Qazib olingan bо‘shliqni ochiq qoldirib qazib olish tizimlari


Download 18.25 Kb.
Sana31.03.2023
Hajmi18.25 Kb.
#1313736
Bog'liq
4-Qazib olingan bо‘shliqni ochiq qoldirib qazib olish tizimlari (1)


Qazib olingan bо‘shliqni ochiq qoldirib qazib olish tizimlari

Qazib olish tizimining bu sinfiga mansub bо‘lgan tizimlar qо‘llanilganda qazib olish natijasida hosil bо‘lgan bо‘shliq qazib olish jarayonida ochiq qoldiriladi va uning turg‘unligini seliklar (ruda, puch tog‘ jinslari) yoki ruda va uni qamrab olgan tog‘ jinslarining tabiiy turg‘unligi xisobiga ta’minlanadi.


Bu sinfga mansub tizimlarning qator variantlarida qazib olishdan hosil bо‘lgan bо‘shliq shipining alohida uchastkalari turg‘unligini ta’minlash uchun oddiy mustahkamlagichlar о‘rnatiladi yoki ishchilar xavfsizligini ta’minlash uchun g‘о‘la yog‘ochdan yasalgan tо‘shama barpo etiladi. Ba’zan, kameralar qisman massivdan ajratilgan ruda bilan tо‘ldiriladi.
Qazib olish natijasida hosil bо‘lgan bо‘shliqni ochiq qoldirib qazib olish tizimining salmog‘i mis ruda konlarini qazib olishda 50 %, ruda tanasi qiya joylashgan volfram ruda konlarini qazib olishda 60–65 % ni tashkil etadi.
Bо‘shliqni ochiq qoldirib qazib olish tizimi qо‘llanishining asosiy sharti ruda va rudani qamrab olgan tog‘ jinslarining turg‘unligidir. Bu tizimlar yer qa’risida har xil burchak ostida yotgan ruda tanalarini qazib olishda qо‘llaniladi.
Konchilik ishlari amaliyoti shuni kо‘rsatadiki, qazib olishdan hosil bо‘lgan bо‘shliqni ochiq qoldirib qazib olish tizimlari ma’lum chuqurlikgacha joylashgan ruda konlarini qazib olishda qо‘llanilishi mumkin. Chunki katta chuqurliqlarda "tog‘ zarbasi" sodir bо‘lishi extimoli juda yuqori bо‘ladi. Bundan tashqari tog‘ jinslari massividan ayrim bо‘laklarining otilib chiqish xavfi kuchayib boradi. Tog‘ bosimining ortib borishi katta о‘lchamdagi seliklarni qoldirish zaruratini yuzaga keltiradi.
Qazib olish usuliga bog‘liq holda ushbu sinfga mansub beshta asosiy guruhlar tizimini keltiramiz.
Asos pog‘onali tizimlar. Bu qazib olish tizimlari qо‘llanilganda qazib olish ishlari blok yuqorisidan pastka qarab ya’ni shamollatuvchi shtregidan tashish shtregi tomon siljib borishi bilan amalga oshiriladi.
Ship pog‘onali tizimlar. Bu qazib olish tizimlari qо‘llanilganda qazib olish ishlari asosiy gorizontdagi tashish shtrekdan yuqoriga, shamollatuvchi shtrek tomon siljib borishi bilan amalga oshiriladi.
Yoppasiga qazib olish tizimlari. Bu tizimlarda qazib olish joyi qazib olish uchastkasi (blok, panel, kamera)ning butun balandligi, uzunligi va kengligi bо‘yicha siljiydi, doimiy ruda seliklar nomuntazam qoldiriladi. Ruda qalinligi kichik о‘lchamda bо‘lsa mustahkamlagichlar qо‘llaniladi. Qazib olish fronti tо‘g‘ri, yegri yoki pog‘onali chiziqdan iborat bо‘lishi mumkin.
Kamera-ustunli qazib olish tizimlari. Bu tizimlarda rudani qazib olish ishlari navbatma–navbat qaziladigan parallel kameralar va ularni ajratib turuvchi kameralararo muntazam tartibda qoldiriladigan seliklardan iborat. Qazib olish ishlari asosiy tashish shtregidan kameralar uzunlik о‘qi yо‘nalishida ilgarilab siljiydi.
Nimqavatni qulatib qazib olish tizimlari. Bu tizimlarning о‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, blokning balandligi bо‘yicha qavat, nimqavatlarga bо‘linadi va rudani qulatib qazib olish ishari nimqavat lahimidan olib boriladi. Qо‘latib olish qavatining hamma balandligi bо‘yicha vertikal yoki pog‘onasimon chiziq bо‘ylab amalga oshiriladi.
Qavatni kameralab qazib olish tizimlari. Bu tizimlar qо‘lanilganda massivdagi rudani kameraning butun balandligi yoki uzunligi bо‘yicha chuqur skvajinalar bilan vertikal va gorizontal qatlamlarga bо‘lib, ajratib olish bilan amalga oshiriladi.
Download 18.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling