Qiyosiy tahlil


Download 14.27 Kb.
Sana06.06.2022
Hajmi14.27 Kb.
#736769
Bog'liq
Документ (6)6666
3x4, Ташкентский государственный технический университет referat, всем дс, Gulsara 1988, Wedding day 15, YUK-XATI-blank-2, 16342874776431586, MDM-121-Davlat qarzlarini boshqarish, 1654096567, Документ (1), 1654168950 (2), 1654168950 (1), 1654168950, The importance of a fashion

Qiyosiy tahlil

Imom G'azzoliy va Xoja Nosriddin Tusiy, bu ikki buyuk musulmon ustozlaring tarbiyaviy fikirlari va qarashlari tahlil qilinganda, shuni aytish mumkinki Muhammad G'azzoliy ijodida asosan diniy masalalarga e'tibor bergan, ammo Xoja Nosiriddin Tusiy diniy mavzulardan tashqari jamiyat, tabiyat va ilohiylikning asl mohiyatini ochish kabi falsafiy nazariyalarga ham qo'l uradi. Va bu shuni ko'rsatadiki Tusiy ijodida dunyoviy ilmlarga qiziqishning ko'proq guvohi bo'lishimiz mumkin. Ikkala olim ham haqiqatga erishishda ta'limni maqsad qilishni ta'kidlaydilar. Imom Muhammad G'zzoliy ba Xoja Nosiriddin Tusiyning tarbiyaviy fikirlarini yoritishda « Kimiyoi Saodat» kitobi undan tashqari « Axloqi Nosiri» (Nosiriy axloqi) katta ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, ta'lim -tarbiya, axloq, ilm o'tmishda va hozirgi kunda ham bu ikki allomaning qarashlaridan bahramand bo'lgan.


Zamonaviy dunyoda ta'lim va tarbiyaning ro'li juda katta ahamiyatga ega. Insonning qadr -qimmatini faqat uning ta'limdagi yutuqlari bilan aniqlash mumkin. Agar biz odamlar hozirgi kunda maqsadlar tuzishimizda oldingi olimlarning g'oyalari va maslahatlarini to'g'ri baholab, inson kamoloti va ta'limining yangi usullarini tiklashimiz mumkin. Imom G'azzoliy va Xoja Nosriddin Tusiy asarlarida ta'lim-tarbiya masalalari muhokamasini konkretlashtirib, batafsilroq tahlil qilish orqali bu ikki musulmon allomaning fikirlarini o'rganish muhim ahamiyatga ega deb xisoblayma. G'azzoliy ta'lim-tarbiya borasida shunday degan : « ustoz insondan yomon axloqni yo'q qilishi kerak va uni yaxshi axloq bilan taminlashi zarur» deydi. Xoja Nosriddin Tusiy esa ustozning maqomini otaning maqomidan muhiroq deb takidlaydi. Chunki Ustoz ma'naviy hayotni shuningdek farovonlikni rivojlantiradi, ota esa moddiy hayot uchun sharoitlarni ta'minlaydi, deb hisoblagan. Demak ustoz va ota o'rtasidagi munosabat ruhning munosabatiga o'xshaydi.
Nosirddin Tusiyning Ustozlar va talabalarga maslahati:
1. Fidoiylik va o'z o'zidan voz kechishi kerak.
2. Niyyatinggizni ilm o'rganish, islom va musulmonlarga xizmat qilish va Allohga itoat qilishga yo'naltiring.
3. Ustoz va ilmga hurmat.
4. Darslarni tushungandan keyin ularni takrorlang.
5.Ko'proq izlaning va qonuqmang.
6. Vaqtingizni hurmat qiling va uni tejang .
7. Muammolaringgizni hal qilishda Xudoga tavakkal qiling.
Ta'lim metodikasida ikki alloma « odatlar nazariyasi» dan foydalanishni taklif qiladi.va ikklasi ham o'qituvchilarga talabalarni jismonan jazolashni taqilaydilar.

Xulosa



Xulosa qilib aytadigan bo'lsak Nosiriddin Tusiyning komil inson haqidagi qarashlari inson va jamiyat munosabatlari barqarorligida adolat, axloq va ma'naviyat asosiy tamoyildir. Komil inson esa o'zining adolatli va insonparvarlik faoliyati bilan atrof-muhitaga o'rnak bo'la oladi. Nosiriddin Tusiy haqiqat masalasida ratsionalizm va shahvoniylik har ikkalasi ro'l o'ynashini ko'rsatishga harakat qiladi. Bugungi kun ta'lim tarbiya , axloq va ma'naviyat tshunchalarining jamiyat oldidagi dolzarblik masalalariga yechim topishda Imom G'zzoliy va Nosiriddin Tusiy kabi allomalarimizning ilmiy ishlari va izlanishlari beqiyos ahamiyat kasb etadi deb xisoblayman. Muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov aytganlaridek o'z o'tmishi va ma'naviyatini bilmagan xalqning kelajagi buyuk bo'lmaydi deb bejizga aytmaganlar. Biz yoshlar doim izlanishda bo'lmog'imiz va albatta buyuk allomalarimiz g'oyalarini va maslahatlarini yanada chuqurroq o'ganmog'imiz hamda tahlil qilmog'imiz darkor.
Download 14.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling