Qoraqalpog`iston geografiyasi


Mehnat resurslari va xalq xo`jaligi tarmoqlarining mehnat resurslari bilan ta`minlanishi


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/11
Sana24.06.2017
Hajmi0.83 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Mehnat resurslari va xalq xo`jaligi tarmoqlarining mehnat resurslari bilan ta`minlanishi. 

Qoraqalpog`istonda aholi sonining yuqori sur`at bilan o`sishi va ularning esh xususiyatlaridagi katta 

farqlar  mehnat  resurslarining  ko`payishiga    imkon  yaratmoqda.  So`nggi  yillarda  respublikada 

mehnatga layoqatlilar odamlar strukturasida ijobiy o`zgarishlar  kuzatilmoqda. Masalan,  1959-1970  

yillar  oralig`ida  respublika  aholisining  esh  tuzilishida  mehnatga  layoqatlilar  sonining  umumiy  

pasayishi kuzatilsa, 1970-89-yillarda bu ko`rsatkich ancha ko`paydi. 

Bu esa xalq xo`jaligi tarmoqlarini ishchi kuchi bilan  ta`minlash va mehnat resurslari balansini 

tuzishga asos bo`lmoqda. 

Hozirgi  kunda  respublika    aholisining    tarkibida    15    yoshgacha  bo`lgan  o`smirlar  soni 

ko`paymoqda.  Statistik  ma`lumotlarga  ko`ra  ular  565,4  ming  kishini  tashkil  qiladi.  Bu    respublika  

aholisining    40%i  demakdir.  Yil    sayin  mehnatga  yaroqli  kishilar  qatoriga  23-26  ming  kishi 

qo`shilmoqda.  

Agar  1970  yillarda  respublika  xalq  xo`jaligi  tarmoqlarida  172,5  ming  kishi  mehnat  qilgan 

bo`lsa,  bu  ko`rsatkich    1980    yili    270,1  ming,  1986  yili  346  ming,  1990  yili  396,5  ming    kishini  

tashkil qildi. Hozirgi paytda bu 482 ming kishiga ko`paydi. Shundan qishloq xo`jaligi tarmoqlarida 

1971  yilda  57  ming  ishchi  va  xizmatchilar  ishlagan  bo`lsa  hozirgi  kunga  kelib  ishchilar  soni  135 

mingga  etdi.  Xalq  xo`jaligi  sohalarida  ishchi  va  xizmatchilar  sonining    ko`payishiga    ishlab  

chiqarish  jarayonini  modernizatsiyalashga  va  mehnatga  layoqatlilar  bilan  ta`minlash  darajasiga  

bog`liq.  

Hozir    respublikada  600  mingdan  ziyod  mehnatga  layoqatlilar  mavjud  bo`lib,  shundan  70 

mingtasi umumta`lim muassasalarida ta`lim olmoqda. Ularning ko`pchiligi qishloq joylariga to`g`ri 

keladi. Shuni aytish kerakki,  qishloq xo`jaligi korxonalarida ishlayotganlar umuman  xalq xo`jaligi 

sohalaridagi  ishchilarning  32%  gina  tashkil  qiladi.  Shunga  ko`ra  qishloq  joylarda  aholiga  ijtimoiy 

tomondan  xizmat  qiladigan  sohalarning  bazalarini  yaratish  katta  ahamiyatga  ega.  Bu,  birinchidan, 

ijtimoiy  sohalarda  ulkan  muammolarni  hal  qilishga    imkon    yaratsa,  ikkinchidan,  qishloq 

fuqarolarini,  ayniqsa,  yosh  mutaxassis-larni  qishloqning  doimiy  a`zolariga  aylantirish    imkonini  

beradi. 

Shunday  qilib, qishloq  joylarida  aholini  ish  bilan  ta`minlash  va  ularni  ijtimoiy  tomondan   

kafolatlash    qishloq  joylarda  mehnat  resurslarining  ko`payishini    ta`minlaydi.  Lekin    qishloq  

joylarda    aholining  tez  sur`atda  o`sishi  va  o`lkamizning  tabiiy-iqtisodiy  sharoitidagi  xususiyatlar 

ayrim  rayonlarni  xalq  xo`jaligi  sohalariga  yig`ishdagi  to`siqlar  mehnat  resurslardan  oqilona 

foydalanishga  salbiy  ta`sir  o`tkazmoqda.  Hatto  ayrim    hollarda    er  resurslari  va  mehnat 



 

13 


resurslarining  geografik  tarqalishi  orasida  katta  tafovutlar  yuz    bermoqda.  Masalan,    janubiy 

mintaqaning qishloq xo`jalik sohalarida  Qoraqalpog`iston 50% mehnat resurslarining to`g`ri kelsa 

bu  rayonda  foydalanadigan  er    fondining  26%  gina  joylashgan.  Shimoliy  rayonda 

Qoraqalpog`istonning  71,3%  foydalanishga  yaroqli  er  fondi  joylashgan  bo`lsa  ham  bu  rayonga 

mehnat    resurslarning  47%  i  to`g`ri  keladi.  Shu  bois  shimoliy  rayonlarning  er  resurslarini  

o`zlashtirish    uchun  dehqonchilik  ekin  maydonlarining  tarkibiga  o`zgarishlar  kiritish  va  suvdan 

foydalanishning  yangi  texnologiyasini  qishloq  xo`jaligi  sohalariga  kiritish  lozim.  Bu  tadbirlar 

birinchidan,  dehqonchilikda  suvni  oz  talab  qiladigan ekinlarni  ekish orqali  mehnat  resurslaridan  

oqilona  foydalanishga  zamin  tayyorlasa,  ikkinchidan  shimoliy  mintaqalarda  g`alla  etishtirishni 

ko`paytirish yo`li bilan vegetativ davrda to`liq hosil olish imkoniga ega emas va mehnat resurslarini 

ko`p talab qiladigan paxtachilik tarmoqlarini janubiy mintaqalariga o`tkazish imkonini beradi. 

Bu  o`z  navbatida  shimoliy  va  Orol  bo`yi  mintaqalarida  sug`orish  yo`li  bilan  tabiiy  o`tloqlarni 

kengaytirish  va  chorvachilik  uchun  em-hashak    bazasini  yaratishga  yo`l  ochadi.  Shunday  qilib, 

ishlab  chiqarish  jarayoniga  sug`orishning  yangi  texnologiyasini  tadbiq  qilish  va  ekin 

maydonlarining  tarkibiga  o`zgartirishlar  kiritish  Qoraqalpog`iston  Respublikasi  tabiiy-iqtisodiy  

rayonlarining xo`jalik sohalarini optimizatsiyalashishga  zamin yaratadi. 



 

3-mavzu. QORAQALPO/ISTON ReSPUBLIKASI IShLAB  ChIQARISh  

KUChLARINING HUDUDIY TARKIBI 

 

Ishlab  chiqarish  kuchlarining  hududiy  tarkibining  shakllanishi  va  rivojlanishi. 

Qoraqalpog`iston  O`zbekiston  Respublikasining  shimoliy    g`arbida  joylashgan  agrar-industrial 

hududlaridan biri hisoblanadi va ko`p tarmoqli xo`jalik majmuasiga ega. Shunga bog`liq Respublika 

xalq  xo`jaligining  tuzilishida  qishloq  xo`jaligi  ishlab  chiqarishi,  ayniqsa  qishloq  xo`jaligi 

mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish cnaoatini rivojlan-tirishga alohida e`tibor berilmoqda. 

O`zbekiston  o`z  mustaqilligiga  ega  bo`lishi  bilan  milliy  iqtisodiyot  tarmoqlarini,  ayniqsa 

og`ir  sanoatni  rivojlan-tirish  bo`yicha    katta  yutuqlarni  qo`lga  kiritdi.  Agar  o`tmishga  nazar 

tashlasak,  Qoraqalpog`iston  haqiqatdan  ham    past    rivojlan-gan  mintaqa  bo`lib,  sanoatning  asosini 

kichik  paxta  tazalash  zavodlari,  teri  tozalaydigan  va  ishlaydigan  korxonalar,  shuningdek  qul 

hunarmandchiligi  egallar  edi.  Barcha  sanoat  korxonalarida  o`rnatilgan  mexanik  dvigatel`larning 

quvvati  130  ot  kuchidan  ortmadi.  Shu  tufayli  Qoraqalpog`iston  bo`yicha  ishlaydigan  21  paxta 

tozalash  zavodi  barchasi  bo`lib  1013  tonna  paxta  tolasini  qayta  ishlab  chiqarar  edi.  O`rtacha  bitta 

korxonalarning  quvvati  141  tonnadan  oshmadi.  Hozir  esa  Respublikaning  paxta  tozalash 

korxonalari  yil  sayin  100-112  ming  tonna  paxta  tolasini  etishtirib,  har  bir  korxonaning  o`rtacha 

quvvatligi  9-13,5  ming  tonna  paxta  tolasini  qayta  tozalashga  barobar.  Qoraqalpog`iston 

Respublikasi  ham  ashyoga    boy  bo`lsa    ham,  ularni  sanoatda  foydalanish  darajasi  kam.  Shunga 

muvofiq  kelajakda  kimyo,  neft  va  gaz  konedentsatlarini  undiradigan    sanoat  tarmoqlarini  tuzish, 

tog`  kon,  mashinasozlik  sanoatining  ayrim  tarmoqlarini  tuzish,  engil  va  oziq-ovqat  sanoati 

majmuyini  yuqori  darajada  rivojlantirish  kerak.  Barchaga  ma`lum  Qoraqalpog`iston  Respublikasi 

uzoq  yillar  davomida  O`rta  Osiyo  va  qo`shni  davlatlarga  chiqish  uchun  transport  aloqalariga  ega 

bo`lmadi,  bu  belgilangan  xalq  xo`jalik  tarmoqlaridagi  rejalarni  amalga  oshirishga  to`sqinlik  qildi. 

Faqat 50-yillarning boshlaridagina Qo`yi Amudaryo xududini O`rta Osiyoning boshqa region bilan 

tutashtirish  haqidagi  rejani  amalga  oshirish  va  1952  yili  Charjov-Qo`ng`irod  temir  yo`li  bilan 

poezdning  Taxiyatosh  shahriga  kelishi  Qoraqalpog`i-stonning    ishlab  chiqarish  kuchlarini,  ayniqsa 

og`ir  sanoat  tarmoqlarining  rivojlantirishga    imkon  berdi.  Mana  shu  davrdan  boshlab  davlat 

tomonidan  yirik  mablag`  ajratish  miqdorining  hajmida  ortdi.  Agar  1950-1960  yillarda 

Qoraqalpog`iston  Respublikasi  bo`yicha  xalq  xo`jaligini    rivojlantirish  uchun  yiliga  mo`ljallangan 

yirik  xarajat  miqdori  109  mln  so`m  chamasida  bo`lsa,  bu  ko`rsatkich  1995-2005  yillar  oralig`ida 

hozirgi  pul  birligi  bo`yicha  166  mld  400  mln  so`mga    ko`paydi.  Shunga  muvofiq  sanoat  

tarmoqlarida  yil  sayin  ishlab  chiqariladigan  maxsulotlarning  hajmi  1960  yillardagi  30  mln  so`mga 

nisbatan  1990 yillarga kelib 813,7 mln so`mga, 2005  yili esa 100 mld so`mga ko`paydi. Bu 1990 

yillarga nisbatan 54,7 hissa ko`p degan so`z. Lekin bundan respublika bo`yicha barcha ishlar joyida 

degan  xulosa  chiqarish  mumkin  emas.  Masalan,  2001-yilda  suv  etishmasligi  tufayli 


 

14 


Qoraqalpog`iston  dehqonlari  davlatga  hammasi  bo`lib,  22,3  ming  tonna  guruch,  41,2  ming  tonna 

paxta  tolasi,  9,2  ming  tonna  o`simlik  yog`i  undirib,  o`tgan  yilga  nisbatan  o`sish  sur`ati  guruch 

bo`yicha 87,4 %, paxta tolasi bo`yicha 76,4 %, non va non maxsulotlari bo`yicha 80,4 %, o`simlik 

yog`i bo`yicha 74,2 % bajarildi. Shunday qilib faqat sanoat sektorida 2001 yili 4 mlrd 381 mln so`m 

xarajat o`tgan davrga nisbatan kam etishtirildi. Bu va boshqa iqtisodiy sohalarida yuz bergan «zaif 

bo`g`inlar»  Qoraqalpog`istonda  milliy  daromadning  ortishiga  va  uning  O`zbekiston  xududlari 

bo`yicha solishtirganda nisbiy ulushining yuqorilashiga ma`lum darajada ta`sir etmoqda.  

Mustaqillik  yillarda  Qoraqalpog`iston  Respublikasi  iqtisodiy  sohalarida  o`rin  olgan 

kamchiliklarni  tuzatish  maqsadida  xo`jalik  tarmoqlariga  tarkibiy  o`zgartirishlar  kiritilmoqda  va 

mintaqaviy  siyosat  asosida  og`ir  industriyani  rivojlartirish  masalalari  qo`lga  olingan.  Agar  1960 

yillarda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining 87 % ini engil va oziq tarmoqlari etishtirsa, 2000 

yillarga kelib og`ir sanoat tarmoqlarining ulishi orta boshladi.  

Og`ir sanoat tarmoqlarida elektr-energetika sanoatining roli ortdi. Hozir bu tarmoq yiliga 2.7 

mld  kvt soat  elektr energiyasini etishtirib  turibdi. Bu O`rta Osiyo davlatlarida, hattoki dunyoning 

ayrim qo`shni davlatlarining ko`rsatkichlaridan qolishmaydi. Masalan: agar dunyo yuzi bo`yicha yil 

sayin  ishalb chiqariladigan  elektr energiyasini jon boshiga bo`lganda 2048 kvt soatni tashkil qilsa, 

bu  ko`rsatkich  Qoraqalpog`istonda  2072  kvt  soatni,  Portugaliyada  1936  kvt  soatni,Eronda  905  kvt 

soatni,Turkiyada  649  kvt  soatni,Xitoyda  552  kvt  soatni,  Pokistonda  249  kvt  soatni  tashkil  qiladi 

xalos.  Hozir  Qoraqalpog`istonning  energitika  potentsiali  1913  yillardagi  Rossiyasiga  o`xshagan 

katta  davlatlarning  energetik  quvvatidan  oshdi.  Qoraqalpoqiston  da  milliy  iqtisodiyotning,  ayniqsa 

sanoat sohalarining rivojlanishi 1960 yillarga tug`ri keladi. 1960 yillarda Buxora-Ural,O`rta Osiyo-

Markaz  gaz  quvurlarining  ishga  tushirilishi,  so`ngra  Amiudaryo  orqali  Taxiatosh  gidrouzelining 

qurilishi  va  Taxiatosh  Nukus-Chimboy  temir  yo`l  liniyasining  foydalanishga  topshirilishi 

Qoraqalpog`istonni  dunyoning  ko`p  davlatlari  bilan,  jumladan  Rossiya  federadtsiyasi  va  O`rta 

Osiyodagi  qo`shni  davlatlar  bilan  iqtisodiy  aloqalarni  ko`chaytirishga  va  quvvatli  yoqilg`i 

energetika  bazasini  qurishga  imkoniyat  yaratdi.  Bu  Qoraqalpog`istonda  ishlab  chiqarish 

kuchlarining  rivojlanishiga  kuchli  ta`sir  qilmoqda.  2000  yillarda  Qoraqalpog`istonda  sanoat 

maxsulotlarini  ishlab  chiqarish  1950  yillar  bilan  taqqoslaganda  87,4  hissaga  o`sdi.  Halq 

xo`jaligining  moddiy  texnik  bazasi  mustaxkamlandi  va  ko`pgina  yangi  sanoat  karxonalari  ishga 

tushdi. Faqat 1971-1985 yillarda respublikaning halq xo`jalik tarmoqlarini rivojlantirishi uchun 2,9 

mlrd  so`m,  yirik  davlat  mablag`lari  sarflanib,yil  sayin  unlab  sanoat  tarmoqlari  tiklanmoqda.  Agar 

1981-1990  yillarda  2  ta  tikish  fabrikasi,  2 ta to`qimachilik karxonasi, Ellikqal`a, Shumonay, paxta 

tozalash  zavodi,  Nukus  va  Ellikqal`a  g`isht    zavodlari,  Nukus  va  To`rtkul  temir  beton  zavodlari, 

Nukus  keraizit  zavodi,  Shumonay,Chimboy  sholi  tozalash  zavodlari  va  boshqa  korxonalar 

foydalanishga  berilsa,1990-2000  yillarda  quvvati  4  mln  500  ming  dona  trikotaj  mahsulotlarini 

ishlab  chiqaradigan  Nukus  shahrida  «Kateks»  tuqimachilik  majmuasi,  yillik  quvvati  6  mln  dona 

jensi mahsulotlarini tayyorlaydigan Ellikqal`a tumanida «Elteks» majmuasi ishga tushdi. Mana shu 

ko`rsatilgan yillar ichida Qoraqalpoq qurilish materiallari aktsionerlik jamiyatiga qarashli Italiyadan 

keltirilgan  uskunalar  asosida  birinchi  navbatda  yiliga  25  mln  g`isht  tayyorlaydigan  Nukus  g`isht 

zavodi  quvvatliligi  yiliga  20  mln  shisha  va  banka  tayyorlashga  mo`ljallangan  Xo`jayli  steklotor 

zavodi  ishga  tushurildi.  Germaniya  firmalarining  hamkorligida  Nukus  mebel`  fabrikasida  sholi 

somonidan  matras  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  ishga  tushurildi.  Respublikada  hozirgi  vaqtda 

bozor  iqtisodi  talablariga  muvofiq  halq  xo`jaligi  tarmoqlarining  infratarkibiga  katta  o`zgarishlar 

kiritilmoqda.  ung`irot shahrida Ustyurtning katta xom-ashyo resurslari  bazasida yillik quvvatliligi 

210  ming  tonna  mahsulot  etishtirishga  ega  Qung`irot  soda  zavodining  qurilishi  boshlandi  va 

Qung`irot  gaz  mahsulatlarini  tayorlaydigan  «Urga»  gaz  ishlab  chiqarish  korxonasi,  halq  ehtiyoji 

mollarini  tayyorlaydigan  Nukus  fabrikasi  Kegayli  tumanida  «Promkom-binat  halqobad»,  «Muynoq 

tumanida  «Qozoqdaryo»  nomli  markazlar  ochildi.  Meva  konservalari,  non  mahsulotlarini  ishlab 

chiqaradigan  tsexlar  Nukus,  Taxitosh,  To`rtkul,  Ellikqal`a,  Amudaryo,  Xo`jayli,  Cho`manoy, 

Qorao`zak  tumanlarida  va  To`rtkul  shahrida  ishga  tushurildi.  Bu  yangi  sanoat  mahsuloti  turlarini 

tayyorlashga  imkoniyat  yaratadi.  Qoraqalpog`iston  qurilish  materiallari  aktseonerlik  jamiyatiga 

qarashli birlashmada yiliga 60 ming m kub yuqori sifatli marmar tsexi ishga tushurildi. Qoraqalpoq 

g`alla  mahsulotlariga  qarashli  aktsionerlik  arenda  karxonalarida  katta  ishlar  amalga  oshirilmoqda. 


 

15 


Shu bilan birga Nukus un zavodi aktsionerlik jamiyatida sutkasiga 3 tonna spirt etishtiradigan mini 

zavodni foydalanishga berildi. 

Xalq  xo`jaligining  boshqa  sohalarida  ham  katta    sifatli    o`zgarishlar  amalga  oshirilmoqda. 

Respublikada 1990-2000 yillarga kelib xalq xo`jaligining moddiy-texnik bazasi yaxshilana boshladi 

va  sohalar  bo`yicha  ixtisoslashgan  yirik  agrosanoat  majmualarini  ko`paytirish  ishlari  amalga 

oshirildi.  Shunday  qilib,  hozir  respublikadagi  15  tumanning    ettitasi  paxtachilikka,  oltitasi  aralash 

sholichilik  va  paxtachilikka,  ikkitasi  chorvachilikga  ixtisoslashgan.  Bular  respublika  bo`yicha  yil 

davomida    etishtiriladigan    paxtaning  83%  ini  etishtiradi.    Chorvachilikka  istisoslashgan 

xo`jaliklarda esa qorako`l terisining 97-98%i tayyorlansa, go`shtga ixtisoslashtirilgan mol semirtish 

bazalarida    qoramollarning  44-45%  bosh  soni  boqilayapti.  Bu  xalq  xo`jaligidagi  tarkibiy 

o`zgarishlar  qishloq  xo`jaligida  asosiy  fondlarning  ko`payishiga  va  ishlab  chiqarish  

samaradorligining  oshishiga ma`lum darajada ta`sir qilmoqda.  Masalan, agar 1995 yillarda qishloq 

xo`jaligining traktor parkida  8,5 ming traktor ishlasa, 1980 yillarga kelib bu ko`rsatkich  15,1 ming 

donaga, 2000 yillarda esa  17,0  ming  donaga ko`paydi. Shundan paxta terish mashinalari 2,6 ming 

donani,  g`alla  yig`adigan  kombaynlar  2,1  ming  donani  tashkil  etadi.  Bu  qator  tadbirlar  xalq 

xo`jaligida  foydalanadigan  ekin    maydonining  ortishiga  yo`l  ochadi.  Masalan,  1950  yillarda 

Qoraqalpog`iston  respublikasi    bo`yicha  sug`orilib    ekiladigan  ekin  maydon  159,6  ming  gektar 

bo`lsa,  bu  ko`rsatkich  2000  yili  405,8  ming  gektarga  etdi.    Xalq  xo`jaligining  eng  asosiy  tarmog`i 

paxtachilikda  sifat  o`zgarishlari  qo`lga  kiritildi.  Natijada  yillik  paxta  etishtirishning  hajmi  1950 

yillarga  qaraganda  2,5  hissaga  ortdi.  Lekin  shunday  bo`lsa  ham  xalq  xo`jaligida  "Zaif    bo`g`inlar"  

mavjud. Qishloq xo`jalik mahsulotlarini etishtirish va davlatga sotishning miqdori pasaymoqda. Bu 

o`z  navbatida  qishloq    xo`jaligida  yangi  islohotlarni  chuqurlashtirish  yo`li  bilan  o`rin  olgan 

kamchiliklarini taqqoslab bozor iqtisodiyoti talabiga  muvofiq  ish yuritishni va ilg`or tajribalardan 

foydalana  turib  dehqonchilikning  samaradorligini  orttirishni  talab  etadi.  Bu,  birinchidan, aholining 

o`sib borayotgan qishloq xo`jalik mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini yaxshilasa, ikkinchi-dan, ishlab 

chiqarishning  samaradorligini  oshirishga  imkon  yaratadi.  Ko`rsatilgan  masalani  muvaffaqiyatli 

echish uchun ilmiy yangiliklar bilan ilg`or tajribalarini, bir-biri bilan bog`lab borish va uni amalda 

qo`llash zarur. 

Hozir  Qoraqalpog`iston    Respublikasi  504  km  dan  ortiq  temir  yo`l  liniyasiga,  3191  km  dan 

ortiq  asfal`tlangan  avtomobil  yo`llariga  ega.  Bu  yil  sayin  15,9  mln  tonna  har-xil  xalq  xo`jalik 

yuklarini tashishga, yuk aylanishining miqdorini esa 1,2 mlrd t/km ga ko`paytishga yo`l ochdi. Yil  

davomida    respublika  hududida  874,4  mln  yo`lovchilar  tashilmoqda,  shundan  308,9  mln  pas/km 

temir  yo`l  transportining,  508,2  mln  pas/km  avtomobil  transportining,    20,3  mln  pas/km  ichki 

energetika  transportining  ulushiga  to`g`ri  keladi.  Kelajakda  o`lkamizning  transportiqtisodiy 

aloqalarini  rivojlantirishga  katta    e`tibor  beriladi.  Nukus-Uchquduq-Buxoro  temir  yo`li 

foydalanishga  topshirildi.  Janubiy  Qizilqumning  cho`l  yaylov  fondini  va  tabiiy  resurslarini  xalq 

xo`jaligida o`zlashtirish maqsadida Nukus-Chimboy-Taxtako`pir-Qizilqum temir  yo`l qurilishining 

boshlanishi katta ahamiyatga ega. 

Keyingi  yillarda  noishlab  chiqarish  sohalarida  ham  miqdor    va  sifat  o`zgarishlari    yuz  

bermoqda.  Aholiga bilim berish va madaniy xizmat ko`rsatishning darajasi ham ortmoqda.  

Qoraqalpog`iston Respublikasi O`zbekistondagi er osti boyliklarining  turlari  va sifati bo`yicha 

katta  potentsialiga  ega  hududlar  qatoriga  kirsa  ham,  bugungi  kunda  er  osti  foydali  qazilma  

boyliklarining  100  dan  ortiq  konidan  faqat  beshtasi  xalq  xo`jaligida  foydalanadi.  Shu  bois  bu 

respublikaga keladigan yukning, ayniqsa qurilish  materiallari  hajmi  yildan-yilga ko`paysa, ayrim 

paytlarda transport chiqimlarining ustun bo`lishiga mos sanoatda  ishlab  chiqarilgan  mahsulotning  

bahosi    ortmoqda    va  ko`pgina  ishlab  chiqarish  ob`ektlarining  qurilishi  tugallanmasdan,  uning 

tugashi  uzayib  bormoqda. Natijada  xo`jalik  tarmoqlarining  o`sish  sur`ati sust, ayrim vaqtlarda 

O`zbekiston  bo`yicha    o`rtacha    ko`rsatkichdan    ham    pasaymoqda.  Lekin,  Qoraqalpog`iston 

O`zbekiston respublikasining sug`orishga  yaroqli erlarining 19,6%  ini, chorvachilik uchun yaroqli 

yaylov  fondining  47,2%  ini  va  umumiy  er  maydonning  37%  maydonini  egallashiga    qaramasdan, 

ishlab  chiqarish  bazalarning  «zaifliliga»  bog`liq  moddiy  ishlab  chiqarish  tarmoqlari  sekinlik  bilan 

rivojlanmoqda.  Natijada  Qoraqalpog`iston  yil  sayin  O`zbekistonda  etishtirilgan  yillik  sanoat 

mahsulotlarining faqat 1,7-2,0%, qishloq xo`jaligi  mahsulotlarining 2-2,5 % inigina etishtirmoqda. 


 

16 


Xulosa  shuki  kelajakda  Qoraqalpog`iston  Respublikasida  xalq  xo`jaligi  tarmoqlarining  rivojlanish  

dasturini    belgilash  va  2010-2015  yillarda  ishlab  chiqarishning  tarkibiy  tuzilishini  shakllantirishga 

alohida  e`tibor  berish  kerak.    Agar  hozirgi    davrda    sanoatning  asosiy    dasturi    qishloq  xo`jaligi 

mahsulotlarini  qayta  ishlash  bilan  cheklansa,  kelajakda  respublikaning  xalq  xo`jaligini  industrial 

dasturda rivojlantirish ko`zda tutilmoqda. 

2010-2015  va  undan  keyingi  yillar  ichida    Qoraqal-pog`istonning  xalq  xo`jaligi  sohalarini 

garmonik  shaklda  rivojlantirish  uchun  davlat  tomonidan  yirik  mablag`larning  ajratilish  hajmi  

orttiriladi.  Shu  bilan    bir    qatorda  ayrim  sanoat  tarmoqlarini,  ayniqsa  neft`-ximiya  va  rangli 

metallurgiya sanoati tarmoqlarini rivojlantirish uchun chet el  invistitsiyasi respublika iqtisodiyotiga 

jalb  etiladi.  Bu  sanoat,  qishloq  xo`jaligi,  transport  va  madaniyat  sohalarini  rivojlantirish  bo`yicha 

belgilangan rejalarni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. 

 

4-mavzu. QORAQALPOG`ISTON ReSPUBLIKASI SANOAT  MAJMUASINING  

RIVOJLANISh JARAYoNLARI VA OMILLARI 

Qoraqalpog`istonda 

sanoat 

majmuasining 

rivojlanishi 

va 

hududiy 

tarkibi. 

Qoraqalpog`iston  xalq  xo`jaligining  tarkibida  sanoat    majmuasi  ahamiyatli  o`rinni  egallaydi.  Bu 

tarmoq  umumiy  ishlab  chiqarish  yillik  mahsulotning  yarmidan  ko`prog`ini  berib,  respublika  xalq 

xo`jaligining rivojlanish istiqbollarini belgilashda etakchi rol` o`ynaydi. 

Keyingi  yillarda  respublikada  xalq  xo`jaligini  izma-iz  rejaga  muvofiq  rivojlantirish  natijasida 

og`ir  va  engil  sanoat  tarmoqlarining        rivojlanishi      bo`yicha      katta      yutuqlarni      qo`lga  kiritdi. 

1976-2000-yillarda  sanoat  tarkibini  takomillashtirish  yoki  aniqroq    aytganda    og`ir    sanoat  

tarmoqlarining rivojlanishiga alohida etibor berildi.  

 Keyingi yillar ichida  respublikada yuzlab sanoat korxonalari qurilib foydalanishga topshirildi. 

Shuningdek,  Taxiatosh  TESi, Nukus o`y kombinati, katta fanelli joy qurilish zavodlari, To`rtko`l, 

Xalqobod,  Ellikqal`a,  Shumanay  paxta    tozalash    zavodlari,  Nukus,  Xo`jayli,  Qo`ng`irot    sut-yog` 

zavodlari, Taxiatosh guruchni qayta tozalash kombinatlari va korxonalari shular  jumlasidandir.  

Og`ir sanoat tarmoqlarida xam mikdor va sifat uzgarishlari yuzaga keldi. 

Agar  1965  yillarda  Qoraqalpog`istonda  sanoat    tarmoqlari  bo`yicha  etishtirilgan  umumiy 

mahsulotlardan og`ir sanoat faqat 10% dan ortig`ini etishtirgan bo`lsa, 2000 yillarga kelib bu tarmoq  

bo`yicha    etishtirilgan    mahsulot  28%    ga  ko`tarildi.  Ko`rsatilgan  yillar  ichida  mashina  ishlab 

chiqarish va metall mahsulotlari qayta ishlab chiqaradigan tarmoqlarda umumiy mahsulotning hajmi 

3 marta ko`tarildi, qurilish materiallari sanoati esa 4,2 hissaga ortdi. 

Sanoat  majmuini    rivojlantirishga  kelajakda  katta  e`tibor  beriladi.  Buning  uchun  avval    elektr  

energetika    sanoati,  gaz    sanoati,  qurilish  materiallari  sanoati,  mashinasozlik  va  metallni  qayta 

ishlash sanoati tarmoqlarini tez  sur`atlar  bilan  rivojlantirish  talab etilmoqda. 

Qoraqalpog`istonda  sanoat  mahsulotlarini  etishtirishning  miqdori    keyingi    yillarda  deyarli 

ortdi. Masalan, 1950-2004 yillar ichida sanoat tarmoqlari bo`yicha umumiy  mahsulotning  miqdori  

13,4 hissa ortdi.  Shu  yillar  ichida gisht materiallari sanoatida mahsulot etishtirishning miqdori 2,3 

hissani  tashkil  etdi.  2004  yillarga  kelib  respublikaning  sanoat  tarmog`ida  2,8  mlrd  kvt  soat  elektr 

energiyasi,  29  ming  kub  temir    beton  konstruktsiyalari,34  ming  tonna  paxta  tolasi  va  boshkada 

sanoat maxsulotlari etishtirildi. 

O`tgan  yillar    ichida  respublikada  ko`p  sonli  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarila  boshlagan. 

Uzoq  yillar  davomida  shakllangan  sanoat  mahsulotlari  bilan  bir  qatorda  og`ir  sanoat  mahsulotlari 

ham etishtirila boshlandi. 65-yillardan boshlab respublikada elektroenergetika sanoati mahsulotlari, 

qurilish  materiallari,  ayniqsa  temir  beton  konstruktsiyalarini  etishtirish  yo`lga  qo`yildi.    Aholining  

kundalik  talabini qondirish maqsadida va  qishloq xo`jaligi mahsulotlaridan sanoatda foydalanishni 

takomillashtirish    bilan    bog`liq    holda    engil    va  oziq-ovqat  sanoati  tarmoqlarida  ham  mahsulot 

ishlab chiqarish rivojlanmoqda.   

Biroq, 1990 yillardan boshlab ayrim sohalar va korxonalar  orasida ishlab chiqarishga bog`liq 

uzilishga  uchrashi  va  sanoatning  ishlab  chiqarish  kuchlari  bilan  uning  xom  ashyo  resurslarining 

orasidagi  farq  tufayli  yillik  maxsulot  tayyorlashning  hajmi  qisqarmoqda.  Masalan;  paxta  tolasi 

ishlab  chiqarish,  1980  yil  bilan  taqqoslaganda  74,3  %  qisqarsa,  go`sht  mahsulotini  etishtirish  2,3 

xissaga kupaydi. 

1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling