Qoraqalpoq davlat universiteti o’zbek tili filologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi Toshboyeva Mahliyo Mavzu: Hunarmandchilik qo’shiqlari


Download 1.16 Mb.
Sana24.11.2019
Hajmi1.16 Mb.

Qoraqalpoq davlat universiteti o’zbek tili filologiyasi fakulteti 1-kurs talabasi Toshboyeva Mahliyo

Mavzu: Hunarmandchilik qo’shiqlari

  • Qo’shiq haqida ma’lumot.
  • Hunarmandchilik qo’shiqlari va ularning turlari.
  • Dehqonchilik bilan bog’liq qo’shiqlar.
  • Chorvachilik bilan bog’liq qo’shiqlar.
  • O’zbek xalq qo’shiqlarining tarbiyaviy ahamiyati
  • Qo'shiq san'atning insoniyat tomonidan eng oldin o'ylab topilgan turi deb taxmin qilinadi. Rivoyat qiladilarki, yer yuzidagi birinchi qo'shiq Hobil otli o'g'li o'lganda, Odamato tomonidan aytilgan marsiya bo'lgan ekan. Negaki, odamzod tug'iliboq alla eshitadi, o'lganda yig'i bilan kuzatiladi. Shu sababli ham qo'shiq xalq og'zaki ijodining eng qadimgi va keng tarqalgan janrlaridan biri sanaladi. Xalqning iste'dodli vakillari juda uzoq asrlar oldin ham o'zlarining nozik va murakkab tuyg'ularini, qora so'zga sig'maydigan kechinmalarini qo'shiqqa aylantirganlar. O'zbeklar g'oyat ko'p miqdordagi xalq qo'shiqlariga ega millatdir. Xalq qo'shiqlarini yaratish texnik taraqqiyot cho'qqiga ko'tarilgan bugungi kunda ham davom etayotganligi diqqatga molikdir. O'zbek xalq qo'shiqlari ko'pqirrali va sertarmoqdir. Jumladan, xalqimiz tomonidan mehnat, marosim, mavsum, lirik yo'nalishlarda minglab qo'shiqlar yaratilgan. Mehnat qo'shiqlarining o'zi chor-vachilik, dehqonchilik, ovchilik, kosibchilik singari yana bir qator turlarga bo'linib ketadi.
  • O’rta Osiyoning qadimgi aholisining qo’shiq va lirik she'rlaridan ayrim namunalar turli xil yozma manbalar va ilmiy asarlar orqali bizgacha yetib kelgan. Turkiy qabila va xalqlarning eng qadimgi og’zaki adabiyot yodgorliklarini o’rganishda, ayniqsa, "Devonu lug’otit turk"dagi adabiy materiallar katta ahamiyatga ega. "Devonu lug’otit turk" XI asrning buyuk tilshunos olimi Mahmud Qoshg’aro’yning lingvistik asari bo’lib, muallif turkiy so’zlarning lug’aviy ma'nosini o’zohlash uchun xalq og’zaki ijodi materiallaridan foydalangan.
  • Qo’shiq va lirik she'rlar
  • “Devonu lug’otit turk”da qo’shiqlar muhim ahamiyatga ega bo’lib, asosiy o’rinni egallaydi.
  • "Devon" da turkiy xalqlarning turmush manzaralari bilan bog’liq bo’lgan she’riy parchalar katta o’rin tutadi. Ularda xalqning urf-odati, yashash tarzi, mashg’uloti, ishonch-e’tiqodlarining ifodasi ochiq ko’rinadi. "Devon" da ko’plab lirik qo’shiqlar ham mavjud. Ularda insonning qalb kechinmalari, nozik his-tuyqulari ifodasi, tabiat va ona-yurt manzalari tasviri yetakchilik qiladi. Lirik qo’shiqlarning bir qismi bevosita kishilarni qurshagan olam haqida. Lirik qo’shiqlarning bir qismi ishq-muhabbat mavzusidadir. Ularda yorning go’zalligi, latofati madh etiladi. Lirik qo’shiqlarda tasvir nihoyatda jonli va ta'sirchan ifoda etilgan.

"Devonu lug’otit turk" dagi mehnat qo’shiqlari aks ettiradigan mavzular

  • ovchilik, chorvachilik, bog’dorchilik va dehqonchilik hayoti.
  • mehnat jarayoni, ibtidoiy jamoa an'analari, qabila a'zolarining birgalikdagi mehnati.
  • "Avesto"ning asosiy qismlari 3, 4, 5 misralik xalq qo’shiqlari yo’lida bitilgan.
  • Ular quyidagilardan iborat:
  • Hotlar yoki Gotlar:ibodat paytida ijro etiladigan matnlar.
  • 72 bobdan iborat bo’lgan bu qismning asosini ibodat
  • Paytida ijro etiladigan qo’shiqlar tashkil qiladi. Kitobning 17
  • bobi Zardusht madhiyalari, payg’ambarlarning
  • Tangri bilan muloqoti bayonidan iborat.
  • Yashtlar: mazdoparastlarning Yazdonni
  • madh tavsif etadigan, maxsus oxanglar
  • asosida ijro etiladigan qo’shiqlari.
  • Yetti Tangri va farishtalar haqidagi
  • madhiyalar 52 bobdan iborat.
  • Visparad: 24 bobdan iborat bo’lgan
  • bu kitobda ibodat matnlari, yo’l-yo’riqlari
  • bayon etilgan.
  • Vendidod: devlar, zulmat kuchlariga qarshi qonunlar
  • majmuasi. Turli mavzudagi parchalar, ilmiy, tarixiy,
  • falsafiy, tibbiy tafsilotlar majmui. 20 bobli bu kitobda
  • zardushtiylarning diniy va dunyoviy aqidalari
  • xiyla mukammal bayon etilgan.
  • "Xorda Avesto": bu "Avesto"dan olingan saylanma. Ammo unda mustaqil fargard - bo’limlar ham mavjud.
  • U 21 bobdan tashkil topgan. Ma'lumki, "Avesto"dagi so’z, ibora va
  • tushunchalar botiniy hamda zohiriy ma'nolarga ega bo’lib, oddiy ibodatchi uchun tushunarsiz bo’lgan.
  • Shu sababli musiqa jo’rligida ijro va qiroat oldidan madhiya va matnlarni maxsus ulamolar izohlab, tushuntirib
  • borishgan.
  • Hozirgi kunda o’zbek xalq qo’shiqlari quyidagicha tasnif qilinmoqda:
  • Lirik qo’shiqlar
  • Marosim qo’shiqlari
  • Mavsum qo’shiqlari
  • Mehnat qo’shiqlari
  • Tarixiy qo’shiqlar

Hozirgi kunda ham xalq qo’shiqlari kuylanib kelinmoqda

  • Mehnat qo’shiqlari quyidagi turlarga bo’linadi:
  • Dehqonchilik bilan bog’liq qo’shiqlar
  • Hunarmandchilik bilan bog’liq qo’shiqlar
  • Chorvahilik bilan bog’liq qo’shiqlar
  • Mehnat qo’shiqlari
  • Dehqonchilik bilan bog’liq qo’shiqlar: qo’sh qo’shiqlari, o’rim qo’shiqlari, yanchiq qo’shiqlari, yorg’ichoq qo’shiqlari
  • Chorvachilik bilan bog’liq qo’shiqlar: sog’im qo’shiqlari: xosh-xosh, turay-turay, churiyalar
  • Hunarmandchilik bilan bog’liq qo’shiqlar: charq qo’shiqlari, bo’zchi qo’shiqlar, o’rmak qo’shiqlar, kashta qo’shiqlar

Lirik qo'shiqlar

  • Lirik qo'shiqlar xalq qo'shiqlari orasida juda qadimiyligi, sonining ko'pligi va badiiy saviyasining yuksakligi bilan ajralib turadi. Bu xil qo'shiqlar 1072—1074- yillarda yaratilgan „Devonu lug'otit turk" asarida ham ko'plab uchraydi. Bobo tilimizdagi so'zlarni izohlagan buyuk olim Mahmud Koshg'ariy biror so'zning qanday ma'noda qo'llanilganligini ko'rsatish uchun xalq qo'shiqlaridan unumli foydalangan. Kitobda ovchilik, chorvachilik mavzularidagi qo'shiqlar bilan birga ishq-muhabbat haqida bitil-ganlari ham uchraydi. Chunonchi:
  • Uzik meni qumitti,
  • Saqinch manga yumitti,
  • Ko'nglum angar emitti,
  • Yuzum maning sarg'arur.
  • (Suygulim meni hayajonga soldi,
  • Sog'inch meni qiynadi.
  • Ko'nglim u tomon ketdi,
  • Yuzim mening sarg'ayur.)
  • Bu qo'shiqda ifodalangan fikrlarni u qadar sodda deb bo'lmaydi. Oshiq yigit „uzik", ya'ni suluv qiz uning aqlini o'g'irlagani, sog'inch azob berayotgani, yuragi o'z ixtiyoridan tashqari qiz tomon enib borayotgani haqida iztirob bilan kuylaydi. U shun-chaki xabar bermaydi, balki ko'nglidan kechgan murakkab tuyg'ularni ramziy ifoda etadi.
  • Ikladi maning azaq,
  • Ko'rmazib o'g'ri tuzaq.
  • Igladim andin uzaq,
  • Emlagil emdi tuzaq.
  • (Hindi mening oyog'im,
  • Yashirin ekan tuzoq.
  • Bo’ldi azobi uzoq,
  • Endi o'zing em qilgin.)
  • Qo'shiqning lirik qahramoni „sevib qoldim" degan jo'n ifoda o'rniga „oyog'im tuzoqqa ilindi" degan tashbeh ishlatadi. Bu hol-ning to'satdan, kutilmaganda, bir ko'rishdan bo’lganligini esa, „Ko'rmazib o'g'ri tuzaq" tarzida ifodalaydi. Oshiq „oyog'i" emas, aslida, qalbi „tuzoq"dan, ya'ni muhabbatdan azoblangani, yara-dor bo'lganini va bunga faqat ma'shuqaning o'zigina em - davo qilishi mumkinligi juda ham ta'sirchan va go'zal yo'sinda ifodalanadi. Boshqacha aytganda, qo'shiqda she'riy timsollar bilan ish ko'riladi. Bu, albatta, „Devonu lug'otit turk" kitobidagi qo'shiq-larning badiiyati yuksakligini ko'rsatadi. Ayni shu hol bu qo'shiqlarning o'rgamchik emasligi, aksincha, katta estetik tajriba sama-rasi ekanligidan dalolatdir.
  • O'zbeklar orasida juda keng yoyilgan, hozirga qadar ham turli shakllarga solib kuylanayotgan xalq qo'shiqlaridan biri „Qarg’alar uchsa qaraylik" satri bilan boshlanadigan qo'shiqdir. Unda suyganiga intilib, yetolmagan oshiq holati g'oyat dardchil tasvir etilgan. Qarg'a - qish elchisi. Turkiy xalqlar uchun qish ko'ngilsizlikni bildiradi. U ayriliq, xazon, yo'qotish singari ezgin tushunchalar-ni ifodalaydi. Shu bois oshiq yigit qarg'aning uchishini ko'riboq, Marg'ilon yo'llarini eslaydi. Ayni vaqtda, Marg'ilon unga „handalak bo'yli" yorini yodga tushiradi. Visoliga erishmoq mushkul bo'lgan yor shu qadar yoqimliki, undan handalakdan keladigan mast qilguvchi shirin bo'y taraladi. Ma'shuqa yodga tushishi bilan oshiq o'zining onasidan ajralgan to'tiqush singari ayanch ahvoli-ni qayta tuyadi: „handalak bo'ylikkinam, Siz unda zor, biz bunda zor. Ikkalamiz to'tiqushning Bolasiday intizor". Lirik qahramon suyuklisi bilan o'zining holatini o'ylagani sari qo'shiqda ezgin ru-hiy holat ifodasi kuchayib boraveradi:

Intizorlik torta-torta Tanda toqat qolmadi. Yo’lchivindek sarg'ayib Ucharga holat qolmadi.

  • Qarg'aning ucha boshlashi tabiat uchun qishdan darak bo'lganidek, uning paydo bo'lishi oshiq uchun visol bog'lariga qirov qo'nganidan, ishonch yaproqlarini sovuq urganidan dalolat bo'ladi. Qish kirib kelgach, yo'lchivinlar sarg'ayib, halokatga mahkum bo'lganlari singari vasldan umidini uzgan oshiqning ham hayotdan ilinji qolmagan. G'arib va chorasiz oshiq ma'shuqasi yo'lida shu qadar ko'p ko'z yosh to'kadiki, ulardan baliqlar suzib yurishi mumkin bo'lgan daryo hosil bo'ladi. Oshiq yigitholini ana shu baliqlardan so'rash mumkin. Ma'lumki, baliqlar ovoz chiqarmaydi, gapirmaydi. Demak, sevgan yigitning ruhiy holati g'oyat ezgin va nochor.

Mehnat qo’shiqlari har yilgi umumxalq bayramlarida aytiladi

Xulosa

  • O’zbek xalq qo’shiqlari juda katta tarbiyaviy va juda muhim tarixiy hamda adabiy ahamiyatga ega. Avvalo, xalq qo’shiqlari xalqimizning uzoq davrli tarixining bir qismi sifatida yashab kelayotganini ta’kidlash joiz.

I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Sharq nashriyot-matbaa konserni bosh tahririyati, Toshkent - 1998.

      • I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Sharq nashriyot-matbaa konserni bosh tahririyati, Toshkent - 1998.
      • Mallaev N. O’zbek adabiyoti tarixi. T., 1976 y
      • Vohidov R., Eshonqulov. O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi.-Toshkent, 2006.
      • Sulaymonov M. O’zbek xalq og’zaki ijodi. Namangan, 2008.
  • Foydalanilgan adabiyotlar:

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling