Qdpi òzbek tili va adabiyoti fakulteti 403 guruh talabasi Mahmudova Shohsanamning ZÒT fanidan tayyorlagan taqdimoti


Download 37.81 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi37.81 Kb.
#187689
Bog'liq
ZÒT


QDPI Òzbek tili va adabiyoti fakulteti 403 guruh talabasi Mahmudova Shohsanamning ZÒT fanidan tayyorlagan taqdimoti

Grammatik kategoriyalar tasnifi . Tasniflovchi kategoriyalar

Grammatik kategoriya - 1) max sus koʻrsatkichlar yordamida soʻzlarning oʻzgarish, birikish va gap hosil qilish qoidalariga asoslangan umumgrammatik tushuncha. Grammatik. kategoriya grammatikaning qaysi sohasiga oidligiga koʻra morfologik va sintaktik kategoriyaga boʻlinadi.

Sintaktik kategoriyalar morfologik kategoriyaga teng boʻlmaydi. Mac, bizning oila — toʻq oila. Bu jumlada morfologik jihatdan toʻrt soʻz, uch xil soʻz turkumi bor (olmosh, ot va sifat, ot), sintaktik jihatdan esa faqat ikki boʻlak — ega va kesim mavjud.

Otlarda son kategoriyasini birlik va ko`plik ma’nosida qo`llana oladigan otlarga xosdir. Sanash mumkin bo`lgan, bevosita predmetni anglatadigan konkret turdosh otlar birlik shakli bilan birga ko`plik son shaklida ham qo`llanadi: xona – uchta xona – xonalar; bola – besh bola – bolalar kabi.

O`zbek tilida birlik va ko`plik son shakliga ega bo`lgan otlar bilan bir qatorda faqat birlik shaklida qo`llanadigan otlar ham mavjud.

Otlarda son kategoriyasini bir-biriga qarama-qarshi qo`yilgan birlik son shakli va ko`plik son shakli tashkil etadi.

Birlik son shaklida qo`llanuvchi otlar yakka bir predmetni yoki yakkalikni ajratilmaydigan predmetni anglatadi: qalam, daftar, tog`, uy, talaba kabi. Birlik son shaklida qo`llangan ot maxsus grammatik ko`rsatkichga ega emas. SHuning uchun otning bunday qo`shimcha olmagan shakli (nol ko`rsatkichli shakl) grammatik jihatdan birlik son shakli deb qaraladi.

Ko`plik son shaklida qo`llanuvchi otlar ikki yoki undan ortiq predmetni (yoki noaniq ko`plikni) anglatadi: qalamlar, daftarlar, tog`lar, uylar, talabalar kabi.Otlarda grammatik ko`plik son shakli –lar affiksi bilan hosil qilinadi.

Tilshunoslikda daraja kategoriyasi deb belgining bir-biriga qiyosiy, orttirma, kamayish munosabatlarini ko’rsatuvchi shaklga aytiladi. Belgi bildiradigan so’zlarda, belgi darajalab ko’rsatiladi. Bunga misol qilib, shirin, shirinroq, juda shirin so’zlarini keltirishimiz mumkin. Belgini darajalab ko’rsatuvchi maxsus grammatik shakl, grammatik ma’no, grammatik vosita, grammatik xususiyatlari mavjud, ular daraja kategoriyasi ostida birlashadi.



O’zbek tilida belgi bildiradigan so’zlarga, asosan sifat so’z turkumi, ravish so’z turkumi va fe’l shakllaridan qisman ravishdosh va sifatdoshlarni o’z ichiga oladi.

E'tiboringiz uchun rahmat!
Download 37.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling