Qipchoq tili


Download 66.95 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.05.2022
Hajmi66.95 Kb.
#715921
Bog'liq
Qipchoq tili - Vikipediya
Unusual sports, Uzbekistan tarixi, 000, - MT S-19 (3), bolinish munosabati, M a t e m a t I k a, 5-modul, M a t e m a t I k a, 5-modul, 3-modul nazorat savollari, 3-modul nazorat savollari, 2-modul, 6-modul, 6-modul, Мирзаев А БФА-мақола


Qipchoq tili
Qipchoq tili - turkiy tillar oilasiga mansub oʻlik til; Dashti Qipchoq choʻllaridan Qora dengiz
boʻyi choʻllarigacha boʻlgan ulkan hududda yashagan va musulmon manbalarida "qipchoq",
"qifchoq", yevropa manbalarida "kuman", "koman", "kun", rus manbalarida "polovets" deb
atalgan yirik qabilalar ittifoqining asosi hisoblangan qipchoqlar tili haqidagi dastlabki
maʼlumotlar 1052-yilga mansub.
Qipchoq tili yozma yodgorliklardagina saqlanib qolgan. Moʻgʻul bosqinigacha boʻlgan
Qipchoq tili haqidagi maʼlumotlar oz boʻlib, ular Mahmud Koshgʻariy lugʻati materiallari, 13-
asrgacha boʻlgan rus solnomalarida uchraydigan atoqli otlar va toponimlardan iborat. Moʻgul
istilosidan keyingi yozma manbalar sifatida 13— 14-asrlarda Misrda tuzilgan, muallifi
nomaʼlum turkiycha-arabcha lugʻatni ("Tarjumoni turki va ajami va mugʻali"), Abu Hayyonning
Qipchoq tili
Mintaqalar
Yevroosiyo

Dashti-qipchoq
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni
0
Holati
oʻlik
Turkum
Yevroosiyo tillari
Til oilasi
Oltoy oilasi
Turkiy tarmoq
Qipchoq guruhi
Til kodlari


"Kitob ul-idrok lilison ul-atrok" ("Turkiy tillarni oʻrganish kitobi", 1313), Jamoliddin Turkiyning
"Kitobu bulgʻot ul-mushtoq fil-lugʻot it-turk val-qifchoq" ("Turk va qipchoq tillarini xohlovchilar
uchun mukammal kitob", 14— 1 5-asrlar), nomaʼlum muallifning "Kitob attuhfat uzzakiyyata fil
lugʻat it-turkiyya" ("Turkiy til haqida noyob tuhfa", 14-asr) kabi lugʻatlarni koʻrsatish mumkinki,
ular Qipchoq tilini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. Qipchoq tilining eng yirik yodgorligi
— italyan va nemis monaxlari tomonidan tuzilgan va fanda "Kodeks Kumanikus" deb nom
olgan, 2994 soʻzli lotincha-forscha-qipchoqcha lugʻat, "Yangi ahd"dan parchalar xamda duolar
tarjimasi va 50 ta topishmoqdan iborat boʻlgan asardir. 1294-yil yaratilgan bu asarni 1880-
yilda Budapeshtda G.Kun nashr ettirgan.
Qipchoq tili zamonaviy qorachoy-bolqor, qaraim, qrimtatar va qoʻmiq tillariga yaqin, oʻxshash
boʻlgan. Shu bilan birga, fonetik va morfologik oʻziga xosliklarga ega, leksikasida arab, fors,
grek tillaridan oʻzlashmalar mavjud boʻlgan.
Ad:. Gruiin T. I., Dokumentm na polonetskom yazmke XVI v., M., 1967; Baskakov N. A.,
Vvsdsniye v izuchsniye tyurkskix ya zikov, 2-izd., M., 1969; Chschenov A. A., Yazj Ognosheniye
k sovremennsh zapadno-kipchakskim yazmkam, M., 1979; Qoʻchqortoyev I.. Isabekov B.,
Turkiy filologiyaga kirish, T.. 1984.
Qipchoq tili — 
qipchoq
qabilalari tili. 
Turkiy tillarga
 mansub. Umumiy 
dashti-qipchoq
nomi
bilan mashhur boʻlgan 
Yevroosiyo
 mintaqalarida tarqalgan boʻlgan. 
XIII
 asrdan boshlab 
Oltin
Oʻrdada
 
xalqaro muloqot tili
 boʻlgan; keyinchalik 
qozoq

tatar

boshqird

qorachoy-bolqor
,
qoʻmiq

noʻgʻoy

qoraqalpoq
va boshqa ayrim tillar asosiga kirgan. Qipchiq tilida Oʻrta asrlarda
Kavkaz
 va 
Azovoldidan
 boʻlgan asir-qipchoqlarning avlodlari hisoblangan 
Misr
 
mamluklari
muloqot qilishni davom ettirdilar. Hozirgi paytda qipchoq qabilalari qozoq qabilalaridan biridir.
Qipchoq va qadimgi qirgʻiz (yenisey-qirgʻiz) qabilalari oʻzaro aloqalari natijasida yuzaga
kelgan va 
IX
 asrlardanoq alohida til sifatida shakllangan 
sharqiy qipchoq nutq turi
ham
mavjud boʻlgan. Sharqiy qipchoq tili 
janubiiy oltoy
 (
XI

XIV
 asrlar), 
fargʻona-qipchoq
 va 
qirgʻiz
tili
 (
XV
 asrdan boshlab) xronologik ketma-ketligida tarkibiy qismlarga ajraldi.
Qolgan gʻarbiy qipchoq areali xronologik ketma-ketlikda volga-qipchoq (
XIII
 asrgacha),
polovets-qipchoq (XI—XIII asrlar) va noʻgʻoy-qipchoq (XIV—
XVI
asrlar)ga ajraldi.
Gʻarbiy va sharqiy qipchoq tillarining oʻziga xos farqi au diftongi rivojlanishi hisoblanadi:
gʻarbiy qipchoqlarda u saqlangan (tau — 'togʻ', masalan, qozoq tilida), sharqiylarda qadimgi
darajada "ou"ga oʻzgargan, keyingi tortiluv bilan birga (qirgʻizcha too, janubiy oltoycha tuu,
shevalarda tou).
Shuningdek qarang


 
Soʻnggi tahrir 6 oy avval
 
213.230.116.31
 tomonidan amalga oshirildi
Qipchoq tillari
Qirgʻiz-qipchoq tillari
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
 (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Qipchoq_tili&oldid=2404539
" dan olindi 
Ushbu maqolani yaxshilash uchun imkon qadar
?
:
Ko‘proq o‘rganish


Download 66.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling