Qishloq axolisiga tibbiy yordamni tashkil etish


Download 159.65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.12.2019
Hajmi159.65 Kb.

Mavzu: 

Qishloq axolisiga tibbiy 

yordamni tashkil etish 

xususiyatlari  

 


Mashgulot maqsadi:  

 

 talablarga qishloq sharoitini va davolash 



profilaktika muassasalarini o‘ziga xos 

xususiyatlarini xisobga olgan xolda qishloq 

joyda yashaydigan axoliga davolash 

profilaktika yordamini tashkil etishning 

axamiyatlarini tushuntirish. 


Kutilayotgan natijalar:  

 

 ma'ruza talabalar ongida qishloq aholisiga 



davolash-profilaktika yordamini tashkil 

etishning prinsiplarini, xususiyatlarini va 

bosqichma-bosqichda olib borishning 

axamiyati haqidagi  tushunchalarni 

shakillantirish. 

 


REJA: 

1. Qishloq aholisiga tibbiy yordam 



ko‘rsatishning xususiyatlari. 

2. Tumanlarda tibbiy muassasalarni tashkil 



etish tizimi 

3. Qishloq axolisini dispanser nazoratiga 



olishning o‘ziga xos  xususiyatlari. 

5. O‘qituvchining beradigan ma'lumotlari.  



 

Qishloq axolisq axolisiga tibbiy yordam  ko‘rsatishning 

xususiyatlari.  

 



 

Qishloq sharoitining o‘ziga xos xususiyatlari 

kuyidagilardan iborat. 

1. Qishloq axolisining tarqoq joylashganligi 



2. Qishloq xo‘jaligi ishlarining mavsumiyligi 

3. Tuman markaziga ayrim qishloqlarning uzoq 



joylashganligi, yo‘l sharoitlarining yomonligi. 

4. Jamoat transportlarining yetishmasligi, ularning 



belgilangan grafikda muntazam qatnamasligi, telefon 

aloqasining yomonligi. 

5. Ijtimoiy- 



maishiy sharoitlarning ko‘ngildagiday tashkil 

etilmaganligi. 



Qishloq axolisiga tibbiy xizmatning tashkil qilishning eng 

asosiy o‘ziga xos xususiyatlaridan biri uning 

bosqichligidadir. 

 



1. Qishloq axolisiga birinchi bosqichda tibbiy yordam ko‘rsatuvchi 

muassasa bu qishloq vrachlik punktidir. £ozirda ushbu bosqichda 

axoliga tarkibiga qishloq uchastka kasalxonasi, vrachlik 

ambulatoriya qishloq vrachlik punkti, FAP, salomatlik punktlari, kabi 

tibbiy muassasalar aholiga BTSYo ko‘rsatmoqda.  

2. Ikkinchi bosqichda tibbiy yordam qishloq axolisiga tuman tibbiyot 



muassasalari tomonidan ko‘rsatiladi. Ularga tuman markaziy 

kasalxonasi, tumandagi zonal kasalxonalar, tuman D.S.E.N.M va 

boshqa tibbiyot muassasalar kiradi. Bundan tashqari bosqichda 

qishloq axolisiga viloyat shifoxonalarida xam tibbiy yordam 

ko‘rsatiladi. Ularga viloyat shifoxonasi, viloyat shoshilinch tibbiy 

yordam ilmiy markazlari dispanserlar stomatologik poliklinika, viloyat 

D.S.E.N.M va xokazolar 

 


Tumanlarda tibbiy muassasalarni tashkil etish tizimi 

I. Bosqich qishloq vrachlik punktlari  



 

Hozirda rivojlangan mamlakatlardagi sog‘liqni saqlash 



tizimining tajribalarini, kundan-

kunga o‘ta qèììàòáàõî 

xizmat turiga aylanayotgan statsionar xizmatdan qèñìàí 

bo‘lsada voz kechish, axolini ijtimoiy muxofazalash hàìäà 

tibbiy feldsherlik emas, balki vrachlik yordamini axoliga 

yaqinlashtirish, tibbiy, yordamning samaradorligini 

oshirish, kelgusida oila shifokori tizimini yaratish 

maqsadida qèøëîq joylarida bir-birini vazifasini va 

kamchiliklarini takrorlayotgan murakkab ko‘p bosqichli (5 

bosqich) sog‘liqni saqlash tizimidan 2 bosqichli tizimga 

keng q¢ëëàìäà o‘tilmoqda.  

 


Qishloq vrachlik punkti axoliga malakali 

vrachlik tibbiy yordamini ko‘rsatishi 

mo‘ljallangan davolash-profilaktika 

muassasasi hisoblanadi. 

Qishloq  vrachlik punkti 1500 va undan ko‘p 

bo‘lgan axoli yashaydigan qishloqlarda  

tashkil etiladi. Qishloq  vrachlik punkti, u 

xizmat ko‘rsatayotgan axoli soniga, xizmat 

radiusiga va yo‘llarni rivojlanganligiga hamda 

Qishloq  xo‘jalik va  ishlab chiqarish 

tarmoqlariga qarab tashkil etiladi.  

 


Qishloq vrachlik punktining asosiy vazifalari:  

 



1. Biriktirilgan xudud axolisini malakali tibbiy yordam bilan ta'minlash; 

2. Axoli orasida kasallanish jaroxatlanish nogironlik va o‘limni 



kamaytirish bo‘yicha davolash profilaktik ishlarni o‘tkazish 

3. Axoli sanitar 



–gigienik madaniyatini oshirish bo‘yicha tadbirlar 

tashkil etish va o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish 

jumladan, ratsional ovqatlanish, chekish spirtli ichimliklar ichish  va 

boshqa zararli omillarga qarshi  kurash, jismoniy madaniyat va 

sportni keng ommalashtirish; 

4. Sanitariya va epidemiyaga qarshi kompleks tadbirlar o‘tkazish; 



5. O‘sib kelayotgan avlod sog‘lomlashtirish, onalar va  bolalar 

salomatligini muxofazalash, extiyoj sezilmagan xomiladaorlikni oldini 

olish, oilani rejalash, bolalar orasida tug‘ma anomalayalar va irsiy 

kasalliklarni kamaytirish bo‘yicha chora tadbirlar o‘tkazish; 

6. Aholiga tez va shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish; 



7.   Aholi orasida birinchi navbatda, bolalar  o‘smirlar, tug‘ruq 

yoshidagi ayollar, qishloq xo‘jalik xodimlari va bemorlar orasida tibbiy 

ko‘riklarni tashkil etish, ularni dispanser nazoratiga olish; 

 


Qishloq vrachlik punktining asosiy vazifalari: 

(Davomi) 

 

8. Eng ko‘p tarqalgan muxim kasalliklar ayniqsa sil, yuqumli, teri tanosil, 



o‘sma kasalliklarga qarshi kurash bo‘yicha davolash profilaktik tadbirlarni 

o‘tkazish; 

9.  Axolining umumiy kasallanish va ishchi-xizmatchilarning vaqtinchalik ish 



qobiliyatini yo‘qotganlik sabablarini o‘rganish, xo‘jalik, tashkilot muassasa 

rahbarlari bilan birgalikda ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab 

chiqish;  

10. Biriktirilgan axoliga tibbiy yordam ko‘rsatishning tashkiliy-uslubiy 



shakillarini rivojlantirish va takomillashtirish, sifat va samaradorligini oshirish

11. Har xil kasalliklar bilan kasallangan bemorlarni barvaqt aniqlash, ularga 



markaziy tuman shifoxonasi, yaqinda joylashgan davolash muassasalarining 

vrach mutaxassislari tomonidan konsultatsiyalar tashkil etish; 

12. Bemorlarni boshqa tibbiyot davolash profilaktk muassasalariga 



yotqizishni o‘z vaqtida tashkil etish; 

13. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, tuman markaziy 



shifoxonasini yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar va boshqa favquloddagi 

xodisalar ro‘y berganda o‘z vaqtida xabardor etish; 

14. Jamoat tashkilotlarini axoli salomatligini saqlash va mustaxkamlash 



bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va o‘tkazishga jalb etish. 

 

 



Birlamchi tibbiy sanitariya yordamini takomillashtirishning 

asosiy yo‘nalishlaridan biri onalar va bolalar salomatligini 

muhofazalash xisoblanadi. Barcha xududlarda bolalar 

muassasalari va tug‘ruqxona komplekslari faoliyatini 

muvofiqlashtirish, xavfsiz onalikni ta'minlash va tug‘ruq  

yoshidagi  ayollar salomatligini yaxshilash maqsadida, 

onalar va bolalar skrining markazlari va «Perinatalogiya» 

markazlari «Ixtisoslashgan tibbiy-genetika markazlari» va  

va boshqalar tashkil etilmoqda  ular onalar, chaqaloqlar 

o‘limini, tug‘ma anomaliyalar va perinatal davr  xastaliklari 

bilan tug‘ilayotgan bolalar sonini keskin kamayishiga olib 

keladi.  

 


Axolining sotsial-

iqtisodiy jixatdan turmush tarzining o‘zgarishi, 

salomatlik ko‘rsatkichlarini bir muncha yomonlashuviga axoli orasidagi 

sotsial axamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar sonini o‘sishga olib kelmoqda, 

axoli orasida keksalar va qariyalar sonining oshishi, tibbiy yordam 

ko‘rsatishni ambulatoriya poliklinikadan oilaga transformatsiya qilishni 

yaqinlashtirishni va oila doirasida eng keng tarqalgan kasalliklari 

profilaktikasi bilan shug‘ullanishga e'tiborni qaratishga taqozo etmoqda. 

Bu vazifalarni yechish uchun  respublikamizda birlamchi tibbiy sanitariya 

yordamini  umumiy amaliyot shifokorlari bilan ta'minlashga katta e'tibor 

berilmoqda.   

Birlamchi tibbiy sanitariya yordami tizimini takomillashtirishning asosiy 

vazifalaridan biri BTSYoning asosiy qismini keng profilli mutaxassislar 

kuchi bilan amalga oshirishga o‘tish lozim.  

 


BTSYo yanada takomillashtirish bosqichma-bosqich,  

mamlakatning real imkoniyatlaridan kelib chiqqan xamda 

BTSYoning tashkiliy, xuquqiy bazasini yaratgan xolda va 

umumiy amaliyot shifokori tayyorlashning tibbiy xodimlarini 

kasbiy maxoratini oshirishning asosiy prinsiplarini amalga 

oshirish yordamida olib boriladi.  

Tuman axolisiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning 2 chi 

bosqichidagi asosiy tibbiyot muassasasi bu tuman markaziy 

shifoxonasidir 

Tuman markaziy shifoxonasi tuman aholisiga malakali 

ixtisoslashga statsionar hamda poliklinika xizmatini 

ko‘rsatuvchi, tumandagi barcha tibbiyot muassasalarning ish 

faoliyatini boshqaruv, tuman axolisiga sifatli tibbiy xizmatni 

tashkil etishga ma'sul  tashkiliy metodik markaz xisoblanadi. 



Tuman markaziy shifoxonasining vazifalariga quyidagilar 

kiradi. 


 

1. Tuman va tuman markazi aholisiga poliklinika va kasalxonada 



malakali xamda ixtisoslashgan tibbiy yordamni tashkil qilish 

2. Tuman xududida joylashgan barcha davolash-profilaktik 



muassasalarini seperativ va tashkiliy metodik tomonidan boshqarish 

shu bilan birga ularning ish faoliyatini nazorat qilish 

3. Ishchilarning vaqtinchalik xamda doimiy mexnat qobiliyatini 



yo‘qotganlik darajasini o‘rganish va taxlil qilish 

4. Tumandagi barcha davolash profilaktika muassasalari faoliyatiga 



zamonaviy diagnostik, davolash va profilaktik texnalogiyalarni joriy 

etish 


5. Tibbiyot xodimlarini tarbiyalash, malakasini oshirish ulardan 

oqilona foydalanish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish. 

 


QISHLOQ aholisini dispanser nazoratiga olishning o‘ziga 

xos xususiyatlari  

 



Xozirgi davrda dispanser nazoratiga aholi 

2 ta ko‘rsatmaga muofiq olinadilar: 



ijtimoiy ishlab chiqarish ko‘rsatmasi 



tibbiy ko‘rsatma 



 

Ijtimoiy ishlab chiqarish ko‘rsatma bo‘yicha 

quyidagilar dispanser nazoratiga olinadilar: 

 



- mexanizatorlar 



- ferma ishchilari 

- suvchilar 



- zaxarli ximikatlar bilan ishlovchilar 

- xomilador va emizikli ayollar 



- UVU qatnashchilari va nogironlari 



xo‘jalik raxbarlari 



 

Tibbiy ko‘rsatma bo‘yicha qishloqda 

ham xuddi shaxardagidek axoli 

bemorlar 43-44 ta kasallik  formalari 

bo‘yicha  kasalliklarga chalinganda 

dispanser nazoratiga olinadi. 

 


QISHLOQ axolisini dispanser nazoratidan 

o‘tkazish ikki bosqichdan iborat: 

 



1. Ro‘yxatga olish bosqichi 



2. Dispanser nazoratini amalga oshirish 

bosqichi 

 


Ro‘yxatga olish  bosqichining o‘zi 

yana 2 davrga bo‘linadi 

 



1. Tayyorgarlik 



2. Ishchi davr. 

 


Tayyorgarlik davri  o‘z ichiga barcha 

tashkiliy va  metodik masalalarni xal 

qilishni taqazo etadi. 

Ishchi davri  bu bevosita tumanlarda 

tibbiy ko‘rikni tashkil qilishni o‘z 

ichiga oladi. 

 


QISHLOQ axolisini dispanserizatsiya qishloqda 

F.A.G va K.V.P ning roli quyidagilardaniborat. 

 



- xar bir yamovchining yoshiga jinsiga va kasbiga qarab 



yiliga ro‘yxatga olish o‘z vaqtida bu ma'lumotlarni 

uchastka vrachlariga yetkazib tibbiy ko‘rik o‘tkazish 

muddatlarini va joylarini belgilash; 

- xar bir dispanser nazoratiga olingan shaxsga 



ambulatoriya kartasi 131 shaklni nusxasi ochiladi yoki 

dispanserlik  nazorat kartasi 

– 0 30/m, 



tibbiy ko‘rik o‘tkazilishi  to‘g‘risida aholini o‘z vaqtida 

axolantiradi 



joy bilan ta'minlashda va o‘zi xam ko‘rikda aktiv 



qatnashadi. 

 


Ma'ruzaning ta'minoti 

 

 jadvallar: qishloq axolisiga tibbiy xizmat 



qilishning asosiy xususiyatlari, 

kategoriyalari, vazifalari, dispanser 

nazoratiga olishning asosiy xususiyatlari. 


Talabalarning mustaqil ishlari: 

 



qishloq axolisiga tez tibbiy yordam 

ko‘rsatishning asosiy princhiplari 

   


Tez tibbiy yordam ko‘rsatish markazi, 

ularning tarkibi, turlari va vazifalari 

 


Nazorat savollari: 

 



1. Qishloq axolisiga tibbiy xizmat kursatishda qanday xususiyatlar 

mavjud 


2. Qishloq uchastka kasalxonasining vazifalari nimalardan iborat. 

3. Qishloq vrachlik punktining asosiy vazifalari nimalardan iborat 



4. Feldsherlik 

– akusherlik punktining asosiy vazifalari nimalardan 

iborat 


5. Markaziy tuman shifoxonasining asosiy tarkibiga nimalar kiradi. 

6. Tuman markaziy shifoxonasining asosiy vazifalari nimalardan 



iborat. 

7.  Qishloq axolisini dispanser nazoratiga olish qaysi ko‘rsatmalar 



bo‘yicha olib boriladi 

8. Ijtimoiy ishlab chiqarish ko‘rsatmasi bo‘yicha kishilar dispanser 



nazoratiga olinadilar 

9. Qishloq  axolisini dispanser nazoratiga olishning bosqichlari 



nimalardan iborat 



10. Qishloq axolisining dispanserizatsiya qilishda F.A.P va K.V.P 



larining asosiy o‘rni nimalardan iborat 


Download 159.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling