Qiyosiy pedagogika


Download 286.13 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.10.2020
Hajmi286.13 Kb.

1-Mavzu: “Qiyosiy pedagogika”  fanning hazariy asoslari.  

Reja: 


1. Qiyosiy pedagogika fanining maqsadi va vazifasi. 

2. Qiyosiy pedagogika o„quv predmeti sifatida.  

3. Qiyosiy pedagogikaning tadqiqot metodlari. 

Tayanch  tushunchalar:  Qiyosiy  pedagogika,  taqqoslash,  solishtirish,  qiyosiy 

tahlil. 


Mustaqillikka  erishganimizdan  so„ng,  Respublikamizda  barcha  sohalardagi 

kabi  kadrlar  tayyorlash,  joy-joyiga  qo„yish  va  qayta  tayyorlash  muammosi  ham 

kun  tartibiga  qo„yilib,  takomillashtirish  ishlari  amalga  oshirilmoqda.  2008  yil  29 

fevral kuni qabul qilingan mamalakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 

PQ-805-sonli  qarori  yoshlarning  manfaatlari  va  huquqlarini  himoya  qilish 

borasidagi  etilgan  muammolarni  o„z  vaqtida  hal  etish,  uzluksiz  ta‟lim  tizimida 

islohotlarni 

yanada 


chuqurlashtirish, 

ta‟lim 


muassasalari 

tomonidan 

tayyorlanadigan  mutaxassislarga  bo„lgan  zamonaviy  talabni  ta‟minlashga 

qaratilgandir. 

  Mazkur  qarorda  yoshlarning  manfaatlarini  yanada  to„liq  ta‟minlash  va 

huquqlarini himoya qilishga yo„naltirilgan huquqiy bazani takomillashtirish hamda 

mustahkamlash,  amaldagi  qonun  va  me‟yoriy-huquqiy  hujjatlarga  o„zgartirish  va 

qo„shimchalar  kiritish,  ta‟lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimi  darajasi  hamda  sifatini 

tubdan  oshirish,  maktablar,  o„rta  maxsus,  kasb-hunar  ta‟limi  va  oliy  ta‟lim 

muassasalaridagi  ta‟lim  standartlari,  o„quv  dasturlarini  zamonaviy  talablarni 

hisobga  olgan  holda  tanqidiy  tahlil  qilish  hamda  yangilash,  pedagog  kadrlar 

tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish kabi qator dolzarb 

vazifalar  belgilangan  qiyosiy  pedagogika  yangi  pedagogik  qonunlarni  ochmaydi, 

buyuk  pedagogika  fanlari  orttirgan  ilmiy  tajribalaridan  foydalanib,  mamlakatlar 

guruxi asocida xozirgi dunyoda maorif taraqqiyotining eng muxim muammolarini, 

qonuniyatlari va tendendsiyalarini o„rganadi. 

Kadrlar  tayyorlash  sohasidagi  davlat  siyosati  insonni  intellektual  va 

ma‟naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog„liq bo„lgan uzluksiz ta‟lim 

tizimi  orqali  har  tomonlama  barkamol  shaxsni  tarbiyalashni  nazarda  tutgan  holda 

oliy ta‟lim muassasalarining asosiy vazifalari sifatida, talabalarning fanlar asoslari 

bo„yicha  mustahkam  bilim  olishlari  uchun  shart-sharoitlar  yaratish,  ularda  bilim 

olish  ehtiyojini,  asosiy  o„quv-ilmiy  va  umummadaniy  bilimlarni,  milliy  va 

umumbashariy  qadriyatlarga  asoslangan  ma‟naviy-axloqiy  fazilatlarni,  ijodiy 

fikrlash  va  atrof-muhitga  ongli  munosabatda  bo„lish  ko„nikmalarini  shakllantirish 

kabi yo„nalishlarni belgilab berdi.  

Bugungi  kunda  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar,  tatbiq 

etilayotgan yangiliklar, ta‟lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun yaratilayotgan 

shart-sharoitlar, xalqimizning yashash va mehnat qilish sharoitining yaxshilanishi, 

umuman  olganda  erishilgan  moddiy  va  ma‟naviy  salohiyat  erkinligi  mamlakat 

mustaqilligining tuhfasi bo„lib, erkin mehnat qilish va yashash, mustaqil fikrlash, 

e‟tiqod  va  so„z  erkinligi,  diniy  bag„rikenglik,  umuminsoniy  qadriyatlar  va  milliy 

urf-odatlarning  hurmat  qilinishi  va  qadrlanishi,  kuchli  ijtimoiy  himoya  hamda 



bularni  huquqiy  asoslarining  yaratilishi  yoshlarni  mustaqillik,  uning  mazmun-

mohiyati,  ahamiyati  va  zaruriyatini  ob‟ektiv  baholashga  o„rgatish  yo„nalishida 

o„ziga xos vazifalar yuklaydi.  

Bular  o„z  navbatida,  oliy  ta‟lim  muassasalarida  tashkil  etiladigan  qiyosiy 

pedagogika fani va uni  o„rganish orqali ta‟lim-tarbiya jarayonlari samaradorligiga 

erishish, talabalarda kengroq  ma‟lumotlar  to„plash va    ko„proq  erkin va  mustaqil 

fikrlashga  o„rgatish,  ularning  sub‟ektivligini  oshirish,  mustaqil  ta‟lim  olishlari 

uchun  shart-sharoitlar  yaratish,    mustaqil  olgan  ma‟lumotlarini  o„rganish  asosida 

ularning ilmiyligi, yangiligi va ishonchliligini  tahlil qilish, eng yangi va ishonchli 

axborotlar  bilan  ta‟minlash,  talabalarning  faoliyatini  muvofiqlashtirishda 

axborotlar almashinuviga alohida e‟tibor qaratish zaruriyatini belgilaydi. 

Ma‟lumki, qiyosiy pedagogika predmetiga nisbatan har xil qarashlar mavjud. 

Ayrim  olimlar  qiyosiy  pedagogika  asosiy  ma‟rifiy  pedagogik  hodisalarni  hamda 

ularning  turli  mamlakatlarda  konkret  tarixiy  sharoitda  va  o„zaro    tadqiq  etadi 

(V.Kanitits va  V. Makert) deb hisoblashsa, boshqalar  qiyosiy   pedagogika maorif 

tizimlari  hamda  turli  mamlakatlarda  ta‟lim-tarbiya  muammolarini  tushunish  va  hal 

qilishdagi o„xshash va farqli tomonlarini ko„rsatib beradi (P.Suxorolskiy) deb ta‟rif 

beradilar.  Bir  gurux    olimlar  qiyosiy      pedagogika    rus      milliy  ta‟lim      tizimini 

takomillashtirish maqsadida turli chet el maktab tizimlarini qiyosiy baholash bilan 

shug„ullanadi  (M.A.  Julen,  J.Sedler,  R.King-Xoll)  degan  fikrdalar.  Ko„rinib 

turibdiki,  qiyosiy  pedagogika  predmeti  juda  baxslanuvchan  mavzudir.  Qiyosiy 

pedagogikaning metodologik asosi falsafadir. 

Qiyosiy  pedagogika  bir  qator  ijtimoiy  fanlar  falsafa,  tarix,  iqtisod,  siyosat, 

sosiologiya,  demografiya,  etnografiya  va  boshqalar  bilan  bog„liq.  Pedagogik 

xodisalarni  qiyosiy  tahlil  qilishda  bu  ijtimoiy  fanlarniig  ilmiy  konsepsiyalari  va 

metodlaridan  foydalanish  muqarrar.  Qiyosiy  pedagogika  pedagogika  tarixi 

nazariyasi  bilan  uzviy  bog„langan.  Kiyosiy  pedagogika  o„ziga  xosligi  shundaki, 

uning asosiy tadqiqot metodi qiyoslash metodidir. 

Qiyosiy  pedagogika  o„rganadigan  predmet:  xozirgi  dunyodagi  ta‟lim  va 

tarbiya  nazariyasi  va  amaliyotining  ahvoli,  rivojlanish  qonuniyatlari  va 

tendensiyalarining umumiyva farqli xususiyatlari. 

Qiyosiy  pedagogika  vazifalari  1977  y.  Londonda  bo„lib  o„tgan  qiyosiy 

pedagogika  bo„yicha  Butunjaxon  kongressida  muhokama  qilindi.  Qiyosiy 

pedagogika vazifalari quyidagilardan iborat deb belgilandi. 

1.Hozirgi  zamonda  ta‟lim-tarbiya  nazariyasi  va  amaliyotiga  ta‟sir 

etuvchi  omillarni  o„rganish  va  ularning  turli  mamlakatlar  maktabi  va 

pedagogika ta‟siri natijalarini qiyoslab taxlil qilib berish; 

2.Turli  mamlakatlardagi  ta‟lim  taraqqiyotining  eng  aktual  va  umumiy 

muammolari va tendensiyalarini aniqlash. 

3.CHet     el      mamlakatlarining     ijobiy     tajribasini     umumlashtirish,  

o„rganish  va  qiyosiy      pedagogika          va        boshqa        yondosh        fanlarda    

qo„llanadigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi. 

1.Tavsiflash  metodi  turli  mamlakatlardagi  pedagogik  xodisalarning  tashqi 

belgilarini  tavsiflashda  qo„llanadi.  SHu  asosda  keyin  taqqoslash  va  tahlil  qilish 

amalga oshiriladi. 


2.Statistik metod maorif tizimiga va   pedagogik xodisalarga oid raqamlar va 

ma‟lumotlarni tahlil qilish va baholashni ko„zda tutadi. 

S.Tarixiy metod pedagogik xodisalariing genezisini taqqozlashni bildiradi. 

4.Sosiologik  metod  maorif  sistemalarining  ijtimoiy      xarakterini  baholashda 

qo„llanadi. 

5.Analitik  metodlarga  analiz,  sintez,  mavxumlashtirish,  induksiya, 

deduksiya kabi mantiqiy metodlar kiradi. 

Xozirgi  kunga  qadar  bir  qator  mamlakatlardan  (Belgiya,  Angliya, 

YAponiya,  SHvetsiya,  AKSH  va  boshqalar)  qiyosiy  pedagogika  o„quv  predmeti 

sifatida  ilmiy  xodimlar  pedagog  o„qituvchilari  bo„lg„uzi  o„qituvchilarni  chet  elda 

ishlashga  tayyorlashning  zarur  qismi  sifatida  o„qitiladi.  Kurs  hajmi  xar  bir 

mamlakatda  o„ta  xar  hil  (10  dan  100  soatgacha)  biroq,  ko„pchilik  xollarda  30-40 

soat  leksiyadan  va  mamlakatlar  guruxida  ta‟limning  ahvoli  batafsil  o„rgatiladitan 

seminar  mashg„ulotidan,  chet  elga  sayoxat  tanlangan  mavzular  bo„yicha  mustaqil 

ishlash va kurs yakunida doklad yoki yozma imtixondan iborat. 

Bugungi kunda mamlakatimizda qiyosiy pedagogika o„quv predmeti sifatida 

o„qitila  boshlagan  ekan  bu  borada  chet  el  tajribasini  chuqur  o„rganish  lozim. 

Boshqacha  aytganda  qiyosiy  pedagogikani  shakllantirib  olish  uchun  qiyosiy 

pedagogika tadqiqotlar o„tkazish kerak. 

 

Mustaxkamlash uchun savol va topshiriqlar. 

 

1. Qiyosiy pedagogika fanining maqsadi va vazifalariniayting. 



2. Qiyosiy pedagogika o„quv predmeti sifatida.  

3. Qiyosiy pedagogikaning tadqiqot metodlari qaysilar? 

 

 

Termin 

O„zbek tilidagi sharhi 

Ingliz tilidagi sharhi 

Pedagogika 

Pedagogika  –  yosh  avlodga 

ta‟lim-tarbiya 

berish 


qonuniyatlari haqidagi fandir 

Pedagogy  is  the  art  or 

science  of  teaching  and 

educational metods 



Metod 

Metod  –  eng  umumiy  ma‟noda 

maqsadga erishish yo„li, usuli 

Metod  –  a  way  of  doing 

something  especially  a 

systematic way 



O„qitish metodi 

O„qitish 

metodlari 

ta‟lim 


maqsadiga  erishishga  doir  usul 

va qoidalar yig„indisi 

Teaching  metod  –  the 

principles and methods of 

instruction 


Қ

ийи

нчил

ик

 

Да

р

ажаси

 

 

 

 

    Тест топшириғи  

 

 

 

     Тўғри жавоб 

 

 

 

  Муқобил 

жавоб  

  

 

 

Муқобил 

жавоб  

 

 

 

Муқобил 

жавоб 

Киёсий педагогика кандай 



фан? 

*Хар бир халкнинг миллат, 

узининг миллий тарбиясини 

киёсий генетик нуктаи-

назардан тахлил килиб 

чикадиган фан  

 

Ажратиш, 



солиштириш, 

киёслаш, карама- 

карши куйиш, 

узлашлик ёки 

фарклашни 

аниклайдиган фан. 

Киёсий 

характеристика, 



режа, чизма, 

модель, алгоритм 

курининши 

мужассамлашган 

фан  

Дунё 


педагогикасини 

урганадиган 

фан 



Киёсий педагогика фанининг 



методологик асослари 

нималардан иборат? 

*Президентнинг халк 

таълимига доир гоялари

фалсафадаги онг, шахс ва 

жамият хакидаги конунлар, 

буюк алломаларнинг 

педагогик карашлари, 

хозирги замон педагогика 

назарияси фанининг асосий 

тамойиллари, конуниятлари  

 

буюк алломаларнинг 



педагогик 

карашлари, хозирги 

замон педагогика 

назарияси фанининг 

асосий тамойиллари 

Таълим-тарбия 

шакллари ва 

мазмуни 


Миллий 

мафкуравий 

карашлар, 

соглом эътикод 

Киёслаш методи 



Киёслаш, объектларини  

аниклаш ва киёслаш алохида 

белгилари ва параметрини 

аниклаш,солиштириш, 

киеслаш, киёсий тахлил 

килиш.  


 

Илмий педагогик 

тадқиқотларни 

ўрганиш 


 Педагогик 

адабиётларни 

ўрганиш ва тахлил 

қилиш  


Анкета сўров ва 

тест ўтказиш  



 

 

Foydalanish uchun adabiyotlar: 

1. Barkamol avlod orzusi. Tuzuvchi-mualliflar: Sh. Qurbonov va b Toshkent 

“SHarq”, 1988. 

2.  Barkamol  avlod  .  O‟zbekiston  taraqqiyotining  poydevori.  Toshkent 

“O‟zbekiston”, 1997. 

3.  Hoshimov K H va b. Pedagogika tarixi T “O‟qituvchi”, 1996. 

4.  Xasanboev J. Va b Pedagogika tarixi. T. “O‟qituvchi”, 1996. 



5.  O‟rta  Osiyoda  pedagogik  fikr  taraqqiyoti  tarixidan.  Tuzuvchi-mualliflar: 

M. Xayrullaev, N. Hatomov va b. TOshkent. “FAN”, 1997. 

         6.  Sh.Shodmonova, P.Ergashev Qiyosiy pedagogika – T.: TDPU, 2005 

         7.  Jaxon mamlakatlari tarixi. The word  book encyclopedia. 1994 1-11-jild.  

         8.   B.F. Vulfson “Sravnitelnaya pedagogika” 2003 y. 

         9. 

Education 

in 


South 

Korea(https://en.wikipedia.org/wiki/Education_in_South_Korea 



 

 

 

 



Download 286.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling