QO‘qon davlat pedagogika instituti san’at fakulteti texnologiya ta’lim yo’nalishi


Download 116.37 Kb.
Sana05.09.2020
Hajmi116.37 Kb.
#128628
Bog'liq
BMI SLAYDI

QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

SAN’AT FAKULTETI

TEXNOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI

401-GURUH TALABASI NAZAROVA (RAHMATOVA) E’ZOZXONNING

“TEXNOLOGIYA DARSLARIDA FANLARARO BOG’LANISHLARDAN FOYDALANISH” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN BITIRUV MALAKAVIY ISHI

TAQDIMOTI

2020y.

Mavzu : Texnologiya darslarida fanlararo bog’lanishlardan foydalanish

  • Mavzu : Texnologiya darslarida fanlararo bog’lanishlardan foydalanish
  • Kirish
  • I.bob. Texnologiya darslarida fanlararo integratsiyadan foydalanib o’qitishning nazariy asoslari.
  • I.1. Ta’lim tizimida fanlarni integratsiyalab o’qitishning pedagogik, psixologik va metodik asoslari
  • I.2. Ta’lim tizimida texnologiya darslarining ahamiyati va mohiyati
  • I.3 Texnologiya darslarida fanlararo bog’lanishlardagi muammolar va yechimlar
  • I- bob bo’yicha xulosa

II.bob Texnologiya darslarida fanlararo bog’lanishlardan foydalanish metodikasi

  • II.bob Texnologiya darslarida fanlararo bog’lanishlardan foydalanish metodikasi
  • II.1. Texnologiya darslarida ijtimoiy, gumanitar va amaliy fanlarga oid tushunchalardan foydalanish
  • II.2. Texnologiya darslarida tabiiy va aniq fanlarga oid tushunchalardan foydalanish
  • II-bob bo’yicha xulosa
  • Umumiy xulosa va tavsiyalar
  • Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH

Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin mamlakatimizda yoshlarga oid turli xil qonunlar, qarorlar qabul qilinmoqda. Bunga misol qilib, prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning yoshlarga oid 5ta tashabbusini ko’rishimiz mumkin.Hozirgi kunda Yosh avlodni zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarish sohalariga tayyorlash umumiy o’rta ta’lim maktablarining asosiy vazifalari hisoblanadi. . Bu vazifalarni bajarishda texnologiya ta’limi darslarining o’rni va ahamiyati bor.

Bitiruv malakaviy ishi maqsadi. Umumta’lim maktablarining texnologiya fani darslarida fanlararo integratsiyalardan foydalangan holda bilim berishning metodik jihatdan maqsadga mufoviqligi va uni amalga oshirishni takomillashtirish.

  • Bitiruv malakaviy ishi maqsadi. Umumta’lim maktablarining texnologiya fani darslarida fanlararo integratsiyalardan foydalangan holda bilim berishning metodik jihatdan maqsadga mufoviqligi va uni amalga oshirishni takomillashtirish.
  • Bitiruv malakaviy ish ob’ekti: Texnologiya fanidan nazariy va amaliy mashg’ulotlarini integrallab o’qitish jarayonlari.
  • Bitiruv malakaviy ish predmeti: Texnologiya fani darslarida fanlararo bog’lanishlardan foydalanish yo’llari va shakllari.

yoshlarga ta’lim berish bilan birga ularning ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish, xalqimizning boy ma’naviy qadriyatlari asosida tarbiya berish, ularda axloqiy tushunchalarni shakllantirish –bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi:

Umumta’lim maktablarining texnologiya fani darslarida fanlararo integratsiyalardan foydalangan holda bilim berishning metodik jihatdan maqsadga mufoviqligi va uni amalga oshirishni takomillashtirish.

I.Bob. Texnologiya darslarida fanlararo integratsiyalardan foydalanib o’qitishning nazariy asoslari.

I.1. Ta’lim tizimida fanlarni integratsiyalab o’qitishning pedagogik psixologik va metodik asoslari.

“Integratsiya” atamasi nomi jihatidan yangi bo’lib, mazmun va moxiyati jixatidan o’zaro tarixga ega. “ Integratsiya “ so’zi lug’atda lotincha “integratio” so’zidan olingan bo’lib, tiklash, to’ldirish, ( integer ) - butun , to’liq, yaxlit degan ma’noni bildiradi. Pedagogikada integratsiya tushunchasiga birinchi bo’lib, akademik I. D. Zverev 1970-1980- yillar orasida ta’rif bergan.

Integratsiya orqali o’quvchilarda tahlil qilish va umumlashtirish faoliyatlari vujudga keladi. Tizim ichidagi tasavvurlar o’quvchilarning butun bir fanlar tizimining bilishini ta’minlaydi. (fizikaviy, kiyoviy, biologik, bilimlar tizimi) o’qib, o’rganilayotgan fan doirasida bilimlardan keng foydalanish kuzatiladi.

I.2. Ta’lim tizimida texnologiya darslarining ahamiyati va mohiyati

Texnologiya darslari maktabda eng uzoq vaqt o’tiladigan o’quv fanlaridan biri hisoblanadi. Texnologiyaning 3ta yo’nalishi mavjud bo’lib, bular:


Texnologiya ta’lim yo’nalishlari

Texnologiya va dizayn

Umumlashgan

Servis xizmati


Yaqin yillargacha bu fan mehnat ta’limi deb yuritilar edi. Ta’lim sohasiga ba’zi o’zgartirishlar kiritilgani sababli bu fan “Texnologiya” deb yuritila boshlandi. Texnologiya ( yunoncha “techne” – san’at, mohirlik, hunar va “logos” – fan, ta’lim)birikmasidan hosil bo’lgan.

Texnologiya fani darslarini o’qitishdan oldinga qo’yilgan asosiy ish o’quvchilarning jismoniy tomondan to’g’ri rivojlanishini ta’minlash, ijodiy qobiliyatlarni o’stirish va amaliy ish bajarish ko’nikmalarini tarkib topdirishdir. Bundan quyidagi maqsad va vazifalari kelib chiqadi

Texnologiya darslari yoshlarni hayotga, kasb-hunarga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Yoshlarni hayotga tayyorlash deganda, qiz bola o’quvchilarni pazandachilikka, bichish va tikishga o’rgatish davomida sanitariya-gigiyena talablari, texnika xavfsizligi qoidalari, asbob va moslamalardan, oshxona jixozlaridan to’g’ri va unumli foydalanishga o’rgatish bilan tushunilsa, o’g’il bola o’quvchilarga esa yog’ochlar va metallar, ularga ishlov beruvchi asbob va moslamalar, turli xil stanoklar hamda ishlov berish jarayonidagi texnika xavfsizligi qoidalari bilan ishlash tushuntirib boriladi.

I.3 Texnologiya darslarida fanlararo bog’lanishlardagi muammolar va yechimlar

 

Ta’lim jarayonida bir muncha o’zaro aloqador fanlararo integratsiyani hosil qilinishi o’quvchi ongida va tasavvurlari tizimida hosil bo’ladigan ma’lumotlarni generelizatsiya (saralanishi) qilinishini mumkin qadar tezlashtiradi.

Fanlararo bog’lanishlarning yaxshi tomonlari bo’lishi bilan bir qatorda yomon tomonlari ham mavjud. Integratsiyaning salbiy omillariga Yu.M. Kolegin va O.L.Aleksenko to’xtalib o’tganlar:

Robert Karlosning ta’kidlashicha “Maktab faqat o’qish, yozish va sanashni o’rgatibgina qolmasdan, bundan ham muhumroq va kattaroq masalani amalga oshirish kerak. Chunki har bir bola shakllanish davrida uning intellektual faolligini rag’batlantirish, tabiiy qobiliyat singari uning keyingi muvaffaqiyatlari uchun ham juda muhimdir”. Integratsiyalangan ta’limni shu yoshdagi bolalarga tushunarli va qiziq bo’lishi uchun bayon qilishning qiyinligi, bu omilni bartaraf etishning yo’llari amaliyotda tekshirilgan eng ma’qul uslublarini ishlab chiqishda hamda o’qituvchilar tayyorlashning maxsus tizimidadir.

I-Bob bo’yicha xulosa

Mazkur bobda fanlararo aloqadorlik mazmun va mohiyati, integratsiya tushunchasi, integratsiyaning ijobiy va salbiy tomonlari, ta’lim tizimida fanlararo integratsiyani amalga oshirish yo’llari va imkoniyatlari, texnologiya fanining umumta’lim maktablaridagi o’rni va ahamiyati bayon qilinadi. Shuningdek, ushbu bobda texnologiya fanining asosiy yo’nalishlari va yo’nalishlarning maktab o’quvchilari hayotidagi ta’siri haqida gapirib o’tiladi.

 

 

II .Bob. Texnologiya darslarida fanlararo bog’lanishlardan foydalanish metodikasi. 

II.1. Texnologiya darslarida ijtimoiy, gumanitar va amaliy fanlarga oid tushunchalardan foydalanish

Pedagog har bir mavzu mazmunini yoritishi, uning mohiyatini o’quvchilarga tushunarli, oson tasavvur etishlari, nazariy va amaliy bilimlarni hayotga tadbiq eta olishlari va ayniqsa, o’zi uchun vaqtdan unumli foydalanish maqsadida fanlararo bog’lanishlardan foydalanadi.


Texnologiya fani

tarix


ekologiya

geografiya

Jismoniy tarbiya

rasm


Chizmachilik

Tasviriy san’at

Ona tili

Texnologiya va rasm. Texnologiya darslarida rasmlarning tutgan o’rni benihoya kattadir. Chunki birorta buyum yoki detalni yasashdan avval uning rasmi yoki eskizi chiziladi va o’quvchilarga ko’rsatiladi. O’quvchilar ham ana shu rasmlarni daftariga ko’chirib, chizib oladilar. O’quvchilar ana shu rasmlar orqalio’sha detal yoki buyum to’g’risida tasavvur hosil qiladilar.

Texnologiya va jismoniy tarbiya. Ta’lim tizimidagi texnologiya fani darslarining 80% amaliy mashg’ulotlardan iborat. Shu sababli o’quvchilarning amaliy mashg’ulotlarda charchab qolmasliklari ko’p jihatdan ularning jismoniy chiniqishlariga bog’liqdir.

Texnologiya va tarix. Ko’hna va navqiron o’lkamiz ko’p ming yillik tarixga madaniy merosga ega. O’lkamizda xalq xunarmandchiligining naqqoshlik, o’ymakorlik, me’morlik kabi o’nlab noyob kasblar ravnaq topgan. Qo’li gul ustalar tomonidan ajoyib buyumlar yasalgan, muhtasham binolar qurilgan.

Texnologiya va ona tili. Mavzularni bayon qilishda ona tiliga mos holda ayrim atamalarning o’zbekcha shaklini ko’rsatish lozim. Jumladan, verstakni – dastgoh, remontni - ta’mir, slesarni – chilangar, lineykani – jazbar, xolodilnikni – muzlatkich kabi o’nlab atamalarni misol keltirish mumkin.

II.2. Texnologiya darslarida tabiiy va aniq fanlarga oid tushunchalardan foydalanish

Texnologiya fani tabiiy va aniq fanlar bilan shunchalik chambarchars bog’liqki, bu fanni ushbu fanlarsiz tasavvur qilishning imkoni yo’q. 1- sinfdan, 9-sinfga qadar texnologiya fani tabiiy va aniq fanlar bilan uzviy bog’langan.  

Texnologiya va biologiya. Biologiyaga oid tushuncha va ma’lumotlarni ham biz texnologiya darslarining ko’pgina mavzularida uchratishimiz mumkin. Masalan, 5-7-sinflardagi yog’ochlarga ishlov berish bobida, yog’ochlarga ishlov berish darslarida esa daraxt(yog’och)larning turlari va tuzilishini ularning


Texnologiya fani

kimyo


Biologiya

fizika


matematika

informatika



geografiya

yoshini, nuqsonlarini va namligini aniqlashda ham ko’rishimiz mumkin.

Texnologiya va kimyo. O’quvchilarga materialshunoslik haqidagi bilimlar berish ularning shu sohadagi tushunchalarini kengaytirishda kimyoviy usulda olinadigan materiallar, jumladan, plastmassalar, polimerlar, polietilen plyonkalar, sun’iy kauchuk va shu kabilar haqida ham ma’lumot berishga to’g’ri keladi. Bunda shu xildagi materiallarning olinishi va ishlatilishini moddalarning kimyoviy tarkibi va xususiyatlari orqali tushuntirish yaxshi natija beradi.

II-Bob bo’yicha xulosa

  • II-Bob bo’yicha xulosa
  • Mazkur bobda texnologiya ta’limi darslari ko’proq chizmachilik, tasviriy san’at, matematika, fizika, ona tili va adabiyot, informatika asoslari, kimyo, tarix, jismoniy tarbiya, biologiya, geografiya kabi fanlar bilan aloqadorlikni amalga oshirish imkoniyatlari misollar yordamida bayon qilingan, texnologiya fani darslarida fanlararo integrasiyadan foydalanish metodikasi turli mavzular yordamida tushuntirilgan.

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya darslarida fanlararo integrasiyadan foydalanish imkoniyatlari, mehnat ta’limi darslarida fanlararo integrasiyadan foydalanishga doir pedagogik-psixologik adabiyotlar, darslik va o’quv qo’llanmalar, ilmiy-uslubiy ishlanmalar va maqolalar tahlil qilindi.

  • Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya darslarida fanlararo integrasiyadan foydalanish imkoniyatlari, mehnat ta’limi darslarida fanlararo integrasiyadan foydalanishga doir pedagogik-psixologik adabiyotlar, darslik va o’quv qo’llanmalar, ilmiy-uslubiy ishlanmalar va maqolalar tahlil qilindi.
  • Men o’zim tanlagan ushbu bitiruv malakaviy ishimda o’z oldimga qo’ygan maqsadga erishdim va quyidagi asosiy vazifalarni hal etdim:
  • Integratsiya tushunchasi va uning ma’nolari, olimlarning integratsiyaga bergan ta’riflari o’rganildi;

Texnologiya fanini boshqa fanlar bilan aloqadorligini o’rganib chiqildi:

  • Texnologiya fanini boshqa fanlar bilan aloqadorligini o’rganib chiqildi:
  • Texnologiya darslarida fanlararo integratsiyadan foydalanish imkoniyatlari turli mavzular yordamida yoritib berildi.
  • Men bu bitiruv malakaviy ishimni yozish davomida olgan bilimlarimni yanada kengaytirib, kelajak avlodga bundanda ko’p ma’lumotlar berishga xarakat qilaman

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
  • 1. Karimov I. va boshqalar. Mehnat ta’limi darslarida fanlararo bog’lanishlar – T.: RTM, 2008y 37 b.
  • 2. Karimov I. Mehnat ta’limini o’qitish texnologiyalari. – T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2013y 228 b
  • 3. Muslimov N.A., Mullaxmetov R.G. Kasb tanlashga yo’llash. O’quv qo’llanma. Toshkent, 2007. –159 b.
  • 4 Karimov I., Maxsimova M., Tohirov O’. Mehnat ta’limi darslarini tashkil etish. – T.: RTM, 2014. – 132 .
  • 5.w w w . Ziyonet.uz.
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!

Download 116.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling