Qo`qon davlat pedagogika instituti Maktabgacha
ta`lim fakulteti dekani A.A.Abdurashidovga Maktabgacha
ta`lim fakulteti Maktab menejmenti yo`nalishi 201-guruh
talabasi Mirzaqosim Akramovdan
Ariza
Arizamning qisqacha mazmuni shundan iboratki, 31.02.2022-yil sanasida “Maktab menejmenti asoslari” fanidan yakuniy nazoratdan qolib ketganim sababli menga qayta topshirish uchun imkoniyat yaratib berishingizni so`rayman.
Sana: 09.03.2022-yil M.B.Akramov
Tasdiqlovchi(fakultet dekani): A.A.Abdurashidov
Qo`qon davlat pedagogika instituti Maktabgacha
ta`lim fakulteti dekani A.A.Abdurashidovga Maktabgacha
ta`lim fakulteti Maktab menejmenti yo`nalishi 201-guruh
talabasi Mirzaqosim Akramovdan
Tushuntirish xati
Men Akramov Mirzaqosim 01.02.2022-yil sanasidan 10.02.2022-yil sanasigacha oilaviy safarga ketganim sababli institut darslariga qatnasha olmadim. Qoldirgan darslarni mustaqil o`zlashtirib olaman. Bu hol yana takrorlansa qat`iy chora ko`rishingizga roziman.
Sana: 11.02.2022-yil M.B.Akramov
Fakultet dekani: A.A.Abdurashidov
Tarjimayi hol
Men Akramov Mirzaqosim Baxtiyarovich 22.05.2002-yilda Farg`ona viloyati Quva tumanida tug`ilganman. Millatim o`zbek. Ma`lumotim tugallanmagan oliy. Hozirda Farg`ona shahar Nodirabegim MFY A.Navoiy ko`chasi 18/24-uyda yashayman. 2008-yil sentyabr oyida Quva tumani 31-maktabiga 1-sinfiga qubul qilinganman. 1-sinfni tamomlab, 2009-yil sentyabr oyida Farg`ona viloyati 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktab-internatining 2-“B” sinfiga qabul qilinganman. 2016-yil ushbu maktabning 8-“B” sinfini tamomlab, shu yili sentyabr oyida Farg`ona shahar 20-umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-“B” sinfiga qabul qilinganman. 2019-yil bu maktabning 11-“B” sinfini mavaffaqiyatli tamomlab oliy ta`lim muassasiga kirish uchun davlat imtixoni topshirganman. Lekin bu urinishim samarasiz bo`lgan. 2020-yil sentyabr oyida oliy ta`lim muassasasiga kirish uchun yana qayta davlat imtixoni topshirdim va shu yili Qo`qon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim fakulteti Maktab menejmenti yo`nalishi 1-bosqichiga grant asosida o`qishga qabul qilindim. Hozirda Qo`qon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim fakulteti Maktab menejmenti yo`nalishi 2-bosqich talabasiman.
Otam – Qosimov Baxtiyor Akramovich 03.05.1971-yilda Farg`ona viloyati Quva tumanida tug`ilgan. Millati o`zbek. Ma`lumoti o`rta. Farg`ona shahar Nodirabegim MFY A.Navoiy ko`chasi 18/24-uyda yashaydi. Hozirda Marg`ilon shahar Qo`shtepa tumani prokuraturasida haydovchi lavozimida ishlaydi.
Onam – Qosimova Surayyo Toirovna 26.05.1973-yilda Farg`ona viloyati Quva tumanida tug`ilgan. Millati o`zbek. Ma`lumoti o`rta-maxsus. Farg`ona shahar Nodirabegim MFY A.Navoiy ko`chasi 18/24-uyda yashaydi. Hozirda tikuvchi va uy bekasi.
Opam – Rahimova(Akramova) Gulzoda Baxtiyarovna 11.09.1993-yilda Farg`ona viloyati Quva tumanida tug`ilgan. Millati o`zbek. Ma`lumoti oliy. Quva tumani Begat qishlog`i Qaqir ko`chasi 29-uyda yashaydi. Hozirda Quva tumani 29-maktabda ingliz tili fani o`qituvchisi.
Akam – Akramov Doniyorbek Baxtiyarovich 20.02.1995-yilda Farg`ona viloyati Quva tumanida tug`ilgan. Millati o`zbek. Ma`lumoti oliy. Farg`ona shahar Nodirabegim MFY A.Navoiy ko`chasi 18/24-uyda yashaydi. Hozirda telefon dasturchisi bo`lib ish yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |