Qonunchilar uchun qo'llanma №5 – 2003 Xavfsizlik sohasi ustidan parlament nazorati: Tamoyil, mexanizm va amaliyot Qurolli Kuchlarni Demokratik Nazorat Qilish Jeneva Markazi Parlamentlararo Ittifoq


Parlamentning xavfsizlik yuzasidan maxsus


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana15.02.2017
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16

Parlamentning xavfsizlik yuzasidan maxsus
 tekshiruvlari
Qonunchilik jarayonidagi rolidan tashqari parlament qo’mitalari hukumat siyosatini
nazorat qilishda ham faol ishtirok etadi. Ijroiya organi faoliyati haqida ma’lumot yig’ish
vazifasi bir necha qo’mitaga yuklangan bo’lishi mumkin va bu borada katta hisobotlar
taqdim etiladi. Maxsus tekshiruv qo’mitalari esa yuridik tergov vakolatiga, jumladan,
so’roq qilish uchun chaqirish kuchiga ega bo’lishi kerak.
Tekshiruv qo’mitalarining ustun tomonlari va xususiyatlari
Xavfsizlik va mudofaa masalalariga kelganda, ad hoc, ya’ni maxsus maqsadlarda
tuzilgan qo’mitalarning o’ziga xos ustunliklari bor. Xususan:
Maxsus tuzilgani sabab ular, omma nazarida, ijobiy siyosiy qadam; 
Xavfsizlikka doir nozik masalalarni alohida va izchil tekshirish vositasi;
Amaldagi xavfsizlik siyosatini chuqur tahlil qilish va zarur bo’lsa, ayrim jihatlar-
ini tuzatish yoki boshqa tomonga yo’naltirishni taklif qiladi. Bu ijroiya organi va
parlamentga o’ta dolzarb mavzular yuzasidan til topishish imkoniyatini beradi.
32 - izoh
Tekshiruv qoímitalarining asosiy jihatlari
ì... Tergov qoímitalari asosan maxsus masalalarni oírganib chiqish uchun
tuziladi. Shu maqsadda parlament bir necha aízoga maílumot toíplash vazi-
fasini topshiradi. Mustahkam nazorat uchun bu juda zarur harakatdir.
Yigíilgan axborotga asoslanib hisobot yoziladi. Zarur deb topilsa, masala
qonunchilik palatasida muhokamaga qoíyiladi va bir qarorga kelinadi... 
... Tergov oítkazish parlament ijroiya organining har bir harakati yuzasidan
boxabar qilib turilishi shart degan tamoyilga asoslanadi.
Baízi davlatlarda tekshiruv qoímitalarining samarali tergov olib borishi qiyin.
Koípincha ularning biror rasmiyni soíroq qilish uchun chaqirishga vakolati
yoíq. Yagona yoíl vazifani sudga topshirishdir. Bu hol esa masalaga huku-
matni aralashtiradi, jarayonni sekinlashtiradi va tergovni susaytiradi...
Samarali tergov qasam ostida guvohlik olishni talab qiladi...
...Davlat xizmatchilaridan guvohlik olish qator muammolar tugídiradi, chun-
ki bu xodimlar muayyan vazirga boíysunadi. Rahbariyat qaysi lavozim
egalariga parlament savollariga javob bermaslikni buyurishi mumkin? Ayrim
davlatlarda soírov ostidagi vazirlik guvohlik berishga majbur. Lekin mustas-
no hollar bor: ìSoíralayotgan maílumot berilgan taqdirda bu jamoat xavfsi-
zligiga rahna solishi yoki davlatga xizmat qilishni qiyinlashtirishi mum kin...î
Taíkidlash joizki, tizim qanday boílishidan qatíiy nazar tergov olib boray-
otgan qoímita dalil va fakt yigíish bilan band xolos. Uning asosiy vazifasi
parlamentga masala yuzasidan hisobot berish. Undan tegishli xulosa chiqar-
ish esa butun qonunchilik palatasi qoílida...î
Manba: Parlamentlar, Maykl Ameller, Parlamentlararo Uyushma, 1966
72
PI va QKDNQ – Xavfsizlik sohasi ustidan parlament nazorati, 2003

Tekshiruv qo’mitalarining yana bir o’ziga xos jihati bu ularning tarkibidir. Qo’mitada
muxolifat va parlamentda ko’pchilikni tashkil etuvchi tomondan qancha a’zo borligi
tekshiruv natijasiga o’z ta’sirini o’tkazadi. 
Tekshiruv vakolatlari parlamentlar va qo’mitalarga qarab dunyoda bir-biridan juda farq
qiladi. Asosiy vakolatlar ko’pincha quyidagilardan iborat:
Tergov qilinadigan masalani belgilash;
Harbiy baza va boshqa xavfsizlik inshootlariga safar qilish (17-bobga qarang); 
Prezident, hukumat idoralari va xodimlardan barcha tegishli ma’lumotni olish,
jumladan, davlat sirlari saqlangan o’ta maxfiy hujjatlarni;
Prezident idorasi, hukumat muassasalari, harbiylar va fuqarolik jamiyatidan
qasam ostida guvohlik olish; 
Jamoatga ochiq va yopiq tinglovlar tashkil etish.
Kanada askarlarining Somaliga safarbar etilishi ustidan kechgan tekshiruv parlament
tergoviga namuna bo’lishi mumkin (33-izohga qarang).
33 - izoh
Kanadaning Somaliga qoíshin joínatishi ustidan 
tergov komissiyasi: Xavfsizlik yuzasidan parlament 
hisobotlarining jamoatchilikka taísiri
1993 yili Kanada qoíshinlari Somaliga safarbar etilgach yuz bergan voqealar
xalqni dahshatga solgan: Kanadaning Belet Xuendagi bazasiga kirgan soma-
liliklarning otib tashlanishi, Kanada harbiy havo kuchlarining 2-Kommandosi
askarlari qoílida bir oísmirning oílguncha doípposlanishi, bu askarlardan
birining oíz joniga qasd qilishga urinishi va missiya ketidan muhim maílu-
motlarning yashirilishi va oízgartirilishi. Kanada harbiy kuchlari safidagi
zoíravonliklarni tasvirlovchi video kassetalar topildi. Masala yuzasidan olib
borilgan harbiy tekshiruv jamoatchilik talabiga javob bermaydi deb topil-
gach, Kanada parlamenti ochiq tergov boshladi. 
Koílam va vakolat
ñ Kanadaning parlament tergovlariga doir qonunlariga
bi noan maxsus komissiya guvohlarni soíroq qilish uchun chaqirish, ularni
ting lash, zarur mutaxassis va maslahatchilar yollash va dalil-isbotlarni tahlil
qilish vakolatiga ega. Guvohlik olish kuchi parlamentga Somali va Davlat
Mudofaa Qarorgohida nimalar boílganini aniqlash uchun zamin yaratdi.
116 guvoh Kanada boíylab televideniye orqali namoyish etilgan ting 
-
lovlarda soí 
roq qilindi. Tekshiruv koílami faqat Somalidagi voqealar bilan
cheklanmadi. Kanada qurolli kuchlarining boshqaruv tizimi, armiyadagi
ahloq, harbiy operatsiyalar, Mudofaa vazirligining harakat va qarorlariga
katta eítibor qaratildi. Tergovning ikkinchi qismida tekshiruv komissiyasi
Somali missiya 
sidan oldingi, missiya davomidagi va undan keyingi vazi-
yatni koírib  
chiqdi.
Á
PI va QKDNQ – Xavfsizlik sohasi ustidan parlament nazorati, 2003
73

74
PI va QKDNQ – Xavfsizlik sohasi ustidan parlament nazorati, 2003
Sud emas
ñ Tergov sud qilish maqsadida olib borilmadi. Lekin tinglovlar-
da fojianing idoraviy sabablari elakdan oítkazildi. Oítmishda roíy bergan
hodisalar, nima choralar koírilgani va javobgar shaxslar sudga tortilib, jazo
olgani tahlil qilindi. Tergovda asosiy diqqat xizmatchilarga emas, Kanada
Kuchlari va Mudofaa vazirligidagi maímuriy va boshqaruv bilan bogíliq
muammolarga qaratildi. Biroq tekshiruv, tabiiyki, boshqaruv tizimidagi
shaxslar va ularning qay tarzda rahbarlik qilgani va ish yuritganini chetlab
oíta olmadi.
Natija
ñ Ikki yillik tekshiruv xilma-xil masalalarni oíz ichiga olgan uzun
hisobot bilan yakunlandi. Somaliga qoíshin yuborilgan paytda Kanada
Kuchlari va Mudofaa vazirligi tuzilmasi qanday boílgani, Kanada armiyasi-
da boshqaruv tizimi ahvoli, harbiy mentalitet va ahloq, Kanadada fuqaro-
harbiy aloqalari kabi masalalar yoritildi. Hukumat siyosatini oízgartirish va
Kanada Kuchlari faoliyatini yaxshilash yoílida qator tavsiyalar qilindi.
Ularning koípi hayotga tadbiq etila boshlangan.
Manba: Professor Donna Vinslov
Kanada Parlament Tergoviga Texnik Maslahatchi, 1996.

15-bob
Parlamentning mudofaa yoki
xavfsizlik bo’yicha qo’mitalari
Xavfsizlik sektori o’ta murakkab ko’rinishga ega. Parlament bu sektorni boshqaruvchi
ijroiya organi ustidan haqiqatda nazorat o’rnatmoqchi bo’lsa, mustahkam asosga ega
qo’mitalar tashkil etishi kerak. Buning uchun bir emas, bir necha qo’mitalar talab qili-
nadi. Ularning nomlari turli davlatlarda turlicha, shu jumladan, ularga yuklangan vazi-
falar ham. 
Ba’zan qo’shma sessiyalarga yig’ilib turadigan bu qo’mitalar ko’p hollarda quyidagi-
lar:
Mudofaa qo’mitasi
(ba’zida qurolli kuchlar qo’mitasi, davlat mudofaasi va
xavfsizligi bo’yicha qo’mita yoki xavfsizlik va tashqi aloqalar qo’mitasi deb ham
nomlanadi) xavfsizlik bilan bog’liq barcha masalalar bilan shug’ullanadi.
Missiyalar, ularning tuzilmasi, harbiy kadrlar, operatsiyalar, armiyani
moliyalash, xizmatga yollash va harbiy ta’minot shular jumlasidandir;
Tashqi aloqalar bo’yicha qo’mita
tinchlikparvarlik missiyalarida qatnashish
yoki xorijiy qo’shinlarni mamlakatga qabul qilish, xalqaro xavfsizlik, xalqaro va
mintaqaviy tashkilotlar, bitimlar va kelishuvlar kabi masalalar bilan mashg’ul; 
Byudjet va moliya bo’yicha qo’mita
xavfsizlik sektoriga doir jamiki byudjet-
lar taqdirini hal etadi. Butun mamlakat byudjetini, jumladan, mudofaa xarajat-
larini audit qiluvchi qo’mita ham bo’lishi mumkin;
Razvedka bo’yicha qo’mita
yoki quyi qo’mita xavfsizlik bilan bog’liq maxfiy
masalalarni ko’pincha yopiq eshiklar ortida muhokama qiladi;
Sanoat va savdo bo’yicha qo’mita
vazifalari qatoriga qurol-aslaha ta’minoti
va savdosi hamda kompensatsiya kabi masalalarni ko’rib chiqish ham kiradi; 
Fan va texnologiya bo’yicha qo’mita
harbiy tadqiqot va taraqqiyot
masalalariga ham qaraydi; 
Ichki ishlar bo’yicha qo’mita
mahalliy qonun-tartibot, politsiya, chegarani
qo’riqlash va ko’p hollarda yarim-harbiy tashkilotlar masalasi bilan ham
shug’ullanad.
Vakolat va vosita
Parlament qo’mitalarining chetdan dalil to’plash vakolati har yerda har xil. Masalan,
Britaniya quyi palatasida maxsus qo’mitalarga axborot yig’ish huquqi berilmagan.
Biroq AQSh Kongressidagi bu kabi qo’mitalar qasam ostida guvohlik olish uchun
cheksiz vakolatlarga ega.
PI va QKDNQ – Xavfsizlik sohasi ustidan parlament nazorati, 2003
75

Ayrim qo’mitalarda qonun chiqarish, yangi qonunlar yoki o’zgartirishlar taklif qilish va
qabul qilish kuchi bor. Boshqalari esa ijroiya organi hatti-harakatlarini nazorat qilish
va byudjet ajratish bilan cheklanadi.
Qo’mita o’z vazifasini to’liq bajarishi uchun unga zarur vositalar, bilim va tajriba kerak.
Uning qo’li ostida yetarli sonda va yetarli ilm va malakaga ega xodimlar ishlayotgan
bo’lishi lozim. Izchil izlanish, muayyan va umumiy, alohida va shu bilan birga parla-
mentning boshqa bo’limlari bilan ishlay olish, ma’lumot va tegishli hujjatlar yoki ular-
ning nusxalarini olish, mutaxassislarni taklif qilish, tinglov va tekshiruvlar olib borish
talab qilinadi (14-bobga qarang).
34 - izoh
Mudofaa va xavfsizlik boíyicha qonunchilik 
qoímitalarining ehtimoliy vazifalari
Xavfsizlik siyosati 
Mudofaa vazirligining har qanday yirik siyosiy tashabbusini tekshirish
va tahlil qilish;
Mudofaa vaziri ishini doimiy ravishda tekshirib turish;
Mudofaa vazirligi axborot erkinligi qonuniga qanchalik rioya qilayot-
ganini va parlamentga berayotgan axborot sifatini tekshirib turish; 
Xavfsizlik sektori ustidan, harbiylar va fuqarolar tomonidan, tushgan
shikoyatlarni va arizalarni koírib chiqish.
Qonunchilik
Hukumat taklif qilayotgan qonun loyihasini koírib chiqish va tahlil
qilish; 
Mudofaa vazirligi javob beradigan xalqaro va mintaqaviy bitim va
kelishuvlarni koírib chiqish;
Zarurat tugíilganda vazirlikdan yangi qonun loyihasi tuzishni soírash
yoki uni yozish.
Xarajatlar
Mudofaa vazirligining yillik xarajati va hisoblarini koírib chiqish;
Mudofaa vazirligining qoíshimcha xarajat hisobi bilan tanishish va
masalani, kerak boílsa, parlament diqqatiga olib chiqish; 
Lozim topilsa, tegishli idoralarga audit qilishni buyurish.
Boshqaruv va idora
Rahbariyat tomonidan har bir lavozimga kim tayinlanganini tekshirish
va bayonot berish;
Mudofaa sektorining ichki tuzilmasini koírib chiqish. Uni parlament-
dan tashqaridagi tashkilot tomonidan tekshirtirish (masalan, ombuds-
man) va ehtimoliy nuqsonlarga parlament eítiborini qaratish.
Manba: Parlament Tekshiruvi boíyicha
Gansard Jamiyati Komissiyasi Hisobotiga asoslangan, Britaniya, 2001.
35-izoh Norvegiya parlamentining ish uslubi bilan tanishtiradi.
76
PI va QKDNQ – Xavfsizlik sohasi ustidan parlament nazorati, 2003

PI va QKDNQ – Xavfsizlik sohasi ustidan parlament nazorati, 2003
77
35 - izoh
Tashqi aloqa va mudofaa qoímitalarining qoíshma
majlislari: Storting, Norvegiya parlamenti misolida
îTashqi aloqalar qoímitasining vazifasi muhim qarorlar qilishdan hukumat
bilan tashqi siyosat, savdo siyosati va davlat xavfsizlik siyosatini muhoka-
ma qilishdir. Favqulodda vaziyatlarda kengaytirilgan qoímita Stortingga alo-
hida tavsiyalar bilan chiqadi. 
Bu qoímita Tashqi aloqalar qoímitasi aízolari, Storting prezidenti va vitse-
prezidenti, Mudofaa qoímitasi raisi hamda Saylov Komissiyasi tomonidan
tayinlangan 11 vakildan iborat. Ular partiyaviy tenglikka asoslangan holda
tanlanadi. 
Xuddi shu qoidaga binoan Saylov Komissiyasi aízolarning oírinbosarlarini
ham tayinlaydi. Aízolar ishga chiqmagan taqdirda muovinlar ular vazifasi-
ni bajaradi. 
Qoímita rais zarur deb topgan vaqtda yoki bosh vazir, tashqi ishlar vaziri
yoki qoímitaning uchdan ikki qismi iltimos qilganda uchrashadi. 
Kengaytirilgan qoímita ishi sir tutiladi. Baízida, lozim topilsa, tafsilotlar
ommaga havola etilishi mumkin. Qoímitalarning qoíshma majlislari ham
shu qoidaga rioya qiladi. Rais hatto qoímita yigíilayotganini ham ham sir
tutishni buyurishi mumkin. 
Kengaytirilgan qoímita majlisi kun tartibiga qanday masalalar qoíyilayotgani
Storting yigíilishida, agar shu masala koírilayotgan boílsa va qoímitaning
kamida olti aízosi iltimos qilsa, bayon etiladi. 
Qoímita Storting masalani muhokama qilishga tayyor ekanini aniqlab, bu
haqda prezidiumni xabardor etadi. Storting kamera qarshisida bu majlis faqat
kamera oldida yoki omma diqqatida oítish-oítmasligi haqida qaror qiladi.
Storting muhokamasi hukumat aízosi tomonidan bayonot orqali tanishtirila-
di. Debat bu tanishtiruv ketidan yoki Storting qaroriga koíra keyingi yigíi-
lishda oítkaziladi. Qoímitalar muhokama uchun taklif bera olmaydiî.
Manba: Norvegiya Parlamenti Ish Uslubi Qoidalari, 13-qism 
(Storting: http://www.stortinget.no/g)
Qonunchi sifatida
nima qila olasiz?
Parlamentingizda mudofaa masalalari bilan shugíullanadigan
qoímitaga eítibor qarating
Qoímita va quyi qoímitalar vazifalarini koírib chiqing toki:
ñ ular aniq koírsatilgan boílsin; 
ñ qoímita barcha sohalarni izchil tekshira olsin; 
ñ qoímita tutgan yoíl xavfsizlik siyosati, shuningdek, tashqi ishlar,
havo va dengiz yoíllari xavfsizligi, sanoat va energetika siyosatida
muammolar tugídirmasin.
Á

Effektiv qonunchilik qoímitasi
Siz aízo parlament qoímitasi 34-izohda keltirilgan qonuniy va amaliy
mexanizmlarga ega boílsin. 
Mudofaa sohasining turli qirralari uchun alohida quyi qoímitalar tuz-
ing. Xususan, byudjet, harbiy taíminot, kadrlar va tinchlik missiyalari. 
Xavfsizlik sektorida axborot siyosati va mudofaa xarajatlarini tekshiru-
vchi jarayon toígírisida qonun ishlab chiqing. 
Qoímita zarur moddiy va ilmiy manbalarga ega boílsin, jumladan,
mutaxassislarni maslahatga chaqira olsin. 
Parlamentning xavfsizlik ustidan samarali nazorati haqida xalqaro
namunalar bilan tanishing.
78
PI va QKDNQ – Xavfsizlik sohasi ustidan parlament nazorati, 2003

PI va QKDNQ – Xavfsizlik sohasi ustidan parlament nazorati, 2003
79
16-bob
Ombudsman
Xavfsizlik sektorini kuzatuvchi mustaqil tashkilotlar orasida ombudsman alohida o’rin-
ni egallaydi. Ayrim davlatlarda ombudsman hukumatga nisbatan tushgan shikoyat-
larga javob izlasa, ba’zi mamlakatlarda bu vazifani Jamoatchilik Shikoyatlari
Qo’mitasi (masalan, Nigeriya) yoki Komissari bajaradi. Boshqa davlatlarda esa aynan
qurolli kuchlar masalalari bilan shug’ullanuvchi ombudsmanlar bor.
36 - izoh
Ombudsman
îÖOmbudsman ommadan hukumat qarorlari, harakatlari va boshqaruvi
borasida tushgan shikoyatlarni koírib chiqadi. Lavozim egasi parlament
tomonidan saylanadi yoki davlat rahbari tomonidan, parlament bilan masla-
hatlashgan holda tayinlanadi. Ombudsman xalq huquqlarini himoya qiladi.
Ombudsman boshqaruv suisteímol qilinmasligini, xatolarga yoíl qoíyil-
masligini, qarorlar omma manfaatini koízlashini, hukumat adolatli va oshko-
ra siyosat yuritishini hamda masíuliyatli boílishini taíminlaydi. Ombudsman
idorasi haqida davlat konstitutsiyasida bitilgan va uning tashkil etilishi
qonunchilikda kafolatlangan boílishi lozim Öî. 
Huquqni himoya qilishda ombudsman turli vakolatlarga ega:
1) hukumat oíz faoliyatida qonunga qanchalik rioya qilayotganini tekshirish; 
2) agar boshqaruvda nojoíya harakatlar topilsa, ularni qanday bartaraf etish-
ni tavsiya qilish; 
3) maxsus ishlar yuzasidan hukumatga hisobot berish va shikoyatnoma
bilan chiqish va agar ombudsman bergan tavsiyalar hukumat tomonidan
qabul qilinmasa, parlamentga murojaat qilish. Koípchilik ombudsmanlar
qonunchilik palatasiga va jamoatchilikka yillik hisobotlar taqdim etadi.
Ombudsman odatda hukumatga buyruq bera olmaydi. Oízgarishlar qilishni
tavsiya qila oladi xolos... Ombudsman hukumatning ayrim idoralari hatti-
harakatini kuzatish vakolatiga ega. Bu muassasalarga adliya, ichki ishlar
boshqarmalari va armiya ham kirishi mumkin. Baízida esa ulardan biri yoki
bir nechasi ataylab kiritilmagan boíladiî.
Manba: Xalqaro Ombudsman Instituti Maílumotnomasi 
http://www.law.ualberta.ca/centres/ioi/
Mudofaa ombudsmani
Alohida institut sifatida ombudsman turli davlatlar parlamentlarida turlicha nomlanadi.
Jumladan, Finlandiya, Norvegiya, Portugaliya va Germaniyada mudofaa ombuds-
mani  deyiladi. Isroilda uni Harbiy Shikoyatlari Komissariati, Kanadada Davlat
Mudofaasi va Kanada Kuchlari Departamenti Ombudsmani, Avstraliyada esa
Avstraliya Mudofaa Kuchlari Ombudsmani deb atashadi.

37 - izoh
Ayrim davlatlardagi mudofaa ombudsmanlari
Ombudsman armiyani fuqarolar va parlament nomidan kuzatuvchi qo’shimcha mexa-
nizmdir. Harbiy ombudsmanning asosiy vazifasi xavfsizlik va mudofaa vazirliklaridagi
kamchiliklarni va ular yo’l qo’ygan xatolarni tekshirishdir. 
Harbiy ombudsmanning siyosiy tizimdagi o’rni har bir davlatda boshqacha.
Germaniya va Shvetsiya kabi mamlakatlarda harbiy ombudsman parlament
tomonidan tayinlanib, unga hisobot bersa, Isroil va Kanada singari davlatlarda esa bu
lavozimga kimni tanlash mudofaa vazirligi ixtiyorida. Ba’zida ombudsman idorasi par-
lamentda joylashgan. Masalan, Germaniyada. Shvetsiyada esa u parlamentdan
tashqarida ishlaydi. 
Armiya tomonidan huquqi buzilgan fuqaro va harbiy ombudsmanga shikoyat qilib,
undan masalani tekshirishni so’rashi mumkin. Ko’p hollarda bu ishlar - majburiy xiz-
matdan ozod etilish yoki kechiktirilish, xizmat paytida boshqa joyga ko’chirilish, ovqat-
lanish, xizmatdan ozod etilish, dam olish, ahloq buzulishi va jazoga tortiladigan
harakatlar bilan bog’liq. Ombudsman shikoyatni asosli deb topsa, boshqaruvga
tavsiyalar bilan murojaat qiladi. Xususan, tizimdan vaziyatni yoki qarorni o’zgartirish-
ni talab qilishi mumkin.
Davlat
Kuch
Vazifa
Kimga hisobot
berishi va hukumat
bilan munosabati
Avstraliya
- Mudofaa Kuch 
-
lari Ombudsmani
- Vazirlik qarori
bilan tayinlanadi
Avstraliya Mudofaa
Kuchlari boshqaruv
tizimidagi xatolarni
tekshiradi.
- Vazirga parlament-
ga taqdim etish
uchun yillik hisobot
beradi.
Kanada
- Mudofaa
Ombudsmani
- Vazirlik qarori
bilan tayinlanadi
Davlat Mudofasi
Departamenti va
Kanada Kuchlari
aízolarining
huquqlarini himoya
qiladi.
- Davlat Mudofasi
Departamenti va  
Ka -
nada Kuchlariga
max sus masalalar
yuzasidan hisobotlar
berib turadi. 
- Vazirlikka yillik
hisobot beradi. 
- Neytral and xolis.
Mudofaa vazirligidan
mustaqil.
Nor -
vegiya
- Mudofaa uchun
Ombudsman
- Norvegiya parla-
menti koírsatmasi
bilan tayinlanadi 
Askar manfaatlarini
koízlaydi. Mudofaa
tizimining turli jab-
halarida oshkoralik
va oízaro ishonchni
mustahkamlash va
kelishmovchiliklarga
yechim topishda
asosiy rol oíynaydi.
Tavsiyalar beradi,
vaziyatni baholaydi
va tanqid qiladi.
Mudofaa tizimi
ularga asoslangan
holda ish koíradi.
80
PI va QKDNQ – Xavfsizlik sohasi ustidan parlament nazorati, 2003

Ombudsman and maxfiylik
Davlat xavfsizligiga tegishli ekani sabab ayrim ma’lumotlar jamoatchilikka oshkor etil-
maydi. Ko’plab mamlakatlarda ombudsmanning davlat xavfsizligi masalalariga qan-
day yondashishi alohida qonunlarda belgilangan. Ombudsman eng maxfiy mavzu-
larni ham tekshirishi mumkin. Buning uchun unga harbiy bazalarga kirish va kerakli
hujjatlar bilan tanishishga imkon beriladi. Sharti shuki, bu hollarda ombudsman o’z
xulosalarini keng omma e’tiboriga havola eta olmaydi.
38 - izoh
Germaniya parlamentida Qurolli 
Kuchlar Komissari
1950-yillarda qurolli kuchlarini qayta tiklagan Germaniyada ularning parla-
ment tomonidan nazorat qilinishiga alohida eítibor qaratgan. Davlat kon-
stitutsiyasi harbiylar huquqi inson huquqidir deya qayd etarkan, unga 45b-
modda kiritilgan. Unga binoan: 
ìÖQurolli kuchlar aízolari huquqini himoya qilish va Bundestagga armiyani
nazorat qilishda yordam berish uchun parlament komissiyasi joriy etiladi.î
Bu moddaga qanday amal qilish haqida ìQurolli Kuchlar uchun Parlament
Komissari toígírisidagi Qonunî da batafsil koírsatilgan.
Parlament Komissari Bundestagning bir qismi. Qonunchilik palatasi aízosi.
U Bundestag yoki mudofaa qoímitasi koírsatmasi bilan yohud oízi asosli
ravishda tekshiruvlar olib boradi. 
Komissar mudofaa vazirligiga soízini oítkaza oladi. Vazirlikdan va unga
tegishli agentliklar yoki xodimlardan tekshiruv ostidagi masala yuzasidan
maílumot soírashi yoki manbalarning unga ochib berilishini talab qilishi
mumkin. Komissar avvaldan ogohlantirmay biror boílim, qarorgoh yoki
boshqarmaga borishi va kerak boílsa, qurolli kuchlar rahbariyati oldiga
kirishi mumkin. Komissar xavfsizlik xizmatidagi turli daraja va lavozim
egalaridan tushgan shikoyatga qarab tergov eílon qilishi mumkin. Qurolli
kuchlar aízosi komissarga rasmiy ruxsatsiz, bevosita murojaat qila oladi.
Ariza yozgani uchun harbiy jazolanmaydi yoki kamsitilmaydi.
Manba: http://www.bundestag.de/

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling