Qodirov Abbosbek im-80


Download 12.02 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi12.02 Kb.
#168143
Bog'liq
Basketbol 14.11.2020



Qodirov Abbosbek

IM-80

Assalomu aleykum

Basketbol sport turi maydon o’lchami, texnikasi va taktikasi

Basketbol sport turi bo’yiga 28 metr, eniga esa 15 metr o’lchamdagi to’rtburchak maydonda o’ynaladi. Bunda sportchilar 3,05 metr balandlikdagi savatga to’pni joylashlari talab qilinadi. Basketbol to’pining og’irligi 600-650 gramm bo’lib, diametri 45 sm bo’ladi. Shitning 90x120 sm, savat halqasi 0,45 m va to’r kengligi 30sm bo’ladi. Har jamoada 12 nafar ishtirokchi bo’lib ulardan maydonda 5 nafari maydonda harakat qilishi mumkin. Agar bu zalda o’naladigan bo’lsa tom qismi yerdan 7 metr baland bo’lishi zarur. Foul qayd etilib jarima maydoni ichida yakka holda to’pni 4 metr masofadan savatga tushirish kerak bo’lsa, har bir tushirgan to’piga 1 ball beriladi. Agar ikkinchi urinishda to’p savatga tushmasa u holda o’yin davom etib ketadi ungacha to’pni savatga tushirayotgan sportchi boshqa hamma jarima maydonidan tashqarisida turishi kerak bo’ladi. O’yin davomida to’p savatga tushirilsa 2 ball, tashqarisidan tushirilsa 3 ball beriladi. Erkaklar - 40 min, ayollar - 36 min, o’smirlar va qizlar - 30 min, 13-14 yoshar bolalar - 24 minutdan 2 ta taymda bahs olib borishadi. Orada 10 daqiqalik tanaffus bilan o’yinlar davom ettiriladi. Har taymda jamoa murabbiylari 1 martadan qisqa tanaffus olish huquqiga egalar. To’pni egallagan jamoa 24 sekund davomida savatga tashlamasa yoki raqib jamoa olib qo’ymasa, to’p raqib jamoaga olib beriladi. 24 sekund tugashidan oldin to’p savtga tashlanib va limitdan oldin qo’l uzilgan va to’p savatga tushsa, jamoaga ball beriladi. Sportchi to’pni bir qo’l bilan yerga urib yurgan holda o’ynashi mumkin. To’pni ikki qo’li bilan ushlab turgan holda tana gavdasini qimirlatishi va sherigiga oshirib berishi mumkin. To’p savatga tushgandan so’ng, o’yin chiziq orqasidan to’pni sherikka oshirgan holda davom ettirish mumkin. Jamoa to’pni maydon yarmidan o’tkazganidan so’ng uni maydon o’rta chizig’idan o’tkazishi mumkin emas. Raqib jamoaning qo’lidagi to’pga urishi mumkin emas, faqatgina oshirganda to’p yo’nalishiga block qo’ygan holda egallab olishi mumkin. To’satdan raqib jamoa a’zosining oyoq qismiga tegib ketsa va raqib jamoada to’p qolsa, jamoa o’z maydoni yon chizig’idan o’yinga kiritadi. Agar to’p jamoaning o’zida qolsa o’yinni davom ettirish mumkin. Jarima maydoni ichida sportchi havoda unga nisbaan qo’pollik ishlatilsa va to’pni havodagi paytda savatga uloqtirib tushirsa, bu holatda ball beriladi.


14.11.2020
Download 12.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling