Qoraqalpog`iston geografiyasi


-mavzu. QORAQALPOG`ISTON ReSPUBLIKASINI IQTISODIY


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana24.06.2017
Hajmi0.83 Mb.
#9791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

 

7-mavzu. QORAQALPOG`ISTON ReSPUBLIKASINI IQTISODIY 

RAYONLAShTIRISh VA XO`JALIGINING IQTISODIY RAYONLAR BO`YIChA 

HUDUDIY TARKIBINI OPTIMIZATsIYaLASh MUAMMOLARI. 

Qoraqalpog`iston  hududini  iqtisodiy  rayon  sxemasida  o`rganish  xalq  xo`jaligining 

shakllangan tiplariga mos uziga xos olimlar yordamida shuningdek, o`zimizning ko`p yillik tadqiqot 

ishlarimizning  natijalari  asosida  amalga  oshirildi.  Buning  uchun  hozirgi  zamon  iqtisodiyotini 

boshqarishda to`plangan tajribalar va mamlakat miqyosida yuritilayotgan mintaqaviy siyosat, bozor 

iqtisodiyotining talablariga mos ishlab chiqarish ko`chlarining hududiy tarkibini takomil-lashtirish, 

ayniqsa,  boshqariladigan  milliy  iqtisodiyotni  rivojlantirishdagi  infratuzilmani  ko`chaytirish 

masalalari  hisobga  olindi.  Bu  esa  muayan  darajada  Qoraqalpog`iston  Respublikasi  hududida yangi 

ishlab  chiqarish  majmualarini  yaratishga,  aholi  joylarini,  shuningdek,  qishloq  xo`jaligini  ishlab 

chiqarishga ixtisoslashgan yangi mintaqalarning shakllanishiga imkon beradi. Hammaga ma`lumki, 

hozir Qoraqalpog`istonning iqtisodiyoti tarkibi agrar-industrial yo`nalishga ega. Shunga qaramasdan 

respublika  hududida  sanoat,  qishloq  xo`jaligi  yo`nalishdagi  yaylov  chorvachiligiga  ixtisoslashgan 

mintaqalar va rayonlar ko`zga toshlanmoqda. Bu respublika hududida shakllangan ishlab chiqarish 

tarmaqlari  va  ularning  o`ziga  xos  xususiyatlari,  shuningdek  respublika  hududida  ishlab  chiqarish 

ko`chlarining  tarkibiy  tuzilmasini  o`zlashtirishdagi  ko`p  yillik  tajribalarimizni  hisobga  olib 

Qoraqalpog`iston  Respublikasi  hududini  kuyidagi  tabiiy-iqtisodiy  rayonlarga  ajratishga  imkon 

beradi.  Shimoliy  rayon,  Janubiy  rayon,  Markaziy  rayon,  Orol  rayoni  va  atrofdagi  chul  rayonlarida 

kelgusida  shakllanadigan  Ustyurt  gaz-ximiya,  neft`  sanoati  majmuasi,  Qizilqum  agrosanoat 

majmuasi, Qoratog` metallurgiya va tog`-kon sanoatli rayonlariga bo`linadi.  

Shunday  qilib,  yangidan  shakllanadigan  Ustyurt,  Qizilqum,  Qoratog`  istiqbolli  hududlar 

qatoriga  kiradi  va  ularna  xalq  xo`jaligi  maqsadlarida  natijali  foydalanish  faqat  Qoraqalpog`iston 

uchungina  emas,  balki  O`zbekiston  Respublikasi  miqyosida  eng  muhim  muammolarni  hol  etishga 

respublika  iqtisodiy  salohiyatini  mustaxkamlashga  yordam  berishi  so`zsiz.  Yuqorida  ko`rsatilgan, 

ayniqsa shimoliy rayon, janubiy rayon, markaziy rayon va Orolbo`yi rayoni ishlab chiqarish ixtisosi, 

tabiiy-iqtisodiy  resurs  muammolari  va  xo`jaligining  ixtisoslashish  yo`nalishlari  bo`yicha  bir-biriga 

mos  bo`lsada,  iqtisodiy  rayon  sifatida  shakllanishiga  ta`sir  etadigan  asosiy  omillarni  hisobga  olib, 

har  bir  rayonga  mos  o`ziga  xoslikni  ajratdik.  Bulardan  Nukus-Taxiatosh-Xo`jayli  sanoati  tuguniga 

yaqin  joylashgan  hududlar  industrial-agrar  turkumdagi  rayonlar  deb  qabul  qilindi,  chunki  uning 

sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 57-59 %dan yuqoriroqdir. Qolgan rayonlar mo`ayan 

darajada  bir  tipli,  agrosanoatli  rayonlar  qatoriga  kiradi.  Ularda yillik tayyorlangan mahsulotlarning 

struktura-sidasanoat  mahsuloti  14-25  %dan  ortmaydi.  Sababi  bu  rayonlar  asosida  qishloq  xo`jaligi 

mahsulotlarini birlamchi qayta ishlash bilangina cheklanmoqda.   

Shunga  ko`ra  Qoraqalpog`istonning  tabiiy-iqtisodiy  rayonlarida  har  bir  mintaqaning  resurs 

salohiyati  asosida  uning  xalq  xo`jaligining  hududiy  tarkibini  optimizatsiyalash,  ishlab  chiqarishda 

foydalanilayotgan  zahiralarni  tez  o`zlashtirish  va  tabiiy-iqtisodiy  rayonlar  bo`yicha  ishlab 

chiqaruvchi kuchlarni ustuvor rivojlantirishga imkoniyat yaratish kerak. 

     Bu masalalarni o`z vaqtida amalga oshirish Qoraqalpog`iston bo`yicha xalq  xo`jaligi sohalaridan 

olinadigan  mahsulotlarning  hajmini  ko`paytirishga  va  iqtisodiy  rayonlar  bo`icha  ishlab 

chiqarishning  tarkibini    takomillashtirishga  yo`l  ochadi,  shunga  mos  yaqin  yillar  ichida  Janubiy 

rayonlar  hududida  ekin  maydonlarini  kengaytirish  va  qishloq  xo`jalik  ekinlarining  hosildorligini 

yuqorilatish  yo`li  bilan  hozir  Qoraqalpog`iston  respublikasi  etishtirayotgan  miqdoridagi  paxtani 

faqat Janubiy iqtisodiy rayon hisobidan tayyorlanadigan bo`ladi. 

Kelajakda  Markaziy  rayon  hududida  paxtachilikning  ekin  maydonlari  kengaytirilmaydi, 

balki  ular  qisqartirilib  g`allachilik,  vegetatsiya  davrida  to`liq  pishib  etiladigan  va  suvni  kam  talab 

qiladigan boshqa dehqonchilik ekinlari bilan almashtiriladi. Shu tarzda qishloq xo`jaligi aylanishiga 

qo`shiladigan  yangi  ekin  maydonlari  g`allachilik,  sabzavot,  meva  va  bog`dorchilik,  em-hashak 

ekinlarini etishtirishda foydalaniladi.  

Shimoliy  mintaka  xududiga  kiradigan  tumanlarda  obikor  ekin  maydonlarining  tarkibi  katta 

o`zgarishga  uchraydi,  vegetatsiya  davridagi  termik  resurslarning  etishmasligini    hisobga  olib, 

paxtachilikning ekin maydonlari g`allachilik va em-xashak ekinlari bilan almashtiriladi. 



 

49 


Kelajakda  bu  hududda  quvvatli  energetika,  ximiya  sanoati  va  neft`-gaz  mahsulotlarini  qayta 

ishlash tarmoqlari tuziladi. 

Orolbo`yi  rayoni  dengiz  qirg`og`idagi  Amudaryo  del`tasining  qismidan  (Orol  dengizi 

akvatoriyasidan  bo`shagan  maydonlardan  tashqari)  1  mln.  ga  yaqin  maydonni  egallab  yotibdi.Bu 

erlar  Qoraqalpog`istonning  boshqa  hududlariga  solishtirganda  tabiiy  sharoitining  noqulayligi  bilan 

farq  qiladi  va  Orol  inqirozining  aniq  markazida  joylashgan.  Tabiiy  majmuasi  qayta  o`zgarishga 

uchramoqda. 

Shuning uchun ham bu hududlarni xalq xo`jaligi majmuasida foydalanish katta hajmdagi yirik 

mablag`larni  talab  qiladi.  Shu  sababli  bu  hududda  aholining  turmush  sharoitini  yaxshilash  uchun 

yangi infratuzilmalarni yaratish va xalqaro tashkilotlarning yordamida suv manbalarini ko`paytirish 

kun  tartibidagi  eng  dolzarb  muammolar  qatoriga  kiradi.  Bu  va  yana  boshqa  tadbirlarni  majmuali 

turda  amalga  oshirish  Orol  rayonida  sabzavot  va  bog`dorchilik  ekinlarining  maydonlarini 

ko`paytirishga,  go`sht-sut  yo`nalishidagi  qoramol  chorvachiligiga  ixtisoslashgan  xo`jaliklarni 

tuzishga  yo`l  ochadi.  Shunday  qilib,  kelajakda  Qoraqalpog`iston  respublikasida  geologik  tadqiqot 

ishlarini  kengaytirish  orqali  atrofdagi  cho`lli  g`ududlar  ayniqsa  Ustyurt,  Orolning  quruqlikka 

aylangan joylari va Qizilqumning Qoraqalpog`istonga tegishli qismida yirik-yirik sanoat majmualari 

tuziladi va iqtisodiy rayonlarning optimizatsiyalashgan hududiy tarkibi yaratiladi. Bu Orol inqirozi 

sharoitida ishlab chiqarish jarayonidagi barcha rezervlarni xo`jalik aylanmasiga qo`shishga va milliy 

iqtisodni ustuvor rivojlantirish muammolarini echishga imkon beradi.  

Kelajakda Qoraqalpog`iston respublikasi bir tutash  elektroenergiyasi  va tabiiy gaz resurslari 

bilan  ta`minlanadigan  mintaqaga  aylanadi.  O`lkamizda  geologik  tadqiqot  ishlarining  kengayishiga 

bog`liq    atrofdagi  cho`lli  hududlar,  ayniqsa  Ustyurt,  Orolning  quruqlikka  aylangan  joylari  va 

Qizilqumning Qoraqalpog`istonga tegishli qismida yirik-yirik sanoat majmualari tuziladi, bu ishlab 

chiqarish  hududiy  majmualarning  bazasida  Kiyiksoy,    Qushqanottog`  va  yana    boshqa  industrial 

tumanlarning  tuzilishiga imkoniyat yaratadi.  Yuqoridagi fikrlarni ushbu ishning har bir mintaqaga 

shakllangan  ishlab    chiqarish  tarkiblari    va    ularni  zamon  talablariga  muvofiq  rivojlantirish,  

shuningdek  iqtisodiy  rayonlar  xo`jaligining  maqsadga  muvofiq  proportsiyalarini    tuzishga 

bag`ishlangan fikrlarimizdan ham kuzatish mumkin.     



Janubiy  rayon.  Janubiy  rayon  Amudaryoning  eski  del`tasida  joylashgan  Tuyamo`yin  suv 

omboridan boshlab,  Taxiatosh suv  omborigacha  bo`lgan  oraliqda joylashgan. U 40

0

 55


1

 bilan 42

0

 

30



1

 shimoliy kenglikning oralig`ini egallaydi.  Rayonning er maydoni 16,8  ming km

2

 ga barobar. 



     Ma`muriy  tomondan  Janubiy  rayonning  tarkibiga  To`rtko`l,  Beruniy,  Ellikqal`a  va  Amudaryo 

tumanlarining  hududlari  kiradi  va  Respublikada  yil  davomida  ishlab  chikariladigan  sanaot 

maxsulotlarining 33,9 mlrd. sum undiriladi. 

     Janubiy  rayon  Qoraqalpog`iston  respublikasining  shimoliy,  Orol  (dengiz    bo`yi),    Ustyurt  va 

Qizilqum  tabiiy  iqtisodiy  rayonlaridan  o`ziga  xos  qulay  tabiiy  sharoiti  va  mehnat  resurslari  bilan 

ta`minlanishi, iqtisodiy rivojlanish darajasi, transport-iqtisodiy aloqalari bo`yicha ancha farq  qiladi. 

Qoraqalpog`istonning  boshqa    rayonlari  bilan  qiyoslaganda  Janubiy  rayon-vegetatsiya  davrining 

uzoqligi, termik resurslarning yig`indi summasi bo`yicha ham katta farq ga ega. 

     Rayonning er yuzi asosan Amudaryoning qadimgi va hozirgi davrlarda paydo  qilgan  allyuvial` 

cho`kmalaridan tuzilgan Amudaryoning dastlabki oqib o`tgan o`zani Aqchadaryo ham shu rayonga 

qaraydi.    Rayonning    er    yuzi    umuman  olganda  tekislikka  o`xshash  bo`lgani  bilan  ko`p    sonli 

sug`orish  tizimlarining  anhorlari,  kanallarning  yoqalarida  paydo  bo`lgan  tepaliklar  va  har  xil 

hajmdagi  chuqurliklar  bilan  xarakterlanadi.  Janubiy  rayonning  ko`p  chilik  bo`limi  deyarli  qishloq 

xo`jaligiga moslashgan. 

     Iqlim sharoiti bir qancha qulay bo`lib,  yanvar` oyining  o`rtacha harorati -4

0

, -7



0

, iyul` oyining 

o`rtacha  harorati  esa  -27

0

,  -28



0

  chamasida.  5  gradusdan  yuqori  davrdagi  kunlarning  soni  228-250 

kunni, 10

0

 yuqori davrdagi haroratning yig`indisi esa 4000-4700



0

 gacha etadi. Shunday qilib, natijali 

haroratniing  summasi  qishloq  xo`jaligi  ekinlarining,  ayniqsa,  issiqni  ko`p    talab  qiladigan 

paxtachilikdan mo`l hosil to`plashga sharoit yaratib beradi. 

     Yillik  yog`inning    miqdori  87-97  mm  chamasida,  yog`in-sochinning  juda  ozligiga  bog`liq 

dehqonchilik  tarmog`ida  qo`ldan  sug`orish  orqali  amalga  oshiriladi.  Yog`in-sochin    kamligiga  va 



 

50 


suv  manbalarining  cheklangan  darajada  bo`lishiga  bog`liq  qishloq  xo`ujaligiga  yaroqli    erlarni 

o`zlashtirish hali ham aytarli darajada emas. 

     Janubiy rayonlarda,  qishloq xo`jaligida  foydalanishga  yaroqli erlarning  maydoni  1266 ming 

gektarni  tashkil  qilsa  ham,    hozirgi  vaqtda  dehqonchilikda  foydalaniladigan  ekin    erlarning    hajmi  

120  ming  gektardan  oshmaydi,    yoki  qishloq  xo`jaligida  suv  bilan  ta`minlangan  ekin  maydoni 

barcha o`zlashtirishga yaroqli erlarning 90% tashkil qiladi xalos. 

     Lekin,  keyingi  yillarda  sug`oriladigan  ekin  maydonlarining  samaradorligini  oshirish  va 

yaylovlardagi tabiiy o`tloqlarning hosildorligini oshirish bo`yicha ko`plab choralar amalga oshirildi. 

Bu 

dehqonchilik 



 

tarmog`ining 

ixtisoslashish 

darajasini 

yaxshilashga 

va 


rayonning 

Qoraqalpog`iston xalq xo`jaligi tarkibidagi qiesiy tegishini oshirishga imkon yaratib beradi. 

     Rayon  mehnat  resurslarining  mo`l  zahiralariga  ega,  bu  sug`orma  dehqonchilik  va  mehnatni 

ko`proq  talab  qiladigan  sanoat  tarmoqlarini  rivojlantirishga  balans  beradi.  Hozirgi  vaqt  janubiy 

rayon  hududida  respublikamiz    qishloqlarida  yashaydigan  aholining  50,9  %    va  qayta  ishlab 

chiqarish sanoat tarmoqlarining 43,4 %  i joylashgan. 

     Ishga  yaroqli    mehnat    resurslarining  ko`pligiga  bog`liq  Janubiy  rayonda  qishloq  xo`jaligida 

ishlovchi  o`rtacha  bir  odamga  0,9-1,2  gektar  ekin  maydoni  to`g`ri  keladi,  bu  shimoliy  rayonga 

solishtirganda 2 hissa oz degan so`z. 

     Janubiy  rayon  o`zining  ishlab  chiqarish  yo`nalishi  bo`yicha  qishloq  xo`jaligiga,  ayniqsa  paxta, 

pilla,  bog`  va  uzumchilikka  moslashgan  bo`lib,  tumanning    mehnatni  geografik  taqsimlashdagi 

o`rnini  belgilaydi.  Janubiy  rayon  Qoraqalpog`iston  respublikasining  yirik  qishloq  xo`jalik 

hududlaridan  hisoblanib  bunda  dehqonchilikning  ko`p  gina  ekin  maydonlari  va  mollarning  bosh 

soni joylashgan. 

     Ko`rsatilgan  ma`lumotlarga  qaraganda,  janubiy  rayonda  keyingi  yillarda  qishloq  xo`jaligi 

tarmoqlarini rivojlantirish uchun keng tadbirlar amalga oshirilishiga bog`liq suv bilan ta`minlangan 

ekin erlarining hajmi 189% ga, shundan sug`oriladigan dehqonchilikda foydalanilayotgan ekin erlari 

184,5%,  paxta  uchun  ajratilgan  maydon  esa  153,4%  ga,  yil  sayin  etishtirilgan  paxtaning  umumiy 

hajmi  110,5%    ga  ortdi.    Natijada  janubiy  rayon  hozir  respublika  bo`yicha  qishloq  xo`jaligida 

foydalaniladigan ekin maydonining 27,9% i va yil sayin Qoraqalpog`iston bo`yicha etishtiriladigan 

paxtaning  54,4  %  ini,  qoramollarning  bosh  sonining  54,1  %,  qorako`l  qo`ylarining  bosh  sonining 

esa 37,3 % ini egallaydi.  

Janubiy rayon ishlab chiqarish kuchlarini garmonik rivojlantirish uchun eng qulay transport-

iqtisodiy  aloqaga  ega.  Rayon  Toshkent-Samarqand-Buxoro-To`rtko`l-Nukus  va  Orol  dengizi  

bo`ylariga cho`zilib yotgan  avtomobil trassasining bo`yida joylashgan. Bu faqat Janubiy rayonning 

emas barcha Qoraqal-pog`istonning iqtisodiy rivojlanishiga katta ta`sir qiladi. 

Janubiy  rayonning  xalq  xo`jaligining  hozirgi  rivojlanish  darajasini  tubdan  tahlil  qilish 

kelajakda qishloq xo`jaligi tarmoqlarini,  ayniqsa, paxtachilik majmuasini rivojlantirish uchun qulay 

tabiiy-iqtisodiy  sharoitlarning  bor  ekanligini  dalillayapti.    Shunga  mos  ravishda  kelajakda  rayon 

xalq  xo`jaligining  ixtisoslashish    dasturini  belgilaganda    avvalo  paxtachilik  tarmoqlarini  tezkor 

rivojlantirishga  alohida  e`tibor  beriladi.    Bunga  yuqorida  aytilganday    rayon  xalq  xo`jaligining 

hozirgi  moslashish  dasturi,    ishchi  kuchi  bilan  ta`minlash  darajasi  va  xo`jalikni  tashkillashtirish 

imkoniyatlari qulay sharoit yaratadi. 

     Kelajakda  paxtachilikni  rivojlantirish  bilan  bir  qatorda  moslashtirilgan  chorvachilik  tarmog`ini 

kengaytirish,  ayniqsa  qorako`l  chorvachiligi    pillachilikni    rivojlantirish    va    ularning    mustahkam  

em-xashak  bazasini  tuzishga  alohida  e`tibor  beriladi.  Janubiy  rayon  hududiga  kiradigan  Qizilqum 

massividagi  Bukenmerey  va  yana  boshqa  massivlarni  rasmiy  tarzda  Qizilqum  iqtisodiy  rayoni 

tarkibiga  qaragani  bilan  hozir  bu  hududlar  ma`muriy  tarafdan  To`rtko`l,  Beruniy,    Ellikqal`a 

rayonlarining  yaylovi  hisoblanadi.  Shuning  uchun  bu  rayonlar  yuqorida  ko`rsatilgan  tumanlarning 

ixtisoslashtirilgan Qorako`lchilik  xo`jaliklari orasida taqsimlangan. 

Janubiy  rayonning  qishloq  xo`jaligining  kelgusidagi  dasturlarini    aniqlashda    ko`rsatilgan 

hududlarni    Qoraqalpog`istonning  janubdagi  eng  yirik  chorvachilikka  ixtisoslashgan  mintaqasiga 

aylantirish  masalasi    qo`yilmoqda.    Bu    ilmiy-amaliy    tarafdan    to`g`ri    echim    bo`lib  hisoblanadi. 

Sababi Qizilqum anxori sug`orma dehqonchilik hududlari bilan to`liq  uzviy bog`langan  va uning 

moslashgan tarmog`i sifatida kelgusida ham qorako`l qo`y chorvachiligi bosh rolni bajaradi. 


 

51 


     Kelajakda Janubiy  tumanning sanoat potentsiali ham ko`tariladi. Mahalliy xom-ashyo  bazasida 

oziq-ovqat sanoati, engil  sanoat tarmoqlari, qurilish materiallarini etishtiradigan sanoat tarmoqlari, 

yoqilg`i-energetika  markazlari  etishtiriladi.  Bundan  boshqa  hozirgi    ishlab  to`rgan  sanoat 

korxonalari  qayta  ta`mirlanadi.  Bu  1-navbatda  paxta  tozalaydigan  va  yog`  ishlab  chiqaradigan 

sanoat  tarmoqlari    hisoblanadi.  Bundan  boshqa  kelgusida  meva  va  bog`  mahsulotlarini  qayta 

ishlaydigan sanoat tarmoqlarining  bazasi to`ziladi. 

     Janubiy tabiiy iqtisodiy rayonda yirik  sanoat, ma`muriy  va madaniy markaz  sifatida  To`rtko`l,  

Beruniy,   Mang`it  shaharlari, 70-yillarning oxirida esa Bo`ston kabi yirik shaharlar paydo  bo`ldi.  

Hozir  bu shaharlarning har birida 27,-45,9 mingdan ortiq aholi yashaydi. To`rtko`l shahri  janubiy 

rayonning  eng  yirik  sanoat  markazi  va    To`rtko`l  ma`muriy  tumanning  markazi.    Shaharda    paxta  

tozalash  zavodi,  qurilish  materiallariga  tegishli  korxonalar,    ishlaydi.  Oldingi  perspektivada 

shaharda sutkasiga 15 tonna sut mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxona va yiliga 8 tonna trikotaj 

mahsulotlarini  ishlab  chiqaradigan  fabrika  ishga  tushdi.  Kelgusida  qishloq  xo`jaligi  mahsulotlarini 

qayta  ishlab  chiqaradigan  yirik  sanoat  markazi  va  chorvachilik  tarmoqlari  uchun  em    hashak 

tayyorlaydigan    mashina  yasash  markazlari  kabi  Mang`it,    Beruniy,    Bo`ston  shaharlarida 

rivojlanadi. 

     Iqtisodiy  potentsiali    va  shahar  aholisining  soni  bo`yicha  janubiy  rayonda  To`rtko`l,    Beruniy 

shahri ko`zga tashlanadi.  Agar 1959 yillarda To`rtko`l shahrida barchasi 15,5 ming odam yashasa, 

hozirgi  ko`nga  kelib  shaharda  45  minga  yaqin  aholi  yashaydi.  Ko`rsatilgan  yillar  ichida  Beruniy 

shahri aholisi 22 ming odamdan 45,5 mingga etdi. Shaharda paxta tozalash,  yog` zavodlari, g`isht 

zavodi,  paxta  gazlamalari    to`qiydigan    fabrika  ishlaydi.    Kelgusida  shaharda  yirik  yoqilg`i-

energetika  bazasi  tuziladi.    Bu  faqat  Beruniy  rayoni  emas,  Qoratov  kon  sanoati  rayoni,  Ellikqal`a 

rayonidagi keng massivlarni o`zlashtirishga imkon yaratadi.       

Markaziy   rayon. Markaziy rayon Amudaryoning hozirgi del`tasi boshlanadigan Taxiatosh 

qisnog`idan  boshlab  daryo  vodiysida  joylashgan  tekislik  rayonlarni  o`z  ichiga  oladi.    Markaziy 

rayonning  shimoliy  chegarasi  Dauitko`l  suv  omboridan  shimolga  qarab  Dauqora  botig`iga  chiqadi  

va    Chimboy,  Qorao`zak  tumanlarining  ma`muriy  chegarasi  orqali  shimoli-sharqda  Qo`yboq 

sug`orish tizimi orqali Qizilqum bilan chegaradosh.  Markaziy  rayonning  janubi-g`arbiy chegarasi 

Xo`jayli  tumanining  Turkmaniston  Respublikasi  bilan  davlat  chegarasi  orqali  o`tib,  Qorako`l 

rayonsida Aybo`yir orqali Ustyurt platosiga chiqadi. Shimoliy rayonning chekka  rayonning nuqtasi 

Qo`ng`irot  va  Bo`zatov  tumanlarining  ma`muriy    chegarasi    orqali  o`tib,    rayon  4  ming  kv.km. 

maydonni  yoki  O`zbekistondagi  Andijon  viloyatining  maydonidek  hududni  egallab    etibdi.  

Ma`muriy    tomondan  Markaziy  rayon  tarkibiga  Nukus,  Kegeyli,  Xo`jayli,  Qonliko`l,  Shumanoy 

tumanlari  va  Qoraqalpog`iston  Respublikasining  poytaxti    Nukus  shahri  kiradi.  Markaziy  rayon 

Janubiy,  Shimoliy  va  Orol  (dengiz  bo`yi)  iqtisodiy  rayonlariga  taqqoslaganda  Qoraqalpog`iston 

Respublikasining  markazida  joylashgan  bo`lib,    ijtimoiy-iqtisodiy  va  ma`muriy  jihatdan 

Respublikaning asosiy transport-iqtisodiy va  kommunikatsiya uzeli sifatida ko`zga tushadi. 

     Markaziy  rayon  Qoraqalpog`iston  Respublikasining  faqat  3,6%  qismini  egallasa  ham,  bu 

hududda  respublika  aholisining  42%  i,  shahar  aholisining  61%  i  joylashgan.  Bu  rayon  respublika 

hududida ishlab chiqariladigan yillik sanoat mahsulotlarining 58,8% va xalq xo`jaligi tarmoqlarida 

ishlab turgan asosiy ishlab chiqarish  fondlari qiymatining 41,4% ini egallaydi. Markaziy rayon xom 

ashyo    bazalariga  to`liq  ega  bo`lmasa  ham,  respublikaning  transport  tarmog`ida  joylashganligi  va 

respublika  poytaxti  Nukusning  ushbu  rayonda  joylashishiga  bog`liq  uzoq  yillar  davomida 

Qoraqalpog`istoninng  siyosiy-ma`muriy  va  iqtisodiy  funktsiyalariga  ega  bo`lmoqda.    Shunga 

bog`liq  Markaziy  rayon  Qoraqalpog`iston  Respublikasining    siyosiy-ma`muriy    va  iqtisodiy 

potentsialida asosiy rolni  bajaradi.  

     Ikkinchi  jahon  urushidan  keyin    rayonning    transport-iqtisodiy  aloqalari  rivojlandi.    Chorjo`y-

Taxiatosh  temir  yo`li  ishga  tushishiga  bog`liq,  Qoraqalpog`istonning  poytaxti  Nukus  shahri  

Toshkent va O`zbekistonning boshqa sanoati rivojlangan shaharlari bilan aloqaga ega bo`ldi. 

     Keyingi  yillarda  Amudaryo  orqali  temir  yo`l  ko`prigi  va  Taxiatosh  gidrouzeli,  shuningdek, 

Qo`ng`irot-Beynov-Maqat-Aleksandrov-Gay 

yo`nalishidagi 

temir 


yo`l 

liniyasining 

ishga 

tushirilishiga  bog`liq,  Qoraqalpog`istonning Rossiya Federatsiyasi,  Qozog`iston va evropaning bir 



qator    mamlakatlari    bilan  iqtisodiy  aloqalari  rivojlana  boshladi.  Bu  qator  sharoitlar 

 

52 


Qoraqalpog`istonda sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga, ayniqsa,  mahalliy aholi hisobidan injener-

texnik  kadrlarning  o`sib  etishishiga  yo`l  ochdi.  Shu  tarzda,  tez  vaqt  ichida  markaziy  rayonning 

sanoati  kuchaydi  va  respublikaning  industrial  rivojlanishida  asosiy  rolni  bajardi.  Hozirgi  vaqtda 

rayonda  yiliga  104,6  mlrd.  Sum  hajmidagi  yalpi  ichki  maqsulot  etishtirilmoqda.  Shuning  58,0 

mlrd.sumi sanoat sohalariga tegishli.  

     Markaziy  rayon    qishloq    xo`jaligi    tarmoqlarini  rivojlantirish  uchun  ham  ko`pgina  rezervlarga 

ega.  Rayon  termik  resurslarning  miqdori    bo`yicha  Janubiy    rayonga    o`xshash  paxtachilik,  

bog`dorchilik  va  uzumchilik,  g`allachilik,  meva  va  sabzavot  ekinlarini  rivojlantirish  imkoniyatiga  

ega.  Bundan  tashqari  Markaziy  rayon  Qoraqalpog`istonning  asosiy  transport-iqtisodiy  bo`g`ini  va  

kommunikatsiya    uzeli  funktsiyasini  bajarib,    boshqa  iqtisodiy  rayonlar  bilan  aloqaga  ega.  Bu 

rayonda  Qoraqalpog`istonning  qishloq  xo`jaligida  foydalaniladigan  er  fondining  1/5  qismigina 

joylashishiga  qaramasdan,  respublika  shahar  aholisining  61%  yashaydi  va  asosiy  iste`molchi 

rayonlar  qatoriga  kiradi.    Shuning  uchun  ham  qishloq  xo`jaligi  tarmoqlarini  rivojlantirish  intensiv 

yo`l bilan amalga oshirilishi  lozim.  Markaziy  rayon aholisini, ayniqsa shahar aholisini fiziologik 

me`yor  asosida  ehtiyojini  qondirish  uchun  yiliga  kamida  250  ming  tonna    sut,    200    ming  tonna 

sabzavot,    bog`dorchilik,  kartoshka,  meva  va  uzum  mahsulotlari  tayyorlanishi  kerak.    Bu  rayon 

hududida  ekin  maydonlarining  hajmini  160-170  ming  gektarga  etkazishni  talab  qiladi.    Hozirgi 

vaqtda  rayon  hududida  hisobga  olingan  umumiy  er  fondining  hajmi    440    ming  gektarni    tashkil 

qilib,  shundan sug`oriladigan erlar faqat 33 %  ni tashkil qiladi. 

     Markaziy  rayon    ko`p      tarmoqli    agrosanoat  majmuasidan  iborat  bo`lib,  tarkibiga  paxtachilik,  

g`allachilik  (sholikorlik),    sabzavot  xo`jaligi,  bog`dorchilik  va  sut  yo`nalishidagi  qorachorvachilik 

kiradi.  Hozirgi vaqtda ushbu tarmoqlardan paxtachilik etakchi  o`rinni egallab,  bu  tarmoq qishloq 

xo`jaligida  ishlab  chiqariladigan  mahsulotning  asosiy  qismini  etishtiradi.  Kelajakda  qishloq 

xo`jaligi majmuasida  sabzavot va bog`dorchilik,  g`alla,  sut mahsulotlari va meva etishtirish asosiy 

o`rinni  egallaydigan  bo`ladi.    Shunga  bog`liq  paxtaning    ekin  maydoni  kengaytirilmay,    uning 

o`rniga  sabzavot  va  kartoshka,    shuningdek  em-xashak  ekinlari,  va  almashlab  ekish  sxemasiga 

kiradigan boshqa ekinlarning maydoni kengaytiriladi. 

     Markaziy  rayon  ekin  maydonlarini  ko`paytirish  uchun  qator  rezervlarga  ega.  Bu  rayon  orqali 

respublikaning  asosiy  sug`orish  arteriyalari  Suvenli,    Qizketgan  kanallari  oqib  o`tadi.  Ammo, 

respublikada  magistral  kanallardan    foydalanish  koeffitsienti  56-60  dan  oshmaydi.  Agar  ushbu 

ko`rsatkichni kamida 76-80 ga etkazsak,  markaziy rayonda qo`shimcha suv manbalarini to`plashga 

va  ushbu  hisobdan  ekin  maydonlarining  umumiy  hajmini  14%  ga  ko`paytirish  imkoniyatlari  bor. 

Shuning  uchun  ham  suvdan  foydalanishning  samaradorligini  orttirish  va  sug`orish  kanallarining 

foydali koeffitsientini oshirish bugungi kunning eng dolzarb masalalari qatoriga kiradi. 

     Kelajakda  sug`orib  ekiladigan  maydonlarning  tarkibiga  ham  katta  o`zgarishlar  kiritish  lozim. 

Shahar  aholisining  o`sib  borayotgan    ehtiyoji  va  rayon  xalq    xo`jaligining  ixtiososlashish  

yo`nalishlariga qarab  sholichilik majmuasining o`rniga sabzavot va shahar atrofi suv majmualarini 

tuzish  maqsadga  muvofiqdir.  Paxtachilik  majmuasini  kengaytirmasdan,  uning  o`rniga  paxtaning 

yangi  navlarini  ekish,  g`allachilikni,  ayniqsa,  jo`xori,  tarix  va  ko`ngaboqar  ekinlarining maydonini 

kengaytirish kerak. Bu, birinchidan, paxtaning hosildorligini biostimo`lyatsiya yo`li bilan orttirishga 

yo`l ochsa, ikkinchidan qishloq xo`jaligida qo`shimcha donli ekinlar, shuningdek moyli ekinlarning 

ekin maydonini ko`p aytirish yo`li bilan qishloq xo`jaligi  mahsulotlarining qiymatini orttirishga va 

aholini  qo`shimcha  ish  bilan  ta`minlashga  imkoniyat  yaratadi.  Aholini  go`sht  mahsulotlari  bilan 

ta`minlash,  shimoliy  rayonning  hisobidan  amalga  oshishi  mumkin.  Markaziy  rayon  o`z  navbatida 

respublikaning  boshqa  iqtisodiy    rayonlariga  sabzavot,  meva  mahsulotlari,  konservalar,  sharbat  va 

boshqa ichimliklar chiqarish mumkin. 

   Shunday  qilib,  Markaziy  rayon  miqyosida  ASM  tarmoqlarini  rayonlik  yo`nalishda 

ixtisoslashtirishga  o`tish,  bu  rayonning  respublika  miqyosidagi  sabzavot,  meva,  uzum  va  yana 

boshqa  qishloq  xo`jaligi  mahsulotlarini  tayyorlashdagi    asosiy    statusini    mustahkamlaydi,    hatto 

boshqa    iqtisodiy  rayonlarga    yuqorida  ko`rsatilgan  mahsulotlarning  bir  qismini  chiqarishga  yo`l 

ochadi.  Markaziy rayon boy tarixiy  merosga ega. Rayon hududida qadimgi Kerder madaniyatidan 

dalolat beradigan Kerder shahri,  2500 yillik tarixga ega, Xo`jaylining qadimiy  madaniy  markazi-



 

53 


Nazlimxonsuluv  shaharlari  va  Qoraqalpog`istonnning  hozirgi  madaniy,    iqtisodiy  va  ma`muriy  

markazi  Nukus shahri joylashgan. 

   Markaziy rayonning xalq xo`jaligi majmuasida respublika  poytaxti Nukus shahrining roli yuqori 

va shahar o`zining rivojlanishi yo`lida bir qator tarixiy bosqichlardan o`tdi. 

   Hozirgi  vaqtda  Nukus  shahri  Qoraqalpog`iston  Respublikasining  ma`muriy-siyosiy,    madaniy  va 

ilmiy  markazi    hisoblanadi    va    Qo`yi  Amudaryo  bo`limida  joylashgan  Urganch,  Toshhovuz 

shaharlariga uxshab har taraflama rivojlanayotgan shahar.  Uning xalq  xo`jaligida  qurilish, sanoat 

va  transport  ahamiyatli  o`rinni  egallaydi.    Mehnatga  qobiliyatli  aholining  72,3%    idan  ortig`i  xalq 

xo`jaligi  tarmoqlarida  ishlaydi.  Hozirgi  Nukus  shahri  respublikamizdagi  yirik  industriya 

markazlarining biri. U butun quyi Amudaryo iqtisodiy rayondagi korxonalarda ishlab chiqariladigan 

mahsulotning 7% ini beradi.  Boshqacha aytganda Toshhovuz, Urganch va boshqa shaharlardan farq  

qiladi.  Masalan  Toshhovuz    va    Urganch  shaharlarida,  asosan,  engil  va  oziq-ovqat  sanoatining 

tarmoqlari bosh rolni egallasa,  Nukusda og`ir  va engil sanoatning rivojlanishiga ahamiyat berilgan. 

Shuningdek,  Nukusda  metaldan  ishlangan  uskunalarni  remontlash, yirik qurilish korxonalari,  o`y-

joy    kombinati,    energetika  xo`jaligi,  va    boshqada  sanoat  karxonalari  mavjud.  Shunday    qilib  

Nukusda  og`ir  sanoat  1-o`rini  egallab  unga  shaharda  ishlab  chiqariladigan  butun  sanoat 

mahsulotining    49,1%    ga  yaqini  va  ishlaydigan  ishchi  xizmatchilar  soni  bo`yicha  3-o`rinni 

egallaydi. 

     Markaziy rayonning yirik shaharlari qatoriga Xo`jayli, Taxiatosh, Xalqobod va yana boshqalarni 

kiritish  mumkin.  Bularning  ichida  Taxiatosh  Respublikalararo  katta  energetika  markazi  hisoblanib 

Qoraqalpog`istonning industrial yo`nalishida asosiy o`rinni egallaydi. 


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling