Qotishma kamida bittasi metall boʻlgan ikki yoki undan koʻp unsurlarning qattiq aralashmasidir. Qotishma metall xossalariga EGA boʻlgani bilan


Download 22.58 Kb.
bet1/2
Sana14.02.2022
Hajmi22.58 Kb.
#576374
  1   2
Bog'liq
6.Qotishmalar
musiqiy ta'lim 201 Sarvinoz (1)(1), 6. Рўзиев Отабек Сирожиддин ўғли, 3 semestr bayonnoma Jumayev Rustambek, personal pronouns, 6 S, I. Ўқув ишлари, Andijon viloyati Jalaquduq tumani XTBga qarashli, 6-амалий иш, Ўйин қоидаси эртак, Сўзи

Qotishmalar
Qotishma kamida bittasi metall boʻlgan ikki yoki undan koʻp unsurlarning qattiq aralashmasidir. Qotishma metall xossalariga ega boʻlgani bilan, tarkibidagi moddalardan farq qiladi.
Bir metalldan yasalgan qotishma shu metall xossalarini yaxshilaydi. Masalan, poʻlat uning asosiy masalligʻi - temirdan mustahkamroqdir. Odatda qotishmalar ularning masalliqlarini eritib, aralashtirish natijasida hosil qilinadi. Qotishmalar mashinasozlik, kemasozlik, aviatsiya va qurilish sanoat-
larida qoʻllaniladi.
Qattiq qotishmalar — yuqori (1000° dan yuqori) tragacha qizdirilganda oʻz qattiqligi, mustahkamligi, kesish va boshqalar xossalarini saqlab qoladigan materiallar. Nihoyatda qattiq, issiqbardosh, otashbardosh, yeyilishga chidamli xillarga boʻlinadi. Qattiq qotishmalarning metallokeramik, mineralokeramik va quyma guruhlari bor.
Metallokeramik Qattiq qotishmalar, asosan, bir yoki bir necha karbiddan — volfram, titan, tantal karbidlari va boshqalardan iborat; bogʻlovchi komponent sifatida, odatda, kobaltdan, kamdankam hollarda nikel, uning molibden, poʻlat bilan qotishmasidan foydalaniladi. Metallokeramik Qattiq qotishmalar presslab va qizdirib qovushtirib, turli shaklli va har xil oʻlchamli plastinkalar tarzida tayyorlanadi. Ulardan metall va qotishmalarni kesib ishlash, bosim bilan ishlash (sim kiryalash, shtamplash, kalibrlash va boshqalar), burgʻilash ishlari va boshqalarda foydalaniladi.
Mineralokeramik Qattiq qotishmalar alyuminiy oksidli minerallarni presslash va. chamasi 1750°, trada qovushtirish yoʻli bilan tayyorlanadi va turli oʻlcham hamda shakldagi plastinalar tarzida boʻladi. Mineralokeramik Qattiq qotishmalarning qattiqligi Rokvell boʻyicha 93 ga yetadi (qarang Rokvell usuli), 1200° gacha qizdirilganda ham mexanik xossalarini yoʻqotmaydi; kesuvchi asboblar tayyorlashda ishlatiladi.
Quyma Q.Q., asosan, xrom, nikel, uglerod, volfram, temir va boshqalar elementlarni qoʻshib suyuqlantirish yoʻli bilan olinadi. Quyma Qattiq qotishmalarning sellit (VK2, VKZ), sormayt №1, sormayt №2 va boshqalar markazlari mavjud boʻlib, ular detal va asboblarning yeyilgan yuzalariga suyuqlantirib qoplash uchun ishlatiladi. Quyma Qattiq qotishmalar suyuqlantirib qoplangan yuzaning yeyilishga chidamliligi 2—4 baravar ortadi, qattiqligi esa Rokvell boʻyicha 40—50 birlikka yetadi.
Rangli metall qotishmalarining o‘ziga xos xususiyatlari (elektr va issiqlikni o‘zidan yaxshi o‘tkazishi, plastikligi, korroziyaga bardoshligi va boshqa xossalari mashina detallarida ish sharoitiga ko‘ra temir qotishmalardan qimmat bo‘lsada, ulardan foydalaniladi.

Download 22.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling