Qurilish-montaj ishlari tåxnologiyasi va tashkil etish
Skråpårlar yordamida år ishlarini bajarish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidromåxanizatsiya usulida gruntlarni kavlash
- Ko`p cho`michli ekskavatorlar
- Nazorat savollari. 1. Bir cho`michli ekskavatorlarini qo`llash o`rni.
- 2. Ekskavator bilan gruntlarni qazish usullari.
- 4.Buldozårda gruntlarni qazish usullari.
- 5.Skråpårlarni qo`llash o`rni.
- 6.Skråpårlarda gruntlarni qazish usullari.
- 7. Gidromåxanizatsiya usuli bilan grunt qazishni mohiyati.
- 8.Gidromonitor bilan gruntni qazish tåxnologiyasi.
- 2.3. Gruntlarni joylash va zichlash tåxnologiyasi. Gruntlarni joylash usullari. Gruntlarni zichlash usullari. Zichlash jarayonini va sifatini nazoratlash.
- Gruntlarni shibbalab zichlash.
- Elåktr shibbalagich bilan zichlash tåxnologiyasi
- Gruntlarni osma plitalar bilan zichlash tåxnologiyasi
- Gruntni tåbratib zichlash tåxnologiyasi
- Zovurlarni qayta to`ldirish va gruntni zichlanishni o`ziga xosligi
- Zichlanish sifatini nazoratlash
- Nazorat savollari: 1.Gruntlarni yotqizish usullari.
- 2.Gruntlarni zichlash usullarini sanab båring.
- 3.Gruntlarni bostirib zichlash tåxnologiyasi.
- 4.Osma plitalar bilan zichlab shibbalash tåxnologiyasi.
- 5.Zichlash jarayonining sifat nazorati nimadan iborat.
- 2.4. Qish sharoitida år ishlarini bajarishni o`ziga xosligi. Qoziqli poydåvor barpo etish.Qoziqli poydåvorlarni tasniflash
- Qish sharoitida tayyorgarlik ishlari
Skråpårlar yordamida år ishlarini bajarish Skråpår-qazib tashiydigan mashina. Skråpår o`zi yuradigan va ulanadiganlarga bo`linadi. Gruntlarni tashishda skråpårni cho`michini hajmiga qarab qo`llaniladigan joy aniqlanadi. Skråpårlarni ishlatish joyi: -gruntlarda handak, zovur, o`yma qazish; -uyumlar barpo etish; -kanal qurilishda; -maydonni loyihalashtirishda; -år osti boyliklarini ochishda; Skråpårlarni quyidagi hollarda qo`llash man etiladi: -botqoqliklarda, suvga to`yingan maydonlarda va gruntni namligi 25% yuqori bo`lsa; -sochiladigan qumlarni qazishda; -zich va og`ir gruntlarni oldindan yumshatmasdan qazishda; Skråpårni to`liq ish davriga: cho`michga grunt yig`ish, gruntni tashish, bir xil qatlamda to`kish, bo`sh orqaga qaytishi kiradi. Skråpår tuproqni, bo`ylama yoki enlama usuli bilan, yonma- yon chizim va chizim orqali chizim usullari bilan kavlaydi. 25 Skråpårning harakat sxåmasi: ellåpssimon, sakkizsimon,spiral,siniq chiziq bo`ylab, ko`ndalangmoksimon va bo`ylama-moksimon. Skråpårlar bilan bajariladigan opåratsiyalar: -gruntni yig`ish to`g`ri chiziqli uchustkada bajariladi; -ortilgan holatdagi harakat; -to`g`ri chiziqli uchastkada to`kish; -bo`sh holatdagi harakat; Skråpårni gruntni qirqib cho`michni to`ldirish usullari: -pog`onasimon; -ponasimon; Gidromåxanizatsiya usulida gruntlarni kavlash Amalga oshiriladigan shart-sharoit: -år ishlari hajmi 100 ming m 3 ko`p bo`lsa; -suv va elåktr enårgiyani åtarli miqdorda mavjudligi; -yuviladigan gruntni mavjudligi; Qo`llaniladigan joylar: suv inshooti, transport, sanoat va måloriatsiya qurilishlarida. Turli xil: gidromonitor usul bilan kavlashda katta bosimda gidromonitorga (2.0-7.0 m/såk) suv uzatiladi. Gidromonitordan katta bosimda oqib chiquvchi suv oqimi gruntni butligani buzadi va yuvadi. Yuvilgan grunt loyqa ko`rinishda chuqurgacha oqiziladi; undan grunt nasoslari loyqani quvurlar orqali joylanadigan maydonga uzatilinadi. Gidromonitorda kavlash – ro`para va yo`l-yo`lakay zaboylar bilan bajariladi. Ro`para zaboyda gidromonitor va zaboy oralig`i 4-5 m ga tång. Gruntni yuvish uchun zarur bo`lgan suv miqdori – yog`liq loy uchun 10-15 m 3 , qum va supås uchun 4-6 m 3 , katta zarrali qumlar va suglinka uchun 7-9 m 3 qabul qilinadi. Suv tubida joylashgan gruntlarni år so`ruvchi snaryadlar bilan kavlanadi. Grunt bunda oddiy so`rib yoki rotor bilan måxanik kavlab olinadi. Loyqani suv ostidan ko`tarish va tashish loyqa tashuvchi quvur bilan kuchli nasos orqali bajariladi. Gruntni tashishni o`zi to`kar mashinalar buldozårlar va skråpårlar bajaradi, år ostidagi qazish ishlarida –vagonåtkalardan foydalaniladi. 26 Ko`p cho`michli ekskavatorlar Ko`p cho`michli ekskavatorlar år osti muhandislik tarmoqlarini; suv, bug`, oqava quvurlari, år osti kabållari va boshqalarni yotqizish uchun xandaq qazish ishlarini bajarishda qo`llaniladi. Bundan tashqari ko`p cho`michli ekskavatorlar kanal qurilishida va kanallarni kångaytirishda ham kång qo`llaniladi. Ko`p cho`michli ekskavatorlar cho`michini joylashishiga qarab zanjirli va rotorlilarga bo`linadi. Yuqoridagi ekskavatorlar gruntni ålpig`ichini va parallål zaboy usullaridan foydalaniladi. Ålpig`ichli zaboy usulida zanjirli yoki rotor cho`michli ekskavatorlar turgan sath yuzasidan to handak ichki sathigacha qazib tushish ko`zda tutiladi. Bunda ekskavatorlar bir joyda turadi. Åtarli chuqurlikka erishilgach ekskavator oldiga harakatlanib parallål tarzda zaboy hosil qilib kavlaydi. Rotorli ekskavatorning samarali tomoni uning cho`michlari ramaga mahkam qotirilganligi sababli ular yordamida hatto IV guruhgacha bo`lgan gruntlarni qazish mumkin. Låkin ularni kavlash chuqurligi chågaralangan. Zanjirli ekskavatorlar yordamida esa yumshoq I va II guruh gruntlarini kavlash maqsadga muvofiq. Ular yordamida chuqur xandaqlar qazish mumkin, rotorli va zanjirli ko`p cho`michli ekskavatorning qazish eni chågaralangan bo`lib, u 1.2 m xolos, bu katta diamåtrdagi quvurlarni yotqizish imkonini bårmaydi. Bunda katta diamåtrdagi quvurlar yotqizish ishlari uchun, bir cho`michli ekskavatorlardan foydalaniladi. 27 Nazorat savollari. 1. Bir cho`michli ekskavatorlarini qo`llash o`rni. a)gruntni qazish va o`zi to`kar avtomashinaga ortish b)gruntni qazish va zichlash v)gruntni qazish, yumshatish, yuklash, zichlash, ko`tarish – transport ishlari, ildizlarni qo`porish,qoziqlarni qoqish. g)gruntni yumshatish, qazish va yuklash d)daraxtlarni ag`darish, gruntni qazish, qoziq qoqish. 2. Ekskavator bilan gruntlarni qazish usullari. a)påshona va yonlamag` b)doira va ellips. v)halqasimon, mokli-halqasimon. g)to`g`ri va qiyshiq bo`ylab. d)to`g`ri va kångaytirib o`tish. 3. Buldozårlarni qo`llash o`rni. a)gruntni qazish va surish. b)daraxtlarni ag`darish va ildizlarni qo`porish. v)qazish, surish, gruntni tåkislash, maydonni loyihalash, år osti boyliklarini ochish, daraxtlarni ag`darish va ildizlarni qo`porish, ariqlarni ochish, handak chåtini qayta to`ldirish. g)o`ra va uyum hosil qilish. d)maydonni loyihalash va unumdor qatlamni kåsib olish. 4.Buldozårda gruntlarni qazish usullari. a)zovurli, halqasimon. b)halqasimon va ellips bo`yicha. v)moksimon – to`g`ri bo`yicha, moksimon, qiyshiq bo`yicha, egri- bugri bo`yicha (siniq-chiziq bo`ylab). g)moksimon, zovurli. d)to`g`ri va qiyshiq bo`ylab. 5.Skråpårlarni qo`llash o`rni. a)Gruntni qazish va tashish. b)gruntlarni qazish va zichlash. v)gruntni qazish, tashish, joylash va zichlash, maydonni loyihalash. 28 g)kanallar qurish va uyum hosil qilish. d)o`ra, handak va zovur qazish. 6.Skråpårlarda gruntlarni qazish usullari. a)ellipsli, egri-bugri chiziq bo`ylab, sakkizlik bo`ylab. b)moksimon, burama chiziq bo`ylab. v)bo`ylama yoki enlama, yonma-yon chizim va chizim o`tib chizim. g)odatdagi va taraqsimon. d)to`g`ri va qiyshiq bo`ylab. 7. Gidromåxanizatsiya usuli bilan grunt qazishni mohiyati. a)gidromonitor va tuproqni suv tagidan so`rib olish. b)gruntni suv yordamida kavlash. v)katta tåzlikda suv oqimini yo`naltirib gruntni o`yish yoki oddiy usul bilan gruntni suv ostidan so`rib olish yoki rotor bilan måxanik qazish. g)qazish va gruntni suv bilan tashish. d)gruntni suv bilan o`pirish. 8.Gidromonitor bilan gruntni qazish tåxnologiyasi. a)gruntni suv oqimi bilan qazish va loyqani tashish. b)asbob-uskunalarni, quvurlarni, nasos stantsiya o`rnatish, gruntni suv ostida qazish. v)asbob-uskuna va trubalarni montaj qilish, loyqa olib kålib yig`iladigan xaritani tayyorlash,gruntni qazish, loyqani tashish va yotqizish. g)gruntni qazish, gruntni suv bilan o`pirish, tashish va loyqani xaritaga yotqizish. d)gruntni qazish, ko`tarish, tashish va loyqani xaritaga yotqizish. 29 2.3. Gruntlarni joylash va zichlash tåxnologiyasi. Gruntlarni joylash usullari. Gruntlarni zichlash usullari. Zichlash jarayonini va sifatini nazoratlash. Talab qilingan zichlik va gruntni mustahkamligini ta'minlash uchun, grunt qatlam-qatlam joylanadi va zichlanadi. Gruntni zarur zichlanish darajasi loyihada bålgilanadi. Gruntni talab qilingan zichligi loyihada ifodalangan o`rtacha zichlik yoki zichlanish koeffitsiånti bilan ifodalanadi, u loyiha zichligini maksimal standart zichligiga nisbatidir. Gruntni zichlashda, to`kma va qayta to`ldirishlar bir xil qalinlikda qatlam-qatlam qilib bajarilishi kårak. Shundan kålib chiqadiki, gruntni ko`tarmaga joylash handak va zovur chåtlarini qayta to`ldirish turli usullar bilan bajariladi. Gruntni joylash usuli. To`kma hosil qilishda grunt buldozår va skråpår yordamida bir xil qalinlikda joylanadi. Misol uchun, o`zi to`kar mashina kåltirgan gruntni buldozår ma'lum qalinlikda yoyadi. Buldozår yordamida qazish ishlari bajarilganda, u gruntni surib kålgandan so`ng surgichdan to`kadi va bir xil qalinlikda yoyadi. Skråpår bilan kavlash ishlari bajarilganda gruntni to`kmaga skråpårni o`zi bir xil qalinlikda joylaydi. Handak chåtini qayta to`ldirishda, buldozår gruntni qatlam- qatlam qilib joylaydi. Bu holda xandak va zovur chåtlarini to`ldirish, o`tish yo`li, qayta – ilgarilab boradigan sxåma bo`ylab bajariladi; -qiyalab ko`ndalang –parallål o`tib; -har tomonlama parallål o`tib; -qiyalab – ko`ndalang o`tib; Grunt qatlam-qatlam qilib joylangandan so`ng, ko`pincha måxanik uchullar bilan zichlanadi. Gruntni g`ildiratib kulochli g`altak mashina yoki siquv havo shinali g`altak mashinalar bilan bajariladi. Siquv havo g`altak mashinada hamma turdagi gruntlarni zichlash tavsiya etiladi, mushtlaydigan bilan esa faqat bog`langan va kåsaklilarni zichlash tavisya etiladi , katta maydonlarda g`altak mashina harakati bårk doira sxåmasi qo`llaniladi, to`kmalarda esa borib kåladigan. Bu usulda shatak-traktor uchastka oxirida g`altak mashinani bo`shatadi va uni boshqa tarafdan ilib oladi. Gruntlarni zichlash halqasimon sxåma bo`yicha bajariladi. Zichlash tåxnologiyasi. 1.Qatlamlab zichlashda birinchi va ikkinchi o`tish bir utishda, qolganlari uchtada, oxirgisi yana bir utishda bajariladi. 2.Zichlanishni bir tåkisligi g`altak mashina shinasidagi bosimga bog`liq va quyidagicha bo`lishi kårak: 30 0,2 MPa - qum uchun; 0.3-0.4-supås uchun; 0.5-0.6 suglinok va loy uchun. 3.To`kma balandligi 1,5 m va undan ortiq bo`lsa, yuqori qatlamlarni bostirishda birinchi va ikkinchi o`tishni to`kma chåtidan 2 m uzoqlikda bajarish kårak, so`ng o`tish g`altak mashina enini 1/3 chåtga surib, 0,5 m to`kma chåtiga yaqinlashmasdan, to`kma chåtlari zichlanadi. 4.To`kma qiyaliklari bostirilgandan so`ng zichlashni to`kma chåtidan o`rtasiga qarab aylanma yurish bilan zichlash davom ettirilishi kårak. 5.Zichlashni uzunligi 100-200 m uchastkalarda bajariladi. Gruntlarni shibbalab zichlash. Hamma gruntlarni shibbalab zichlash mumkin, namligi kam bo`lgan gruntlarni zichlash foydali. Gruntlarni shibbalab zichlash quyidagicha bajariladi: -måxanik shibbalash siquv havo bilan, elåktrik, bånzinli dvigatål bilan; -osma plitalar (ekskavator va traktorlarga) bilan; -shibbalaydigan mashinalar bilan; Handak va zovur chåtlarini qayta to`ldirishda katta mashinalar sig`maydigan juda tor joylarda siquv havo va elåktr shibbalagichlar yordamida gruntlar zichlanadi. Siqilgan havoda ishlovchi shibbalagich bilan gruntlarni zichlash tåxnologiyasi: 1.Grunt qatlamlari 10-15 sm qalinlikda yoyiladi. 2.Shibbalagichni birinchi o`tishi taglik yuzasi katta bo`lgan, kåyinchalik taglik yuzasi kichik bo`lgan moslamadan almashtiriladigandan foydalaniladi. 3.Grunt tasmalar bo`yicha zichlanadi; zichlashni kåyingi o`tishida, avvalgi zichlangan yo`lni 5 sm qayta zichlab o`tadi. Bir izdan zichlab o`tish soni tajriba orqali aniqlanadi. 4.Bir vaqtni o`zida bir nåchta shibbalagich ishlasa ular orasidagi masofa 2 m bo`lishi kårak. Elåktr shibbalagich bilan zichlash tåxnologiyasi 1.Grunt qatlamlari 10-15 sm qalinlikda yoyiladi. 2.Bir izdan zichlab o`tish soni tajriba orqali aniqlanadi. 3.Gruntlar tasmalar bo`yicha zichlanadi, zichlagichni kåyingi o`tishi, avvalgi zichlab o`tgan yo`lni 10 sm qayta zichlab o`tadi. Elåktr shibbalagichni har soatda 10-15 min to`xtatib turish kårak. 31 Gruntlarni osma plitalar bilan zichlash tåxnologiyasi 1.Zichlash alohida tasmalar bilan bajariladi, tasmani o`lchami 0,9 d yoki plitani eng kichik o`lchamiga tång. 2.Shibbalagichni 3-4 m ko`tarib tashlab zichlanadi. Ko`tarib tashlash soni tajriba yo`li bilan aniqlanadi. 3.Zichlash ishlarini olib borishni, asosni eng baland nuqtasidan boshlab, asta-såkin pastga o`tish tavisya etiladi. 4.Alohida zichlangan maydonlarni o`lchami, kran qulochi harakat radiusi 1.4-1.5 ga tång qilib olinadi. 5.Grunt yuqori qatlami zichlab bo`lingandan so`ng, shibbalagichni 0,5-1.0 balandlikdan tashlab 7-10 sm qalinlikdagi yuqori qatlam, qo`shimcha ångil urib shibbalandi. Gruntni tåbratib zichlash tåxnologiyasi Bu usul to`kma hosil qilishda tåbratgich mashina bilan amalga oshiriladi. Bu usulni tarkibida loy zarrachalari 5-6 % dan ko`p bo`lmagan, bog`lanmagan va kam bog`langan gruntlarda qo`llash tavsiya etiladi. Zichlash halqa yoki moksimon sxåma bo`yicha bajariladi. Zovurlarni qayta to`ldirish va gruntni zichlanishni o`ziga xosligi 1. Quvurlar yotqizilgan zovurlarni qayta to`ldirish, ikkiga bo`lib bajariladi: avval yumshoq tuproq solinadi, so`ng ustiga 0,2 m qalinlikda grunt solinadi, tåkislanadi va qo`lda yoki elåktrshibbalagichda zichlanadi. 2. Asbåstli, sopol va polietilån quvurlar ustiga solinadigan grunt balandligi 0,5 m bo`lishi kårak. 3. Quvur yotqizilgan zovurni qolgan qismi, yirik aralashmalar bo`lmagan grunt bilan to`ldirish mumkin. 4. Zovur yo`lni qatnaydigan qism ostidan, shahar ko`chalari bo`ylab o`tsa, uni butun chuqurligi bo`yicha to`yinguncha namlangan yoki qatlamlab zichlab qumli grunt bilan to`ldirish lozim. Zichlanish sifatini nazoratlash Gruntni zichlashni eng qulay namlikda bajarish kårak. Misol uchun gruntlarni eng muvofiq namligi 1%; qumli uchun 8-12%; supås uchun 9-15%;changli uchun 14- 23%; suglinist uchun 12-18%; loyli uchun 18-25% ; 32 Gruntni namligi åtarli bo`lmagan chog`da u namlanadi. Qo`shimcha namlash uchun zarur suv miqdori quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi: (q) λ Bu årda: : ϕ – o`rtacha zichlik; t m . h – to`kilgan qatlam qalinligi; m W 0 va W-eng muvofiq va tabiiy namlik %. Zichlanish koeffitsiånti loyiha zichligini va standartini eng ko`piga nisbati bilan bålgilanadi. Nazorat savollari: 1.Gruntlarni yotqizish usullari. a)qatlamli, ko`p qatlamli. b)to`xtovsiz, butun balandligi bo`yicha to`kish. v)bir xil qalinlikda qatlamlab, qiya-ko`ndalang, parallål o`tib; qiya har tomonlama parallål o`tib; har tomonlama qiya ko`ndalang o`tib. g)ikki qatlamli, uch qatlamli. d)tåkislab, to`kib. 2.Gruntlarni zichlash usullarini sanab båring. a)qo`lda va måxanizm yordamida. b)shibbalash, suv botirish. v)bostirib, shibbalash, tåbratib shibbalash, zichlash. g)urib, tåbratib. z)zichlash, bostirish, tåbratib bostirish. 3.Gruntlarni bostirib zichlash tåxnologiyasi. a)zichlanayotgan izdan ko`p marotaba o`tish. b)qatlam-qatlamlab zichlash. v)to`kma chåtidan 0,5 m masofada, avvalgi izni 0,1-0,2 m qaytadan bosib zichlanadigan chizimdan kåtma-kåt o`tish. g)parallål o`tib qatlamlab zichlash. d)gruntni butun to`kma balandligi bo`yicha zichlash. 33 4.Osma plitalar bilan zichlab shibbalash tåxnologiyasi. a)tizim bo`yicha zichlash. b)shibbalagichni ko`tarib va ma'lum balandlikdan uni tashlab. v)eng kichik plita o`lchami 0,9 eni tizimi bilan zichlash; plitani 3.5-4 m ko`tarib tashlab bunda kran quloch harakat radiusi 1,4-1,5 qilib bålgilanadi. g)7-10 sm qalinlikdagi gruntni yuqori qatlamini 0,5-1 m balandlikdan shibbalagich bilan ångil urib zichlash. d)parallål chizimlar bilan zichlash. 5.Zichlash jarayonining sifat nazorati nimadan iborat. a)grunt namligini tåkshirishdan. b)grunt zichligini tåkshirishdan. 34 2.4. Qish sharoitida år ishlarini bajarishni o`ziga xosligi. Qoziqli poydåvor barpo etish.Qoziqli poydåvorlarni tasniflash jarayonlar tarkibi. Qoziqli poydåvor barpo etish usullari. Salbiy haroratni grunt xususiyatiga ta'siri. Qish sharoitida grunt yaxlaydi va uni måxanik xususiyati o`zgaradi: måxanik mustahkamligi oshadi, eriganda yumshoqligi va hajmi ko`payadi. Shuning uchun qish sharoitida odatdagi muzlamagan gruntni kavlash tåxnologiyasini qo`llash mumkin emas. Gruntga salbiy harorat ta'siri uni ma'lum qalinlikda muzlashiga olib kåladi. Muzlash qalinligi ko`p omillarga bog`liq. Muzlash qalinligini empårik bog`liqligi orqali dastlabki hisob-kitob bo`yicha aniqlash mumkin. Hп=1.72х10 -2 λ m t x n x k Bu årda: t – havo sovugandagi o`rtacha tashqi harorat; 0S N – salbiy haroratlar kun soni; K-muzlash qalinligini kamayish koeffitsiånti, u qorni qalinligiga bog`liq (agarda 10 sm-0,5; 20 sm-0,4; 35 sm-0,35; 40 sm-0,3) λ m -muzlagan gruntni issiq o`tkazuvchanligi VtG` (Mx 0 S) λ m = λ гр + ^ m сN ум 60 4 ,0 ( В гр –10) bu årda: V gr – muzlagan gruntni hajmiy namligi; % λ ãð -10% namlikda gruntni issiq o`tkazuvchanlik koeffitsiånti Vt/`(mx 0 S); ∆ λ -hajm namligi, har foiz o`sishi grunt issiqlik o`tkazuvchanligi o`zgarish koeffitsiånti, 0.002 ga tång. Qish sharoitida tayyorgarlik ishlari Qish sharoitida år ishlarini bajarish tåxnologiyasi maxsus choralarni qabul qilishni talab qiladi. Gruntni kavlashda eng kam matårial va måhnat sarfi bo`lishini ta'minlash chora-tadbirlarni ko`rishga qaratilgan. Tayyorgarlik ishlariga gruntni muzlashini oldini olish yoki uni eritish kiradi. Ularni quyidagilarga bo`lish mumkin: -årni ag`darish, baronalash, qorni ushlab qolish; -chuqur yumshatish; -issiqni saqlaydigan matåriallar bilan gruntni muzlashdan saqlash. 35 Gruntni muzlashdan saqlash uchun zarur qatlam qalinligi, quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi. H у = H n rpCySy yCгCгpS λ λ Bu årda: : y λ va rp λ -isitadigan matåriallarni va gruntni issiqlik o`tkazuvchanlik koeffitsiånti Vt/(mx 0 S); S y va S rp -isitadigan matåriallarni va gruntni solishtirma issiqlik sig`dirishi; Dj/`(kg 0 S) S u va S rp – isitadigan ashyo va gruntni o`rtacha zichligi kg /m3 Agarda gruntni yaxlash chuqurligi 0,7 m oshsa, u eritiladi. Eritish uchun gruntga quyidagi usullar bilan issiqlik ta'sir ettiriladi; (olovli, bug`li, issiq suvli va elåktr usullari bilan) Issiqni muzlagan gruntga burg`ulangan quduq orqali ichidan isitib va ochiq yuzadan ta'sir ettirish mumkin. Qish sharoitida år ishlarini bajarishni o`ziga xosligi. Qish sharoitida muzlash chuqurligiga qarab grunt ishlarini quyidagi usullar bilan bajarish mumkin: -muzlagan holatda oldindan qayta ishlamasdan, grunt ishlarini bajarish muzlash chuqurligi 0,25 m gacha bo`lsa, cho`michini hajmi 0,5-0,65 m 3 bo`lgan to`g`ri cho`michli ekskavatorlardan foydalanish tavsiya etiladi, agarda muzlash chuqurligi undan katta bo`lsa, cho`mich hajmi 0,4 m 3 bo`lgan to`g`ri cho`michli ekskavatorlarni qo`llash tavsiya etiladi. -muzlash chuqurligi 0,4-0,7 m, oldindan yumshatilgandan so`ng grunt ishlarini bajarish tavsiya etiladi.Turli måxanizmlar yordamida muzlagan qatlamni maydalab, yumshatilinadi (maxsus bolg`an gruntni kåsadigan mashinalar, uradigan qismi pona ko`rinishidagi yumshatgichlar). Muzlagan gruntni ekskavatorlar bilan qazish uchun, ekskavator cho`michidagi tishlarni uchiga qattiq eritma yopishtirilgan qoziq tishlar bilan almashtiriladi, qoziq tishlar zina-shaxmat tartibda joylashtiriladi. Qoziqli poydåvorlarni qo`llash qurilish muddatini va imoratni barpo etish harajatini qisqartirish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, låntali poydåvorlarni qoziqliga almashtirish år ishlari hajmini 70- 85% yoki ularni to`liq o`chiradi, båton sarfini 25-40 % kamaytiradi. Qoziqlarni tasniflash. Tayyorlash usuli bo`yicha: qoqib, quyma. 36 Ashyolar bo`yicha-tåmir båton, po`latli, yog`ochli, polimårtsåmåntli, båtonli va polimårbåtonli Ishlashiga qarab-ustun va osilib turadigan qoziqlar. Ko`ndalang kåsimi bo`yicha: kvadrat, to`g`ri burchakli, ko`p burchakli, yaxlit va ichi bo`sh; Uzuna qirqimi bo`yicha:-prizmatik, silindrli, piramidali va konussimon. Gruntga cho`ktirish yo`nalishi bo`yicha:tik va og`ib. Sanoat va fuqaro qurilishida eng ko`p ishlatiladigan ko`ndalang kåsimi 20x20 yoki 40x40 sm bo`lgan tåmir båtonli prizmali qoziqlardir. Po`lat qoziqlar qo`shtavr, shvållår, to`sin va quvur ko`rinishda tayyorlanadi, oxirgisi båton bilan to`ldiriladi. Qoziqli poydåvor qoqib yoki qo`yib va qoziqlarni birlashtiruvchi qurilmadan tashkil topadi. Qoziqli poydåvorlar yakka qoziqlardan va ularni to`pidan tashkil topgan bo`lishi mumkin. Yakka qoziqlar alohida turuvchi tayanch sifatida qo`llaniladi. Misol uchun, qoziq ustun. Tasmasimon poydåvor barpo etish uchun va 1,2 undan ko`p qatordan iborat qoziqlar dåvor ostiga tasma ko`rinishida joylashtiriladi. Jarayonlar tarkibi: tayyorgarlik (qurilish maydonini tozalash, uni råjalash, gåodåzik bålgilash, zarur matåriallar-tåxnik manbalarni tayyorlash, ishlash uchun sharoit yaratish va boshqalar), tashib kålish, taxlash va qoziqli poydåvor barpo etish. Oldindan tayyorlangan qoziqlarni kång tarqalganligini hisobga olgan holda, ularni cho`ktirish tåxnologiyasini ko`rib chiqamiz. Qoziq qoqadigan mashinalarni tanlashga ta'sir qiladigan ko`rsatgichlarga quyidagilar kiradi: yuk ko`tarish qobiliyati, minora balandligi va uni (o`zgaruvchanligi) bo`ylama va enlama o`zgaruvchanligi, yuradigan moslama eni va moslamani umumiy og`irligi. Qoziq cho`ktiradiganlar, qoqadigan, bosadigan, tåbratadigan, tåbratib bosadiganlarga bo`linadi. Qoqadiganlarga måxanik osilgan to`qmoq, bug` havoli birlamchi va ikkilamchi harakatlanuvchi, shu bilan birga dizål to`qmoqlar kiradi. Ishlatiladigan o`rni: måxanik to`qmoq-ularni måhnat unumdorligi kam bo`lgani uchun unga katta bo`lmagan hajmdagi ishlarda, har qanday zichlikdagi qoyasiz gruntlarda og`irligi 8-10 t va undan og`ir qoziqlarni qoqishda foydalaniladi. Bug` havoli to`qmoq-qoyasiz grunt zichligi har qanday bo`lgan 12-15 t og`irlikdagi qoziqlarni qoqish uchun qo`llaniladi. 37 Dizålli to`qmoqni: og`irligi 2-2,5 t tåmir båton qoziqlarni yarim qattiq va qiyin yumshaydigan gruntlarga cho`ktirishda ishlatish o`rinlidir. Qoziq qoqishda to`qmoq xili formula bo`yicha aniqlanadi. To`qmoq urganda kam enårgiya talab qilinadigani tanlanadi. E=1,75 x a x R Bu årda: a-koeffitsiånt 2,5 kgs m ga tång qabul qilamiz R-qoziqni yuk ko`tarish qobiliyati; Qoziqni tåbratib cho`ktirish usuli, ma'lum takroriylik va amplitudadagi tåbranishni qoziqqa qoziq cho`ktiruvchi orqali uzatilinadi. Bosib kirgizish usuli-ko`ndalang kåsimi 30x30 sm va uzunligi 6 m bo`lgan qoziqlarni låbådka yoki domkratlar bilan, xosil qilingan zo`riqishni qoziq boshiga uzatishga asoslangan. Qoziqni cho`kishini ta'minlash uchun, oldindan quduq burg`ulanadi. 2 ta o`rmalovchi traktordan tuzilgan agrågat, qoziq bostirishni bajaradi. Burash usuli shundan iboratki, qoziq burama qobiq bilan ta'minlangan, qoziq quvur qobiqqa uzatiladi, u aylanib qoziqni buraydi, so`ng maxsus måxanizmlar yordamida qobiqdan bo`shatiladi. Tåbratib cho`ktirish usuli - qoziqni gruntga tåbratish va zo`riqish ta'sirida bosib kirgizishga asoslangan. Zo`riqishni qoziq va tåbratib cho`ktiruvchini og`irligi hosil qiladi. Cho`ktiruvchi agrågat, tåbratib cho`ktiruvchi osilgan minorali traktordan tashkil topgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling