Qidir Gazni quritish
Download 59.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Gazni quritish - Vikipediya
Qidir Gazni quritish Gazni quritish - gazlar tarkibidagi suv bugʻlarini ajratib olish. Fizik-kimyoviy hamda fizik usullar yordamida bajariladi. Fizik-kimyoviy usul absorbsiya va adsorbsiya usullarini oʻz ichiga oladi.Absorbsiya usullari gazlardagi suv bugʻlarini suyuq moddalarga yuttirishga asoslangan. Bu usulda kuritiladigan gaz avval sovitiladi, keyin absorbsion apparatning pastki qismiga kiritiladi. Apparatning yuqori qismidan gaz yunalishiga qarama-qarshi absorbent eritmasi (maye, dietilenglikol) beriladi. Absorbent sifatida kalsiy xlorid (35—40%), glitserin (85%), dietilenglikol (85—97%), uchetilenglikol, sulfat kislota (94—96%) va b. moddalarning eritmalari ishlatiladi. Gaz tarkibidagi namlik absorbentga oʻtadi. Bunday usulda quritilgan gaz tarkibida kupi bilan 0,2 g/m3 nam qoladi. Adsorbsiya usullari qoʻllanilganda gazlardan nam qattiq moddalar — adsorbentlarga yutiladi. Adsorbent sifatida qattiq holdagi CaCI2, NaOH, KON, MgO, P2O5, boksitlar, silikagel, alyumogel va b. ishlatiladi. Bu moddalar oʻz ogʻirligiga nisbatan 2% dan 10% gacha namni yuta oladi. Adsorbentlar gazlarni absorbentlarga nisbatan yaxshiroq quritadi. Fizik usullar nam gazni issiqdik almashish apparatlarida suv yoki boshqa issiqlik yutuvchi suyuqpiklar bilan sovitish, gazni siqishdan soʻng sovitish va siqilgan gazni birdaniga kengaytirishga asoslanadi. Gazlarni oʻta quritish uchun odatda, ikki pogʻonali sxema tatbiq etiladi. Bunda nam gaz dastlab absorbsion va soʻngra adsorbsion qurilmalarda quritiladi. G.qdan maqsad koʻp komponentli gazlarni fraksiyalarga ajratish, yonuvchi gazlarni quvurlar orqali joʻnatish va b. Sanoat uchun G.q.ning ahamiyati katta. OʻzME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq. Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin. Adabiyotlar Soʻnggi tahrir 3 oy avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi Ushbu maqola chaladir . Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Gazni_q uritish&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. " https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Gazni_quritish&oldid=28397 90 " dan olindi Download 59.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling