Qoraqolpoq Davlat Universiteti Iqtisodiyot kafedrasi Iqtisodiyot fakulteti talabalari Davletbayev Javohir Alimboev Jahongir Ollanberganov Otajonlarning Marketing fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 0.76 Mb.
Sana25.04.2022
Hajmi0.76 Mb.
#652764
Bog'liq
Qoraqolpoq Davlat Universiteti Marketing
ch02 we2, Презентация (4), Презентация (1), Презентация (1), 1A-Metrologiya, Araliq qadag\'alawlar, Qoraqolpoq Davlat Universiteti Marketing, 7 мавзу маркетинг, glossariy 1, 1-мавзу глоссарий, Module 2a (1), glossary, 1-мавзу топшириқлар (1), 1-мавзу маъруза

Qoraqolpoq Davlat Universiteti Iqtisodiyot kafedrasi Iqtisodiyot fakulteti talabalari Davletbayev Javohir Alimboev Jahongir Ollanberganov Otajonlarning Marketing fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

  • MARKYeTING FAOLIYaTINI AXBOROT BILAN TA’MINLASh 3.1. Axborot- marketingni poydevoridir. 3.2. Axborot tizimi. 3.3. Axborot turlari va ularni turkumlash. 3.4. Axborotlarni to’plash uslublari. 3.5. To’plangan axborotlarni tahlil qilish. 3.6. Axborotlarni qayta ishlash.
  • Zamonaviy tadbirkorlik davri o’zining bir qancha xususiyatlariga ko’ra dastlabki davrlardan ajralib turadi. Bu birinchi navbatda marketing faoliyatining nazariy va amaliy jihatdan asosiy ko’rash vositasi, rivojlanish uslubi va dasturi sifatida tobora namoyon bo’layotganligidan ko’rinmoqda.
  • Marketing faoliyatiga xos bo’lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bo’ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo’ladi va rivojlanib boradi.
  • Har qanday boshqaruv qarorlari (shu jumladan marketing) uchta asosiy jihatlarga (dolzarb, ha
  • qqoniy va to’liq) ega bo’lgan, axborotlarga asoslangan bo’lishi kerak.
  • Marketingni axborot manbalari quyidagilardan iborat: yillik statistik ma’lumotlar; korxona (firma) hisobotlari; tadbirkorlar uyushmasi axborotlari; tarmoqlar axborotlari; birja axborotlari; bank axborotlari; ma’lumotlar to’plamlari; sud qarorlari; korxonangizning ish korrespondentsiyalari; partiyalar tashviqotlari; ye’lonlar, prospektlar, kataloglar; tanlov natijalari; aktsiya kurslari jadvallari; korxona rahbariyati majlislari bayonnomalari; axborotanalitik byulletenlari; radio hamda televidenie yangiliklari; voqealar sharhlari; iqtisodiyot yangiliklari; maxsus kitob va jurnallar; lug’atlar, yentsiklopediyalar; kundalik gazetalar va hokazolar.
  • Marketing borasida qaror qabul qilishni quvvatlovchi quyi tizimga bo’lgan zaruratning kelgusida ham ortib borishi tabiiydir. Chunki, axborot ko’lami va miqdorning nihoyat ko’pligi va uni boshqarishga sarflanadigan vaqtni tejash muhim ahamiyatga ega. Modellar banki vositasida esa axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilishda nisbatan kam xatoga yo’l qo’yiladi.
  • AXBOROT (ingl. news) — taqdim etilishi shaklidan qat’iy nazar shaxs ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega bo‘lgan voqea, hodisa, jarayonlar, dalil, bilim, tushunchalar va taqdimot kabi obyektlar haqidagi ma’lumotlardir. Shunday ekan, axborotdan foydalanish ko‘lamlari jamiyat rivojlanishi darajasini belgilaydi. Marketing faoliyatiga xos bo‘lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bo‘ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo‘ladi va rivojlanib boradi.Marketingni boshqarish bozorni barcha tashkil etuvchilarni (qismlarini) (xaridorlar, ularning talabi, tovarlar, narxlar, raqobatchilar) tahlil qilishdan va baholashdan boshlanadi. Maqsad – olingan axborot asosida firmaning bozorda o‘zini qanday tutishi kerakligini ishlab chiqish. Axborotning bozordan ishlab chiqaruvchilar tomon harakatlanishi marketing tadqiqotlari jarayonining mazmunini tashkil qiladi. Keyinchalik ishlab chiqaruvchilar va bozorlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi marketing kommunikatsiyalarining turlicha – reklama, shaxsiy sotuv, «Public Relationss» kabi shakllarida davom etadi.
  • Tijorat dunyosi – murakkab hodisa. Tadbirkor qanchalik boy tajribaga qanchalik beqiyos intuitsiyaga ega bo‘lmasin har qanday holatda ham unga dinamik tarzda rivojlanib borayotgan tovar va xizmatlar bozori to‘g‘risida to‘liq va obyektiv axborot zarur bo‘ladi. Kim marketing axborotiga egalik qilsa, o‘sha bozorda muvaffaqiyatga erishadi.
  • Uzoq vaqt va katta mablag‘ talab qiladigan menejerlar tomonidan yangi tovar ishlab chiqarish, uni bozorga olib chiqish, raqobatbardoshligini kuzatish va nihoyat, ishlab chiqarishni to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish jarayoni odatda, ishonchli va o‘z vaqtida taqdim etilgan marketing axborotiga asoslanadi. Zamonaviy marketing axborotga tayanadi.
  • Marketing faoliyati ikki oqim bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, birinchi oqim-firma faoliyati natijalari to‘g‘risida axborot, ikkinchisi bozor va atrof-muhit to‘g‘risidagi axborot oqimidir. Marketing faoliyati ana shu ikki oqimga ta’sir ko‘rsatib, iste’molchilar talabini maksimal darajada qondirish va firmalar foydasini ta’minlashga qaratilgan.
  • Ma’lumotlarni yig‘ish odatda, o‘qitilgan, o‘rgatilgan dala tadqiqotlarini o‘tkazuvchi intervyuchilar tomonidan amalga oshiriladi. 1910– yildan boshlab eng oddiy marketing axborot yig‘ish usullari qo‘llanilgan. Iste’molchilarni do‘konlarda, kassalar oldida so‘roqqa tutib tovar, uning narxi, sifati haqidagi oddiy savollar bilan ularning fikri aniqlanar edi. Hozirda savolnomalar juda keng miqyosdagi savollarni o‘z ichiga olib, ular natijalari kompyuter dasturlari yordamida ishlanib qisqa vaqt ichida xulosalar chiqarishga imkon yaratadi. So‘rovnomalar o‘tkazishda so‘rovga tutishning taktikasiga alohida e’tibor qaratiladi. So‘rovga tutiladigan xaridor yoki iste’molchilarni segmentlarga bo‘lib, ya’ni faoliyat turiga qarab guruhlarga bo‘lish, millatiga, jinsi, yoshi va boshqa ko‘rsatkichlariga qarab savollarni va anketa so‘rov jarayonini o‘tkazish yaxshi samara beradi. So‘rovnomalarni tarqatish va natijalarni yig‘ishda quyidagilarga rioya qilinsa yaxshi natija beradi:
  • Tadbirni tayyorlash (axborot hajmini aniqlash, oldindan tadqiq qilish, so‘roq rejasini tuzish). So‘roq anketasini tayyorlash (test savollarni tuzish, testlarni tarqatib, kuzatuv o‘tkazish). So‘rovnoma o‘tkazish usulini tanlash (ommaviy yoki tanlanma guruhlar ichida so‘rovnoma o‘tkazish, qaysi iste’molchilar guruhida so‘rovnomani o‘tkazish). Kuzatuv va tekshiruv usullarini amalga oshirishning asosiy vositasi bo‘lib anketa (savolnoma) o‘tkazish va mexanik qurilmalar, masalan, odamlar sonini hisoblagichlar, kino, videokameralar hisoblanadi.
  • Benchmarking – marketing tadqiqoti funksiyasi sifatida. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘pgina firmalarning raqobat afzalligi ko‘plab tashqi va ichki omillarga bog‘liq bo‘lib, tadbirkorlikning turli subyektlari bilan samarali hamkorlik va muloqot o‘rnatish juda muhim hisoblanadi. Raqobat kurashida kutilmagan holatlarga duch kelish, marketing tashqi muhiti, ya’ni makro muhiti omillari ta’siriga duch kelish hollarida yengilmaslik uchun marketing tizimining subyektlari bilan hamkorlikni kuchaytirish zarur.
  • Benchmarking – ingliztilida standart, mo‘ljal ma’nosini anglatadi. Firma o‘z faoliyatida qaysi mo‘ljalga, raqobatchining qaysi kuchli tomoniga asoslanib o‘zini rivojlantirishi, kuchli tomonlarini ko‘paytirishi, qanday yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali o‘z afzalligini kuchaytirishi mumkin, degan savollarga amaliy javob topib, keyingi xatti-harakatini rejalashtirishi kerak.
  • Ko‘rinib turibdiki, “bozorni o‘rganish” tushunchasi umuman marketing faoliyatining asosiy jabhalarini aniqlab bersa ham “marketing tadqiqotlari” tushunchasi “bozorni o‘rganish” tushunchasidan ancha kengroq. Ko‘pchilik yirik chet el firmalari (80 foiz atrofida) o‘z xususiy marketing tadqiqoti bo‘limlariga ega. Bunday bo‘limlar tarkibida sotsiologlar, psixologlar, statistiklar, dasturchilar va boshqa shu kabi xodimlar xizmat qiladilar.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling