Qishloq xo‘jaligi va landshaft kartalarini yaratishda gat dasturlarini qo‘llash texnologiyasini takomillashtirish


Download 324.3 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana28.04.2022
Hajmi324.3 Kb.
#658008
  1   2
Bog'liq
2489-Article Text-5105-1-10-20220226
SINONIMLAR 1111, ЭКОНОМЕТРИКА 1 АМАЛИЙ ТОПШИРИК(3), maruza-1, maruza-1, maruza-11 (2), maruza-11 (2), maruza-11 (2), maruza-2, maruza-2, maruza-2, 107 dan 147 gacha, Doc1, kompyuterning texnik tarkibi, asosiy va qo'shimcha qurilmalari, 10-amaliyot, 10-amaliyot


Qishloq xo‘jaligi va landshaft kartalarini yaratishda GAT 
dasturlarini qo‘llash texnologiyasini takomillashtirish 
 
Ulug‘bek Abdukarimovich Karabekov 
ulubek.karabekov.88@mail.ru 
Jizzax politexnika instituti 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi yerlari uchun mavjud bo‘lgan 
bir qator asosiy topografik va mavzuli kartalar bir necha o‘n yil oldin chop etilgan 
bo’lib, ulardagi ma’lumotlar eskirib ketgan va o‘z ma’nosini yo‘qotgan. Yangi zamon 
talablariga mos kadastr kartalarini yaratishda biz distansion zondlash ma’lumotlari 
asosida shakllantirilgan ma’lumotlardan foydalanishimiz zarur. Yangi tuzilgan 
elektron va raqamli kartalarning afzalliklari shundaki, kartani tuzish jarayonida 
qo‘yilgan ayrim xatoliklarni tuzatish xech qanday muammoni keltirmaydi va ko‘p 
vaqt talab etmaydi. 
Kalit so‘zlar: Fotogrammetriya, distansion zondlash, raqamli kartalar,qishloq 
xo‘jaligi kartalari. 
Improving the technology of using GAT programs in the 
creation of agricultural and landscape maps 
 
Ulugbek Abdukarimovich Karabekov 
ulubek.karabekov.88@mail.ru 
Jizzakh Polytechnic Institute 
Abstract: The article, a number of the main topographic and thematic maps 
available for agricultural land were published decades ago, and the information in 
them is outdated and has lost its significance. When creating cadastral maps in 
accordance with modern requirements, we need to use data generated on the basis of 
remote sensing data. The advantage of newly created electronic and digital maps is 
that the correction of some mistakes made during the map creation process does not 
cause any problems and does not take much time. 
Keywords: Photogrammetry, remote sensing, digital maps, agricultural maps. 
Xozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda GAT dasturlari orqali erlarni 
monitoringini amalga oshirish keng qo‘llanilmoqda. Respublikamizda qishloq 
xo‘jaligi va landshaft kartalarini yaratishni takomillashtirish lozim. Vaxolanki 
xozirda qishloq xo‘jaligi va landshaft kartalarini yaratish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
163


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 maydagi PF-5065-sonli 
farmonining 2-bandiga asosan soxada uchuvchisiz apparatlardan foydalangan xolda 
qishloq xo‘jaligi yerlarini, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish va parvarishlashni 
monitoring qilish, geodezik ma’lumotlar va kartografik materiallaridan foydalangan 
xolda sun’iy yo’ldosh navigatsiya tizimi ishlashini ta’minlash [1]. 
Bugungi kundagi mavjud qishloq xo‘jaligi yerlari elektron axborot tizimi orqali 
ma’lumotlar olish talabga javob bermaydi. Zamonaviy va tezkor yer hisobini yuritish 
usuli bu GAT dasturlari yordamida joylarning taxlilini olib borish hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo‘lgan bir qator asosiy topografik va mavzuli 
kartalar bir necha o‘n yil oldin chop etilgan bulib, ulardagi ma’lumotlar eskirib 
ketgan va o‘z ma’nosini yo‘qotgan. Yangi zamon talablariga mos kadastr kartalarini 
yaratishda 
biz 
distansion 
zondlash 
ma’lumotlari asosida shakllantirilgan 
ma’lumotlardan foydalandik. Yangi tuzilgan elektron va raqamli kartalarning 
afzalliklari shundaki, kartani tuzish jarayonida qo‘yilgan ayrim xatoliklarni tuzatish 
xech qanday muammoni keltirmaydi va ko’p vaqt talab etmaydi. 
Hozirgi yaratilgan GAT texnologiyalarining versiyalari avvalgilarini to‘la 
qamrab olgan va bir muncha takomillashgan. Bu esa avvalgi elektron versiyalarida 
tuzilgan raqamli kartalardan samarali foydalanish imkonini beradi. 
Respublikamizning qishloq xo‘jaligi yerlari tadqiqot ob’ekti bo‘lib xizmat 
qiladi. Qishloq xo‘jalik xaritalarni tuzishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish 
orqali mavzuli qishloq xo‘jalik xaritalar yaratish. 
 
1-rasm. Dronlar yordamida qisloq xo’jaligi yerlarini aerosuratga olish. 
Olingan natijalar bo‘yicha GAT texnologiyalarida elektron raqamli xaritalar 
tuziladi. Ularni amalga oshirishda quyidagi ishlarni ketma-ket bajarish lozim bo‘ladi. 
1. Tayyorgarlik ishlari; 
2. Yaratilayotgan xaritaning mavzuli qatlamlarini va ularga tegishli jadvallarni 
tuzish, ularni taxlil qilish. Ma’lumotlar bazasini tuzish; 
3. Ob’ektlar tasnifi mavjud jadval (atributlar) va matn ma’lumotlarni kompyuter 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
164


xotirasiga kiritish; 
4. SHartli belgilar tizimini ishlab chiqish; 
5. Xaritaning mavzuli qatlamlarini joylashtirish, kartografik tasvirni xosil qilish 
va ularni taxrir qilish; 
6. Xaritaning komponovkasini ishlab chiqish va uni nashrga tayyorlash; 
7. Xaritani nashr qilish [2]. 
Geografik axborot tizimi fazoviy ma’lumotlar bazasini rastrli va vektorli grafik 
muxarrirlarni va fazoviy ma’lumotlarni taxlil qilish uchun turli xil vositalarni o‘z 
ichiga olishi mumkin. Ular kartografiya, geologiya, meteorologiya, er tuzish, 
ekologiya, shaxar ma’muriyati, transport, iqtisodiyot, mudofaa va boshqa ko‘plab 
soxalarda qo‘llaniladi. Geoinformatika tomonidan geoinformatsion tizimlarni 
loyixalash, yaratish va ulardan foydalanishning ilmiy, texnik, texnologik va amaliy 
jixatlari o‘rganilmoqda [3]. 
Bugungi kunda yurtimizda xar bir soxada zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan 
xolda yangicha uslublarni ishlab chiqish, qilinadigan ishlarning sifatini yaxshilash va 
vaqtdan unumli foydalanish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. 
Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali kartografiyani rivojlanishiga ulkan 
xissa qo‘shmoqda. 
Yuqoridagi usullardan foydalanib elektron raqamli xaritalar yaratish ishlari olib 
borilmoqda. Karta yoki atlasning programmasi (dasturi) loyixalashning negizidir. Bu 
jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi: karta tuziladigan xududning nomi, kimlar 
uchun mo‘ljallanganligi, kartografik turi, tipi, karta va atlaslarning mavzulari
matematik asosi, kartalar mazmuni, generalizatsiya prinsiplari, tasvirlash usullari va 
shakllari, statistik va kartografik manbalar, ulardan foydalanish tartibi xamda karta 
yoki atlasni tayyorlash texnologiyasi. 
Kartalar yaratishda shartli belgilarni tanlash va joyida ishlata bilish kerak. 
Shartli belgilar oddiy shaklda, mazmunga loyiq tanlanishi zarur, shu bilan birga 
xozirgi zamon texnologiyasiga mos bo‘lishi kerak. Karta tuzishda legendaning 
axamiyati kattadir, shuning uchun xam legenda kartaning kaliti deb xam yuritiladi. 
Chunki, u karta mazmunini ochib beradi. Kartani o‘qishdan ilgari uning legendasi 
bilan tanishiladi. Legenda ishlab chiqishda shartli belgilar karta mazmuniga mos 
bo‘libgina qolmasdan, mantiq jixatdan xam to‘liq, sodda, o‘qilishi oson va qisqa 
bo‘lishi zarur. 
Biz elektron raqamli xaritalar tuzishda keng tarqalgan GAT ning universal 
tizimida bulgan ArcGIS dasturidan foydalanib, kishlok xujalik xaritalarni tuzishda 
olib borilgan jarayon bilan tanishib chikildi. 
ArcGIS dasturidan foydalanib, qishloq xo‘jalik xaritalarni tuzishda uning 
masshtabi, unda qancha xudud aks ettirilishi, qaysi elementlar asosiy va qaysilari 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
165


ikkinchi darajali, jarayonlarni ko’rsatishda qaysi materiallar asosida bajarilishi, 
xududning xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim bo‘ladi [4]. 
Karta dasturini ishlab chiqish uchun asos bulib kartani tuzish uchun olingan 
buyurtma xisoblanadi. Unda karta nomi (mavzusi), masshtabi, maqsadi, kartaga 
olinayotgan xudud ko‘rsatiladi. 
Tematik mazmundagi shartli belgilarni ishlab chiqarishda, mavzu bo‘yicha 
ob’ektlar va komplekslarining xususiyatlari e’tiborga olinadi [5]. Ularni kartalarda 
tasvirlash jarayonida, asosan, kartografik tasvirlash usullari xamda shartli belgilardan 
foydalaniladi [6]. Ko’pgina ob’ektlarni kartaning masshtabi tufayli aks ettirib 
bulmaydi. 
Tabiiy mazmundagi ba’zi elementlarni ko’rsatishda kartografik tasvirlash 
usullari - chiziqli belgilar ishlatilgan. Bunday usul bilan maydonli ob’ektlarning 
chegaralarini ko’rsatiladi. 
Atribut ma’lumotlar qator va ustunlardan tashkil topgan bo’lib, ular maxsus 
jadvallar shaklida ifodalanadi. Ob’ektlarning atribut jadvallari xar bir nuqta, yoy yoki 
maydon xaqidagi ma’lumotni saqlaydigan maxsus fayli xisoblanadi [7]. 
GATlarni yaratishda xar doim asosiy e’tibor geografik asosni va bazaviy 
xaritani to‘g‘ri tanlashga kartiladi, u GATga kelib tushadigan barcha ma’lumotlarni 
bog‘lash, qo‘shish va koordinatalash, informatsion qatlamlarni o‘zaro muvofiqlash va 
shundan so‘ng overleyni qo‘llab taxlil qilish uchun karkas (sinch, kobirga) bulib 
xizmat qiladi. GATni tematikasi (mavzuyi) va muammoli orientatsiyasidan kelib 
chikib, bazaviy asos sifatida quyidagilar tanlanishi mumkin: 
• ma’muriy-xududiy bo‘linish xaritalari; 
• topografik va umumgeografik xaritalar; 
kadastr planlari va xaritalari
• joyni fotoxaritalari va fotoportretlari; 
• landshaft xaritalari; 
• tabiiy rayonlashtirish xaritalari va tabiiy konturlar sxemalari; 
• qishloq xo‘jaligi yerlardan foydalanish xaritalari. 
Elektron raqamli qishloq xo’jaligi xaritalarida foydalashishda qishloq xo‘jaligi 
turlari bo’yicha taqqoslash imkoniyati mavjud. 
Misol uchun, tuproq va o‘simlik xaritalarini taqqoslaganda ularni turi bir biriga 
mos kelgani maqsadga muvofiqdir, chunki umumlashtirish va toifalarni birlashtirish 
natijasida chegaralar sezilarli darajada o‘zgaradi. Har xil darajadagi toifalarni bir biri 
bilan solishtirganda albatta shuni e’tiborga olish lozim. Maydon ichidagi atributlar 
doimiy miqdorda bo‘lsa, ushbu maydon bir yaxlit qilib saqlanadi. Sifatli rang yoki 
miqdorli rang usulida tuzilgan xaritadan maydon to’g‘risida ma’lumotlarni olib ularni 
kompyuter xotirasiga kiritish va mavjud chegaralarni aniqlash qulaydir [8]. 
Xulosa. Mavzuli kartalarni yaratishning bu usullarida ish jarayonini 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
February 2022 / Volume 3 Issue 2
www.openscience.uz
166


jadallashtirish bilan bir qatorda ish sifatini oshiradi. GAT texnologiyalari negizida 
tuzilgan kartalarni zarur bo‘lganda nashr qilinadi zarurat bo‘lmasa elektron 
ko‘rinishda foydalanishga topshiriladi. 

Download 324.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling