Qurilish-montaj ishlari tåxnologiyasi va tashkil etish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.1.5.To`rsimon grafiklar asosida qurilishning borishi nazorat qilinadi
- Nazorat savollari 1.Oqimning ritmini tuzishda ishlatiluvchini ko`rsating
- 3.Åtakchi jarayonni tuzishda foydalanuvchi elåmånt
- 4. “Kritik yo`l” tushunchasining to`g`ri tarifini ko`rsatib båring
- 5.Ishning boshlanishini kåchiktirish yoki davomiyligini oshirish mumkin bo`lgan maksimal vaqtga zahira dåb ataladi
- 1. “voqåalar” uchun kåyingi ishning erta boshlanishi oldingi ishning erta tugallanishiga tång
- 19.Qurilishning moddiy-tåxnik taminotini tashkil etish 19.1.Qurilishning moddiy-tåxnik taminoti to`g`risida tushuncha
qoidalari “Voqåa”-bir yoki bir nåcha ishning sodir etilganligini va navbatdagi ishlarni shu onda boshlash mumkinligini ko`rsatuvchi bålgi. U kalåndar råjada aylana ko`rinishidagi bålgi yordamida aks ettiriladi: Voqåa vaqt ham, måhnat råsurslarini ham talab qilmaydi. U tartib raqami yordamida nomlanadi. To`rsimon kalåndar råjada strålka kirmagan voqåa “boshlang`ich voqåa”, strålka chiqmagani esa “so`nggi voqåa” dåyiladi. “Ish”-ishlab chiqarish jarayoni bo`lib, u vaqt va måhnat råsurslarini talab qiladi. Ish to`rsimon kalåndar råjada strålkali uzluksiz chiziq yordamida ko`rsatiladi: 190 To`rsimon kalåndar råjada ishlar bajarilishi va ko`rilishi tartibi bo`yicha quyidagicha nomlanadi: i-j-“ko`rilayotgan ish” h-i-“oldingi ish” j-k-“kåyingi ish” Ishlarning nomi to`g`ri chiziqning ustiga, davomiyligi, ishchilar va smånalar soni chiziq ostiga yoziladi. Ishlar oldingi va kåyingi “voqåa”larning tartib raqami bilan shifrlanadi. Masalan: “7-8”, “10-11” va h.k. “Bog`liqlik” (yoki mavhum ish) –bajariladigan ishlarning o`zaro tashkiliy-tåxnologik bog`liqligini ko`rsatadi. U vaqt ham, måhnat råsurslarini ham talab qilmaydi. Bog`liqlik to`rsimon kalåndar råjada uzlukli strålkali chiziq yordamida ko`rsatiladi. “Kutish” -måhnat råsurslarini talab qilmaydigan, faqat vaqt talab qiladigan jarayon bo`lib, u to`rsimon kalåndar råjada “ish” singari uzluksiz strålkali chiziq bilan aks ettiriladi. 191 “Kutish” mazmunan kåtma-kåt bajariladigan ishlar oralig`idagi tåxnologik yoki tashkiliy tanaffusdan iborat: “Yo`l”-to`rsimon kalåndar råjada uzluksiz bajariladigan ishlar kåtma-kåtligidan tashkil topadi. Uning uzunligi unga kiruvchi ishlar davomiyliklarining yig`indisidan iborat bo`ladi. Boshlang`ich voqåadan so`nggi voqåagacha bo`lgan yo`l to`la yo`l dåb ataladi. Bitta to`rsimon kalåndar råjada to`la yo`l bir nåchta ham bo`lishi mumkin. To`la yo`llar orasida eng katta davomiylikka ega bo`lgani “kritik yo`l” dåyiladi. Kritik yo`lning uzunligi qurilish davomiyligini ko`rsatadi. To`rsimon kalåndar råjani imkoniyat darajasida sodda, tushunarli va aniq qilib tuzish kårak. Buning uchun quyidagi talab va qoidalarga rioya qilish zarur: -to`rsimon kalåndar råjada strålkalar chapdan-o`ngga yo`nalgan bo`lishi kårak; -to`rsimon kalåndar råja shaklan sodda, ko`pchilik ishlar gorizontal chiziqlar bilan ko`rsatilishi, bunda iloji boricha chiziqlar o`zaro kåsishmasligi kårak; -har xil ishlar bir xil kod (shifr)ga ega bo`lmasligi zarur, bunday xollarga yo`l qo`ymaslik uchun parallål bajariladigan ishlarni kalåndar råjaga tushirishda qo`shimcha voqåa va bog`liqliklar kiritishga to`g`ri kåladi: 192 a)noto`g`ri tasvir, b) to`g`ri tasvir -agar biror ishni boshqa ish qisman bajarilganda boshlash zarur bo`lsa, bu ishni alohida mustaqil ishlarga ajratish kårak: a)noto`g`ri tasvir, b) to`g`ri tasvir -ishlarning o`zaro tåxnologik yoki tashkiliy bog`liqligini ko`rsatish uchun to`rsimon kalåndar råjaga albatta “mavhum ish” (bog`liqlik) kiritish zarur: a)noto`g`ri tasvir, b) to`g`ri tasvir -to`rsimon kalåndar råjani tuzishda qurilish oqimlarining uzluksiz ishlashini ta'minlash, buning uchun esa ish frontlarini zaxvatkalar, yaruslar va bo`linmalarga bo`lib ishlarning o`zaro bog`liqligini va kåtma-kåtligini to`g`ri aniqlagan holda to`rsimon kalåndar råjani tuzish kårak; -to`rsimon kalåndar råjada ayrim ishlarni biriktirish, umumlashtirish zaruriyati tug`ilsa quyidagi qoidalarga amal qilish zarur: a)to`rsimon kalåndar råjada faqat bitta qurilish zvånosi yoki brigadasi tomonidan bajariladigan ishlarnigina biriktirish, umumlashtirish mumkin; 193 b)agar ishlar guruhi bitta boshlang`ich va bitta oxirgi voqålikka ega bo`lsagina, bunday ishlarni umumlashtirib bitta ish ko`rinishida tasvirlash mumkin: a)umumlashtirishdan b)umumlashtirishdan oldingi tasvir kåyingi tasvir v)umumlashtirilgan to`rsimon kalåndar råjaga yangitdan (qo`shimcha) voqåa kiritish mumkin emas; g)voqåalarning tartib raqamini (kodini) umumlashtirmasdan oldin qanday bo`lsa, shundayligicha qolishi kårak; -to`rsimon råjalarda boshi bårk ish (tupiklar), ya'ni strålka chiqmaydigan voqåalar bo`lmasligi kårak (to`rsimon kalåndar råjadagi so`nggi voqålik bundan mustasno): -to`rsimon kalåndar råjalarda “ortiq”lar, ya'ni strålka kirmaydigan voqåalar bo`lmasligi kårak (to`rsimon kalåndar råjadagi boshlang`ich voqålik bundan mustasno) -to`rsimon kalåndar råjalarda strålkalarning orqaga qaytishiga yoki yopiq kontur hosil bo`lishiga yo`l qo`yilmaydi: 194 a)yopiq konturli b)to`g`ri tasvir noto`g`ri tasvir -voqåalarning tartib raqamini qo`yish “chapdan-o`ngga” “yuqoridan-pastga” tartibda amalga oshiriladi. To`rsimon kalåndar råjani tuzish uchun avvalo qurilish-montaj ishlarining nomlari va hajmi aniqlanib to`rsimon kalåndar råja tuzish jadvali to`ldiriladi: Qurilish-montaj ishlariga måhnat sarfini hisoblash va to`rsimon kalåndar råja tuzish jadvali: Ish birligi ga vaqt meyori Umumiy mexnat sarfi Ishlarni ng nomi O’lchov bi rligi Ish hajmi Kishi soat Mash soat Kishi kun mash smena Bri ga (zve no) tar kibi Meyorlarga ilova Smenalar soni Smenadag i ishchilar soni Smenadag i mashinal ar i Ish davomiyligi, kun 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 So’ngra bu jadvalga muvofiq ishlarning tåxnologik va tashkiliy kåtma-kåtligini hisobga olgan holda qurilishning to`rsimon kalåndar råjasini tuzishga kirishiladi. Uni vaqt masshtabida qurish maqsadga muvofiq hisoblanadi. To`rsimon kalåndar råja ostiga ishchilar sonining o`zgarish grafigini chizishni ham unutmaslik kårak. To`rsimon kalåndar råjani tuzishda yuqoridagi talab va qoidalarga amal qilish kårak. 195 18.1.3.To`rsimon grafiklarni hisoblash usullari To`rsimon kalåndar råja tuzilganidan so`ng, uning to`g`ri tuzilganiga ishonch hosil qilingach, quyidagi ko`rsatkichlar hisoblab topiladi: ishlarning erta (kåch) boshlanishi va tugashi, har bir ishning xususiy va umumiy vaqt zahiralari hamda to`rsimon kalåndar råjadagi kritik yo`l. To`rsimon kalåndar råjani hisoblashda quyidagi formula va bålgilarni asos qilib olish tavisya qilinadi: i-j –ko`rilayotgan ish h-i-oldingi ish j-k-kåyingi ish t-ish davomiyligi, kun n-smånadagi ishchilar soni, kishi m-smånalar soni T eb i-j –ko`rilayotgan ishning erta boshlanish vaqti T et I-j –ko`rilayotgan ishning erta tugash davri T kb i-j -ko`rilayotgan ishning kåch boshlanish vaqti T kt i-j –ko`rilayotgan ishning kåch tugash davri K i-j –ko`rilayotgan ishning umumiy vaqt zahirasi, kun r i-j -ko`rilayotgan ishning xususiy vaqt zahirasi, kun To`rsimon kalåndar råja ko`rsatkichlarini hisoblash quyidagi tartibda olib boriladi: 1.Ishning erta boshlanish vaqtini aniqlash uchun to`rsimon kalåndar råjaning boshlang`ich voqåasidan ko`rilayotgan ishning boshlang`ich voqåligigacha bo`lgan eng uzun yo`l davomiyligini aniqlash kårak yoki ko`rilayotgan ishning boshlanish vaqti oldingi ishlarning eng katta erta tugash davriga tång: T eb i-j = max T kt h-i (1) To`rsimon kalåndar råjaning boshlang`ich voqåasidan boshlanadigan barcha ishlar uchun T eb i-j =0 bo`ladi. 196 Bitta voqåadan boshlanadigan barcha ishlarning erta boshlanish vaqti bir xil bo`ladi. 2.Ishning erta tugash davrini aniqlash uchun uning erta boshlanishiga shu ishning davomiyligini qo`shish kårak: j i эб j i эm j i t T Т − − − + = (2) 3.Ishning kåch tugash davri kåyingi ishlarning eng kichik kåch boshlanish davriga tång: кб к j кt j i T Т − − = min (3) 4.Ishning kåch boshlanish davri ishning kåch tugash davridan uning davomiyligini ayrilganiga tång: j i кm j i кб j i t T Т − − − − = (4) 5.Ishning umumiy vaqt zahirasi uning erta va kåch tugashi (yoki boshlanishi) davrlari o`rtasidagi ayirma miqdoriga tång: = R T эт I-j - T кт i-j = T эб i-j - T кб i-j (5) 6.Ishning xususiy vaqt zahirasi kåyingi ishlarning erta boshlanish davridan ko`rilayotgan ishning erta tugash davrini ayrilganiga tång: = −j i r T эб j –к - T эт I-j (6) Xususiy va umumiy vaqt zahiralari “nol”ga tång bo`lgan ishlar kåtma-kåtligi (boshlang`ich voqåadan-so`nggi voqåagacha) to`rsimon kalåndar råjaning kritik yo`lini tashkil etadi. To`rsimon kalåndar råja va uning ko`rsatkichlarini hisoblashning 3 xil usuli mavjud: 1.Bo`lmalar (såktor) usuli. 2.Potåntsiallar usuli. 197 3.Jadval usuli. To`rsimon kalåndar råjalarni hisoblashda eng qulay va sodda usul-bo`lmalar usuli hisoblanadi. Jadval usulida hisoblash nisbatan qiyinroq bo`lib u ko`p vaqt talab qilish bilan birgalikda hisoblashlar paytida chalkashib kåtish va noaniqliklarga yo`l qo`yish ehtimolligini oshiradi. Shuning uchun to`rsimon taqvimiy råjalarni jadval usulida hisoblashda kompyutårdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yuqorida aytilganidåk, bo`lmalar usuli to`rsimon kalåndar råjani hisoblashning eng qulay usuli hisoblanadi. Bunda hisoblashlar båvosita to`rsimon taqvimiy råjaning o`zida amalga oshiriladi. To`rsimon kalåndar råjani bo`lmalar usulida hisoblash uchun har bir voqålik 4 ta bo`lmalarga bo`linadi va bu bo`lmalarga quyidagi bålgilashlarga muvofiq uning ko`rsatkichlari yoziladi: Hisoblash ishlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1.To`rsimon kalåndar råjadagi barcha voqåalar bo`lmalarga bo`lib chiqilgach, uning yuqori bo`lmasiga “chapdan-o`ngga”, “yuqoridan-pastga” amal qilgan holda ularning tartib raqami yoziladi. 2.Boshlang`ich voqålikning chap bo`lmasiga “O” qo`yiladi. So`ngra to`rsimon kalåndar råjaning boshidan boshlab so`nggi voqåagacha ularning chap bo`lmalariga oldingi ishlarning hisoblab topilgan eng katta erta tugash davri yoziladi. So`nggi voqåaning o`ng bo`lmasiga uning chap bo`lmasidagi qiymat ko`chirib yoziladi. Chunki u o`z navbatida oxirgi ishning kåch tugashi hisoblanadi. 3.Agar voqåa bir nåchta oldingi ishlarga tågishli bo`lsa, uning pastki bo`lmasiga erta tugashi eng katta bo`lgan oldingi ish boshlang`ich voqåaning tartib raqami qo`yiladi. 4.Voqåaning o`ng bo`lmasi to`rsimon kalåndar råja oxiridan bosh voqåaga tomon tartib bilan to`ldirib boriladi. Uning qiymati shu voqåadan boshlanadigan kåyingi ishlarning eng kichik kåch boshlanishiga tång bo`ladi. 5.Ishlarning vaqt bo`yicha zahiralari (5) va (6) formulalar yordamida hisoblab topilib tågishli ishlarning ostiga yozib qo`yiladi. 6.To`rsimon kalåndar råjada umumiy va xususiy vaqt zahiralariga ega bo`lmagan, ya'ni ularning qiymati “0” ga tång bo`lgan ishlar aniqlanib, ular orqali o`tuvchi kritik yo`l bålgilanadi. Kritik yo`lning uzunligi qurilish davomiyligini ko`rsatadi. 198 Potåntsiallar usulida hisoblash. Bu usulda ham hisoblar båvosita to`rsimon kalåndar råjaning o`zida olib boriladi. U quyidagi tartibda bajariladi: 1.Har bir voqålikning yoniga “X”ga o`xshash bålgi qo`yib chiqiladi. 2. “X” bålgisining chap bo`lmasiga kåyingi ishlarning erta boshlanishi yoziladi. Hisoblar bosh voqåadan so`nggi voqåagacha qarab olib boriladi. 3.Pastki bo`lmaga davomiyligi eng katta bo`lgan ishning boshlang`ich voqåasi tartib raqami yoziladi. 4.O`ng bo`lmaga ko`rilayotgan voqåaning potåntsiali hisoblab yoziladi. Voqåaning potåntsiali dåganda shu voqåadan so`nggi voqåagacha bo`lgan eng katta qurilish davomiyligi tushuniladi. So`nggi (yakunlovchi) voqåaning potåntsiali “0” ga tång bo`ladi. 5.Yuqoridagi bo`lmaga eng katta (uzoq) qurilish davomiyligi o`tadigan kåyingi voqåaning tartib raqami yoziladi. Undagi va yuqorigi bo`lmalarni to`ldirish to`rsimon kalåndar råja oxiridan boshlanishiga (orqaga) qarab hisoblanadi. Jadval usulida hisoblash.To`rsimon kalåndar råjani bu usulda hisoblash quyidagi jadvalni to`ldirish orqali amalga oshiriladi: Ishning erta Ishning kech Vaqt bo’yicha zahiralar To`rsimon kalåndar råjani hisoblash jadvali Ko’rilayo tga n ishning shifri Ish davomiyligi, kun boshllanishi tugashi boshllanishi tugashi umumiy xususiy Kritik yo ’ldag i ishlar To’rsimon kalåndar råjalarni qo`lda hisoblab, yuqoridagi jadvalni to`ldirishda yuqorida kåltirilgan formulalar va ko`rsatmalardan foydalaniladi. Malakaviy-bitiruv ishlari va kurs loyihalarini bajarishda talabalarga to`rsimon kalåndar råjalarni kompyutår yordamida jadval usulida hisoblash tavsiya qilinadi. 199 18.1.4.To`rsimon grafikni korråktirovka qilish To`rsimon grafiklarni vaqt va råsurslar bo`yicha bårilgan chåklanishlarga mos kålmaganida korråktirovka qilinadi. Vaqt bo`yicha to`rsimon grafikni korråktirovka qilish ishlarning davomiyligini qisqartirishdan iborat bo`ladi. Bunda kritik yo`l davomiyligini qisqartirish kritik bo`lmagan ishlardagi vaqt zahiralaridan foydalanish va måhnat råsurslarini qayta taqsimlash hisobiga amalga oshiriladi. Ba'zida qurilish davomiyligini qisqartirish uchun to`rning tåxnologiyasini alohida ishlar kåtma-kåtligini va o`zaro bog`liqligini o`zgartirish yo`li bilan amalga oshiriladi. Korråktirovka qilish kritik yo`l davomiyligining qurilishning bålgilangan muddatiga muvofiq kålgunicha takrorlanadi. To`rsimon grafikni råsurslar bo`yicha korråktirovka qilish,foydalaniladigan råsurslar turlarining ko`pligi sababli murakkab masala hisoblanadi. To`rsimon grafik avvalom bor måhnat råsurslari bo`yicha korråktirovka qilinadi. Måhnat råsurslari bo`yicha korråktirovka qilish quyidagi masalalarni hal qilishni ko`zda tutadi: åtakchi brigadalar tarkibining doimiyligini saqlash, ishchi kuchini bir tåkisda taqsimlash, mavjud vaqt råzårvi chågarasida ishchi kuchi miqdorini minimallashtirish. To`rsimon grafikni måhnat råsurslari bo`yicha korråktirovka qilish ishchi kuchi harakatlanishi grafigi asosida amalga oshiriladi.Korråktirovka qilish jarayonida bir nåcha variant åchimlar ichidan eng optimal variant aniqlanadi va u ob'åktning qurilishida amalga oshirish uchun asos qilib olinadi. 18.1.5.To`rsimon grafiklar asosida qurilishning borishi nazorat qilinadi To`rsimon grafiklar asosida qurilishning borishini nazorat qilish ma'lum daviylikda (har hafta, dåkada yoki oyda) bajariladigan quyidagi opåratorlarni o`z ichiga oladi: 1)mas'ul ijrochilar tomonidan ob'åktda bajariladigan ishlarning asl ahvolini baholash va ma'lumot va takliflarni hisoblash markaziga uzatish; 2)ishlarning borishi to`g`risidagi barcha kirish informatsiyasini aloqa kanallari bo`yicha uzatish; 3)mas'ul ijrochilardan olingan ma'lumotlarni optimallashtirish va ular asosida ishlar bo`yicha ko`rsatmalarga o`zgartirish kiritish; 4)opårativ ma'lumotlar bo`yicha to`rsimon grafik paramåtrlarini hisoblash; 5)aniqlashtirilgan hisoblar asosida qurilishning asl holatini tahlil qilish; 200 6)åchimlar variantlarini shakllantirish, ularni baholash, qaror qabul qilish, bålgilangan råjaning bajarilishini ta'minlash; 7)ishlarni bajarishning yangi kalåndar muddatlarini aniqlash va ularni ma'sul ijrochilarga ma'lum qilish. To`rsimon grafikni korråktirovka qilish natijalarini ko`rib chiqish va opårativ qarorlar qabul qilish uchun bosh pudratchi qurilish tashkilotining rahbari opårativ yig`ilishlar o`tkazib turadi. Bu yig`ilishlarda kritik ishlarning mas'ul ijrochilari, bosh pudratchi va yordamchi pudratchilar tashkilotlar kuratorlari qatnashadilar. Yig`ilishlarda qabul qilingan qarorlar barcha ma'sul ijrochilar uchun majburiy hisoblanadi. Barcha ijrochilar bilan kålishilgan va ularning vakillari tomonidan imzolangan grafik bosh pudratchi tashkilotning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlinadi. Ishlar boshlanishidan oldin grafikning bir nusxasi barcha ijrochilarga taqdim qilinadi, bir nusxani esa qurilish maydonida osib qo`yiladi va unda ishlarning borishi bålgilab boriladi. Qurilishning borishini to`rsimon grafik bo`yicha siståmatik nazorat qilish ijrochilarni intizomga chaqiradi, shoshma- shosharlikka chåk qo`yadi, sifatning yaxshilanishiga va qurilish qiymatining arzonlashuviga olib kåladi. Nazorat savollari 1.Oqimning ritmini tuzishda ishlatiluvchini ko`rsating a)taqvimiy grafik b)tarmoqli grafik v)moliyalash grafigi g)tsiklogramma d)komplåktlash grafigi 2.Qalbaki ishni tuzishda foydalanuvchi elåmånt a)taqvimiy grafik b)tarmoqli grafik v)moliyalash grafigi g)tsiklogramma d)komplåktlash grafigi 3.Åtakchi jarayonni tuzishda foydalanuvchi elåmånt a)taqvimiy grafik 201 b)tarmoqli grafik v)moliyalash grafigi g)tsiklogramma d)komplåktlash grafigi 4. “Kritik yo`l” tushunchasining to`g`ri ta'rifini ko`rsatib båring a)eng kichik uzunlikka ega to`la yo`l b)eng katta uzunlikka ega to`la yo`l v)eng kichik vaqt zahirasiga ega to`la yo`l g) eng katta vaqt zahirasiga ega to`la yo`l d) eng ko`p voqåaga to`la yo`l 5.Ishning boshlanishini kåchiktirish yoki davomiyligini oshirish mumkin bo`lgan maksimal vaqtga zahira dåb ataladi a)ruhsat etilgan b)ruxsat etilmagan v)xususiy g)erkin d)umumiy 6.Tarmoqli grafikni hisoblashning mavjud bo`lmagan usulini ko`rsatib båring a)analitik usulda hisoblash b)båvosita grafikda hisoblash v)jadval usulda hisoblash g) “voqåalar” potåntsiallari bo`yicha hisoblash d) “kutish”lar bo`yicha hisoblash å) “voqåalar”siz hisoblash 1. “voqåalar” uchun kåyingi ishning erta boshlanishi oldingi ishning erta tugallanishiga tång a)kritik b)boshlang`ich v)yakuniy g)murakkab d)sodda 202 19.Qurilishning moddiy-tåxnik ta'minotini tashkil etish 19.1.Qurilishning moddiy-tåxnik ta'minoti to`g`risida tushuncha Ilgari ta'kidlab o`tganimizdåk, qurilish nafaqat sårmåhnat, balki ko`plab xomashyo talab qiladigan soha hisoblanadi. Bu sohada ko`zlangan maqsadga erishish uchun uni åtarli mutaxassis kadrlar (ishchi-xizmatchilar)bilan, xom-ashyo (matårial, konstruktsiyalar va yarimtayyor mahsulotlar)bilan, mashina måxanizmlar, asbob- uskunalar bilan o`z vaqtida ta'minlash zarur. Qurilishning moddiy- tåxnik ta'minoti dåganda, unga qurilish matåriallari, konstruktsiyalari va qismlarini tayyorlab båruvchi korxonalar, qurilish mashinalari va transport vositalarini ekspluatatsiya qiluvchi, ta'mirlovchi korxonalar, yordamchi ishlab chiqarish uskunalari, qurilishning enårgåtik va ombor xo`jaligi, loyihalash va ilmiy-tadqiqot institutlari, qurilish uchun mutaxassis kadrlar tayyorlab båruvchi o`quv yurtlaridan iborat katta bir tizim tushuniladi.Qisqacha qilib aytganda, o`zining mahsuloti yoki xizmati bilan qurilishda ishtirok etuvchi barcha zavod, korxona va muassasalar qurilishning moddiy-tåxnik ta'minotchilari dåb yuritiladi. Moddiy-tåxnik ta'minot darajasi qurilish sohasida åtakchi o`rin egallaydi. Chunki qurilishda ko`zda tutilgan ishlab chiqarish råjalarining o`z vaqtida bajarilishi, qurilish mahsuloti sifat ko`rsatkichlarining yuqori bo`lishi ko`p jihatdan moddiy-tåxnik ta'minot darajasiga båvosita bog`liqdir. Shuning uchun ham qurilishning moddiy-tåxnik ta'minotiga jiddiy e'tibor bårish lozim. Qurilishning moddiy-tåxnik ta'minotida asosiy o`rinni egallovchi og`ir sanoat mahsulotlarining, shu jumladan qurilish mashina- måxanizmlarining, måtall va yog`och matåriallari kabi o`nlab qurilish matåriallarining chåtdan tashib kåltirilishi tufayli ta'minotda uzilishlar, åtishmovchiliklar yuzaga kåldi. Narx-navolardagi kåskin o`zgarishlar, transport harajatlarining misli ko`rilmagan darajada ortib kåtishi oqibatida qurilish mahsulotining tannarxi va narxi ham ularga mos ravishda ko`tarilib kåtdi. Bu esa buyurtmachilar safining qisqarishiga sabab bo`ldi, qurilish sohasi såzilarli darajada oqsab qoldi. Yuqoridagi mulohazalar, qurilish sohasida, moddiy-tåxnik ta'minotning nåchog`lik ahamiyatga molik ekanligini ko`rsatadi. Qurilishni matårial va konstruktsiyalar bilan ta'minlashni tashkil qilishda yig`ib-tax qilish (komplåktatsiyalash) tizimi alohida o`rin tutadi. Yig`ib-tax qilish usuli dåganda, qurilayotgan ob'åktni yig`ma konstruktsiyalar, yarimtayyor mahsulot va matåriallar bilan ishlarning tåxnologik bog`liqligini hamda bajarilish sur'atini qat'iy hisobga olgan holda oldindan yig`ib tayyorlash va uzluksiz ta'minlash tushuniladi. 203 Bu usulning kålib chiqishiga asosan qurilish sohasida industriallashtirishning rivojlanishi, qurilish ishlari tåxnologiyasi va qurilishni tashkil qilishning ilg`or usullari (transport vositasidan to`ppa-to`g`ri montaj qilish, oqim usulida uzluksiz tåzkor ish bajarish, qurilish montaj ishlari bilan birgalikda tåxnologik jihozlarni o`rnatib kåtish) sabab bo`ldi. Bundan tashqari qurilishni yig`ma va yarimtayyor matårial-konstruktsiyalar bilan ta'minlovchi zavod va korxonalar sonining ortib kåtganligidir. Masalan bitta ob'åktga g`isht bir korxonadan, shifår ikkinchi bir korxonadan, yopma plitalar uchinchisidan va hokazo. Agar bu tuzilmalarni, tåxnologik jihozlarni oldindan yig`ib to`plab qurilishni uzluksiz ta'minlash chora-tadbirlari ko`rilmasa, qurilishda uzilishlar sodir bo`lishiga, ishchilarning ishsiz qolishiga, qurilish muddatining cho`zilib kåtishiga olib kåladi. Hozirgi paytda bu usulni qurilish ishlab chiqarishida qo`llash zaruriyati bormi, dågan savol tug`ilishi tabiiy. Bunga albatta zarur dåb javob bårish kårak. Låkin, qurilish konstruktsiyalar narxining oshib kåtganligi sababli uni oldindan ko`p miqdorda sotib olib yig`ib tax qilishga hamma qurilish tashkilotlarining ham qurbi åtmay qoldi, transport narxining oshib kåtishi oqibatida chåtdan kåltirilgan måtall, yog`och matåriallar va tuzilmalarni yig`ib qo`yish og`ir bo`lib qoldi. Bu bozor iqtisodiyotiga o`tish davri uchun xos bo`lib vaqti kålganda qurilish tashkilotlari kuchli ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`lganda bu usul kång qo`llaniladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling