takror so`lgandim

Ey bahor, shunchalar go`zalsanmi ayt,

Sog`indik biz seni bir ozgina qayt

Sening quchog`ingda kiyindi tog`lar

Gulladi biz kutib, quvongan bog`lar

Eslasak arziydi birlashgan chog`lar

Ey bahor, shunchalar sahiysanmi ayt,

Eslaylik biz seni bir ozgina payt.

Ko`zlarim termulib toldi yo`lingda

Quvonchim, shodligim qoldi kuyingda

Men sening oshig`ing, sening o`yingda

Bahorim ishqingda yongan qizingman,

Lolayu, rayhoning men ham gulingman.

Hush va Tush

Sokin tun bag`rida, hayot taftida

Gulladi hayolan mening bog`larim.

Mayli tushdabo`lsin mayli hayotda

Armonga aylanmay qolsin so`zlarim

Hayolan qalbimda gullar ochilsin

O`riklar gullasin, bog`ga aylansin

Gulchechak taqishsin, gullar terishsin

Qir-u adrlarda chechak ochilsin.

Men uchun shart emas hushimda bo`lish,

Mayliga tushimda quvonib turay

Kelmasin hayolga ertaga so`lish,

Mayliga bir umr shu tushnu ko`ray.

Tushimga kirdi

Ko`nglimning tabida yotganda bahor

Qishning ayoz kunlari edi

Gullar ham, qushlar ham kuylardi nahor

Bu mening hayolu, tushlarim edi

Nafislik ko`rkidir, nafislik sabri

Yog`ardi gohida mayin yomg`iri

Shitirlar gohida tomchi shudringi

Bahorning kunlari tushimga kirdi

Doimo talpinib u tomon yurak

Go`yoki osmonga chiqsa kamalak

U tomon talpinib shamol ham halak

Bahorning kunlari tushimga kirdi.

Qushlar ham talpindi u tomon yana

Gullar ham kulyapti yana va yana

Tog`lar ham tik turdi yana bir qara

Bahorning kunlari tushimga kirdi.

Vatanim

Vatanim ta`rifing etolmay bayon

Ta`rifing botmog`in etmoqqa ayon

Yoningda tursam ham sog`inib hamon

Jannatda topilmas shu yurtday diyor,

Topsam ham ta`rifin eturman tamom

Vatanim, go`zalsan, yolg`izim o`zing

Vatanim, ko`rkamsan, dardkashdir so`zing

Vatanim, onasan, sirdoshim o`zing

Vatanim onaga o`xshaysan o`zing,

Ona deb ataymu aytgil sen o`zing.

Vatanim ko`kraklar tekkan diyorsan

Vatanim buyuklar o`sgan makonsan

Layli – majnun o`sgan saroysan

Vatanim men seni nima deyayin?,

Ko`ksim egib, bosh egib, ta`zim qilayin.

Vatanim sensiz men hasga o`xshayman

Quyoshda qurigan bargga o`xshayman

Ma’noyu mantiqsiz so`zga o`xshayman

Vatanim boringga ming bora shukur,

Shukurlar aytaman, ollohga shukur

Umrda

Bu dunyo aslida sinovdir yomon

Taning but, to`ning but bo`lganda omon

Har kuning muhtojda o`tsa ham hamon

Nolima hayotdan shukur ayt inson

Mol – dunyo bir kunlik ming kunlik emas

Nodon do`st pul uchun do`st uchun emas

Haqiqat chin uchun yolg`onga emas

Haqiqat onlarim kutib yashagin

Birov yaxshi inson birovdir yomon

Yomonlar dastidan yuzingdir somon

Bu g`ozal umringni etmagin hazon

Hammaga yaxshi ko`z bilan qaragin

Ollohim hammaga hayot tilaydi

Gohida insonda najot bo`lsaydi.

Hammaning davlati birdek bo`lsaydi,

Inson-insonlarga birdek boqsaydi.

Ollohim birovga pul bergan ammo,

Farzanddan bermagan nolishi uchun

Odamlar sir ochar yaxshiga ammo

Sotqinga ochmaydi sadosi uchun

Opamga

Bahor edi gullar kulgandi

Maysa chiqib yayrab turgandi.

Mening dilim, ko`nglim so`ngandi

Opamlarga yor-yor aytganda.

Ko`zlarimdan oqandi yoshlar

Kipriklarim namga to`lgandi.

Bag`rimga otilar sog`inchli yoshlar

Bo`larim bo`lganim shunda bo`lgandi.

Opajon qadringiz bo`lak ediku

Mehrimga mehringiz bo`lak ediku.

Sog`insam ko`zyoshim tonar ediku

Opajon ko`zyoshim daryo bo`ldiku.

Yig`lamang ko`zlariz namga to`lmasin

Kuyinmang dilingiz alam chekmasin.

Opajon dilingiz sog`inch bilmasin

Dardimga sheriksiz opajonginam,

Opa, opajonim opajonginam.



Singlimga baxshida

Guldek ochilib quvnab-quvonib

Yashagin bu yorug` olamda singlim.

Sochilib ul mehring kulib jilmayib

Yashagin shodlanib singiljon-singlim.

Opajon deganing men uchun bayram

Yayra shu diyorda yayragin shu dam.

Teng emas senga hech go`zal gullar ham

Singiljon men seni har doim suygayman.

Men seni alishmam ayt o`zing kimga

O`xshaydi pok qalbing zilol suvlarga.

Tegmasin ko`zlar hech humor ko`zlarga

Alishmayman sening shirin so`zlaring,

O`zga odamlarning yaxshi so`ziga



Majnuntol

Sen mening sirdoshim, qardoshimsan tol

Dardimni tinglagan bir bo`laksan sen.

Inson kabi egiksan she ham majnuntol

Dunyoda bir dona yagonasan sen.

Bog`imizning ko`rkisan ushal majnuntol,

Mening soda dilim, do`stligimni ol,

Go`zallik barini sen dilinga sol,

Sen mening do`stimsan hamon majnuntol.

Odamlarning ko`ngli kichikdir va tor,

Lek sening ko`nglingda yo`qdir hech g`ubor,

Mayli senga so`zim qaytaray takror,

Kel birga bo`laylik bir umrga qol.

Nima qilay

Saharlarning sabolaridan,

Shudringlarning sadolaridan,

Tabiatning navolaridan,

Ilhomlanmay men nima qilay?

Qushlar kuylar shirin ovozda,

Shitir-shitir shamol og`ushida,

Barglar kuylar ajib bir xushda,

Ilhomlanmay men nima qilay?

O`zbegimning g`ururlaridan,

Qo`lga ochiq duolaridan,

Urf-odat-u, hayollaridan,

Ilhomlanmay men nima qilay?

Momolarning ko`zlarida nam

Shukronalar aytadi onam

Ajib hislar ko`ngillarda ham

Ilhomlanmay men nima qilay?

Qizlaridan ibo qochmaydi

To`marisning izi o`chmaydi

Yuzlaridan nurlar chaqnaydi

G`ururlanmay men nima qilay?

Alpomishday o`g`lonlari bor

Shiroqdayin cho`lponlari bor

Ko`ksi to`la qalqonlari bor

G`ururlanmay men nima qilay?

Turnalar

Beg`ubor beg`amsiz oppoq turnalar

Dardlarni yutmaysiz dardsiz to`ralar

Sog`inchni bilmaysiz sokin turnalar

Kelinglar siz bilan do`st bo`lib qolay.

Turnalarning so`zi dilni og`ritmas

Gapirmas ko`nglingni sira ranjitmas

Turnaday yaxshi do`st sira topilmas

Kelinglar siz bilan do`st bo`lib qolay.

Turnalar boy emas kambag`al emas

Qanotsiz, bir g`arib parvozsiz emas

Birovni ranjitib nodonlik qilmas

Kelinglar siz bilan do`st bo`lib qolay

Ota uy

Men uchun koshonam tuproq bo`lsa ham

Bir to`la gul emas, hazon bo`lsa ham

Nochorlik har damda qiynar bo`lsa ham

Alishmayman hech qachon ota uyimni.

Ko`chat eksam unmasin mayli

Koshonam bir ahvol bo`lsa ham mayli

Odamlar ustimdan kulsinlar mayli

Ota uy men uchun saroy misoli

Aytsinlar mayliga meni telba deb

Aytmanglar unga ham oddiy, oson deb

Ketmaylik qo`l siltab, oldiniga yeb

Qiz bola zotiga ota uy saroy

Sog`inib har damda qumsayman seni

Bizlarga oltindek bilinglar shuni.

Men uchun ajoyib koshonam tuni

Men uchun jannatdek bilinglar shuni.

Opajon

Opajon uyimiz sizsiz bo`sh quti

Sizsiz qalbimiz ham huvillab qolar

Opajon bu ko`ngil g`amlarni yutdi

Izingiz qalbimga sog`inchni solar

Opajon endisiz o`zga uydasiz

Taqdirning izmila o`zga qo`ldasiz

Siz baxt uchun kurashmoq uchun yo`ldasiz

Opajon sizsiz biz nima qilamiz?

Qaniydi soatni qaytara olsam

Birgalikda yana quvnab yurardik.

Qaniydi siz bilan bir umr qolsam

Birgalikda hayotdan doston yozardik.

Keling opajonim sizga tikilay

Tikilgan ko`zlarim mayliga to`lsin.

Endi ham mehringiz ta’mini totay

Mayliga izingiz biz bilan qolsin.

Bugun yuzga surtdim bosgan izingiz

Bugun chunib yetdim sizning mehringiz,

Tasanno aytaman baland sabringiz,

Qalbimning to`rida sizning qadringiz.

Opajon sizsiz men ojiz va g`arib

Keling opajonim quchoqlay sizni.

Mehringiz ta’mini ko`rdim men tatib

Yig`layman bugun men berolmay sizni

Opajon shu bugun tomchi yoshlarmas

Sel bo`lib oqadi mening ko`zyoshim

Bugungi so`zlarim yolg`ondan emas

Siz mening dugonam, hargiz sirdoshim

Sizni yodga solib oppoq qor yog`ar

Go`yoki sizning pok qalbingiz kabi.

Tinmaydi eslatib sizni bu qorlar

Go`yoki tinmas bu mehringiz kabi.

Ota

Eslasam ko`zlarim yoshga to`ladi

Kuylasam so`zlarim armon bo`ladi

So`ylasam otamni ko`nglim to`ladi.

Otajon qadringiz bildim men shu choq,

Otajon ko`nglingiz ekan juda oq.

Onamni ranjitib kuydirmadingiz

O`g`limy o`q deb ushal on kuyinmadingiz

Qiz deb bizni harchoq o`ksinmadingiz

Otajon sabringiz tog` bo`libdiku,

Sizning pok ko`nglingiz bog` bo`libdiku.

Bog` aro yozdim faqat siz uchun

She’rlarim ma’nosin faqat siz uchun

Tanimning yuragin etdim siz uchun

Siz tufayli she’ru, doston so`zlarim,

Siz uchun yaralgan ushbu ko`zlarim.

Dardimga dardkashsiz mehribonginam

Siz menga otamas – dugonaginam

Dunyoda bir dona yagonaginam

Otajon siz menga g`amxonaginam

Qizlarin sevuvchi devonaginam

Boringizcha sizni sevaman ota

Biz go`yoki yettita jarangvor nota

Beshala qizini sevuvchi ota

Otajon, hamma ham sizga o`xshasa,

Farzandlar ularga gullar to`shasa.



Do`stimga

Bog`imizda atir go`zal gullabdi,

Oppoq to`n kiyibdi, bog`lar to`libdi,

O`zga gullar bugun qayta so`libdi,

Kel do`stim gulimiz bugun unibdi,

Unganda ham go`zal tanho bo`libdi.

Bu sening ko`nglingdek go`zal, beg`ubor

Uning shoxlarida go`yo birlik bor

Bugun keng turgan to`n, ertagadir tor

Kel do`stim do`stlikni gashtin suraylik

Sog`inib, dardlashib ko`ngil so`raylik.

Sendek do`st bormikan, sendek beg`ubor

Bugun men o`zimga chiqardim qaror

Sening ko`ngling bilan birlashganim bor

Kel do`stim, do`stligimiz sog`inch bilmasin,

Sen uchun daryolar hech ham to`lmasin.



Bu olam

Saharlardan nurga to`lgan bu olam

Dardu, g`amdan ozod bo`lgan bu olam.

Birovni yor, birovni hor aylagan

Bag`ri tosh, ham sirdosh dunyo

Dunyo go`zal birovga

Birovga bag`ritoshdir.

Birovga ajjiq hikmat

Birovga qattiq toshdir.

Pulga olsa bularmi?!

Bu baxt, omad, sirdoshni.

Sinovlardan qochardim



Ozod etib ko`zyoshni.
Download 416 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling