Qishloq qurilish texnologiyasi


qilib  qotirilmaguncha,  ulami  krandan  bo'shatishga y o ‘l  qo‘yilm aydi

bet12/15
Sana15.12.2019
Hajmi
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15

qilib  qotirilmaguncha,  ulami  krandan  bo'shatishga y o ‘l  qo‘yilm aydi. 
Montaj  qilingan  konstruksiyalami  ushlab  turuvchi  moslamalar, 
qotirgichlar  ishonchli  tayanchlarga  mahkamlanadi.  M oslamalar 
va  qotirgichlam ing  soni  va  o ‘matilgan  joyi  ishlab  chiqarish  ishlari 
loyihasida k o ‘rsatilgan bo‘ladi.
Montajchilar yuqorida,  to‘siqlar bilan muxofazalanmagan joylarda 
ishlayotganda  montaj  kamaridan  foydalanishlari  shart.  M uhofaza 
to‘siqlari  b o ‘lm agan temirbeton  bo‘laklari,  rigellar,  fermalar va bosh­
qa  konstruksiyalar  ustidan  yurib  o ‘tishga  to'g'ri  kelgan  hollarda,

montajchiga  balandligi  1,2  metr  bo‘lgan,  konstruksiyalar  bo‘ylab 
tortilgan po‘lat arqonlariga montaj  kamarini  bir uchini  biriktirgandan 
so‘nggina  o ‘tishga  ruxsat  beriladi.  Qavatlarda  a w a lo   birinchi 
qo‘yilgan  konstruksiyalami  yaxshilab  qotirib,  payvand  qilingandan 
keyingina  navbatdagi  konstruksiyalami  montaj  qilishga  kirishiladi. 
Montaj  ishlarini  bajarishda  konstruksiyalami  loyihada  ko‘rsatilgan 
joyga  o ‘matib,  payvand  qilmaguncha  ularning  ilm og‘ini  bukish, 
konstruksiya  va  elementlar  ko‘tarilayotganda  ularni  ustida  bo‘lish, 
konstruksiyalami  kranda  ko‘tarilgan  xolatda  qoldirib  ketish,  ularni 
duch  kelgan  joylarga  va  vaqtinchalik  qo‘yilgan  buyumlarga  suyab 
qo‘yish  hamda  bino  qavatlarida  taxlash,  nostandart  narvonlar  bilan 
ishlash,  shuningndek,  himoyalanmagan  ko‘z  bilan  elektropayvand 
nuriga qarash ta’qiqlanadi.
Montajchi ishni tugallagandan so ‘ng ish va o ‘tish joylarini tartibga 
keltirishi,  keraksiz  buyum  va  axlatlardan  tozalab,  asbob  va  montaj 
qurilmalarini  yig‘ ishtirishi,  ularni  maxsus  saqlanadigan  xonaga 
topshirishi lozim.
Nazorat savollari
I .Montaj  ishlarini bajarish loyixasi tarkibiga nimalar kiradi?
2.Bino va inshootlar montaji qanday usullarda olib boriladi?
3.Montaj  ishlarini  bajarishda  foydalaniladigan  montaj  kranlari 
qanday turlarga bo‘linadi?
4.Minorali kranlarni tanlash tartibini tushuntiring.
5 .0 ‘ziyurar strelali kranlar qanday tanlanadi?
6.Konstruksiyalarnistroplashdaqandayyukushlashmoslamalaridan 
foydalaniladi?
7.Bir  qavatli  sanoat  binolarining  konstruksiyalari  qanday  tartibda 
montaj  qilinadi?
8.Ko‘p qavatli temir-beton karkasli binolar montaji qanday amalga 
oshiriladi?
9.Yirik panelli binolar qanday usullarda montaj  qilinadi?
10.Metall  konstruksiyalar 
montajining  o ‘ziga  xos  jihatlari 
nimalardan  iborat?
II .Montajning konveyer usuli qanday hollarda qo‘llaniladi?

ю-вов.
HIMOYA Q O PLAM ALARI  HO SIL Q IU S H  ISHLARI
10.1. Tom y o p is h  ishlari
10.1.1.  U m u m iy   ma’lumotlar
Tom  qoplami  namlik  va  issiqlik:  himoyasi  vazifasini  bajarib,  bino 
yoki  inshootning  uzoqqa  c h id a m iilig i  ko‘p jihatdan  shu  qatlamning 
sifatiga  bog‘liq  bo‘ladi.  G id roizolyatsiya  qatlami  sifatida  o ‘rama, 
mastikaii  va  donador  materiallar  ishlatiladi.  Donador  materiallar 
nisbatan  uzoqqa  chidamli  h iso b la n a d i.  Masalan,  cherepitsa  -  60  va 
undan  ortiq  yil,  asbessement  -  3 0   va  undan  ortiq  yil  xizmat  qilishi 
mumkin.  Ammo  bu  materiallardan  tom  himoya  qatlami  hosil  qilish 
sermehnat jarayon  hisoblanadi.  0 ‘ rama  materiallardan  tom  himoya 
qatlamini  hosil  qilish  nisbatan  kam m ehnat,  lekin  5-10  yil  xizmat 
qiladi xolos.
Shu  sababli  tom  himoya  q a tla m i  turini  qabul  qilishda  aniq  sharo- 
itdan kelib chikkan holda ish qo‘r is h g a  to‘g ‘ri keladi.
0 ‘rama  materialli  tom  qoplam ini  hosil  qilish.
  Ishlatiladigan 
o ‘rama  materiallar  bog‘lo v ch in in g   turiga  ko‘ra,  bitumli  va  qatronli 
bo‘lishi  mumkin;  tuzilishiga  k o ‘r a ,  qoplama  qatlamli  va  qdplama 
qatlamsiz turlarga bo‘linadi.
Qoplama  qatlamli  o ‘rama  m ateriallar  karton,  alyuminiy  folgasi, 
shisha  to ‘r  va  shisha  mato  a s o s id a   tayyorlanadi.  Karton  asosida 
ruberoid va izol ishlab chiqariladi.
Qoplama  qatlamsiz  m ateriallarga  pergamin,  tol-koja,  gidroizolni 
misol qilib keltirish mumkin.
0 ‘rama  materialli  tom  him o ya  ishlari  tayyorgarlik va  asosiy jara- 
yonlardan  tarkib  topadi.  Tayyorgarlik jarayonida  mastika,  gruntovka 
va o ‘rama materiallami tayyorlanadi. A sosiy jarayon tarkibiga asosni 
tayyorlash,  bug‘  himoya  q a tlam in i  hosil  qilish,  issiqlik-himoya 
qatlamini  yotqizish,  tekislovchi  qatlamni  hosil  qilish,  gruntovka 
qilish,  o ‘rama  materiallami  yop ish tirish   va  himoya  qatlamini  hosil 
qilish kiradi.
0 ‘rama materiallami asosning  harorat-cho‘kish deformatsiyasidan 
saqlash  maqsadida  tom  yopm a  plitalari  choki  ustida  tekislovchi

qatlamda  10 mm kenglikda chok qoldiriladi. Bu choklar m astika bilan 
to ‘lg‘aziladi va kengligi  100 mm  li o ‘ram a material  yopishtiriladi.
Tekislovchi  qatlam  qalinligi yaxlit  issiqlik-him oya qatlam ida -  10, 
plitasimon  issiqlik-him oya  qatlamida  -  20,  sochiluvchan  issiqlik- 
himoya qatlam ida -  30  mm  dan ortib ketmasligi  kerak.
0 ‘rama  materiallarni  yopishtirish  uchun  bitumli  va  qatronli  mas- 
tikalar  ishlatiladi.  Bitumli  m astikalar  BNK-2.  BNK-5  markali  nefl 
bitum  va toMdiruvchilar  aralashm asidan  tayyorlanadi.  qatronli  m asti­
kalar uchun  toshko‘mir qatroni  va qum  qotishmasi  (splav)  ishlatiladi. 
To‘ldiruvchilar sifatida 7-navli asbest, talk, tuyilgan ohaktosh, dolomit, 
trepel  va b o 'r ishlatiladi.
G runtovkalar  bitum  yoki  qatronni  erituvchilarda  (kerosin,  benzin, 
solyarka) eritib tayyorlanadi.
O 'ram a  m aterialli  tom lar  tekis  (nishabligi  3  %  gacha)  va  qiya 
(nishabligi  3  %  dan  ortiq)  bo ‘lishi  mumkin.  Tekis  tom lar  uchun  bio- 
logik  bardoshli  materiallar:  tol,  tol-koja,  gidroizol,  biobardoshli 
ruberoid  ishlatiladi.  Biologik  bardoshli  materiallarni  bitumli  yoki 
qatronli  m astikalarga  antiseptik  qo ‘shim chalar  (krem niy-ftorli  va 
ftorli-natriy) q o'shib yopishtiriladi.
Tomning  nishabligi  15%  gacha  b o is a ,  o ‘rama  m ateriallar  yog'in 
suvlari  oqim iga  perpendikulyar,  nishablik  15%  dan  katta  bo‘lsa 
parallel  holda yopishtiriladi.  qatlam larning  eng  kichik  soni  (odatda  3 
qatlam) nishablik  15% dan  katta bo‘lganda,  eng katta soni (5  qatlam), 
nishablik  15% dan kichik boMgandaqabul qilinadi. 0 ‘rama m ateriallar 
uchun tom nishabligining eng katta qiymati  25% ni tashkil etadi.
Qoplam a qatlam siz m ateriallar  issiq,  qoplam a qatlamli  m ateriallar 
esa issiq va sovuq  m astikalar bilan yopishtiriladi.
0 ‘ram a m ateriallar bo‘ylam a va ko'ndalang  choklari  100  mm  dan 
chok bostirib yopishtiriladi (qatlam lar choki tik y o ‘nalishda ustm a-ust 
tushmasligi  kerak).
M astikalar purkagich (forsunka) yoki cho‘mieh yordam ida beriladi; 
o'ram a m aterial zichlagich  (katok)  bilan  bostiriladi.
0 ‘rama  m ateriallar  qatlamini  birdaniga  hosil  qilish  usulida  chok- 
larni  siljitish  quyidagi  sxemada am alga oshiriladi (58-rasm).

Gruntovka
5 8 -ra sm .  0 ‘ra m a   m a te r ia lla r d a n   t o ‘rt  q a tla m li  tom   h im o y a   q o p la m a sin i
h o sil  q ilish   sx em a si.
Eriydigan  qatlamli  о  rama  materiallar  (ruberoid,  ekarbit, 
armobitep) yopishtiruvchi mastikalarni talab etm aydi. Zavod sharoitida 
o ‘ram a  m aterialning  ichki  tom onida  hosil  qilingan  va  qotib  qolgan 
mastika qatlami yopishtirish jarayonida eritgichlar yordam ida  (sovuq 
usul) yoki qizdirib eritiladi.  Sovuq usul  faqatgina  issiq  sharoitda (50C 
dan yuqori) qo ‘llanilsa, qizdirib eritish usuli issiq va sovuq sharoitlarda 
(manfiy haroratda)  qo ‘llaniladi.
M astikali tom him oya qatlamini hosil qilish. M astikali tom him oya 
qatlami  ikki yoki uch qatiam  m astikani  shisha to ‘r,  shisha mato va 22 
mm qilib kirqilgan shisha tola bilan arm aturalab  hosil  qilinadi.
Bunday himoya qatlami uchun issiq bitumli, bitum-rezinali mastikalar, 
sovuq bitum-lateksli emulsiya,  sovuq asfaltli mastika ishlatiladi.
Beton  yoki  sement-qumli  qorishm adan  iborat  asos  bitum ning 
kerosindagi  eritmasi  (1:2  m assa  bo'yicha)  bilan  gruntovka  qilinadi. 
Shisha tola bilan arm aturalanadigan m astikali  qatlamni  hosil  qilishda 
bitum-lateksli  emulsiya.  sovuq  asfaltli  m astika  ishlatiladi.  M astika 
changlatuvchi-pistolet  bilan  purkaladi.  Em ulsiya  har  biri  0.8... 1  mm 
bo‘lgan  3...4  qatiam  qilib  beriladi.  Har  bir  qatiam  o ‘zidan  avvalgi 
qatiam  qotgandan  so‘ng beriladi.

Shisha  to ‘r  va  shisha  mato  bilan  armaturalanadigan  mastikali 
qatlamni  hosil  qilishda  butumli,  bitum-rezinali  mastikalar,  bitum- 
lateksli emulsiya, asfaltli emulsiyali mastika ishlatiladi. Dastlab mastika 
yoki  emulsiya  qatlami  beriladi.  Birinchi  qatlam  qotgandan  so‘ng 
armaturalovchi  material  uzunligi  va  kengligi  bo ‘yicha  75... 100  mm 
chok  bostirib  to ‘shaladi.  So‘ngra  mastika  yoki  emulsiyaning  ikkinehi 
qatlami  shisha  to ‘r  yoki  shisha  mato  t o i a   pishilguncha  beriladi  (sirti 
yaltiroq  tusga  kiradi).  Armaturalovchi  materialning  keyingi  qatlami 
kesishadigan qilib to'shaladi. Qatlamlar soni  loyihada ko'rsatiladi.
A rm aturalanm aydigan  m astikali  qatlam  hosil  qilishda  sovuq 
asfaltli  m astika,  krovlelit  va  vent  ishlatiladi.  Sovuq  asfaltli  m astika 
ohak-bitumli  em ulsiyali  pasta  va  to ‘ldiruvchi  -  sement  ham da  asbest 
aralashm asidan  iborat  b o ‘ladi.  M astika  asosga  3-4  qatlam  qilib, 
qalinligi  5  m m   dan  oshmagan  holda  beriladi.  H ar  bir  navbatdagi 
qatlam  o ‘zidan  avvalgi  qatlam  qurib-qotgandan  so ‘ng  beriladi. 
Choklarda  m astika  qatlami  bir-biriga  20-30  sm  yopishib  tushishi  va 
tik  y o ‘nalishda  choklar  ustm a-ust  tushm asligi  kerak.  Bunda  him oya 
qatlamiga  zarurat  bo'lm aydi.  chunki  m astika  kuyosh  radiatsiyasiga 
yaxshi bardosh bera oladi.
10.1.2. 
D o n a d o r m a te ria lla rd a n   tom   q o p lam in i  hosil qilish 
To ‘Iqinsimon  asbesement 
list  (varaq)lar  (shifer)dan  tom 
himoya  qatlamini hosil qilish.
  Bunday  m ateriallar  ishlatilganda tom 
nishabligi 33...60%  ni tashkil etadi. Listlar quyidagi markalarda ishlab 
chiqariladi:  VO  m arkali  oddiy  profilli,  VU  m arkali  kuchaytirilgan 
profilli, UV m arkali  unifikatsiyalangan profilli.
Oddiy profilli to ‘lqinsimon asbestosement listlar o'lcham i 678x  1200 
mm  bo'lib,  60x60  mm  li  bruslardan tashkil  topgan  yog‘och  panjaraga 
o'rnatiladi.  Bunda har bir list (shifer) 3 ta brusga tayanishi kerak.
Listlar  pastdan  yuqoriga  qarab,  bino  kam iziga  parallel  ravishda 
qatorlab  o ‘m atiladi.  Qatordagi  har  bir  shifer  yon  shiferni  bitta 
to ‘lqinga  bosib  tushishi  kerak.  Qatorlar  esa  bir-birini  tom  nishabligi 
50% dan katta  boMganda  120 mm,  33-50%  da  140 mm bosib tushadi. 
Shiferlarning tutash joylarining jipsligiga qatlamlar sonini kamaytirish 
hisobiga erishiladi. Buning uchun ikkita shifer burchaklari qirqiladi yoki 
yopib tushayotgan shifer bitta to iq in g a  surib mahkamlanadi (59-rasm).

5 9 -ra sn i.  S h ife r la r  tu tash   jo y la r in in g  jip slig in i  t a ’m in la sh   u su llari:
I-sh ife r burchaklarini  qirqib m ahkam lash  asosida;  II—siferni  bitta  surib 
m ahkam lash  asosida;  1,  2,  3.  4-shiferIarning o'rn atilish   tartibi.
Shiferlarni  mahkamlashni  tom ning  kaysi  burchagidan  boshlanishi 
shamolning davriy yo'nalishiga asosan  aniqlanadi.
Shiferlarni  bruslarga  ruberoid  shaybali  m ix  yoki  shuruplar  bilan 
mahkamlanadi.  Karniz  qatoridagi  har  bir  shifer  uchta  m ix  bilan 
mahkamlanadi:  2  ta  mix  shiferlar  ustm a-ust  tushadigan  tomondagi
2-  to'lqinga,  bitta  mix  4-to'lqinga  (karniz  brusiga)  qoqiladi.  Keyingi 
qatorlardagi chetki shiferlar ikkita m ix bilan, qolgan shiferlar esa bitta 
m ix bilan  2-to‘lqinga qoqib m ahkamlanadi
Kuchaytirilgan  va  unifikatsivalangan  profilli  shiferlar  (o ‘lchami 
994x1750  --  2800 mm  va  1125x1750  — 3300  mm)  metall  yoki  temir- 
beton  progonlarga  ilmoq,  anker  boltlari  va  qisqichlar  vositasida 
mahkamlanadi.  Uzunligi  1750  mm  b o ’lgan  shiferlar  ikkita  taxtaga. 
1750  mm  dan  ortiq  bo‘!sa,  uchta  taxtaga  tayanadi.  qatordagi  har  bir 
shifer  yon  shiferni  bitta  toMqinga,  qatorlar  esa  bir-birini  200  mm  ga 
bosib tushishi  kerak.
Tekis  asbestosem ent  plitkalam i  m ahkam lashda asos  10  mm  oraliq 
qoldirilgan va pergamin to'shalgan taxtalardan iborat bo'ladi. Karniz va 
fronton  (yon  tomon)  bo‘yiab yarim talik plitkalar m ahkam lanadi. Tom 
cho‘qqisi (konek) alohida tayyorlangan detallar bilan yopiladi. Har bir 
plitka ikkita m ix va shamolga  qarshi  piston  bilan  mahkamlanadi.

Cherepitsali  tom  ishlari. Cherepitsa ishlatilganda nishablik kam ida 
50  %  qilib  olinadi.  Cherepitsalar  olovga  bardoshli,  uzoq  m uddat 
xizm at  qiluvchi,  tejam li  hisoblanadi.  Asosiy  kamchiligi,  cherepitsali 
tom lar katta m assaga ega b o ia d i.
Cherepitsalar  vog‘och  bruslardan  hosil  qilingan  panjaralarga 
pastdan yuqoriga, qatorm a-qator qilib, chokni qochirib m ahkam lanadi. 
Chokni qochirish  uchun  qator oralatib yarim talik cherepitsa qo‘yiladi 
(60-rasm).
6 0 ra sm .  T ekis  len ta siin o n   c h e r e p itsa n i  m a h k a m ia sh   sx em a si: 
1-stropila 
oyog‘i;  2 -n fstil;  3 -tekislovchi  reyka;  4 - y o g ‘och panjara;  5 -y arim ta  cherepitsa;
6-qato rd ag i  cherepitsa;  7-cherepitsani  m axkam lovchi  qisgich.
O 'yiqli (pazovaya) cherepitsa bir qatlam  qilib o'ngdan chapga qarab 
qatorda 20 mm,  qatorlar orasida 65  mm  chok bostirib m ahkam lanadi. 
Harorat  ta ’siridagi  o ‘zgarishlarni  qabul  qilish  uchun  qatordagi 
cherepitsalar  1,5...2 mm oraliq qoldirib  m ahkam lanadi.
Tekis  cherepitsa  ishlatilganda  b o'ylam a  yopiq  choklar  hosil  qilib 
b o ‘lmaydi.  Shu  sababli  bunday  cherepitsalar  ikki  qatlamli  qilib,  200 
m m  chok bostirib m ahkam lanadi.
0 ‘yiqli  cherepitsa  panjaraga  (obreshetka)  sim lar  bilan,  tekis  che­
repitsa  esa  qisqichlar  bilan  m ahkam lanadi.  N ishablik  45°  dan  ortiq 
bo ‘lganda  barcha  cherepitsalar.  undan  kam   nishablikda  esa  faqat  toq 
qatorlar  (karniz  va  tom  cho‘qqisidagi  qatorlar  ham)  m ahkam lanadi. 
Tekis cherepitsalar  bitta,  ikkita oralatib m ahkamlanadi.

Tunuka  tom  qoplam alari  qurish.  Ruxlangan  p o ‘lat  listlardan  tom- 
ning  ayrim  elem entlari  tayyorlanadi:  suv  ayirgich,  karniz  o ‘stirmasi, 
tik sirtlarga biriktirish elementlari, suv oqizish quvurlari va shu kabilar. 
Po‘lat  listlar  qalinligi  0,51-0,7  mm  ni  tashkil  etadi.  P o‘lat  listlar  bir- 
biriga tik yoki yotiq  faltslar bilan biriktiriladi (61-rasm).
6 1 -ra sm .  P o ‘la t v a r a q   (list)Ia rn i  fa ltsla r  b ilan   b irik tirish .
TO.1.3.  Tom  ishlarini  bajarishda  xavfsizlik qoidasi
Tom  ishlariga  18 yoshga to ig a n , tibbiy ko'rikdan o ‘tgan vategishli 
guvoxnom asi  bor  ham da  ishlar  uchun  xavfsizlik  texnikasi  bo‘yicha 
instruktaj  o ‘tkazilgan  ishchilar qo'yiladi.
Tom  ishlariga jalb qilinganlar ish  boshlashdan oldin  ish yurituvchi 
yoki  ustadan  kerakli  topshiriq  va  instrkutaj  olgach,  ish  kiyimlarini 
tartibga  keltiradilar.  So‘ng  birinchi  navbatda  ish joylari  k o ‘zdan  ke- 
chiriladi.  Agar  tom larning  chetlarida  doimiy  panjara-to‘siqlar  bo ‘l- 
masa,  tom  ishlarini  bajarish jarayonida  albatta  vaqtinchalik  to ‘siqlar 
bilan  m uhofazalanadi  va  bu  to ‘siqlarning  balandligi  1  m etrdan  karn 
bo‘lmasligi  lozim.  Asbob  usukunalar,  moslama  va  qurilmalarning 
sozligi tekshirib ko'riladi.

Tom  ishlarini  bajarishda  berkitish-yopish  ishlari  asosiy  o ‘rin 
egallaydi.  Tomdan  suv  o ‘tmasligi  uchun  bitum  eritib  q o ‘yiladi.  Bi­
tum  eritiladigan joy  yon g ‘in  xavfi  b o ‘lgan  bino  va  om borlardan  50 
metr,  turar jo y   binolaridan  esa  200  m etr  uzoqlikda  tanlanadi.  Bitum 
yertiladigan  m axsus  qozon  avvalo  har  tom onlam a  ishlatishga  qulay 
va  yonm aydigan  m aterialdan  tayyorlangan  qopqog‘i  b o ‘lishi  kerak. 
Qozonga  bitum  qotishm asini  solayotganda  eriydigan  bitum lar  uning 
sig‘imining  3/4  qism idan ortib ketm asligiga erishish zarur. Aks xolda 
bitum  qozondan  toshib  yoki  k o ‘ngilsiz  hodisalarga  sabab  b o ia d i. 
Bitum qotishm asi  har xil  axiatlardan tozalanib,  quruq  holida qozonga 
solinadi.  A gar  qozondan  bitum  yerga  tom ayotgan  b o 'lsa   (teshilgan 
boTsa)  u  rem ont  qilinadi  yoki  boshqasiga  alm ashtiriladi.  Qozonni 
tozalash yoki  rem ont qilishni 2 ta ishchi bajaradi. Ularning biri qozon 
ichida,  ikkinchisi  esa  tashqarisida  turib  sherigining  xavfsizligini  ta !- 
m inlaydi. Qozonni tozalash yoki rem ont qilishdan oldin uni isitishdan 
to ‘xtatib,  undan  qolgan  bitum ning  hammasini  chiqarib  tashlanadi 
va  qozonni  yaxshilib  sovutib,  shamollatiladi  ham da  «qozon  ichida 
odamlar  ishlayapti»  degan  yozuvlar osib qo‘yiladi.
Bitum  erituvchi  ish  paytida  ehtiyot  bo'lishi,  qozonning  ustiga 
engashm asligi,  qozondagi  erigan bitum ni  uzun  sopli  cho‘m ich bilang 
quyishi  ishlayotganda  brezent  q o ‘lqop  va  xim oya  k o ‘zoynagi  taqib 
olishi  lozim.
Erigan  bitum  ish  joyiga  m axsus  m exanizatsiyalashtirilgan  truba- 
larda  yoki  yuk  ko'taruvchi  m ashinalar  yordam ida  olib  boriladi.  Za­
rur xollarda qopqog‘i  m axkam   yopilgan konussim on  idishlardan  foy- 
dalanadi.  Bunda  bitum  tashiyotgan  ishchining  y o i i   tekis,  qurilish 
axlatlari  va chiqindlardan tozalangan  b o iis h i kerak.
Bitum  eritilayotgan joyd a  qum  to ‘ldirilgan  bochka  yoki  yashiklar, 
belkurak  va  boshqa  o ‘t o'chirish  vositalari  bo ‘lishi  shart.  Yonayotgan 
bitum ni  suv  bilan  o ‘chirish  taqiqlanadi.  M ateriallar  saqlanadigan 
om borlarga  va  bitum   eritilayotgan jo y g a  yong'in  o ‘chirish  m ashina- 
larinng bemalol kelishi uchun y o ‘llar b o iis h i kerak.
Tom  ishlarini  bajaruvchilar boshqa  ishchilarga qaraganda birmun- 
cha  qiyin  sharoitlarda:  ham m adan  yuqorida  va  qiyalik joylarda,  shu- 
ningdek,ochiq m uxitlarda m ehnat qiladilar.  Shuning  uchun  ular birin-

chidan, tom dan yiqilib tushm aslik, ikkinchidan esa pastda ishlayotgan 
ishchilarni  baxtsiz  hodisalarga  duchor  qilm aslik  uchun  xavfsizlik 
qoidalariga rioya qilishlari zarur.
A g artom ning qiyaligi 20 darajadadan ortiq b o ‘lsa, ishchilar montaj 
kamarini b o g ia b  olishlari  shart.
Tomga  olib  berilgan  qurilish  m ateriallari  ishlab  chiqarish  ishlari 
loyixasida k o ‘rsatilgan joylardagina qo‘yiladi. Tomda m ayda va sochi- 
luvchan  m ateriallam i  taxlashda,  shuninngdek  asbob-uskunalarning 
qo‘yishda  ularni  pastga tushib  ketm aslik yoki  sham olda  to ‘zib  ket- 
maslik choralarini  ko'rish  kerak.
Qalin  tum an  tushganda,  kuchli  yom g’ir  va  yoki  qor  yoqqanda, 
shamolning  tezligi  sekundiga  15  m etrdan  ortganda  tom  ishlarini 
bajarish to ‘xtatiladi.
Ish  yakunida  ish  joylari  tartibga  keltirilib,  tozalangan,  asbob- 
uskunalar  saqlash  xonasiga topshiriladi.  Bitum  tekkan  qoMni  benzin 
bilan yuvish yaramaydi.
10.2.  Gidroizolvatsiya (namdan-himoya)  ishlari
Gidroizolyatsiya  ishlari  bino  va  inshoot  konstruksiyalarini  atmos 
feradagi  nam lik  va  grunt  suvlaridan  him oya  qilish  m aqsadida  ba- 
jariladi.
Ishlatiladigan materialning turiga vaho=il qilish usuliga ko‘ragidro- 
izolyatsiyaquyidagi  turlarga  bo‘linadi:  bo'yaladigan,  surtiladigan, 
yopishtiriladigan,  suvaladigan,  qo‘yiladigan va  list (varaq)li gidroizo­
lyatsiya
Bo ‘yaladigan  va surtiladigan gidroizolyatsiya.
  Bunday  gidroizo- 
lyatsiyani  hosil  qilishda  bitum  va  to'ldiruvchilar  (asbest,  talk)  dan 
tayyorlangan  issiq  va  sovuq  bitum li  mastikalar,  issiq  bitum,  sintetik 
smolalar asosidagi m ateriallar (lak,  b o ‘yoq)  ishlatiladi. B o ‘yaladigan 
himoya qatlami 0,2...0,8 mm ni, surtiladigan him oya qatlam i esa biroz 
kalinrok, y a ’ni  2...4  mm  ni tashkil  etadi.  Gidroizolyatsiyaning  bu turi 
konstruksiyalam i  asosan kapiliyar namlikdan  him oya qiladi.
Yopishtiriladigan gidroizolyatsiya.
  Yopishtiriladigan  gidroizolyat- 
siyani  hosil  qilishda  o 'ram a  materiallar:  ruberoid,  tol,  gidroizol,  izol, 
polietilen plyonkasi ishlatiladi. Buturdagi gidroizolyat&iyainshootning

yer  osti  va  yer  usti  qism larini  grunt  suvlaridan  him oya  qiladi.  Uzoq 
m uddat  xizm at  qiluvchi  inshootlarda  himoyalovchi  m aterial  sifatida 
karton  asosli  o ‘ram a  m ateriallardan  (ruberoid,  tol,  pergam in)  foy- 
dalanish tavsiya etilmaydi.
H im oyalovchi  m ateriallar  bitumli,  qatronli  va  sintetik  m astikalar 
yordam ida yopishtiriladi. Vertikal yuzalar uchun faqat issiq bitum li va 
qatronli m astikalar ishlatiladi. 0 ‘ram a m ateriallarni vertikal yuzalarga 
yopishtirishda  yuza  balandlik  b o ‘yicha  1,5  m etrgacha  bo'lgan 
yaruslarga b o ‘lib olinadi. 0 ‘ram a m ateriallar pastdan yuqoriga tomon 
yopishtirilishi kerak.  Bunda har bir qatlam o ‘zidan oldingi qatlamning 
k o ‘ndalang choklarini  150...200 mm,  bo‘ylam a choklarni kam ida  100 
mm  ga bosib tushishi kerak.
Suvaladigan gidroizolyatsiya. Bunday turdagi gidroizolyatsiya ikki 
xil  usulda hosil  qilinishi  mumkin:
1. Tarkibi  1:1  yoki  1:2 b o‘lgan, qalinligi 5...40 mm li sement-qum li 
qorishm a bilan;
2.  qalinligi 20  mm gacha b o ‘lgan issiq va sovuq asfaltli  m astikalar 
bilan.
Mineral b og ‘lovchi  sifatida suvga bardoshli kirishmaydigan (VBS) 
sementlardan  va  suvga  bardoshli  kengayuvchi  (VRS)  sementlardan 
foydalaniladi.  Sement-  qumli  qorishm a  nasoslar  yordam ida  yoki 
yanadazich qatlam hosil qilish uchun sem ent-pushka yordam ida bosim 
bilan  sochiladi.  Bunday  gidroizolyatsiya0,5...0,6  mPa  gidrostatik 
bosim ga bardosh bera oladi.
Sovuq  asfaltli  m astika  bitum  emulsiyali  pasta  va  mineral  kukun 
(sement)  aralashm asidan  hosil  qilinadi.  Em ulsion  pasta o ‘z navbatida
160...180°C  li  issiq  bitum  va  em ulgator  (loy,  ohak,  suglinok)  ning
80...90°C  li  suvli  eritm asidan  tarkib  topadi.  Sovuq  asfaltli  m astikalar 
qorishm a  nasoslari  yoki  asfalt  otuvchi  qurilm alar  (asfaltomet) 
yordam ida  sochiladi.  Har  bir  qatlam  qalinligi  5...6  mm  ni,  umumiy 
qalinlik  10... 12 mm  ni tashkil  etadi.
Issiq  asfaltli  m astikalar  issiq  bitum,  sement,  asbest  va  qumni  qiz- 
diriladigan  aralashtirgichlarda  aralashtirib  hosil  qilinadi.  Ishlatish 
jarayonida  bunday  mastikalarning  tem peraturasi  180°C  dan  kam 
boMmasligi kerak. Hosil qilish texnologiyasi sovuq asfaltli m astikadan 
farq kilmaydi.

Quyiladigan  gidroizolyatsiya.  Bu  turdagi  gidroizolyatsiyasuyuq 
asfaltni  gorizontal  yuzalarga  quyish,  vertikal  yuzalarga  esa  him oya 
devori  hosil  qilib,  yuza  va  him oya  devorlari  oralig‘iga  quyish  y o4i 
bilan hosil qilinadi.
Tayyorlangan  gorizontal  yuzalarga  suyuq  asfalt  kengligi  2  metr- 
gacha  bo'lgan  polosalarga  bo'lib.  15...40  mm  qalinlikda  quyiladi. 
Vertikal yuzalarga esa balandligi 30...50 sm li yarusga b o iib  quyiladi.
Suyuq  asfaltni  quyishda  20...22  soat  oldin  yuzalar  qavnoq  bitum 
bilan  gruntovka qilinadi.  Vertikal  gidroizolyatsiyaqalinligi  gidrostatik 
bosim ga b og ‘liq  ravishda 30...60 mm ni tashkil  etadi.
List  (varuq)li  gidroizolyatsiya.  Bunday  gidroizolyatsiyaqalinligi
2...4  mm  li  p o 'lat  listlardan  yoki  plastm assa  listlaridan  (viniplast, 
polixlorvinil,  poliizobutilen) hosil  qilinadi.
Bunday  turdagi 
gidroizoiyatsiyasuv 
bosim i 
katta 
bo'lgan 
hollarda ishlatiladi.  PoMat  listlar  bir-biriga  chok  bostirib,  payvandlab 
biriktiriladi.  Listlar va himoyalanadigan  yuzalar oralig‘ida  5...30  mm 
jo y  qoldiriladi  va  sement-qumli  qorishmani  bosim  bilan joylashtirib 
to ‘ldiriladi.
Plastm assa  listlardan  hosil  qilinadigan  gidroizolyatsiyakonst 
ruksiyalam i  agressiv  m uhitdan  himoyalaydi.  Plastm assa  listlar  bir- 
biriga  200...230°C  li  issiq  havoli  m uhitda  payvandlash  yo'li  bilan 
biriktiriladi. Plastm assaning asosiy afzalliklaridan yana biri unga issiq 
holda  istalgan  shaklni  berish m umkinligi hisoblanadi.
Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 30%20Техника%20фанлар
30%20Техника%20фанлар -> Oziq-ovqat texnologiyasi asoslari. Vasiyev M.G'.pdf [Aberdin-angus qoramol zoti]
30%20Техника%20фанлар -> B. X. Yunusov, M. M. Azimova
30%20Техника%20фанлар -> Gidravlika va
30%20Техника%20фанлар -> U. T. Berdiyev, N. B. Pirm atov elektromexanika
30%20Техника%20фанлар -> O. O. Xoshimov, S. S. Saidaxmedov
30%20Техника%20фанлар -> S. turobjonov, M. Shoyusupova, B. Abidov moylar ya maxsus suyuqliklar texnologiyasi
30%20Техника%20фанлар -> I. K. Umarova, G. Q. Solijonova
30%20Техника%20фанлар -> M am ajanov Т., Atamov A
30%20Техника%20фанлар -> Texn ologiyasi
30%20Техника%20фанлар -> Elektr yuritma asoslari

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling