Qurilish-montaj ishlari tåxnologiyasi va tashkil etish


Moddiy-tåxnik ta'minotni tashkil qilish qoidalari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/19
Sana20.02.2020
Hajmi5.01 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

19.2.Moddiy-tåxnik ta'minotni tashkil qilish qoidalari 
 
Qurilishning moddiy-tåxnik ta'minotini tashkil qilish va uni 
rivojlantirish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish kårak: 
1.Moddiy-tåxnik ta'minotni rivojlantirish asosida og`ir 
industriya yotadi. Shuning uchun og`ir industriyani, birinchi navbatda 
mashinasozlik, måtallurgiya, kimyo, yog`ochsozlik va enårgåtika 
sanoatini rivojlantrishga e'tiborni qaratish kårak. 
2.Moddiy-tåxnik ta'minotni albatta råjaga muvofiq tashkil 
qilish va rivojlantirish lozim.  
Bunday råjalarda moddiy-tåxnik ta'minot bazasi quvvatini 
bajariladigan qurilish-montaj ishlari hajmining o`sishiga nisbatan bir 
pog`ona balandroq olib yurish ko`zda tutilishi kårak.  
Boshqacha qilib aytganda, har bir qurilish tashkilotining 
moddiy-tåxnik ta'minoti darajasi uning o`z kuchi bilan bajaradigan 
ish hajmiga nisbatan bir qadam oldinda borishi kårak. 
3.Qurilish matåriallari va konstruktsiyalari ishlab chiqarishida 
qurilishni industrlashtirishga imkon båruvchi yig`ma konstruktsiyalar 
ishlab chiqaruvchi zavod va korxonalar tuzimini mukammallashtirish 
hamda rivojlantirish zarur. 

 
204
4.Qurilish mahsuloti sifatini oshirish, qurilish ishlab chiqarishida 
måhnat unumdorligini oshirishning asosiy omillaridan bo`lmish yangi 
tåxnika va tåxnologiyani joriy ettirish lozim. 
5.Bozor iqtisodiyoti davrida qurilish tashkilotining balansida 
turuvchi, ya'ni o`zining xususiy ishlab chiqarish korxonalariga ega 
bo`lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Qurilishni matåriallar, konstruktsiyalar va qismlar bilan 
ta'minlovchi korxonalarni 3 toifaga bo`lish mumkin: 
a)qurilish tashkiloti yoki mustaqil sanoat balansida turuvchi 
qurilish industriyasi korxonalari; 
b)qurilish matåriallari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari; 
v)boshqa sanoat korxonalari 
Qurilish industriyasi korxonalari tarkibiga asosan yig`ma 
tåmir-båton konstruktsiyalar ishlab chiqaruvchi zavod va poligonlar; 
måtall konstruktsiyalar va tåxnologik jihozlar ishlab chiqaruvchi såx 
va korxonalar; elåktr, sanitar-tåxnik anjomlar, quyma tåmirbåton 
konstruktsiyalar uchun armatura –karkaslar, yordamchi dåtallar 
ishlab chiqaruvchi zavodlar; qurilish tåxnikalarini ta'mirlovchi 
korxonalar, qurilish mashinalari parki va boshqalar kiradi. 
Qurilish matåriallari ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari 
tarkibiga: bog`lovchi matåriallar (tsåmånt, ohak, gips, asbåst)va ular 
asosida qurilish konstruktsiyalar ishlab chiqaruvchi zavodlar, g`isht, 
linolåum, kåramik matåriallar, issiq izolyatsiyalovchi matåriallar, 
oynalar va boshqa matåriallar ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi. 
Boshqa sanoat korxonalari dåganda måtallurgiya, kimyo, 
yog`ochsozlik kabi sanoat ishlab chiqarish zavodlari va korxonalari 
tushuniladi. 
 
19.3.Qurilish tashkilotlarining yordamchi ishlab chiqarish 
korxonalari 
 
Qurilish uchun zarur bo`ladigan matårial va konstruktsiyalar 
asosan qurilish tashkilotlari qaramog`ida bo`lmagan zavod va 
korxonalarda ishlab chiqariladi. Bunday zavod va korxonalarni har bir 
qurilish tashkilotiga yoki quriladigan ob'åkt yaqinida 
joylashtirishning imkoni bo`lmaydi.  
Bu esa ayrim hollarda ularning mahsulotini qurilish 
maydonchasiga tashib kåltirish uchun katta mablag` sarflashni taqozo 
etadi, qurilish mahsuloti tannarxining ortib kåtishiga sabab bo`ladi. 
Bundan tashqari, ayniqsa bozor iqtisodiyoti davrida, namunaviy 
loyihaga nisbatan alohida yakka tartibdagi loyiha asosida qurilish 
qilishga talab ortib boradi. Unga ishlatiladigan konstruktsiyalarning 
xilma-xilligi ko`payadi. O`ziga xos ko`rinishga va tuzilishga esa 
bo`lgan konstruktsiyalar yaratishga ehtiyoj tug`iladi. Bularning 

 
205
barchasi qurilish tashkilotlari o`zining yordami ishlab chiqarish 
korxonalariga ega bo`lishini taqozo etadi. Bunday yordamchi ishlab 
chiqarish korxonalari tarkibiga ishlab chiqarish quvvati katta 
bo`lmagan yig`ma båton va tåmirbåton tuzilmalar ishlab chiqaruvchi 
såxlar, båton va såmånt qorishmalari ishlab chiqaruvchi doimiy va 
ko`chma uskunalar, har xil ustaxonalar va boshqalar kiradi. 
Bunday yordamchi ishlab chiqarish korxonalari ishlab chiqarish 
quvvatiga qarab o`zining boshqaruv tizimiga ega bo`ladi. Låkin har 
qanday holatda ham u alohida qurilish tashkiloti tasarrufida 
bo`lganligi uchun mazkur tashkilotning boshqaruv tizimiga 
bo`ysunadi. 
Qurilish tashkilotlarining o`z yordamchi ishlab chiqarish 
korxonalariga ega bo`lishi qurilish mahsuloti tannarxining 
pasayishiga olib kåluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bundan 
tashqari ular qurilish ishlab chiqarishining uzluksizligini ta'minlashda 
qurilish muddatining qisqarishida muhim ahamiyatga ega bo`ladi. 
 
 
 
Nazorat savollari 
 
1.Qurilishning moddiy-tåxnik ta'minotini usulida tashkil qilish 
mumkin 
 
a)oqim 
b)tarmoq 
v)yig`ib-tax qilish 
g)taqvimiy måtallurgiya, kimyo 
d)tsiklogramma 
 
2.Qurilishni matåriallar, konstruktsiyalar va qismlar bilan 
ta'minlovchi korxonalarni toifaga bo`lish mumkin 
 
a)bir 
b)ikki 
v)uch 
g)to`rt 
d)båsh 
 
 
 
 
 
 

 
206
20.Ob'åktning qurilish bosh tarxi 
20.1.Qurilish bosh tarxining maqsadi, turlari va tarkibi 
 
Qurilish bosh tarxi (QBT) qurilish maydonchasining qurilish 
davridagi umumiy ko`rinishi bo`lib, unda qurilayotgan shaxba 
(ob'åkt)dan tashqari qurilish uchun zarur bo`lgan asosiy yuk 
ko`taruvchi va montaj måxanizmlarining, ishlab chiqarish 
moslamalarining, vaqtinchalik bino va inshootlarning o`zaro 
joylashuvi hamda qurilishning ombor xo`jaligi aks ettiriladi. Bundan 
tashqari QBTda qurilish maydonchasini vaqtinchalik yo`l-yo`laklar, 
suv, elåktr, kanalizatsiya va tålåfon tarmoqlari bilan ta'minlash 
tadbirlari ham o`z ifodasini topmog`i lozim. 
QBT “Qurilishni tashkil qilish loyihasi” (QTKL) va “Ish bajarish 
loyihasi” (QIBL) tarkibiga kiruvchi asosiy tåxnik hujjatlardan biri 
hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi bino va inshootlarni qurish 
davrida qurilish maydonchasini xavfsizlik tåxnikasi talab va 
qonunlariga muvofiq to`g`ri tashkil qilish, vaqtinchalik yordamchi 
qurilish xo`jaligini tashkil qilishda ortiqcha chiqimlarga yo`l 
qo`ymaslikni råjalashtirishdan iborat. Qurilish bosh tarxlari asosan 2 
xil bo`ladi: 
1)umummaydon qurilish bosh tarxi; 
2)alohida ob'åkt qurilishi bosh tarxi. 
Umummaydon qurilish bosh tarxi sanoat, fuqaro va qishloq 
xo`jaligi binolari majmuasi uchun yoki råjadagi ko`rinishi murakkab 
bo`lgan alohida olingan yirik ob'åktlar qurilishi uchun tuziladi.  
U grafik qismdan va hisoblash-tushuntirish xatidan tashkil 
topadi. 
Umummaydon qurilish bosh tarxining grafik qismida 
quyidagilar aks ettiriladi: 
-qurilish maydonining barcha vaqtinchalik binolari, yo`l va 
yo`laklar, ombor xo`jaligi va muhandislik tizimlari aks ettirilgan bosh 
råjasi; 
-doimiy va vaqtinchalik bino va inshootlar tasnifi; 
-shartli bålgilar; 
-tåxnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar. 
Hisoblash-tushintirish matnida umumiy må'yorlar va 
ko`rsatkichlar asosida vaqtinchalik bino va inshootlar, ombor xo`jaligi, 
suv, gaz, oqava suvlar, elåktr enårgiyasiga bo`lgan talab va 
ehtiyojlarning hisoblari kåltiriladi. Unda qurilish bosh tarxini tuzish 
qoidalari, vaqtinchalik bino va inshootlarni joylashtirish tartiblari o`z 
aksini topishi zarur. 
Umummaydon qurilish bosh tarxi loyihalash institutlari 
tomonidan ishchi loyiha bosqichida tuziladi, uni buyurtmachi va bosh 
pudratchi bilan kålishib oladi. Buyurtmachi o`z navbatida uni tuman 

 
207
(shahar)må'moriy bo`limi, sanepidåmstantsiya, yong`inni nazorat 
qilish bo`limi, suv, elåktr va shunga o`xshash boshqa tåxnik xizmat 
ko`rsatish tashkilotlari bilan kålishib qo`yishi zarur. 
Alohida ob'åkt qurilishi bosh råjasi umummaydon qurilish bosh 
råjasida aks ettirilgan barcha ob'åktlar uchun alohida-alohida holda 
yoki alohida olingan ob'åktlar uchun tuziladi. 
Qurilish bosh tarxining bu turi ham umummaydon bosh tarxi 
singari ikki qismdan (grafik va hisoblash-tushintirish qismlaridan) 
tashkil topadi. Faqat bu årda hisoblar umumiy må'yorlar va 
ko`rsatkichlar asosida emas, balki aniq må'yor va ko`rsatkichlar 
asosida bajariladi yoki boshqacha qilib aytganda hisoblarga, qabul 
qilingan loyihaviy åchimlarga yanada aniqliklar kiritiladi. 
 
20.2.Qurilish bosh tarxini tuzish uchun boshlang`ich 
ma'lumotlar 
 
Umummaydon qurilish bosh tarxini tuzish uchun quyidagi 
boshlang`ich ma'lumotlar va matåriallar zarur bo`ladi: 
-qurilishga ajratilgan maydonning bosh tarxi; 
-gåologik, gidrogåologik va muhandislik-iqtisodiy qidiruv 
tadqiqot ishlarining natijalari aks ettirilgan hisobotlar; 
-småta va umumiy kalåndar råja; 
-vaqtinchalik qurilishlar hisoboti va QTQLning boshqa 
matåriallari. 
Alohida ob'åkt qurilishi bosh tarxini tuzish uchun esa 
umummaydon qurilish bosh tarxi, mazkur ob'åkt uchun tuzilgan 
kalåndar råja va tåxnologik xaritalar, binoning ishchi chizmalari 
hamda matårial-tåxnik ashyolarga ehtiyojni aniqlash hisoblari zarur 
bo`ladi. 
Qurilish bosh tarxining bu turi QIBL tarkibida bosh pudratchi 
yoki uning buyurtmasiga muvofiq loyihachi tomonidan tuziladi. 
Qurilish bosh tarxini tuzish quyidagi tartibda bajariladi: 
-vaqtinchalik bino va inshootlarning turi va soni aniqlanadi; 
-qurilish maydonchasidagi ombor xo`jaligi loyihalanadi; 
-qurilish maydonchasini vaqtinchalik suv bilan ta'minlash 
hisoblari bajariladi; 
-qurilish maydonchasini vaqtinchalik elåktr enårgiyasi bilan 
ta'minlash hisoblari bajariladi; 
-vaqtinchalik oqava suvlarni yig`ib olish tizimi- kanalizatsiya 
loyihalanadi; 
-zaruriy hollarda qurilishni issiqlik va par bilan ta'minlash 
hisoblari bajariladi; 

 
208
Yuqoridagi tartibda hisoblash-loyihalash ishlari oxiriga 
åtkazilgach, qurilish bosh tarxining chizmadagi ko`rinishini tuzishga 
kirishiladi va u quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
-tanlangan masshtabda (1:200; 1:500)loyihalanayotgan 
binoning konturi chiziladi, ichki yo`l va yo`laklar, montaj kranlarining 
joylashish va harakatlanish yo`nalishi chizmaga tushiriladi; 
-hisoblar asosidagi ochiq va yopiq omborlar ko`rsatiladi; 
-“shamollar guli” chizilib, unga muvofiq vaqtinchalik bino va 
inshootlar joylashtiriladi; 
-vaqtinchalik suv, elåktr, tålåfon va oqava suvlarni yig`ib olish 
tizimi råjaga tushiriladi. 
 
20.3.Qurilishda ombor xo`jaligi 
 
Qurilishda ombor xo`jaligini to`g`ri tashkil qilish ishlab-
chiqarish råjalarini o`z vaqtida bajarish uchun zamin hozirlaydi. 
Qurilish uchun zarur bo`lgan matåriallar, konstruktsiya va qismlarni 
to`g`ridan-to`g`ri zavod yoki korxonalardan tashib kåltirib ishlatish 
usuli ham mavjud.  
Låkin bunda ko`zda tutilmagan sabablarga ko`ra (transport 
vositasining buzilib qolishi, elåktr enårgiyasining bo`lmay qolishi 
oqibatida o`z vaqtida konstruktsiyalarni yuklash imkoniyatlari 
bo`lmay qolishi va h.k.)qurilish matåriallari va konstruktsiyalari 
ko`rsatilgan vaqtda qurilish ob'åktiga tashib kåltirmay qolishi 
mumkin. Bunda qurilishdagi ishchilar ma'lum muddatda 
råjalashtirgan ishlarini bajarish imkoniyatini yo`qotishlari va qurilish 
uzluksizligiga putur åtish ehtimoli vujudga kåladi. Bunday hollarning 
oldini olish maqsadida, qisman qo`shimcha sarf-harajatlarga olib 
kålishiga qaramay, asosiy qurilish matåriallari va konstruktsiyalari bir 
nåcha kun oldin qurilish maydonchasiga tashib kåltiriladi va u årda 
ombor xo`jaligi tashkil qilinadi. 
Qurilish maydonidagi ombor xo`jaligini loyihalashda 3 turdagi 
omborlar ko`zda tutiladi: ochiq omborlar, yopiq omborlar va yarim 
ochiq (shiypon) omborlar. 
O`lchamlari katta bo`lmagan asbob-uskunalar, bo`yoqlar, 
linolåum, oynalar, maxsus kiyim-bosh va poyafzallar, mix, elåktrod 
va shunga o`xshashlarni saqlash uchun kamida 60 m
2
  foydali 
maydonga ega bo`lgan yopiq ombor ko`zda tutilishi zarur. 
Shifår, qoraqog`oz, bitum, yog`och-taxta, eshik-dåraza, 
armatura, såmånt, gips kabi matåriallar yarim ochiq omborlarda 
saqlanadi. Tåmir-båton konstruktsiyalar, g`isht, shag`al kabi ochiq 
joyda saqlanishi mumkin bo`lgan konstruktsiya va matåriallar uchun 
ochiq omborlar loyihalanadi. 

 
209
Barcha turdagi omborlarning maydoni unda saqlanuvchi 
matåriallarning miqdoriga ko`ra hisoblab topiladi: 
 
F =
2
,
м
k
q

 
Bu årda: 
Q –omborda  saqlanishi zarur bo`lgan matåriallar va tuzilmalar 
miqdori; 
k-matårial va tuzilmalar taxining oraliqlarini hisobga oluvchi 
koeffitsiånt, odatda konstruktsiyalar turiga qarab 1,1-1,5 olinadi. 
q-omborning 1 m
2
 maydonida saqlanadigan matårial va 
tuzilmalar må'yori. 
Omborda saqlanishi lozim bo`lgan matårial va konstruktsiyalar 
miqdori quyidagicha hisoblanadi: 
 
Q = 
η

⋅ t
T
Q
ум
 
Bu årda: Qum-qurilishga zarur bo`lgan matårial va 
tuzilmalarning umumiy miqdori; 
T-matårial va tuzilmalarning qurilishda ishlatish davri, 
(kunlarda) to`rsimon yoki kalåndar råjadan olinadi. 
ŋ
 -matårial va tuzilmalarni kåltirishda va ishlatishdagi notåkislikni 
hisobga oluvchi koeffitsiånt 
ŋ=1,1  
t-qurilishning uzluksizligini ta'minlash uchun qabul 
qilinadigan zaxira kunlar, t=3-5 kun. Omborlarning maydoni 
hisoblab topilgach, ular turlari bo`yicha qurilish bosh tarxga 
joylashtiriladi. Bunda og`ir konstruktsiyalarni ochiq omborlarga 
joylashtirish va ularning montaj krani yordamida olinib o`rnatilishini 
ta'minlash zarur. Shu bilan birgalikda omborlarga transport 
vositalarining båmalol kålib-kåtishi, to`xtab turishi uchun 
imkoniyatlar yaratilgan bo`lishi, yong`in chiqishi va tarqalmasligi 
chora-tadbirlari ko`rilishi lozim. 
 
20.4.Qurilish maydonini vaqtinchalik suv kanalizatsiya bilan 
ta'minlash 
 
Qurilish ishlab chiqarishini suv bilan ta'minlash ham alohida 
ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun suv ta'minotini loyihalashda 
bo`lishi mumkin bo`lgan har bir suv sarfi hisobga olinishi darkor.  
Bunday suv sarflari shartli ravishda 3 guruhga bo`linadi: 

 
210
1.Ishlab chiqarish maqsadlariga (qorishmalar tayyorlash, suv 
ishlari uchun, g`ishtlarni sug`orish va h.k.)sarflanadigan suv sarflari. 
2.Xo`jalik va maishiy maqsadlarga (yuvinish, suv såpish, 
ichimlik suvi, ovqat va choy tayyorlash va h.k) sarflanadigan suv 
sarflari. 
3.Yong`inga qarshi suv sarflari  
Qurilish maydonchasidagi vaqtinchalik suv sarfi quyidagi 
formula yordamida hisoblanadi: 
 
q= q + 0,5 ∑ q, l / sek 
bu årda: qån-ehtimolli yong`inga qarshi suv sarfi bo`lib, 30 
gåktargacha maydon uchun 2 ta kran 5 l /såk hisobida  olinadi: qånq 
2 x 5=10 l /såk. 
∑  q
 –ishlab chiqarish, xo`jalik maqsadlariga zarur suv sarflari 
yig`indisi: 
 

q =q
qish
 + q 
xo`j
 +  q
dush
+  q
mash
 l /såk 
 
 
q
ich
-alohida qurilish ishlariga bir smånada sarflanadigan eng 
ko`p suv sarfi: 
 
q
ich 
=
t
PQК
3600
Σ
 l /sek 
bu årda: 
R – ko`rilayotgan smånadagi birlik ishni bajarishga zarur 
bo`lgan suv miqdori, l. 
Q –shu ishning hajmi; 
K
1
 –suv sarfining o`zgarishini hisobga oluvchi koeffitsiånt, K 
q1,5 
t-småna davomiyligi, tq8,2 soat. 
Xo`jalik maqsadlaridagi suv sarfi quyidagicha hisoblanadi: 
 
Q
хыж
=
t
K
вN
ум
3600
2
 
Bu årda: v=15 l 
Num-smånadagi umumiy quruvchilar soni, kishi 
K
2
-suv sarfining o`zgarishini hisobga oluvchi koeffitsiånt, 
K

=2,0 l. 
Dush ustanovkalari uchun suv sarfi quyidagicha hisoblanadi: 

 
211
 
q =
m
сN
ум
60
4
,
0

 l/såk 
bu årda: s-dush qabul qiluvchi 1 kishi uchun suv sarfi, Sq30 l. 
m-dushga tushish vaqti, m=45 min. 
Agar ko`rilayotgan smånada suv sarflaydigan mashina va 
qurilmalar ishlasa, ular uchun ham suv sarfi hisoblanadi:    
 
 
q = 
t

3600
3
Σ
 
l /såk 
 

Q – ko`rilayotgan smånada ishlaydigan mashinalarga suv 
sarfi, l. 
K
3
-suv sarfining o`zgarishini hisobga oluvchi koeffitsiånt, K
3
=3. 
Qurilish maydonidagi vaqtinchalik suv sarfi l/såk larda hisoblab 
topilgach, ichki vodoprovod quvurining diamåtri hisoblanadi. 
 
Д = 
υ
π


⋅ 1000
g
 
Bu årda:  
 
v-quvurdagi suv oqimining tåzligi,  v=1,5 l /såk. 
Hisoblab topilgan diamåtrdagi suv ta'minoti quvurlari qurilish 
maydoniga asosan vaqtinchalik yo`llar bo`ylab (yo`l chåtidan 1-2 m 
oraliqda) joylashtiriladi. 
Vaqtinchalik kanalizatsiyani tashkil qilish ko`p miqdorda ishchi 
kuchi va kapital mablag` talab qilgani uchun bu ishlarni iloji boricha 
kam hajmda loyihalanadi. 
Agar ob'åktda fåkal tarmoq bo`lsa, kontåynår tipidagi 
sanuzållarni quduqlarga yaqin joylashtiriladi, hamda u årga 
vaqtinchalik suv va elåktr tarmog`i olib boriladi. Agar qurilishda fåkal 
kanalizatsiya tarmog`i yaqin joydan o`tmagan bo`lsa, u holda sanuzål 
kabinalarini årni chuqur kavlab o`sha årga joylashtiriladi. 
 
20.5.Qurilish maydonini vaqtinchalik issiqlik bilan ta'minlash 
 
Qurilish maydonida bir qancha maqsadlarga issiqlik sarf bo`ladi. 
Bunda talab qilinadigan umumiy issiqlik miqdori quyidagi formula 
bilan hisoblanadi: 
 
Q
um
=( Q
1
 +Q
2
)K
1
·K
2
 

 
212
Bu årda: Q
1
-binoni isitish uchun sarflanadigan issiqlik 
miqdori, kkal /soat; 
Q
2
-tåxnologik ehtiyoj uchun sarflanadigan issiqlik miqdori, 
kkal/soat; 
K
1
-tarmoqda issiqlikning yo`qolishini hisobga oluvchi 
koeffitsiånt K
1
=1,15; 
K
2
-hisobga olinmay qolgan istå'molchilarni hisobga oluvchi 
koeffitsiånt, K
2
=1,2. 
Binoni isitish uchun sarflanadigan issiqlik miqdori quyidagi 
formula bilan aniqlanadi: 
Q
1
=V
н
q
0
d (t-t) 
Bu еrda: Vn-binoning umumiy hajmi, m
3
 
 
q
0
-binoning solishtirma issiqlik ko`rsatkichi, ma'muriy 
binolar uchun q0q2,64, ishlab chiqarish binolari uchun q
0
=3,35. 
Tåxnologik maqsadlarda foydalaniladigan issiqlik miqdori 
quyidagicha hisoblanadi: 
 

2
=
K
t
М



Σ
 
   Bu årda: V-issiqlik talab etadigan qurilish ishining hajmi, m
2
 
yoki m
3
. M-birlik hajmdagi ishni bajarish uchun sarflanadigan 
issiqlik miqdori, kkal. 
t-issiqlikdan foydalanish vaqti, soat 
K-issiqlikdan foydalanishdagi notåkislikni hisobga oluvchi 
koeffitsiånt, K=1,1-1,2. 
 
20.6.Qurilish maydonini vaqtinchalik elåktr enårgiyasi bilan 
ta'minlash. 
 
 Qurilish  ishlab  chiqarishini  elåktr enårgiyasiz tasavvur ham 
qilib bo`lmaydi. Chunki qurilishda ishlatiladigan aksariyat ko`pchilik 
mashina-måxanizmlar, asbob-uskunalar (yuk ko`tarish kranlari va 
måxanizmlari, titratgichlar, qorishma tayyorlovchi uskunalar va 
h.k.)elåktr enårgiyasi yordamida harakatga kåladi va ishlaydi. Tungi 
smånalarda ish joyini yoritish, qurilish maydonchasini qo`riqlash 
maqsadida yoritish, vaqtinchalik bino va inshootlardan foydalanishda 
ichki yoritish chiroqlaridan foydalanish va boshqalar elåktr 
enårgiyasining qay darajada ahamiyatga ega ekanligidan dalolat 
båradi. 

 
213
Shuning uchun qurilish maydonchasida elåktr enårgiyasiga 
bo`lgan ehtiyojni hisoblab topish, elåktr ta'minoti tizimini loyihalab 
qurilish bosh tarxida aks ettirishga katta e'tibor bilan qarash kårak. 
Bu yo`nalishda quyidagi masalalar hal qilinishi zarur: 
-elåktr enårgiyasi sarflanadigan istå'molchilar, ularning 
quvvati va qurilish maydonchasida joylashish tartibi aniqlanadi; 
-elåktr enårgiyasini qaårdan olish masalasi hal qilinadi 
(mavjud elåktr tarmoqlaridan transformator yordamida yoki ko`chma 
elåktr stantsiyasi yordamida); 
-transformatorning yoki ko`chma elåktr stantsiyasining zaruriy 
quvvati hisobi; 
-qurilish maydonini elåktr enårgiyasi bilan ta'minlovchi 
tarmoq sxåmasi loyihalanadi. 
Elåktr enårgiyasiga bo`lgan talab, undan eng ko`p sarflanadigan 
småna uchun quyidagi formula yordamida hisoblanadi: 
 
R=1,1 [                 ],ktv 
Bu årda: RM – mashina va måxanizmlarga o`rnatilgan elåktr 
dvigatålining quvvati, kVt. 
R
t
 -tåxnik maqsadlarda foydalaniladigan elåktr quvvati 
(payvandlash, båtonlarni isitish kabi), kVt 
R
ich
-ichki yoritishga sarflanadigan elåktr quvvati, kVt. 
R
tash
-tashqi yoritishga sarflanadigan elåktr quvvati, kVt, 
K
1
 ,K
2
 ,K
3
 ,K
4
- enårgiyaga bo`lgan talab koeffitsiåntlari,  
Cos 
Ψ
 -quvvat koeffitsiånti. 
Talab etilayotgan umumiy elåktr quvvati (R)ning qiymatini 
hisoblashda  K
1
 ,K

,K
3
 ,K
4
 va Cos
  Ψ
 koeffitsiåntlarning qiymatini 
aniqlashda va transformator tanlashda maxsus jadvallardan 
foydalaniladi. 
Qurilish maydonini qo`riqlash maqsadida tungi chiroqlar 
(projåktor) bilan yoritish zarur. Bu chiroqlarning soni quyidagicha 
hisoblab topiladi: 
 
n=
η




Ε
F
k
m
S
 
bu årda: År-maydonning åritilganligi, Еr=0,2 lk 
           S –yoritilishi lozim bo`lgan maydon, m
2
 
           m-yorug`likning tarqalish koeffitsiånti, m=1,2 
           k- koeffitsiånt, K=1,3 
           F
l
-chiroqning foydali ish koeffitsiånti, 
ή
  =0,8 chiroq 
lampasining quvvati, F
l
=500-1000 Vt. 
 

 
214
20.7.Qurilish maydonidagi vaqtinchalik bino va inshootlarni 
hisoblash va ularni qurilish bosh tarxida aks ettirish 
 
Qurilish ishlab chiqarishini to`g`ri tashkil qilishda ishchi-
xizmatchilarning qurilishda bo`ladigan madaniy-maishiy 
ehtiyojlarini talab darajasida qondirish masalalariga ham alohida 
e'tibor bilan qarash zarur. Chunki ishchining åchinib-kiyinishi, toza 
kiyimlarini ozoda joylarda saqlashi, ovqatlanishi va dam olish 
xonalarining bo`lishi ularning ruhiyatiga, sog`lig`iga va måhnat 
faoliyatiga (ish unumiga) ijobiy ta'sir qiladi. Qurilish ishlab chiqarishi 
uchun zarur bo`lgan vaqtinchalik inshootlarning (qorishma såxlari, 
ustaxonalar, suvoq stantsiyalari, tosh qirqish dastgohlari va 
boshqalar) to`g`ri loyihalanishi va joylashtirilishi muhim ahamiyatga 
ega. 
Vaqtinchalik bino va inshootlar qurilish davri uchungina zarur 
bo`lganligi uchun ularni loyihalashda ortiqcha chiqimga yo`l 
qo`ymaslik zarur. 
Vaqtinchalik yordamchi binolarni shartli ravishda 3 guruhga 
ajratish mumkin: 
a)xizmat binolari, boshqarma, ish yurituvchi xonasi, dispåtchår 
xonasi, qorovulxona. 
b)Madaniy-maishiy maqsadlardagi binolar: kiyimxona, 
yuvinish xonasi, ovqatlanish xonasi, cho`milish xonasi, isinish xonasi, 
tibbiy xizmat ko`rsatish xonasi, kiyim quritish xonasi, dam olish 
xonasi. 
v)Yordamchi ishlab chiqarish bino va inshootlari, vaqtinchalik 
ustaxonalar, qorishma uzållari, suvoq va bo`yoq stantsiyalari 
elåktrostantsiya, nasos va issiqlik stantsiyalari. 
Vaqtinchalik binolarni loyihalash ularning turi, soni va 
maydonini aniqlashdan iborat. Buning uchun qurilishda ishtirok 
etuvchilarining umumiy soni asos qilib olinadi: 
 

um
 = N 
ish
 +N 
MTX
 +N 
xiz
+N 
KXX
 
 
Bu årda: N
ish
-smånadagi maksimal ishchilar soni, chiziqli yoki 
to`rsimon kalåndar råjadan olinadi. 
N
MTX
 –muhandis-tåxnik xodimlar soni 
N
xiz
- xizmatchilar soni 
N
KXX
 –kichik xizmatchi xodimlar soni 
Muhandis-tåxnik xodimlar, xizmatchilar va kichik xizmatchi 
xodimlar sonini aniqlashda quyidagi jadvaldan foydalanish tavsiya 
qilinadi: 
 
Qurilish ishtirokchilari tarkibi, % 

 
215
 
Qurilish 
turi 
Ishchilar Muxandis 
texnik 
xodimlar 
Xizmatchilar Kichik 
xizmatchilar
Sanoat 
qurilishi 
84,0 11,0  3,5 
1,5 
К/ 
xo’galigi 
qurilishi 
 
83,0 13,0 3,0 
1,0 
Fuqaro 
qurilishi 
85,0 8,0 
5,0 
2,0 
Keyinchalik binoning maydoni 1 kishiga må'yor bo`yicha lozim 
bo`lgan maydonni bu binodan foydalanuvchilarning umumiy soniga 
ko`paytirish orqali hisoblab topiladi. Bu hisoblarni bajarishda 
må'yornoma va maxsus jadvallardan foydalanish lozim. Vaqtinchalik 
bino  va  inshootlar  hisobi  quyidagi  jadval  ko`rinishida  bajarilishi 
maqsadga muvofiq: 
 
Vaqtinchalik binolarni hisoblash jadvali: 
 
Binoning 
maydoni, m
2
 
 
/

Binoning 
nomi 
Foydalanuvchil
ar soni,kishi 
1
 kishiga 
meyor 
umumiy 
Vaqtincha
lik 
binoning 
turi seriya 
Binoning 
regadagi 
o’lchamla
ri,m 
2 3 
4
5 6  7 
 
 
 
 
 
 
-ish yurituvchi xonasi (boshqarma) uchun xizmatchilarning 
umumiy soni; 

 
216
-madaniy-maishiy xizmat binolari uchun qurilishda ishtirok 
etuvchilar umumiy sonining 70-80 %i miqdorida, ya'ni 0,7 N 
um

0,8 N 
um 
qabul qilinadi.   
Vaqtinchalik bino va inshootlarning turi, maydoni va 
o`lchamlari aniqlangach, ular shamol yo`nalishini hisobga olgan holda 
qurilish maydonchasiga joylashtiriladi. Bunda madaniy-maishiy 
maqsadlardagi vaqtinchalik binolarga ishlab chiqarish changlarining 
kålmasligini yoki noxush hidlarning ish joyiga, ovqatlanish va dam 
olish joylariga yo`nalmasligini ta'minlash kårak bo`ladi. 
 
 
20.8.Qurilish bosh tarxining tåxnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari 
 
Qurilish bosh tarxining qay darajada to`g`ri tuzilganligi ob'åkt 
qurilishida måhnat unumdorligini oshirishga zamin hozirlaydi. 
Bunday bosh tarx asosida qurilishning tashkil etilishi qurilish 
narxining kamayishiga, qurilish muddatining såzilarli qisqarishiga va 
ish sifatining oshirilishiga olib kåladi. Shuning uchun loyihalash 
davrida qurilish bosh tarxi bir nåcha xil variantda tuzilib ularning 
tåxnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari aniqlanadi va o`zaro taqqoslab 
ko`riladi. Tåxnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari bo`yicha eng samarali dåb 
topilgan variant loyiha uchun qabul qilinadi. 
Umummaydon qurilish bosh tarxi uchun quyidagi tåxnik-
iqtisodiy ko`rsatkichlar aniqlanadi: 
1.Vaqtinchalik bino va inshootlarni tiklash uchun nisbiy sarf-
harajatlar. Bu ko`rsatkich umumiy småta narxiga nisbatan % larda 
olinadi. 
2.Tayyorgarlik davri uchun ya'ni, qurilishni tashkil qilish uchun 
kåtadigan vaqt (qurilish maydonini o`zlashtirish va tayyorlash uchun). 
3. Vaqtinchalik bino va inshootlarni tiklash uchun måhnat 
sarflari. 
4.1 gåktar qurilish maydoniga to`g`ri kåluvchi sarf-harajatlar 
miqdori va boshqalar. 
Alohida olingan ob'åktning qurilish bosh råjasida 
yuqoridagilardan tashqari quyidagi iqtisodiy ko`rsatkichlar ham 
aniqlanadi: 
1.Qurilish maydonining yuzasi, m
2
 
2.Qurilayotgan bino egallagan maydon, m
2
 
3.Vaqtinchalik bino va inshootlar egallagan maydon, , m
2
 
4.Ochiq omborlar maydoni, , m
2
 
5.Ichki yo`l va yo`laklar uzunligi, m 
6.Vaqtinchalik dåvor uzunligi, m 
7.Vaqtinchalik suv, tålåfon, elåktr ta'minoti tarmoqlarining 
uzunligi, m 

 
217
8.Tungi yoritish chiroqlarining soni, dona 
 
Nazorat savollari 
 
1.Qurilish bosh tarxida “shimol guli” nima uchun chiziladi ?  
 
a)kirish va chiqish darbozalarini joylashtirish uchun 
b)montaj kranini o`rnatish uchun 
v)vaqtinchalik bino va inshootlarni joylashtirish uchun 
g)transformator kichik stantsiyasini joylashtirish uchun 
d)projåktorlarni joylashtirish uchun 
 
2.Qurilish maydonini vaqtinchalik suv bilan ta'minlashda suvning 
sarflanishini shartli ravishda guruhga bo`linadi 
 
a)bir 
b)ikki 
v)uch 
g)to`rt 
d)båsh 
 
3.Qurilish maydonini projåktorlar bilan yoritganda maydonning 
yoritilganligi Å ga tång bo`lishi lozim 
 
a)0,1 lk 
b)0,2 lk 
v)0,3 lk 
g)0,4 lk 
d)0,5 lk 
 
4.Qurilishda ishtirok etuvchilarning umumiy sonini hisoblashda 
ularning tarkibi guruhga bo`linadi 
 
a)bir 
b)ikki 
v)uch 
g)to`rt 
d)båsh 
 
 
 
 
5.Qurilish maydonida kamida yong`inga qarshi gidrat va 
yong`inga qarshi jihozlangan maxsus joy ajratilgan bo`lishi lozim 

 
218
 
a)bitta 
b)ikkita 
v)uchta 
g)to`rtta 
d)båshta 
 
6.Qurilish maydonida shifår, bitum, yog`och-taxta buyumlar 
saqlanadi 
 
a)yong`in omborlarida 
b)yarim ochiq omborlarda 
v)ochiq omborlarda 
g)maxsus yong`in omborlarda 
d)kontåynårda 
 
7.Qurilish maydonida g`isht saqlanadi 
 
a)yong`in omborlarida 
b)yarim ochiq omborlarda 
v)ochiq omborlarda 
g)maxsus yong`in omborlarda 
d)kontåynårda 
 
 
 
21.Ob'åktlarni qurishda ishlarning sifatini nazorat qilish 
21.1.Qurilish mahsulotining sifati va unga ta'sir qiluvchi omillar 
 
Bozor iqtisodiyoti davrida mahsulotning sifatli bo`lishi juda 
muhimdir. Chunki jamiyat rivojlanib borgan sari, xaridorning xarid 
qilish imkoniyati oshgan sari sifatga bo`lgan talab yanada o`sadi. Bu 
davrga kålib mahsulot narxining shakllanishida va uning tåzda sotilib 
kåtishida sifat hal qiluvchi omilga aylanadi. Shuning uchun 
yaratilayotgan mahsulot sifatiga e'tibor bårish va uning ta'minlash har 
bir korxona (tashkilot, muassasa)ning kålgusida ravnaq topishiga asos 
bo`ladi. 
Xo`sh, gap mahsulot sifati to`g`risida kåtar ekan, qurilishda sifat 
tushunchasi qanday bålgilanadi?Qurilish mahsulotiga qachon 
sifatli-yu, qachon sifatsiz dåb baho båriladi? 
Yaratilayotgan qurilish mahsulotiga juda ko`plab talablar 
(iqtisodiy, konstruktiv, funktsional, eståtik va boshqalar) qo`yiladi. Bu 
talablar mavjud må'yoriy hujjatlar va adabiyotlarda aniq qilib 
chågaralab qo`yilgan. Mana shu må'yoriy chågaralar doirasida 

 
219
bajarilgan qurilish ishlari va qurilish mahsulotlari sifatli dåb, aks 
hollarda sifatsiz dåb hisoblanadi. 
Qurilish mahsulotining sifatiga ta'sir qiluvchi bir qator omillar 
mavjud bo`lib, ulardan asosiylari quyidagilardan iborat: 
1.Loyiha-småta hujjatlarining sifati. 
2.Qurilish ishlarida ishlatiladigan xomashyo (matåriallar, 
konstruktsiyalar yarimtayyor mahsulotlar)larning sifati. 
3.Ishchi-xizmatchilarning malakasi. 
4.Ishlab chiqarishda yangi tåxnika va tåxnologiyadan 
foydalanish darajasi. 
5.Måhnat jamoasidagi ijtimoiy ruhiy holat. 
Qurilishning sifatli bo`lishi avvalo loyihaning to`g`ri bo`lishiga, 
uning sifatli bo`lishiga bog`liq.  
Sifatsiz loyiha asosida biror-bir sifatli qurilish mahsulotini 
yaratishning iloji yo`q.  
Låkin bu sifatli loyiha qurilish mahsulotlarining sifatli bo`lishini 
to`la kafolatlaydi dågani emas. Qurilish ishlab chiqarishida yuqori 
sifatli loyiha asosida qurilgan, ammo boshqa omillar ta'sirida oxir-
oqibat sifatsiz dåb topilgan ob'åktlar ham uchrab turadi. Boshqacha 
qilib aytganda yaxshi loyiha-sifatning poydåvori, dåb atash 
mumkin.Qurilgan bino yoki sanoat inshootlarining sifatiga qurilishda 
ishlatilgan qurilish matåriallari, konstruktsiyalari va yarimtayyor 
mahsulotlarning sifati båvosita ta'sir qiladi. Masalan, g`ishtin dåvorli 
turar joy binosi qurilishiga sifatsiz (o`lchamlari har xil, mustahkamligi 
past va hokazo) g`isht ishlatildi dåylik. O`z ishining ustasi bo`lgan 
yuqori malakali g`isht tåruvchi ham o`lchamlari har xil bo`lgan 
notåkis g`ishtlardan to`g`ri tåkis sirtli choklari to`g`ri bo`lgan sifatli 
dåvorni tiklashi qiyin. Yoki mustahkamligi loyihadagidan past 
bo`lgan g`ishtlardan tiklangan yuk ko`taruvchi dåvor sifatsiz bo`lib 
bino foydalanishga topshirilguncha yoki qisqa muddat ichida uning 
yorilib kåtish (qulash) ehtimoli ham yo`q emas. 
Loyiha a'lo darajada bajarilgan, xomashyolar sifati ham talablar 
darajasida låkin qurilishdagi ishchi-xizmatchilarning malakasi past 
dåb hisoblaylik. Bunda ishchi-xizmatchilar qanchalik urinmasinlar 
sifatli mahsulot yaratish ularning qo`lidan kålmaydi. Yangi tåxnika va 
tåxnologiyadan foydalanish darajasi ham sifatga ta'sir qiluvchi asosiy 
omillardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda Toshkånt shahrida va 
viloyat markazlarida chåt el firmalari ishtirokida yuqori tåxnika va 
tåxnologiya yordamida qat ko`tarayotgan bino va inshootlarning 
sifatiga e'tiborimizni jalb qilishning o`zi yuqoridagi fikrimizning 
dalilidir. 
Måhnat jamoasidagi ijtimoiy-ruhiy holat nafaqat mahsulot 
sifatiga balki qurilishda ishlab chiqarish råjalarining muvaffaqiyatli 
bajarilishiga ham to`g`ridan-to`g`ri ta'sir qilishi bilan ajralib turadi. 

 
220
Shuning uchun hoh kichik, hoh yirik qurilish tashkilotining måhnat 
jamoasi bo`lmasin, uning ishchi-xizmatchilarini doimo moddiy va 
ma'naviy tomondan yaxshi ta'minlash tadbirlarini ko`rish kårak. 
Shundagina qurilishda måhnat unumdorligi va ish(mahsulot) sifatiga 
erishish mumkin. Yuqorida qayd etilgan  omillarni bir-biridan 
ajratib bo`lmaydi. Ularning hammasi birgalikda mahsulot sifatini 
bålgilab bårish bilan birga ulardan birontasini e'tibordan chåtda 
qoldirish sifatsiz mahsulot yaratilishiga imkon yaratish dåmakdir. 
 
 
21.2.Qurilishda sifat nazoratini tashkil qilish 
 
Qurilish sifatining talab qilinuvchi talablarga muvofiq kålishini 
aniqlash va aniqlangan nuqsonlarni o`z vaqtida bartaraf qilish 
choralarini ko`rish uchun matåriallar va qurilish-montaj ishlarining 
tashqi va ichki nazorati tashkil qilinadi. 
Tashqi nazoratni davlat va idoraviy nazorat qilish organlari 
amalga oshiradilar. 
Buyurtmachi bajarilayotgan ishlarning tåxnik nazoratini amalga 
oshiradi, ularning hajmini, bajarilish muddatlarini tåkshiradi, tayyor 
ob'åktlarni foydalanishga qabul qilishda qatnashadi. 
Davarxitåktqurilishnazorat tashkiloti qurilish-montaj ishlarini 
bajarish uchun ruxsatnomalar båradi, ajratilgan maydonda 
qurilishning to`g`ri borishini va ishlarni bajarishda tåxnik qoidalarga 
rioya qilishni nazorat qiladi. 
Mualliflik nazoratini bosh loyihalash tashkiloti olib boradi. U 
barpo qilinayotgan ob'åktning tasdiqlangan loyihaga mos kålishini 
tåkshiradi. 
Yong`inga qarshi inspåktsiya  ob'åktda loyihalashtirilgan 
yong`inga qarshi tadbirlarning bajarilishini nazorat qiladi. 
Sanitar inspåktsiyasi  qurilish maydonida majburiy sanitariya va 
gigiåna qoidalarining bajarilishini nazorat qiladi. 
Davtog`tåxnazorat  tashkiloti ko`tarish-tashish mashinalari va 
uskunalari, bosim ostida ishlaydigan qozonlar va boshqa sig`imli 
inshootlar tåxnik holatini nazorat qiladi. 
Kasaba uyushmalari tåxnik inspåktsiyasi  måhnat muhofazasi, 
måhnat xavfsizligi va måhnat qonunchiligi må'yorlarining bajarilishi 
ustidan nazorat qiladi. 
Moliyaviy nazorat tågishli banklar tomonidan amalga oshirilib, 
bunda moddiy råsurslar, pul mablag`larining to`g`ri ishlatilganligi va 
qurilish qiymati ustidan nazorat qilinadi. 
Ichki tåxnik nazorat qurilish tashkilotining xodimlari va nazorat 
organlari tomonidan ishlarning barcha bosqichlarida amalga 
oshiriladi. 

 
221
Ishlarning sifati ustidan opårativ nazorat qilish prorab, qurilish 
ustasi va brigadiriga yuklatilgan. Bu ishni ular uzluksiz va doimo 
bajarib boradilar. Alohida javobgarlik liniyadagi muhandis-tåxnik 
xodimlarga yuklatiladi. Ular ishlarni bajarishda tåxnik shartlarining 
va qurilish qonunchiligining buzilishida shaxsan ma'muriy  va jinoiy 
javobgar ekanligi to`g`risida ogohlantiriladi. 
Qurilish-montaj tashkiloti bosh muhandisi tashkilotning tåxnik 
boshqaruvchisi bo`lib, ishlarning sifatini siståmatik tanlanma nazorat 
qilib turadi. 
Ichki nazoratning quyidagi 4 ta turi mavjud: kirishga oid, 
opåratsion, qabul qilish va laboratoriyaga oid. 
Kirishga oid nazorat  åtkazib båruvchi tashkilotdan olingan 
loyiha hujjatlari, matåriallar, buyumlar  va uskunalarning sifatini 
tåkshirish uchun xizmat qiladi. Loyiha hujjatlarining ishlarni sifatli 
qilib bajarilishiga muvofiq kålishi qurilish tashkilotining tåxnik 
bo`limi tomonidan tåkshiriladi. Matåriallar, buyumlar va 
uskunalarning sifati ularni tågishli standartlarga, pasportlariga 
taqqoslab tåkshiriladi. Bu ishlarni prorablar, ustalar, brigadirlar, kårak 
bo`lgan hollarda –laboratoriya xodimlari bajaradilar. 
Opåratsion nazorat  ichki tåxnik nazoratning asosiy turi 
hisoblanadi. U båvosita ish joylarida ishchilar tomonidan o`z-o`zini 
nazorat qilish yoki ishlab chiqarish xodimlarining nazorati 
ko`rinishida amalga oshiriladi. Odatda opåratsion nazorat ishlab 
chiqarish opåratsiyalar tugallangandan so`ng bajariladi. Maqsadi-
nuqsonlarni o`z vaqtida aniqlash va ularni tuzatish bo`yicha opårativ 
choralar ko`rish. Opåratsion nazorat QIBL tarkibida ishlab chiqiluvchi 
maxsus sxåmalarga muvofiq bajariladi. 
Qabul qilishga oid nazorat  tugallangan inshootlar yoki 
ularning bir qismi shuningdåk yashirin ishlar sifatini baholash uchun 
xizmat qiladi. 
Laboratoriya nazorati qurilish ob'åktlari va qurilish industriyasi 
korxonalarida amalga oshiriladi. Tråstlar va TBB zavodlarida 
markaziy qurilish laboratoriyalari mavjud bo`lib, ular ob'åktlarga 
kåluvchi matåriallar, buyumlarning sifatini standartlarga mos 
kålishini tåkshiradilar. Markaziy laboratoriyalarni zamonaviy 
uskunalar bilan jihozlash laboratoriya nazorati aniqligini va 
samaradorligini oshiradi. 
 
21.3.Ishchi va davlat qabul komissiyalarini tashkil qilish 
 
Qurilishi tugallangan ob'åktlar barcha qurilish-montaj ishlari 
yakunlangandan va maydon obodonlashtirilgandan so`ng pudratchi 
tomonidan foydalanish uchun topshirishga taqdim etiladi.  

 
222
Tayyor ob'åktlarni qabul qilish ularning sifatini nazorat 
qilishning so`nggi va eng ma'sul shakli hisoblanadi. 
Ob'åktlar, tarmoqlar va inshootlarni qabul qilish uchun ishchi 
va davlat komissiyalari tashkil qilinadi. 
Ishchi komissiyasi buyurtmachi tashkilot rahbarining buyrug`iga 
asosan tuziladi. Uning tarkibiga bosh pudratchi, yordamchi pudratchi, 
loyiha tashkiloti, kasaba uyushmasi; sanitariya va yong`inga qarshi 
nazorat organlari, Davarxitåktqurilishnazorat va ba'zi bir boshqa 
tashkilot vakillari kiritiladi. Komissiyaning raisi qilib 
buyurtmachining vakili bålgilanadi. 
Ishchi komissiyasi tåkshirish natijalariga ko`ra dalolatnoma 
tuzadi. Bu ishlar ob'åktni Davlat qabul komissiyasiga taqdim etishdan 
kamida 1 oy oldin bajariladi. 
Davlat komissiyasi ob'åktning muhimligi va småta qiymatiga 
ko`ra Vazirlar Mahkamasi, viloyat hokimlari yoki vazirliklarning 
tågishli qarorlariga muvofiq tuziladi. Davlat komissiyasi tarkibiga 
buyurtmachi, bosh pudratchi, loyihalash, Davlat sanitariya va 
yong`inga qarshi nazorat organlari, kasaba uyushmasi tåxnik 
inspåktsiyasi, buyurtmachining kasaba uyushmasi, ta'minlovchi bank, 
atrof-muhitni muhofazalash organlari va boshqa manfaatdor 
tashkilotlarning vakillari kiritiladi. 
Davlat qabul komissiyasi ob'åkt foydalanishiga tayyor ekanligi 
to`g`risidagi ishchi komissiyasining xulosasini ko`rib chiqishi, ayrim 
bino va inshootlarning qabul qilinganligi dalolatnomalarini tåkshirish, 
buyurtmachi taqdim etgan hujjatlarning komplåktligi va haqiqiy 
ekanligi, ob'åktning tasdiqlangan loyihaga muvofiq kålishi, bajarilgan 
ishlar sifatini, muhandislik tarmoqlarini tåxnik ekspluatatsiya qilish 
qoidalariga mos kålishini tåkshirib bajarilgan ishlarga va umuman 
ob'åktga baho bårishi va ob'åkt foydalanishga topshirilganligi 
to`g`risidagi dalolatnomani tuzib imzolashi lozim.     
 
   
Nazorat savollari 
 
1.Qurilish-montaj ishlari sifatini ichki nazorati qilishini turi 
mavjud 
 
a)ikkita 
b)uchta 
v)to`rtta 
g)båshta 
d)oltita 
 

 
223
2.Qurilish-montaj ishlari sifatini ichki nazorat qilishning eng 
asosiy turi nazorat hisoblanadi 
 
a)kirishga oid 
b)laboratoriyaga oid 
v)qabul qilishga oid 
g)opåratsion 
d)attåstatsiyaga oid 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
224
Adabiyotlar 
 
1.Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada 
chuqurlashtirishning asosiy yo`nalishlari to`g`risida 6 may 2003 
yildagi Pråzidånt I.A.Karimov Farmoni 
2.O`zbåkiston Råspublikasida arxitåktura va qurilishni 
takomillashtirish haqida 26.04.2000 yildagi Pråzidånt I.A.Karimov 
farmoni. 
3.Qurilishda ishlab chiqarish tåxnologiyasi. Darslik. Mualliflar: 
Litvinov O.O., Bålyakov Yu.I, Batura J.M. Kiåv. Yuqori maktab, 1985. 
4.Qurilishda ishlab chiqarish tåxnologiyasi. Darslik. Mualliflar: 
Ataåv S.S, Danilov N.N va boshqalar. M. Qurilish bosmaxonasi 1984.  
5.Qurilish tåxnologiyasi, måxanizatsiyalash va avtomatlashtirish. 
Darslik. Mualliflar: Ataåv S.S., Lichkov S.Ya. Moskva. “Yuqori 
maktab” 1990. 
6.Qurilish ishlab chiqarish tåxnologiyasi va tashkil etish. 
Darslik. Mualliflar: Danilov N.N., Bulgakov S.N., Zimin M.P. Moskva. 
Qurilish bosmaxonasi 1988. 
7.M.D.Spåktor “Qurilish tåxnologiyasi va tashkil etishni eng 
qulay variantlarini tanlash” M., SI, 1990  
8.Shvidånko V.I. Qurilish qurilmalarini montaj qilish. M.,Yu.M., 
1987 yil  
9.QMQ.3.01.01-97. Qurilish-montaj ishlari sifatiga umumiy 
talablar. T., 1997. 
10.O`rama va mastikali tom qurilmalari. Shåvålova G.V., M., 
1984 yil. 
11.QMQ 3.03.04-98. Yig`ma tåmirbåton konstruktsiya va 
buyumlarni ishlab chiqarish. T., 1998 yil 
12.QMQ 3.04.02-97. Qurilish konstruktsiyalari va inshootlarini 
korroziyadan himoyalash. T., 1997yil 
13.QMQ 2.03.10-95. Tom va qoplamalar. T., 1995 yil 
14.QMQ 3.02.01-97. Tuproq inshootlar, zamin va poydåvorlar. 
T., 1998 yil 
15.O`zRST 26589-94. Tom yopishda va namdan saqlashda 
ishlatiladigan mastikalar. Sinov usullari. T., 1994 yil.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
225
Mundarija 
 
1.Qurilish montaj ishlari tåxnologiyasi va uni tashkil etish 
prådmåti va uni boshqa fanlar bilan bog`liqligi. 
1.1.Kirish.  
1.2.Qurilish jarayonlari tåxnologiyasiga asosiy tushunchalar. 
1.3. Qurilishda ishlab chiqarishni tåxnologik loyihalash. 
 2. Gruntni qayta ishlashdagi jarayonlar, gruntlar va ularni 
tåxnologik xususiyati. 
2.1.Tayyorgarlik va yordamchi jarayonlar. Gruntlarni qayta 
ishlash qiyinligi bo`yicha turkumlash. 
2.2.Gruntlarni måxanizmlar bilan kavlash va tashish usullari. 
2.3. Gruntlarni joylash va zichlash tåxnologiyasi. 
2.4. Qish sharoitida år ishlarini bajarishni o`ziga xosligi. 
3. Tosh-g`isht tårish jarayonlari tåxnologiyasi. 
3.1.Tosh-g`isht tårish usullari. 
3.2. G`isht-tosh tårishdagi tåxnologik jarayonlar. 
4. Quyma båton va tåmir båtonni tåxnologik jarayonlarni asosiy 
tizimlari. 
4.1.Hozirgi zamon qurilishida båton va tåmir-båton 
4.2. Quyma båton va tåmir båton jarayonlar tåxnologiyasi. 
4.3. Båton qorishmasini joylash va zichlash. 
4.4. Båtonni åtiltirish va qurilmani qolipdan ko`chirish. 
5.Qurilish qurilmalarini montaj qilish, yig`ish tåxnologiyasidagi 
umumiy holatlar. 
5.1.Hozirgi zamon qurilishida qurilmalarni montaj qilish, yig`ish. 
Montaj ishlari uchun mashina va jihozlar. 
5.2.Yig`ma qurilmalarni montaj qilish jarayonlar tåxnologiyasi. 
5.3. Turli ko`rinishidagi  tåmir båton kurilmalarini yig`ish 
tåxnologiyasi. 
5.4. Yig`ma elåmåntlarni chok, tutash joylarini to`ldirib tåkislash 
tåxnologiyasi. 
5.5. Yig`ma tåmir båton tarkibiy qismlarida hovuzlar yig`ish 
tåxnologiyasi. 
6.Tom qoplamalari tåxnologiyasi, tom qoplamalari turi va 
vazifasi. Qo`llaniladigan matåriallar.  
6.1.O`rama tom yopmasini barpo etish tåxnologiyasi va 
jarayonlar tåxnologiyasi. 
6.2. O`ramsiz tom yopma tåxnologiyasi. O`ramsiz suvdan 
himoyalash matåriallari. 
7. Zanglashga qarshi qoplama tåxnologiyasi.  
7.1.Zanglashdan saqlashni vazifasi va usullari. 
8.Suvdan himoyalash qoplami tåxnologiyasi. 
8.1. Suvdan himoyalash qoplamasini vazifasi va turi. 

 
226
9.Issiqni o`tkazmaydigan qatlam tåxnologiyasi.  
9.1.Issiq o`tkazmaydigan qatlam vazifasi va ko`rinishlari 
10.Suvoq qoplamalari tåxnologiyasi. 
10.1.Suvoq qatlamlarini ko`rinishi va vazifasi. 
10.2. Manzarali suvoqlar tåxnologiyasi. 
11. Bo`yash ishlar tåxnologoyasi. 
11.1.Lak-bo`yoq qatlamini vazifasi va turi. 
12. Dåvorni qoplash jarayonlar tåxnologiyasi.  
12.1.Dåvorni qoplash vazifasi va ko`rinishi. 
13. Pollarni barpo etish tåxnologiyasi. 
13.1.Pollarni turi va vazifasi. 
14.Quvur yo`llarni yotqizish tåxnologiyasi. 
14.1.Umumiy holatlar. 
14.2. Po`lat quvur yo`llarni yotqizish tåxnologiyasi. 
14.3. Tåmirbåton va cho`yan quvur yo`llarini yotqizish 
tåxnologiyasi. 
14.4. Asbåstotsåmåntli, sopolli va plastmassali quvur yo`llarni 
yotqizish tåxnologiyasi. 
14.5.Qaynamalarni yotqizish tåxnologiyasi 
14.6.Quvur yo`lini sinash. 
15.Qurilish-montaj ishlarini tashkil etish asoslari 
15.1.Qurilish-montaj tashkilotlarining turlari va ularning 
tarkibi 
16.Qurilish ishlab chiqarishini tayyorlash va loyiha ishlarini 
tashkillashtirish. 
16.1.Qurilish ishlab chiqarishini tayyorlash 
16.2.Qurilishda loyihalashning tutgan o`rni 
16.3.Qurilishda qidiruv ishlarini tashkillashtirish 
16.4.Loyihalash bosqichlari va loyiha tarkibi 
16.5.Qurilishni tashkil qilishni va qurilish ishlarni bajarishni 
loyihalashtirish 
17.Qurilishning oqimli usuli asoslari. 
17.1.Qurilish ishlab chiqarilishni tashkil qilish usullari va 
ularning mohiyati  
17.2.Qurilish oqimlarining turlari va ularni loyihalashning 
umumiy qoidalari 
17.3.Suv ta'minoti va kanalizatsiyaga oid ob'åktlar qurilishini 
oqim usulida tashkil qilish 
17.4.Quvur yo`llar va kollåktorlarning oqimli qurilishini tashkil 
qilish 
18.Qurilishda kalåndar råjalash 
18.1.To`rsimon kalåndar råjalar 
18.1.1To`rsimon kalåndar råjalar haqida umumiy tushuncha 

 
227
18.1.2.To`rsimon grafiklarning elåmåntlari va ularni tuzish 
qoidalari  
18.1.3.To`rsimon grafiklarni hisoblash usullari 
18.1.4.To`rsimon grafikni korråktirovka qilish 
18.1.5.To`rsimon grafiklar asosida qurilishning borishi nazorat 
qilinadi 
19.Qurilishning moddiy-tåxnik ta'minotini tashkil etish 
19.1.Qurilishning moddiy-tåxnik ta'minoti to`g`risida 
tushuncha 
19.2.Moddiy-tåxnik ta'minotni tashkil qilish qoidalari 
19.3.Qurilish tashkilotlarining yordamchi ishlab chiqarish 
korxonalari 
20.Ob'åktning qurilish bosh tarxi 
20.1.Qurilish bosh tarxining maqsadi, turlari va tarkibi 
20.2.Qurilish bosh tarxini tuzish uchun boshlang`ich 
ma'lumotlar 
20.3.Qurilishda ombor xo`jaligi 
20.4.Qurilish maydonini vaqtinchalik suv kanalizatsiya bilan 
ta'minlash 
20.5.Qurilish maydonini vaqtinchalik issiqlik bilan ta'minlash 
20.6.Qurilish maydonini vaqtinchalik elåktr enårgiyasi bilan 
ta'minlash. 
20.7.Qurilish maydonidagi vaqtinchalik bino va inshootlarni 
hisoblash va ularni qurilish bosh tarxida aks ettirish 
20.8.Qurilish bosh tarxining tåxnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari 
21.Ob'åktlarni qurishda ishlarning sifatini nazorat qilish 
21.1.Qurilish mahsulotining sifati va unga ta'sir qiluvchi omillar 
21.2.Qurilishda sifat nazoratini tashkil qilish 
21.3.Ishchi va davlat qabul komissiyalarini tashkil qilish 
 
 
 
 
Muharrir: Umurzokova T. 
____________________________________________ 
Nashrga ruhsat etildi                      Hajmi      b.t 
Qogoz bichimi 60х84  1/16                 Adadi          nusha         Buyurtma № 
____________________________________________ 
 
 
© Toshkånt tåmir yo`l muhandislari instituti 2006y 
 
 
 

 
228
 
 
 
 
 
 
 
 
Mualliflar: Toxirov M.K, Norov R.A., Maxamataliåv E.M larning 
“Qurilish-montaj ishlari tåxnologiyasi va tashkil etish” fanidan 
o`quv qo`llanmasi qo`lyozmasiga 
 
 
T A Q R I Z 
 
Taqrizga taqdim etilgan Toxirov M.K, Norov R.A, Maxamataliåv 
E.M larning “Qurilish-montaj ishlari tåxnologiyasi va tashkil etish” 
o`quv qo`llanmasining qo`lyozmasi 241 båt matndan iborat bo`lib 
kirish qismi va 15 ta foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. 
O`quv qo`llanmasi 5580400 “Muhandislik kommunikatsiyalari 
qurilishi” yo`nalishi bo`yicha tahsil olayotgan bakalavriat talabalariga 
mo`ljallangan. Undan boshqa yo`nalishlarda tahsil olayotgan talabalar 
ham foydalanishlari mumkin. 
O`quv qo`llanmasi mazkur yo`nalish bo`yicha bakalavrlar 
tayyorlash uchun mo`ljallangan “Qurilish-montaj ishlari 
tåxnologiyasi va tashkil etish” fanining namunaviy dasturi va o`quv 
dasturiga to`la mos kåladi. 
O`quv qo`llanmasi tushunarli va ravon tilda yozilgan bo`lib, 
kåltirilgan chizmalari matnlarning tushunarli bo`lishiga xizmat qiladi. 
Har bir 21 bo`limdan so`ng tåst nazorat savollarining kåltirilishi o`quv 
qo`llanmasining mazmunini yanada boyitadi. 
Mualliflar o`quv qo`llanmasini yozishda chåt el ilg`or 
tåxnologiyalaridan, yangi må'yoriy hujjatlardan va o`zlarining 
bajargan ilmiy tadqiqotlari natijalaridan unumli foydalanganlar. 
O`quv qo`llanmasida ishlatilgan qurilish atamalariga e'tiroz yo`q 
va ular qurilish ishlab chiqarishda, må'yoriy hujjatlarda kång 
qo`llanilmoqda. 
Xulosa qilib aytganda, Toxirov M.K, Norov R.A., Maxamataliåv 
E.M larning “Qurilish-montaj ishlari tåxnologiyasi va tashkil etish” 
o`quv qo`llanmasi ushbu fan bo`yicha juda zarur adabiyot sifatida 
chop etishga tavsiya etiladi. 
 
 
 

 
229
 
 
ToshTYMI qurilish 
Fakultåtining dåkani, 
T.f.n., dotsånt                                      Karimova F.F. 
 
 
 
Mualliflar: Toxirov M.K, Norov R.A. larning “Qurilish 
jarayonlari tåxnologiyasi” fanidan o`quv qo`llanmasi qo`lyozmasiga 
 
 
T A Q R I Z 
 
Taqrizga taqdim etilgan Toxirov M.K, Norov R.A larning 
“Qurilish jarayonlari tåxnologiyasi” o`quv qo`llanmasining 
qo`lyozmasi 164 båt matndan iborat bo`lib kirish qismi va 4 ta 
foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. O`quv qo`llanmasi 
5580200 “Binolar va inshootlar qurilishi” yo`nalishi bo`yicha tahsil 
olayotgan bakalavriat talabalariga mo`ljallangan. Undan boshqa 
yo`nalishlarda tahsil olayotgan talabalar ham foydalanishlari mumkin. 
O`quv qo`llanmasi mazkur yo`nalish bo`yicha bakalavrlar 
tayyorlash uchun mo`ljallangan “Qurilish jarayonlari tåxnologiyasi” 
fanining namunaviy dasturi va o`quv dasturiga to`la mos kåladi. 
O`quv qo`llanmasi tushunarli va ravon tilda yozilgan. Har bir 14 
bo`limdan so`ng tåst nazorat savollarining kåltirilishi o`quv 
qo`llanmasining mazmunini yanada boyitadi. 
Mualliflar o`quv qo`llanmasini yozishda chåt el ilg`or 
tåxnologiyalaridan, yangi må'yoriy hujjatlardan va o`zlarining 
bajargan ilmiy tadqiqotlari natijalaridan unumli foydalanganlar. 
O`quv qo`llanmasida ishlatilgan qurilish atamalariga e'tiroz yo`q 
va ular qurilish ishlab chiqarishda, må'yoriy hujjatlarda kång 
qo`llanilmoqda. 
Xulosa qilib aytganda, Toxirov M.K, Norov R.A.larning 
“Qurilish jarayonlari tåxnologiyasi” o`quv qo`llanmasi ushbu fan 
bo`yicha juda zarur adabiyot sifatida chop etishga tavsiya etiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
230
 
 
 
ToshTYMI  
“Bino va inshootlar qurilishi” 
kafådrasi dotsånti, t.f.n.                     Maxamataliåv E,M. 

Document Outline

  • Tayyorgarlik jarayonlari 
  • Sizot suvlar sathini pasaytirish 
  • Ko`p cho`michli ekskavatorlar 
  • Zichlanish sifatini nazoratlash 
  • Qish sharoitida tayyorgarlik ishlari 
  • G`isht qurilmalarni armaturalash 
    • Fazoviy sinchni yig`ish 
    • Nazorat savollari 
    • Induktsion isitish 
    • Infraqizil nurlar bilan isitish 
    • Nazorat savollari 
    • Montaj ishlari uchun jihozlar va mashinalar 
    • Qurilmani montajga uzatish 
    • Qurilmani montajga transport vositasidan uzatish 
    • Nazorat savollari 
    • Hovuz yig`ishni majmuali usuli 
      • Asosni bug`dan himoyalashga va tom yopmasiga tayyorlash 
    • Suvab namdan muhofazalaydigan qoplama  barpo etish 
    • Sochma issiqni o`tkazmaydigan qoplama 
    • Saqichli issiqni o`tkazmaydigan  qoplama 
    • O`ralgan issiqni o`tkazmaydigan qoplama 
    • Yig`ma issiqni o`tkazmaydigan qoplama 
    • Suvoq qorishmasini tashkil etuvchilari 
    • Yuzani tayyorlash 
    • Qorishmalarni tayyorlash va tashish 
    • Nazorat savollari 
    • Siquv havodan foydalanib qorishmani purkash 
    • “Sgraffito” pardozli suvash 
    • Suvdan va olovdan himoyalash suvoqlarini barpo etish 
    • Akustik suvoqni barpo etish 
    • Suvab suvdan himoyalaydigan qoplama  barpo etish 
    • Lak-bo`yoqli qoplamalarni turi 
    • Bo`yalgan yuzalarni pardozlash 
    • Nazorat savollari 
    • Ishlarni bajarishga tayyorgarlik 
    • Ishlarni bajarish 
    • Tabiiy mahsulotlar bilan ichki yuzalarni qoplash 
    • Ishlarni bajarishga tayyorgarlik 
    • Ishlarni bajarish 
    • Nazorat savollari 
    • Nazorat savollari 
    • Yotqizilgan quvur yo`li turi va qo`llash maqsad va vazifasi 
    • Quvur yo`llarni turi 
    • Quvur yo`llarni tarxda va yonda joylashishi 
    • Po`lat quvur yo`llar  turi 
    • Quvurlarni yaxlitlashtirib yig`ish 
    • Tutash joylarni biriktirish qurilmasi 
    • Nazorat savollari 
    • Tutash joylarni biriktirish qurilmasi 
    • Quvur yo`li nuqsonlarini bartaraf qilish 
    • Nazorat savollari 
    • Quvurlarni tashish va taxlash 
      • Tutash joylarni biriktirish qurilmasi 
    • Tutash joylarni biriktirish qurilmasi 
    • Nazorat savollari 
      • Qaynama haqida tushuncha 
      • Suv tubida zovur qazish 
    • Quvur yo`lini yotqizish 
      • Nazorat savollari 
      • Quvur yo`lini dastlabki va so`nggi sinash 
    • Quvur yo`lini sinashga tayyorlash 
    • Mustahkamlikni gidravlik sinash 
    • Zichlikni gidravlik sinash 
    • Siqilgan havo bilan sinash 
    • Quvur yo`llarni siquv havo bilan sinash 
      • Suv ishlatilganda u=1 
      • Bosimsiz quvur yo`llarni sinash 
      • Nazorat savollari 
    • Nazorat savollari 
    • Qurilishda qidiruv ishlarini tashkillashtirish 
    • Loyihalash bosqichlari va loyiha tarkibi 
    • Nazorat savollari 
      • Nazorat savollari 
      • Nazorat savollari 
    • Nazorat savollari 
    • Nazorat savollari 
    • Nazorat savollari 
      • Adabiyotlar 
    • Mundarija 
    • T A Q R I Z 
    • T A Q R I Z 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling