Qoidalari o'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2002 yil 11 oktyabrdagi 51- son buyrug'i bilan tasdiqlangan


Download 164.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.07.2017
Hajmi164.9 Kb.
#11410
  1   2

TOVAR BELGISI VA XIZMAT KO'RSATISh BELGISINI 

RO'YXATDAN O'TKAZISh UChUN TALABNOMA TUZISh, 

TOPShIRISh VA KO'RIB ChIQISh 

QOIDALARI  



(O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2002 yil 11 oktyabrdagi 51-

son buyrug'i bilan tasdiqlangan, 

O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2002 yil 1 noyabrda 1184-son bilan ro'yxatga 

olingan)  

I bob. Tovar belgisi va xizmat ko'rsatish belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma tuzish va 

topshirish. Talabnoma topshirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar 

II bob. Patent idorasi bilan tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazishga talabnoma bo'yicha ishlarni olib 

borish 

III bob. Talabnomani ko'rib chiqish 



Mazkur "Tovar belgisi va xizmat ko'rsatish belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma tuzish, 

topshirish va ko'rib chiqish qoidalari" (matnda bundan keyin-Qoidalar), O'zbekiston Respublikasining 

"Tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi Qonuniga 

muvofiq ishlab chiqilgan hamda tovar belgisi va xizmat ko'rsatish belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun 

talabnoma tuzish, topshirish va ko'rib chiqish tartibini belgilab beradi. 

Qisqartirishlar ro'yxati 

Qonun - O'zbekiston Respublikasining "Tovar belgilari va xizmat ko'rsatish belgilari va tovar 

kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi Qonuni. 



Patent idorasi - O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi. 

Apellyasiya kengashi - O'zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasining Apellyasiya 

kengashi. 



Tovar belgisi - tovar belgisi va xizmat ko'rsatish belgisi. 

Talabnoma - tovar belgisi va xizmat ko'rsatish belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma. 

Parij konvensiyasi - Sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha Parij konvensiyasining 

O'zbekiston Respublikasi uchun amal qilayotgan tahriri. 



TXXK - tovar va xizmatlarning xalqaro klassifikasiyasi. 

Tovarlar - tovar va xizmatlar. 

I bob. Tovar belgisi va xizmat ko'rsatish belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma 

tuzish va topshirish. 

Talabnoma topshirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar 

1-§. Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazishga talabnoma 

1. Qonunning 3-moddasiga muvofiq tovar belgisi - bu bir huquqiy va jismoniy shaxslar tovarlari 

va xizmatlarining boshqa huquqiy va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun 

xizmat qiladigan belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan belgidir. 

2. Huquqiy va(yoki) jismoniy shaxslar birlashmasining ular tomonidan ishlab chiqariladigan 

va(yoki) realizasiya qilinadigan bir xil sifatga yoki boshqa umumiy tavsiflarga ega bo'lgan tovarlarini 

belgilash uchun mo'ljallangan tovar belgisi jamoaviy belgi hisoblanadi. 

3. Qonunning 3-moddasi beshinchi qismiga ko'ra tasvirlar, so'zlar, muayyan shakl tarzidagi 

belgilar va boshqa belgilar ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar 

belgilari sifatida ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin. 

So'zli belgilarga so'zlar, suz birikmalari, gaplar, boshqa so'z birliklari va shuningdek ularning 

birikmalari kiradi. 

Tasviriy belgilarga jonli mavjudotlar, predmetlar, tabiiy va boshqa ob'ektlar, va shuningdek 

istalgan shakldagi figuralar, chiziqlar, dog'lar, tekislikdagi shakllar kompozisiyalari kiradi. 

Muayyan shaklli hajmli belgilarga uch o'lchamli ob'ektlar, figuralar va chiziqlar, figuralarning 

kombinasiyalari kiradi. 

Jamlama belgilarga turli xarakterdagi ya'ni tasviriy, so'zli, muayyan shakldagi hajmli va boshqa 

belgilar elementlaridan tashkil topgan belgilar kiradi. 

Boshqa belgilarga raqamli, harfli, tovushli, yorug'likdan iborat bo'lgan, hidli va boshqa belgilar 

kiradi. 


Raqamli belgilar sifatida raqamlarning kombinasiyasidan iborat bo'lgan belgilarga talabnoma 

berilishi mumkin. 

Harfli belgilar sifatida harflarning so'z xarakteriga va mazmunga ega bo'lmagan kombinasiyasiga 

talabnoma berilishi mumkin. 

Tovushli belgilar sifatida musiqa asarlari, qo'shiqlar, jo'r ovozlar, tanish tovushlar va tabiatda 

uchraydigan noyob tovushlar, tabiatda uchramaydigan elektron tovushlar va boshqalarga talabnoma 

berilishi mumkin. 

Yorug'likdan iborat belgilar sifatida yorug'lik effektidan hosil bo'lgan belgilarga talabnoma 

berilishi mumkin. 

Hidli belgilarga hid sezish organlari bilan qabul qilishga mo'ljallangan belgilar kiradi. 

Belgilarning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi uyg'unlashgan ifodasi tovar belgilari sifatida 

ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin. 

4. Quyidagilar tovar belgisi sifatida ro'yxatdan o'tkazilmaydi: 


a) davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar

b) davlatlarning rasmiy nomlari, xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki 

to'liq nomlari; 

v) rasmiy nazorat, kafolat tamg'alari va namuna yo'sinidagi tamg'alar, muhrlar; 

g) davlat xizmatlarining O'zbekiston Respublikasida qo'llaniladigan ajratish va farqlash belgilari 

tasvirlari. 

Ushbu bandning (a)-(g) bandchalarida ko'rsatilgan belgilar, agar bunga tegishli davlat 

organining yoki belgi egasining roziligi bo'lsa, tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qismlar sifatida 

kiritilishi mumkin. 

d) xususan quyidagilar taaluqli bo'lishi mumkin bo'lgan farqlash xususiyatiga ega bo'lmagan 

belgilar: 

1) o'ziga xos grafik tasvirga ega bo'lmagan alohida harflar, raqamlardan iborat bo'lgan belgilar; 

2) chiziqlar, oddiy geometrik figuralar va ularning tarkibiga kirgan alohida elementlaridan farqli, 

sifat jihatdan boshqa qabul qilish darajasini beradigan kompozisiyalar hosil qilmaydigan birikmalari

3) tovar belgisi sifatida ro'yxatdan o'tkazishga topshirilgan talabnomadagi tovarlarni belgilash 

uchun ularning haqiqiy yoki sxematik tasvirlari; 

4) shakli faqat funksional vazifasidan kelib chiqadigan uch o'lchamli ob'ektlar; 

5) tovarlarning umum e'tirof etilgan oddiy nomlari shu tovarlarni belgilash uchun; 

6) tashkilot korxona va sohalarning umumqabul qilingan qisqartirilgan nomlari va ularning 

abbreviaturalari; 

e) muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda bo'lgan belgilar. Bunday 

belgilar deb ma'lum bir tovar yoki turli ishlab chiqaruvchilarning shunga o'xshash tovarlari uchun uzoq 

vaqt ishlatilganligi tufayli tushuncha (vidovoe ponyatie) bo'lib qolgan belgilar tushuniladi; 

j) umum e'tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar. Bunday belgilarga odatda, 

tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish so'ralayotgan tovarlar ro'yxatidagi tovarlar oid bo'lgan xo'jalik yoki 

faoliyat sohasini aks ettiruvchi belgilar, va shuningdek, fan va texnikada qo'llaniladigan shartli belgilar 

kiradi. Umum e'tirof etilgan atamalarga fan va texnikanng anik bir sohasiga xos bo'lgan so'z birliklari 

kiradi; 


z) tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga 

mo'ljallanganligi va qiymatini shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki o'tkaziladigan joyi va 

vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar. 

ushbu bandning (z) bandchasida ko'rsatilgan belgilarga tovarlarnng oddiy nomlari, tovarlar sifat 

toifasining belgisi, tovarlarning xususiyatini ko'rsatuvchi (shu jumladan, maqtov xarakteriga ega 

bo'lgan) belgilar, xom ashyo materialini va tarkibini ko'rsatuvchi belgilar, tovarlarning og'irligi, hajmi, 

narxini, ishlab chiqarilgan sanasini ko'rsatuvchi belgilar, umumiy (vidovie) nomlar, ishlab chiqarishni 

yaratish tarixidan ma'lumotlar, korxonalarning nomlari, tovar tayyorlovchilarning va vositachi 

firmalarning manzilgohlari, qisman yoki to'liq jo'g'rofiy nomdan iborat bo'lib, tovar tayyorlovchining 

joylashgan joyi kabi qabul qilinishi mumkin bo'lgan belgilar. 

Ushbu bandning (d)-(z) bandchalarida ko'rsatilgan belgilarni ro'yxatdan o'tkazishga, basharti bu 

belgilar amalda ulardan foydalanish natijasida farqlanish xususiyatiga ega bo'lganligi isbotlangan 

taqdirdagina, yo'l qo'yilishi mumkin. 


Isbot sifatida talabnoma topshirilgan sanagacha talabnomada ko'rsatilgan belgidan 

foydalanilganligi natijasida farqlanish xususiyatiga ega bo'lganligini tasdiqlaydigan quyidagi 

ma'lumotlar taqdim etiladi: 

- talabnomada ko'rsatilgan belgi bilan belgilangan tovarlarni ishlab chiqarish va sotish hajmi; 

- talabnomada ko'rsatilgan talabnoma berilgan belgini talabnomada ko'rsatilgan 

tovar(xizmat)larni belgilash uchun ishlatish muddati; 

- talabnomada ko'rsatilgan belgi bilan belgilangan tovar(xizmat)larning reklamasi uchun 

sarflanadigan xarajatlar hajmi; 

- talabnomada ko'rsatilgan belgi va shu belgi bilan belgilangan tovarlarning ishlab 

chiqaruvchilari xaqida iste'molchilarning xabardorlik darajasi to'g'risidagi ma'lumotlar, shu jumladan 

sosiologik so'rovlarning natijalari; 

- talabnomada ko'rsatilgan belgi bilan belgilangan tovarlar haqidagi axborot ochiq matbuotda 

nashr qilinganligi to'g'risida ma'lumotlar; 

- talabnomada ko'rsatilgan belgi bilan belgilangan tovarlar O'zbekiston Respublikasi yoki chet 

mamlakatlardagi ko'rgazmalarda namoyish qilinganligi to'g'risida ma'lumotlar; 

- va boshqa ma'lumotlar; 

i) tovar yoki uning tayyorlovchisi xususidagi yolg'on yoki iste'molchini chalg'itishi mumkin 

bo'lgan belgilar, ularga xususan, iste'molchining ongida tovarning haqiqatga to'g'ri kelmagan ma'lum 

bir sifati, uning tayyorlovchisi yoki kelib chiqqan joyi haqida tasavvur hosil qiladigan belgilar kiradi. 

Belgining kamida bitta elementi yolg'on yoki iste'molchini chalg'itishi mumkin bo'lsa, belgi 

yolg'on yoki iste'molchini chalg'itishi mumkin deb e'tirof etiladi; 

k) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko'rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda 

chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar; 

l) ma'danli suvlar, vino yoki kuchli spirtli ichimliklarning asliyatini aks ettiruvchi jo'g'rofiy nomlar 

bo'lgan yoki shunday nomlarni ifodalovchi belgilar, mazkur joyda chiqarilmagan tovarlarni belgilash 

uchun ishlatilgan belgilar, shuningdek, basharti ular tarjima qilib yoki "ko'rinishdagi", "turdagi", 

"usuldagi" va boshqa shunga o'xshash so'zlar bilan qo'shilgan holda qo'llanilsa; 

m) jamiyat manfaatlariga, odamiylik va ahloq qoidalariga zid bo'lgan belgilar, ularga xususan, 

diniy nishon va ramzlar, ahloqsiz mazmundagi so'z va tasvirlar, inson qadrini, diniy hissiyotlarni 

haqorat qiladigan insonparvarlikka zid xarakterdagi shiorlar va h.k.; 

n) quyidagi belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o'xshash 

bo'lgan belgilar: 

1) ilgari O'zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga ro'yxatdan o'tkazilgan yoki ro'yxatdan 

o'tkazish so'rab talabnoma berilgan, shuningdek O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga 

muvofiq ro'yxatdan o'tkazilmay ham muhofaza qilinadigan yoki shu turdagi tovarlarga nisbatan ancha 

ilgariroq ustuvorlikka ega bo'lgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga 

aynan o'xshash bo'lgan belgilar; 

2) har qanday tovarlarga nisbatan boshqa shaxslarning belgilangan tartibda umum e'tirof 

etilgan tovar belgilari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o'xshash bo'lgan 

belgilar; 

3) ushbu Qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan tovar kelib chiqqan joy nomi bo'lgan belgilar 

bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o'xshash bo'lgan belgilar, bu belgilar har 

qanday tovarlarga nisbatan shunday nomdan foydalanish huquqiga ega bo'lgan shaxs nomiga 


ro'yxatdan o'tkaziladigan tovar belgisiga muhofaza qilinmaydigan qism sifatida kiritilgan hollar bundan 

mustasno; 

4) belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan sertifikatlash belgilari. 

Ushbu bandning (i) bandchasi ikkinchi, uchinchi xatboshilarida ko'rsatilgan tovar belgilari bilan 

adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o'xshash bo'lgan belgilarni ro'yxatdan 

o'tkazishga tovar belgisi egasining bu belgini ro'yxatga olish uchun roziligi bo'lgan taqdirdagina yo'l 

qo'yilishi mumkin. Bu holda rozilik xatining asli taqdim qilinadi. Rozilik xati "katta" belgi egasi bo'lgan 

kompaniyaning firma blankasida rasmiylashtiriladi va quyidagi bandlardan iborat bo'ladi: 

- rozilik bergan tovar belgisi egasining to'liq nomi va manzilgohi; 

- rozilik olgan shaxsning to'liq nomi va manzilgohi;  

- o'xshash tovar belgisi egasining imzosi, lavozimi va familiyasini ko'rsatgan holda;  

- egasi rozilik bergan tovar belgisining tasviri; 

- rozilik olib talabnoma topshirilayotgan belgining tasviri

- rozilik berilgan tovarlar va/yoki xizmatlar ro'yxati; 

- rozilik xati berilgan sana, ushbu sanasiz xat haqiqiy emas deb hisoblanadi. 

o) Quyidagi belgilar: 

1) o'zga shaxslarga tegishli va O'zbekiston Respublikasi hududida taniqli bo'lgan firma nomlarini 

(yoki ularning bir qismini), agar bu nomga bo'lgan huquq bir turdagi tovarlarni belgilash uchun tovar 

belgisiga doir talabnoma kelib tushish sanasidan avvalroq olingan bo'lsa, takrorlovchi belgilar; 

2) sanoat namunalarini takrorlovchi belgilar, agar ularga bo'lgan huquq O'zbekiston 

Respublikasida o'zga shaxslarga tegishli bo'lsa; 

3) O'zbekiston Respublikasida mashhur bo'lgan ilmiy asarlar, adabiyot va san'at asarlarining 

nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini, san'at asarlarini yoki ulardan ko'rinishlarni mualliflik 

huquqiga ega bo'lgan shaxs yoki uning huquqiy vorislari (merosxo'rlari) roziligini olmagan tarzda 

takrorlovchi belgilar; 

4) atoqli shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslari va ulardan yasalgan so'zlarini, bunday 

shaxslarning portretlarini hamda dastxatlarini, basharti bular O'zbekiston Respublikasining tarixiy va 

madaniy boyligi bo'lsa, ana shu atoqli shaxslar, ularning merosxo'rlari yoki davlat organi roziligini 

olmagan tarzda takrorlovchi belgilar. 

Ushbu bandning (o) bandchasida ko'rsatilgan ma'lum va mashhurlik tovar belgisi sifatida 

ro'yxatdan o'tkazishga taqdim etilgan belgining ustuvorlik sanasiga nisbatan aniqlanadi. 

5. Qonunning 9-moddasi, birinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta tovar belgisiga tegishli 

bo'lishi lozim. 

6. Talabnomada quyidagilar bo'lishi kerak:  

a) tovar belgisi sifatida belgini, tovar kelib chiqqan joy nomini va tovar kelib chiqqan joy 

nomidan foydalanish huquqi ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza; 

b) talabnomada ko'rsatilgan belgining tasviri; 


v) belgilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq 

guruhlangan, tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish so'ralayotgan tovarlarning ro'yxati. 

7. Talabnomaga talabnomani topshirish uchun patent boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjatning 

asli yoki bank muassasi yoxud buxgalteriya tomonidan tasdiqlangan nusxasi ilova qilinishi lozim. 

8. Agar talabnoma jamoaviy belgiga oid bo'lsa, huquqiy va/yoki jismoniy shaxslar birlashmasi 

qatnashchilarining jamoaviy belgidan foydalanish to'g'risidagi kelishuvi ilova qilinadi. 

Kelishuvda quyidagi ma'lumotlar bo'lishi lozim: 

a) jamoaviy belgini o'zining nomiga ro'yxatdan o'tkazishga vakolat berilgan shaxsning nomi; 

b) ushbu belgidan foydalanish huquqiga ega bo'lgan shaxslar ro'yxati (to'liq rasmiy nomi va 

manzilgohini ko'rsatgan holda); 

v) jamoaviy belgini ro'yxatdan o'tkazish maqsadi; 

g) jamoaviy belgi bilan belgilanadigan tovarlarning ro'yxati va yagona sifat yoki boshqa umumiy 

ko'rsatkichlari; 

d) jamoaviy belgidan foydalanish shartlari; 

e) jamoaviy belgidan foydalanishni nazorat qilish tartibi; 

j) kelishuvni buzganlik uchun javobgarlik. 

Kelishuv ushbu belgidan foydalanish huquqiga ega bo'lgan shaxslar tomonidan 

imzolanadi(huquqiy shaxslar uchun muhr bilan tasdiqlanadi). Imzo chekkan shaxslarning familiyasi va 

ismi-sharifi ko'rsatiladi. 

9. Talabnoma patent vakili orqali berilgan bo'lsa, talabnoma beruvchi tomonidan berilgan va 

uning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma, yoki uning to'g'ri rasmiylashtirilgan nusxasi ilova qilinadi. 

O'zbekiston Respublikasida Patent idorasi oldida vakillik qilish uchun rasmiylashtiriladigan 

ishonchnoma, oddiy yozma shaklda tuziladi va notarius tomonidan tasdiqlanishi talab etilmaydi. 

Ishonchnoma talabnoma bilan bir vaqtning o'zida yoki talabnoma kelib tushgan sanadan ikki 

oydan kechiktirilmay topshiriladi. 

O'zbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi jismoniy shaxsning yoki chet ellik yuridik 

shaxsning manfaatlariga vakillik qilish uchun patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilgan patent vakiliga 

ishonchnoma, talabnoma beruvchi shaxsning o'zi tomonidan, shuningdek talabnoma beruvchi 

tomonidan berilgai tegishli ishonchnomaga ega patent vakili tomonidan ham berilishi mumkin. Bunday 

hollarda ko'rsatib o'tilgan ikkala ishonchnoma yoki uning to'g'ri rasmiylashtirilgan nusxasi ilova qilinadi. 

Agar ishonchnoma Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilgai bir necha patent vakillariga berilgan 

bo'lsa, u holda talabnoma bo'yicha mahsulot belgisini ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha ishlar, ularning 

istalgan biri tomonidan olib borilishi mumkin. 

Ishonchnoma bo'yicha vakil qilingan patent vakilining har qanday hatti-harakati, ariza 

beruvchining hatti-harakatidir deb baholanadi. 


10. Konvensiya ustuvorligi so'rab berilgan talabnomaga (bundan buyon-konvensiya 

talabnomasi) talabnoma beruvchi tomonidan sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha Parij 

konvensiyasi qatnashchisi bo'lgan davlatda berilgan birinchi talabnomaning tasdiqlangan nusxasi va 

uning o'zbek yoki rus tiliga qilingan tarjimasi ilova qilinadi, ular konvensiya talabnomasi Patent 

idorasiga kelib tushgan sanadan boshlab uch oy muddatdan kechiktirilmay topshiriladi. Talabnoma 

nusxasining tarjimasi tarjimon imzosi bilan tasdiqlanadi. 

Konvensiya ustuvorligini belgilash to'g'risidagi iltimosnoma, talabnoma berish paytida 

(guvohnoma berish to'g'risidagi arizaning tegishli grafasida keltiriladi) yoki Patent idorasiga talabnoma 

kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat davomida topshirilishi mumkin. 

11. Ko'rgazmaga oid ustuvorlik so'rab berilgan talabnomaga, bunday ustuvorlik so'rashning 

qonuniyligini tasdiqlovchi hujjat ilova etiladi, u Patent idorasiga talabnoma kelib tushgan sanadan 

boshlab uch oydan kechiktirilmay topshiriladi. 

Talabnoma beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjat, sanoat mulkini muhofaza qilish bo'yicha 

Parij konvensiyasining qatnashchisi bo'lgan davlatlardan birining hududida tashkil etilgan 

ko'rgazmaning maqomini, ya'ni rasmiy xalqaro ko'rgazma yoki xalqaro deb rasman tan olingan 

ko'rgazmaligini tasdiqlashi va tovarlarni namoyish etgan shaxsning nomini, belgini, shu belgi qo'yilgan 

tovarlar ro'yxatini, shuningdek, eksponatlarni ochiq namoyish etish boshlangan sanani o'z ichiga olishi 

lozim. 


Hujjat tegishli ko'rgazmaning ma'muriyati yoki tashkiliy qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan 

bo'lishi lozim. 

12. Talabnomada ko'rsatilgan belgini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza o'zbek yoki rus tilida 

topshiriladi. Talabnomaning boshqa hujjatlari o'zbek, rus yoki boshqa tilda topshiriladi. 

Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda topshirilgan bo'lsa, talabnomaga ularning o'zbek yoki rus 

tiliga tarjimon imzosi bilan tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinadi. Boshqa tilda topshirilgan hujjatlar 

Patent idorasiga kelib tushgan sanada topshirilgan deb hisoblanadi, agar ularning tarjimalari boshqa 

tilda topshirilgan hujjatlar kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida topshirilsa, aks holda 

hujjatlar, ularning tarjimalari kelib tushgan sanada topshirilgan deb hisoblanadi. 

13. Talabnoma (belgini ro'yxatdan o'tkazishga talab etilayotgan tasvirdan tashqari) ikki nusxada 

topshiriladi. 

Belgining ro'yxatdan o'tkazish uchun talab etilayotgan tasviri 5 nusxada topshiriladi. 

Talabnomaga ilova etilayotgan hujjatlar bir nusxada topshiriladi. 

2-§. Talabnomaning tarkibi 

14. Talabnoma, ushbu Qoidalarga keltirilgan 1-ilovadagi shaklda topshiriladi. 

"Talabnoma" so'zidan yuqorida joylashgan grafalar, talabnoma Patent idorasiga kelib 

tushgandan keyin rekvizitlarni qo'yish uchun mo'ljallangan va talabnoma beruvchi tomonidan 

to'ldirilmaydi. 


Agar ba'zi ma'lumotlarni tegishli grafalarda to'liq joylashtirish mumkin bo'lmasa, ularni o'sha 

shakl bo'yicha qo'shimcha varaqda keltiriladi, talabnomaning tegishli grafasida: "davomini qo'shimcha 

varaqda qarang" deb ko'rsatiladi. 

15. "Talabnoma beruvchi" grafasida talabnoma beruvchi to'g'risidagi ma'lumotlar keltiriladi: 

huquqiy shaxsning to'liq rasmiy nomi, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi (va otasining ismi agar u 

mavjud bo'lsa), shuni ham e'tiborga olish kerakki, familiya ismdan avval ko'rsatiladi. Talabnoma 

beruvchining nomi o'zbek va rus tillarida ko'rsatiladi. 

16. "Talabnoma beruvchining pochta manzili" grafasida talabnoma beruvchining mamlakat 

rasmiy nomini o'z ichiga olgan to'liq manzilgohi, shuningdek telefon, faks raqamlari va Internetdagi 

elektron pochta adresi (agar ular mavjud bo'lsa) ko'rsatiladi. 

17. Nomlariga guvohnoma so'ralayotgai O'zbekiston Respublikasi korxonalari, tashkilotlari 

uchun, agar u belgilangan bo'lsa, KTUT kodi ko'rsatiladi. Agar KTUT kodi belgilangan bo'lmasa, tegishli 

joyda "belgilanmagan" deb ko'rsatiladi. 

Nomlariga guvohnoma berilishi so'ralayotgan, O'zbekiston Respublikasining chegarasidan 

tashqarida yashovchi chet el yuridik yoki jismoniy shaxslari uchun Butun jahon intellektual mulk 

tashkiloti (BIMT) ning ST.3 standarti bo'yicha mamlakat kodi ko'rsatiladi (agar u belgilangan bo'lsa). 

18. Ustuvorlikni belgilash to'g'risidagi iltimosnomaga ega grafa, Patent idorasiga talabnoma kelib 

tushgan sanadan avvalgiroq ustuvorlik so'ralayotgan holdagina to'ldiriladi. Bu holda tegishli kataklarda 

"X" belgisini qo'yib chiqiladi. 

"Birinchi talabnoma raqami" grafasida konvensiya ustuvorligi so'ralayotgan birinchi 

talabnomaning raqami ko'rsatiladi. 

"Ustuvorlik sanasi" grafasida so'ralayotgan ustuvorlik sanasi ko'rsatiladi. 

"Talabnoma berilgan mamlakatning BIMTning ST.3 standarti bo'yicha kodi" grafasida talabnoma 

berilgan mamlakatning BIMTning ST.3 standarti bo'yicha kodi ko'rsatiladi. 

19. "Yozishma olib borish uchun manzilgoh" grafasida yozishma olib borish uchun manzilgoh, 

xat oluvchining ismi yoki nomi keltiriladi, hamda telefon, aks raqamlari raqamlari va Internetdagi 

elektron pochta adresi (agar ular mavjud bo'lsa) ko'rsatiladi. 

Yozishma olib borish uchun manzilgoh sifatida, talabnoma beruvchi - yuridik shaxsning 

O'zbekiston Respublikasida joylashgan joyi yoki O'zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan 

talabnoma beruvchi - jismoniy shaxsning manzilgohi, yohud Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilgan 

patent vakilining manzilgohi, yoki O'zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa manzilgoh ko'rsatilgan 

bo'lishi mumkin. 

20. "Patent vakili" grafasi, faqat talabnoma beruvchi tomonidan patent vakili tayinlangan holda 

to'ldiriladi, u to'g'risidagi quyidagi ma'lumotlar: familiyasi, ismi (otasining ismi agar u mavjud bo'lsa), 

Patent idorasida ro'yxatdan o'tkazilgan raqami. 


21. "Patent vakilining manzilgohi" grafasida patent vakilining O'zbekiston Respublikasidagi 

manzilgohi, pochta indeksini ko'rsatgan holda, telefon, faks raqamlari va Internetdagi elektron pochta 

adresi (agar ular mavjud bo'lsa) keltiriladi. 

22. "Talabnomada ko'rsatilgan belgining tasviri" grafasida talabnoma berilgan belgining 

(fotosurati, tipografiya ottiskasi) qalin, uzoq muddatga chidamli, formati 8x8 sm bo'lgan qog'ozdagi 

tasviri yopishtirib quyiladi (belginiig turiga qarab, uning fotosurati yoki ottiskasining kengligi 8-16 sm ni 

tashkil etishi mumkin). 

Agar ro'yxatdan o'tkazish uchun tovar belgisi sifatida etiketkaga talabnoma berilayotgan bo'lsa, 

u holda belgining tasviri sifatida etiketkaning o'zi topshirilishi mumkin. Agar etiketkaning formati 8 x 16 

sm dan ortiq bo'lsa, u holda belgining tasviri kichraytirilgan o'lchamda topshiriladi. 

Agar ro'yxatdan o'tkazish uchun tovar belgisi sifatida muayyan shaklga ega bo'lgan uch 

o'lchamli belgiga talabnoma berilayotgan bo'lsa, u holda "Talabnomada ko'rsatilgan belgining tasviri" 

grafasida shu belgining umumiy ko'rinishining tasviri joylashtiriladi. Shuning bilan birga, belgi 

to'g'risida tasavvur hosil qiluvchi zarur proeksiyalar ham keltiriladi. 

Talabnomada ko'rsatilgan belgining tasviri tovar belgisini qaysi rang yoki ranglar birikmasida 

ro'yxatdan o'tkazish so'ralayotgan bo'lsa, o'sha rang va ranglar birikmasida topshiriladi. 

Belgining tasviri undan istalgan miqdorda nusxa olishga imkon beradigan qilib, grafik asosida, 

sifatli bajarilgan bo'lishi lozim. 

23. "Talabnomada ko'rsatilgan belgining turi" grafasi tegishli kataklarda "X" belgisini qo'yib 

chiqish yo'li bilan to'ldiriladi. 

24. "Talabnomada ko'rsatilgan belgining tarkibiy qismlari" va "Belgining yoki qismlarining 

transliterasiyasi" grafalarida belgini tashkil etuvchi qismlarining ro'yxati va belgi yoki uning qismlarining 

ma'nosi keltiriladi. 

Agar so'zli belgi yoki uning bir qismi ma'noga ega bo'lmasa, u holda uning vujudga kelish usuli 

ko'rsatiladi, bir necha so'zlarning boshlang'ich bo'g'inlari, abbreviatura, to'qib chiqarilgan so'z va 

boshqalar. 

Agar so'zli belgi o'zbek yoki rus tillarida kam ishlatiladigan bo'lsa (maxsus atama, tarixiy nom, 

eskirgan so'z) u holda uning vazifasi ko'rsatiladi. 

Agar so'zli belgi o'zbek yoki rus tillaridan boshqa tilda topshirilgan bo'lsa, o'zbek yoki rus 

alfavitining harflari bilan transliterasiyasi keltiriladi. 

Agar belgi yoki uning bir qismi tasviriy bo'lsa, u holda unga kiruvchi barcha elementlarning 

tavsifi keltiriladi va agar uning ma'nosi bor bo'lsa, u ham ko'rsatiladi. 

25. Agar rangli belgini ro'yxatdan o'tkazish so'ralayotgan bo'lsa, u holda uning rangi yoki ranglar 

birikmasi ko'rsatiladi. Ranglarning tavsifi belgida foydalaniladigan va ko'chirma nusxada mavjud 

ranglarga mos kelishi lozim. 

Agar oq-qora rangdagi belgini ro'yxatdan o'tkazish so'ralayotgan bo'lsa, ko'rsatilgan grafani 

to'ldirish talab etilmaydi. 


26. "Qo'shimcha ma'lumotlar" grafasida talabnomada ko'rsatilgan belgining o'ziga xosligini (uch 

o'lchamli (hajmli), tovushli, yorug'lik, jamoaviy va boshqa belgi) ko'rsatish uchun tegishli kataklarda 

"X" belgisini qo'yib chiqish yo'li bilan to'ldiriladi. 

Yorug'lik, tovushli, hidli yoki boshqa belgilar grafik ko'rinishida topshiriladi. 

Agar tovar belgisi sifatida ro'yxatdan o'tkazish uchun tovush belgisiga talabnoma topshirilgan 

bo'lsa, belgi MPEG formatida raqamlangan ko'rinishda taqdim etiladi va tovush turining ko'rsatmasi 

(musiqa asari yoki uning bir qismi, qandaydir paydo bo'lgan shovqinlar va hokazo), uning nota yozuvi 

keltiriladi. 

Agar tovar belgisi sifatida ro'yxatdan o'tkazish uchun yorug'lik belgisiga talabnoma topshirilgan 

bo'lsa, belgi MPEG formatida raqamlangan ko'rinishda taqdim etiladi va u holda yorug'lik ramzlarining 

(signallarining) xarakteristikasi, ularning ketma-ketligi, yoritish vaqtining uzunligi va boshqa o'ziga xos 

xususiyati keltiriladi. 

Agar tovar belgisi sifatida ro'yxatdan o'tkazish uchun hidli belgiga talabnoma topshirilgan bo'lsa, 

hid tarkibining kimyoviy formulasi keltiriladi. 

27. Tovarlar va xizmatlarning ro'yxati, tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish so'ralayotgan tovarlar 

va xizmatlarni aniqlash uchun mo'ljallangan. 

"Sinf" va "Tovarlar va xizmatlarnining nomlari" grafalarida tovar belgisi ro'yxatdan o'tkazish 

so'ralayotgan tovarlar va (yoki) xizmatlarning nomlari ko'rsatilgan TXXK sinflarining raqam(lar)i 

keltiriladi. 

TXXK sinflari bo'yicha guruhlarga ajratilgan tovarlar va (yoki) xizmatlar, mahsulot (xizmat)ni 

aynanlashtirish imkonini beruvchi aniq atamalar bilan belgilangan bo'lishi lozim. 

28. "Ilova qilinadigan hujjatlar ro'yxati" grafasi, tegishli kataklarda "X" belgisini qo'yib chiqish va 

ilova qilinadigan hujjatlarning har bir namunasida nusxalar va varaqlar sonini ko'rsatish yo'li bilan 

to'ldiriladi. Turi talabnomaning shaklida ko'zda tutilmagan, ("boshqa hujjat") ilova qilinadigan hujjatlar 

uchun ularning vazifalari aniq ko'rsatiladi. 

Agar talab qilinayotgan belgi Qonunning 10-moddasi, birinchi qismi 1-4 bandlarida sanab 

o'tilgan elementlarga ega bo'lsa, talabnomaga rozilikni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi: 

a) davlat gerblari, bayroqlari va emblemalaridan foydalanishga tegishli davlat tashkilotining 

roziligi; 

b) davlatlarning rasmiy nomlari; xalqaro yoki hukumatlararo tashkilotlarning qisqartirilgan yoki 

to'liq nomlaridan foydalanishga tegishli vakolatli tashkilotning roziligi; 

v) davlat mukofotlari va boshqa farqlash belgilaridan foydalanishga tegishli vakolatli 

tashkilotning roziligi; 

g) rasmiy nazorat, kafolat yoki namuna tamg'alari va muhrlardan foydalanishga tegishli vakolatli 

tashkilotning roziligi; 

mahsulot ishlab chiqaruvchining joylashgan o'rnini ko'rsatuvchi belgi sifatida qabul qilish 

mumkin bo'lgan qisman yoki to'liq geografik belgilardan iborat bo'lgan belgilardan foydalanish uchun 

tegishli vakolatli tashkilotlarning hujjat bilan tasdiqlangan roziligi ilova qilinadi. 

29. Agar belgi tarkibida ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish sanasiga, talabnoma beruvchi 

tomonidan ishlab chiqarayotgan tovarlariga yoki ko'rsatayotgan xizmatlariga berilgan mukofot tasviriga 



ko'rsatmalar bo'lsa, talabnomaga asos solingan sana, talabnoma beruvchining mukofotga huquqini 

tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. 

30. Zarur hollarda arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 

a) mashhur shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslari va ulardan tuzilgan hosilalar, bunday 

shaxslarning portretlari va faksimilelarini takrorlovchi belgilar bo'lsa, mahsulot belgisi sifatida 

ro'yxatdan o'tkazish uchun mashhur shaxslarning, ularning merosxo'rlarining yoki tegishli vakolatga 

ega tashkilotlarning roziligi; 

b) O'zbekiston Respublikasida ma'lum fan, adabiyot va san'at asarlari yoki ular ko'rinishlarining 

tegishli nomlarini mahsulot belgisi sifatida ro'yxatdan o'tkazish uchun mualliflik huquqi egasi yoki uning 

huquqiy vorislarining roziligi. 

31. Talabnomaning oxirgi "Imzo" grafasini imzo qo'yilgan sanasi ko'rsatilgan holda to'ldirish 

barcha hollarda majburiydir. 

Talabnoma talabnoma beruvchi tomonidan imzolanadi. Huquqiy shaxs nomidan tashkilot rahbari 

tomonidan uning lavozimi ko'rsatilgan holda imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi. 

Talabnoma patent vakili orqali berilganda, talabnoma patent vakili tomonidan imzolanadi. 

Imzo, imzo qo'yuvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasi ismining bosh harflari ko'rsatilgan holda 

izohlanadi. Talabnomada qo'shimcha varaqlar mavjud bo'lsa, ular ham huddi shu tartibda imzolanadi. 


Download 164.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling