Qitish qachon ta'lim tizimiga kiritildi?

Download 17.37 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi17.37 Kb.
#190667
Bog'liq
fuqorolik jamiyati 1seminar
Bayonnoma daftar yuzi, Nurillobek Mamadaliyev, fuqorolik jamiyati 1seminar, axborot tizimlari , tizes, tizes, akademik yozuv (2), akademik yozuv (2), akademik yozuv (2), Case#2YSuvanovaJapan, akademik yozuv (2), akademik yozuv (2), Пример кейса Денежного сектора на узб, ozbek tili qollanma 4

1.O‘zbekistonda ―Fuqarolik jamiyati fanini o‘qitish qachon ta'lim tizimiga kiritildi?

2. Fuqarolik jamiyati qanday tamoyillarga tayanib faoliyat ko‘rsatadi?

3. Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari nimalardan iborat?

4. Fuqarolik jamiyatining shakllanish bosqichlarini ko‘rsating?

5. Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari nimalardan iborat?

1. 2016-yilning so'nggi choragida Sh.M.Mirziyoyev davlat rahbari

sifatidagi faoliyati boshlanganidan keyin 0 ‘zbekistonda fuqarolik jamiyati

qurish islohotlari jarayonida tub burilish davri boshlandi. 0 ‘z faoliyatining

dastlabki kunlaridayoq Prezident Sh.M.Mirziyoyev fuqarolik jamiyatini

rivojlantirishga kuch bag'ishlaydigan, uning rivojlanishiga keng shart-

sharoitlar yaratadigan demokratik prinsip - “Xalq davlat idoralariga

emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oyani

e’lon qildi. Bu g‘oya fuqarolik jamiyatini qurishning asosiy kuch-quwati

manbayi sifatida namoyon bo‘la boshladi.

Prezident tashabbusi bilan qabul qilingan “2017-2021-yillarda

0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi

bo‘yicha harakatlar strategiyasi”da fuqarolik jamiyati qurish dasturi sifatida

quyidagi vazifalar ilgari surildi: “Davlat va jamiyat qurilishini

takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlami chuqurlashtirish

va mamlakatni modemizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy

partiyalaming rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh

qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish,

“Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va

samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq

etish. fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari

rolini kuchaytirish”.

Ko‘rinib turibdiki, mamlakatda fuqarolik jamiyati qurish jadal

sur’atlar bilan tobora chuqurlashib bormoqda. Lekin fuqarolik jamiyati

qurish islohotlari xalqning o'zini ham bu jarayonda faol ishtirok etishini

taqozo qiladi. 2016-yilning so'nggi choragida Sh.M.Mirziyoyev davlat rahbari

taqozo qiladi.

2. Fuqarolik jamiyati qator tamoyillarga tayangan holda faoliyat

ko'rsatadi. Jumladan:

- siyosiy sohada hamma odamlaming huquq va erkinliklarining

tengligi;

- butun jahon hamjamiyatida yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlar

asosida ruqarolar huquq va erkinliklari kafolatlangan huquqiy himoya;

- individlaming mulkka ega bo‘lish va halol mehnati uchun adolatli

haq olish huquqiga asoslangan iqtisodiy mustaqil ekanligi;

- qonun bilan kafolatlangan fuqarolaming manfaatlari, kasbiy

belgilari bo‘yicha davlatdan va siyosiy partiyalardan mustaqil ijtimoiy

birlashmalarga birlashish imkoniyatlari;

- siyosiy partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda

fuqarolaming erkinligi;

- fuqarolami erkin, madaniyatli, ma’naviy va ijtimoiy faol, jamiyat

a’zolarini qonun oldida ma’suliyatli qilib shakllantiradigan fan,

madaniyat, ta’lim va tarbiya uchun zaruriy moddiy va boshqa shart-

sharoitlami yaratish;

- faqat qonun bilan cheklangan davlat senzurasidan tashqari, erkin

faoliyat yuritadigan OAV yaratish va faoliyat yuritish erkinligi;

- davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatlami

barqarorlashtiradigan mexanizmning (konsensusning) mavjudligi hamdafuqarolik jamiyati xavfsizligining davlat organlari tomonidan

ta’minlanishi. Bu mexanizm, rasmiy bo‘ladimi, norasmiy boMadimi, u

o‘z ichiga qonuniy aktlami, xalq vakillarini demokratik saylov yo‘li bilan

hokimiyatning, o‘z-o‘zini boshqarishning turli organlari vositasida

tayinlash kabilami oladi.

3. Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari mavjud bo‘lib, ular

quyidagilardir:

- erkin individlar uyushmasi;

- o'zaro hamkorlikka asoslangan ijtimoiy tuzilma;

- murakkab tuzilishga ega bo‘lgan plyuralistik tizim;

- o‘zini o‘zi rivojlantiradigan va o'zini o‘zi boshqaradigan nodavlat

tuzilmalaming mavjudligi.

4. 0 ‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini yaratish va rivojlantirish

bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, fuqarolik jamiyati shakllanishi va

rivojlanishini shartli ravishda to‘rt bosqichga bo‘linadi:

Birinchi bosqich o‘z ichiga 1991-2000-yillami qamrab oladi. Bu

davrda, birinchi navbatda fuqarolik jamiyatining asoslari yaratildi.

Ikkinchi bosqich 2000-2010-yillarda mamlakatni demokratlashtirish

va modemizatsiyalash bo‘yicha faol jarayonlar davom ettirildi.

Uchinchi bosqich - 2011-2016-yillar. Bu davrda fuqarolik jamiyati

qurishga doir huquqiy asoslar rivojlantirildi, fuqarolik jamiyatining

ijtimoiy tayanchi - o‘rta ijtimoiy qatlam yanada mustahkamlandi.

To‘rtinchi bosqich 2017-yilda boshlanib, fuqarolik jamiyatini

shakllantirishning amaliy jihatlarining namoyon bo‘lishi bilan

xarakterlanadi. Bu davrda fuqarolik jamiyati qurish g‘oyalari “2017-

2021-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta

ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” va “0 ‘zbekiston

Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi”da yanada

rivojlantirilib, bu sohadagi tub burilish davrini boshlab berdi. Bu

bosqichda fuqarolik jamiyati shiddat bilan rivojlanib, o‘zini har

tomonlama namoyon eta boshladi. Bu davrda Prezident Sh.Mirziyoyev

tomonidan olib borilayotgan islohotlar mazmuni yangi bosqich

boshlanganidan dalolat bermoqda

5. Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari:

1) iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining rang-barangligi, bozor

munosabatlari;

2) inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so‘zsiz e’tirof etish va

himoya qilish;

3) hokimiyatning qonuniyligi va demokratik xususiyati;

4) qonun va odil sud oldida hammaning tengligi, har bir shaxsning

yuridik jihatdan ishonchli himoyalanganligi;

5) hokimiyatning uchga boMinishi va hokimiyatlaming o‘zaro

aloqasi prinsipiga asoslangan huquqiy davlat;

6) siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning

mavjudligi;

7) so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining

mustaqilligi;

8) fuqarolaming shaxsiy hayotiga davlatning aralashmasligi,

ulaming o‘zaro majburiyatlari va burchlari;

9) sinfiy va milliy totuvlik, ijtimoiy sheriklik;

10) odamlaming o‘zlariga munosib turmush darajasini ta’minlovchi

samarali ijtimoiy siyosat.
Download 17.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling