Qishloq xo’jaligi ahvoli Qishloq xo’jaligidagi o’zgarishlar


Download 58.38 Kb.
bet1/4
Sana10.11.2021
Hajmi58.38 Kb.
  1   2   3   4

REJA:

  1. Qishloq xo’jaligi ahvoli

  2. Qishloq xo’jaligidagi o’zgarishlar

  3. Mustaqillik sharoitida O‘zbekiston sanoatida olib borilayotgan islohotlar – taraqqiyot garovi.

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz to‘kin, xalqimiz rizqi mo‘l-ko‘l bo‘lishidan tortib, eksportdan qo‘shimcha daromad topishgacha bo‘lgan juda ko‘p masalalar shu yo‘nalish rivojiga bog‘liq.

Lekin uzoq yillar davomida agrar sohaga yetarlicha e’tibor berilmadi. Na bozor iqtisodiyoti, na yerga munosabat, na manfaatdorlik bor edi. Mablag‘, ilmiy innovatsiyalar jalb etilmadi. Oqibatda yerlar “charchab”, unumdorlik pasayib ketdi. Mahsulotni qayta ishlash, qo‘shimcha qiymat olish bo‘yicha tizim yaratilmadi.

So‘nggi yillarda respublikada dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq aholisining bandligi va turmush darajasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, faoliyatini yanada kengaytirish va aholi tomorqalarini xizmatlari bilan qamrab olish darajasini oshirish, shuningdek, mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlari yanada ko‘paytirildi.

 Prezidentimiz tomonidan Jahon banki ishtirokida o‘tkazilgan “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan videoselektor ham aynan shu mavzularga bag‘ishlandi.

Yig‘ilishda Jahon banki tomonidan ajratilgan 500 million dollar kredit mablag‘larini o‘zlashtirish bo‘yicha shakllantirilgan loyihalar muhokama qilindi.

Prezidentimiz ko‘rsatmasiga muvofiq, loyihalarni ishlab chiqishda fanni rivojlantirishga, ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Xususan, jalb qilinayotgan mablag‘ning 87 million dollari qishloq xo‘jaligi sohasidagi 10 ta ilmiy-tadqiqot muassasasi, 4 ta ixtisoslashgan markaz faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilashga ajratiladi.

Shuningdek, 70 million dollar ko‘chatlar yetkazib berish, fitosanitariya, geoaxborot va sertifikatlash xizmatlarini ko‘rsatadigan agroxizmat markazlarini tashkil etilishi, bundan tashqari, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish uchun berilayotgan 10 million dollar hisobiga yerlarning hosildorligi, soliq, transport-logistika va mahsulotlar bozorlari haqida ham ma’lumotlar olish imkonini beradi. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, qishloqda bozor prinsiplari va munosabatlarini keng joriy etish, qishloq xo‘jaligi korxonalarini bozor shart-sharoitlari va talablariga jadal moslashtirish albatta tadbirkorlik, dehqonchilik va savdo-sotiq rivoji uchun munosib xizmat qiladi.

Yerni xususiylashtirish zamon talabi bo‘lgan O’zbekiston qishloq xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazishning eng avvalgi va eng muhim bosqichidir. Qishloq xo‘jaligida zamonaviy ishlab chiqarish - yuqori hosildorlik va yuqori sifatli mahsulotlar yetishtirish bu sohada bozor munosabatlarini tiklamasdan amalga oshirish imkonsiz. Bozor munosabatlari esa, qachonki ishlab chiqaruvchi, ya’ni dehqon o‘z mehnat faoliyatida erkin va u qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish vositalarining eng muhimi bo‘lgan Yerning va ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy mulkdori bo‘lsagina rivojlanadi.

Prezidentimiz ajratilayotgan har bir dollarni uch dollarga aylantirish, imtiyozli kreditlarni qaytarish bo‘yicha aniq hisob-kitob asosida ishlash zarurligini ta’kidladi. Darhaqiqat, bugungi kunda har bir tadbirkor sarflagan dastmoyasidan mo‘may daromad olishi, biznesini rivojlantirishi uchun qancha mashaqqat va qiyinchiliklarga qaramay harakat va izlanishdan to‘xtamasligi lozim.

Intensiv bog‘ maydonlarini kengaytirishga 65 million dollar yo‘naltirish belgilangan. Xususan, buning hisobidan Toshkent viloyatida 500 gektar, Andijon, Buxoro, Namangan, Farg‘ona va Samarqandda 300 gektardan, Jizzaxda 250 gektar, Qashqadaryo hamda Surxondaryoda 200 gektardan, Qoraqalpog‘istonda 100 gektar maydonda yangi usuldagi intensiv bog‘lar yaratilishi rejalashtirilgan.

Yuqoridagi islohotlarni amalga oshirish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy ahvolini mustahkamlash, yerlardan samarali foydalanishni rag‘batlantirish, shu jumladan meva-sabzavot va yem-xashak ekinlarini ko‘paytirish imkonini beradi. Bu o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining umumiy hajmini hamda agrar sektorning eksport salohiyatini oshirishga imkon beradi.

2019-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o‘sish sur’ati 2018-yilga nisbatan 102,5 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, 2017–2019 yillarda qishloq xo‘jaligida yalpi mahsulot ishlab chiqarish 1,5 baravarga va aholi jon boshiga 1,4 baravarga (2019 yil narxlarida) oshdi. Shu bilan birga, o‘simliklarni etishtirish 1,3 baravar, chorvachilik mahsulotlari 1,7 baravar o‘sdi[1].

Shavkat Mirziyoyevning qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi farmoniga muvofiq Oʻzbekistonda paxta yetishtirishni moliyalashtirish tartibi oʻzgaradi. Unga ko'ra, 2022-yil hosilidan paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish 2021-yilning 1-noyabridan boshlanadi (amaldagi tartib boʻyicha yanvar–fevral oylarida). Bu paxtani ekish uchun agrotexnik tadbirlar (shoʻr yuvish, qishki sugʻorish, yer haydash va boshqalar) noyabr oyidan boshlanishi bilan bogʻliq. Shu sababli kreditning umumiy foydalanish muddati fermer xoʻjaliklari uchun — 12 oydan 14 oyga, paxta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalari uchun — 19 oydan 22 oyga uzaytiriladi. Bundan tashqari, 2022-yil hosilini 2021-yilning noyabridan boshlab moliyalashtirish uchun 900 milliard soʻm mablagʻ koʻzda tutilgan[2].

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 26-fevralda „Qishloq xo‘jaligi sohasida statistik ma’lumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi. 1-bosqich 2022–2024-yillarni o‘z ichiga oladi. 2-bosqich 2024-yilda amalga oshirilib, bevosita qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbiri bajariladi, ya’ni qishloq xo‘jaligi faoliyati to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotlar yig‘iladi. 3-bosqich — 2024–2026-yillarda amalga oshiriladi[

Sanoat, industriya – xalq xo‘jaligining jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyoti darajasiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadigan yetakchi tarmog‘i; sanoatning o‘zi uchun hamda xalq xo‘jaligining boshqa sohalari uchun mehnat qurollari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek, xom ashyo, yoqilg‘i qazib olish, energiya ishlab chiqarish, yog‘och tayyorlash, Sanoatda yoki qishloq xo‘jaligida olingan mahsulotlarga ishlov berish va ularni qayta ishlash bilan band korxonalar (fabrikalar, zavodlar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar va boshqalar) majmui. Sanoat kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi va industrial o‘sishni ta’minlaydi. XX asrning 80 yillarida qabul qilingan tasniflashga ko‘ra, sanoat yiriklashtirilgan 18 tarmoqqa bo‘linadi: elektroenergetika; yoqilg‘i sanoati; qora metallurgiya; rangli metallurgiya; kimyo va neft kimyosi sanoati; mashinasozlik va metallga ishlov berish; o‘rmon, yog‘ochni qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati; qurilish materiallari sanoati; qurilish-konstruksiyalari va detallari sanoati; oyna va chinni-fayans sanoati; yengil sanoat; oziq-ovqat sanoati; mikrobiologiya sanoati; un-yorma va aralash yem sanoati; tibbiyot sanoati; poligrafiya sanoati. Bu sanoat tarmoqlari ham o‘z navbatida – ishlov beruvchi sanoat va undiruvchi sanoat turlariga guruhlanadi1.

Ma’lumki, sobiq tuzum davrida respublikamizning iqtisodiyoti bir tomonlama rivojlangan, faqat xom-ashyo yetishtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, mash’um salbiy oqibatlarga olib kelgan paxta yakkahokimligi avjiga chiqqan edi. O‘zbekiston o‘zining qoloq ishlab chiqarish va sotsial infratuzilmasi bilan sobiq ittifoqda jon boshiga iste’mol darajasi bo‘yicha eng past o‘rinda turardi2. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, paxtaning 95 foizi qayta ishlanmasdan, respublikadan tashqariga olib ketilar edi. Umuman, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘p bo‘lsada ularni qayta ishlovchi sanoat tarmoqlari va korxonalari rivoj topmadi. Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishidagi nomutanosiblik O‘zbekistonga yuqoridan turib zo‘rlab tiqishtirilgan ixtisoslashuv oqibati edi. Sobiq sho‘rolar davrining 50 yili mobaynida yengil sanoatning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 54 foizdan 37 foizgacha, oziq-ovqat sanoati ulushi esa 30 foizdan 14 foizgacha tushib qoldi3. O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan keyin sanoatda tub islohotlar amalga oshirildi, ko‘pgina tarmoqlardagi sanoat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiylashtirilib, davlat-aksiyadorlik, korporativ, jamoa, xususiy va boshqa tashkiliy-huquqiy mulk shakllariga aylantirildi. O‘zbekistonda sanoat tarmoqlarida mulk shakllarini o‘zgartirish va tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirishga qaratilgan tub islohotlar mamlakat mustaqilligini mustahkamlashni, O‘zbekistonning kelajaqda rivojlangan mamlakatlar qatorga chiqishi va jahon hamjamiyatiga qo‘shilishini ta’minlaydi. Istiqlolimizning ilk yillaridayoq, Prezidentimiz yuksak demokratik talablarni hayotimizga to‘liq joriy etish, fuqarolik jamiyati barpo qilish, farovon hayotga erishish bilan chambarchas bog‘liq va uzluksiz davom etadigan jarayon ekanini ta’kidlab, bunday darajaga ko‘tarilish hech qachon osonlikcha kechmasligini uqtirib o‘tgan edi.

I.A.Karimov “O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” risolasida mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyingi dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini tahlil qilib, O‘zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o‘zagi sifatida 5 ta asosiy tamoyilni belgilab berdi. Ilmiy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur nafaqat o‘sha davrdagi avlod taqdiri, balki kelajak avlodlarimiz taqdirini ham o‘ylab tuzilgan bo‘lib, eski tuzumdan meros bo‘lgan illatlarni tezroq bartaraf etish, mamlakatimizning rivojlangan, madaniyatli davlatlar darajasiga chiqib olishini ta’minlashni ko‘zda tutgan edi. Bu haqiqatan ham Prezidentimiz nomi bilan bevosita bog‘liq holda jahonga tanilgan taraqqiyotning o‘zbek modeli edi4.

Islohotlarning o‘zbek modeli bundan oldin dunyoda yaratilgan va mavjud bo‘lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o‘z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modeli bo‘ldi. Taraqqiyotning o‘zbek modeli quyidagi besh tamoyilga asoslanadi:


Download 58.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling