Qurilish ishlab chiqarish tеxnologiyasi bo’yicha asosiy tushunchalar va qoidalar
Download 27.58 Kb.
|
1-мавзу
Seysmobardosh qurilish - Vikipediya, 4-ҲАФТА АХБОРОТ СОАТИ МАТЕРИАЛИ (2), kichik-biznes-va-tadbirkorlik-subyektlarining-moliyaviy-faoliyati-tahlili, 20.11.2019 № 7, KEYS, 6- Ma'ruza., Biologiya-fanidan-5-9-sinf-testlar, SAMARALI ZAXIRA YOQILG, АВТОТРАНСПОРТ ВОСИТАСИНИ БОШҚАРИШ ВА СОТИШ УЧУН ИШОНЧНОМА, Макроиқтисодиёт, Математика, Qayta o'zlashtirish2, Qayta o'zlashtirish2, SAMARALI ZAXIRA YOQILG, MUNDARIJA
1-Mavzu: Qurilish ishlab chiqarish tеxnologiyasi bo’yicha asosiy tushunchalar va qoidalar Reja 1.1.Hozirgi zamon qurilish ishlab chiqarishining asosiy printsiplari. 1.2. Qurilish tеxnologiyalarining strukturasi, tarkibi va o’ziga xos xususiyatlari. 1.3.Qurilish ishtirokchilari. qurilish jarayonlari va ishlari. qurilish tеxnologiyalarining moddiy elеmеntlari. 1.4.Qurilish tеxnologiyalarining mеhnat rеsurslari. Qurilish tеxnologiyalarining tеxnik vositalari. qurilish-montaj ishlari sifatini nazorati. Qurilishda mеhnatni muhofaza qilish. Kirish
bu moddiy ishlab chiqarishning sohasi bo‘lib, unda ishlab chiqarish (sanoat korxonalari, energetik majmualar, yo‘llar, magistral quvurlar va boshq.) va noishlab chiqarish (turar - joy uylari, jamoat binolari, mehmonxona majmualari, va boshq.) vazifalarini bajaruvchi asosiy fondlar yaratiladi. Qurilish, shuningdek, bu bino va inshootlarni bunyod etish jarayonini ham anglatadi, hamda ularni keyingi ta’mirlash, qayta qurish, boshqa ixtisoslikka o‘tkazish, kafolatli foydalanish ham kiradi. Kapital -to‘liq qurilish - umumlashtiruvchi atama bo‘lib, unga bino va inshootlarni yangi qurilishi, qayta qurish va texnik qayta qurollantirish bilan kengaytirish, to‘liq va joriy ta’mirlash kiradi. Umuman qurilish inson hayot faoliyatining qulay muhiti yaratilishini ta’minlovchi, ko‘p miqdorda ish o‘rinlarini yaratuvchi, o‘zining ortidan moddiy ishlab chiqarishning bir qator qo‘shni tarmoqlarini yetaklovchi barqaror rivojlantiruvchi tarmoqlardan biri hisoblanadi. Qurilish ishlab chiqarishi - qurilishning tayyorgarlik va asosiy davrlarida qurilish maydonchasida bajariladigan ishlarning yig‘indisidan iborat bo‘lib, unga yana binoning yer osti va yer usti qismlarini barpo etish ishlari, barcha pardozlash ishlari hamda muhandislik sanitariya, elektrotexnik konstruksiyalar, liftlar va boshqalari kiradi. Qurilish ishlab chiqarishni ilmiy-ishlab chiqarish yo‘nalishi sifatida qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etishni birlashtiradi, bunda har bir fan ravshan namoyon bo‘lgan mohiyatga hamda ilmiy asoslarga ega bo’ladi. Texnologiya umumiy tushunishda - zarur mahsulotni olish jarayonida amalga oshiriladigan materiallarni yoki chala mahsulotlarni tayyorlash yoki ularga ishlov berish usullarining yig‘indisidir. Texnologiyaning vazifasi - zamonaviy ilmiy yutuqlar va ishlab chiqarish tajribasi negizida yangi, samarali va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va joriy qilishdan iborat. Qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi amaliy fan sifatida ko‘rib chiqilayotgan xodisalar, jarayonlar ishlarning juda keng qamroviga ega bo‘lib, ikki ketma-ket tizimostilari: qurilish jarayonlari texnologiyasi, bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasining birlashmasi hisoblanadi. Qurilish jarayonlari texnologiyasi talab etilgan sifatdagi mahsulotni olish maqsadida qurilish materiallari, yarim mahsulotlar va konstruksiyalarning holati, fizik-mehanik hossalari, geometrik o‘lchamlarini sifat jihatdan ularga ishlov berishni ta’minlovchi qurilish jarayonlarini bajarishning nazariy asoslari, uslublari va usullarini ko‘rib chiqadi. Bu ta’rifga kiritilgan “metod” tushunchasi mehnat qilish texnik vositalari (qurilish mashinalari, kichik mexanizatsiya vositalari, montaj qilish moslamalari, jihozlar, apparatlar, dastaki va mexanizatsiyalashtirilgan asbob, turli xil konstruksiyalar) dan foydalanib mehnat predmeti moddiy elementlar (qurilish materiallari, chala tayyor mahsulotlar, konstruksiyalar va boshq.)ga ta’sir ko‘rsatishning turli xil usullariga (jismoniy, kimyoviy va h. k.) asoslangan qurilish jarayonlarini bajarish prinsiplarini belgilab beradi. Bino va inshootlarni barpo qilish texnologiyasi qurilishi tugallangan bino va inshootlar ko‘rinishidagi mahsulot olish maqsadida boshqa ishlar bilan makon va vaqt bo‘yicha mustaqil yoki o‘zaro bog‘lanishda ko‘rib chiqiladigan qurilish, montaj va maxsus ishlarning ayrim turlarini amaliy jihatdan amalga oshirishning nazariy asoslari va prinsiplarini belgilab beradi. Mamlakatimizda qurilish ishlab chiqarishi zavod, korxonalarda ishlab chiqarilgan konstruksiyalar, detallar va qurilish materiallarini keng qo‘llanilishiga asoslangan industrial asosda rivojlanmoqda. Ilmiy-texnik taraqqiyot qo‘l mehnati xarajatlarini ancha kamaytirishga, quruvchilarning yangi yuqori unumdor mashina va mexanizmlarni, samarali mexanizatsiyalashgan asboblarni olishlariga va qo‘llashlariga yordam beradi. Hozirgi vaqtda mavjud nazariy tadqiqotlar, yangi materiallar, ilg‘or qolip (opalubka) lar va qolip tizimlari negizida monolit va yig‘ma-monolit uy qurilishi jadal rivojlanmoqda. Zamonaviy qurilish ishlab chiqarishning asosiy prinsiplari mehnat unumdorligini jiddiy oshirishga, ishchilarning mehnat muhofazasini yaxshilashga, atrof-muhit ekologiyasi va muhofazasiga ko‘proq e’tibor berishga mo‘ljallangan. “Qurilish jarayonlari texnologiyasi” kursini bayon qilish fundamental umumta’lim va maxsus muhandislik-texnik fanlarni o‘rganishning o‘zaro aloqasi va izchilligiga asoslanadi. Kursning tuzilishi geodeziya, qurilish materiallari, sanoat va fuqarolik binolari arxitekturasi, qurilish mashinalari va qurilish konstruksiyalari - temirbeton va tosh metall va yog‘och hamda plastmassa konstruksiyalari kurslarini dastlabki yoki bir vaqtda o‘rganishni nazarda tutadi. Download 27.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling