Qatnashdilar: tashqi ekspert dotsent Ravshan Hidoyatov, “Maktab menejmenti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari. Kuntartib I


Download 16.96 Kb.
Sana13.01.2023
Hajmi16.96 Kb.
#1090797
Bog'liq
8ochiq dars


A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti Maktab menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi Xaqberdiyev O’tkirning “Jismoniy tarbiya va sport Marketing strategiyasi” mavzusida о‘tkazgan ochiq darsi tahlili
B A YO N N O M A S I

Jizzax shahri 14.12.2022 y

QATNASHDILAR: tashqi ekspert dotsent Ravshan Hidoyatov, “Maktab menejmenti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari.

K U N T A R T I B I:

  1. O‘qituvchi Xaqberdiyev O’tkir tomonidan 3-kurs 911-20 guruh Jismoniy madaniyat fakultet talabalariga Jismoniy tarbiya va sport menejmenti fanidan “Jismoniy tarbiya va sport Marketing strategiyasi” mavzusi yuzasidan о‘tkazilgan ochiq semenar mashg‘uloti muhokamasi.


Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan tashqi ekspert dotsent Ravshan Hidoyatov sо‘zga chiqib, o‘qituvchi Xaqberdiyev O’tkir tomonidan 3-kurs 911-20 guruh Jismoniy madaniyat fakultet bakalavr bosqichi talabalariga Jismoniy tarbiya va sport menejmenti fanidan “Jismoniy tarbiya va sport Marketing strategiyasi” mavzusida o‘tkazgan amaliy mashg‘uloti yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirdi. Bu ochiq amaliy mashg‘ulotda о‘qituvchi о‘z oldiga qо‘ygan maqsadga erishganligini aytib о‘tdi. Bundan tashqari bilim kо‘nikma va malakalar tizimini ongli hamda puxta о‘zlashtirishga qaratilgan ishlarning mavjud ekanligi tо‘g‘risida ham tо‘xtalib о‘tdi.
Eshitildi: Ushbu masala yuzasidan kafedra uslubiy kegashi raisi dotsent B.Botirov sо‘zga chiqib, o‘qituvchi Xaqberdiyev O’tkir darsga yaxshi tayyorgarlik kо‘rganligi, amaliy mashg‘ulot mavzusi talabga javob berishi, mavzu yuzasidan fikrlar o‘qituvchi tomonidan rejali yo‘naltirilganligi, axborot kо‘lamining kо‘p qirraliligi, darsga ijodiy yondashganligi, mavzuning maqsadi va vazifalarini ochib berganligi ta’kidlab о‘tdi.
Qisqacha muhokamadan sо‘ng yig‘ilish quyidagicha
QAROR QILADI:
1. Maktab menejmenti kafedrasi o‘qituvchisi Xaqberdiyev O’tkirning “Jismoniy tarbiya va sport Marketing strategiyasi” mavzusida о‘tkazilgan ochiq dars mashg‘uloti ijobiy deb topilsin.
2. Yuqorida keltirilgan fikrlar inobatga olingan holda o‘qituvchi Xaqberdiyev O’tkir 8 ballik me’zon bo‘yicha 7 ball bilan ijobiy baholansin.

Kafedra uslubiy kegashi raisi: dots. B. Botirov.

Kotiba: Q.Alimova



Download 16.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling