Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida


Download 49.27 Kb.
Sana18.01.2022
Hajmi49.27 Kb.
#389525
Bog'liq
PQ-4776 03.07.2020
Значение слов, nazariy mexanika, Slayd, 2.06-Matematika-oqitish-metodikasi, 3-amaliy, 1-оралиқ назорат (1), 3-amaliy, 3-amaliy, Ecotourism, Ecotourism, Dastur, 1-Laboratoriya mashguloti, SF-BEGtest, SF-BEGtest, 2-laboratoriya ishi Sayimov To'lqin



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori


Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, yaylov va pichanzorlardan samarali foydalanish hisobiga aholining chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash darajasini yaxshilash hamda daromadini oshirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy qiymati 490 mlrd so‘mlik 236 ta chorvachilik sohasidagi loyihalar shakllantirilganligi, bugungi kunda 119,6 mlrd so‘mlik 94 ta loyihalar amalga oshirilganligi hamda Qo‘ng‘irot, Bo‘zatov, Mo‘ynoq va Taxtako‘pir tumanlarida 5,5 ming bosh qoramolga mo‘ljallangan oilaviy chorvachilik kooperatsiyalari tashkil qilish bo‘yicha ishlar boshlanganligi;

Nukus shahrida chorvachilik sohasidagi 20 ga yaqin yetakchi xorijiy kompaniya vakillari ishtirokida “Xalqaro agrosanoat yarmarkasi” o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4512-son qarorida belgilangan imtiyozlar (chorva mollarini sanoat usulida boqish uchun sug‘oriladigan yerlar hamda ularni haydab boqish uchun pichanzor va yaylovlar, chorvachilik komplekslari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, omuxta yem ishlab chiqarish maqsadida bino va inshootlar qurish uchun, qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer uchastkasi bo‘lmagan taqdirda, unumdorligi past sug‘oriladigan yer uchastkalarini tanlov va auksion o‘tkazmasdan, Komissiyaning tavsiyasiga asosan ajratish, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan bir vaqtning o‘zida kompensatsiya bilan birgalikda kafillik ham berish) Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlariga tatbiq etiladi.

3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilikni jadal rivojlantirish bo‘yicha komissiya tavsiyasiga asosan chorvachilik uchun ajratilgan yerlardan samarali va maqsadli foydalanilishi bo‘yicha shaxsan javobgar hisoblanadi.

4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kompensatsiya va kafilligidan foydalangan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi chorvachilik sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga, ularning kredit bo‘yicha qarzdorligi to‘liq qoplanmaguncha, istisno tariqasida, jamg‘armaning kafilligidan foydalanishga ruxsat beriladi.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 3-iyul,

PQ-4776-son



 

Download 49.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling