Qon tomirlari. Qon aylanish doirasi Karimova Nilufar


Download 3.77 Kb.
Sana10.09.2022
Hajmi3.77 Kb.
#803667
Bog'liq
Qon tomirlari qon aylanish doirasi
Kirish, Kirish, Kirish, Kirish, 5-Leksiya, 1-Лекция.РГ, 2021 5-B, Ўқитувчи педагогик кобилияти, Mashinasоzlik chizmalarini o0qish va bajarishga o0rgatish mеtоdikasi, shartnoma, 1.prezident.11, stajirovka tavsifnoma, 17, Boshlang\'ich sinf o\'quvchilarining tasavvuri rivojlanishiga nutq (3), 7

Qon tomirlari. Qon aylanish doirasi

Karimova Nilufar

Qon tomirlarining tuzilishi.

  • Qon tomirlari tanamizning hamma qismlariga tarqalgan.
  • arteriya,
  • vena
  • kapillarlar
  • Arteriya
  • Vena
  • Kapilyar

Arteriyalar

  • Arteriyalar — yurak chap qorinchasidan chiqib, tananing hamma qismlariga qon olib boruvchi qon tomirlari. Arteriyalar sirtdan qalin va elastik biriktiruvchi to‘qima bilan qoplangan.
  • Biriktiruvchi to‘qima ostida qalin silliq muskul va elastik tolalardan iborat o‘rta qavat, uning ostida bir qator hujayralardan iborat yupqa ichki qavat joylashgan Arteriyalar organlar va to‘qimalarda ingichkalashib arteriolalar va kapillarlarni hosil qiladi.

Venalar

  • Venalar— qonni yurak bo‘lmalariga olib keladigan qon tomirlari.
  • Venalar devori ham arteriyalarga o‘xshash uch qavatdan iborat, lekin yupqa bo‘ladi. Yirik venalarda joylashgan klapanlar qonni faqat yurak tomonga oqishiga imkon beradi.
  • Odam tanasida qon juda ko‘p yirik va mayda qon tomirlar bo‘ylab harakatlanadi. Yurakdan boshlanuvchi qon tomirlari, ularda qanday qon bo‘lishidan qat’i nazar, arteriya qon tomiri, yurakka quyiluvchi qon tomirlari esa vena qon tomiri deyiladi. Bu qon tomirlar ikkita yopiq, ya’ni katta va kichik qon aylanish doirasini hosil qiladi. Bu qon aylanish doiralarining ikkalasi ham yurakdan boshlanadi va yurakda tugaydi.

Kapillarlar

  • Kapillarlar devori bir qavat hujayralardan iborat. Kapillarlar odam sochiga nisbatan 50 marta ingichka bo‘lib, barcha to‘qimalar orqali o‘tadi. Organlardan chiqadigan kapillarlar asta-sekin birlashib venalarni hosil qiladi.

Qon tomirlari devorining tuzilishi:

  • : A—arteriya, B—vena, D—kapillar:
  • 1—tashqi zich biriktiruvchi to‘qima qavat;
  • 2—silliq muskulli qalin o‘rta qavat; 3—silliq muskulli yupqa o‘rta qavat, 4—elastik tolalar;
  • 5 — bir qavat hujayralardan iborat ichki qavat;
  • 6 — venadagi klapanlar.

Download 3.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling