Qirg’iz adabiyoti


Download 51.5 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi51.5 Kb.
#186911
Bog'liq
qardosh xalqlar adabiyoti


Qirg’iz adabiyoti
Qirg‘iz xalqining ota-bobolari judaqadim zamonlardayoq O‘rta Osiyo,

Tyan-shan va Yettisuv viloyatlaridagi gunnlar, shuningdek, saklar, skiflar

va boshqa qo‘shni qabilalar bilan yaqin aloqada bo‘lib, ularning

madaniyati, dini va urf-odati ta’siri ostida yashaganlar. Qirg‘iz xalqining adabiyoti va madaniyati XX asrga qadar xalq og‘zaki ijodi shaklida rivojlandi. Bizgacha yetibkelgan xalq ashula va qo‘shiqlari, maqol, ertak va dostonlarida qirg‘iz xalqining uzoq asrlar davomidagi ko‘chmanchi-chorqachilik hayoti, ularning o‘z xo‘jayinlariga qarshi olib borgan kurashlari haqqoniy aks ettirilgan. Folklor asarlarida qirg‘iz xalqining mehnatsevarlik, vatanparvarlik va adolatparvarlik g‘oyalarini ifodalovchi juda ko‘p qo‘shiqlar, ertaklar, dostonlar mavjud.

Qirg‘iz xalq og‘zaki ijodida xalqqahramonlik dostonlari ayniqsa mashhur. Asrlardan beri og‘izdan-og‘izga o‘tib, bizgacha yetib kelgan “Ko‘rman yek”, “Ertobildi”, “Ertushtuk”, “Jonil Mirzo”, “Manas” dostoni o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. “Manas” qirg‘iz xalqining ko‘p asrlik hayotini va chet el bosqinchilariga qarshi olib borgan qahramonona kurashini keng planda aks ettiruvchisalmoqdor she’riy asardir. Hajmi unchalik katta bo‘lmagan bu doston boshdan-oyoq she’riy yo‘l bilan yaratilgan bo‘lib, taxminan 500 ming baytdan iborat.

“Manas” dostoni uch katta qismdan iborat. Birinchiqismda xalq qahramoni Manas, ikkinchi qismda Manasning o‘g‘li Semetey va uchinchi qismda Manasning nabirasi Seytekning hayoti, sarguzashti va qahramonliklari tasvirlangan.

XX asrning 20-30-yillarida qirg‘iz adabiyotining umumiy taraqqiyotidan xiyla orqada qolgan proza janri elliginchi yillarga kelib birmuncha taraqqiy etdi, yangi-yangi hikoya, ocherk, povest va romanlar bilan boyidi. Urushdan so‘nggi davr qirg‘iz adabiyotida bu salmoqdor adabiy janrni rivojlantirishda keksa avlod vakili T. Sadiqbekov bilan bir qatorda yosh prozaiklardan N. Boytemirov va Ch. Aytmatovlarning ham xizmati katta. Ch.Aytmatov qirg‘iz adabiyotidagina emas, balki mustaqil davlatlar hamdo‘stligi adabiyotida ham shakl vamazmun novatori sifatida tanildi. Shu sababli uning g‘oyaviy-badiiy yetuk qissalari jahon progressiv

yozuvchilari diqqatini ham o‘ziga tortdi. Chingiz Aytmatovning ijodi – yangicha tafakkur tarzining samarasi o‘laroq, o‘ziga nisbatan ongli munosabat, idrok, saviya va yuksak Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi xalqlari adabiyoti madaniyat sohibi bo‘lishni talab etadi.Uning asarlariga eskicha andoza yo sxema bilan yondashib bo‘lmaydi. Chingiz Aytmatov o‘zbek xalqiga juda ko‘ngli yaqin yozuvchi. U qo‘li

qadoq xalqimizning taqdir va qismatiga munosabatdosh, uning baxtiga sarafroz, tashvishlariga sherik, musibatiga qayg‘udosh. O‘zini o‘zbekka o‘zbekning o‘z farzandiday yaqin oladi.

Qoraqalpoq adabiyoti


Qoraqalpoq xalqining o‘ziga xos jud boy og‘zaki ijodi va adabiyoti bor. Xalq og‘zaki ijodi XX asrgacha rivojlanib, yozma adabiyot deyarli rivojlanmadi. Buning sababi shuki, qoraqalpoqlar uzoq asrlar davomida yarim ko‘chmanchilik hayotini boshdan kechirdilar. Mehnatkash xalqning orzu-istaklari folklor asarlarida o‘z ifodasini topar edi. Xalq og‘zaki ijodining bizgacha yetib kelgan namunalari orasida ajoyib lirik mazmundagi she’riy asarlarni ham, salmoqdor qahramonlik dostonlarini ham uchratish mumkin. Qoraqalpoq dostonlarining deyarli hammasida vatanparvarlik g‘oyalari va demokratik motivlar yorqin ifodalangan. Qoraqalpoq yozma adabiyotining yirik vakillaridan biri Hojiniyoz shoirdir. U Navoiy, Nizomiy, Maxtumquli va Firdavsiy kabi atoqli Sharq shoirlarining ijodi bilan yaxshi tanish bo‘lgan. Hojiniyozshoirning “Bo‘z o‘tov” dostonida qoraqalpoq xalqining boshqa yurtlarga ko‘chib ketishga majbur etilganligi, tug‘ilib o‘sgan vatani bilan xayrlashish juda og‘ir bo‘lganligi ustalik bilan tasvirlangan.

Qoraqalpoq klassik adabiyoti taraqqiyotida ulkan demokratgumanist shoir Berdimurod Berdaqning mavqei katta. Berdaq o‘zining mazmundor ijodini feodalizm jamiyatidagi hukmron doiralarning, jumladan ruhoniylarning zulmini, yaramas qilmishlarini fosh qilishga qaratdi. Ayniqsa o‘zining “Shajar”, “Ernazar biy”, “Oydo‘st biy” va “Ahmoq podsho” dostonlari bilan qoraqalpoq klassik poeziyasida dostonchilikning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shdi. Qoraqalpoq va o‘zbek xalqlarining tarixi bir-iriga chambarchas bog‘liq bo‘lganiday, bu ikki qon-qarindosh xalqning adabiyoti o‘rtasida o‘zaro aloqa va ta’sir ham bir necha asrlik tarixga ega. O‘zbek xalq doston va ertaklari (masalan, “Alpomish”) ko‘pdan beri qoraqalpoq halqi orasida mashhur bo‘lganidek, qoraqalpoqlarning “Qirq qiz” dostoni ham o‘zbek kitobxonlari diqqatini o‘ziga jalb etib kelmoqda. Ayniqsa ikkinchi jahon urushidan so‘nggi yillarda o‘zbek-qoraqalpoq adabiyo aloqalari

mustahkamlandi. O‘zbek va qoraqalpoq adiblarining ijodiy hamkorligi amaliy tus oldi. Bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish ishi keng quloch yoydi.

Xususan, Oybek, Uyg‘un, A.Qahhor, N.Safarov singari taniqli yozuvchilarning Qoraqalpog‘istonda bo‘lib, adabiy harakatga bevosita ishtirok etishlari qoraqalpoq sovet adabiyotining salmoqdor badiiy asarlar bilan boyishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

O‘zbek shoir va yozuvchilaridan Alisher Navoiy, Muqimiy, H.H.Niyoziy, Oybek, G‘.G‘ulom, A.Qahhor, Uyg‘un, A.Muxtorlarning asarlari qoraqalpoq tiligatarjima qilinib ko‘plab nashr ettirilganidek, qoraqalpoq xalq epasi “Qirq qiz”, shuningdek, B.Berdaq, J.Oymurzaev, X.Seitov, A.Begimov, M.Dariboev, A.Dabilov singari klassik shoirlarning Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi xalqlari adabiyoti she’r va dostonlari, A.Qaipbergenovning “So‘nggi hujum” romani, “Suymaganga suykalma” komediyasi o‘zbek kitobxonlariga katta estetik zavq bag‘ishlamoqda.

Tatar adabiyoti

Tatar xalqi Volga daryosi sohillarida yashovchi boshqird, chuvash, mordva, mari va boshqalar orasida eng qadimiy xalqlardan biri hisoblanadi. Uning o‘ziga xos milliy madaniyati va adabiyotining ham qadimiy tarixi bor. Tatar adabiyotining ilk namunalari folklor asarlari shaklida yuzaga keldi. Tatar folklori maqol va hikmatli so‘zlarga boy bo‘lib, ularda ruhoniylar va ekspluatatorlarning zulmi va hiyla-nayrangi ayovsiz fosh etilgan. Tatarlarning IX asrlarda shakllangan qadimgi yozma adabiyoti, asosan, diniy mazmunga ega edi. Bu adabiyotlarning bizgacha yetib kelgan namunalaridan shoir G‘alining “Yusufva Zulayho” dostoni (XIII asr),

Mahmud Bulg‘oriyning “Nahj-ul farodis” asarini (XIV asr) ko‘rsatish mumkin. Shoir Muhammadyorning Qozon xonligi davri (XV asr)da yaratgan “To‘hfan mardon” va “Nuri Sodur” kitoblarida dunyoviy g‘oyalar ustun turadi.

Tatar adabiyoti uzoq vaqt davomida, hatto XIX asrga qadar, Sharq adabiyoti, xususan, fors va arab adabiyoti ta’siri ostida taraqqiy etdi. Bu ta’sir tatar yozuvilari asarlariningtematikasida ham, g‘oya va janr xususiyatlarida ham, tasviriy vositalarida ham sezilarli iz qoldirdi. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi xalqlari adabiyoti Shoirlardan G‘ali. Muhammadyor, Mavla Qoliy, Utiz Imoniy, Qandoliy,

Kurmanshiy va Oqmullalarning ijodi tatar poeziyasining sharq adabiyotiga payvand bo‘lganligini ko‘rsatadi. Tatar xalq shoiri va mutafakkiri Abdulla To‘qay bu poeziyaning yirik vakili edi. Abdulla To‘qayning qaynoq adabiy vama’rifatparvarlik faoliyati o‘z xalqiga xizmas qilish maqsadiga qaratilgan edi. Uning she’r, ertak va dostonlarida mazlum tatar mehnatkashlarining orzu-istaklari ifodalanadi. Tatar adiblari tomnidan yaratilgan eng yaxshi asarlardan “Nomus” (G.

Bashirov), “Bahor shabadalari” (K.Najmiy), “Unutilmas yillar”, “Oddiy odamlar” (I.G‘oziy), “G‘ozinur” (A Absalyamov) romanlari, “Qishloq ustidagi yulduzlar” (F. Husniy), “Rahmat, o‘rtoq” (A.Yenekeev) qissalari; “Sahro qo‘shig‘i” (S.Hakim), “Kattayo‘lda” (S.Battol) poemalari turli tillarga tarjima qilinib, sevib o‘qilmoqda.

Tojik adabiyoti


Qadimiy va navqiron tojik adabiyotini O‘rta Osiyoda yashovchi xalqarning adabiyoti bilan, ayniqsa o‘zbek adabiyoti bilan chambarchas bog‘lovchi ajoyib an’analar mavjud. Ulug‘ tojik shoiri Abdurahmon Jomiy bilan genial o‘zbek shoiri Alisher Navoiy o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik, Sadriddin Ayniy bilan Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodidagi g‘oyaviy-badiiy uyg‘unlik buikki qardosh xalq va ular adabiyotining bir-biriga yaqinligidan guvohlik beradi.

Arab istilochilari O‘rta Osiyoni bosib olmasdan avval mamlakatdagi

iqtisodiy-madaniy taraqqiyot zaminida tojik xalqining shakllanish jarayoni

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi xalqlari adabiyoti boshlangan edi. O‘lkaning arablar tomonidan zabt etilishi bunga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Faqat IX-X asrlarga kelib tojiklar gaplashadigan jonli til – “dari” (forsiy) tilida yozma adabiyot yaratila boshladi.

Bu adabiyotning yirik vakillariAbutoqiyi Abbos ibn Tarxon Samarqandiy, Abuhafs Samarqandiy, Xanzol Bog‘disiy, Mas’ud Marvoziy, Feruz Mashriqiy, Muhammad ibn Vosif Sag‘ziy, Abusolih Gurgoniy, Abbos Marvoziy, Bassom Kurd Xorijiy, Muhammad ibn Muhallidlar bo‘lib, ularning ijodida folklorning ta’siri juda kuchli edi. Abulhasan Ro‘dakiy tojik va fors klassik adabiyotining otasidir. U juda ko‘p ishqiy g‘azallar va falsafiy-didaktik qasidalar yozgan ajoyib insonparvar shoir edi.

Ro‘dakiy o‘rta asr klassik poeziyasini ham shakl, ham mazmun jihatdan

boyitib, uni yuqori pog‘onaga ko‘tardi. X-XI asrlarga kelib tojik klassik poeziyasida ruboiy (Ibn Sino va Umar Xayyom), g‘azal (Unsuriy, Farruxiy, Manuchehriy) hamda qasida janrlari bilan bir qatorda dostonchilik ravnaq topdi. Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”si, Asadiyning “Gurshaspnoma” va Fahriddin Gurgoniyning “Vis va Romin” dostonlari bu davr fors-tojik adabiyotida yaratilgan yangilik edi. X-XI asr fors-tojik poeziyasida Nosir Xisrav va Umar Xayyomning ijodi salmoqli o‘rin tutadi. Ular o‘zlaridan ilgari o‘tgan klassik shoirlar ijodidagi falsafiy motivlardan oziqlanib, o‘sha zamon uchun progressiv

ahamiyatga ega bo‘lgan ilg‘or g‘oyalarni olg‘a surdilar. XIII-XIV asrlar fors-tojik poeziyasi ko‘proq falsafiy-didaktik xususiyatlarga ega bo‘lib, unda Chingizxon boshliq mo‘g‘ul bosqinchilarining dahshatli janglari ta’siri ostida paydo bo‘lgan sufistik dunyoqarash yetakchi rol o‘ynaydi. Jaloliddin Rumiy, Xusrav Dehlaviy va

Sa’diy Sheroziylar bu poeziyaning yirik vakillari edilar. Xusrav Dehlaviy fors-tojik adabiyotida buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy-Ganjaviyning “xamsa”chilik an’anasini davom ettirgan shoir hisoblanadi. Uning “Xamsa”siga kirgan besh mustaqil dostonda Nizomiy dostonlaridagi an’anaviy syujet va obrazlar qo‘llanilgan bo‘lsa-da, ularning talqini tamoman yangi va originaldir.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi xalqlari adabiyoti O‘zining ajoyib ishqiy-lirik g‘azallari va “Bo‘ston”, “Guliston” nomli asarlari bilan dunyo adabiyotiga hissa qo‘shgan shoir, faylasuf Sa’diy Sheroziy xalq og‘zaki ijodining bebaho boyliklaridan barakali foydalanib, g‘azalchilikni yuqori pog‘onaga ko‘tardi, badiiy proza taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shdi. XV asrga kelib, feodal unosabatlarning mustahkamlanishi sharoitida, Samarqand, Buxoro, Hirot shaharlarida adabiy hayot yana jonlandi. Bu davr tojik va o‘zbek shoirlari ijodida klassik adabiyotning eng yaxshi an’analarini rivojlantirishga bo‘lgan intilish sezildi. O‘zbek va tojik shoirlarining do‘stligi, o‘zaro ijodiy hamkorligi kuchaydi, ikki tilda asar yozish rasm bo‘lib qoldi. Ana shunday sharoitda buyuk tojik shoiri Abdurahmon Jomiy va genial o‘zbek shoiri Alisher Navoiylar yashab ijod etdilar. Abdurahmon Jomiy o‘zining har tomonlama kamol topgan barakali ijodi bilan shuhrat qozondi. Uning “Bahoriston” va Nizomiy-Ganjaviy “xamsa”chiligi ta’siri ostida yaratgan yetti dostoni (“Haft avrang”) hamda uchta she’rlar devoni mavjud. “Badoe-ul vaqoe” nomli mashhur memuar asarning muallifi Vosifiy, o‘zining didaktik harakterdagi she’rlari bilan nom chiqargan shoir Binoiy, ajoyib lirik-g‘azalchi Hiloliy vaboshqalar XV- XVI asrlar tojik adabiyotining yirik namoyandalari edilar.



XIX asr tojik demokratik adabiyotining yirik vakili, yangi tojik adabiyotining asoschisi Ahmad Donish edi. Ahmad Donish ijodini Ozarbayjonning ulkan ma’rifatparvari Mirzo Fatali Oxundov, qozoq realistik adabiyotining asoschisi Abay Qo‘nonboev, o‘zbek demokratik shoirlari Furqat va Zavqiylar ijodibilan muqoyas qilish mumkin, chunki taraqqiyparvar klassik adabiyot va xalq og‘zaki ijodining ajoyib an’analari asosida, xususan, rus adabiyotining ta’siri ostida kamol topgan Ahmad Donish o‘z zamonining ilg‘or ziyolisi, peshqadam ma’rifatparvar shoiri va prozaigi edi. U xalqningog‘ir hayot kechirish sabablarini o‘lkada hukm

surgan nodonlik va qoloqlikdan deb bilar edi.
Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling