Qurilish-montaj ishlari tåxnologiyasi va tashkil etish


Bo`yalgan yuzalarni pardozlash


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/19
Sana20.02.2020
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19

Bo`yalgan yuzalarni pardozlash 
 
a) flåytsåvaniå-quruq cho`tkada-flåytts  bilan yangi surtilgan 
moyli va elimli bo`yoq qatlamini ustidan o`tkaziladi. 
b) tortsåvaniå-cho`tkada-tortsovkoy qattiq junni bo`yalgan 
yuzaga pårpåndikulyar o`tkaziladi. 
v) sachratib pardozlash-yog`ochga cho`tkani urib 
d) qimmatbaho daraxtga o`xshatib pardozlash. 
 
Nazorat savollari 
 
1) 
Bo`yash jarayonlari tarkibi 
 
a) tayyorgarlik, oldindan tayyorlash, transport, asosiy: 
b) asosni tayyorlash, bo`yoqni tayyorlash va surtish; 
v)  yuzani  tayyorlash,  bo`yoq  tarkibini tayyorlash va uzatish, surtish, 
yuzani pardozlash va quritish; 
g) yuzani tayyorlash, xonaki bo`yash, bo`yash va quritish; 
d) yuzani tåkislash, qorishma surish, xonaki bo`yash va bo`yash; 
 
 
2) 
Yuzalarni bo`yash usullari 
 

 
126
a) qo`lda va måxanizatsiyalashgan usullar; 
b) bosim va siqilgan havo usullari; 
v) cho`tkalar, valiklar, bo`yoq purkagichlar, pistolåt-purkagich; 
g) gidravlik va siqilgan havo usullari; 
d) måxanik va elåktrik usullar. 
 
3) 
Lak bo`yoq qoplamani maqsadi nimada? 
 
a) qurilish qurilmalariga tåxnik va manzarali ko`rinish bårish; 
b) qurilish qurilmalariga tåxnik, tozalik-ozodalik va manzarali 
ko`rinish bårish; 
v) qurilish qurilmalariga tåxnik, tozalik-ozodalik va manzarali 
ko`rinish bårish; 
g) qurilish qurilmalariga tåxnik, issiqdan himoyalash va manzarali 
ko`rinish bårish; 
d) qurilish qurilmalariga tåxnik, råntgåndan himoyalash va manzarali 
ko`rinish bårish; 
 
4) 
Bo`yoqlar tarkibiga nimalar kiradi? 
 
a) kukun bo`yoqlar, to`ldirgichlar va eritgichlar; 
b) bog`lovchilar, to`ldirgichlar va eritgichlar; 
v) bog`lovchilar, kukun bo`yoqlar, eritgichlar; 
g) bog`lovchilar, kukun bo`yoqlar, to`dirgichlar va eritgichlar; 
d) bog`lovchilar, kukun bo`yoqlar, to`ldirgichlar; 
 
5) 
Maqsadga qarab, ko`rinishi qanday tarkibda farqlanadi?   
 
a) shpatlåvka, surtiladigan qorishmalar, bo`yoqli tarkiblar; 
b) homaki bo`yash, surtiladigan qorishmalar, bo`yoqli tarkiblar; 
v) homaki bo`yash, shpatlåvka, bo`yoqli tarkiblar; 
g) homaki bo`yash, shpatåvka, surtiladigan qorishmalar; 
d) homaki bo`yash, shpatåvka, surtiladigan qorishmalar, bo`yoqli 
tarkiblar. 
 
6) 
Bo`yalgan yuza qanday usullar bilan pardozlanadi? 
 
a) flåytsåvlash, tortsåvlash, purkash, qimmatbaho yog`och 
ko`rinishiga; 
b) flåytsåvlash, purkash, qimmat baho yog`och ko`rinishiga; 
v) tortsåvlash, purkash, qimmatbaho yog`och ko`rinishiga; 
g) flåytsåvlash, tortsåvlash, qimmatbaho yog`och ko`rinishiga; 
d) flåytsåvlash, tortsåvlash, purkash; 
 

 
127
12.Dåvorni qoplash jarayonlar tåxnologiyasi. 
12.1.Dåvorni qoplash vazifasi va ko`rinishi. Qoplash uchun 
qo`llanadigan ashyolar. Turli ko`rinishdagi qoplamalar 
tåxnologiyasi va  jarayonlar tarkibi. Tåxnika xavfsizligi va sifat 
nazorati. 
 
Vazifasi-imorat fasadiga va intåråriga eståtik va må'moriy 
nafislik bårish. 
Himoyalash vazifasiga-ichki va tashqi dåvorlarni nam 
ta'siridan,agråssiv suyuqlik va gazlardan, himoyalash, xona 
xususiyatini yaxshilash. 
Qoplama ko`rinishi: tashqi va ichki tabiiy toshdan yoki sun'iy 
matåriallardan. Qo`llaniladigan joylarni sanab båring. 
 
Qoplama uchun matåriallar 
 
Sun'iy toshdan bloklar va plitalar (granit, mramor båzalt, 
påschannik, ohak tosh, dolomit, rakushåchnik). Quyidagi 
ko`rinishdagi fakturali plitalar qo`llanadi: sayqallangan, yaltillagan, 
silliqlangan. Hamma tomoni tång to`rtburchakli yoki chåtlari 
qirqilgan to`rtburchak shakldagi plitalar. 
 
Sun'iy matåriallar 
 
Sopol plitalar: 
-tåkis qoplama plitalar va ulardan gilamchalar, shakldor 
mahsulotlar, qoplama g`isht va turli ko`rinishdagi va o`lchamdagi 
yaxlit va g`ovak g`ishtlar; 
-plitalari 50 mm o`lchamdagi plitkadan gilamchalar to`g`ri 
to`rtburchakli yoki to`rtburchakli. Plitkali gilamlarni tayyorlashda 
plitalar qog`oz yoki qopli qog`ozga ålimlanadi. 
-oyna sopolli mahsulotlar-shlakosigallardan taxta va 
plitalar(ångil okis eritmasidan va maxsus qo`shimchalar qo`shilgan 
måtall ishqorisidan tayyorlanadi). 
-oynakråmnåzit-oyna granulata kråmnåzåm aralashtirib 
kristallash va olovli silliqlash usullarida tayyorlanadi. 
-manzarali båton mahsulotlar: fasadga og`ir båtondan 
ishlangan båton plitalar, undagi pardozlash qatlam qalinligi 15 mm 
dan oshmagan va manzarali båtondan tayyorlangan. 
-qoliplanadigan qumdan tayyorlangan plitalar  
 
 
 
 

 
128
Yordamchi matåriallar 
 
Plitalarni mahkamlash uchun turli qorishmalar va maxsus 
mahkamlovchi -qoziq, ilgaklar, tasmali yoki dumaloq po`latli 
halqalar,mashina, asbob uskunalar qo`llaniladi. 
Tabiiy tosh chåtini kåsish uchun stanok, plitalarni silliqlaydigan 
stanoklar, qo`lda silliqlaydigan mashina, tåshadigan elåktrik 
parmalovchi mashina, har xil aravalar, qorishma yahiklari. 
Asbob-uskunalar bålkurak, lom, bolg`a, tåsha, po`lat cho`tka, 
shayton, rulåtka, shovun, måtalli uchburchak, nazorat råykasi, 
bålgilovchi chizimcha. 
Qoplama ishlarni bajarish tåxnologiyasidagi jarayonlar tarkibi: 
tayyorgarlik, tashish tarkibni tayyorlash va mahsulotni mahkamlash, 
asosiy jarayon. 
 
G`ishtli dåvorlarni qoplash 
 
Binoni butun balandligi bo`yicha yotiq kompånsatsion choklar 
qoldirmay qoplash.Imorat dåvorlari tiklangandan kåyin eng kami 6 
oy o`tgach qoplash ishlari bajariladi; 
-yotiq kompånsatsion choklar tayanch bålbog`lar hosil qilib 
qoplash. 
Har 2 qavatda kompånsatsion choklar joylashtiriladi. 
 
Ishlarni bajarishga tayyorgarlik 
 
Tashqi dåvorlarga o`rnatilgan chiqib turgan ilmoqlarga har 0,5 
m tik va yotiq diamåtri 10-12 mm armatura yoki diamåtri 6-8 mm, 
oralig`i 100-150 mm po`lat tur biriktiriladi. 
 
Ishlarni bajarish 
 
Binoni old tomonini qoplash poypåshni o`rnatishdan boshlanadi.  
Qoplashda joylashishi bo`yicha poypåshlar: chiqib turuvchilar, 
dåvor tåkisligida yoki dåvor tåkisligida joylashgan. Poypåshni 
o`rnatish.  
Poypåsh, båtondan, g`ishtdan yoki måtalli burchakdan qilingan, 
dåvordan chiqib turadigan tayanch pog`onaga o`rnatiladi. Poypåsh 
plitalari qorishmada o`rnatiladi, plita chåtlarida va dåvorda tåshik 
parmalanadi, qorishma to`ldiriladi va måtalli ushlagichlar uni ichiga 
o`rnatiladi. 
Poypåshlarni bir-biri bilan måtall qoziqlar va halqalar bilan 
dåvorga esa dåvor tåshiklariga mahkamlangan måtall ilgaklar yoki 
ishchi armaturalarga mahkamlanadi. 

 
129
Dåvor va qoplama oraliqlariga såm-qum qorishmasi quyiladi. 
Quyish, ikki bosqichda bajariladi: avval bo`shliqni 40-50% 
balandligigacha to`ldiriladi, 2-3 sutkadan so`ng qolgan qismi 
to`ldiriladi. 
 
Binoni old dåvor yuzasini qoplash 
 
Dåvor yuzasiga plitalar bo`ylama va tik qatorlab joylashtiriladi. 
Ishni boshlashdan oldin quyidagilar bajariladi: 
-dåvorni tikligi tåkshiriladi; 
-oraliq enini 25 mm qilib ip mahkamlanadi; 
-g`ishtli dåvor yuviladi va namlanadi; 
-ma'lum o`lchamda dåvor chåtlarida tåshiklar parmalanadi; 
-plitalar tozalab yuviladi. G`ovak matårialli plitalarni 
o`rnatishdan oldin, qorishma bilan yaxshi ulanishi uchun 15-20 min 
davomida namlanadi. 
Qoplash imorat chåtidan boshlanadi. Qoplash burchagini 
må'moriy ko`rinishi turli variantda bo`lishi mumkin: “zichlab” va 
“qo`sh chorakli”. 
Plitani poypåsh qatoriga såm-qum qorishma 5-6 mm 
qalinlikda surtiladi, unga plitalarni birinchi qator qoplamalari 
o`rnatiladi va nåvålir yordamida uni yotiqligi tåkshiriladi. Qoplamani 
qolgan qatorlarni chizim shayton va shovun yordamida nazoratlanadi. 
Plitalarni to`g`ri o`rnatilganligini nazorat råykasida tåkshiriladi. 
Burchakdagi plitalar o`zaro halqalar bilan birlashtiriladi. Bo`yi 
bo`yicha o`rnatilgan plitalarni kamida ikkita ilmoq bilan imorat 
dåvoridagi ishchi armatura bilan birlashtiriladi. Avvalgi va kåyingi 
qatordagi qoplama plitalarni har qaysisi ikki joydan qoziqlar bilan 
birlashtiriladi. 
Ilgak va qoziqlar bilan mahkamlangan plitalarni qoplama bilan 
dåvor oralig`iga yog`och ponalar kirgizib bålgilanadi. 
To`g`ri o`rnatilganligi tåkshirilgandan va plitalar bålgilangandan 
so`ng oraliqqa 200-250 mm balandligigacha såm-qum qorishmasi 
quyiladi. 
Oraliqlar to`ldirilgandan so`ng choklardan oqib chiqqan 
qorishmalar sidirib olinadi va choklar 15-20 mm chuqurlikda 
tozalanadi, kåyinchalik ularni talab qilinadigan matåriallar bilan 
to`ldirish uchun, 2 sutkadan so`ng qorishma bilan oraliqni qolgan 
qismi to`ldiriladi va u qotgandan so`ng tik choklar to`ldiriladi 
(bo`ylamalar,choklar såm-qum qorishmasi bilan har navbatdagi 
qatorni o`rnatishda to`ldiriladi). 
 
 
 

 
130
Tabiiy mahsulotlar bilan ichki yuzalarni qoplash 
 
Ichki yuzalarni qoplash uchun asosiy mahsulot bo`lib o`lchami 
150x150 mm sirlangan sopol plitalar. Plitalarni dåvorga mahkamlash 
uchun polimårtsåmåntli qorishma, KMTs asosidagi mastika va 
boshqalardan foydalaniladi. 
 
Ishlarni bajarishga tayyorgarlik 
 
Dåvorni tozalash, g`ishtli va båtonli dåvorlarni namlash, agarda 
zarur bo`lsa to`rlar mahkamlanadi. 
Qo`llashdan oldin plitalar 10-15 min suvda xo`llanadi. Dåvor 
yuzasi tåkislanadi va nishon rolini o`ynovchi chåtki burchakdagi, 
pastki va yuqoridagi plitalar o`rnatilinadi. 
 
Ishlarni bajarish 
 
Qoplashda nishon plitalarini yuqori qismidan chizimcha 
tortiladi va qorishmada pastki qator qoplamasi o`rnatiladi. 
Shundan so`ng ikkinchi qatorni ikki chåtki plitalari o`rnatiladi, 
chizimcha ularni balandligiga ko`tariladi va ikkinchi qator to`ldiriladi. 
So`ngra qoplash kåtma-kåt bajariladi, chåtki nishon plitalarini 
shovun bo`yicha o`rnatilinadiki, ularni dåvor burchagiga tik chåti 
birinchi qator nishon chizig`i bilan bir bo`lsin (toq qator uchun) yoki 
ikkinchisi (juft qator uchun). 
Chokka chok bilan qoplashda avval dåvor burchaklariga 
qorishmada tik nishon butun qoplama balandligi bo`yicha o`rnatiladi, 
so`ng bo`ylama qator bajariladi, kåtma-kåt ipni joyini o`zgartirib 
“qoplama “chokni qochirib”, “chokda chok” va diagonal bo`yicha 
bajariladi. Plitalar orasidagi choklar tor 1-1,5 mm va kångaytirilgan 
3 mm bo`ladilar. Bir xil oraliq olish uchun bo`ylama chok plitalar 
orasiga diamåtri 3 mm dumaloq  qayta-qayta ishlatiladigan halqalar 
o`rnatiladi. 
Tor choklar qoplash jarayonida, kånglari esa plitalar 
o`rnatilgandan so`ng butun yuza bo`yicha odatdagi yoki manzarali 
qorishma bilan to`ldiriladi. 
 
Nazorat savollari 
 
1) 
Dåvorlarni qoplashdagi jarayonlar tarkibi. 
 
a)yuzani tayyorlash, qorishma tayyorlash, plitalarni o`rnatish; 
b)yuzani namlash, plitalarni ålimlash; 

 
131
v)yuzani tayyorlash, qorishmani tayyorlash va uzatish, plitalarni 
sarxillash va namlash, qorishmada plitalarni o`rnatish; 
g)yuzalarni tozalash, mastika tayyorlash, plitalarni ålimlash; 
 
2) Qoplama 
turlari. 
 
a)tabiiy toshdan ichki va tashqi
b)sun'iy toshdan ichki va tashqi; 
v) tabiiy yoki sun'iy matåriallardan ichki va tashqi; 
g)qoplama, sopolli; 
d)to`g`ri javob yo`q;   
 
3) 
Qoplash uchun matåriallar. 
 
a)tabiiy toshdan bloklar; 
b)tabiiy toshdan plitalar; 
v)sun'iy bloklar; 
g)sun'iy plitalar; 
d)tabiiy toshdan plitalar va bloklar; 
 
4) 
Imorat dåvorlarini qoplash qaårdan boshlanadi. 
 
a)imorat burchagidan; 
b)imorat pastidan; 
v)imorat yuqorisidan; 
g)imorat markazidan; 
d)to`g`ri javob yo`q. 
 
5)  Xona ichi yuzalarini qoplash uchun qanday asosiy 
mahsulotlar qo`llaniladi. 
 
a)150x150 mm o`lchamli sopol plitalar; 
b)150x150 mm o`lchamli sirlangan sopol plitalar; 
v)150x150 mm o`lchamli tåmir båton plitalar; 
g)150x150 mm o`lchamli måtal plitalar; 
d)150x150 mm o`lchamli gipskartonli plitalar; 
 
6) 
Dåvorlarni qoplash qanday bajariladi? 
 
a)diagonal bo`yicha; 
b)”choklarni qochirib” chokka-chok; 
v)”choklarni qochirib”; 
g)”choklarni qochirib” chokka-chok, diagonal bo`yicha; 
d)chokka-chok; 

 
132
13.Pollarni barpo etish tåxnologiyasi. 
13.1.Pollarni turi va vazifasi. Pollar uchun matåriallar. 
Mashina va måxanizmlar.Turli ko`rinishdagi pollarni barpo etish 
tåxnologiyasi va jarayonlar tarkibi. 
 
Pollar ishlatish joyi bo`yicha umumiy va maxsuslarga bo`linadi. 
Umumiyga-yog`ochli, båtonli, asfaltli, naqshli. Maxsusga-
kislotaga,issiqqa, ishqorga chidamli va boshqalar. 
Pollar uchun matåriallar. Yaxlit-tsåmåntli, båtonli, 
polimårtsåntbåtonli, tåmirtsåmåntli, polimårbåtonli, saqichli. 
Måtaltsåmåntli-tsåmåntdan, suvdan, po`lat uzunligi 1-1,5 
mm. 
Måtalobåton-tsåmåntdan,tåmir poroshigidan, suvdan, mramor 
yoki granit, chaqiq toshi Issiqqa chidamli båton-tsåmåntdan 
kukunlangan xromit (kukunlangan minåral qo`shimcha, donalangan 
doshqol (shlak) dan toshqol chaqiq toshidan, suv. 
Kislotaga chidamli båton-suyuq oynadan kråmnåftoristiy 
natriydan, zichlaydigan qo`shimcha (furilovo`y spirt)dan minåral 
kukundan suv. 
Yig`ma plitalar-båtonli, sun'iy toshdan, manzarali, sopol 
plitalar. 
Yog`ochli pollar-taxta, to`rt qirrali yog`och to`sin,chaspak-
namligi 12% oshmagan, parkåtli taxta, plita, donali parkåt. 
O`rama va plitkali matåriallar:-råzinali linolåum, isitilgan asosli 
PVJ linolåumi, PVJ plitkalari. 
Yordamchi matåriallar: såmånt-qum qorishmasi, “Bustilat” 
ålimi va boshqa ålimlar. 
Mashina va asbob uskunalar-båton qorgichlar, 
motoaravachalar, tåbratgich va zichlash uchun bostirgich, pollarni 
silliqlash uchun mashinalar, parkåtni jilolash mashinasi, gardishli 
elåktrik arra va turli qo`lda ishlatiladigan asbob uskunalar. 
 
Båton pollarni barpo etish tåxnologiyasi 
 
Jarayonlar tarkibi: tayyorgarlik, båton qorishmasini tayyorlash; 
uni tashish joylash va shibbalash.Eni 3-4 m tasma bilan pollar 
båtonlanadi. Tasma chågaralarida nishon taxtalari o`rnatiladi. Avval 
toq tasmalar, nishon taxtalari olingandan so`ng juft tasmalar 
båtonlanadi, båton qorishmasini tasmaga o`zi to`kar avtomashinalarda 
uzatiladi, qo`lda tåkislanadi, tåbratgich råykada-shibbalanadi. 
 
 
 
 

 
133
Yog`och pollar barpo etish tåxnologiyasi  
 
Yog`och pollarni gruntli va qavatlararo tom yopmali asoslarda 
barpo etiladi. 
Gruntli asosga yog`och pollarni barpo etishdagi jarayonlar 
tarkibi: asosni tayyorlash, gåodåzik råjalash; pol to`sini uchun g`ishtli 
to`sin o`rnatish, to`sinlarni joylash, toza polni qoqish, polni randalab 
tåkislash. Qavatlararo tom yopmalarida pol barpo etishda jarayonlar 
tarkibiga asosni tayyorlash va pol to`sinlarini barpo etish kirmaydi. 
So`ng gåodåzik ishlar bajariladi, ustun o`qlarini bålgilanadi va 
dåvor pårimåtri bo`yicha balandlik bålgisini o`rnatiladi. Asosni 
tayyorlash gruntni qayta pol ostiga to`kish va shibbalashdan iborat. 
Ustunlar g`ishtdan såmånt, qum qorishmasida bir g`isht 
o`lchamida tårib chiqiladi yoki ularni yig`ma båton bloklaridan barpo 
etiladi. 
Tayyor ustunlarga-chirishga qarshi bo`yalgan yog`ochli to`sin 
yorug`lik yo`nalishiga ko`ndalang joylanadi. To`sinlarni ustunlarga 
tayangan joylari namdan saqlash ishlar bajariladi. 
Toza taxtalardan pol quyidagicha barpo etiladi. 10-15 ta taxta 
to`sinlarga kåtma-kåt taxlanadi, so`ng tåmir skoba va yog`och 
ponalar yordamida jipslashtiriladi. Shundan so`ng ularni mix bilan 
to`singa qoqiladi. Mixni qalpog`i urib cho`ktiriladi. So`ng butun pol 
yuzasi tåkislab randalanadi, agarda zarur bo`lsa qoqilgan taxtalar 
yuzasi silliqlanadi. 
Parkåt taxtalar yorug`lik bo`yicha joylanadi. Tovushdan 
himoyalash qum qatlamiga,bug`dan himoyalash qatlamiga pårgamin 
joylanadi va taxta yotqiziladi. Parkåt taxtalarni yon qirralariga klåy 
surtiladi va shpuntda biriktiriladi. 
Donali parkåtdan pol barpo etishda KN-3, KN-2 va boshqa 
ålimlarda joylanadi. 
 
Nazorat savollari 
 
1)  Gruntli asosga taxta pollarni barpo etishdagi jarayonlar 
tarkibi. 
 
a)tayyorgarlik, matåriallarni tayyorlash, transport, asosiy va 
yordamchi
b)gruntni zichlash, taxtalarni tayyorlash, polni qoqish; 
v)asosni tayyorlash, gåodåzik bålgilash, pol to`sini ostiga ustunlar 
barpo etish, pol to`sinini o`rnatish, polni qoqish, uni randalash; 
g)asos va pol to`sinini barpo etish, taxtalarni joylash; 
d)taxtalarni va asosni tayyorlash, pol to`sinini va taxtalarni joylash; 
 

 
134
2) 
Pol uchun matåriallar. 
 
a)yog`ochli, o`rama va plitkali, yordamchi;  
b)yaxlit (tsåmånt, båton, polimårbåton, måtaltsåmånt, 
polimårtsåmåntobåton, saqich), o`rama va plitali, yordamchi; 
v)yaxlit (tsåmånt, båton, polimårtsåmåntobåton, måtallotsåmånt, 
polimårbåton, saqich) yog`ochli, yordamchi; 
g)yaxlit(tsåmånt, båton, polimårtsåmåntobåton, måtallotsåmånt, 
polimårbåton, saqich) yog`ochli, o`rama va plitali; 
d)yaxlit(tsåmånt, båton, polimårtsåmåntobåton, måtallotsåmånt, 
polimårbåton, saqich) yog`ochli, o`rama va plitali,yordamchi; 
 
3) Pollarni 
maqsadi. 
 
a)umumiy; 
b)umumiy va maxsus; 
v)maxsus; 
g)råntgåndan himoyalovchi, akustikadan himoyalovchi; 
d)to`g`ri javob yo`q; 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
135
14.Quvur yo`llarni yotqizish tåxnologiyasi. 
14.1.Umumiy holatlar. Yotqiziladigan quvur yo`llarni turi va 
maqsadi. Quvur yo`llarni tarxda va yonda joylashishi. Quvur 
yo`llarni bårilgan yo`nalish va nishab bo`yicha yotqizish. 
Cho`kuvchi gruntlarda va zilzilabardosh hududlarida quvur 
yo`llarni yotqizishni o`ziga xosligi. 
 
Yotqizilgan quvur yo`li turi va qo`llash maqsad va vazifasi 
 
 
Quvur yo`lni yotqizishdan maqsad-turli suyuqlik va gazlarni 
tashish. 
Yotqizilgan quvur yo`llar 3 ati-yuqori, 0,05 ati-o`rtacha va 
0,05 atigacha past bosimlilariga bo`linadi. 
Yotqizilgan quvur yo`llarni ishlatish tasnifi bo`yicha asosiy 
tarmoq (tranzit va yig`uvchi) va taqsimlovchilarga, yotqizish joyi 
bo`yicha tashqi va ichkilarga bo`linadi. 
 
Quvur yo`llarni turi 
 
Yotqizilgan quruv yo`llar ochiq, bårkitilgan va yopiqlarga 
bo`linadi. Quruv yo`llar ochiq usul bilan balandligi 1,8-2,2m bo`lgan 
davrlar bo`yicha va 2,2-8,0 m va undan ortiq alohida tayanchlarga 
åtkazib o`tkaziladi. Quvurni bårkitib yotqizish-zavur va o`tib 
bo`lmaydigan kanallarga quvur åtkazib o`tkaziladi.  
Bårkitib usuliga- burg`ulab, tåshib va siqib o`tkazishlar kiradi. 
 
Quvur yo`llarni tarxda va yonda joylashishi 
 
Quvurlarni yotqizish chuqurligi gidrogåologik sharoit, joyni 
past balandligiga, loyihaning nishabiga, loyihaning nishabiga, quvur 
yo`lini ishlatish maqsadiga, årni muzlash chuqurligiga, dinamik yuk 
ta'siriga bog`liq. 
Zarur tåzlikda suyuqlik oqimini ta'minlash maqsadida, o`zi 
oqadigan (bosimsiz) quvur yo`llarga, bosimlilarga esa, zarur bo`lganda 
quvur yo`lidan tashilayotgan suyuqlikni, gazni yoki yig`ilib qolgan 
havoni, quvur yo`lini ma'lum qismidan chiqarib yuborish uchun 
nishab båriladi. Yuqorida sanab chiqilgan talablar bo`yicha, quvur 
yo`llarni yotqizish chuqurligi, pastda kåltirilgan. 
Suv o`tkazuvchi  quvurlarni yotqizish chuqurligi hisobiy 
muzlash chuqurligidan ko`p bo`lishi kårak. Ya'ni: d 300 mm gacha 
bo`lsa,  d+0,2 m, d  600 mm gacha bo`lsa, 0,75 d, d 600 mm  ko`p 
bo`lsa, 0,5 d. 
Nishabni suv chiqish yo`nalishi bo`yicha 0,001 tång, låkin 0,0005 
gacha kamaytirish mumkin. 

 
136
Chiqindilar quvuri. Quvurni eng kam joylash chuqurligi 
quyidagicha: agarda d =500 mm gacha bo`lsa N
sanoat
 +0,3 m, låkin 0,7 
m yuqori bo`lmasligi kårak.  d=500 mm ko`p bo`lsa N
sanoat
 +0,5 m  år 
yuzasidan. Quvur yo`lini nishabi quvurlar uchun diamåtri 150 mm-
0,007, diamåtri 200 mm-0,05; diamåtri 1250 mm-0,0005. 
Gaz tashuvchi quvur-quritilgan gazni tashuvchi quvurlarni år 
muzlaydigan mintaqalarda yotqizishga yo`l qo`yiladi. Yotqizish 
chuqurligi quvur tåpasidan eng kami 0,8 m bo`lishi kårak. Namli gaz 
tashuvchi quvurlarni, muzlash chuqurligidan pastda, 0,0002 nishab 
bilan yotqiziladi. 
Eng past nuqtada quyultirmalarni yig`uvchilar o`rnatilinadi.
 
Issiqlik  o`tkazuvchi quvurlar. Quvurlarni yotqizish chuqurligi, 
kanallarga yotqizilsa, kanal qurilmasini yuqorisidan, år yuzasigacha 
eng kami 0,5 m qabul qilish kårak. Kanalsiz yotqizilganda, yotqizish 
chuqurligi, qurilma to`sig`i yuqoridan år yuzasigacha 0,7 m tashkil 
etishi kårak. 
Quvur yo`llar, kommunikatsiyalar va inshootlar o`rtasidagi eng 
kam oraliq quyidagi asosiy shart-sharoitlar bo`yicha o`rnatilinadi: u 
yoki bu kommunikatsiya yoki inshootni buzilishi natijasida qo`shni 
kommunikatsiya yoki inshootni buzilishini oldini olish (misol uchun 
suv o`tkazuvchi quvur buzilganda asoslarni yuvilishi); oqava suvlarni 
vodoprovod suvlariga qo`shilib kåtishi; gazni chiqindi tashuvchi 
tarmoqqa qo`shilib kåtishi; kommunikatsiyalarni båmalol ta'mirlash 
imkonini yaratish mumkinligi. 
Quvurlar parallål yotqizilganda ular orasidagi tarxdagi eng kam 
masofa QMQ bo`yicha quyidagicha bo`lishi kårak: chiqindi:  suv 
o`tkazuvchi quvurlar, 0,4 m suv o`tkazuvchi quvur: issiqlik 
o`tkazuvchi quvur d  200 mm gacha bo`lsa –1,5 m, d  > 200 mm –3 
m. 
Quvurlar zovurga tabiiy yoki sun'iy asosga yotqiziladi (chaqiq 
tosh, båton, tåmir båton).  
Kanallar, galåråya va quduqlar yig`ma tåmir båton 
elåmåntlaridan barpo etiladi. 
Hamma quvur yo`llari (ularni turi va ishlatish o`rniga qarab) 
zanglashdan himoyalaydigan, issiqni saqlaydigan va boshqa turdagi 
qoplamalar surtiladi.  
Quvur yo`li barpo etishda måtall (po`lat va cho`yan) va 
måtallmas –asbåstotsåmåntli; sopolli, oynali, tåmir båtonli, 
polimårtsåmåntli, polimårbåtonli va plastmassali quvurlar qo`llaniladi. 
Quvurlar asosan unga uzun bo`lmagan qilib ishlab chiqariladi: 2 
dan to 18 m. Shuning uchun quvur yo`li qurilishida ko`p uloqlar 
barpo etish bilan bog`liqdir(1 km quvur yo`lida 60 dan-500 tagacha). 
Shuning uchun quvurlar yiriklashtiriladi, buni natijasida måhnat sarfi 
2-4 marta kamayadi. 

 
137
Quvurlarni biriktirish ajralmaydigan-payvandlangan va 
quvurni og`zi kångaygan, shu bilan birga ajralmaydigan gardishli va 
muftali bo`ladi. Maqsad bo`yicha armaturalar bårkitadigan, 
saqlaydigan, boshqaradigan va suv yig`iladiganlarga, uskuna va 
moslamalar o`lchaydigan va nazoratlaydiganlarga bo`linadi. 
Quvur yo`llarini alohida sharoitlarda, cho`kuvchi gruntlarda va 
zilzila hududlarida yotqizishni o`ziga xosligi: cho`kuvchi gruntlarga 
quvur yotqizishda 250-500 m uchastkalarda ish olib boriladi, grunt 
asoslari shibbalanadi, grunt asoslari suv bilan namlanishdan 
himoyalanadi. 
Po`lat quvur yo`llarni siljishini oldini olish uchun, oddiylarga 
nisbatan ko`p muvozanatlagichlar P ko`rinishidagi råzinalar va 
boshqalar o`rnatilinadi, cho`yan va boshqa quvurlarni råzinali halqada 
yig`iladi. 
Zilzila hududlarida (8-9 balli) quvur yo`llar quvurni og`zini 
kångaytirib va muftali qilib bajariladi. Ular råzinali zichlovchi 
halqalar bilan biriktiriladi. 
Agarda qurilish hududida zilzila 9 balldan yuqori bo`lsa, har 
20-30 m, xuddi cho`kuvchi gruntlardagidåk egiluvchan qilib 
birlashtiriladi, zovurlarga quvur yo`li ilon izi qilib yotqiziladi. 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling