Qobiliyatlar psixodiagnostikasi
Download 75.96 Kb.
|
QOBILIYATLAR PSIXODIAGNOSTIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar: Qobiliyat
- Motivatsiya
- Ijodiy qobiliyatlarni baholash so’rovnomasi” (E.E.Tunik) 1
- So’rovnoma matni.
- Natijalarni qayta ishlash va baholash.
- Natijalarni umumlashtirish.
- Gottshald shakllari” metodikasi 2
QOBILIYATLAR PSIXODIAGNOSTIKASI Reja: Kirish 1.Qobiliyat psixodiagnostikasi va uning o’ziga xos jihatlari. 2.Xissiy irodaviy sohaning diagnostikasi. 3.Motivatsion sohani diagnostika qilish. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Tayanch tushunchalar: Qobiliyat – shaxsning ma’lum faoliyatidagi muvaffaqiyatlarini va osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan individual xusisiyatlar Hissiyot –insonning ehtiyojlarining qondirilishi yoki qondirilmasligiga nisbatan tevarak olamga b0’lgan munosabati. Iroda – shaxsning muayan qiyinchiliklarni engib o’tish bilan bog’liq ichki kuchidir Motivatsiya – odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui 7.1.Qobiliyat psixodiagnostikasi va uning o’ziga xos jihatlari Har bir inson yoshligidanoq kamchiligu yutuqlari, o’z imkoniyatlari haqida oz bo’lsa-da tasavvurga ega bo’la boshlaydi. Yoshligidanoq bolalar fe`l-atvori haqida oldin ota-onalar, keyin esa atrofdagilar o’z munosabatini bildira boshlaydi. Tashqi ta`sir natijasi o’laroq, har bir insonda o’z-o’ziga baho berish qobiliyati shakllana boshlaydi. Kimdir o’ziga juda yuqori baho bersa, yana kimdir o’zi haqida salbiy fikrda bo’ladi. O’zi haqidagi juda yuqori fikrdagi insonlar atrofdagilardan doim qusur izlashga harakat qilishadi. Uning o’zi haqidagi fikri real imkoniyatlardan ko’ra ilgarilab ketgan. Bunday insonlarning baxtli bo’lishi qiyin, sababi ular doim nimadandir norozi bo’lib Yurishadi: yo hayot tarzidan yoki atrofdagilardan… ularning o’zi haqidagi fikrlarini o’zgartirish ham qiyin kechadi. Buning uchun o’zgalarning yutug`ini ko’rib, o’z imokniyatlarini taqqoslash, atrofdagilarning unga nisbatan to’g`ri muomala qila olishi muhim ahamiyatga ega. O’zi haqida salbiy fikrda bo’lgan insonlarga ham oson emas. Ularning boshqalar bilan muomalaga kirishishlari, yangi tanishlar orttirishlari qiyin kechadi. Ularni doim biror ishni boshlashdan oldin «men to’g`ri yo’l tutayapmanmikan?» kabi shubhali savollar qiynaydi. Bunday shubha gumonlardan qutilish uchun avvalambor o’zingizga chetdan nazar tashlang. Siz hech kimdan kam emassiz va shuning barobarida boshqalardan ustun jihatlaringiz ham mavjud. Bu jixatlarni xis qila biling. Shundagina xayotda o’z o’rningizni topib, ishingizda yaxshi natijalarga erisha olasiz. Qobiliyatni aniqlash testi Ushbu qobiliyatni aniqlash metodikasi Ayzenk test so’rovnomasi asosida tuzilgan. Bu metodikani qaerda qo’llash mumkin? Birinchidan, ular akademik litsey yoki kasb xunar kollejiga o’qish uchun kelgan talabalarga o’z shaxsiy yo’nalishini to’g`ri belgilashlariga yordam berishda qo’l keladi. Ikkinchidan, ularni o’qitish samaradorligini oshirish maqsadida qo’llanilishi mumkin. O’qituvchi o’quvchilar qobiliyatini, qiziqishlarini aniqlab, undan o’z darslarida foydalanishi mumkin. Testni to’g`ri qo’llash uchun quyidagi shartlarga qat`iy amal qilinadi: Ajratilgan vaqt birligiga (80 ta savol uchun 40 daqiqa) qat`iy rioya qilish. Sinaluvchining savol mazmunini to’g`ri idrok etishga va tushunilishiga erishish. Javoblar sinaluvchining mustaqil fikriga asoslanganligiga erishish. Savollarga berilgan javoblarni ishlab chiqish (100 ballik tizim asosida) Sinaluvchi savollarni diqqat bilan o’qib chiqadi. Qaysi savol o’zi haqida ketayotganiga ishonch hosil qilsa, shu savolga belgi qo’yadi, qolgan savollarga xech qanday belgi qo’ymaydi. Sinaluvchi savollarga shoshilmasdan ochiq oydin va to’g`ri javob berishi lozim. Belgilangan savollarning kam yoki ko’pligi muhim emas. Sinaluvchida «qancha ko’p savollarni belgilasam, shuncha ijobiy javob olaman» degan fikr tug`ilmasligi kerak. Savollar. O’ylayotganlaringizni yaxshi bayon etib bera olasizmi? Tajriba va sinovlar o’tkazishni yaxshi ko’rasizmi? Karta yoki sxema yordamida istalgan manzilgohni qiynalmasdan topa olasizmi? O’zingizga tanish kuy ostida qo’shiq kuylay olasizmi? Arg`imchoqda uchishni yoqtirasizmi? Uyda yolg`iz o’tirishdan ko’ra do’stlaringiz bilan suhbatlashish afzalmi? Hayvonlarga ozor bermay, yaxshi munosabatda bo’lasizmi? Yolg`izlikni xayol surib Yurishni yoqtirasizmi? Siz adabiyotga qiziqasizmi? Suratga tushirishni yoqtirasizmi? Qiladigan ishlaringizni oldindan yon daftaringizga yozib qo’yasizmi? O’zingiz yoqtirgan qo’shiqlarni tez-tez xirgoyi qilib Yurasizmi? O’zingizni kuchli va kuchsiz tomonlaringizni yaxshi bilasizmi? Boshqalarning maslahatiga quloq tutmay, mustaqil qaror qabul qila olasizmi? Ko’pgina masalalarda boshqalarga maslahat bera olasizmi? Psixologiya bilan qiziqasizmi? Hazil mutoyibani yoqtirasizmi? Rang- barang bezatilgan kitoblarni yaxshi ko’rasizmi? Odamlarning xatti-harakatlarini kuzatib Yurasizmi? Har xil imo- ishoralar va harakatlarni yaxshi eslab qolasizmi? Sportga qiziqasizmi? Qiynalmasdan bir guruh odamlarni boshqara olasizmi? Dunyoviy muammolarga masalan ekologiyaga qiziqasizmi? Sayoxatga baliq oviga borishni yoqtirasizmi? Har xil so’z o’yinlarini va topishmoqlar topishni yoqtirasizmi? Narsalar bilan raqamlar orasidagi bog`lanishni aniqlay olasizmi? Yosh bolalar bilan o’yin o’ynashni yoqtirasizmi? Yugurishdan ko’ra futbol, voleybol, basketbol o’ynash ma`qulmi? Gullarni nomini yoddan bilasizmi? Toqqa chiqishni yoqtirasizmi? Tez-tez musiqa eshitib turasizmi? Narsalarni buzib boshqatdan terishni yaxshi ko’rasizmi? Radio, televizordan eshitgan ma`lumotlarni yaxshi eslab qolasizmi? O’z fikringizni bayon qilganda rasm va sxemalardan foydalanasizmi? Hisob-kitob ishlarini yaxshi olib borasizmi? O’yinga tushishni yaxshi ko’rasizmi? Tez-tez barmoqlaringiz yordamida musiqa chalib turasizmi? Eng yaqin do’stlaringiz bormi? Hayotingiz haqida o’ylab turasizmi? O’zingizni fermer sifatida tasavvur qila olasizmi? Shaxsiy tashvishlar sizni ko’proq qiziqtiradimi? Biror narsani xal etishda do’stlaringiz bilan maslaxatlashasizmi? Shaxmat o’ynashni yoqtirasizmi? Narsalarning kelajakda qanday bo’lishini tasavvur qila olasizmi,? Musiqa asbobida kuy ijro eta olasizmi? Narsa haqida to’la tasavvurga ega bo’lishingiz uchun uni ushlab ko’rishingiz shartmi? Bahslashganda o’z fikringizni qat`iyat bilan himoya qilasizmi? Yo’lda biror kuyni xushtak orqali chalib Yurasizmi? Ekologiya hozirgi kunning eng asosiy muammosimi? Biror jamoa guruh yoki qo’mita tarkibida bo’lishni xohlaysizmi? Boshqalar bilmaydigan qiziqish ermagingiz bormi? Narsalarning mohiyatini baholash uchun ularni turli guruhlarga ajratasizmi? Siz rasmlar tomosha qilishni yoqtirasizmi? So’zlashayotganda imo-ishoralarni ko’p ishlatasizmi? Ko’zingiz tushgan hamma yozuvlarni xatto buYumlarning etiketkalarini ham o’qiysizmi? Mantiqiy o’yinlarni yaxshi ko’rasizmi? Tushuntirganda misollar keltirasizmi? Odamning hamma a`zolari qaerda joylashganini yaxshi bilasizmi? Kelishmovchilik va janjallarni hal qila olasizmi? Doim biror narsani o’rganishni o’ylab Yurasizmi? Bir marta eshitgan kuyingizni eslab qolasizmi? Bilimlarni tajriba va sinov orqali o’zlashtirasizmi? So’zlashganda kitoblarni o’qigan obrazlardan foydalanasizmi? Algebradan ko’ra geometriya sizga ko’proq yoqadimi? Kompyuter bilan ishlashni yoqtirasizmi? Mashhur aktyorlarning gaplarini o’zlariga o’xshatib aytishni yani taqlid qilishni yoqtirasizmi? Hayotingizni qo’shiqsiz tasavvur qila olasizmi? To’ylarda qatnashishni yoqtirasizmi? Planetalarning nomlarini bilasizmi? Kundalik yuritasizmi? Uy xayvonlariga ovqat berishni yoqtirasizmi? Hayotingizda biror narsaga erishish uchun hamma narsaga tayyormisiz? O’simliklarga suv qo’yishni yoqtirasizmi? Tez-tez kontsertlarga borib turasizmi? Yo’lda o’z shaxsiy muammolaringiz haqida o’ylab Yurasizmi? Matematikani yaxshi ko’rasizmi? Dars paytida daftaringizga ba`zi narsalarning rasmini chizib o’tirasizmi? Juda ko’p so’zlarning ma`nosini bilasizmi? Ovoz chiqarib fikrlashni yoqtirasizmi? Odamlar qiynalganda sizdan maslahat so’rab turishadimi? Endi bu savollarga javoblarni baholash ustida to’xtalamiz. Sinaluvchi o’zi belgilagan savol nomerlarni quyidagi jadvalda doira ichiga olib chiqadi. Qaysi ustunda 8-10 doiralar bo’lsa sinaluvchida o’sha qobiliyat ustun bo’ladi. Qaysi qobiliyatning ustunligiga qarab o’quvchining nimaga qiziqishi haqida so’z Yuritish mumkin. A –lingvinistik qobiliyat. Bunday qobiliyatli kishilarda o’qishga she`riyatga baxs munozaraga hazil hajv va hikoyalarga qiziqish kuchli bo’ladi. V – matematik qobiliyat. Bu qobiliyati ustun bo’lgan kishilar abstrakt belgilar, formulalar, raqamlar bilan ishlashni yoqtirishadi. S- ko’rish qobiliyati. Bu qobiliyatga ega kishilarda tasviriy san`atga, xaykaltaroshlik va chizmachilikka qiziqish katta bo’ladi. D -kinetik qobiliyat. Bu qobiliyat egalari raqs, rol ijro etish, jismoniy mashqlar, sport o’yinlari va dramaga qiziqadilar. E – tabiatsevarlik qobiliyati. Bu qobiliyat egalari sayru-sayohatga, ekskursiyalarga ko’proq qiziqadi. F- musiqiy qobiliyat. Bu qobiliyat egalari qo’shiq aytishni, musiqa tinglashni, jo’r bo’lishni yaxshi ko’radilar. G- suhbatdoshlik qobiliyati. Bu qobiliyat sohiblari hamdard, hamkor, xushmuomala bo’lishni, birgalikda turli loyihalar yaratishni xush ko’rishadi. H – fikrlash qobiliyati. Bu qobiliyat egalari doim fikrni bir joyga yig`ib to’play oladi, yaxshi va chuqur fikrlaydi, xayol surib Yurishni yaxshi ko’rishadi.
“Ijodiy qobiliyatlarni baholash so’rovnomasi” (E.E.Tunik)1 Mazkur so’rovnoma shaxsda ijodiiy faollik bilan bog`liq bo’lgan to’rt asosiy xususiyat – qiziquvchanlik, yaxshi rivojlangan xayol, murakkablik (murakkab hodisa va tushunchalarni anglashga intiluvchanlik, murakkab masalalarni mustaqil echishga intiluvchanlik, murakkab topshiriqlarni xush ko’rish), tavakkalchilikkka moyillik darajasini aniqlashga xizmat qiladi.
1.Agar to’g`ri javobni aniq bilmasam, uni chamalab topishga harakat qilaman. 2.Narsa-buyumlarni ularning avval ko’zga tashlanmagan detallarini payqash uchun batafsil ko’zdan kechirishni yoqtiraman. 3.Bilmagan narsamni odatda so’rab bilishga intilaman. 4.Ishni avvaldan rejalashtirish menga yoqadi. 5.Yangi o’yinda ishtirok etishdan avval men unda g`alaba qozonishimga amin bo’lib olishim kerak. 6.Menga o’zim bilib olishim yoki bajarishim kerak bo’ladigan narsalar haqida o’ylash yoqadi. 7.Agar biror ishni bir urinishda amalga oshira olmasam, to maqsadimga erishguncha urinaveraman. 8.Boshqalarga tanish bo’lmagan o’yinni unda ishtirok etish uchun hech qachon tanlamayman. 9.Biror ishni bajarishning yangicha usullarini o’ylab topgandan ko’ra hammasini har doimgidek bajaraveraman. 10.Qandaydir ma`lumot to’g`ri yoki noto’g`ri ekanini tekshirishni yoqtiraman. 11.Menga o’zim uchun yangi bo’lgan ish bilan shug`ullanish yoqadi. 12.Yangi do’stlar orttirishni yaxshi ko’raman. 13.Menga o’zim bilan hech qachon ro’y bermagan hodisalar haqida o’ylash yoqadi. 14.Men qachonlardir mashhur san`atkor, shoir yoki artist bo’lish haqidagi xomxayollarga berilmayman. 15.Ayrim g`oyalarim meni shunchalik o’ziga jalb etib ketadiki, dunyodagi barcha narsani unitib qo’yaman. 16.Menga erdan ko’ra ko’proq kosmik stantsiyada yashash va ishlash yoqar edi. 17.Keyinchalik nima ro’y berishini bilmaganimda asabiylashaman. 18.Noodatiy narsalarni yoqtiraman. 19.Men ko’pincha boshqa odamlar nima haqida o’ylayotganini tasavvur qilishga intilaman. 20.Menga o’tmishda ro’y bergan hikoyalarni o’qish va teleko’rsatuvlarni tomosha qilish yoqadi. 21.Menga o’z g`oyalarimni do’stlarim davrasida muhokama qilish yoqadi. 22.Biror xatolikka yo’l qo’yganimda ham men asabimni buzmayman. 23.Kelajakda mengacha hech kimning qo’lidan kelmagan ishni amalga oshirishni xohlar edim. 24.Men hamma narsani odatiy yo’l bilan qiladigan odamlar bilan do’stlashishni ma`qul ko’raman. 25.Ko’pchilik mavjud qoidalar meni odatda qoniqtirmaydi. 26.Menga hatto to’g`ri javobi mavjud bo’lmagan masalani echishga urinish yoqadi. 27.Men ko’p narsalar bilan tajribalar o’tkazib ko’rishni xohlayman. 28.Agar biror marta to’g`ri javobni topgan bo’lsam, keyinchalik boshqa variantlarni qidirib o’tirmayman. 29.Guruh oldida chiqish qilishni xushlamayman. 30.Badiiy asar o’qiganimda yoki kinofilm tomosha qilganimda o’zimni undagi qahramonlardan birining o’rnida tasavvur qilaman. 31.Menga uzoq o’tmishda odamlar qanday yashaganini tasavvur qilish yoqadi. 32.Menga do’stlarimning qat`iyatsizlik qilishi yoqmaydi. 33.Menga eski quti va sandiqlarni ularda nimalar borligini bilish uchun tekshirib chiqish yoqadi. 34.Men ota-onam va o’qituvchilarim o’zgaruvchan bo’lmay doim bir xil bo’lib turishini xohlar edim. 35.Men o’zimning ichki sezgimga ishonaman. 36.Menga biror farazni ilgari surib, qanchalik haq ekanimni tekshirish qiziqarlidir. 37.Keyingi bir necha qadamni oldindan bilib ish tutish talab qilinadigan o’yinlarni yoqtirman. 38.Meni turli mexanizmlar, ularning ichi qanday tuzilgani va ular qanday qilib ishlashi qiziqtiradi. 39.Mening eng yaqin do’stlarimga axmoqona fikrlar yoqmaydi. 40.Menga yangi narsalarni, hatto, ularni, amaliyotda qo’llab bo’lmasa ham, o’ylab topish yoqadi. 41.Men hamma narsa o’z joyida turishini yoqtiraman. 42.Kelajakda paydo bo’ladigan savollarning javobini qidirish menga qiziqarli bo’lishi mumkin. 43.Men yangi ishga uning oqibati qanday bo’lishini bilish uchun qo’l urishni yoqtiraman. 44.Menga o’zim yoqtirgan o’yinlarni shunchaki ko’ngilocharlik uchun Yutuq haqida o’ylamay o’ynash qiziqarlidir. 45.Menga hech kimning xayoliga kelmagan narsalar haqida o’ylash yoqadi. 46.Men notanish odam aks etgan fotosuratni ko’rganimda undagi odamning kimligini bilishga qiziqaman. 47.Menga kitob va jurnallarni shunchaki ularda nimalar borligini bilish uchun varaqlab ko’rish yoqadi. 48.Menimcha, ko’pchilik savollarga yagona to’g`ri javob mavjud. 49.Boshqalar o’ylab ko’rmagan narsalar haqida savol berishni yoqtiraman. 50.O’qishda ham, uyda ham juda ko’p qiziqarli mashg`ulotlarim bor.
Natijalarni baholash sinaluvchi javoblarini quyidagi kalit bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi. Kalit 1.Qiziquvchanlik shkalasi bo’yicha: 1) “ha” javobi – 2, 3, 11, 12, 19, 27, 33, 37, 38, 47, 49 (har bir moslik uchun 2 balldan);
3) barcha “ehtimol” degan javoblar – 1 balldan; 4)barcha “bilmayman” degan javoblar – -1 balldan. 2.Murakkablik shkalasi bo’yicha: 1) “ha” javobi – 7, 15, 18, 26, 42, 50 (har bir moslik uchun 2 balldan); 2)“yo’q” javobi – 4, 9, 10, 17, 24, 41, 48 (har bir moslik uchun 2 balldan); 3) barcha “ehtimol” degan javoblar – 1 balldan; 4)barcha “bilmayman” degan javoblar – -1 balldan. 3.Xayol shkalasi bo’yicha: 1)“ha” javobi – 13, 16, 23, 30, 31, 40, 45, 46 (har bir moslik uchun 2 balldan); 2)“yo’q” javobi – 14, 20, 39 (har bir moslik uchun 2 balldan); 3) barcha “ehtimol” degan javoblar – 1 balldan; 4)barcha “bilmayman” degan javoblar – -1 balldan.
Sinaluvchining barcha javoblari kalitning “ha” va “yo’q” javob variantlariga mos kelsa jami 100 ball to’planishi mumkin. Agar sinaluvchi barcha ta`kidlarga “ehtimol” degan javob varianti orqali munosabat bidirgan bo’lsa, uning yakuniy natijasi 50 ballga teng keladi. So’rovnomadagi “bilmayman” javobi diagnostik qiymatga ega bo’lmay qat`iyatsiz, ijodiy yondashuvdan o’zini to’liq olib qochadigan sinaluvchini jazolash uchun xizmat qiladi. Sinaluvchining natijasi qanchalik baland bo’lsa, unda ijodiy faollik bilan bog`liq shaxsiy sifatlar (qiziquvchanlik, ijodiy xayol, murakkablik, tavakkalga moyillik) darajasi shunchalik Yuqori ekani haqida xulosa chiqariladi. “Gottshald shakllari” metodikasi2 Mazkur metodika shaxsning bilish faoliyatida ikki kognitiv uslub – maydonga tobe va maydondan mustaqil uslubning qaysi biri ustunligini aniqlash uchun qo’llanadi. Bunda maydonga tobelik odamning olamni bilish jarayonida tashqi chalg`ituvchi omillar ta`siriga kuchli berilishini, maydondan mustaqil uslub esa bunday ta`sirdan etarlicha holi ekanligini anglatadi. Ko’rsatma: “Hurmatli ishtirokchi! Sizga quyida har xil shakllarning tasviri ko’rsatiladi. Shakllar 6 tadan to’plam qilib joylashtirilgan. Har bir to’plamdan avval A, B, C, D, E harflari bilan shifrlangan alohida sodda shakllar qatori keltiriladi. Sizning vazifangiz ushbu namunadagi sodda shakllarning qaysilari to’plamdagi murakkab (chalkash) shakllar ichida mavjudligini aniqlash. Namunadagi qaysi shakl tegishli murakkab shakl ichida mavjudligini aniqlaganingizda uning shartli shifri (A, B, C, D, E harflaridan biri)ni shakllar to’plamlarining o’ng tarafidagi bo’sh katakchalarga yozib quying. Unutmang, har bir murakkab shakl tarkibida namunada keltirilgan shakllardan faqat biri va aynan namunada ko’rsatilgan o’lcham va joylashuv o’rni kabi ko’rinishda ak ettirilgan. Download 75.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling