Qizilqumsement


Download 32 Kb.
Sana25.11.2021
Hajmi32 Kb.
#463467
Bog'liq
qizilqum sement
Ingliz tili 1 , “Мультимедиага кириш” фанидан мустақил иш мавзуларининг тақсимоти, Bluebells T F NG exercise, Оптика, (Copy) tarqatma 7, davlat tili, ozbek xalq dostonlarining chastotali izohli frazeologik lugati (1), 2 5283019729261299163, Hayot faoliyati amaliy 1, Hayot faoliyati amaliy 1, 1, Diniy ek Mustaqil ish 9df737f9fd1887ea73741bb383e4cad7, Вазиятлми масала стом 210 Б МАС нинг текшириш усуллари, 2 sinfda takrorlash umumlashtirish darslarini tashkil etish metodikasi, Valeologiya ON

Korxona haqida

"QIZILQUMSEMENT" AJ Navoiy shahridan 7 kilometr janubiy g'arbiy tomonda joylashgan ulkan sement va sement mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona. Korxonaning to‘liq quvvati - 3 mln. 80 ming. tn sement ishlab chiqarish hisoblanadi.

Relefi shimol tomonga qarab yotiq. Ob-havosi mo‘’tadil kontinental. Korxona uzining asosli ulkan sement koni zahirasiga ega. Birlamchi mahsulot korxona karerlaridan ulkan BelAz rusumli yuk tashish mashinalarida korxonaga yetkaziladi. Undan tashqari ohak kareri mavjud bo‘lib ular ezish sexiga yetkaziladi. Ezish sexidan so‘ng, tayyor bo‘lgan birlamchi mahsulot lentali konveyer bilan zavodga yetkaziladi.

Turli texnologik ishlov berish jarayonida, qo‘shilgan qo‘shimchalar asosida va ezish dispersiyasining yirikligi bo‘yicha turli markalardagi sement ishlab chiqariladi. Portlandsement, o‘z xususiyatlariga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi.

Undan tashqari korxona sement ishlab chiqarish bilan cheklanmay - sement mahsulotlari, plitalar, devorbop bloklar, asbestosementli mahsulotlar ham ishlab chiqaradi.

«Qizilqumsement» aktsiyadorlik jamiyati Navoi shahridan 7-8 km masofada janubi-g'arbda va Toshkent-Samarqand-Buxoro magistral` yo'ldan 3 km uzoqlikda joylashgan.

Amaldagi uchta liniyaning tasdiqlangan loyiha quvvati yiliga 3 mln.80 ming tonna sement ishlab chiqarishni tashkil etadi.

Hudud rel`efi – shimolga qarab pasayib boradigan tog' oldi hisoblanadi. Hudud iqlimi reskin-kontinental, harorat -24 darajadan +47 darajagacha o'zgarib boradi. Zavod quyidagi xom-ashyo bazasiga ega: ohak kar`eri sanoat maydonidan 7 km va slanetslar kar`eri esa zavoddan 3 km masofada joylashgan. Ohak va slanetslar kondan og'ir yukli avtoulovlarda parchalash bo'limlariga olib kelinadi. Yanchilgandan keyin ohak va slanetslar zavodga uzunligi 5,5 km bo'lgan magistral` tasma konveyeri orqali yetkaziladi.

Korxonada hozirgi kunda 2300 ta ishchi ishlaydi. 1977-1978 yillarda 6,4/7 m diametrli pechkasi aylanib aylanib turadigan uzunligi 95 metr birinchi va ikkinchi texnologik liniyalar ishga tushirildi, 1989 yilda pechkasi aylanib turadigan diametri 4,5 m uzunligi 97,5 m bo'lgan reaktorli – dekarbonizatorli uchinchi texnologik liniya ishga tushirildi.

Har bir aylanib turadigan pechkaning loyiha quvvati sutkasiga 3000 t klinker ishlab chiqarishni tashkil etadi. Xom-ashyo tsexi diametri 4,2 m sakkizta xom-ashyo tegirmoni va uzunligi 1.0 m havo o'tuvchi separatorlar bilan jihozlangan. “Yanchish” tsexi diametri 4,0 m va uzunligi 13,5 m bo'lgan oltita sement tegirmonidan iborat.

Portlantsement ishlab chiqarish jarayoni quyidagi asosiy texnologik jarayonlardan iborat:

1. Xom-ashyo materiallarini qazib chiqarish va ularni zavodga yetkazish;

2. Xom-ashyo materiallarini yanchish, o'lchash va maydalash;

3. Xom-ashyo aralashmasini tayyorlash va to'g'rilash;

4. Aralashmani kuydirish (klinker olish);

5. Klinkerni qo'shimchalar bilan yanchish (sement olish).

Tashqaridan olib kelinadigan xom-ashyo materiallari:

- kul shlaklari, tarkibida temir bo'lgan qo'shimchalar;

- sementga qo'shimcha sifatida tashqaridan olib kiriladigan tabiiy gips va glej qo'llaniladi.

1961 yilda sementni qoplarga qadoqlaydigan “Xaver” liniyasi hamda quvvati yiliga 250 ming t qoplarga qadoqlangan sementni vagonlar va avtomobillarga yuklaydigan qurilma ishga tushirildi.

1998 yilning martida quvvati yiliga 250 ming t bo'lgan Yaponiya hukumatining granti asosida sotib olingan «Mellers» sementni qoplarga qadoqlaydigan ikkinchi liniya ishga tushirildi.

1998 yilda o'z mablag'lari hisobidan yillik loyiha quvvati 200 ming t bo'lgan mahalliy mineral qo'shimchalarni termik aktivlash liniyasining loyihasi ishlab chiqildi, qurildi va ishga tushirildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida avvallari import asosida olib kelinadigan sementga qo'shiladigan qo'shimchalarni qisman almashtirish imkoni yuzaga keldi.

Korxonada 2001 yilda neft`-gaz quduqlarida ishlatiladigan tamponaj sementini ishlab chiqarish o'zlashtirildi.

Korxonada quyidagi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqariladi:

- Portlandtsement – GOST 10178-85

- Sul`fatga chidamli portlandtsement O'zbekiston Davlat standarti -22266-94

- Tamponaj portlandtsement- GOST -15.81-96

- Qurilish shag'ali – GOST 8267-97

- Devorbop beton toshlar –GOST 6133-99

- Yerto'la uchun beton bloklar-O'zbekiston Davlat standarti 778-97

- Yo'lakchalar uchun beton plitalar-O'zbekiston Davlat standarti 712-96

Korxonada RWTUV № 04100 20050368 sertifikati bilan tasdiqlangan ISO 9001:2000 xalqaro standartiga asosan sifat menedjmenti tizimi joriy etilgan.

“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyati 1977-yil Navoiy viloyatining Navoiy shahrida ulkan sement va sement mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona sifatida tashkil etilgan. Korxona yiliga 2.5 mln. dona shifr mahsulotlarini hamda yillik 3.5 mln. tonna sement mahsulotini ishlab chiqarish quvvati tashkil etib, O’zbekistonning sement bozoridagi jami 29% ulushini o’z ichiga oladi. Korxona 3 ta mahsulot ishlab chiqarish liniyasi orqali 6 turdagi 10 dan ortiq sement mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Umumiy korxona maydoni 1554 gektarni qamrab olgan bo’lib, jami 3500 ta ishchi-xodim o’z faoliyatini korxonada olib boradi.

Korxonaning qimmatli qog’ozlarining nominal bahosi ― 1570 so’mga teng bo’lib, jami ― 447 516 900 donani tashkil etadi. Korxonaning eng yirik aksiyadori “UzAssets” aksiyadorlik jamiyati bo’lib, uning “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatidagi ulushi 86,9 % tashkil etadi.

Korxona 3 ta sement ishlab chiqarish liniyalari orqali, jami 3,5 mln. tonna sement va sement mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

Umumiy hisobda, korxona tabiiy katta mineral zaxiraga ega bo'lib: ohak ―103 mln. tonna, slanets ― 26 mln. tonna, gil slanets ― 18 mln. tonna, gips ― 4,7 mln. tonnani tashkil etadi.

Korxona o’ziga o’ziga qarashli jami transport vositalaridan 68 ta yuk tashuvchi avtomobillar, 5 ta teplovoz temir yo’lda foydalanish uchun, 54 ta traktor va pritseplar, 66 ta avtobus va turli avtomobillar, 84 ta maxsus texnikalar orqali sement tashish va ishlab chiqarish uchun foydalanadi.

Korxona bir qator xalqaro miqyosda joriy etilgan sertifikatlarga ega.

- ISO 14001 ― atrof-muhitni boshqarish tizimiga qo’yiladigan talablarni o’z ichiga olgan xalqaro standart.

- OHSAS 18001 ― mehnatni muhofaza qilish va xavfsizligini boshqarish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bo’yicha talablar va ko’rsatmalarni o’z ichiga olgan bir qator standartlar uchun beriladigan sertifikat.

- ISO 9001 ― sifat menejmenti tizimining mezonlarini belgilash uchun joriy etilgan xalqaro sertifikat.

“Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatida klinker ishlab chiqarish bo‘yicha to‘rtinchi texnologik liniyani qurish” loyihasi (yillik ishlab chiqarish hajmi 1,8 mln tonnaga teng bo’lgan) ni amalga oshirish orqali ichki va tashqi bozorda talab yuqori bo‘lgan sifatli klinker mahsulotini ishlab chiqarish hamda qo’shimcha yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish maqsadida, kapital qo‘yilmalarning umumiy qiymati 112,6 mln. yevro ekvivalentiga teng bo‘lgan investitsiya loyihasi ishlab chiqildi va hozirgi vaqtda amalga oshirilmoqda.

Investitsiya loyihasini amalga oshirish 2021-yilda “Qizilqumsement” aksiyadorlik jamiyatining 92,8 mln. yevro ekvivalenti miqdoridagi o'z mablag‘lari va tijorat banklariining 19,8 mln. yevro ekvivalenti miqdoridagi kreditlari hisobidan moliyalashtirilishi rejalashtirilgan. Loyihaning qurilish-montaj ishlari 2022-yil I chorakda tugatilishi rejalashtirilgan.

Korxona tarmoqdagi flagman hisoblanib, bir qator afzalliklarga ega:

- Qimmatli qog’ozlari O’zbekiston bozorida yuqori likvidlikka ega (blue chip);

- Aktivlarning, kapital bahosi va yuqori dividedning daromadliyligi ;

- Ketma-ket to'rtinchi yili korxona foydasi, aktivlari qiymati, mahsulot sotuv hajmi o’sib borish tendensiyasiga ega;

- Mamlakatda olib borilayotgan kompleks qurilish ishlari yuqori darajani tashkil etmoqda;

- O’zining yirik tabiiy mineral resurslarga boy bo’lgan konlariga ega;

- Katta moliya mablag’lari zaxirasiga ega ekanligi.



2021-2022-yillarda korxona moliyaviy hisob-kitob ishlari Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) dan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) ga o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling