Qizilmiya yetishtiruvchilariga dronlar olib kirishga ruxsat berildi 22. 02. 2019


Download 70.13 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.08.2020
Hajmi70.13 Kb.
#126576
Bog'liq
qizilmiyya yetishtirish

background image
12.06.2020

urmon.uz/post/print/277

urmon.uz/post/print/277

1/1


Qizilmiya yetishtiruvchilariga dronlar olib

kirishga ruxsat berildi

22.02.2019

Qizilmiya  va  boshqa  dorivor  o‘simliklarni  yetishtirish  va  qayta  ishlash  tashkilotlari

uyushmasi  a’zolariga  2024  yil  1  yanvargacha  bo‘lgan  muddatda  uchuvchisiz  uchish

apparatlarini  olib  kirishga  ruxsat  berildi.  Bu  haqda  Vazirlar  Mahkamasining

qarorida aytiladi.

Kutilishicha,  dronlar  qizilmiya  va  boshqa  dorivor  o‘simliklar  yetishtirish,  qizilmiya  va

boshqa dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini nazorat qilish hamda monitoringini olib borish

jarayonini  samarali  boshqarishda  yordam  beradi.O‘zbekiston  Respublikasi  Transport

vazirligi  huzuridagi  Fuqaro  aviatsiyasi  agentligi  zarur  hujjatlar  taqdim  etilgan  kundan

boshlab  o‘n  kun  muddatda  Uyushma  a’zolariga  uchuvchisiz  uchish  apparatlaridan

foydalanishga ruxsat etish to‘g‘risida xulosa berilishini ta’minlaydi.

Uyushmaning  qizilmiya  va  boshqa  dorivor  o‘simliklar  plantatsiyalarini  tashkil  etadigan,

shuningdek,  qizilmiya  va  boshqa  dorivor  o‘simliklarni  qayta  ishlaydigan  a’zolariga  2024

yil 1 yanvargacha bo‘lgan muddatga:

a) quyidagilardan:

er solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslar mulk solig‘i, yagona soliq to‘lovi, yagona yer

solig‘i to‘lashdan;

o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan va olib

kelinadigan texnologik uskunalar, maxsus qishloq xo‘jaligi texnikalari, ularning butlovchi

va ehtiyot qismlari, xomashyolar, materiallar, shu jumladan qurilish materiallari, qizilmiya

va  boshqa  dorivor  o‘simliklar  urug‘lari  va  ko‘chatlari,  shuningdek,  uchuvchisiz  uchish

apparatlari uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilish

b)  plantatsiyalar  tashkil  etish  uchun  ekish  materiallarini  (urug‘,  qalamchalar)  tayyorlash

(yig‘ish)  maqsadida  ruxsatnoma  olish  uchun  yig‘imlar  to‘lovini  kechiktirish  tarzida



imtiyozlar berildi.

Download 70.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling