Qozogʻiston yoki Qozogʻiston Respublikasi


Download 424.95 Kb.
bet1/7
Sana13.01.2022
Hajmi424.95 Kb.
#331199
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qozogʻiston - Vikipediya-конвертирован (1)
119131, exm, BAHOLASH MEZONI, 1-amaliy KTE, ESSAY, Document 16, Document 16, Document 16, Document 16, Document 16, Document 16, Document 16, Document 16, Document 16, Документ Microsoft Word


Qozogʻiston
Qozogʻiston yoki Qozogʻiston Respublikasi (qozoqcha: Қазақстан, Qazaqstan, Қазақстан Республикасы, Qazaqstan Respublikası) – Oʻrta Osiyoda joylashgan mamlakat. Ushbu davlat maʼmuriy jihatdan 14 viloyat, viloyatlar esa audan (tuman) larga boʻlinadi.

Poytaxti – Nur-Sulton shahri. BMT aʼzosi. Qozogʻistonning eng yirik megapolis shaharlari Olmota, Nur-Sulton, Chimkent shaharlari hisoblanadi. Undanan keyingi yirikroq shaharlari esa Qaragʻandi va



Aqtoʻbe. Qozogʻiston yer maydoni boʻyicha (2 million 724,9 ming km²) jahonda 9-oʻrinda turadi. Beshta davlat bilan chegaradosh, Shimol tarafida Rossiya bilan – 6 467 km,

janubda – Turkmaniston – 380 km,



Oʻzbekiston – 2

300 km va



Qozogʻiston Respublikasi Қазақстан Республикас ы
Bayroq Gerb Shior: «Алға Қаза

Madhiya: «М Қазақстаным» ( Qozogʻistoni
Poytaxt Nu

Rasmiy til(lar) Qo

Qirgʻiziston – 980 km, sharqida – Xitoy bilan – 1 460 km chegaradosh.

Umumiy quruqlik chegarasining uzunligi – 13392,6 km

hosoblanadi.[5] Shuningdek, gʻarbiy tarafida Kaspiy dengizi va janubda Orol dengizi suvlari yuvib turadi.[6]

(D

Ru (R







Hukumat Pr Re

  • Prezident Qosi

Joʻm Toqa

  • Bosh vazir Aska

Mam




Mustaqillik Sovet

Ittifoqi

  • Sana 16-dek 1991-yi






Maydon

  • Butun 2 7 km

  • Suv (%) 1,5

Davlat tuzumi






Aqtoʻbe – Mega Aktobe

Aholi


  • 2018 roʻyxat 07

oʻr

  • Zichlik 6,6

YaIM (XQT) 20

roʻ


  • Butun $

mi

  • Jon boshiga $


Pul birligi Te (



Vaqt (U

Mintaqasi



Chimkent Oʻrda Basi

  • Yoz (DST) (U


Qisqartma KZ




Qozogʻiston – boshqaruvning



Internet domen

Telefon

.kz

prezidentlik shaklidagi unitar davlat.[7]

Amaldagi konstitutsiyasi 1995-yil 30- avgustdagi referendumda qabul qilingan;



1998-yil 7-oktyabrda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.[8] Davlat boshligʻi – prezident (2019-yil apreldan Qosim-Joʻmart Toqayev), u umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (Senat va Majlis), ijroiya hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.[9]

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushma birlashmalari


Qozogʻiston agrar partiyasi, 1999-yil yanvarda tuzilgan; Fuqarolik partiyasi, 1998-yil noyabrda asos solingan; Qozogʻiston demokratik partiyasi, 2004- yil aprelda tashkil etilgan; Aq jol (Oq yoʻl) demokratik partiyasi, 2002-yil martda tuzilgan; Qozogʻiston „Aul“ („Qishloq“) sotsial-demokratik partiyasi, 2000-yil yanvarda asos solingan; Xalq kommunistik partiyasi, 2004-yil aprelda tashkil etilgan; Qozogʻiston kommunistik partiyasi, 1991-yil tuzilgan;

„Qozogʻistonning demokratik tanlovi“

xalqpartiyasi, 2001-yil noyabrda asos solingan; Qozogʻiston vatanparvarlar partiyasi, 2000-yil tashkil etilgan; Respublika „NurOʻtan“ („NurVatan“) siyosiy partiyasi, 1999-yil yanvarda asos solingan; „Ruhoniyat“ partiyasi, 2003-yil aprelda tuzilgan. Qozogʻiston erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1991-yil avgustda tuzilgan; Qozogʻiston mehnat konfederatsiyasi, 2004-yil 2- martda tashkil etilgan, 1990-yil oktyabrda asos solingan.

Tarixi


Hozirgi Qozogʻiston hududida miloddan avvalgi 4–3-ming yilliklarda (eneolit

davri) yaylov chorvachiligi paydo boʻldi. Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalarida koʻpgina dasht qabilalari yaylov chorvachiligi bilan shugʻullana boshladi. Bu qabilalar, asosan, qoʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullangan, hunarmandchilik va qisman dehqonchilik ham qilgan.

Miloddan avvalgi 3–1-asrarda hozirgi Qozogʻiston hududida Qangʻ davlati vujudga keldi. Milodiy 6-asr oʻrtalarida Turk xoqonligi, 8-asr boshlarida Ili va Chu daryolari oraligʻidagi hudullarda turgashlar, 766-yil qarluqlar davlati tashkil topdi. Turgashlar, keyinchalik Qarluqlar xoqonligida (766–940) hunarmandchilik va savdo markazlari

boʻlgan shaharlar (Taroz va boshqa) paydo boʻldi. 8–10-asrlarda Qozogʻiston janubda islom dini tarqaldi. 9–11- asrlarda Qozogʻistonning gʻarbiy va janubi-gʻarbiy hududlari oʻgʻuzlar davlati tarkibida boʻlgan. 8–11-asrlarda shimoli- sharqiy va markaziy hududlarda qimoqlar va qipchoqlar yashagan (bu katta hudud Dashti Qipchoq deb atalgan).


10-asrning 1-yarmida Yettisuvga sharqiy Turkistondan yagʻmolar bostirib kirdi.

Ularning hujumi natijasida Qarluq xoqonligi parchalanib, uning oʻrnida Qoraxoniylar davlati paydo boʻldi. 1219– 21 yillarda moʻgʻullar tomonidan bosib olinib, Chingizxon oʻgʻillari oʻrtasida

taqsimlandi. Moʻgʻullar hukmronligi davrida Qozogʻiston Oltin Oʻrda tarkibida, u parchalangach, Oq Oʻrda va Moʻgʻuliston tarkibida boʻlgan. Amir Temur 1391-yil Toʻxtamishta qarshi yurishi chogʻida Qozogʻistondagi Ulugʻtogʻ (Ulutov)da qarorgoh qurgan va toshtaroshlarga safari haqida xarsang toshga bitik bitishga farmon bergan.

Oradan 200 yil oʻtgach, Abdullaxon II ham Dashti Qipchoqqa yurishidan yodgorlik sifatida Ulugʻtogʻda masjid qurdirgan.

Katta hududni birlashtirgan Oq Oʻrda 14- aar oxiri – 15-asr boshlarida bir necha mulklarga ajralib ketdi (asosiy hududlarni birlashtirgan Noʻgʻay Oʻrda va Oʻzbek xonligi ularning eng yiriklari boʻlgan). 15-

asr oxirida Yettisuvda Qozoq xonligi vujudga keldi. 16-asr boshlarida qozoq elatining uzoq davom etgan shakllanishi nihoyasiga yetdi. Qosimxon davri (1511 – 23)da Qozoq xonligi mustahkamlanib, chegarasi kengaidi, aholi soni ortdi. 16- asr oʻrtalarida Noʻgʻay Oʻrdasi, keyinroq Moʻgʻuliston va Sibir xonliklari parchalanib ketdi. Qozoq xonligi juzlarga boʻlinib, Katta juz (Yettisuv), Oʻrta juz (Markaziy Qozogʻiston) va Kichik juz (Gʻarbiy Qozogʻiston) deb atala boshladi.

17-asrda juzlar hududlarida mustaqil xonliklar paydo boʻldi. 18-asr boshlarida Qozogʻistonga Jungʻariya xonligi xavf solib turdi (1729-yil jungʻarlar Katta juzning talay yerlarini bosib oldi). 1726-yil

Abulxayrxon Kichik juz oqsoqollari nomidan Rossiya podshosiga fuqarolikka olishni iltimos qilib murojaat qildi. 1731- yil Kichik juz Rossiya tarkibiga kira boshladi. 1731–40 yillarda Oʻrta juzning ayrim xon va sultonlari Rossiya fuqaroligini qabul qildilar. 18-asr oʻrtalarida qozoq sultonlari orasida nizo kuchayib, pirovardida Abulxayrxon oʻldirildi (1748). Uning oʻgʻli Nurali kichik juz xoni boʻlib, podsho maʼmuriyatiga tayandi va oʻz hokimiyatini Oʻrta juzning bir qismiga, shuningdek, Xivaga ham yoyishga urindi. Ammo u muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Jungʻarlarning Xitoydan magʻlubiyatga uchrashi (1758) natijasida hududining

katta qismi jungʻarlar hokimiyati ostida boʻlgan Katta juzda manjurlar hukmronligi oʻrnatilishi xavfi paydo boʻldi. Qozogʻistonning janubiy hududlari, jumladan, Chimkent ham Qoʻqon xonligi tarkibiga kirdi. 19-asr boshlarida Oʻrta juz xonlari Buke (1815), Vali (1819) vafotidan soʻng podsho hukumati xon hokimiyatini tugatib, 1822-yildan yangicha boshqarish tizimini joriy etdi. 1824-yil Kichik juzda ham xon hokimiyati tugatildi; urugʻ oqsoqollari hokimiyatini cheklaydigan hududiy boshqaruvga oʻtildi. Dasht yerlarning janubiy hududlari Qoʻqon va Xiva xonliklari tarkibida qoldi. 1853-yil Orenburg va Samara general-gubernatori V.A.Perovskiy Qoʻqon xonligiga qarashli



Oqmachit qalʼasini ishgʻol qilib, uni tayanch punktga aylantirdi. 1854-yil Verniy istehkomi (hozirgi Olmaota) qurildi.

Rossiyaning taʼsiri kuchayib borayotganligidan xavfsiragan Qoʻqon xoni Xudoyorxon 1860-yilning kuzida ruslarning Verniy istehkomini bosib olish uchun 20 ming askar yubordi. Oʻsha yilning oktyabrda rus qoʻshinlari qozoq otryadlarining yordamida Uzunogʻoch darasida Qoʻqon xoni askarlarini magʻlubiyatga uchratdi. Natijada Yettisuvning barcha qismi Rossiyaga qoʻshib olindi. 19-asrning 60-yillarida qozoq yerlarining Rossiyaga qoʻshib

olinishi tugallandi. Podsho hukumati oʻlkada maʼmuriy islohotlar oʻtkazdi. 1867-yil turkiston general-gubernatorligi tarkibida Yettisuv va Sirdaryo viloyatlari, 1868-yil Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Ural va Toʻrgʻay viloyatlari, Gʻarbiy Sibir (keyinchalik Dasht) general- gubernatorligi" tarkibida Akmolinsk va Semipalatinsk viloyatlari tashkil etildi.

Viloyatlar uyezdlarga, uyezdlar volostlarga, volostlar ovullarga boʻlindi. Barcha yerlar davlat mulki deb eʼlon qilindi. 1867–68 yillardagi islohotlar qozoq jamoalarining barcha tabaqalarida norozilik tugʻdirdi. Natijada mustamlakachilik zulmiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarildi. U shafqatsiz

bostirildi. Qozogʻiston Rossiya sanoati uchun oʻz tovarlarini sotish bozori va xom ashyo bazasi boʻlib qoldi.

Birinchi jahon urushi yillari (1914–18)da qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va chorva mollarini ommaviy ravishda tortib olish, soliqlarning koʻpayishi, qimmatchilik, qozoq aholisining mardikorlikka safarbar qilinishi (1916) aholi orasida gʻalayonlarning avj olishiga sabab boʻldi. 1916-yilga kelib gʻalayonlar Qozogʻistonning butun hududini qamrab olgan milliy ozodlik harakatiga aylandi.

Ayniqsa, bu harakat Toʻrgʻay viloyatida uzoq davom etib, unga xalq qahramoni Omongeldi Imonov rahbarlik qildi. 1917-



yil noyabr – 1918-yil fevralda Qozogʻistonda sovet hokimiyati oʻrnatildi. Qozogʻistoning Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari 1918-yil aprelda tashkil etilgan Turkiston ASSR tarkibiga kiritildi. 1920-yil 26-avgustda RSFSR tarkibida Qirgʻiziston (Qozogʻiston) ASSR tuzildi. 1920-yil 4–12 oktyabrda Orenburgda boʻlib oʻtgan Qozogʻiston Sovetlarining taʼsis sʼyezdi RSFSR tarkibida Qozogʻiston ASSR tuzilganligini eʼlon qildi. 1936-yil Qozogʻiston ASSR SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikaga aylantirildi.

1990-yil 25-oktyabrda davlat suvereniteti toʻgʻrisida deklaratsiya qabul qilindi.

1990-yil 10-dekabrda Respublikasi deb nomlandi. 1991-yil 16-dekabrda

respublika Oliy Kengashi davlat mustaqilligi toʻgʻrisida qonun qabul qildi. 1991-yil 21-oktyabrda MDH tarkibiga kirdi. Qozogʻiston – 1992-yildan BMT aʼzosi. 1992-yil 23-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan va diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan.

Milliy bayrami – 16-dekabr – Mustaqillik kuni (1991).




Download 424.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling