Qonning ivishi


Download 54.27 Kb.
bet1/3
Sana12.05.2022
Hajmi54.27 Kb.
#667297
  1   2   3
Bog'liq
лллллллл
Suv.Xususiyatlari va biologik funksiyasi mustaqil ish, курилиш конструкция, дневник рус, 3. Образцы ходатайств (1), 8-sinf-informatika-1-variant (1), 4-amaliy mashgulot. OITS tarqalishi, 1 mus ish, 1 mus ish, 1 mus ish, 1 mus ish, 2 mus ish, Великий Шелковый путь, 1 - маъруза. Молиянинг моҳияти ва функциялари, Lokalizatsiya, 173 03.04.2017

Qonning ivishi. Qon jarohatlanmagan tomirlar bo'ylab harakat qilar ekan. u suyuqligicha qoladi. Lekin tomir jarohatlanishi bilan jarohat vuzasida qon laxtasi hosil bo'ladi, Qon laxtasi (tromb) tiqin singari jarohatni qoplaydi. qon oqimi to'xtaydi va yara sekin-as- ta tuzaladi. Agar qon ivimaganida edi kichkina timalishdan ham odam qon yo'qotib o'lishi mumkin edi.
Odam qon tomiridan chiqqan qoni 3-4 daqiqada iviydi. Qon­ning ivishi organizmning muhim himoya reaksiyasi bo'lib hisobla- nadi. u qon yo'qotilishining oldini oladi va shu voi bilan aylanib yuruvchi qon miqdorining doimiyligi ta'minlanadi.
Qon ivishining asosida qon plazmasidagi erigan holdagi fibri­nogen oqsilining fizik-kimyoviy xususiyatlarining o'zgarishi yota- di. Qon ivish jarayonida fibrinogen oqsili erimaydigan fibringa aylanadi va u mayda nozik ipchalar shaklida ko'rinadi. Fibrin ip- chalari juda mayda turchalar hosil qiladi va unda qonning shaklli elementlari ushlab qolinadi. Qon laxtasi yoki tromb hosil bo'ladi. Sekin-asta qon laxtasining zichlashishi yuz beradi, zichlanish nati- jasida jarohatning chetlarini tortadi va shu yo'l bilan jarohatning bitishini ta'minlaydi. Qon laxtasining zichlashishi paytida undan sargMch tiniq suyuqlik - zardob ajraladi.
Qon laxtasining zichlashishida trombositlar muhim rolni o:y- naydi, ya'ni qon laxtasining siqilishini ta'minlovchi moddalarni saqlavdi. Bu jarayon sutning ivish jarayonini eslatadi, bunda ivi- tuvchi oqsil bo'lib. kaziyen hisoblanadi, ma'lumki. pishloq hosil bo'layotgan paytda ham zardob ajralib chiqadi. Jarohatning bitish jarayonida fibrin laxtasi eriydi va surilib ketadi.
Yuryev (hozirgi Tartu) universitetining professori A. A. Shmidt 1861- yilda qonning ivish jarayoni fermentativ jarayon ekanligini aniqladi. Qon plazmasida erigan holdagi fibrinogenni erimaydigan fibrin oqsil holatiga o'tishi trombin fermenti ta'siri ostida amalga oshadi. Qonda doimiy holda jigarda ishlab chiqiladigan nofaol holdagi trombin-protrombin saqlanadi. Protrombin tromboplastin va kalsiv tuzlari ishtirokida faol trombinga avlanadi, qon plazmasi- da kalsiv tuzlari mavjud. trombopalstin esa aylanib yuruvchi qonda yo'q. u trombositlarning yoki tananing boshqa hujayralarining par- chalanishidan hosil bo'ladi. Tromboplastinning hosil bo'lishi ham murakkab jarayondir. Tromoplastinning hosil bo'lishida trombo- sitlardan tashqari yana qonning ayrim oqsillari ham ishtirok etadi. Ayrim oqsillarni qon tarkibida bo'lmasligi qonning ivish jarayoni- ga keskin ta'sir etadi. Agarda qon plazmasida globulinlardan biri (yirik molekulali oqsillardan) bo'lmaganida gemofiliya kasalligi yuz beradi.
Gemofiliya bilan kasallangan odamlarda qonning ivishi keskin pasaygan bo'ladi. Hattoki kichkinagina jarohat ham ularda xavfli qon ketishini chaqirishi mumkin.
Oxirgi 30 у iIda fan qonning ivishi haqidagi juda ko’plab yan­gi ma’Iumotlar bilan boyidi. Qonning ivishida ishtirok etuvchi ko'plab omillar mavjudligi aniqlandi.
Qon ivish jarayoni asab tizimi va ichki sekretsiya bezlari gor- monlari bilan boshqariladi. U ham barcha fermentativ jarayonlar singari tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin. Agarda qon ketishi- da qonning ivish xususiyali qanday katta ahamiyatga ega bo'lsa. qon tomirlari bo'ylab aylanishida uning doimiy ravishda suyuq holda qolishi ham xuddi shunday ahamiyatga egadir. Tomirlar ichi- da qonning ivib qolishiga va u yerda tromblar hosil boiishiga olib keluvchi patologik holat qon ketishi singari kasallar uchun xavflidir.
Yurakning vena tomirlarining trombozi (miokard infarkt). miya tomirlari trombozi. o'pka arteriyasi trombozi \a h. k. kasalliklar- ning mavjudligi hammaga ma'lum.
Organizmda qonning ivishiga qarshilik ko'rsatuvchi modda­lar hosil bo'ladi. Xuddi shunday xususiyatga o'pka va jigar hu- jayralarida ishlab chiqiladigan geparin egadir. Qon zardobida hosil bo'ladigan fibrinni erituvchi ferment - fibrinolizin oqsiii topilgan.
Shunday qilib. qonda bir vaqtning o'zida ikkita: qonni ivituvchi va uni ivishdan saqlovchi tizimlar ma\ juddir. Ma'lum darajadagi ushbu tizimlarning muvozanati tufaxli tomirlar ichida qon ivimaydi. Jarohatlanganda va ayrim kasallildar paytida bu muvozanat bu- ziladi va qonni ivishiga olib keladi. Qon ivishini limon va otquloq kislotalarining tuzlari ivish uchun zarur bo'lgan kalsiy tuzlarini cho'ktiradi va bu jarayonni tormozlaydi.
Tibbiyot zulugining bo'yin bezlaridan juda kuchli ivishga qar- shilik ko'rsatuvchi modda giriudin ishlab chiqiladi. Bular an- ntikoagulvantlar ham deb yuritiladi va ulardan tibbiyotda keng qodlanilmoqda.
Bolalarning tug'ilgandan keyingi dastlabki kunlari qonini ivi­shi ancha sekin kechadi. ayniqsa, buni bola hayotining 2- kunida ko'rish mumkin. 3 kundan 7 kunlikkacha bo'lgan hayoti davomida qonning ivishi tezlashadi va voyaga yetgan odamlarniki normasiga vetadi.
Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda qon ivishining muddati shaxsiv o'zgarishga ega. O'rtacha qon ivishi 1-2 daqiqa- dan keyin boshlanadi, u, odatda, 3-4 daqiqadan keyin tamom bo'­ladi.
9. 3. Eritrotsitlar

Download 54.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling