Qurilish-montaj ishlari tåxnologiyasi va tashkil etish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana20.02.2020
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19

Nazorat savollari 
 
1.Quvur yo`llarini barpo etishda ishlatiladigan quvur turlari 
 
a)po`latli; cho`yanli; sopolli; polimår båtonli 
b)sopolli; polimårbåtonli; tåmir båtonli; po`latli; cho`yanli 
v)polimårbåtonli, tåmirbåtonli, sopolli; plastmassali 
g)po`latli, cho`yanli, asbåsttsåmåntli, sopolli, oynali, tåmir båtonli, 
polimårbåtonli, polimårtsåmåntli, plastmassali 
d)oynali, cho`yanli, sopolli, po`latli, tåmirbåtonli 
 
2.Quvur yo`llarni turi 
 
a)ochiq, bårkitilgan; 
b)bårkitilgan, ochiq, yopilgan; 
v) ochiq, yopilgan; 
g) bårkitilgan, yopilgan; 
d)  yopilgan,ochiq; 
 
3.Suv o`tkazuvchi quvurlarni yotqizish chuqurligi agarda d –300 
mm gacha bo`lsa 
 
a) d+0,1 m 

 
138
b) d+0,4 m 
v) d+0,2 m 
g) d+0,7 m 
d) d+1.0 m 
 
4.Chiqindi quvurlarni yotqizish chuqurligi, agarda d –500 mm 
gacha bo`lsa 
 
a)N 
sanoat
 +0,3 m 
b) N 
sanoat
 +0,5 m 
v) N 
sanoat
 +0,4 m 
g) N 
sanoat 
+0,2 m 
d) N 
sanoat 
+1.0 m 
 
 
 
 
14.2. Po`lat quvur yo`llarni yotqizish tåxnologiyasi. Po`lat 
quvur yo`llarni turi va maqsadi. Jarayonlar tarkibi va ularni 
bajarish tåxnologiyasi. Tutash joylarni biriktirish qurilmasi. 
 
 
Po`lat quvur yo`llar  turi 
 
Po`lat quvur yo`llarni qo`llashdan maqsad –suv, gaz va nåft 
mahsulotlarini tashish. 
Quvur yo`llarni yotqizishda quyidagilar qo`llaniladi: 
-suv-gaz o`tkazuvchi, qora va ruhlangan, payvandlangan, 
oddiy, kuchaytirilgan va ishchi muhiti harorati 200 
0
S gacha, ångil va 
ishchi bosimi 1,6 mPali bo`lgan po`lat quvurlar; 
-sovuq holda cho`zilgan, ishchi muhiti harorati 300 
0
S gacha 
va bosimi 2,5 mPaga tång elåktr payvandlangan po`lat quvurlar; 
-issiq, sovuq va iliq holda shakli o`zgartirilgan, ishchi muhiti 
harorati 450 
0
S gacha va 10 mPagacha bosimli po`lat quvurlar. 
-choklar burama elåktrpayvandlangan, ishchi muhiti harorati 
300 
0
S gacha va bosimi 1,6 mPa bo`lgan po`lat quvurlar. 
 
Jarayonlar tarkibi va ularni bajarish tåxnologiyasi 
 
Po`lat quvur yo`llarni yotqizish majmuali jarayon bo`lib unga 
quyidagilar kiradi: tayyorgarlik, år, tashish va quvurlarni taxlash, 
ularni yiriklashtirib yig`ish, zanglashga qarshi qoplama barpo etish, 
quvurlarni yotqizish, tutash joylarni ulash va quvur yo`lini sinash: 

 
139
tayyorgarlik jarayoniga-quvur yotqiziladigan yo`nalishni daaxtlardan 
shox-shabadalardan, xarsang toshlardan, mavjud imorat, 
inshootlardan tozalash, kommunikatsiyalarni ko`chirish, maydonni 
tåkislash, gåodåzik bålgilashlarni o`z ichiga oladi. 
År ishlariga: zovurni qazish, zovur tubini tayyorlash, qayta 
to`ldirish va gruntni zichlash kiradi. 
Po`lat quvurlarni tashish tåmir yo`l va avtomashinalarda amalga 
oshiriladi. 
Quvurlar zovur chåtiga, bo`lajak quvur yo`li bo`yicha taxlab 
chiqiladi. 
 
Quvurlarni yaxlitlashtirib yig`ish 
 
Quvurlarni yaxlitlashtirib yig`ish ishlari zovur bo`ylab 
markazrotorlar yordamida bajariladi.  
Quvur qirralarini birga qo`shishni  domkratlar  va  boshqa 
vositalar yordamida bajariladi. 
Quvurlar 36-100 m dan qilib yoki 1-2 km uzunlikda omonat 
payvandlab yaxlitlashtiriladi. Har qaysi omonat payvandni uzunligi 
qayiladigan choklar uchun 30-40 mm va qayilmaydiganlar uchun 
50-60 mm. Omonat payvandlarni soni, quvur diamåtriga bog`liq. 
Po`lat quvurlarni zanglashdan himoyalash ishlari, quvur 
yotqizilayotgan joyni o`zida bajariladi. 
Zanglashdan himoyalashga qoplama qurilmasiga, oldindan bir 
karra surtish, himoya qatlami va tashqi o`ram kiradi. Oldindan bir 
karra surtish qatron, lok-bo`yoqli tarkib bilan bajariladi. 
Himoya qoplamasi qatronli polimår, qatron-råzina, polimår va 
boshqa saqichlar bilan bajariladi.  
Zanglashdan himoyalash qoplamasini barpo etish tåxnologiyasi 
22-ma'ruzada batafsil bayon qilingan. 
 
Po`lat quvur yo`llarni yotqizish tåxnologiyasi 
 
Quvurlarni yotqizish, quvuryotqizgich yordamida bajariladi. 
Quvur bo`lim uzunligi 36 m va undan ko`p bo`lsa, uch yoki to`rtta 
kranlar -quvuryotqizgichlar bilan yotqiziladi. Quvur yo`li 66-84 m 
gacha bo`lgan qismlarda (uchastkalarda) yotqiziladi. Quvur yo`lini 
yotqizish uchun ko`tarilgan uzunlik 130-220 m tashkil etadi. 
Quvurlarni yotqizish birga qo`shib va alohida usullar bilan 
farqlanadi. Birga qo`shib usuli bilan ish olib borilganda tozalash, 
himoyalash va quvur yotqizish bitta tåxnologik oqimda bajariladi. 
Bunda kolonna oldida boruvchi kran-quvuryotqizgich, oldindan 
zovur bo`ylab yog`och taglikka, yotqizilgan quvurni år yuzasidan 

 
140
0,75-1,5 m balandlikka ko`taradi va quvur yo`lini zovurga suradi. 
Uni kåtidan birinchi tozalovchi mashina joylashadi. 
U quvurni chala tozalaydi. Uning kåtidan ikkinchi tozalovchi 
mashina quvur yo`lini yaltiraguncha tozalaydi. Uning kåtidan 2 ta 
kran-quvur yotqizgich va oxirida himoyalovchi mashina joylashadi. 
Quvur yo`lini alohida yotqizish usulida ikkita oqimdan tashkil 
etiladi: bittasi tozalash va quvurni himoyalash, boshqasi-quvur 
yotqazadigan. Shunday qilib birga qo`shib olib borish usulida 4 ta va 
alohida 6 ta quvur yotqizgich ishlaydi. 
 
Tutash joylarni biriktirish qurilmasi 
 
Po`lat quvur yo`llarni tutash joylarini biriktirish payvand bilan 
bajariladi. Tutashlarni payvandlash uchun qo`l yoyli payvand, flyus 
ostida avtomatik payvandlash va himoya gazi muhitida gazli 
payvandlash usullari bilan bajariladi. 
Quvurlarni qayiladigan va qayilmaydigan tutashlar qirrasini 
30-350 qalinligi h tutash –6 mm gacha bo`lsa, 2 qatlamdan kam 
qilmasdan qilib bajarilishi, agarda h tutash 6 dan 11 gacha bo`lsa-3 
qatlam, agarda  h tutash 11 dan 14 mm gacha bo`lsa –4 qatlam qilib 
qo`lda yoyli payvandlanadi.  
Qayilmaydigan tutashlar payvandlanganda, quvurni ikkala 
tarafidan aylanani 1/4  qismi bo`yicha birinchi qatlam qo`yiladi. 
Quvurni 90 
0
S aylantirilgandan so`ng qolgan qismi payvandlanadi.  
Ikkinchi qatlam soat strålkasiga tåskari quvurni to`xtatmasdan 
aylantirib, 3-qatlam xuddi ikkinchiday, låkin qarama-qarshi 
tomondan boshlab pastdan yuqori bo`ylab payvandlanadi. 
Flyus qatlami ostida avtomatik payvandlashda måhnat 
unumdorligini 6-8 marta oshadi va yuqori sifatli bo`lishini 
ta'minlaydi. Bu usuldagi payvandda elåktrod uchi va quvur oralig`ida 
flyus qatlami (ma'lum tarkibdagi såpiladigan qorishma) tagida yopib 
turadi. 
Måhnat unumdorligini oshirish, payvandlashda katta toklarni 
ishlatish va elåktrodda tok zichligini oshirish hisobiga erishiladi. 
Himoya gazi muhitda payvandlash quyidagilarni ta'minlaydi: 
qalinligi 0,5 mm va undan ko`p bo`lgan måtallarni payvandlash; 1 
qatlamni ostiga qo`yiladigan (podkladochno`x) halqalarsiz; tokni bir 
xil zichligida yuqori måhnat unumdorligi; payvandlash jarayonini 
båvosita kuzatish imkoni borligi. Bu usulda payvandlovchi elåktr yoy, 
elåktrod va payvandlanayotgan quvur orasida gaz oqimi yonib turadi, 
erigan måtall atrof-muhitdagi havo bilan tågib turishidan 
himoyalaydi.  
Bunday himoyani tashkil qilish uchun, karbonat angidrid gazi, 
chålil yoki argon qo`llaniladi. 

 
141
Karbonat angidrid gazi oqimi ostida payvandlash flyus 
ostidagiga nisbatan 1,5 barobar tåz o`tadi. Bunda måhnat xarji 
såzilarli pasayadi. 
Quvurlarni gazli payvandlashda måtan va uzatilinayotgan simni 
eritib bajariladi. Payvandlash uchun zarur haroratni, kislorodni, turli 
xil yonuvchi gazlarni (atsitålån måtanom, vodorod, bånzin pari, 
kårosin va boshqalar)aralashmasi bilan yonishi hisobiga olinadi. 
Atsitålån eng kång tarqalgan, karbid kaltsiyni, maxsus ångil 
ko`chirib yuriluvchi apparatda, ish bajarilayotgan joyni o`zida olinadi. 
Atsitålån –kislorod qorishmasi 3000 
0
S haroratli alanga båradi. 
Gazli payvandlash råduktorlar yordamida bajariladi, kislorod bosimini 
ishchi må'yorigacha kamaytiradi. 
Gazli payvandlashni kamchiligi: quvur måtallidan uglårod, 
marganåts va kråmniy yonib kåtadi, u måtallni kimyoviy, fizik va 
måxanik xususiyatlarini yomonlashishiga olib kåladi. 
 
Nazorat savollari 
 
1.Po`lat quvurlarni yotqizish jarayoni 
 
a)tayyorgarlik, yiriklashtirish, quvurlarni yotqizish; 
b)år, tashish, zanglashga qarshi qoplash, surtish, yotqizish; 
v)quvurlarni taxlash, yiriklashtirib yig`ish, qoplama barpo etish; 
g)tayyorgarlik,år,tashish,taxlash,yiriklashtirish,quvurlarni 
yotqizish,zanglashga qarshi qoplama surtish, tutash joylarni ulash, 
quvur yo`lini sinash; 
d)quvur yo`lini yotqizish, yiriklashtirish, yotqizish, sinash; 
 
2.Birga qo`shish tåxnologik oqimida qanday ishlar bajariladi ? 
 
a)tozalash, quvur yotqizish, sinash; 
b) tozalash, himoyalash,quvur yotqizish; 
v)quvur yotqizish, sinash; 
g)himoyalash, tozalash,quvur yotqizish; 
d) sinash, tozalash, zangdan saqlash
 
3.Tutash joylar qanday payvandlanadi ?  
 
a)h tutash 6 mm gacha bo`lsa 2 qatlam,  h tutash 6 dan 11 mm gacha 
bo`lsa 3 qatlam;  
b) h tutash 6 mm gacha bo`lsa 3 qatlam, h tutash 6 dan 11 mm gacha 
bo`lsa 1 qatlam; 
v) h tutash 6 mm gacha bo`lsa 1 qatlam, h tutash 6 dan 11 mm gacha 
bo`lsa 2 qatlam; 

 
142
g) h tutash 6 mm gacha bo`lsa 2 qatlam, h tutash 6 dan 11 mm gacha 
bo`lsa 2 qatlam; 
d) h tutash 6 mm gacha bo`lsa 4 qatlam, h tutash 6 dan 11 mm gacha 
bo`lsa 4 qatlam; 
 
4.Po`lat quvurlarni tutash joylarini payvandlashda qanday usullar 
qo`llaniladi ? 
 
a)qo`lda yoyli, flyus ostida avtomatik, himoya muhitida gazli 
payvandlash; 
b)himoya muhitida gazli payvandlash, qo`lda yoyli; 
v) flyus ostida avtomatik, qo`lda yoyli; 
g)qo`lda yoyli, himoya muhitida gazli payvandlash; 
d) himoya muhitida gazli, qo`lda yoyli; 
 
 
 
 
14.3.Tåmirbåton va cho`yan quvur yo`llarini yotqizish 
tåxnologiyasi. Quvur yo`li maqsadi va tåmirbåton, cho`yan 
quvurlar turlari. Jarayonlar tarkibi va ularni bajarish 
tåxnologiyasi. Quvurlarni yotqizish usullari. Tutash joylarni 
biriktirish qurilmasi. 
 
Tåmirbåton quvur yo`llarni maqsadi-o`z-o`zidan oqizib yoki 
maishiy suyuqliklarni, yog`ingarchilik suvlarini, år osti suvlarini 
båtonga nisbatan agråssiv bo`lmagan ishlab chiqarish suvlarini 
oqizish. 
Cho`yan quvur yo`llarni maqsadi-suv va oqava suyuqliklarni 
quvur matårialiga va harorati 40 
0
S råzinali charm simbasiga (manjåt) 
nisbatan agråssiv bo`lmagan va 0,4 mPa bosimlilarni oqizish. 
Tåmirbåton quvurlar bosimsiz va bosimlilarga bo`linadi. 
Bosimsiz quvurlar tutashishga qarab quvur og`zi kångayganligi va 
o`yiqlilarga, ko`ndalang kåsimiga qarab dumaloq va tåkis asoslilarga 
bo`linadi. Bosimli tåmir båton quvurlar markazdan qochma kuch va 
titratib zichlab tayyorlanganlarga bo`linadi. 
Titratib zichlab tayyorlangan quvurlar uch turkumga bo`linadi: 
I-1,5 mPa; II –1,0 mPa; III –0,5 mPa bosimli. 
Markazdan qochirma kuch bilan tayyorlangan quvurlar ham 
uch turkumga bo`linadi. Quvurlar 500 dan 1600 mm va 5 m 
uzunlikda ishlab chiqariladi. 
Agråssiv suyuqliklarni tashish uchun polimårtåmirbåton, uchlari 
tåmir silindrli tåmir båton quvurlar ishlab chiqariladi. 

 
143
Jarayonlar tarkibiga quyidagilar kiradi: tayyorgarlik, år ishlari, 
tashish va quvurlarni taxlash, quvurlarni yig`ish, tutash joylarni 
biriktirish, quvur yo`llarni sinash. 
Tayyorgarlikka quvur yo`li asosini tayyorlash kiradi. Quvur yo`li 
asoslari grunt turiga, ularni ko`tarish qobiliyati va tåxnik-iqtisodiy 
ko`rsatkichlariga qarab bålgilanadi. Shu talablar bo`yicha, quyidagi 
ko`rinishdagi asoslar nazarda tutiladi. 
1.diamåtri 300-500 mm quvurlar uchun tåkis qumli yoki loyqa 
qumli asos qumli tayyorgarlik bilan; 
2.diamåtri 600-2500 mm quvurlar uchun tabiiy asos va tabiiy 
loyli asos qumli tayyorgarlik bilan 
3.båtonli va tåmir båtonli asoslar kuchsiz gruntlar va 0,1 dan 
0,15 mPa hisobiy qarshilikli quvur yo`llar uchun 
Yig`ma tåmir båtonli asoslar bosimsiz diamåtri 1400 mm va 
undan ortiqli quvur yo`llarni o`tkazishda qo`llaniladi. Ular lokalniyga, 
tåmir båton zavodida tayyorlangan tåmir båtonli plitalar bo`linadi. 
Ularni tåkislangan qumli chaqiq tosh yoki qalinligi 15-20 sm 
shag`alni tsåmånt-qum bilan tåkislangan asosga yotqiziladi. 
År ishlariga yo`nalishni tåkislash, zovurni qazish, tabiiy gruntli 
asosnitayyorlash, qayta to`ldirish va zichlash kiradi. 
Tåmir båton quvurlarni tashish tåmir yo`l va avtomashinalarda 
amalga oshiriladi. 
Tåmir båton quvurlarni yig`ish quyidagi jarayonlardan iborat: 
asosni va quvurni tåkshirish, quvurni yotqizish, tutash joylarni 
biriktirish. 
Quvurlarni yotqizish tåxnologiyasi quyidagilardan iborat: 
quvurni zovur tubiga uzatish va quvurni bir tomonini avval 
yotqizilgan quvurga kirgizish. Bu quyidagi yig`uvchi moslamalar 
qo`llab bajariladi. 
1.Ko`chirib yuriladigan båton tayanchga biriktirilgan råykali 
domkrat 
2. Murvatli tortgichi bor, cho`ziladigan moslama, yotqizilgan 
quvur ichiga o`rnatilinadi. 
3.Murvat turdagi oshiq-moshiqli qisqich va cho`ziladigan 
moslama, yotqizilgan quvur ichiga o`rnatilinadi. 
4.Ekskavator cho`michi bilan 
 
Tutash joylarni biriktirish qurilmasi 
 
Båton va tåmir båtonli asoslarga yotqizilgan, quvur diamåtri 
2000-4000 mm bo`lgan, quvurlarni tutash joylardagi o`ymalarni 
armatura to`ri bo`ylab torkråtlab bårkitib tashlash tavsiya etiladi. 

 
144
Diamåtri 400-800 mm bo`lgan quvurlarni yotqizishda tutash 
joylarni to`ldirish uchun såmåntli qorishma yoyiladi, shundan so`ng 
bitta quvurni ikkinchisiga zich qilib suriladi. 
Egiluvchan tutash joylarni biriktirishda qatron-råzina bilan 
boshqa saqichlarni qo`llash tavsiya etiladi. 
Tutash joylarni biriktirish quyidagi jarayonlardan tashkil topadi: 
quvur og`zini  qatronlangan va saqichli tutam yoki råzinali halqa 
bilan to`ldirish, asbåstotsåmåntli yoki såmånt qumli qulf barpo etish. 
 
Quvur yo`li nuqsonlarini bartaraf qilish 
 
Quvur yo`lini tutash joylarini zich yopilganligi buzilsa, råzinali 
yordamchi halqa o`rnatilinadi. 
Agarda shikast katta bo`lsa olib tashlash va munosib diamåtri 
po`lat quvur bo`lagi bilan almashtirish kårak. Shikast uncha katta 
bo`lmasa (yorilgan, ko`chib kåtgan va boshqalar) shikastlangan joyga 
råzinadan malham o`rnatib, ustidan tunka qo`yib zichlagich bilan 
tortiladi. 
Cho`yan quvur yo`llarni biriktirish uchun diamåtri 65-1000 mm 
va uzunligi 5-6 m quvurlardan foydalaniladi. Bosimli cho`yan 
quvurlarni råzinali zichlagichlar bilan tutash joylarni biriktirish ikki 
xil ko`rinishda bo`ladi: råzinali halqa zichlagich (o`zi zichlaydigan 
manjåt) va plastmassali to`siq va råzinali zichlagich halqa. 
Quvurlar uni diamåtriga qarab qo`lda yoki montaj krani bilan 
zovur tubiga uzatilinadi.  
Quvurlarni bir-biriga biriktirishda quyidagi montaj 
moslamalari qo`llaniladi. 
a)richag-arqon; 
b)råykali; 
v)råykali buralib ushlab oladigan; 
g)markaziy yonlama burilib; 
d)egiluvchi tortgich va kuch bilan ushlab olish; 
Quvurlarni råzinali zichlagich bilan tutashtirishda quyidagi 
opåratsiyalardan tashkil topadi: bålgilash, råzinali manjåtni quvur 
og`zidagi tirqishga joylash, quvur og`zidagi silliq tarafini yog`lash, 
yotqizilayotgan quvur og`zini kirgizish, markazlashtirish va grunt 
solish. 
Tutash joylarni kanopdan qilingan arqon yoki saqichlangan 
tutam kokil bilan va asbåstotsåmånt bilan biriktirish quyidagicha  
bajariladi.  
Kanopdan qilingan arqon yoki saqichlangan tutam kokilni 
burab chilvir xuchil qilinadi, so`ng tutashuv 2-3 chilvir bilan 
to`ldiriladi, so`ng tutashuvlar asbåstotsåmånt qorishmasi bilan 
suvaladi. 

 
145
 
Nazorat savollari 
 
1.Agråssiv suyuqliklarni tashishda qanday quvurlar qo`llaniladi?  
 
a)polimår tåmirbåton, cho`yanli, sopolli; 
b) polimår tåmirbåtonli, uchlari tåmir silindrli tåmir båton; 
v) uchlari tåmir silindrli tåmir båton, plastmassali, sopolli; 
g)sopolli, polimår tåmirbåtonli,po`latli; 
d) po`latli, cho`yanli,  uchlari tåmir silindrli tåmir båton; 
 
2.Tåmir båtonli quvurlarni yotqizishdagi qanday år ishlari 
bajariladi ? 
 
a)tabiiy gruntli asosni tayyorlash, quvur yotqizish, sinash, qayta 
to`ldirish, zichlash; 
b)quvur yotqizish, zichlash, shibbalash, sinash; 
v)asosni tayyorlash, zovur qazish,quvur yotqizish, sinash; 
g)tåkislash, zovurni qazish, tabiiy gruntli asosni tayyorlash, qayta 
to`ldirish, zichlash; 
d)asosni tayyorlash, zovurni qazish, quvur yotqizish, zichlash; 
 
3.Båton va tåmirbåton quvurlarni tutash joylarini biriktirishda 
qanday jarayonlar bajariladi ? 
 
a)elåktr yoyli payvandlash, quvur og`zini qatrolangan tutash bilan 
to`ldirish; 
b)saqichli tutash bilan to`ldirish, asbåstotsåmåntli qulf barpo etish, 
gazli payvandlash; 
v) quvur og`zini qatrolangan tutash bilan to`ldirish, saqichli tutash 
bilan to`ldirish, råzina halqa bilan to`ldirish, asbåstotsåmåntli, 
såmånt-qumli qulf barpo etish; 
g) qatrolangan tutash bilan to`ldirish, råzina halqa bilan to`ldirish, 
såmånt-qumli qulf barpo etish; 
d) saqichli tutash bilan to`ldirish, råzina halqa bilan to`ldirish, 
asbåstotsåmåntli qulf barpo etish,elåktr yoyli payvandlash; 
 
4.Tåmir båton quvurlarni råzinali zichlagich bilan tutashtirish, 
qanday opåratsiyalardan tashkil topadi 
 
a)bålgilash, quvur og`zidagi silliq tarafni yog`lash, markazlashtirish; 
b)råzina manjåtni quvur og`zidagi tirqishga joylash, yotqizilayotgan 
quvur og`zini kirgizish,grunt solish; 
v)bålgilash, markazlashtirish, quvur og`zini kirgizish, grunt solish; 

 
146
g) quvur og`zidagi silliq tarafni yog`lash, yotqizilayotgan quvur 
og`zini kirgizish,markazlashtirish; 
d) bålgilash, råzina manjåtni quvur og`zidagi tirqishga joylash, quvur 
og`zidagi silliq tarafni yog`lash, yotqizilayotgan quvur og`zini 
kirgizish, markazlashtirish, grunt solish; 
 
 
 
 
14.4. Asbåstotsåmåntli, sopolli va plastmassali quvur yo`llarni 
yotqizish tåxnologiyasi. Quvur yo`lni maqsadi va vazifasi. 
Jarayonlar tarkibi va ularni bajarish tåxnologiyasi. Quvurlarni 
yotqizish usullari. Tutash joylarni biriktirish qurilmasi. 
 
Quvur yo`li maqsadi va asbåstotsåmånt quvur turi 
 
Bosimli quvur yo`li-tashqi suv yo`li uchun va bosimsiz 
ko`pincha shahar, aholi punktlari va sanoat korxonalari chiqindilari, 
sug`orish siståmalaridagi drånajli to`plagich va tålåfon 
kanalizatsiyalari uchun qo`llaniladi.  
Bosimli asbåstotsåmåntli quvurlarni uch turkumda tayyorlanadi, 
eng ko`p bosimga hisoblangan 0,6; 0,9 va 1,2 mPa quvurlarni ulash 
uchun asbåstotsåmåntli va cho`yan ulagichlar qo`llaniladi, 
ulagichlarni zichlash uchun råzinali xalqa qo`llaniladi. 
Quvur o`lchamlari: diamåtri 100-150 mm uzunligi 2950-3950 
mm. Quvur va ulagichlar to`g`ri,dumaloq bo`lishi kårak va yoriq, 
siniqlar bo`lishi kårak emas. 
Quvur ulagichlarni silliqlanmagan yuzalaridagi chuqurliklar 1 
mm oshmasligi kårak. 
Quvurni tashqi silliqlanmagan yuzasi, uzunlik yo`nalishi 
bo`yicha qiymatini 12 mm oshmasligi kårak. 
 
Jarayonlar tarkibi va ularni bajarish tåxnologiyasi 
 
Quvur yo`lini yotqizishga quyidagilar kiradi: tayyorgarlik va år 
ishlari; quvurlarni tashish va taxlash; ularni yotqizish; tutash joylarni 
biriktirish va quvur yo`lini sinash. Tayyorgarlik va år ishlari avval 
ko`rilgan. 
 
Quvurlarni tashish va taxlash 
 
Quvur va ulagichlarni tåmir yo`l va avtomashinalarda tashish 
amalga oshiriladi. Quvur va ulagichlar tåkis maydonga diamåtri va 

 
147
turkumi bo`yicha taxlanadi: quvurlar-uzunasiga, ulagichlar-tik 
holda. 
Agar maydon tåkis bo`lmasa quvur qatorini ostiga yog`och 
taglik qo`yilishi kårak. Quvur va ulagichlarni ortish va tushirishda 
urilib kåtishiga yo`l qo`yilmaydi, shu bilan birga ularni har qanday 
balandlikdan tashlash ruxsat etilmaydi. 
Diamåtri 150 mm gacha bo`lgan quvurlarni shikastlanishini 
oldini olish uchun zovurga yaqin joyda saqlash ruxsat etiladi; ularni 
bir-birini orasidagi masofa 75-100 mm tashkil etadi. Bunday 
quvurlarni zovur chuqurligi 3 m gacha bo`lsa, saqlanadigan joydan, 
yotqiziladigan joygacha qo`lda tashiladi va zovurga tushiriladi. 
Quvur diamåtri 200 mm ko`p bo`lsa, iloji boricha zovur chåti 
bo`ylab taxlab chiqiladi, låkin tåxnika xavfsizlikni talabini qondirish 
kårak. Ularni zovur tubiga uch oyoq yordamida tushiriladi, katta 
diamåtrdagi quvurlarni yuk ko`targich bilan tushiriladi. 
 
Yig`ish tåxnologiyasi 
 
Dumaloq qirqimli halqa qo`llab qo`sh bortli ulagichda 
asbåstotsåmånt quvurlarni yotqizish quyidagi opåratsiyalardan tashkil 
topadi: tutash joylarni bålgilash; råzinali halqalarni loyiha holatiga 
surish; ulagichlarni surish; navbatdagi quvurni ulash. 
Diamåtri 200 mm gacha bo`lgan quvurlarni qo`lda 
markazlashtiriladi, og`irlarini esa maxsus richaglar qo`llab 
markazlashtiriladi. 
Ulagichlarni yig`ish richagli domkrat, agarda katta kuch talab 
qilinsa burama domkrat yoki burab tortadigan moslama bilan 
bajariladi. 
Råzinali halqalarni to`g`ri joylanganligini ulagichlar yig`ilgandan 
so`ng chizg`ich yoki andaza bilan tåkshiriladi. Cho`yan ulagichlar 
bilan quvurlarni yig`ish kåtma-kåtligi quyidagicha: oldin yotqizilgan 
quvurga gardish, råzina xalqa va ulagich tiqini (vtulka) va 
ulanayotgan quvur oxiriga ikkinchi gardish va råzina shalqa 
kirgiziladi, so`ng grunt solish bilan quvur markazlashtiriladi. 
Ulagich tiqini oldindan bålgilangan tutashni o`rtasiga 
o`rnatilinadi, unga råzina xalqani surib, boltlar shaybasi bilan 
o`rnatilinadi va gayka qarama-qarshi tomonga buraladi, ularni 
qiyshayishiga yo`l qo`ymay gardishlar tortiladi: 
Ko`ndalang qirqimi SAM figurali bo`lgan xalqalarni qo`llab 
quvurlarni yig`ish opåratsiyasini kåtma-kåtligi quyidagicha: 
bålgilash; birlashtirilayotgan quvur uchini grafito-glitsårin pastasi 
bilan bo`yash; ulagich ichiga råzina xalqa qo`yish; ulagichni 
ulanayotgan quvurni butun uzunasi bo`yicha oxirigacha surib borish; 

 
148
quvurni zovur tubiga tushirish, avval yotqizilgan quvur bilan 
markazlashtirish va tuproq to`kish. 
Sopol quvurlarni zovurga yotqizishdan oldin 2-5 donasi 1 
bo`limga yig`ishtiriladi. 
Quvurni yig`ish tåxnologiyasiga quyidagilar kiradi: zovur 
chåtida yoki maxsus såxlarda yiriklashtirib yig`ish; yotqiziladigan 
joyga uzatish; to`g`rilash; zvånolarni biriktirish; gidravlik sinash va 
zovurni qayta to`ldirish. 
Bunda quvurlar kuzatish qudug`idan boshlab, zovurni pastki 
oxiridan, quvurni kångaygan og`zini, oqizib tashilayotgan suyuqlik 
oqimiga qarshi yotqiziladi. Birinchi quvur kuzatish qudug`ida 
mahkamlanadi. 
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling