Qon sistemasi fiziologiyasi topshirdi: Saliev Iskandar
Download 0.71 Mb.
|
jfiziologiya mt
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7. Yosh bola organizmida qon aylanish
QON SISTEMASI FIZIOLOGIYASITopshirdi: Saliev IskandarTekshirdi: Haydarova PardaxolReja:Reja:1. Qon2. Qon aylanish3. Katta va kichik qon aylanish doiralari4. Qonning shaklli elementlari.5.Qon guruhlari6. Qon aylanishning yoshga qarab o`zgarishi7. Yosh bola organizmida qon aylanish8. Qon miqdoriOdam organizmida qon va limfa ichki muhit hisoblanadi. Qon kuchsiz ishqoriy reaktsiyaga ega bo`lgan suyuqlik bo`lib, solishtirma og`irligi 1,054-1,066 ga teng. Odam tanasida jami 5 litr qon bor va u tana og`irligini 7-8 % ni tashkil qiladi. Qon bir qator muhim hayotiy funktsiyalarini bajaradi. A) qon ichaklardan shimilib o`tgan oziq moddalarni butun kanal bo`ylab tarqatadi. Qon plazmasi to`qimalar va hujayralararo bo`shliqda bo`lishi sababli barcha oziq moddalar hujayra ichiga tez o`tib olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Keyinchalik bu oziq moddalar hujayra ichida parchalanib, organizm ehtiyoji uchun sarf bo`ladi. B) Qon barcha to`qimalarga kislorod olib borib va u yerda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo`lgan karbonat angidridni o`pkaga olib keladi. O`pka kapilyarlarida o`tayotgan qon u yerda kislorodga boyiydi va korbonat angidridni o`pkadan chiqayotgan havoga qo`shib yuboradi. V) qon organizmning asosiy himoyachisi hisoblanadi, u har xil yot va zaharli moddalarni parchalab zararsizlantiradi. Organizmga chetdan kiradigan turli xil yot mikroorganizmlar oq qon tanachalari-leykotsitlar tomonidan zararsizlantiriladi. G) qon tana temperaturasini bir xil saqlab turadi. U barcha chetki organlarga oqib borib, o`zi bilan birga issiqlikni ham olib boradi. Qon teri orqali intensiv ravishda harakat qilib turganligi uchun oshiqcha temperatura muhitga berilib organizm o`ta qizib ketishdan saqlanadi. Qonning doimiy harakat qilib turishi tufayli organizm moddalar almashinuvi natijasida hosil bo`lgan keraksiz qoldiq moddalardan tozalanadi, ya`ni ular qon bilan buyrak va terigacha oqib kelib, u yerdan ajratib chiqarib yuboriladi. 2. Qon aylanish. Har bir organizmning normal hayot kechirishi uchun unda doimiy sur`atda qon aylanib turishi kerak. Qon tomirlarida doimiy qon harakati maxsus organlar-yurak, arteriya qon tomirlari va ko`ndalang-targ`il tolali muskullarning faoliyati tufayli ro`y beradi. Organizm har xil sharioitlarda ham barcha organ va sistemalarni qon bilan ta`minlash uchun qon aylanishini boshqarib turuvchi maxsus sistemaga ega. Shu sistema ishi tufayli har xil sharoitda ham barcha to`qima va hujayralarning kislorod va oziq moddalarga bo`lgan talabi qondirilib turiladi. 3. Katta va kichik qon aylanish doiralari. Insonlarda qon aylanish katta va kichik qon aylanish doiralaridan iboratdir. Katta qon aylanish doirasi yurakning chap qorinchasidan boshlanib, o`pkadan boshqa hamma organlarda kapilyar qon tomirlari orqali tarqaladi. To`qima va hujayralarda kislorod berilib, karbonat angidrid qabul qilingandan keyin qon vena tomirlariga o`tadi. Keng qon pastki va ustki kovak venalar orqali o`ng yurak bo`lmasiga qo`yiladi. Kichik qon aylanish doirasi o`ng yurak qorinchasidan boshlanib o`pka arteriyalari orqali o`pka kapillyarlariga boradi. U yerda karbonat angidriddan tozalanib, kislorodga boyigan qon arteriya qoniga aylanadi va maxsus yo`llar bilan chap yurak bo`lmasiga qo`yiladi. Qonning shaklli elementlari. Odam va hayvonlar qonida uch tip: 1) eritrotsitlar (qizil qon tanachalari); 2)leykotsitlar (oq qon tanachalari) va 3) trombotsitlar (qon plastinkalari) uchraydi. Qonning shaklli elementlari soni, tuzilishi, etilishi, bajaradigan vazifasi bilan bir-biridan farq qiladi. Eritrotsitlar. Bular yadrosiz hujayralar bo‘lib, soni jihatdan qonda eng ko‘p bo‘lgan shaklli element. Erkaklar qonining 1 mkl da o‘rta hisobda 5,1mln, ayollarnikida esa - 4,6mln eritrotsit bo‘ladi. Katta odamning qonida ja’mi 25.1012 - 30.1012 eritrotsit bo‘ladi. qondagi eritrotsitlarning yigindisi eritron deb ataladi. Eritrotsit massasining 34% quruq modda tashkil qilib, uning 90% gemoglabin tashkilqiladi. Eritrotsitlar o‘ziga xos shaklga ega: o‘rtasi Yupqa kulchaga o‘xshaydi, diametri 7,2 - 7,5 mkm, qalinligi 2,2 mkm Gemoglobin. Bu modda eritrotsitlar vazifasini amalga oshirishda katta rol o‘ynaydi. Tarkibida temir bo‘lgan 4 gem molekulasi va bir oqsil globin molekulasidan tashkil topgan bu xromoproteid kislorodni biriktirish va ajratish qobiliyatiga ega. Gemoglobinning molekulyar massasi 64458ga teng. Kislorodni biriktirish va ajratish vazifasini gem molekulasidagi ikki valentli temir bajaradi. Globin esa gemni olib boruvchi albuminlar turkumiga kiradigan oqsil. Leykotsitlar. Qonning maxsus pigmentga ega bo‘lmagan yadroli hujayralarini leykotsitlar deb ataladi. Odam qonining 1mm3 da 4000-9000 leykotsit uchraydi. Organizmni faollik xolatiga, tun va kunga hamda boshqa omillarga bog‘liq xolda leykotsitlarning soni o‘zgarib turadi. Leykotsitlar soni 10000 dan oshib ketsa leykotsitoz 4000 dan kamayib ketsa leykopeniyaga olib keladi. Protoplazmasida turli buyoqlarga bo‘yaladigan zarrachalarning bor yo‘qligiga qarab, leykotsitlar ikki guruhga: granulotsit (donali) va agranulotsitlarga (donasiz) bo‘linadi. Donali leykotsitlarga umumiy leykotsitlar sonining 60% to‘g‘ri keladi. Kislotali (eozin), asosiy va neytral bo‘yoqlarga bo‘yalishiga qarab, ularni eozinofillarga, bazo-fillarga va neytrofillargabo‘linadi. Donasiz leykotsitlar limfotsit va monotsitlarga bo‘linadi. Leykotsitlar turlari o‘rtasida ma’lum nisbat saqlanadi. Foiz birligida ifodalangan leykotsitlar turlari o‘rtasidagi nisbat leykotsitar formula deb ataladi. Katta yoshli odamning leykotsitar formulasi granulotsitlardan: neytrofillar 50-70% eozinofillar - 1-5% va bazofillar - 0-1%; agranulotsitlardan: limfotsitlar - 20-40% va monotsitlar - 2-10%ni tashkil qiladi. Trombotsitlar— qondagi shaklli elementlardan biri. Trombositlar diametri 2—5 mkm keladigan tanachalar boʻlib, ular qon plastinkalari deb ataladi. 1 kub ml qonda 180—320 ming trombositlar boʻladi. Ular koʻmiqda ishlanib chiqadi. Qon plastinkalari osonlik bilan yemiriladi va qonning ivishida ishtirok etadi. Qon tomirlar jarohatlanganda trombositlar xuddi shu joyga toʻplanadi va oʻzaro birikib, qonni quyultiradigan maxsus modda ajratadi; natijada laxta qon (tromb) hosil boʻladi va qon oqishi toʻxtaydi. Qon ketgandan, operatsiyadan keyin organizmning himoya reaksiyasi sifatida qonda trombositlar soni ortadi (trombotsitoz). Baʼzan trombositning ortishi yurak boʻshliklarida va qon tomirlarda tromb hosil boʻlishiga olib kelishi mumkin; bunday holat koʻproq venalarning varikoz kengayishi yoki ularning yalligʻlanishida kuzatiladi. Trombositlar soni kamayishi ham mumkin masalan, ayrim dorilarga nisbatan sezuvchanlik yuqori boʻlganda,baʼzi kimyoviy moddalardan zaharlanganda trombositning yemirilishi kuzatiladi, bunda salga qon oqaveradi. Trombositning kamayishi fiziologik boʻlishi ham mumkin masalan, kishi uxlaganda, ovqatdan keyin, hayz koʻrganda trombosit kamayadi. Qon guruhi — eritrositlarning individual antigen xususiyatlari ta’rifi bo’lib, eritrositlar membranasida mavjud maxsus uglevod va oqsillarni identifikatsiyalash usullari yordamida aniqlanadi. XIX asr oxirida. Avstraliyalik olim Karl Landshtayner, eritrotsitlarni o'rganib chiqib, qiziq bir naqshni aniqladi: ba'zi odamlarning qizil qon hujayralarida (eritrotsitlar) olim A harfi bilan belgilagan maxsus marker bo'lishi mumkin, boshqalarida - B markeri, boshqalarida esa na A, na B topilmadi. Landshteyner tomonidan tavsiflangan belgilar hujayralar yoki antijenler turlarining o'ziga xosligini aniqlaydigan maxsus oqsillar ekanligi ma'lum bo'ldi. Aslida, ushbu tadqiqotlar butun insoniyatni 3 ta qon guruhiga ajratdi. O (I) - birinchi qon guruhi A (II) - ikkinchi qon guruhi B (III) - uchinchi qon guruhi AB (IV) - to'rtinchi qon guruhi To'rtinchi guruh biroz keyinroq olim Decastello tomonidan tasvirlangan. Ikki olimning birgalikda kashfiyoti ABO tizimi deb nomlandi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling