Qishloq xoʻjaligi


Download 1.34 Mb.
bet1/10
Sana19.11.2020
Hajmi1.34 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Qishloq xoʻjaligi - aholi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini etqazib beruvchi asosiy manbadir. Ayni vaqtda u keng istemol maxsulotlari ishlab chiqaruvchi sanoatning bir qancha tarmoqlari uchun xom-ashyo yetkazib beradi. Masalan, qishloq xoʻjalik xom-ashyosining ulushi (qiymat jixatidan) ip-gazlama sanoatida barcha moddiy xarajatlarning 60 foizini, qandolat sanoatida salkam 70 foizni, yogʻ va sut sanoatida qariyb 80 foizni tashkil qiladi. Bularning hammasi shuni koʻrsatadiki, qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishni koʻngildagiday surʼatlar bilan rivojlanmasa, xalq turmush darajasini oshirishning hech qanday eng yaxshi programmasini ham roʻyobga chiqarib boʻlmaydi. Qishloq xoʻjaligining ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, xalq xoʻjaligida band boʻlgan xodimlarning 27 foizi shu sohada mehnat qiladi. Qishloq xoʻjaligida mamlakat milliy daromadining taxminan uchdan bir qismi yaratiladi. Shu sababli mamlakat butun iqtisodiyotining oʻsish surʼatlari, mehnatkashlar farovonligini oshirish koʻp jihatdan qishloq xoʻjaligining rivojlanish darajasiga bogʻliqdir. Shu bilan birga sotsial-siyosiy jihatni ham xisobga olish muhimdir. Qishloq xoʻjaligini yuksaltirish ishchilar sinfi bilan dehqonlar ittifoqini mustahkamlashning eng muhim shartidir. V.I.Lenin qishloq xoʻjaligining ahamiyatini belgilar ekan, mustahkam qishloq xoʻjalik bazasi boʻlmasa, hech qanday xoʻjalik qurilishi boʻlishi mumkin emas deb taʼkidlagan

Qishloq xoʻjaligi - moddiy ishlab chiqarish ning asosiy tarmoqlaridan biri. Dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari olish uchun ekinlar ekish va chorva mollarini koʻpaytirish bilan shugʻullanadi, aholini oziq-ovqat mahsulotlari va xalq xoʻjaligining bir qancha tarmoqlarini xom ashyo bilan taʼminlaydi. Qishloq xoʻjaligi oʻsimlik va hayvon mahsulotlarini dastlabki qayta ishlashning turli tarmoqlarini ham oʻz ichiga oladi. Moddiy ishlab chiqarishning boshqa jami sohalaridan farq qilgan holda Qishloq xoʻjaligi juda katta may-donlarda va hududiy xilma xil sharoitlarda olib boriladi. Unda yer (asosiy ishlab chiqarish vositasi), yorugʻlik, issiqlik, suv va tirik organizmlar — oʻsimlik va hayvonlardan foydalaniladi. Qishloq xoʻjaligining ishlab chiqarish davri ish davri bilan mos tushmaydi. Qx.ning asosiy tarmoqlari — dehqonchilik va chorvachilik. Ular ham oʻz navbatida bir qadar kichikroq tarmoqlarga boʻlinadi (dehqonchilikda — dalachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, oʻrmon xoʻjaligi va boshqa; chorvachilikda — qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, choʻchqachilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik va boshqalar); Oʻz navbatida, dehqonchilik va chorvachilik tarmoklari ekiladigan ekinlar (gʻallachilik, sholikorlik, paxtachilik) va chorva mollari turlari (qoramol, qoʻy, ot, tuya) boʻyicha guruhlanadi.

Qishloq xoʻjaligi — inson xoʻjalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri. Uning kelib chiqishi tosh davri oxiriga borib taqaladi. Bu davrda inson xoʻjalik va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun yerni oddiy qurollar bilan ishlagan, baʼzi xayvonlarni xonakilashtira boshlagan. Asrlar davomida turli sharoitlar taʼsirila dehqonchilik tizimi oʻzgargan va takomillashgan; hayvonlarning foydali xususiyatlari parvarishlangan, koʻplab zotlari yetishtirilgan.

Jahon Qishloq xoʻjaligida dunyodagi iqtisodiy faol aholining 45,2% (1316,7 mln. kishi) band. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar 13387,0 mln. ga, jumladan, haydaladigan yerlar 1380,8 mln. ga, jami sugʻoriladigan yerlar 271,4 mln.ga (1998). 1999 yilda jahon Qishloq xoʻjaligida 583,6 mln.t bugʻdoy, 596,4 mln. t sholi, 600,4 mln. t makkajoʻxori, 130,0 mln. t arpa, 294,3 mln. t kartoshka, 444,6 mln. t mevalar, shu jumladan 60,6 mln. t uzum yetishtirildi. Chorvachilikda 225,9 mln. t goʻsht, 562,4 mln. t sut tayyorlandi. 1338,2 mln. bosh qoramol, 912,7 mln. choʻchqa, 1068,6 mln. qoʻy va 709,9 mln. bosh echki, 14139,0 mln. tovuq boqildi.

Qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti – hisobot davrida qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi sub`ektlar tomonidan ishlab chiqarilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari hajmlarining qiymatini belgilab, ishlab chiqarishning umumiy hajmini ifodalaydi.

Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini isloh qilishni diversifikatsiyalash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, zamonaviy yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish hamda xo`jaliklarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo`yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti hajmi 2016 yilda 47486,1 mlrd. so`mni tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 2,7 martaga o`sishini ta`minladi. Shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari hajmi 29042,4 mlrd. so`mni (2,8m.), chorvachilik mahsulotlari hajmi


18443,7 mlrd. so`mni (2,6m.) tashkil etdi. 2010-2016 yillar davomida jami qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi barqaror sur`atlarda o`sib bordi, bunda o`sish sur`ati yiliga 6-7 foizni tashkil etdi

1-rasm

Qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining 2000-2016yillardagi o`sish sur`ati

Qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni xo`jaliklar toifalari kesimida tahlil etilganda, yildan-yilga fermer xo`jaliklarining ulushi oshib borayotganligi, o`z navbatida qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushi esa kamayib borayotganligi kuzatilmoqda. Respublikamizda faoliyat yuritib kelayotgan past rentabelli qishloq xo`jaligi tashkilotlari yer maydonlarini qisqartirilib, ular negizida mustahkam moddiy texnika bazasiga ega bo`lgan ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarining tashkil etilishi, jami qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotida fermer xo`jaliklari ulushining 2000 yildagi 5,5 foizdan 2016 yilda 32,9 foizgacha ko`payishida hamda qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar ulushini esa 2000 yildagi 27,8 foizdan 2016 yilda 2,0 foizgacha kamayishida o`z ifodasini topdi (2-rasm).



2-rasm

2016 yilda qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining xo`jaliklar toifalari bo`yicha taqsimlanishi

2016 yilda qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi xo`jaliklar toifalari bo`yicha hududlar kesimida tahlil qilinganda barcha hududlarda eng yuqori ko`rsatkichlar dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklariga to`g`ri kelishi kuzatildi. eng yuqori ko`rsatkichlar Surxondaryo (73,9%), Navoiy (71,9%) hamda Buxoro (70,8%) viloyatlari hissasiga to`g`ri keldi.



Fermer xo`jaliklarining qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotidagi barcha toifadagi xo`jaliklarga nisbatan ulushi hududlar bo`yicha tahlil qilinganda, eng yuqori ko`rsatkichlar Samarqand (39,9%), Sirdaryo (37,5%) va Qashqadaryo (37,1%) viloyatlari hissasiga to`g`ri keldi (3-rasm).

3-rasm

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling