Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar


Download 46.74 Kb.
bet1/13
Sana24.05.2022
Hajmi46.74 Kb.
#695525
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar
Untitled.FR12, html VEB kitob, ozoda mustaqil ish, jadidchilik, 8-dekabr-Konstitutsiya-kuniga-bayram-senariy.-Baxtiyor.UZ , jinni, 2017-2-страницы-5,60-64, tarmoqlararo ekran, Mavzu Kasbiy faoliyatda ofis dasturlardan foydalanish, mustaqil, 11- sinf, ish reja gulruh, ish reja gulruh, psixogimnastika, 3. Гимнастика 2-курс 2018-2019 й ИД- 5 йилик ЖМ-5112000

Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar

Reja:


Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar 1
1. Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar tushunchasi va turlari 1
2. Kam ahamiyatli qilmishlar 2
3. Zaruriy mudofaa 3
4. Tajovuzga nisbatan zaruriy mudofaaning huquqiy shartlari 6
5. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish 8
6. Oxirgi zarurat 10
7. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish 13
8. Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik 16

1. Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar tushunchasi va turlari


Sudda ko‘rilib, jinoiy javobgarlikka loyiq deb topilgan ishlar o‘zining obyektiv va subyektiv belgilariga ko‘ra jinoiy qilmishdan iborat bo‘ladi. Ayrim hollarda bunday qilmishlar ijtimoiy xavfli bo‘l-masdan, balki ijtimoiy foydali bo‘lishi ham mumkin. Bunday hara-katlar jinoyat huquqida qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb ataladi. Jinoyat huquqida qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi shunday holatlar mavjudki, ular tashqi tomondan jinoyatga o‘xshasada, biroq jinoiy javobgarlikka loyiq, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan munosabatlarga zarar yetkazuvchi ijtimoiy xavfli qilmish, deb topilmaydi, aksincha, ijtimoiy foydali hisoblanadi. Qil-mishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar deyilganida jinoyat belgilari mavjud bo‘lsa ham, jinoyat deb hisoblanmaydigan harakatlar tushuniladi.


Bunday holatlarning Jinoyat kodeksida o‘z aksini topishi inson-parvarlik va adolat tamoyillariga amal qilinganligidan darak beradi. Bunday holatlar ijtimoiy foydali hisoblanadi va ularning sodir etishiga qonunda yo‘l qo‘yilgan.
Jinoyat kodeksida qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarning belgilanishi: bir tomondan jinoiy repressiya choralarining kamayishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan fuqarolarning huquqiy faolligini kuchaytiradi.
O‘zbekistan Respublikasi Jinoyat kodeksining 35-moddasida bunday holatlarning umumiy tushunchasi va turlari berilgan. Ushbu moddaning birinchi qismida: «..qilmishda ushbu kodeksda nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi»,— deyilgan.
Ushbu moddaning 2-qismida esa qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarning turlari ko‘rsatilgan. Bularga:

          1. kam ahamiyatli qilmishlar (36-modda);

          2. zaruriy mudofaa (37-modda);

          3. oxirgi zarurat (38-modda);

          4. ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish (39-modda);

          5. buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish (40-modda);

          6. kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik (41-modda) kiradi.

Download 46.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling