Qo‘shma gap Davron Akbar "Renessans" o’quv markazi +998971496929


Download 187.92 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.06.2022
Hajmi187.92 Kb.
#777960
Bog'liq
Qo\'shma gaplardan 2 qism
10-mavzu Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqiroz sifatida (1), ПҚ-2601-сон 19.09.2016 й, 2-variant kalitlar used, Vved v yazykoznanie 1 k, 16-mavzu, Документ Microsoft Word (6), 12345, Т а р ж и м а и ҳ о л. янгиси lotin, ТАРЖИМАИ ХОЛ, statistika


Qo‘shma gap Davron Akbar 
“Renessans” o’quv markazi +998971496929
1. Qaysi javobda nisbiy so‘z(lar) yordamida bog‘langan 
qo‘shma gap berilgan? 
A) Kimning ko‗ngli to‗g‗ri bo‗lsa, uning o‗zi ham to‗g‗ri 
bo‗ladi. 
B) Ko‗chalarda odam siyrak, shuning uchun ular
otlarini yo‗rttirib borardilar. 
C) Sizlar ketdingizlar-u, men bechora yetim boladek
mung‗ayib qolaverdim. 
D) Sizning qistovingiz bilan ko‗nishga ko‗ndim-u, lekin
o‗sha kundan beri o‗zimga kelolmayman. 
2. Quyidagi chizmaga mos keluvchi gap qaysi javobda 
noto‘g‘ri berilgan? 
A) Topgan obro‘ni yo‘qotmaslik kerak, chunki obro‘ 
ko‘ylak emaski, yangisini bozordan olsang.
B) Agar arqondan qo‘llari chiqib ketsa, to tuman 
tarqalguncha yo‘l topolmay yuraveradilar.
C) Inson qanchalik kamtar bo‘lsa. U shunchalik 
maqtovga loyiq bo‘ladi.
D) Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo‘lingga. 
3. Tarkibida uyushgan egalar qatnashgan bog‘lovchisiz 
qo‘shma gap qaysi gapda qatnashgan? 
A) Fuzuliy, Bedil va Mashrab devonini yostiqlari ostiga
qo‗yib uxlaydilar.
B) Piyolalar gardiga, belbog‗lar, dastro‗mollar
hoshiyalariga mehr-muhabbat, saodat baytlarini
yozganlar, kashta qilib tikkanlar.
C) Xalqaro savdo yo‗li – Buyuk ipak yo‗li Temur va
Temuriylar davrida juda serqatnov bo‗lgan. 
D) Har bir odamning do‗stlari oldida burch va
mas‘uliyatlari bor, ularni ado etgandan so‘ng do‗stlari
uning do‗stligini e‘tirof etadilar. 
4. Qaysi qo‗shma gapni tashkil etgan har bir sodda gap 
tarkibida qo‗shimcha qo‗shilishi ta‘sirida tovush 
o‗zgarishi bilan yozilgan so‗z qatnashgan? 
A) Uning quvnoq ko'zlarida sevinch aks etgan edi,
yuragi yoqimli hislarga to‗la edi. 
B) Dalalarga allaqachon oqshom cho‗kkan, osmonda 
yulduzlar miltillaydi. 
C) Qizcha biror so‗z demadi, lekin uning hamisha 
chaqnoq ko‗zlari allaqanday ma‘yuslandi. 
D) Sadaning tagida hech kim yo‗q, qizil choynak bilan 
to‗ntarib qo‗yilgan piyola raisning uzoqqa ketmaganini
ko‗rsatardi. 
5. Qo‘shma gap qismlari teng bog‘lovchilar yordamida 
bog‘langan qo‘shma gap qaysi javobda berilgan? 
A) Uning bunday odati yo‗q edi, shuning uchun yigit
hayron bo‗lib, biroz qarab turibdi. 
B) To‗g‗ri so‗z har narsadan yaxshi, biroq yolg‗onchi va
chaqimchidan eshitilgan to‗g‗ri so‗z ham yoqimsizdir. 
C) Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir, shuning uchun
mevasiz daraxtdan ortiq naf kutma. 
D) Ahmadjon faqat shuni biladiki, dushman bu
tepalikni haddan tashqari qattiq o‗qqa tutdi. 
6. Quyidagi chizmaga mos keluvchi gap qaysi javobda 
to‘g‘ri berilgan? 
zidlash 
A) Ish vaqtida ayyor, osh vaqtida tayyor bo‗lib, sirting
yaltirab, iching qaltirab turib, tirikman degandan ko‗ra 
o‗lim afzal. 
B) Amir Temur o‗g‗lining qilich tutgan qo‗li baquvvat
bo‗lsin deb, kecha-kunduz mashq qildirdi. 
C) Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib, jala
quyadi.
D) Kishini tabiat vujudga keltiradi, ammo uni jamiyat
kamol toptiradi. 
7. Tarkibida fe‘lning vazifa shakllaridan faqat sof fe‘llar 
qatnashgan bog‗lovchisiz qo‗shma gapni aniqlang. 
A) Kun botgan, lekin hali qorong‗i tushmagan. 
B) Avaz arang tong ottirdi, saharlab Eshjonni yetaklab 
yo‗lga tushdi. 
C) Istaymanki, shoirning orzulari, umidlari haqiqatga 
aylansin. 
D) Ruboiyni ichida o‗qidi, yuzini tabassum qopladi. 
8. Qaysi javobda ko‘makchili qurilma yordamida 
bog‘langan qo‘shma gap berilgan? 
A) Ukalarim bezovta bo‗lmasin deb, To‗ng‗ich botir
to‗qayning bir chekkasiga qochdi. 
B) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi,
seni to‗ydiradi.
C) Shuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni
yaxshi ko‗ramiz. 
D) Ko‗chalarda odam siyrak, shuning uchun ular
otlarini yo‗rttirib borardilar. 
9. Quyidagi chizmaga mos keluvchi gap qaysi javobda 
to‘g‘ri berilgan? 
A) Kamtar bo‗l, chunki kamtarlik insonni kamolotga 
boshlaydi. 
B) Men bilgan yovuz kishilar u yerda bor, shuning
uchun men bormayman.
C) Olloyorning eng zo‗r sifati shuki, uning qo‗lida
yig‗layotgan chaqaloqlar birdan yupanadi-qoladi. 
D) Sizning qistovingiz bilan ko‗nishga ko‗ndim-u, lekin
o‗sha kundan beri o‗zimga kelolmayman. 
10. Qaysi javobda qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchisi 
yordamida bog‘langan qo‘shma gap berilgan? 
A) Tabiat kimga aql-idrok, bilim bersa, u ezgu ishlar
qilishga qo‗l uradi. 
B) Bugun siz bilan bu masalani atroflicha gaplashamiz,
toki bunday noxush vaziyat hech qachon qaytarilmasin. 
C) So‗zdan qudratliroq narsa yo‗q, o‗tkir dalil va yuksak 
fikrlar safini yorib o‗tish mumkin emas. 
D) Ortiqcha g‗urur obro‗yingni yo‗q qilur, shuning
uchun o‗zingni boshqalardan baland tutma. 


Qo‘shma gap Davron Akbar 
“Renessans” o’quv markazi +998971496929
11. Qaysi javobda ko‗rsatish olmoshili ergashgan
qo‗shma gap berilgan? 
A) Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko‗rsang,
Tangri ham seni shunchalik yaxshi ko‗radi. 
B) Ko‗chalarda odam siyrak, shuning uchun ular
otlarini yo‗rttirib borardilar. 
C) Mana, shohona bo‗lmasa-da, boshpana kulbamiz
bor, tanishib olamiz, gurunglashib chiqamiz. 
D) Shunisi quvonarliki, sinfdagi o‗quvchilarning
hammasi bir-biri bilan juda ahil. 
12. Qo‘shma gap qismlari teng bog‘lovchilar yordamida 
bog‘langan qo‘shma gap qaysi javobda berilgan? 
A) Said G‗afforbek bunday murojaatni kutmagan edi
shu bois javobga shoshilib qoldi. 
B) Har kim xato qilishi mumkin, faqat nodongina o‗z
xatosini tan olmaydi. 
C) Yaxshilik yomonliksiz ham mavjud bo‗lishi mumkin,
lekin yomonlik yaxshiliksiz mavjud bo‗la olmaydi. 
D) Amir Temur bobomizning shunday hikmatli so‗zlari
bor: «Eng baland minoralar ham birinchi g‗ishtdan
boshlanadi». 
13. Quyidagi chizmaga mos keluvchi gap qaysi javobda 
noto‘g‘ri berilgan? 
A) Nega endi natijaga baho berishadi-yu, sababini 
tekshirib ko‗rishmaydi? 
B) Bu qizcha shu topda undan jon so‗rasa, balki,
ayamasdi. 
C) Yo bir maslahatni aytib bo‗ladi, yo ro‗zg‗or ishini. 
D) Bo‗rondan so‗ng Olimjon brigadasidagi ishlar 
ozaymadi, balki yana ko‗paydi. 
14. Tarkibida tovush tushishi bilan bog‘liq fonetik 
hodisa yuz bergan bog‘lovchisiz qo‘shma gap qaysi 
javobda berilgan? 
A) Har mevaning po‗chog‗i bor, Har so‗zning o‗lchovi bor. 
B) Dasturxon ustida dam o‗zbek kuylari yangrardi, dam
hind qo‗shiqlari ijro qilinardi.
C) Hayotimda kim uchundir foydali inson bo‗lsam, bu 
mening eng katta yutug‗imdir. 
D) Qiz uniushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi: 
qo‗llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari tirmalandi. 
15. Bulbul gulzorni izlaydi, boyo‗g‗li esa doim xarobani 
ko‗zlaydi. 
Ushbu gap qo‘shma gapning qaysi turi hisoblanadi? 
A) Ergashgan qo‘shma gap 
B) Bog‘langan qo‘shma gap 
C) Bog‘lovchisiz qo‘shma gap 
D) Ko‘chirma gapli qo‘shma gap 
16. Piyolalar gardiga, belbog‗lar, dastro‗mollar
hoshiyalariga mehr-muhabbat, saodat baytlarini 
yozganlar, kashta qilib tikkanlar.
Ushbu gapda qaysi gap bo‘lakklari uyushgan? 
A) to‘ldiruvchi, aniqlovchi 
B) aniqlovchi, kesim. 
C) ega, to‘ldiruvchi. 
D) to‘ldiruvchi, kesim. 
17. Tarkibida fe‘lning vazifa shakllaridan faqat
harakat nomi qatnashgan sodda gapni aniqlang. 
A) Shunisi aniqki, yolg‗on gapirish - yomon odat. 
B) Rejadagi zarur ishlarni amalga oshirishga vaqt 
yetkaza olmayapman. 
C) Bu suratlarga qarash kishiga zavq berar edi. 
D) Har qaysi millatning o‗ziga xos ma‘naviyatini 
shakllantirishda oilaning o‗rni va ta‘siri beqiyosdir. 
18. Qaysi javobda shart mayli vositasida bog‘langan 
qo‘shma gap berilgan? 
A) O‗sha kuni Rustam maktabdan chiqdi-yu, to‗g‗ri
gulzorga o‗tdi. 
B) Siz Hindistonda neniki ko‗rgan bo‗lsangiz, shularning 
hammasini jam etib, bir kitob yozmog‗ingiz darkor. 
C) Bu kitob bilan u faqat mamlakatnigina emas, balki 
butun jahonning e‘tirofiga sazovor bo‗ldi. 
D) Shuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz seni
yaxshi ko‗ramiz. 
19. Quyidagi chizmaga mos keluvchi gap qaysi javobda 
to‘g‘ri berilgan? 
A) Agar arqondan qo‗llari chiqib ketsa, to tuman
tarqalguncha yo‗l topolmay sarson bo‗lib yuraveradilar. 
B) Topgan obro‗ni yo‗qotmaslik shart, chunki obro‗
ko‗ylak emaski, yangisini bozordan olsang. 
C) Shuni bilingki, bitta so‗zning tig‗i yuzta shamshirdan 
inson qanchalik kamtar bo‗lsa, u shunchalik o‘tkirroqdir. 
D) Oyim gapiryapti-yu, mening ko‗zlarim Kimsan
akamda. 
20. Yoyiq undalma qatnashgan sodda gapni aniqlang. 
A) Endi, bo‗tam, gapimning buyog‗iga ham
diqqat bilan quloq sol. 
B) Buning iloji yo‗q, jon uka, kun botmasda tezroq 
shaharga yetib olishimiz kerak. 
C) Kecha pishirgan oshimni maqtab-maqtab yeding-ku,
injiq ukajonim! 
D) Yaqin yillarda bu tevarak-atrofda o‗zlashtirilmagan 
yer qolmaydi, Muhtaramxon! 
21. Ahmoqning yuragi og‗zida, aqllining tili esa
yuragida bo‗ladi. 
Ushbu gap qo‘shma gapning qaysi turi hisoblanadi? 
A) Ergashgan qo‘shma gap 
B) Bog‘langan qo‘shma gap 
C) Bog‘lovchisiz qo‘shma gap 
D) Ko‘chirma gapli qo‘shma gap 
22. Qaysi javobda shart mayli vositasida bog‘langan 
qo‘shma gap berilgan? 
A) Yomon bo‗lar, agar ko‗z yoshing tugab qolsa, 
kelgunicha baxt.
B) Shuni bilingki, kengga keng, torga tor dunyo. 
C) Yo mehmon kelganini bilmaydi, yo o‗zini
bilmaganlikka soladi. 
D) Sarbon shundog‗ dedi-da, quchog‗ini ochib Abu Bakr 
tomon kela boshladi. 


Qo‘shma gap Davron Akbar 
“Renessans” o’quv markazi +998971496929
23. Yasama so‗zning ega vazifasida kelishi kuzatiladigan 
bog‗langan qo‗shma gapni aniqlang. 
A) Tuyakashlar arabcha gaplashishar, afsuski, men bu 
tilni bilmas edim. 
B) Zal dam guvullab qo‗yar, dam onda-sonda qarsak 
chalib qo‗yardi. 
C) Surayyoning peshonasiga qo‗limni qo‗yib qo‗rqib 
ketdim: isitmasi nihoyatda baland. 
D) Faqat uzoqlarda bir tepalik ko‗rinadi va boyagi
mashinaning changi ko‗zga tashlanadi. 
24. Quyidagi chizmaga mos keluvchi gap qaysi javobda 
to‘g‘ri berilgan? 
ayiruv 
A) Ahmoq kishining tili o‗ziga dushman, ko‗p 
kishilarning qoni til tufayli to‗kildi. 
B) Otabek og‗zidan nimaiki eshitgan bo‗lsam, bir-bir
so‗zlab berdim. 
C) Bulbul gulzorni izlaydi, boyo‗g‗li esa doim xarobani 
ko‗zlaydi. 
D) Goh osmonni tutib ashula yangraydi, goh 
allaqayerdan garmon tovushi eshitiladi. 
25. ―Ovqat‖ so‘zining sinonimi qatnashgan ergashgan 
qo‘shma gap qaysi javobda berilgan? 
A) Traktorchilar tashvishlanib qolishdi: oziq-ovqat,
yonilg‗i tugayapti.
B) Na turmushida halovat bor, na yemishida rohat bor. 
C) Do‘stlar, shuni bilingki, Ozuqa zaxiralarimizning
hammasi ertaga bitadi. 
D) Baliqchilar baliq uchun xo‘rak tayyorladilar, lekin 
negadir baliq ilanavermadi.
26. Qaysi javobda qismlari sof teng bog‘lovchisi 
yordamida bog‘langan qo‘shma gap berilgan? 
A) Do‗stlikdan o‗tadigan hech narsa yo‗q, shuning
uchun do‗st orttirish imkoniyatini sira qo‗ldan boy
berma. 
B) Sizlar ketdingizlar-u, men bechora yetim boladek
mung‗ayib qolaverdim.
C) Qilmoq bila parvarish tikan gul bo‗lmas, ham 
tarbiyat ila zog‗ bulbul 
D) Har bir kitob xazina, lekin ular orasida bebaho 
xazinalar ham bor. 
27. Quyidagi chizmaga mos keluvchi gap qaysi javobda 
to‘g‘ri berilgan? 
biriktiruv 
A) Qilmoq bila parvarish tikan gul bo‗lmas, ham
tarbiyat ila zog‗ bulbul bo‗lmas.
B) Haqiqiy olim o‗zining ilmi bilan maqtanmaydi, chunki
u o‗zidan ham zo‗r olim va fozil borligini biladi.
C) Yo‗q, faqat meni bilishmaydi, lekin boshqalarni,
jumladan, seni yaxshi bilishadi. 
D) O‗ylab so‗zlagan kishining so‗zi to‗g‗ridir, o‗rinsiz
ko‗p vaysagan til shafqatsiz yovdir. 
28. Tarkibida hisob so‘z qatnashgan bog‘langan qo‘shma 
gap qaysi javobda berilgan? 
A) Shu orada mezbon ikki hovuch arpa solingan
tog‗orachani keltirib qo‗yibdi. 
B) Nokman, serhosilman, har dona mevam 200—250 
grammga boradi. 
C) Kim menga ikki etak paxta terishib yuborsa, 
hammangizni rozi qilaman.
D) Termometr hamshiraning qo‗lidan tushib ketdi-yu,
bir tomchi simob yaltirab polga dumaladi. 
29. Qaysi javobda ko‗rsatish olmoshili ergashgan
qo‗shma gap berilgan? 
A) Shuni doimo yodingda tutki, biz hammamiz
seni yaxshi ko‗ramiz. 
B) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi,
seni to‗ydiradi. 
C) Yomon bo‗lar, agar ko‗z yoshing tugab qolsa,
kelgunicha baxt. 
D) Gul barglari uchishadi, tushmayin deb qo‗lingga
30. Quyidagi chizmaga mos keluvchi gap qaysi javobda 
to‘g‘ri berilgan? 
A) Kishini tabiat vujudga keltiradi, ammo uni jamiyat
kamol toptiradi. 
B) Ukalarim bezovta bo‗lmasin deb, To‗ng‗ich botir
to‗qayning bir chekkasiga qochdi. 
C) Agar shu topshiriqni bajarmasa, obro‗yi bir pul 
bo‗ladi. 
D) Qiz uni ushlab olgani urindi, juda qiynalib ketdi:
qo‗llariga tikan kirdi, yuzi va bilaklari tirmalandi. 
31. Tarkibida tovush tushishi bilan bog‘liq fonetik 
hodisa yuz bergan bog‘lovchisiz qo‘shma gap qaysi 
javobda berilgan? 
A) Agar arqondan qo‗llari chiqib ketsa, to tuman
tarqalguncha yo‗l topolmay sarson bo‗lib yuraveradilar. 
B) So‗zning yumshog‗i g‗azabni so‗ndiradi, so‗zning
qattig‗i esa odamni o‗ldiradi. 
C) Mening bir jaydari falsafamdir shu: Hargiz iltimosga
kuning qolmasin. 
D) Yaxshi so‗z – yurakka malham, Yomon so‗z –
yurakka g‗am. 
32. Tarkibida uyushgan aniqlovchilar qatnashgan 
bog‘lovchisiz qo‘shma gap qaysi gapda qatnashgan? 
A) Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o‗shaniki
bo‗ladi. 
B) Fikrlash hayotdagi quvonch va katta baxtdir u
insonning qudratli mashg‗ulotidir.
C) Suhbatingizga sira to‗ymayman, qalbingiz,
tuyg‗ularingiz, muhabbatingiz ushbu qor singari
beg‗ubor. 
D) Vaqt ham allamahal bo‗ldi, yigitlar, biz ham endi
yotib uxlaylik.

Download 187.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling